Globallashuv jarayonlarida millat va milliy o‘zlikni anglash masalalari
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
40,3 KB
Globallashuv jarayonlarida millat va milliy o‘zlikni anglash masalalari
Reja:
1. Globallashuv jarayonlarida millat va milliy o‘zlikni anglash masalalari,
uning millat hayotida namoyon bo‘lish xususiyatlari.
2. Demografik globallashuv, ma’naviyat va qadriyatlar.
3. Ommaviy madaniyat.
Aholi
va
uning
eng
faol
qismi
bo‘lgan
mehnat
resurslari
makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Dunyo aholisining qandaydir
qismi, har xil ta’sirlar yordamida ish va yashash joyini almashtirib turadi. Bu
omil migratsiya deb atalib, u bir paytning o‘zida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,
diniy, ekologik xarakterga ega. Fanda migratsiyaning turli ta’riflari mavjud.
Migratsiyaga mavjud ta’riflar orasida umumiy tarzda, quyidagi ta’rifni ajratib
ko‘rsatish mumkin: jismoniy shaxs (aholi) ning ma’lum bir geografik hududdan
boshqa bir muayyan hududga ko‘chishi migratsiya deyiladi.
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyoda aholi migratsiyasi kuchaydi.
Agar oldinlari migratsiya ma’lum bir hududlardagina (Afrika, Osiyo, AQSH,
G‘arbiy Evropa) ro‘y bergan bo‘lsa, endilikda migratsiya tobora xalqaro global
jarayonga aylanib bormoqda.
Aholining migratsion jarayonlari motivi, ko‘pchilik hollarda, siyosiy va
iqtisodiy omillar hisoblanadi. XX asr oxirida dunyo siyosiy xaritasidagi o‘zgarishlar
migratsion jarayonlarga yangi turtki berdi. YAngi yosh mustaqil davlatlardan
rivojlangan mamlakatlarga migratsiya shu yillarda yanada o‘sdi. Bu o‘rinda, bir
vaqtning o‘zida, siyosiy va iqtisodiy omillarning kesishuvi natijasidagi migratsion
jarayonni kuzatishimiz mumkin.
Dunyo bo‘ylab migratsion jarayonlarning ortishi ko‘plab muammolarni
keltirib chiqarmoqda. Jumladan, boshqa davlatlarga kelayotgan kishilarning til
bilmasligi, mahalliy aholi urf-odatlarini bilmasligi, mahalliy aholi bilan turli
nizolarning kelib chiqishi, diniy omil, ishchilarning oddiy gigienik qoidalarga
rioya qilmasliklari, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi, tibbiy
xizmatning vaqtida olinmasligi, shuningdek, turli jamoat joylarida o‘zini tutish
qoidalarini bilmasligi yoki rioya qilmasligi kabi omillarni ko‘rsatish mumkin.
YUqoridagi holatlarning avj olib ketmasligi uchun migratsion jarayonlarni
boshqarish tushunchasi qo‘llaniladi. Bunday boshqarish tagzamirida, ish kuchi
resurslarini birinchi navbatda, qonuniylashtirish, tartibga solish yotadi.
Ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning
ahamiyati kattadir. Bunday tashkilotlardan biri Xalqaro mehnat tashkiloti
(XMT)dir, bu tashkilotda davlatlar, tadbirkorlar va mehnatkashlar vakillari
ishtirok etadi.
Migratsion jarayonlarni boshqarishda ushbu jarayonlarning asosiy
yo‘nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Xalqaro ishchi kuchi
migratsiyasining 5 ta yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) Rivojlanayotgan davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya;
2) Sanoati rivojlangan davlatlar doirasidagi migratsiya;
3) Rivojlanayotgan davlatlar orasidagi migratsiya;
4) Sobiq sotsialistik davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya;
5) Ilmiy xodimlar, malakali mutaxassislarning sanoati rivojlangan davlatlardan
rivojlanayotgan davlatlarga migratsiyasi.
BMTning statistik ma’lumotlariga qaraganda, Evropa aholisi 2050 yilga
borib, 128 mln.ga kamayadi, bunda Italiya – 16 mln., Germaniya – 23 mln.,
Rossiya – 33 mln. kishisini yo‘qotadi. Eng ahamiyatlisi, Evropa umumiy
aholisining 10% igina evropalik ildizga taqaladi.
EI hududida migratsion oqimni va o‘zga madaniyatdagilar hamjamiyatini
tartibga solish bo‘yicha muayyan ishlar ham ilmiy-nazariy, ham amaliy
ahamiyat kasb etmoqda. Evropaning deyarli barcha davlatlari OAVlarida va
siyosiy debatlarda ushbu mavzu tez-tez ko‘tarilmoqda.
Germaniya immigratsiya siyosati o‘ziga xos maxsus qoida va an’analardan
kelib chiqqan bo‘lib, u ko‘pgina Evropa davlatlarida qiziqish uyg‘otdi.
Agarda 1973 yilda 3,9 mln. (GFR) xorijlik yashagan bo‘lsa, 30 yildan so‘ng
bu ko‘rsatkich, ya’ni 2002 yilda 7,3 mln.ni tashkil qildi. Germaniyalik
muhojirlarning ko‘pchiligi “uchinchi davlat” kishilari bo‘lib, ular etnomadaniy
nuqtai nazardan, ko‘pgina muammolarni keltirib chiqaradi.
2000 yil 1 yanvardan kuchga kirgan “Fuqarolik to‘g‘risida”gi qonuniga
ko‘ra, 2000 yilgacha muhojirlardan tug‘ilgan bolalar bevosita nemis fuqaroligini
qo‘lga kiritadi. Balog‘at yoshiga etguncha (18 yosh) ular ota-onalarining
fuqaroligini saqlab turadilar, lekin 23 yoshgacha fuqarolikni aniq tanlashlari
talab etiladi. Fuqarolik olishga ishsizlik nafaqasini oluvchilar, sudlanganlar
da’vogarlik qila olmaydilar. SHuningdek, nemis tilini o‘rganish bo‘yicha test
olish majburiy qilib qo‘yildi. Umumiy hisobda 2000-2004 yillar oralig‘ida
191107 ta muhojirlarning farzandlari nemis fuqaroligini qo‘lga kiritishdi.
Ularning ko‘pchiligini etnik turklar tashkil qiladi.1
Germaniya yangi migratsion siyosatining tub mohiyati shu bo‘ldiki,
Germaniya o‘zini yakunda rasman “immigratsion mamlakat” deb e’lon qildi.
YAna bir muhim jihat shu bo‘ldiki, immigrantlarga turli tanishtiruv kurslari (630
soatga mo‘ljallangan federal dastur) belgilangan bo‘lib, u “uchinchi davlat”lar
bilan Evropa davlatlari fuqarolarini bir xil ko‘radi. Musulmon ayollar uchun ham
alohida kurslar belgilangan bo‘lib, bu yakunda ularning mehnat faoliyatiga
tezroq kirishib ketishlariga yordam beradi. O‘z navbatida, bu kurslardan bosh
tortgan odamlarga ma’muriy choralar ko‘riladi.
2006 yil 14 iyulda Berlinda shaxsan federal kansler rahbarligida xorijliklar
integratsiyasi masalasi bo‘yicha Sammit bo‘lib o‘tdi. Unda barcha manfaatdor
tomonlar, siyosatchilar, OAV vakillari, iqtisodchilar, kasaba uyushmalari, diniy
muassasalar vakillari, shuningdek, madaniyat va sport vakilllari ishtirok etdi.
Angela Merkel ushbu anjuman migrantlar va Germaniya siyosatchilari
o‘rtasidagi kelgusidagi integratsion siyosat uchun ochiq dialog platformasi
bo‘lishi kerakligini bildirdi. Buning natijasida, 2007 yil yarmigacha oltita ishchi
guruh tuzilishi va ular umummilliy integratsion konsepsiya (ayniqsa, ta’lim va
nemis tilini o‘rganish bo‘yicha) ishlab chiqishlari belgilandi.
1 Масалан, 2004 йилда жами 127 153 иммигрант немис фуқаролигига эга бўлди. Ундан 44 465 (35%) турклар
ва фақатгина 7 499 (5.9%), 6 362 (5%) қисмини поляк ва эронлар ташкил қилди.
Germaniya yangi immigratsion siyosatining amalda bir vaqtning o‘zida,
mamlakatda istiqomat qilayotgan va kelayotgan muhojirlar uchun ko‘pgina
qulayliklarni belgilab berdi. Ta’lim va til jarayoniga urg‘u berilayotganligi esa
alohida diqqatga sazovor, zero malaka va til bilish amalda, shaxsning keyingi
istiqbolini belgilab beradi.
Migrantlar, o‘z tabiatiga ko‘ra jamiyatning ishbilarmon va harakatchan
a’zolari hisoblanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, migratsiya iqtisodiy
o‘sishga, yangi millatlarning paydo bo‘lishi (assimilyasiyalashuv)ga, marginal
madaniyatlarning boyishiga ko‘mak bo‘lib kelgan.
Migratsion jarayonlarni tahlil etishda, undagi muhim muammoviy
masalalarning ham mavjudligini inobatga olish zarur bo‘ladi. Ma’lumki, harakat
faoliyati mobaynida aksariyat migrantlar ekspluatatsiya qilinadi va ularning
huquqlari poymol qilinadi; aksariyat holatlarda o‘zlari yo‘nalish olgan manzil
mamlakatlar madaniyati va turmush tarziga nisbatan integratsiyalashuv qiyin
kechishi mumkin; migrantlarni qabul qilayotgan davlatlarning malakali va zarur
hisoblangan kadrlariga nisbatan arzon ishchi kuchi sifatida raqobatbardosh
bo‘lib, ularni ish joylaridan mahrum etishi mumkin. Mana shu va boshqa ko‘plab
sabablarga ko‘ra migratsiya holatin har tomonlama, jumladan sotsiologik
o‘rganish muhim mavzu hisoblanadi.
Mazkur migratsiyaning hajmidan tashqari yana bir muhim tomoni, ijtimoiy-
siyosiy tomoni ham borki, u hozirgi vaqtda ham evropalik hisoblangan
amerikaliklarning asosan kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan qullarning avlodlariga
nisbatan qaysidir darajada ta’sir kuchiga ega ekanligidir. SHunday bo‘lsa-da,
AQSHga quldorlikning tugatilishidan so‘ng ham Xitoy, Hindiston va
YAponiyadan juda ko‘plab odamlar shartnoma asosida ko‘chishdi va bu jarayon
hali ham davom etmoqda. Masalan, oxirgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra ushbu
mamlakatga faqat Hindistonning o‘zidan 1,5 million odam ko‘chib kelgan.
Hindistonlik migrantlar dunyo miqyosida o‘zining intellektual salohiyati tufayli
kompyuter dasturlari ustasi sifatida tanilgan bo‘lsa-da, biroq ularning
Amerikadagi
faoliyati
Evropa
mamlakatlari
fuqarolariga
tegishli
plantatsiyalarda ishlash bilan bog‘liqdir.
Migratsiyaning keyingi davri XIX asrning oxirlari va XX asrning
boshlariga kelib, AQSHning sanoatini nihoyatda yuqori sur’atlar bilan
rivojlanishi orqali belgilanadi. Bu vaqtda SHimoliy, Janubiy va SHarqiy
Evropaning iqtisodiy turg‘un hududlaridan va repressiv siyosiy tizimlaridan
qochgan millionlab ishchilar 1850 yildan 1930 yildagi Buyuk Depressiyagacha
AQSHga ko‘chib ketishda davom etadilar. Ularning orasida ocharchilikdan
qochgan irlandiyaliklarni, omadini sinab ko‘rish uchun ketgan ingliz, nemis va
fransuzlarni, ishsizlikdan tinkasi qurigan italiyalik va polyaklarni, etnik jihatdan
holi tang yahudiy va boshqa millat vakillarini ko‘plab uchratish mumkin edi. Bu
vaqtda Nyu Yorkdagi Ellis orolidagi immigratsion tekshiruv ro‘yxatidan o‘tgan
migrantlarning soni qariyb 12 mln. kishini tashkil etadi.
Migratsiyaning keyingi katta davri ikkinchi jahon urushidan keyin Evropa,
SHimoliy Amerika va Avstraliyadagi iqtisodni tiklash uchun ishchi kuchi zarur
bo‘lganligi tufayli sodir bo‘ladi. Masalan, bu ko‘plab turk migrantlarining
Germaniyaga, SHimoliy Afrikaliklarning Fransiya va Belgiyaga kelishi bilan
bog‘liq.
SHu vaqtda mustamlakadan chiqish hali hamon davom etayotgan bo‘lib,
dunyoning turli burchaklarida “uchinchi davlatlar” deb nom olgan ko‘plab
jamiyatlarda ozodlik harakatlari natijasida, mustamlakachilik zulmidan qutulish
davri boshlanadi. Ammo uning zamirida ham migratsion jarayon jiddiy tus oladi.
Bu davr, 1947 yilda Hindistonda bo‘lgan ozodlik harakati va Pokiston
davlatining vujudga kelishi natijasida, millionlab hindlar va musulmonlarning,
hamda Isroil davlatining tashkil topishi natijasida vujudga kelgan ichki nizolar
tufayli, yahudiy va falastinliklarning o‘z tug‘ilib o‘sgan joylarini tark etishlari
bilan
bog‘liq.
SHuningdek,
mag‘lubiyatga
uchragan
Germaniya
va
YAponiyadan AQSHga intellektual migratsiya kuchayadi.
Avj olgan migratsiya sur’ati AQSHga nisbatan o‘tgan asrning 90-yillari
boshida bir oz susaygan bo‘lsa, Evropa mintaqasida xalqaro migrantlarning
kuchiga bo‘lgan talab 70-yillarga kelib deyarli ehtiyoj sezmaydi. Ushbu
davrlarda global iqtisodning boshqaruv kuchi Osiyo tomonga ko‘cha boshlaydi.
Bu esa shundoq ham aholi zich yashaydigan erlarda migrantlarga, xususan,
mehnat migratsiyasiga bo‘lgan talabni oshiradi. Oxir-oqibat migrant qabul
qiluvchi davlatlarda so‘nggi yillarda boshpanasizlar, qochoqlar va nomuntazam
migrantlarning harakati boshqarib bo‘lmas darajaga etdi. Bu tabiiyki, xalqaro
miqyosda migratsiya tizimini tartibga solish bo‘yicha qator loyihalar ishlab
chiqishni taqozo etardi.
Birinchidan, migrantlar orasida ayollar ulushi tez ravishda oshib bormoqda.
2007 yilda Er yuzi bo‘yicha migrantlarning deyarli yarmi ayollar bo‘ldi, ularning
katta qismi rivojlangan davlatlarda va sezilarli qismi esa rivojlanayotgan
davlatlarda faoliyat yuritmoqda. BMTning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2005
yilda Evropa, Lotin Amerikasi, SHimoliy Amerika, Okeaniya va sobiq Ittifoq
davlatlarida erkak migrantlarga qaraganda ayol migrantlar ko‘proq bo‘lgan.
E’tirof etadigan tomoni, ilk vaqtlarda ayollarning migratsiyada ishtirok etishda
asosiy maqsadlaridan biri an’analardan kelib chiqqan holda, o‘z jufti haloli bilan
birga bo‘lish bo‘lsa, bugungi kunda esa mustaqil tarzda ko‘chayotgan ayollar
nisbati ortib bormoqda, ular asosan oilalarining asosiy boquvchisi sifatida
ketmoqdalar.
Ikkinchidan, migrantlarning o‘z davlatlari, tranzit va ular boradigan
(manzil) davlatlar orasidagi an’anaviy farq tushunarsiz bo‘lib qoldi. Bugungi
kunda dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar nazoratni amalga oshirish uchun
uchta vazifani bajarmoqda, ya’ni migrantlar bu davlatlardan chiqarilmoqda,
davlatlar tranzit vazifasini bajarmoqda va migrantlar ularga qarab yo‘l
olishmoqda.
SHaxsning yashash joyini erkin tanlashini tan olish migratsiya ommaviy,
xalqaro tus olayotgan hozirgi davr va jamiyatlar uchun uzoq izlanishlar olib
borishni talab etayotgan masalalardan biridir. Inson xuquqlari va ma’naviy
madaniy qadriyatlar nuqtai nazaridan u, shubhasiz, ijobiy ahamiyatga ega.
SHaxsning o‘z ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun barcha davlatlar
va o‘lkalarda ham real teng imkoniyatlar yaratilgan deb bo‘lmaydi. Diniy
mutaassiblik, konservativ qarashlar, demokratiyani til uchida tan olayotgan,
aslida esa yakka fikrni targ‘ib etib, hurfikrlikni goh ochiq, goh yopiq ta’qib
etayotgan davlatlardan ochiq fuqarolik jamiyati qurayotgan G‘arb davlatlarida
migratsiya kuchayib bormoqda. Har yili G‘arb davlatlariga Osiyo va sobiq SSSR
respublikalaridan 4 millionga yaqin kishi migratsiya qilinadi. Bunday jarayonlar
Xitoy, YAponiya, Hindistondan AQSHga ko‘chishda ham ko‘zga tashlanadi.
Demak, migratsiya umumplanetar xarakter kasb etmoqda.
Ko‘chish faqat ishchi kuchlarining siljishi emas, u milliy madaniy
qatlamlarning siljishi hamdir. U madaniyatlararo integratsiyani kengaytiradi,
umuminsoniy ma’naviy-madaniy qadriyatlarning, turmush tarzining rang-
baranglashuviga, butun insoniyat uchun normativ ahamiyatga va ko‘rinishga ega
bo‘lgan madaniy paradigmalarning shakllanishiga olib keladi. “Emigratsiya va
reemigratsiya hayotning geosiyosiy, siyosiy, iqtisodiy, etnomadaniy, ijtimoiy
sohalariga ta’sir etdi”2.
Hozirgi davrda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi migratsiya oqimlarini
boshqarish muammosi mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligini shakllantirishning
ahamiyatli omillaridan biriga aylanmoqda. CHunki migratsiya (xususan, mehnat
migratsiyasi) so‘nggi vaqtlarda mintaqaning qator mamlakatlari uchun tahdidli
xususiyat kasb etmoqda. Mintaqadagi migratsiya nafaqat o‘zining misli
ko‘rilmagan ulkan miqyosi, balki aksariyat hollarda asosan faqatgina bir
mamlakatga – Rossiyaga yo‘nalganligi bilan xarakterlidir. VMF ma’lumotlariga
ko‘ra, Rossiya imigratsiya ko‘lamiga ko‘ra, kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda
turadi. Bu esa, Markaziy Osiyo mintaqasining deyarli barcha mamlakatlarini RF
siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga bevosita bog‘lab qo‘yadi3.
Mintaqadagi mamlakatlar migratsiya jarayonlarining ikkinchi muhim
xususiyati
migrantlardan
olinayotgan
moliyaviy
tushumlardan
ushbu
davlatlarning bog‘liqligi yuqori darajasidir. (Aynan MVFning ma’lumotlariga
ko‘ra, mintaqa mamlakatlariga migrantlar tomonidan yuborilayotgan pul
jo‘natmalari Tojikiston YAIMning 20-25%igacha, Qirg‘izistonda 16%igacha
tashkil etadi)4 Bog‘liklikning bunday darajasining o‘ziyoq iqtisodiy xavfsizlikka
bevosita tahdiddir. Rossiyada ishchi o‘rinlarning so‘nggi qisqartirilishi
Qirg‘iziston
Respublikasi
migratsiya
va
bandlik
agentligi
direktori
A.Riskulovaning bejiz jiddiy tashvishga solmayapti, uning fikriga ko‘ra, jahon
iqtisodiy inqiroziga bog‘liq holda migrantlardan pul tushumining kamayishi
2 Аблажей Н.В. Эмиграция из России (СССР) в Китай и реэмиграция в первой половине ХХ в. Автореф. дисс.
д.и.н. Новосибирск: СО РАН, 2008. С. 3.
3 World Bank Publications _ ESW CD/раздел Региональные исследования 2007 г. На русском языке.
4 World Bank Publications _ ESW CD/раздел Региональные исследования 2007 г. На русском языке.
hozircha kuzatilmayapti. “Biroq migrantlardan keladigan tushumlar kamayishi
mumkin, chunki inqiroz ish o‘rinlarining qisqarishiga olib keladi, bu esa,
ishsizlikning ko‘paytirishi yoki xorijga pul topish uchun ketgan kishilarning
maoshi kamayishiga olib kelishi mumkin. Bank jo‘natmalari bo‘yicha
Qirg‘izistonga migrantlar o‘tkazayotgan pullar 800 milliondan ko‘proq AQSH
dollarini tashkil etadi, biroq shu ayolning so‘zlariga ko‘ra, agar ular pullarni
qarindoshlari orqali yuborishni yoki ko‘chmas mulk xarid qilayotganini hisobga
oladigan bo‘lsak, bu summa 1 milliard AQSH dollaridan oshib ketishi
mumkin”5. Bundan nafaqat Qirg‘iziston Respublikasining iqtisodiy, balki milliy
xavfsizligiga ham jiddiy xatar bo‘lishi mumkinligini, xususan, bu erda
Qirg‘izistonning tashqi qarzi sezilarli ekanini ham hisobga olish zarurligi
haqidagi xulosa kelib chiqadi.
Hozirgi sharoitlarda Markaziy Osiyo mintaqasidagi migratsion oqimlar
deyarli nazoratsiz yuz berayotganini hisobga olgan holda har qanday donor
mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi kamayishi kuzatilishi mumkinligini tahmin
qilish mumkin, chunki malakali mutaxassislarning ketib qolishi ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning sifati va raqobatbardoshligi kamayishiga olib
kelishi mumkin. Ayni vaqtda, har qanday mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini
saqlab qolish uchun ishlab chiqarishning shunday darajasiga hamda
raqobatbardoshlikni ta’minlay oladigan mahsulot samaradorligi va sifatini
oshirishga hamda jahondagi savdoda, koopiratsion aloqalarda va ilmiy-texnik,
texnologik yutuqlarda teng ishtirok etishga imkon beradigan darajaga chiqish
talab etilmoqda. Bunga halal beruvchi omillar sifatida quyidagilarni keltirish
mumkin:
Mehnat migratsiyasi sohasida qabul qiluvchi va yuboruvchi
mamlakatlar qonunchiligining nomukammalligi. Mavjud qonunlarni amalga
oshirishning aniq mexanizmi, ularni bajarilishi ustidan nazoratning mavjud
emasligi.
Mehnat migrantlarining faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun
huquqiy asos sifatidagi ta’sirchan ikki tomonlama bitimlarning mavjud emasligi.
5 URL бўйича: http:/www.24kg/community/2008/10/28/9605.html,28/10-2008. Mигрантлардан келадиган пул
суммаси ЯИМ бўйича 2008 йил 1 октябрига 29,7%ни ташкил этган – Муаллиф изоҳи.
Mehnat migrantlarini qabul qiluvchi mamlakatlarda undan foydalanish
manfaatli bo‘lganligi sababli noqonuniy ishchi kuchiga bo‘lgan yuqori talab
hamda ish beruvchi uchun xorijiy ishchi kuchini yollash tartibining
murakkabligi.
Fuqarolarni
xorijda
qonuniy
ishga
joylashtirish
bo‘yicha
Tojikistondagi xizmatlar va infratuzilmalarning rivojlanmaganligi.
Qog‘ozbozlikning keng tarqalganligi.
Markaziy Osiyo hududi mamlakatlaridagi migratsiya darajasini yuqoriligi
iqtisodiy asosi iqtisodiy taraqqiyot darajasi va turli mamlakatlardagi daromadlar
darajasidagi farqdir. Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun (Qozog‘iston bundan
mustasno) Rossiya mehnat migrantlari uchun iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va
boshqa omillar tufayli eng maqbul mamlakatdir.
YUqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda, mamlakatdan chiqib
ketayotgan ishchi kuchi oqimining iqtisodiy zarari o‘ta katta, degan uzil-kesil
xulosaga kelish mumkin. Migratsiya natijasida mintaqa mamlakatlarining eng
malakali mehnat zahiralari qatlamlarining yo‘qotilishi mlliy iqtisodiyotlarning
uzoq muddatli jonlanish istiqbollariga putur etkazadi va ham ichki, ham xorijiy
investitsiyalarning mehnat talab qiluvchi sohalarga kiritilishini kamaytirib
yuboradi. Ular o‘tmishda raqobatli afzalliklarga ega bo‘lgan va Markaziy Osiyo
davlatlarining milliy iqtisodiy tizimi uchun yo‘l boshlovchi bo‘lishi mumkin edi.
Bu ham, iqtisodiy xavfsizlikning o‘sishiga imkon bermaydi.
Mehnat migratsiyasining hozirgi kundagi jarayonlari, agar qisqa muddat
nazaridan qaraladigan bo‘lsa, iqtisodiyotga pul va mahsulot zahiralarining
sezilarli darajada jamlanishi hamda mamlakat tashqarisida yaratiladigan so‘ngra
esa, mintaqa mamlakatlariga olib kelinadigan, import qilinadigan qadriyatlarga
ta’sir ko‘rsatadi.
2004 yil 17 avgustda Koreya Respublikasida sanoat tizimida o‘qitish bilan
bir qatorda xorijiy fuqarolarni ishga joylashtirishga ruxsat berish tizimi joriy
qilingan. Ishga yollash faqatgina bu borada ikki tomonlama shartnoma tuzgan
mamlakatlardagina amalga oshiriladi. Bunday mamlakatlar hozircha hammasi
bo‘lib oltita: Tayland, SHri-Lanka, Vetnam, Mo‘g‘uliston, Indoneziya va
Fillipin6.
Ishga yuborish mamlakatlarini tanlash Koreya Respublikasi xorijiy ishchi
kuchi strategiyasi bo‘yicha qo‘mita va mehnat vazirligi tomonidan amalga
oshiriladi (mehnatga joylashish uchun ruxsat berish tizmiga yuboruvchi
mamlakatlarni tanlash sanoat malaka oshirish tizimidan mustaqil tarzda
o‘tkaziladi). Ishchilarni tanlab olish va taklif qilish Koreya Respublikasi davlat
muassasalari va yuboruvchi mamlakat tomonidan xususiy ishga jo‘natish
agentliklarining vositachiligisiz amalga oshiriladi.
Xulosa tarzida jaxon moliyaviy inkirozi natijasida kuplab mamalakat ish
urinlari kiskartirilmokda. BMT tarakkiyot dasturining Evropa va MDX
mamalakatlari buyicha mintakaviy byurosi markaziy Osiyo departamenti
direktori global inkiroz dunyo buyicha 240mln. kishi ishidan ayrildi, 170mln.
nafarda ortik kishi kashshok bulib koldi.
Jaxon sivilizatsiyasining xozirgi rivojlanish boskichi ijtimoiy –iktisodiy,
siyosiy va madaniy munosabatlar integratsiyalashuvi xamda globalashuvi bilan
xarakterlanadi.
Zamondagi chegaralari va amalga oshish sur’atlari xam barcha
mamlakatlar va millatlar uchun bir xil emas. U ayrim mamlakatlar xayotida
tezrok, ayrimlarida esa sekinrok kechishi mumkin.
6 Краткая информация о деятельности агентства по вопросам внешней трудовой миграции (Ташқи меҳнат
миграцияси масалалари бўйича агентлик фаолияти тўғрисида қисқа маълумот) // Экономическое обозрение,
№2, 2006.