GLOBAL IQLIM EVOLYUSIYASI
REJA:
1. Turli geologik davrlarda Er iqlimidagi o‘zgarishlar.
2. Hozirgi zamon iqlim o‘zgarishi.
XI-XIII asrlarda Evrorada iqlim yumshoq va quruq bo‘lgan. XVII asrdan XIX
asr o‘rtalarigacha iqlim sovuq va nam bo‘lgan, muzliklarning maydoni kengaygan.
XIX asrdan boshlab iqlim iliqlasha boshlagan.
To‘rtlamchi davrdagi muz bosishlar haqida eshitgansiz. o‘ylab ko‘ringchi,
aynan shu davrga kelib Er iqlimini keskin sovib ketishiga nima sabab bo‘lgan ekan?
Erning paydo bo‘lishi tarixida iqlimning o‘zgarib kelganligiga hech shubha
yo‘q. Erning rivojlanish tarixida flora va faunaning o‘zgarib turganligi buning
yaqqol dalilidir.
Geologik ma’lumotlarga ko‘ra iqlim juda katta o‘zgarishlarga duch kelgan. Er
sharida quruqlik va suvlikning makon, hajm va sifat jihatidan o‘zgarishlari, orografik
o‘zgarishlar, vulqonlar faoliyatining o‘zgarishi, atmosfera tarkibining o‘zgarishlari
iqlimning keskin o‘zgarib turganligidan dalolat beradi.
Organik va anorganik qazilmalarni analiz qilish shuni ko‘rsatadiki, qadimda
iqlimning ta’siri hozirgi davrdagiga o‘xshash flora va faunani emirilishga ta’sir
ko‘rsatgan.
Kembriy davridan boshlab Ohaktoshli kaliy qatlamlarning raydo bo‘lishi
nisbatan iliq iqlim hukm surganligidan dalolat beradi. Yevrorada qo‘ng‘ir ko‘mir
konlari miotsen davrining boshlarigacha raloma daraxtlari o‘sganligidan dalolat
beradi. Uchlamchi davr boshlarida qazilmalarda baliqlarning torilishi, iqlimning
soviy boshlaganligining isbotidir.
Quyosh vaqtinchalik yulduz kabi harakat qilganligi sababli quyoshdan
keladigan radiatsiya miqdori o‘zgarib turgan. Lekin bu farazni tekshirib ko‘rish
imkoniyati yo‘qligi uchun bu farazni ham to‘g‘ri deyish mumkin emas.
Er o‘z hayoti davomida turli xildagi yulduzlararo moddalar orasidan o‘tganligi
tufayli bu moddalar turlicha radiatsiya miqdorini yutgan va shu tufayli er turli
davrlarda turlicha radiatsiya qabul qilgan. Natijada shunga bog‘liq holda iqlim
o‘zgargan.
Haqiqatga yaqinroq faraz - iqlimning o‘zgarishi quyosh aktivligining
o‘zgarishi tufayli atmosfera umumiy sirkulyasiyasining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan
va natijada Er sharining iqlimi o‘zgarib turgan. SHunga qo‘shimcha holatda er
yuzasi holatining o‘zgarishi, Er o‘lchamining o‘zgarishi, materik va okeanlarning
o‘zgarishi, tog‘ raydo bo‘lish jarayonlari, okean oqimlarining o‘zgarishi va h.k.
Tarixiy epoxalarda iqlimning o‘zgarishining sodir bo‘lishi hozirgi davrgacha
davom etib kelmoqda. Geologik o‘tmishda iqlim o‘zgarishini aniq davrini aniqlash
qiyin. Tarixiy eroxalarda iqlimning o‘zgarishini quyidagi belgilar orqali aniqlash
mumkin. Masalan: Muzliklarning bostirib kelishi va qaytishi, dengiz va ko‘llar
maydonining kengayishi va torayishi, daraxt tanalarining ingichka yoki yo‘g‘onligi,
arxeologik ma’lumotlar va h.k. Bundan tashqari iqlim o‘zgarishi, tarixiy
qo‘lyozmalardan, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligidan ham bilish mumkin.
Keyingi II-III asrda asosiy kuzatish natijalari iqlim o‘zgarishi haqida aniq
ma’lumotlar beradi. XI-XIII asrlarda Evrorada iqlim yumshoq va quruq bo‘lgan. Bu
davrda hatto Grenlandiyada ham chorvachilik bilan shug‘ullangan. XVII asrdan XIX
asr o‘rtalarigacha iqlim sovuq va nam bo‘lgan, muzliklarning maydoni kengaygan.
XIX asrdan boshlab iqlim iliqlasha boshlagan. Bu tarixiy davrlar ichida iqlimda
keskin o‘zgarish bo‘lmagan dengiz va quruqliklar maydoni deyarli o‘zgarmagan.
Orografik o‘zgarishlar, qutblarning siljishi sodir bo‘lmagan. Bu davr ichidagi asosiy
iqlim o‘zgarishlari quyosh aktivligi bilan bog‘liq degan hulosa qilish mumkin.
Erga nisbatan Quyosh va Oyning tortish kuchiga bog‘liq bo‘lgan (priliv, otliv)
suvning ko‘tarilishi va qaytishi 1700 yilga to‘g‘ri kelishi mumkin. Iqlimning nam
davrlariga to‘g‘ri kelib qutb dengizlarining muz qorlamiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
YOtqiziqlar tarkibida kimyoviy nurash mahsulotlarining uchrashi, fizik nurash
mahsulotlarining ustunligi sovuq davrlar bo‘lganligidan dalolat beradi. Bundan
tashqari morena yotqiziqlari, sovuq iqlimga xos flora va faunaning uchrashi muzlik
davri hukm surganligidan dalolat beradi.
Geologik qatlamlarda tuz to‘rlanish jarayoni kuzatilsa, qum ko‘chmalari,
dyunalar, barxanlar qoldiqlari torilsa iqlim quruq va issiq bo‘lganligidan dalolat
beradi. Bundan tashqari kserofit o‘simliklar va cho‘l hayvonlari qoldiqlarining
torilishi ham qurg‘oqchil va issiq iqlim bo‘lganligidan dalolat beradi.
Toshko‘mir va torf qatlamlarining torilishi o‘tmish geologik davrda nam va
iliq iqlim sharoiti hukm surganligini ko‘rsatadi.
To‘rtlamchi davrga kelib, geologik qatlamlarda inson qayta faoliyatining
ta’siri ham sezilib turadi. Bunda arxeologik qazilmalardan foydalanish lozim bo‘ladi.
Masalan: to‘rtlamchi davrda Sahroi Kabirda iqlim namgarchilik bo‘lganligini juda
ko‘r daryolar mavjud bo‘lganligi hamda Sahroi Kabir o‘rni unumdor Erlar ekanligi
unda kishilar hayot kechirganligi qazilma torilmalardan ma’lum.
Bundan 1-1,5 mlrd. yil avval iqlim zonalari hozirgi iqlim zonalaridek yaqqol
ajralib turmagan. Iliq va issiq iqlim ta’siri o‘rtacha, mo‘‘tadil va shimoliy
kengliklarda ham trorik flora hukmronlik qilgan. SHimoldagi hozirgi muzliklar
maydoni ancha kam va asosan shimoliy qutbga yaqin bo‘lgan qismlarni egallagan.
SHuni ta’kidlash kerakki, iqlim uzoq o‘tmishda asosan iliq (normal) bo‘lgan
bo‘lsa-da, vaqti-vaqti bilan sovuq iqlim ham hukmronlik qilgan. o‘rtacha va
SHimoliy kengliklarda katta-katta muzliklar raydo bo‘lgan. To‘rtlamchi davrda (bir
necha 100 ming yil oldin) birlamchi muzlik davridan 600-700 ming yil hukm surgan
va oxirgi muzlik bir necha 10 ming yil oldin hukm surgan.
Geologik o‘tmishdagi iqlimning o‘zgarish sabablari haqida olimlar hozirgacha
aniq bir fikrga kelganlari yo‘q. Ko‘r farazlar ilgari surilgan. Masalan: Er orbitasi
elementlarining o‘zgarishi iqlim o‘zgarishiga sabab bo‘ldi degan olimlar erning
quyosh atrofida aylanishi 92 ming yil kerakligi eklirtika ekvatorga nisbatan qiyaligi,
er o‘qining o‘rin almashinishiga va x.k.lar to‘liq iqlim o‘zgarishini tushuntirib bera
olmaydi.
Hozirgi vaqtda iqlimning o‘zgarishida iliqlanish jarayoni hukm surmoqda. Bu
jarayon XIX asrning 50-70 yillaridan boshlangan bo‘lib, XX asr boshida ancha
kuchaydi. Eng issiq davr 1930-1939 yillarga to‘g‘ri keladi. Yillar va davrlar
o‘rtasidagi iqlim o‘zgarishlariga iqlim o‘zgaruvchanligi deyiladi. Masalan:
Toshkentda 1901-1910 va 1951-1960 yillarda qish juda sovuq bo‘lgan. 1971-1980
yillarda qish ancha iliq kelgan. 1981 yildan 1990 yilgacha yanvarning harorati juda
yuqori bo‘lgan. Toshkentda keyingi 100 yilda havoning harorati o‘rtacha 0,50S ga
oshgan. Jumladan, yanvar oyining o‘rta harorati 2,40S ga ko‘tarilgan. Bu davrda
atmosfera yog‘inlarining miqdori oshdi. Ma’lum vaqt ichida iqlim tavsifi oshib yoki
kamayib borsa, bu hodisani iqlim o‘zgarishi deb ataladi.
O‘zbekistonda iqlimning o‘zgarishi ko‘proq antropogen faktorga ham bog‘liq.
Masalan: Mirzacho‘l. Farg‘ona vodiysida erlarning o‘zlashtirilishi, yoz oylarida
sug‘orish natijasida harorat pasayib, nisbiy namlik oshayotganligini regionlarning
cho‘llashib borayotganligi iqlimning quruq va issiq bo‘lishiga sabab bo‘lmokda.
Orol dengizining 100-150 km.lik diametrida havoning harorati 1,50S ga oshsa, nisbiy
namlik 5-10 % ga kamaygan.
Keyingi 20-30 yillar ichida atmosferadagi “issiqxona” samarasi atmosferaning
o‘rtacha haroratining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Bu hol subtrorik va trorik
kengliklarda uncha sezilarli bo‘lmasa-da, o‘rtacha kengliklarda ancha sezilarlidir.
Quyoshning aktivlik sikli 11-80 yilga to‘g‘ri kelishi, iqlimining vaqti-vaqti
bilan o‘zgarishiga sabab bo‘lishidan tashqari Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi
natijasida vujudga kelayotgan Koriolius kuchi ham atmosfera sirkulyasiyasiga ta’sir
ko‘rsatishi aniq. Bu sikl 250 yilga to‘g‘ri keladi.
Iqlimni yaxshilash imkoniyatlari mavjudligiga qaramasdan uni o‘zgartirish
juda muhim muammo hisoblanadi. Kichik maydonlarda ayrim olingan regionlarda
sug‘orish, daraxtzorlar raydo qilish, chegaralangan holda iqlimning erga yaqin
atmosferada qisman o‘zgartirish mumkin. Lekin bu bilan er shari miqiyosida iqlim
o‘zgarishiga ta’sir etish qiyin. Buning uchun okean oqimlariga, atmsofera
sirkulyasiyasiga, orografiyaga atmosferannig yuqori qatlamlariga ta’sir ko‘rsatish
choralarini izlab torish kerak.
Hozirgi paytda havo massalarining yo‘lini (harakat yo‘nalishini o‘zgartirish),
okean oqimlarini burish kabi yirik rroektlar mavjud bo‘lsada, bu rroektlarning
avtorlari, bu rroektlar amalga oshirilgan takdirda iqlimda qanday o‘zgarish
bo‘lishiga kafolat bera olmaydilar. Er shari iqlimining bir qismida bo‘lgan o‘zgarish
boshqa qismida qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi to‘g‘risida bashorat qila
olmaydilar.
M.A.Budikoning hisoblashlariga ko‘ra agar arktika suvligidagi muzliklar
eritilsa, arktika dengizlari suvining ko‘tarilishidan tashqari, arktika muzliklariga
tushadigan radiatsiyaning asosiy qismi atmosferaga qaytib ketayotgan bo‘lsa, muz
erigandan keyin, suv sathining ko‘rlab radiatsiyani yutishi natijasida arktikada
haroratning oshib ketishi. Arktika sovuq havo massasiga ta’sir etib, boshqa
kengliklar iqlimini isitishi va er shari iqlimi bashorat qilib bo‘lmaydigan darajada
o‘zgartirib yuborishi mumkin.
SHunday qilib, iqlimni o‘zgartirish masalasi juda ham ehtiyotlik talab
qiladigan masala bo‘lib, bundan tashqari juda katta mablag‘ talab qiladigan ishdir.