Globallashuvning milliy rivojlanishga o‘tkazayotgan ta’siri va uning oqibatlari
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
51,9 KB
Globallashuvning milliy rivojlanishga o‘tkazayotgan ta’siri va uning
oqibatlari
Reja:
1. Jahon taraqqiyotining turli darajalari.
2. Globallashuvning milliy rivojlanishga o‘tkazayotgan ta’siri va uning
oqibatlari.
3. Iqtisodiy globallashuv va uning ma’naviyatga ta’siri.
Har qanday o‘zgarish va rivojlanishlarni tadqiq etish uchun turli xil nazariy-
metodologik yondashuvlar mavjud. Hozirgi davrda modernizatsiya paradigmasi
ular orasida (formatsion, sivilizatsion va b.) alohida ahamiyatga ega.
Modernizatsiya – o‘ta murakkab jarayon. Modernizatsiya jarayonida
o‘zgarishlar inson va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida ro‘y beradi.
O‘zgarishlar
natijasida
yangi
tushunchalar,
tamoyillar,
yondashuvlar
shakllanadi. Ular esa milliy g‘oya qamrovini yanada kengaytiradi va
yoshlarning ongi va qalbiga singdirishda yangi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi.
Milliy g‘oya murakkab tizim sifatida yoshlarning ma’naviy dunyosini
shakllanishi, yuksalishi, vatanimizning barcha millatlarini o‘z atrofida
birlashtirish kabi muammolarni qamrab oladi.
Mamlakatimizni rivojlanish yo‘li «O‘zbek modeli»da o‘z ifodasini topgan.
Milliy g‘oyani ham rivojlanish modeli ham maqsadi xalqimizning kelajagiga
qaratilgan: rivojlanishning yuqori pog‘onalariga intilish, ma’naviyatimizni
yuksaltirishdir.
Modernizatsiya
qilishning
maqsadi
yangilanish,
an’anaviylikdan
zamonaviylikka o‘tish, rivojlanishda yuqoriroq bosqichlarga erishishdir.
Milliy g‘oya va rivojlanishimizning modelini integratsiyasi modernizatsiya
jarayoni uchun nazariy-metodologik, amaliy va regulyativ vazifani bajaradi.
Pirovard natijada mamlakatimizning rivojlanishi yanada yuksak pog‘onalarga
ko‘tarilishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. SHuning uchun hozirgi kunda
«mamlakatimizni modernizatsiya qilish» 1 eng muhim ustuvor vazifadir.
Lug‘aviy ma’noda modernizatsiya (fran. moderisatio, modere – eng yangi)
zamonaviy talablarga muvofiq o‘zgarish hamda takomillashtirishlarni bildiradi.
Gap nafaqat sanoat-texnika progressida, balki insonning dunyoqarashi, uning
metodologik yondoshuvi, tafakkur uslublari o‘zgarishidadir. Bularning
o‘zgarishi
esa
inson
tomonidan
qo‘llanilayotgan
tushunchalar,
konsepsiyalarning o‘zgarishiga olib keladi. Modernizatsiya jarayoni XVIII asrda
boshlangan. Inson faoliyatiga ilmiy hamda muhandislik bilimlarning kirib
kelishi va ulardan keng miqyosda foydalanish mahsulidir.
Modernizatsiya paradigmasi XX asrning o‘rtalarida shakllandi. Uning
asosiy vazifasi insoniyat faoliyatining barcha sohalarida an’analikdan
zamonaviylikka o‘tishidir. Modernizatsiya paradigmasi rivojlanishini bir nechta
pog‘onaga ajratish mumkin. SHuni ta’kidlash mumkinki, nazariy-metodologik
yondashuvlar rivojlanishi real jarayonlar bilan uzviy bog‘liqlikda shakllangan
va ularning ta’sirida nazariyalarga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Modernizatsiya paradigmasi doirasida ko‘pdan-ko‘p nazariy-metodologik
va xususiy fanlarga asoslangan yondashuvlar yaratilgan. Ilk bor paydo bo‘lgan
modernizatsiya paradigmasi – linear modeli (1950-1960 yy.), qisman ko‘p
chiziqli aktorli (ba’zan etib oluvchi deb ataladi) (1970-1990 yy.), tuzilmaviy
modellar mavjud. Hozirgi paytda modernizatsiya paradigmasi rivojlanib
bormoqda, yangicha yondashuvlar asosida nazariyalar vujudga kelmoqda.
YA’ni, an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar orasida katta farq bor.
Rivojlanish jarayoni modernizatsiya paradigmasi doirasida turli xil nuqtai
nazar asosida tahlil qilingan. Umuman olganda, keyingi yillarda shakllangan
yondashuvlarda qat’iy determinizmdan voz kechilgan, masalan g‘arb
demokratiyasiga chiziqli model asosida emas, balki ko‘p chiziqli model, ya’ni
mamlakatlar rivojlanish yo‘lida tanlov imkoniyatiga egaligi tan olingan. Ilk bor
modernizatsiya paradigmalarining asosini tashkil qilgan evolyusionizm va
1 Каримов И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш ва янгилашни изчил давом эттириш – давр
талаби // «Халқ сўзи», 2009 йил 14 февраль
fundamentalizm yondashuvlarini cheklash hisobidan makroijtimoiy tizimlar
tahlilidan mikroijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Hozirgi
davrda
ilmiy
adabiyotlarda
modernizatsiya
jarayonidagi
o‘zgarishlar turli xil ichki va tashqi (endogen va ekzogen) ta’sirlar natijasida
paydo bo‘ladi, degan fikr hukm suradi. Bular esa real borliqning keng qamrovli
yondoshuvlar yordamida aks ettirilishi va reallikka tadbiq etish doirasi tobora
kengayganligini bildiradi. Bu jarayonda ba’zi bir tushunchalardan voz kechish,
yangilaridan foydalanish yo‘lidan borilmoqda.
Modernizatsiya paradigmasi ilmiy bilimning insoniyat hayotiga jadal
sur’atda kirib kelishi bilan bog‘liq. Har qanday davrda hokimiyatning asosiy
manbalaridan biri «bilim» bo‘lib kelgan. Bizning davrimizda esa bilimning
mavqei birinchi darajali bo‘ldi. Bu ayniqsa, moliyaviy-iqtisodiy inqirozda o‘z
ahamiyatini ko‘rsatdi. «Tijorat banklari va ularning tegishli bo‘linmalari
rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish shuni ko‘rsatdiki, ularning aksariyati
amaldagi qonunchiligimizni va investitsiya siyosatini amalga oshirish
mexanizmini etarli darajada bilmaydi. SHu sababli ham banklar hali beri
investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga, investitsiya loyihalari hamda
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash
dasturlarini joriy etishda korxonalar va kichik biznes sub’ektlarining haqiqiy
hamkorlariga aylana olmayotganini afsuslanib ta’kidlash kerak»2, deb qayd
qilgan edi Prezidentimiz.
SHuning uchun ushbu monografiyada jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish asosini va unga katta ta’sir ko‘rsatayotgan bilim va ta’limning ilmiy
salohiyat muammolari tadqiq qilingan. Bilim, ta’lim insoniyatni birlashtiruvchi
omil bo‘lib, har qanday modernizatsiya yondashuvining zarur komponentidir.
Bilim va ta’lim mafkuraviy, iqtisodiy, diniy, madaniy farqlanishidan qa’tiy
nazar insoniyat uchun umumiy qadriyatdir.
Modernizatsiya
jarayoni
I.Karimov
ta’kidlaganidek,
«innovatsion
texnologiyalarni joriy etish va jahon bozorida talab mavjud bo‘lgan yangi
2 Каримов И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш ва янгилашни изчил давом эттириш – давр
талаби // «Халқ сўзи», 2009 йил 14 февраль
turdagi tovarlar ishlab chiqarish...»3ni amalga oshirishda integratsion jarayonlar
bilan
bog‘liqdir.
Mamlakatimizda
integratsiyalashuv
jarayoni
tobora
chuqurlashib borayotganini nafaqat Evropa mamlakatlari, balki Osiyo qit’asi
bozorlari bilan ham aloqalar kengayib borayotganini ta’kidlash mumkin.
Bizning boy milliy merosimizda insonning ma’naviy, siyosiy va diniy
faoliyatlarida bilimning qadri yuqori darajada baholangan va bu an’anani,
ayniqsa hozirgi modernizatsiya jarayonida davom ettirsak maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Umuman olganda, IX-XIV asrlarda islom sivilizatsiyasida, ayniqsa
Markaziy Osiyoda intellektual-ma’rifiy, diniy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy,
ijtimoiy-madaniy muhitda ilmiy, dunyoviy bilimlarining qadrlanishi aqlning
etakchi roliga asoslangan. Bu hol esa tabiiy-ilmiy fanlarning yuksak darajada
rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Bilim – shaxsning zaruriy tarkibiy qismi. Inson
o‘qish va ta’lim olish yordamida mukammalikka intiladi, bilim esa bu jarayonda
vosita vazifasini o‘zida mujassamlashtiradi. Bilimli bo‘lish yuksak baxt, yuksak
barkamollik va qadr-qimmat, e’tiborga loyiqlik bilan tenglashtiriladi. Insonning
jamiyatdagi mavqei bilimiga bog‘liq. Uning boyligi, nasl-nasabi va boshqa
xususiyatlari e’tiborga olinmasligi kerak, bu xususiyatlar bilim bilan o‘lchanishi
shart. Ushbu ijtimoiy muhitda «odob-axloq, taqvodorlik, faoliyatlilik, ijtimoiy
qadriyatlardan hech qaysi «bilim»dek e’tiborga ega emas»4. Bu davrda barcha
ijtimoiy qadriyatlar orasida bilimga bo‘lgan munosabat yuksak edi.
Islom sivilizatsiyasida bilimga markaziy o‘rin ajratilgan edi. SHuning
uchun ham yuksak yutuqlarga erishib insoniyat tarixiga o‘z hissasini qo‘shgan.
««Bilim» markaz sifatida sivilizatsiyani mustahkamlaydi. O‘sha davrdagi g‘arb
an’analarining bilimga bo‘lgan munosabati boshqacha edi. Bilim mushohadaga
(o‘y-xayolga) asoslangan va doimo faoliyatga, harakatga majburlovchi dalil
sifatida ko‘rilmagan»5. Ushbu davrda bilim va faoliyatning, intellektual va
ma’naviy qadriyatlarning o‘zaro bog‘liqligi jamiyat rivojlanishini ta’minlaydi.
3 Каримов И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш ва янгилашни изчил давом эттириш – давр
талаби // «Халқ сўзи», 2009 йил 14 февраль.
4 Роузенталь Ф. Торжество знания. М., 1978. –235 б.
5 Пихтин В.Г. Философия и социокультурные основания познания. – Философия и её место в
культуре. - Новосибирск, 1990. –149 б.
Hozirgi paydta jamiyatning turli sohalarida tub islohotlar, fan va bilish
sohasida esa paradigmal yangilanishlar sodir bo‘layotgan tarixiy davrning
guvohi bo‘lib turibmiz. Bunday yangilanishlar iqtisodiy, siyosiy, texnologik
madaniy o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bu o‘zgarishlar ko‘p qirrali bo‘lib, ular
natijasida ijtimoiy makonning mikro, mezo, makro darajalarida ekologik,
iqtisodiy. ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-psixologik va boshqa o‘zgarishlar turli
tezlik, miqyos, murakkablik yo‘nalishlarida sodir bo‘ladi. Respublikamizda olib
borilayotgan yangilanish va modernizatsiya jarayonlari milliy istiqlol g‘oyasi va
boy madaniyatimizga, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
Modernizatsiya jarayonlarining juda ko‘plab ta’riflari va unga turli
yondashuvlar mavjuddir. Modernizatsiya klassik nazariyalarida dastlab ishlab
chiqarishni industrializatsiya asosida rivojlanishi bilan bog‘liq jarayon sifatida
ta’riflandi.SHu
ma’noda
modernizatsiyani
dastlab
ko‘proq
an’anaviy
jamiyatdan sivilizatsiya davriga o‘tishga qiyoslashadi. Bunda “an’anaviy
jamiyat quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: hayotni tashkil etish ko‘p
hollarda diniy tasavvurlarga asoslanadi; rivojlanish sikllidir; individualizmning
mavjud
emasligi;
avtoritar
hokimiyatning
mavjudligi;
shaxslarning
faoliyatsizligi, innovatsiyalardan an’analarning ustunligi va h.k”. Bu
modernizatsiya jarayonlarni adabiyotlarda innovatsiyalar asosida tahlil etish
ham kuzatiladi. SHtompkaning “Sotsiologiya sotsialnыx izmenenii” kitobida:
“Jahon tarixiy jarayonlarining nuqtai nazariga ko‘ra, modernizatsiya insoniyat
yashash sharoitlarining yaxshilanishiga hissa qo‘shuvchi ahloqiy, texnologik va
ijtimoiy qadriyatlardagi innovatsiyalarga daxldor” ekanligi ta’kidlanadi.6
Zamonaviy jamiyatda esa innovatsiyalar an’analardan ustivorlik qiladi;
ijtimoiy hayot dunyoviy xarakterga bo‘ladi; rivojlanish izchil; liberal
demokratik hokimiyat; individualizm, insonlar faolligi va h.k. asosiy belgilar
hisoblanadi. Modernizatsiyaning keyingi bosqichlarini kuzatar ekanmiz, uning
tobora jamiyatni barcha jabhalarini qamrab oluvchi kopleks xarakterga ega
bo‘lib boganligini ko‘ramiz. Masalan, Xantington modernizatsiya jarayonlarini
tahlil etar ekan, u ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini o‘z ichiga olishini
6 С Штомпка П.С оциология социальных изменений/Пер, с англ, под ред. В.А.Ядова.-М.: Аспект
Пресс, 1996. -173.с.-
ta’kidlaydi. Olim modernizatsiya jarayonlarining an’anaviy jamiyatning inqirozi
va industrial jamiyat bag‘rida vujudga kelishini ta’kidlab, uning to‘qqizta
belgisini ko‘rsatib o‘tadi. Bu belgilar quyidagilardan iboratdir: Inqilobiylik,
komplekslik, tizimlilik, globallik, davomiylik, bosqichlilik, gomogenlik,
qaytarilmaslik, progressivlik.
Iqtisodiy sohada modernizatsiya chuqur iqtisodiy o‘zgarishlar, mehnat
taqsimotining o‘sishi, texnologiyalarning takomillashuvi, erkin raqobat, tijorat
uchun qulay imkoniyatlarning yaratilishidir.
Modernizatsiya
ijtimoiy
sohada
aholi
savodxonligining
o‘sishi,
yangilanishlarning barchasi aholi farovonligining o‘sishiga xizmat qiladi.
Masalan, madaniyat sohasida modernizatsiya madaniyatning asosiy elementlari
bo‘lgan din, falsafa, fanda differensatsiya, ta’limning keng tarqalishi, murakkab
va
intellektual
maxsus
kasb
institutlarining
shakllanishi,
ommaviy
kommunikatsiyaning rivojlanishi, rivojlanish, samaradorlik, muvafaqqiyat, o‘z
imkoniyat va hissiyotlarini tabiiy namoyon etishga asoslangan yangi madaniy
qadriyat paradigmasi va individualizmning rivojlanishi; yangi kengayib
borayotgan ijtimoiy makonga moslashib boruvchi yangi individual odat,
xususiyat va qiziqishlar sohasining kengayishi; fan va texnikaga ishonchning
ortishi, moslashuvchanlik va karera qilishning o‘sishi; inson qadr- qimmatiga
munosabatning o‘zgarishidir7.
Siyosiy modernizatsiya siyosiy partiyalar, parlament, saylov huquqi,
yashirin ovoz berish demokratik tamoyillarning qaror topishi hisoblanadi.
Demak, modernizatsiya jarayonlari bugungi kunda jamiyatda zamonaviy
siyosiy (demokratiya, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlatni barpo etish),
iqtisodiy (bozor, xususiy mulk, rivojlanganlik darajasiga ko‘ra ba’zi davlatlarda
axborotlashagaan iqtisodiyot), ijtimoiy (individualizm, differensiatsiyaashgan
jamiyat), madaniiy (madaniyatning differensatsiyasi, ijtimoiy ongdagi
sekulyarizatsiya, savodxonlikning ortishi va keng tarqalishi, fan va texnikaning
asosiy qadriyatga aylanishi) tizimlarni vujudga keltirishdan iborat kompleks
7 Побережников И.В. Модернизация: теоретические и методологические проблемы Экономическая
история. Обозрение / Под ред. Л.И.Бородкина. Вып. 7. М., 2001.С 152.
jarayondir. U jamiyat taraqqiyotining jamiyatning murakkab tizim sifatida
o‘zini-o‘zi tashkil etish qobiliyatidir.
Modernizatsiya
jarayonlarining
tahlilida
uning
transformatsiya
tushunchasiga nisbati muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy adabiyotlarada
transformatsiya jarayoni “tizimning o‘zini saqlash, qayta ishlab chiqarish
jarayoni sifatida e’tirof etiladi. Bu tizimning beqaror, tizim boshqa metatizimga
o‘tadi yoki ichki strukturasini o‘zgartiradi”8. Transformatsiya jarayoni ijtimoiy
tizimning immanent umumiy sifatiy xususiyati bo‘lib, uning natijasida tizim bir
strukturaviy tuzilmadan nisbatan rivojlanganrog‘iga almashadi.9 Izlanishlarda
transformatsiya jarayoni universal kategoriya va tizimning butun mazmun
mohiyatidagi o‘zgarish, ijtimoiy sub’ektlarning- insonlar va institutlarning
tabiiy rivojlanish qonuniyatlari asosida maqsadga yo‘nalgan faoliyati natijasida
amalna oshishi ta’kidlanadi. SHuningdek, muallif bu jarayonni tizimning o‘tish
holati sifatida tasniflanadi.10.
Transformatsiya jarayoni ko‘p vektorlik va o‘zgarishlarning amalga oshish
sur’atlarining jadalligi, hamda bu o‘zgarishlarda sub’ektiv omillar ta’sirining
yuqoriligi bilan ajraladi. Transformatsiya jarayonlarini bir tizim ikkinchisiga
almashayotgandagi holat sifatida ham ta’riflaydilar11. Aytishimiz mumkinki, bu
davr jamiyatning salbiy xarakterga ega bo‘lgan, taraqqiyotni to‘htatadigan
o‘tmishidan voz kechib, yangi maqsad va g‘oyalar sari intilishidir.SHu bois
ijtimoiy transformatsiya jarayonlari davrida ijtimoiy to‘qnashuvlarning
kuchayishi va keskinlashuvi kuzatilishi mumkin. Bu jarayon o‘zida destruktiv
va konstruktiv imkoniyatlarni jamlaydi, destruktiv va konstruktiv yo‘nalishlarga
ega bo‘ladi. Konstruktiv transformatsiya jarayoni natijasida jamiyatda butunlay
yoki uning ayrim sohalarining progressiv rivojlanishi ta’minlanadi.
Ijtimoiy transformatsiyaning mazmuni shundan iboratki, jamiyada sifatiy
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ijtimoiy transformatsiya ijtimoiy tizimning ma’lum
8 Марарица В.Ф.Социально- философский анализ трансформации социальных систем. Вестник
МГТУ, Т9, №1. 2006. С 76
9 Карасев В.И. Социальная трансформация как предмет философского анализа.Авт. реф. На
соискание док..фил наук.М., 2000. С10
10 Карасев В.И. Социальная трансформация как предмет философского анализа.Авт. реф. На
соискание док..фил наук.М., 2000. С15.
11 Марарица В.Ф.Социально- философский анализ трансформации социальных систем. Вестник
МГТУ, Т9, №1. 2006. С 70-76
darajadagi boshqa ijtimoiy sifatdagi ijtimoiy tizimga o‘tishi hisoblanadi.
Kibernetik yondoshuvga ko‘ra, ijtimoiy transformatsiya tizimdagi tuzilma,
tuzilishi, strkturasi, ijtimoiy ongidagi o‘zgarishdir. Unda tizim elementlari(
odamlar, mashinalar va boshqalar o‘zgarmasdan qolishi, ular iorasidagi
munosabatlar tizimi, usul va strukturasi o‘zgaradi12.
Tabiatshunoslikda
transformatsiyani
fazoviy
o‘tish,
sinergetikada
bifurkatsiya nuqtasi sifatida ta’riflash mumkin. Kastels "informatsional
jamiyat", "informatsional iqtisodiyot", “genetik inqilob” atamalarini zamonaviy
transformatsiya
jarayonlarini
ifodalash
uchun
qo‘llaydi13.
Zamonaviy
transformatsiya jarayonlarining asosi ilmiy texnologiyalar tashkil etadi.
Toffler esa zamonaviy ijtimoiy o‘zgarishlarni uchta to‘lqin sifatida
ta’riflaydi.
Modernizatsiya jarayonlarini tadqiq etuvchi izlanishlarga asoslanib aytish
mumkinki,
endilikda
uning
mohiyati
o‘zgarib,
“modernizatsiyaviy
transformatsiya”ga aylanib borayotganligini ta’kidamoqdalar.14 Bunga sabab
zamonaviy modernizatsiya jarayonlarining tobora kompleks xarakterga ega
bo‘lib borayotganligidir. SHu cababli ko‘p ilmiy adabiyotlarda modernizatsiya
va transformatsiya tushunchalarining bir ma’noda qo‘llanilayotganini ko‘rish
mumkin.Ammo yuqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqib aytish mumkinki,
transformatsiya jarayoni modernizatsiya jarayonlariga qarananda kengroq
tushuncha. CHunki modernizatsiyada tio‘zimning ayrim elementolariga
qaratilishi mumkin. Masalan , bugungi kunda jahon iqtisodiy inqirozi tufayli
mamlakatimizda bank tizimini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari belgilandi.
Modernizatsiya jarayonning asosini bilim tashkil etishini ko‘rish mumkin.
CHunki bilim sub’ekt faoliyati uchun imkoniyat yaratadi. Bilim – o‘qish, ta’lim
orqali kamol topishga intilishni ifodalovchi shaxs tarkibining zaruriy qismidir15.
Bu haqda Toffler o‘zining “Inqilobiy boylik” asarida “yangi boyliklar tizimi
12 М. В. Сухарев. Социальная трансформация с точки зрения кибернетики. Мониторинг социально-
экономических процессов в Республике Карелия", сборник. Петрозаводск, Карельский Научный
Центр РАН, 2000 г., с. 135 – 139.
13 Кастельс Мануэль. Информационная эпоха: экономика, общество и культура. М. С.29.
15 Абдуллаева М.Н,, Туленова К.Ж., Ғаффарова Г.Ғ,, Ниязимбетов М.К. Миллий ғоя ва фаннинг
методологик муаммолари. Т, 2009. 24-б
vujudga kelayotganligini16, bu boyliklar tizimining asosini bilim tashkil etishini
ta’kidlaydi. Inqilob atamasini muallif zamonaviy deb atash mumkin bo‘lgan
yangi hayot tarzi yoki yangi sivilizatsiyaning vujudga kelishini ifodalash uchun
qo‘llaydi17. Olim bilim barcha davrlarda boylik asosi bo‘lib kelgan, ammo
bugunga kelib u inqilobiy boylik asosiga aylanganligini e’tirof etadi. Bunga
sabab olim fikricha, bilimning boshqa resurslardan farq qiluvchi xususiyatlari
hisoblanadi.
Zamonaviy modernizatsiya jarayonlarida bilim muammosiga, uning
jamiyatdagi maqomiga turlicha yondoshuvlarning vujudga kelishiga sabab
bo‘ldi.Buni postmodernizm yo‘nalishining epistemologik muammolarga keng
o‘rin berilishida ham ko‘rish mumkin. Ularda bilim predmeti, uning
tipologiyasi, ob’ekt va sub’ektidagi o‘zgarishlar, bilimning tijoratlashuv
jarayonlari e’tirof etiladi. Postmodernizm ilmiy bilishni yuqori standartlar, oliy
nufuzidan voz kechadilar. Postmodernizm g‘oyalarida borliqdagi yagonalik,
yaxlitlik, barqarorlik yo‘qoladi, ularning o‘rnini ko‘plik, ko‘pxillilik egallaydi.
Postmodernizm vakillari olamni bilishning eng samarali yo‘li sifatida o‘yinni
tan oladilar. Oldingi tafakkur uslubidagi bilish usullari, taraqqiyoti, bosqichlari
va darajalari, bir butunligi ifodalangan “bilish daraxti” inkor etiladi.
Postmodernizm bilish paradigmasida “rizoma”g‘oyasi ustivorlik qiladi. Rizoma
so‘zi botanikadan olingan bo‘lib, unda bu so‘z ko‘p yillik o‘simliklarni, masalan
gulsapsarni o‘ziga xos yashash usulini ifodalaydi. Rizoma tipidagi
o‘simliklarning yagona ildizi bo‘lmaydi, u har tomonga qarab o‘sadi, bir – biri
bilan chatishib ketgan novdalarga ega bo‘ladi. Bunday o‘simliklarda yagona
tana, asos bo‘lmaydi. Rizoma ramzi yordamida fanda hech qanday shakl
yo‘qligi, uning doimiy xaosda
ekanligi ta’kidlanadi. Bunga
sabab
postmodernizm hayot, ijtimoiy borliqning o‘zini xaosda ko‘rishidir. Ularning
fikricha, hayotdagi xaosni yagona shakl va biron ilmiy sxema bilan
tasvirlashning mumkin emasligidir. Postmodernizm har qanday chegaralanishni
cheklashlarni inkor etib, parchalash, bo‘laklarga bo‘lish va ko‘p fikrlilik va
16 Тоффлер Э, Тоффлер Х. Революционное богатство. М. 2007.Политиздат С.149
17 Тоффлер Э, Тоффлер Х. Революционное богатство. М.2007. Политиздат.С 7
nisbiylikka urg‘u beradi. Postmodernizm paradigmasining ijobiy tomonlari unda
olamning ko‘pxilligi, olam doimo ochiq, nobarqaror ekanligini e’tirof etilishidir.
Postmodernizmning vakillaridan bo‘lgan Liotar asarlarida postmodernizm
yo‘nalishining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rish mumkin. Liotar rivojlangan
davlatlardagi bilim holatini tahlil etadi va madaniyatdagi zamonaviy holatni
“postmodern” deb tavsiflaydi. Uning ta’limoti “til o‘yin” lariga asoslangan.
Uningcha, bilim o‘zida til o‘yinlarini mujassam etadi. Liotar zamonaviy fan
holatini inqirozli deb hisoblaydi.Uning fikriga ko‘ra, zamonaviy fan falsafiy
maqsad va funksiyalarini lingvistik elementga aylantirdi. Liotar zamonaviy
jamiyatda bilim erozziyasi sodir bo‘layotganligin ta’kidlaydi. Bunga sabab
ilmiy kashfiyotlar, yangi ilmiy bilimlarning sotiladigan tovarga aylanishi va
ularning tor doiradagi kishilar qo‘lida hukmronlik quroliga aylanib qolishidir.
Postmodernizm davrida olim fanning ensiklopedik strukturasi tarqalib ketishini,
ilmiy bilimning asosiy xususiyati immanentligini ta’kidlaydi. Olim fikriga ko‘ra
postmodernizm davrida fan lingvistikaga asoslanishini, til o‘yinlari asosida
rivojlanishi ta’kidlanib, uning ijtimoiy-madaniy mohiyati inkor etiladi.
Liotar bilim evolyusiyasini tadqiq etar ekan, axborotlar va ilmiy bilimni
diskurs, narrativ sifatida tavsiflaydi. Muallif bilimlarning tafakkur va shaxsdan
ajralishini, postmodernizm davrida bilim ham ishlab chiqaruvchi va
iste’molchining munosabatini ifodalab, ishlab chiqarish munosabatlariga
daxldor bo‘lishini ta’riflab o‘tadi. Uning fiikricha, bilim almashish, sotish uchun
ishlab chiqariladi. Legimizatsiya-olim fikricha, jamiyatning ilmiy bilimlarni tan
olishidir.Fanni Liotar ishlab chiqarish legimizatsiya qilishini ta’kidlaydi18.
Har bir jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanishi ilmiy bilimlar bilan bog‘liq,
ammo hech qachon jamiyat, insoniyatning kelajakdagi taraqqiyot yo‘li
bugungidek ilmiy bilimlarga bog‘liq bo‘lmagan.
Adabiyotlarda axborotlashagan jamiyat, bilim jamiyati, postindustrial
jamiyat, globallashib borayotgan jamiyat sifatida ta’riflanayotgan zamonaviy
jamiyat texnologiyalar asosida modernizatsiyalashib bormoqda. Axborot va
18 Лиотар. Жан Франсуа. Состояние постмодерна. М., Алтейя. 1998.
bilim XX asrning oxirlaridan boshlab texnologiyalarning (informatika,
elektronika, biotexnologiya, nanotexnologiya va h.k.) fundamenti hisoblanadi19.
Zamonaviy globallashuv va axborotlashuv jarayonlari insoniyat tarixidagi
modernizatsiya sifatida namoyon bo‘ladi. Bu jarayonlar insoniyat tarixining
butunlay yangi sifatiy o‘zgarishlar, transformatsiyalar davrini boshlab berdi
deyish mumkin. Mazkur o‘zgarishlarning ijobiy natijasi har bir mamlakat, har
bir davlat, jahon mifqyosida ilm-fanning rivojlanish darajasi bilan
belgilanmoqda. Natijada fan rolining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, uning
roli o‘zgardi. Bugungi kunda fan sifat jihatidan yangi funksiyalarni bajaradi
ularning asoiylari sifatida ekomuvozanatni saqlash, tabiat va jamiyatni
boshqarish funksiyalarini ko‘rsatish mumkin. Tadqiqot faoliyatining maqsadida
ham o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ilmiy tadqiqotlar bugungi kunda faqat ilmiy
maqsadlarni ko‘zlamasdan, boshqaruv, axborot, loyihalashtirish, texnik-ishlab
chiqarishni ham nazarda tutadi; yangi bilimlarni ishlab chiqaruvchi ilmiy
tadqiqot birlashmalari yangi bilimlarni yaratibgina qolmay, moddiy-ishlab
chiqarish funksiyalarini ham bajaradilar. Bir so‘z bilan aytganda zamonaviy
globallashuv davrida bilim asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi.
Bilimlar taraqqiyoti kelajakda qanday bo‘ladi? Globallashuv jarayonlari fan
taraqqiyotiga qanday ta’sir qilishi mumkin? Mutaxassislarning fikriga
qaraganda, globallashuv jarayonlari fanda ham global o‘zgarishlarni keltirib
chiqardi. Bular eng avvalo fanning mohiyati, strukturasi, funksiyalaridagi –
transformatsiya jarayonlari, ya’ni chuqur, yangi sifatiy o‘zgarishlar bilan
xarakterlanadi. Bularni eng avvalo fanning tobora global, internatsional
mazmun kasb etib, globallashib borayotganida ko‘ramiz. Bu jarayon ikki
yo‘nalishda rivojlanayotganligi ta’kidlanmoqda. Bulardan birinchisi, fanning
notijorat globallashuv yo‘nalishi bo‘lib, unda olimlar va turli o‘quv yurtlari
birgalikda ilmiy tadqiqot olib boradilar, o‘zaro bilim almashish sodir bo‘ladi.
Ikkinchisi tijorat yo‘nalishidagi fandagi globallashuv hisoblanadi. Bu yo‘nalish
asosan XX asrdan boshlandi va keyingi o‘n yillarda dadil o‘sib borayotganligi
kuzatilmoqda. Bu yo‘nalishdagi fan globallashuvi ob’ektiv asosga ega bo‘lib,
19 Абдуллаева М.Н. Покачалов Г. Философские проблемы методологии науки. Т., Фалсафа ва ҳуқуқ
.2006. С.37.
uning omillari bo‘lib global moliyaviy va fond bozorlarining vujudga kelishi;
halqaro raqobatning kuchayib global tus olishi; transmilliy korporatsiyalarning
iqtisodiy faoliyat ko‘lamining o‘sishi; aloqa vositalari, shuningdek global
“INTERNET” tarmog‘ining rivojlanishi, erning maxsus sun’iy yo‘ldoshlarining
uchirilishi hizmat qiladi.
Tijorat yo‘nalishidagi fan globallashuvida transmilliy korporatsiyalar va
davlatlar chet eldagi ilmiy ishlanmalarni moliyalaydi. va bu holat bugungi
kunda o‘sib bormoqda.
SHuni ham aytib o‘tish kerakki, bunday fandagi globallashuv jarayonlari
ijobiy tomonlari bilan birga bir qator muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
YA’ni halqaro alyanslarning faoliyatida faqatgina iqtisodiy maqsadlarni
ko‘zlab, ilmiy tadqiqotlarni olib borish keng tus oladi, bu esa fundamental
bilimlar taraqqiyotini susaytiradi. SHuningdek, halqaro alyanslar mahaliy ilmiy
xodimlar o‘rtasidagi qo‘nimsizlik, ilmiy salohiyatning pasayishi, axborotlarning
qo‘ldan boy berilishi kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin. SHunga qaramasdan,
fandagi globallashuv ham ob’ektiv jarayon bo‘lib, uning salbiy tomonlarini
bartaraf etish uchun ilm - fan va har bir davlat o‘rtasida mustahkam hamkorlik
talab etiladi.
Demak, aytish mumkinki, globalashuv jamiyat hayotining barcha
sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi jarayondir. Global jarayonlar insoniyat
oldidagi global muammolarni global – evolyusionizm, sinergetik paradigmaga
asoslangan fanni yanada rivojlantirish, bilim va texnologiyalarni innovatsion
ishlab chiqarishga joriy etish asosidagina hal qilish mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Zamonaviy globallashuv postnoklassik fannining mazmuni, funksiya,
strukturasi, ob’ektiga ta’sir etdi. Murakkab, o‘z-o‘zini tashkil etadigan,
sinergetik xarakterga ega bo‘lgan tizimlar zamonaviy jahon fanninig ob’ektiga
aylandi. Fanda integratsiya, differensiatsiya, globallashuv jarayonlari kuchaydi.
Fanning borgan sari qadriyatlar bilan uzviy holda rivojlanishi, uning
gumanizatsiyalashuvi, uning ekologik muvozanatni saqlashdagi roli ortdi.
SHuningdek,
globallashuv
paradigmasida
“moddiy”
resurslar
emas,
“nomoddiy” resurslar, ya’ni bilim, nou-xau, axborot tizimi va patentlarni,ilmiy
axborotni boshqarish ahamiyatli bo‘lib borayotganligi sababli kelgusida ham
jamiyat taraqqiyoti fan, bilimlar bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlanishi e’tirof
etilmoqda. Ayniqsa, jamiyatning kelajagi asosan genetika, materialshunoslik,
energetika, sun’iy intellekt, inson miyasini o‘rganish, bilimlar dinamikasi,
bilimlarni boshqarish, globallashuv davrida qanday bilimlarni translyasiya
qilish, ekologiya sohalaridagi yutuqlarning amaliyotga qo‘llanish darajasiga
bog‘liq bo‘ladi. Natijada olimlarning halqaro ilmiy hamkorligiga talab yanada
kuchayadi.
SHu bois, globallashuv davrida ilmiy bilim va fan taraqqiyotining hal
qiluvchi ahamiyati har bir davlat doirasida ilmiy siyosat tushunchasining
shakllanishiga olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan va Evropa hamkorligiga
a’zo davlatlar va O‘zbekiston ilmiy siyosatiining asosini butun dunyo ilmiy
imkoniyat va salohiyatini integratsiya qilish tashkil etadi. CHunki globallashuv
davrida yuzaga kelgan global muammolar faqatgina butun jahon olimlarining
birgalikdagi ilmiy izlanishlari natijasidagina o‘z echimini topishi mumkin.
Bu o‘z navbatida ilm-fanning yanada taraqqiy etishini taqozo etadi.
“Globallashuv sharoitida mamlakatning innovatsion rivojlantirish salohiyati
raqobatbardoshlikning hal qiluvchi omillaridan biriga aylangan bir paytda
aholining yuqori bilim darajasi mamlakatga o‘zini jamiyatga daxldor deb
hisoblash imkonini beradigan obro‘ emas, balki yashovchanlik va iqtisodiy
ta’minot, pirovardida siysiy mustaqillik omiliga aylanadi”20. Ma’lumki
globallashuvning fundamental omillaridan biri axborotlashuv jarayonlari
hisoblanadi21. SHu bois globallashuv davrida fanning, madaniyat sohasida ham
axborotlashuv jarayonlari sodir bo‘ladi va bu o‘z navbatida fanning ham
axbortlashuvini talab etadi.
Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari,
globallashuv jarayonlari ham bundan mustasno emas. Uning keng qamrovli va
g‘oyat o‘tkir ta’siri natijasida u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning quroliga ham
aylanib bormoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek “bugungi zamonda mafkura
20 Инсон тараққиёти маъруза.Ўзбекистонда таълим: талаб ва таклиф мутаносиблиги. Ўзбекистон. Т.,
2007-2008.32-б.
21 Ракитов А.И. Наука в эпоху глобальных трансформаций (российская перспектива). Наука в
России: состояние и перспективы. М.; 1997. С. 13.
poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega.”.22 Bunday vaziyat
odamning o‘z mustaqil fikriga, bilimga, keng dunyoqarash va boy ma’naviyatga
ega bo‘lishini talab etadi. Biz istiqbolimizni ma’rifatli dunyo, rivojlangan
mamlakat qurmoqchi ekanmiz, xalqimiz, avvalambor yosh avlodimiz ma’naviy
olamining daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib-suyanib ish olib
borishimiz kerakligi muhimdir. Buning uchun mamlakatimizda fan va bilimlarni
translyasiya qilish vositasi bo‘lgan ta’lim tizimini jahon fani va ta’lim tizimi
bilan integratsiyasini ta’minlash, globallashuv davrida sodir bo‘layotgan fan va
ta’limdagi global tendensiyalarni falsafiy-metodologik tahlil qilish o‘zbekiston
olimlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.
SHu sababli zamonaviy modernizatsiya jarayonlarining muvafaqqiyatini
ta’lim tizimini modernizatsiya qilmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ijtimoiy
sub’ektlarning faol faoliyatining zamirida bilim yotadi. Ta’lim shaxs, davlat va
jamiyatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi
ustivor ijtimoiy taraqqiyot sohasi deb e’tirof etilgan.23 Ta’lim bu tizimlashgan
bilim, mahorat, va malakalarni shaxs tomonidan o‘zlashtirish jarayoni va natijasi
hisoblanar edi. Bugungi kunda ta’lim ijtimoiy institut sifatida sivilizatsiyaviy
(iqtisodiy, gumanitar, madaniy) funksiyani bajaradi va insoniyat to‘plagan ilmiy
bilimlarni, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va ijodiy shaxsni tarbiyalashi
lozim.24.Ma’lumki bilimlarni uzatishning sinxron (kommunikatsiya) va diaxron
(ta’lim) turlari farqlanadi. Ta’lim tizimi bilimlarni diaxron uzatish turi bo‘lib,
eng avvalo bilimlarni avdloddan avlodga uzatish vositasi hisoblanadi. Ta’lim
tizimi insonni savodxonlik-ta’lim-kasbiy malaka-madaniyat-mentalitet bilan
ta’minlaydi25.
Buni falsafiy izohlaydigan bo‘lsak, jamiyat murakkab tizim sifatida
yangilanar ekan, o‘zini –o‘zi tashkil etuvchi tizimning asosiy omili-inson ham
yangi muhitga moslashishi, uning talablariga javob berishi uchun majburiy
funksiyalarni bajara olishi lozim.Jamiyatning rivojlanishiga qarab bilim olish
22 Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т., Маънавият. 2008. 113 - б.
23 Ўзбекистон Республикаси “Таълим тўғрисида” ги Қонуни. Т., 1997. 3-банд.
24 Основы открытого образования. Отв. Ред. Солдаткин В.И. – Т.1. Российский гос. инс. открытого
образования. М.: 2002.С 69-70.
25 Мухамедова З. М, Парадигма гуманизации образования Т., 2004.С.12
usullari va bilmni uzatish vositalari o‘zgarib boradi. Adabiyotlarda ta’limning
mifologik, sxolastik, dunyoviy va zamonaviy turlari farqlanadi.26 Mifologik
ta’lim turi ertak, mif va qo‘shiqlar asosida olib borilgan. Sxolastik ta’limda
matnlarni o‘rganish, ritorika, gramatika, inson mohiyatini anglashga qaratilgan.
Dunyoviy ta’lim turi XX asr boshlarida vujudga keldi.Zamonaviy ta’lim insonda
nafaqat bilim, balki sifatli bilim va ta’lim, ma’naviy qadriyatlarni shakllantiradi.
Bundan tashqari, bilim olishning agrar, industrial, axborot jamiyatidagi
hisoblash texnikasini qo‘llashga asoslangan bilim olish turlarini tasniflash
mumkin27. Rivojlanishning agrar usulida kuzatuv bilim manbai hisoblangan va
u asosida mehnatga oid samarali hatti-harakatlar va tabiiy resurslarning o‘sishi
ta’minlangan. Industrial rivojlanish usulida esa kuzatuv, eksperiment,
nazariyalar bilim manbai edi. Axborotlashgan jamiyatda yangi bilimni olish
usuli hisoblash texnikasini qo‘llashga asoslanadi. Har bir fan taraqqiyotining
ma’lum davrida yangi ta’lim paradigmasi vujudga keladi. Masalan, klassik fanda
ta’lim insonning hayot va mehnatga zarur bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikmalarni
o‘zlashtirish jarayoni va natijasi sifatida e’tirof etilgan edi. Bu davrda ta’lim
klassik ratsionalizmga asoslangan bo‘lib, ta’lim natijasida shaxsda mexanistik
va deteterministik olam manzarasi shakllanar edi.Ta’lim jarayonida bilimlar va
muammolarni echish usullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri uzatilar edi.Murakkab
tizimlarni o‘rganish, o‘zini-o‘zi tashkil etuvchi, o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi
tabiatni o‘rganishga o‘tilishi tizimlarning yopiqligi to‘g‘risidagi mexanistik
tasavvurlarning radikal transformatsiyasiga olib keldi.28 Postnoklassik fanning
vujudga kelishi natijasida ta’lim tizimida ham modernizatsiya jarayonlari yuz
bermoqda.
Ta’limdagi
modernizatsiya
jarayonlari
serqirra
jarayondir.
U
taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tayotgan mamlakatimiz ijtimoiy
o‘zgarishlarning tarkibiy qismi, mustabid tuzum mafkuraviy asoratlaridan xalos
bo‘lish jarayoni hamdir. SHu sababli XXI asrda jahon hamjamiyati ta’lim roli
26 Мухамедова З. М, Парадигма гуманизации образования Т., 2004. С 24 .
27 Абдуллаева М.Н,, Туленова К.Ж., Ғаффарова Г.Ғ,, Ниязимбетов М.К. Миллий ғоя ва фаннинг
методологик муаммолари. Т, 2009. 82-б.
28 Хакен Г. Информация и самоорганизация: макроскопический подход к сложным системам.
М.1991.С.145.
va ahamiyatini qayta ko‘rib chiqa boshladi. Dastlab ta’limni isloh qilish ilmiy
texnik inqilobning “ijtimoiy natijalari”dan biri sifatida ko‘rila boshlandi. Ammo
keyinchalik ta’lim iqtisodiy va ilmiy –texnik taraqqiyotning hal qiluvchi omili
va muhim sharti jamiyat ijtimoiy tuzilmalarini shakllantirishning, unda ijtimoiy
maqomlarni taqsimlash mexanizmi sifatida tan olindi. Prezidentimiz
ta’kidlaganlaridek, ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarni «muvafaqiyatli
ravishda amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi «portlash
effekti»ga, ya’ni yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishamiz …»29.
Respublikamizda ham ta’limni modernizatsiya qilish maqsadida “Ta’lim
to‘g‘risidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” qabul qilindi va ular
asosida taa’lim tizimida tub islohotlar olib borilmoqda. Respublikamiz
Prezidenti I.A.Karimov “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: Havfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va tarraqqiyot kafolatlari” asarida inson salohiyatini
eng faol, eng bunyodkor, mamlakatimizdagi islohot va tub o‘zgarishlarning
muvafaqqiyatini ta’minlovchi muhim omil sifatida e’tirof etgan edi30.
Bilimlardagi transformatsiya jarayonlariga ijtimoiy-madaniy omillar katta
ta’sir etadi. Buni islohotlar natijasida respublikamiz fani va ta’lim tizimidagi
o‘zgarishlarda ko‘rishimiz mumkin. Mustaqillikka qadar O‘zbekiston ta’lim
tizimi qat’iy markazlashtirilgan dasturlar, darsliklar, o‘qitish uslublari asosida
faoliyat olib borar edi.
Ta’lim jarayoni bilim darajasi o‘rtacha bo‘lganlarga mo‘ljallangan bo‘lib,
qobiliyatli va iste’dodli bolalar uchun mo‘ljallangan individual ta’lim dasturlari
bo‘yicha o‘qitish mexanizmlaridan etarlicha foydalanilmas CHunki bunday
tafakkur uslubi tizimda bo‘ladigan beqarorlik va xaotik holatlarni inkor etadi.
Vaholanki bilim ilmiy ijod mahsuli bo‘lib, u o‘zida ratsional va irratsional
holatlarni mujassam etadi. Ta’lim jarayoni asosan monoloka asoslangan edi.
Ta’limdagi chiziqli tafakkurning ustunligi postnoklassik fan asoslariga muvofiq
kelmay qoldi. Natijada bilimlarni uzatish jarayoni, bilimlarni generatsiya qilish
29 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 63-б.
30 Каримов И.А. “Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: Ҳавсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва
тараққиёт кафолатлари”. Т.: “Ўзбекистон”.1997. 252 –бет.
samaradorligi, bilish sub’ektlari ijodkorligining susayishiga sodir bo‘ldi.Bu
ta’lim falsafasida “ta’limning inqirozi” sifatida baholandi.
1997 yili qabul qilingan va sobitqadamlik bilan amalga oshirilatgan
Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun mamlakatimiz
ilmiy salohiyatini yuksaltirish, jahon andozalariga javob bera oladigan
mutaxassis – kadrlar tayyorlash vazifasini qo‘ydi.
“Hozirda respublikamiz aholisining yalpi savodxonlik muammosi to‘la hal
qilingan.Zero, aholining savodxonligi 1991 yildagi 97,7 % dan 2003 yilda
99,3% ga etdi. O‘rta maxsus, kasb – hunar yoki oliy ma’lumotga ega katta yoshli
aholi hissasi 75% dan oshadi. Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim darajasida qamrab
olingan qiz va o‘g‘il bolalar soni orasida amalda farq yo‘q.”31 SHuningdek,
O‘zbekiston umumiy boshlang‘ich ta’limni ta’minlab, global Mingyillik
Rivojlanish Maqsadlaridan birini muvaffaqiyat bilan ro‘yobga chiqarganini
qayd etish lozim. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq nisbatan qisqa
davr ichida o‘rta kasb – hunar o‘quv yurtlarining yangi tiplari tarmog‘i yaratildi,
ta’lim dasturlarining rang – barangligini ta’minlashga, ta’lim tizimini
moliyalashtirish ko‘p tomonlama bo‘lishiga erishildi. 2004 yil may oyida
Prezident Farmoni bilan maktablar moddiy – texnika bazasini rivojlantirish va
uzluksiz ta’limning yagona yaxlit tizimini shakllantirish bilan bog‘liq maktab
ta’limini rivojlantirishning davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Mustaqillik
tufayli xalqimizning ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan ma’naviy – intelllektual
merosini o‘rganish imkoniyati yaratildi.Mamlakatimiz ta’lim tizimida jahon
ta’lim tizimining ilg‘or tajribasini qo‘llash, ta’limni axborotlashtirish,
gumanizatsiyalashtirish, elektron darsliklar bilan ta’minlash, masofaviy
ta’limni rivojlantirish keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Respublikamizda aalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar xalq
ma’naviyatining yuksalishi, asrlar davomida yaratilgan qadriyatlarni tiklash,
asrab – avaylash, kelajak avlodga etkazish, umuminsoniy merosdan bahramand
bo‘lish, global o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan jamiyatda faol, ma’naviy etuk
insonlarni shakllantirishning asosidir.
31 Мингйиллик Ривожланиш Мақсадларининг Маърузаси.Ўзбекистон. Т.2006. 23 – бет.
Ta’lim tizimining ijtimoiy taraqqiyotdagi, jamiyatni modernizatsiya
qilishdagi roli mutaxassislar tomonidan keng yoritilmoqda. Masalan, Fukuyama
o‘zining “Velikiy razrыv” asarida zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy kapitalning
asosiy manbalaridan biri –ijtimoiy qadriyat sifatida ta’minlanadigan – ta’lim
tizimidir”32-deb yozadi. Subetto33 esa jamiyat progressiv evolyusiyasining
assosiy omili “tizim intelektinining” sifati, moslashuvchanligi, kelajakni
yaratuvchanligi va kelajakni boshqara olish qobiliyatlarining o‘sishida deb
ta’kidlaydi. Uning fikricha, har qanday progressiv evolyusiya doirasida bu
qonun amal qiladi. Har qanday ijtimoiy taraqqiyot, umumjahon tarixiy
qonuniyati ijtimoiy intellekt bilan bog‘liq. bo‘lib, olim fikriga ko‘ra u quyidagi
funksiyalarni bajaradi: ijod, loyihalashtirish, bashorat qilish, rejalashtirish,
dasturlash. Olim XX va XXI asrda insoniyatning Ulkan Portlash davriga qadam
qo‘yganligini, bu davr noosfera evolyusiyasidagi sakrash bo‘lib, bu jamiyat
intellekt va ta’lim jamiyati asosida boshqarilishini e’tirof etadi. Olim ijtimoiy
intellekning substansiyasi bilim, ta’lim esa – ijtimoiy va individual intellektni
qayta ishlab chiqarishning asosiy mexanizmi deb hisoblaydi.Ammo bu
jarayonlarning amalga oshishi uchun ta’lim tizimini intellektuallashtirish
lozimligini ta’kidlaydi. Zamonaviy ta’limni modernizatsiya qilish butun XXI
asrni o‘z ichiga olishini va ta’limni fundamentallashtirish, noosferizatsiyalash,
gumanizatsiyalashtirish,
kreativlashtirish,
intellektullashtirish,
axborotlashtirish, ta’lim va tadqiqot jarayonlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
Bugungi
kundagi
modernizatsiya
jarayonlari
davrida
ta’limni
modernizatsiya qilish jamiyatdagi integrativ mexanizm bo‘lib, modernizatsiya
jarayonlarining kuchaytirishga olib keladi. Bugungi kunda dunyo hamjamiyati
tomonidan ta’limni rivojlantirish, uni tubdan qayta o‘zgartirishda aniq
yo‘nalishlar
belgilandi.
Ularning
birinchisi
-
ta’limni
tubdan
demokratlashtirishdir. Ikkinchisi - uzluksiz ta’lim g‘oyasi, so‘ngra esa “ta’lim
bir umrga”g‘oyasini “ta’lim butun umr davomida” g‘oyasiga almashtirishdir.
Uchinchisi - bu nafaqat mutaxassislarni tayyorlash vositasi, balki balki
32 Фукуяма Ф. «Великый разрыв” М.ООО.Изд.АСТ.2003. С. 19
33 Субетто А.И. Интеллектуализация образования как проблема XXI века // «Академия
Тринитаризма», М., Эл № 77-6567, публ.10257, 06.03.2003 http://www.trinitas.ru/rus/doc/
jamiyatga
ongli,
insonlarni
etkazib
berishdir34.
Uchinchisi
ta’limni
globallashuviga
erishish.To‘rtinchisi-ta’limni
axborotlashtirish.
Ta’limni
modernizatsiya qilishni ta’lim zamonaviy jamiyatda asosiy ishlab chiqarish va
rivojlanish, raqobatbardoshlik asosi va jahon hamjamiyatining rivojlanish kabi
omillar ta’qazo etadi.
Zamonaviy ijtimoiy o‘zgarishlarning murakkabligi ta’limga ham sinergetik
yondoshuv zarurligini talab etadi. Bunda zamonaviy ta’lim paradigmasi yopiq
tizimlarni o‘rganishdan, evolyusion ochiq tizimlarni o‘rganishga o‘tish
zarurligini e’tirof etadi.35 Ta’lim tizimi ochiq tizim sifatida tasniflanmoqda.
Ochiq ta’lim36 – bu o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi tizim bo‘lib, ijodiy shaxsni
rivojlantirish jarayonidir.Bu zamonaviy axborotlashgan jamiyat ta’lim tizimi
falsafasining asosiy jihatidir. Sinergetik yondoshuvda o‘qitish, o‘quvchi va
o‘qituvchi o‘rtasidagi munosabat - bilimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish emas,
balki bilimlarni uzatishdagi ochiq dialog, hamkorlikdagi ta’lim maydoniga
asoslanadi. Ochiq ta’lim tizimi uzluksiz, innovatsion, masofaviy o‘qitish orqali
moslashuvchan, faol, ijodiy shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir.Bunda bilimlar
sub’ekt keyinchalik ulardan yangi bilimlarni hosil qila olish qobiliyatini
shakllantirish uchun uzatiladi.Bunda o‘quvchidagi yashirin qobiliyatlarni
uyg‘otish, o‘zini namoyon etishga, imkon yaratiladi. Bilish yangi mazmun kasb
etadi. Bilish sub’ekti faol bo‘lib, ta’limda uzatilayotgan bilimlar absolyut
haqiqat sifatida e’tirof etilmaydi. Ta’lim jarayonining nochiziqli tafakkurga
asoslanishi e’tirof etiladi. Nochiziqli tafakkur rivojlanishning ko‘p
variantliligini, bilish jarayonida tizim tabiatini yagona qonunlarda aks ettirib
bo‘lmasligini. e’tirof etadi. Nochiziqli tafakkur tadrijiy (evolyusion)
yo‘nalishlarning ko‘p variantliligi va muqobilliligi g‘oyasi hamda bu
muqobillardan birining tanlanishi, muhitdagi jarayonlarning taraqqiyot
(darajasida) sur’ati, tadrijiylikning orqaga qaytarilmasligi g‘oyalari sifatida
tushuniladi37. Bunday tafakkur tamoyillariga ko‘ra ta’lim rivojlanishining ko‘p
34 Инсон тараққиёти тўғрисидаги маъруза.Т., 2007-2009.30-32-б.
35 Мухамедова З. М, Парадигма гуманизации образования Т., 2004.С 132.
36Основы открытого образования. Отв. Ред. Солдаткин В.И. – Т.1. Российский гос. Инс. Открытого
образования. М.:Нии Црао, 2002.
37 Князева Е.Н. Одиссея научного разума. Синергетическое видение научного прогресса. -М.: Наука,
1995. -С.238.
variantliligini tan olinmoqda. Bu ta’lim jarayonida bir yoqlama yo‘nalganlik,
tafakkur jarayonining inersiyasiga barham beradi. Bilish jarayonida “sub’ekt-
sub’ekt” munosabatlari amal qiladi. Bilish jarayonining beqaror, xaotik
holatlarga ega ekanligi e’tirof etiladi.Natijada shaxs faolligining o‘sishiga,
bilimlar generatsiyasining samaradorligining ortishiga erishiladi.
Sinergetik tamoyillarni ta’limning barcha pog‘onalariga kiritish uchun
olamning yaxlitligini anglatuvchi integrativ kurslarni tashkil etish, har bir fan
sohasiga sinergetika tamoyillarini yorituvchi materiallarni kiritish zarurdir
Sinergetikaning ta’lim tizimida amal qilishi fanlararo dialogni ta’minlash
imkonini beradi, natijada fan va madaniyat birligiga erishish mumkin bo‘ladi.
Modernizatsiya jarayonlari jamiyatning rivojlanishi uchun o‘z – o‘zini
tashkil etish jarayonidir. YA’ni har qanday tizim ma’lum davrga kelganda,
miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlar natijasida yangilanishi, innovatsiyalarni amalga
oshirishi lozim bo‘ladi. SHu sababli modernizatsiyani jamiyatning rivojlanish
tomon intilishi - kompleks ijtimoiy o‘zgarish sifatida ta’riflash mumkin.Unda
ilmiy bilimlar tizimi muhim o‘rin tutadi. CHunki jamiyat murakkab, ko‘p qirrali
ijtimoiy tizim, bilim esa uning muhim elementi hisoblanadi. Modernizatsiya
davrida qadriyatlar, bilimlar va madaniyat an’anaviy jamiyatdagidan o‘zgaradi.
Rivojlangan davlatlar hisoblanayotgan Amerika va G‘arbiy Evropa
jamiyatlarining rivojlanish mezonlarida modernizatsiya jarayonlari va fandagi
transformatsiya jarayonlari o‘zaro bog‘liqlikda borayotganligining guvohi
bo‘lamiz. Bu davlatlardagi modernizatsiyaning mexanizmini innovatsiyalar
tashkil etadi. Ulardagi rivojlanish maromi juda tez, rivojlanish yo‘li mustaqil,
o‘ziga xosdir.
Jamiyat ana shu mexanizmlar asosida rivojlanib kelgan. Bu jarayonlarning
tartib parametri zamonaviylashtirish hisoblanadi. Bu tartib parametri murakkab
tizim elementlarining barchasini bo‘ysundiradi. SHu sababli jamiyatdek
murakkab tizimning elementi bo‘lgan fan va bilimlarni uzatish vositasi bo‘lgan
ta’lim tizimida ham doimiy yangilanish, transformatsiya jarayonlari sodir
bo‘ladi. Fan va jamiyatdagi bunday o‘zgarishlar sinergetik o‘zaro bog‘liqlikda
namoyon bo‘ladi. Jamiyatdagi ijtmoiy o‘zgarishlar fan va bilimlar tizimida ham
o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va aksincha fandagi transformatsiya jarayonlari
jamiyatdagi transformatsiya jarayonlariga sabab bo‘lishi mumkin.
SHu ma’noda zamonaviy ijtimoiy - madaniy tizimlarning evolyusiyasi
endilikda nochiziqli fan qonuniyatlariga asoslanayotganligi buning isbotidir.
Zamonaviy modernizatsiya jarayonlarining aniq natijasini bashorat qilish
mumkin emas: mazkur jarayonlar dinamikasi bifurkatsion xarakterga egadir.
Ammo zamonaviy ijtimoiy tartibni bayon etish uchun juda ko‘p atamalar –
informatsion
jamiyat,
xizmat
ko‘rsatish
jamiyati,
bilimlar
jamiyati,
postindustrial jamiyat atamalarining qo‘llanishiga qaramasdan, bitta mavzu hech
o‘zgarmay barqaror turibdi-bu bo‘lg‘usi jamiyat uchun informatsiya –
axborotning yoki bilimlarning muhim ahamiyat kasb etishini anglash
mavzusidir”38. SHu sababli keyingi paytda olimlar jamiyatni yangilanishida
bilim va axborotlarning hal qiluvchi ahamiyatini ilmiy – metodologik tahlil
etishga ka’tta e’tibor qaratmoqdalar. Masalan, Toffler o‘zining “ Uchinchi
to‘lqin”, “Inqilobiy boylik” asarlarida ijtmoiy taraqqiyotning barcha
bosqichlarida insoniyat bilim natijasida rivojlanayotganligini, zamonaviy
jamiyat oldingilaridan farqli o‘laroq yuksak texnologiyalarga asoslangan
“boylik yaratish” tizimiga o‘tayotganligini e’tirof etadi39. Demak, murakkab
tizim bo‘lgan jamiyatning bifurkatsiya nuqtalarida jamiyat rivojlanishning bir
nechta yo‘llari orasidan o‘zi uchun eng maqbulini tanlab oladi. Bu tanlovga
ijtimoiy sub’ektlarning bilim va ahloqiy qadriyatlari katta ta’sir ko‘rsatadi. SHu
sababli jamiyat murakkab o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizim sifatida jamiyatda fan
va bilimlarni translyasiya qiluvchi ta’lim tizimini rivojlantirish asosida
rivojlanadi. Jamiyatdagi modernizatsiya jarayonlari fandagi, ta’limdagi
yangilanishlar bilan o‘zaro mutanosiblik, sinergetik o‘zaro bog‘liqlikda sodir
bo‘ladi va ana shundagina ijobiy natijaga erishiladi.
Mamlakatni modernizatsiya qilishning asosiy vazifalari milliy g‘oyamizni
hayotga tatbiq etish, rivojlanishni YAngi yuksak pog‘onalarga ko‘tarilishini
nazariy-amaliy asoslarini vjudga keltirish va yoshlarni barkamol avlod qilib
tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Bugungi kunda
38 Гидденс Э.. Социология.Т.,Шарқ 2002. 744-б.
39 Тофлер Э., Тоффлер Х. Революционное богатство. -М., 2007. –С.388.
modernizatsiya qilish inson faoliyatining, deyarli barcha faoliyatlarida olib
borilmoqda. Modernizatsiya qilish davlatimizning ichki siyosatining namunasi
bo‘lib, Vatan tinchligiga, Vatan taraqqiyotiga, xalqning farovon va erkin
hayotini ta’limlashga qaratilgan murakkab jarayondir. Modernizatsiya qilish
mamlakatimizni ichki vazifalari bilan birga, uning fan, iqtisod, madaniyatini
taraqqiyoti asosida jahon sivilizatsiyasiga integratsiyasini, taraqiy etgan
davlatlar qatoriga chiqish masalalari bilan bog‘liqdir. Mamlakatimizda olib
borilayotgan siyosiy,
iqtisodiy,
liberilizatsiyasi sud-huquq islohotlari,
demokratik o‘zgarishlarning asosini modernizatsiya paradigmasi tashkil etadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyati mamlakatimizdagi demokratik
tizimning yangilanishi ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar, ijtimoiy muhofaza
siyosati barchasi an’anali yondoshuvdan yangicha zamonaviy yondoshuv
asosida ish olib borishga asoslangandir.
Butun jahon inqrozi davrida mamlakatimiz bu salbiy ta’sirlarni bartaraf
etish chora-tadbirlarni ishlab chiqi., va amaliyotda tatbiq qilgani yutuqlarga
erishgani ham yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga muvofiq yangi yondoshuv,
siyosatga asoslaganligini bildiradi. Modernizatsiya qilish inson faoliyatining
barcha sohalariga kirib kelmoqda va ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy sohalarida natijalarini kuzatmoqdamiz.
Modernizatsiya murakkab, kompleksli voqeylik. Uni tashkil qiluvchi
elementlari orasida bilim va savodxonlik darajasini oshib borishi takidlanadi. Bu
muammo, ya’ni bilim va savodxonlik darajasini oshib borishi, birinchidan
barkamol avlod shakllanishini ma’naviy poydevori, ikkinchidan ularning
ijtimoiy muhit bilan bog‘liq mohiyati, uchinchidan modernizatsiya jarayoni
epistemologik qarashlaridagi o‘zgarishlari bilan aloqadorligini ilmiy-nazariy
tahlii uchun zamin tayorladi. Bilim, savodxonlik jamiyatning kuchli quroli va
inson jamiyatining taraqqiyotining poydevoridir. Bilimni mohiyatini tushunish
va uni amaliyotga tadbiq qilish hozirgi zamonning dolzarb muammolaridan biri.
Zamonaviy
innovatsion
texnologiyalar,
siyosiy
texnologiyalar,
o‘quv
jarayonlarida qo‘llaniladigan yangi texnologiyalar barchasi savodxon insonning
bilimiga bog‘liq.
Hozirgi davrda ko‘pgina, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarga ilmy-fanga,
innovatsion texnologiyalar, innovatsion iqtisodiy texnologiyalariga bo‘lgan
e’tibor, ularning rivojlanishiga ajratilgan mablag‘ o‘sib borayotgani diqqatga
sazovordir. SHu bilan bir vaqtda insonning ma’naviyati, jamiyatda mavjud
ma’naviy muhitning ahamiyati kattadir.
Hozirgi kunda inson faoliyatining barcha sohalaridagi, jumladan madaniyat
qadriyatlari va mentalitetdagi o‘zgarishlar, inson ongidagi modernizatsiyasining
muhim jihati bo‘lib, zamonaviy reallikka adekvatligini talab qiladi.
Buning natijasida dunyoni idrok etish tamoyillarida ham o‘zgarishlar
vujudga kelmoqda. Endilikda, har qanday sodir bo‘lgan qiyinchilikni bartaraf
etish uchun, uning oqibatida vujudga kelgan muvozanatimizda, tartibsizlikdan
chiqib ketish uchun imkoniyatlarni izlash kerak.
Tartibsizlik, muvozanatsiz tizim yangi imkoniyatlar vujudga keladi va bu
holatdan barqarorligiga o‘tish yo‘llarini anglab olish umkin, ya’ni beqarorlik,
tartibsizlikda barqaorlikka o‘tishning imkoniyatlari mavjud, shulardan tanlab
olish imkoniyati inson, jamiyat, davlatga bog‘liq. Inson tafakkkuri zamonamizni
o‘ta o‘zgaruvchanligini adekvat in’ikos etish uchun yangi tushuncha, tamoyillar,
yondoshuvlar, nazariyalarni yaratadi. Modernizatsiya paradigmasi shular
qatorida ilm-fan, jamiyatni rivojlanishini adekvat in’ikos etish uchun yaratilgan.