Globallashuv, sharqona demokratiya va ma’naviyat
Reja;
1. Globallashuv jarayonlari tizimida demokratiy. Demokratiya, sharqona
demokratiya tushunchalari.
2. Demokratiya va ma’naviyat.
3. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasidagi vazifalar.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov BMTning 2010 yil 20 sentyabrda
bo‘lib o‘tgan “Mingyillikning rivojlanish maqsadlari” sammitining plenar
majlisida so‘zlagan nutqida “Jahonning turli nuqtalarida hamon davom
etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar, saqlanib qolayotgan davlatlararo,
millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida
ta’kidlanganidek, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o‘limi, epidemiyalar va
insoniyatning boshqa muammolariga qarshi kurash borasidagi eng jiddiy
to‘siqlar bo‘lib qolmoqda”, – deb ta’kidladi. SHundan so‘ng davlatimiz rahbari
“asosiy muammo va ziddiyatlar bo‘yicha o‘zaro murosa asosidagi echimlarni
topish” zarurligini va bu murakkab, chigal, ziddiyatli vaziyatlardan chiqishning
asosiy yo‘llaridan biri ekanligini qayd etib o‘tdi. SHu munosabat bilan
tolerantlikni va uning odamlar ongiga ta’siri darajasini oshirish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Keyingi paytlarda dunyoda murosasizlik, zo‘ravonlik, terrorchilik,
tajovuzkor millatchilik, xalqlarning bir-biridan uzoqlashuvi, kam sonli milliy,
etnik guruhlarni kamsitish holatlarining tez-tez yuz berayotganligi mintaqaviy
va xalqaro miqyosda barqarorlikka va xavfsizlikka tahdid solmoqda va ijtimoiy
rivojlanish yo‘lidagi to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda. YUNESKOning1995 yil
16 noyabrda bo‘lib o‘tgan Bosh konferensiyasi tolerantlik tamoyillari
Deklaratsiyasini
qabul
qildi,
zero
tolerantlik
tinchlikni
saqlashning,
insoniyatning har tomonlama rivojlanishining eng muhim tamoyili bo‘libgina
qolmay, balki uning zarur sharti hamdir.
Ijtimoiy
rivojlanishda
yuz
berayotgan
o‘zgarishlar
va
ularning
tendensiyalarini tahlil qilish global ijtimoiy ongda va muayyan inson hayoti va
taqdirida tolerantlik muammosi naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.
Tolerantlik bugungi kunda zaruratga va madaniy me’yorga aylanib, atrofimizni
o‘rab turgan dunyo bilan munosabatlarimizning zarur sharti sifatida namoyon
bo‘lmoqda.
Ma’lumki, globallashuv ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tizimlar va ijtimoiy
birliklarning intensiv integratsiyasi, kommunikatsiyaning innovatsion usul va
vositalariga tayangan holda kechayotgan, kompleks xarakterga ega obektiv
voqea va hodisalarda o‘z aksini topmoqda.
SHuningdek, mazkur sharoit mavjud huquqiy normalarning qayta ko‘rib
chiqilishi, mintaqa va hududlardagi iqtisodiy tizim xarakterining o‘zgarishi,
mamlakatlar siyosiy hayotiga xalqaro omil ta’sirining kuchayishi, turli madaniy
tizimlar, xususan, dinlar o‘rtasidagi muloqot intensivligining kuchayishini
keltirib chiqarmoqda..
Globallashuv jarayoning hayotimizga tobora tez va chuqur kirib
kelayotganining
asosiy
sabablari
xususida
gapirganda
I.Karimov
ta’kidlaganlaridek “ ... shuni ob’ektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi
davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon
miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib
borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga
olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”1.
Mutaxassislar zamonaviy global rivojlanish jarayonidagi ba’zi
tendensiyalarning tahlili asosida bu borada ko‘p hollarda aksiomadek qabul
qilinadigan
ayrim
xulosalarga
tanqidiy
yondashish
zarurligini
ta’kidlashayotganini alohida qayd etish lozim. Jumladan, ular globallashuv
sharoitida dunyodagi yirik kompaniyalar olayotgan foyda o‘sish emas, balki
1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – 111 б.
pasayish tomon ketayotgani, hukumatlar hali hamon gigant korporatsiyalar
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini saqlab turgani va ko‘p hollarda ularni
o‘z rejalarini o‘zgartirishga majbur qila olayotgani haqida yozmoqdalar2. Bu esa,
davlat chegaralari ahamiyatining keskin darajada pasayib ketayotgani haqida
gapirayotgan mutaxassislarning qarashlarini bir yoqlama ekanidan dalolat
beradi.
Global diniy makonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlardan biri bu muayyan
din yoki konfessiyaning konkret hudud bilan shartlanishidagi o‘zgarishlar bilan
bog‘liq. CHunki hozirda diniy hayotda sodir bo‘layotgan o‘zgarish ularning
an’anaviy konfessional, siyosiy, madaniy va sivilizatsiyaviy chegaralar
doirasidagina emas, balki transmilliy, transetnik darajalarda ham kechmoqda.
Xususan,
neopyatidesyatniklar,
bahoiylar
faoliyati
bu
yo‘nalishdagi
jarayonlarga misol bo‘la oladi. Diniy hayotdagi global dinamik o‘zgarishlarning
yana bir xususiyati, iqtisodiy jarayonlar va ijtimoiy sohaning bir qator
jabhalarida global kommunikatsiya maydonida yuzaga kelgan tarmoq modellari
kabi “tarmoq dinlari” fenomenining vujudga kelgani bilan ham xarakterlidir.
Mutaxassislarning fikricha “tarmoq dinlari” an’anaviy konfessiyalardagi
ierarxik strukturadan yagona markaz va an’analar ortodoksalligi bilan ajralib
turadi va beqaror aloqalar va nochiziqli avtoritet hamda bo‘ysunish tizimiga ega
qator avtonom birliklar orqali shakllanadi. O‘z navbatida, ushbu birliklar bir-
biridan kurtaklanib, eski siyosiy, madaniy va konfessional yurisdiksiya
chegaralarini kesib o‘tish xususiyatiga ega. Xarizmatik protestant cherkovlari,
buddaviylik va hinduiylikdagi ayrim “tarmoq” tashkilotlari faoliyati bunga
yaqqol misol bo‘la oladi3. SHu bilan birga, diniy hayotda o‘ziga xos
aksilgloballashuv jarayonlari kechayotganini ham ta’kidlash joiz. Gap shundaki,
ayrim mutaxassislar tomonidan zamonaviy voqelikning radikal sekulyar
qadriyatlar asosida shakllanayotgani haqidagi qarashlar ham ilgari surilmoqda.
2 Лапкин В.В., Пантин В.И. Геоэкономическая политика и глобальная политическая история. – М.: Изд-во:
Олита, 2004. – 280 с.
3 Қаранг: Нуруллаев А.А. Проблемы диалога религий в эпоху глобализации. // Вестник Российского
университета дружбы народов. - Cерия: Политология. - 2001. - № 3. - С. 28-35.; Мещеряков Д.А. Глобализация
в религиозной сфере общественного бытия: Автореф. дисс... канд. филос. наук. Омск: ГОУ ВПО «Омский
государственный аграрный университет», 2007. – 25 с.
“Bunga ko‘ra ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotda din asosiy emas,
balki marginal o‘ringa ega bo‘ladi”4. Ayni paytda, o‘zgacha nuqtai nazar ham
mavjud bo‘lib, u dinning barcha yo‘nalishlardagi jarayonlar rivojida qadriyatli -
normativ asoslardan biri sifatida chiqishini ifodalaydi. Xususan, “Hozirda din
global tartibga institut, anklav, muayyan birlik emas, balki o‘ziga xos “jamoaviy
va individual mansublik janri” sifatida kirmoqda”, - deb yozadi atoqli olim
Ronald Robertson5.
Albatta, insoniyat istiqbolida dinning qandaydir ikkilamchi, noasosiy
o‘rin tutishiga doir gipotetik xarakterdagi ushbu fikr-mulohazalar o‘ta bahsli
bo‘lib, ularga diniy hayotda kechayotgan o‘zgarishlar dinamikasini har
tomonlama tahlil etish orqaligina asosli munosabat bildirish mumkin.
“SHu o‘rinda ta’kidlash muhimki, zamonaviy voqelik diniy qadriyatlar
buzilishi va
faqatgina
sekulyarlashuv asoslarining rivojlanishi bilan
kechayotgani yo‘q. Balki, demokratik davlat va jamiyat qurish asoslarining
mustahkamlanib borishi, diniy e’tiqod erkinligining keng joriy etishishi
natijasida, diniy hayotda o‘ziga xos ixtiyoriylik muhiti vujudga kelmoqda”6.
Aytish mumkinki, bu diniy sohadagi globallashuv jarayonining asosiy
xususiyatlaridan biridir.
E’tiqod va vijdon erkinligining keng tarqalishi, o‘z navbatida, diniy
hayot shakllarining transformatsiyalashuviga olib kelmoqda. Demokratiya,
erkin raqobat va inson huquqlari tamoyillari diniy qoidalar tizimiga
integratsiyalashmoqda. Turdi din vakillari esa, aynan shu nuqtai nazardan kelib
chiqqan holda sekulyar madaniyat tizimiga munosabat bildirmoqda. Boshqacha
aytganda, globallashuv davri boshqa ijtimoiy institutlar hayotida bo‘lgani kabi
dinlar hayotida ham muhim tarixiy bosqich hisoblanadi. CHunki turli ijobiy va
salbiy oqibatlarga ega globallashuv jarayoni e’tiqod va vijdon, iroda va so‘z
erkinligi tamoyillari ustuvorlashib borayotgan demokratik sharoitlarda
kechmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, asrlar mobaynida o‘zaro bir-biriga nisbatan
4 Қаранг: Еремеев С.Г. Вызовы глобализации: этнический и религиозный экстремизм в современном
мире. - http://anthropology.ru/ru/texts/eremeev/terror.html.
5 Қаранг: Новая социальная реальность глобального мира. /Отв. ред. В.И. Иванов. – Красноярск: Изд-во
“ЛИТЕРА-принт”, 2008. – 214 с.
6 Орлов М. Место и роль религии в глобальных процессах современности. // Власть, 2008. № 1. – С 46.
antagonizm, nigilizm, radikalizm kayfiyatida yashab kelgan turli diniy tizimlar
oldiga sifat jihatdan yangi bo‘lgan sharoit talablariga moslashish, fuqarolik
jamiyati qurishni maqsad qilib olgan xalqlar hayotida o‘zining o‘rni va
ahamiyatini saqlab qolish va rivojlantirishning innovatsion yo‘llari va
mexanizmlarini ishlab chiqishdek murakkab vazifalarni hal etishni zarur qilib
qo‘ymoqda.
Bu yo‘nalishdagi birlamchi vazifalardan biri shubhasiz, dinlararo,
konfessiyalararo muloqot hisoblanadi. Zero, o‘zaro hurmat, tenglik, ishonch va
hamjihatlikka asoslangan sog‘lom muloqot har qanday din yoki konfessiyaning
globallashuv sharoitida o‘z o‘rni va mavqeini saqlab qolishning eng maqbul
vositasidir.
Umuman olganda, “globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining
beqiyos darajada tezlashuvi...”7 ekani haqidagi fikrdan kelib chiqqan holda
aytish mumkinki, hozirda dinlarning bir-biri bilan yaqindan hamkorlik qilishi
ob’ektiv zaruriyatdir. Global ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayot
barqarorligi ko‘p jihatdan ana shu hamkorlikning samarali rivojlantirilishiga
bog‘liqdir.
Globallashuv atamasi garchi keyingi vaqtlarda ommaviy tarzda
qo‘llanilayotgan bo‘lsada, u chuqur nazariy asoslarga ega tushunchadir.
Qaysidir ma’noda bu tushuncha insoniyatni birlikka intilishining faollashuvini
bildiradi, odamlardagi begonalashuvni yo‘qotadi, kommunikativ aloqalarni
tezlashtiradi.
Insoniyatning
tarixan
birligini
madaniyatlarning
o‘zaro
almashinuvida, monoteistik dinlarni tarqalishi, umumiy til yaratishga bo‘lgan
urinishlarda ko‘rishimiz mumkin. Lekin, hozir gap bu haqda ketayotgani yo‘q.
Globallashuvning zamonaviy tendensiyasi ma’naviy doiradan chiqib iqtisodni,
siyosatni, axborot jarayonlarini va inson faoliyatining boshqa ko‘plab jabhalarini
qamrab olmoqda. SHu tarzda ko‘p qirrali aloqalar bilan bog‘liq bo‘lgan
megajamiyat shakllanmoqda. SHu ma’noda aytish mumkinki, globalizatsiya —
jahon iqtisodiy, texnologik, siyosiy, informatsion integratsiyasining
o‘lchamidir.
7 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2016. – 111 б.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida ijtimoiy hayot
siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi,
hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas,
deyilgan. SHunga binoan, har bir diniy konfessiya o‘z mafkurasiga ega bo‘lishi
mumkin. Lekin bu mafkura xalqqa tazyiq bilan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jamiyatimizda diniy tashkilotlar faoliyati xalqimizda milliy g‘urur va iftixor,
vatanparvarlik va fidokorlik, komil insonni shakllantirishga qaratilgan.
O‘zbekistonda e’tiqod erkinligi va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashda
qonunchilik ham takomillashib bordi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida»gi qonun 1991 yilda qabul qilingan bo‘lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi
qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo‘lib keldi.
So‘nggi yillar davomida mazkur qonunni davr talablari asosida tubdan
o‘zgartirish zarur bo‘lib qoldi va 1998 yilning 1 may oyida Respublika Oliy
Majlisi tomonidan qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
2000 yil 13-15 sentyabrda Toshkentda o‘tgan dinlararo muloqot
YUNESKO Kongressi Markaziy Osiyodagi madaniy, diniy va etnik xilma-
xilligini muhokama qildi. Unda 40ga yaqin davlatdan 80dan ortiq turli din va
konfessiyalarga mansub vakillar, yirik mutaxassislar ishtirok etdilar.
Kongressdan so‘ng 18 sentyabr kuni Buxoro shahrida «Tasavvuf va dinlararo
muloqot» mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Unda «tasavvuf»ga
bag‘rikenglikni targ‘ib etuvchi, tinchlikka chaqiruvchi Islom dinining noyob,
o‘ziga xos ko‘rinishi degan ta’rif berildi. Aynan 2000 yil sentyabrida Toshkent
islom universitetida dinlarni qiyosiy o‘rganish bo‘yicha YUNESKO kafedrasi
ochildi. YUNESKO rahbariyati bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Fan, ta’lim
va madaniyat sohasidagi eng nufuzli xalqaro tashkilot rahbari shaxsan o‘zi kelib
kafedrani ochishi fikrimiz isbotidir. Kafedraning asosiy vazifasi dinlararo
muloqot va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashga ko‘maklashishdir.
SHuningdek, 2001 yil sentyabrida Toshkentda o‘tgan Osiyo – Tinch okeani
mintaqasi YUNESKO «bag‘rikenglik tarmog‘i»ning ikkinchi yig‘ilishida
bag‘rikenglik tamoyillari o‘zbek xalqining urf – odatlari bilan chambarchas
bog‘liqligi ta’kidlandi.
O‘zbekistonning an’anaviy diniy bag‘rikenglik o‘lkasi ekani, islom fani va
madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etib, nufuzli xalqaro tashkilot –
Islom konferensiyasi tashkiloti (O‘zbekiston unga 1996 yildan a’zo)ning ta’lim,
fan va madaniyat bo‘yicha Boshqarmasi (ISESCO) Toshkent shahrini 2007 yilda
islom madaniyati poytaxti deb e’lon qildi.
Xalqaro hamjihatlik yo‘lida har bir inson, jamoa va millatlar bashariyatning
turli-tuman madaniyatlardan iborat ekanini anglashi va hurmat qilishi juda
muhimdir. Bag‘rikengliksiz demokratiya asoslari va inson huquqlarini
mustahkamlab bo‘lmaydi. Tinchliksiz taraqqiyot va demokratiya bo‘lmagani
kabi, bag‘rikengliksiz tinchlik bo‘lmaydi.
Globallashuv jarayoni g‘oyaviy, mafkuraviy jarayonlarga o‘z ta’sirini
ko‘rsatib, xozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nixoyatda kuchli
vositasiga aylanib, jahondagi xar xil siyosiy kuchlar va markazlarning
manfaatlariga xizmat qilmoqda. Xozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning
geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, ahborot kommunikatsiya manzarasida chuqur
o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir
vaziyatda, barchamizga ayonki, – deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, – fikrga qarshi
fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har
qachongidan ko‘ra muxim ahamiyat kasb etmoqda8.
Milliy mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekistonda demokratik,
huquqiy, fuqarolik jamiyatli, dunyoviylik tamoyiliga asoslangan «Ozod va obod
Vatan, erkin va farovon xayot» barpo etila boshlandi. Lekin shu bilan birgalikda
o‘z oldiga muayyan geopolitik maqsadlarni qo‘ygan siyosiy kuchlarning, diniy
tashkilotlarning
ma’naviy-mafkuraviy
taxdidlari
kuchaydi.
Mavjud
konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlab, islom davlatini qurish, xalifalikni
qayta tiklash to‘g‘risidagi zararli g‘oyalar Islom uyg‘onish partiyasi,
Xizbuolloh, (Alloh partiyasi), Xizb at tahrir al-islomiy (Islom ozodlik partiyasi),
Badiuzzamon Said Nursiyning Nurchilik harakati, Usoma bin Lodinning Al
Qoida, Akrom Yo‘ldoshevning akromiylar harakatining g‘oyalarida o‘z
ifodasini topgan bo‘lib, O‘zbekistondagi tinchlik va barqarorlikka, diniy totuvlik
8 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Тошкент: Маънавият, 2008. 119-бет.
va dinlararo bag‘rikenglikka salbiy ta’sir ko‘rsatib keldi. O‘zbekistonda
demokratik, huquqiy, dunyoviy davlat va fuqarolik jamiyat qurish jarayonida
Xoji Abdulla Ozarbayjoniy asos solgan «Tavba» ekstremistik harakati,
Hindistonda Muhammad Ilyos asos solgan «Tablig‘chilar» jamoasi, Pokistonda
Mirza G‘ulom Axmad Xon tomonidan asos solingan Axmadiya xarakati, Islom
dinini ilk davridagi xolida saqlab qolish g‘oyasini ilgari surgan Abdul
Vaxxobning Vahhobiylik diniy-siyosiy oqimi tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar
hamda olib borilgan xarakatlar O‘zbekistondagi dinlararo bag‘rikenglik
g‘oyasiga qarshi yo‘naltirilgan diniy- siyosiy xarakatlar sifatida namoyon
bo‘ldi. O‘zbekistondagi tinchlik- barqarorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo
bag‘rikenglikka bevosita taxdid ko‘rsatgan omillarga diniy ekstremizm,
fundamentalizm, aqidaparastlik, terrorizm, missionerlik, prozelitizm kabi zararli
g‘oyalar, mafkuralar hamda xarakatlar taalluqli bo‘lib, milliy mafkuraning
asosiy g‘oyalari asosida fuqarolar mafkuraviy immunitetini shakllantirish
masalasiga davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatda katta e’tibor
qaratilmoqda. Missionerlik va prozelitizm globallashuv sharoitida ma’naviy-
mafkuraviy taxdid vositasi bo‘lib, eng avvalo jaxondagi muayyan siyosiy
kuchlarning geopolitik maqsad manfaatlariga yo‘naltirilgan xolatda olib
borilmoqda. Ikkinchi tomondan, xalqning milliy ma’naviyati, urf-odat va
an’analari, milliy mentaliteti diniy ta’limot bilan bog‘liq bo‘lib, missionerlik va
prozelitizm xalqning milliy o‘zligidan begonalashuviga, manqurtlashuviga,
davlatning ichki hayotida milliy, diniy, ijtimoiy ziddiyatlarning chuqurlashuviga
sababchi bo‘ladi. SHuning uchun ham bugungi kunda O‘zbekistonda zamonaviy
demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda milliy istiqlol
mafkurasining asosiy g‘oyalarini fuqarolar ongi-tafakkuriga singdirishga, ularda
milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirib mafkuraviy immunitetini
shakllantirish masalasiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Jahondagi aksariyat mamlakatlar ko‘p millatli va turli dinli bo‘lgani kabi
O‘zbekiston ham shunday davlatlar qatoriga kiradi. Unda millatlararo totuvlik
va dinlararo bag‘rikenglik kabi umuminsoniy qadriyatlar o‘zining chuqur
ildizlariga ega.