GLYUK OPERA ISLOHOTINING PRINTSIPLARI
Asosiy masalalar
1. XVIII asr musiqa madaniyati tarixida Glyuk musiqasining ahamiyati.
2. Opera islohotining printsiplari. Ariyalar, rechitativlar, uvertyuralar, baletning
yangi talqini.
Kristof Villibald Glyuk 1714-1787. Glyuk musiqa madaniyati tarixida opera
yo’lining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan buyuk reformator sifatida o’rin
qoldirgan . Uning asarlaridagi oddiylik va tabiiylik, drama xaqiqatiga bo’lgan talabi
o’z zamonasining davr talabiga javob bera olardi. Ilgarilari faqatgina amaldorlar
talabiga asoslanib yaratiladigan asarlar mavzusi o’rnini ijtimoiy muammolar va kuchli
hissiyotlarga boy bo’lgan hayotiy kechinmalar mavzusi egalladi.
Glyuk 1914-yil 2-iyulda Bavar qishlog’i Erasbaxda dunyoga keldi. Komataudagi
iezuitlar maktabida organ sinfi bo’yicha tahsil ola boshladi. Praga universitetiga
o’qishga qabul qilingach bo’lajak kompozitor daydi artistlar orkestri ishtirokchisi
bo’lib, violonchel cholg’u asbobida o’zining yaratgan birinchi asarlarini ijro eta
boshladi. 22 yoshida Glyuk Vena shahrida doimiy ishni qo’lga kiritadi. 2 yildan so’ng
Milanga ko’chib ketadi va u erda mashhur dirijer, organchi ko’pgina ijrochilik uchun
yozilgan asarlar muallifi Sammartini sinfida kompozitsiya bo’yicha tahsil ola
boshlaydi. 1714-yilda Glyukning birinchi operasi “ Artaserks” dunyoga keladi undan
so’ng 6 ta operasi yaratiladi. Kompozitorning ijod mahsuli boydir lekin anchagina
asarlari saqlanib qolinmagan . Glyuk London, Gamburg, Drezden, Kopengagen
shaxarlarida o’z kontsert dasturi bilan gastrol safarlarini uyushtiradi. 1754-yilda Vena
shahrida saroy kompozitori lavozimida ishlaydi. U erdagi vaqt mobaynida frantsuz
turidagi pantomima baletlarini yaratadi. U o’zining realistik tendentsiyalarida o’zining
Glyuk reformasini yaratadi. 1762-yilda yozuvchi Kaltsabidji bilan hamkorlikda
o’zinig birinchi novator operasi “Orfey”ni yaratadi . Ammo Vena amaldorlari uning
bu operasiga sovuqqonlik nuqtai nazari bilan qarashdi. Glyuk o’zining ijodini Parij
shahrida davom ettira boshladi. Parijda u “ Ifigeniya v Avlide” 1774-yil, “ Armida”
1777-yil, “ Ifigeniya v Tavride”, 1779-yil operalarini yaratdi . Glyuk 1787-yili 15-
noyabrda Vena shahrida olamdan ko’z yumdi.
“ Orfey” operasi 3 aktdan iborat bo’lib libretto ya’ni matnini yozuvchi R.
Kaltsabidji yozgan. Yaratilish tarixi –Ko’pgina operalarning sevimli antik mavzusi
bo’lgan Orfey va Evridika nomli sevishganlar xaqidadir. Bu antik syujetni Peri
Kachchini Monteverdi Landi asarlarida ham ko’rish mumkin. Glyuk bu antik syujetni
yangicha obrazda talqin etdi.Glyuk “Orfey” operasidagi ro’yobga chiqargan birinchi
reformasini o’zining mashshaqatli mehnat orqasidan to’plagan tajribasiga tayanib
yaratdi. Bu operaning birinchi namoyishi 1762-yil Vena shahrida bo’lib o’tdi .”Orfey”
operasi xaqiqatdan ham Glyuk ijodiyotidagi durdona asarlardan biri hisoblanadi.
XVIII asr musiqa madaniyati tarixida Glyuk musiqasining ahamiyati. Glyuk
operalari librettosi uchun antik va o’rta asr syujetlari asos bo’lib xizmat qilgan. Glyuk
operalaridagi antiklik, italyancha seriya operasi va frantsuz lirik tragediyasida ustunlik
qilgan saroy maskaradlariga o’xshamasdi. Glyuk saroy aristokratlik operasiga xos
bo’lgan antik syujetlardan voz kechib o’z operasiga insoniylik motivlarini kiritadi: er-
xotinning bir-biriga vafodorligi va yaqin kishisi uchun o’zini bag’ishlashga tayyorlik
( “ Orfey”, “ Altsesta”), o’z xalqini unga taxdid solayotgan ofatlardan qutqarish uchun
o’zini qurbon qilishga qahramonona intilish ( “ Ifigeniya Avlidda”) va hokazo. Antik
syujetlarning bunday talqini, frantsuz burjua inqilobi arafasida Glyuk operalari
jamiyatining ilg’or vakillari, shuningdek uni ko’kka ko’targan qomuschilar huzuridagi
muvaffaqiyatini ta’minladi.
Glyuk opera dramaturgiyasining cheklanishi xuddi o’sha antik syujetlar bilan
belgilanadi. Glyukning opera qahramonlari bir qancha umumiy xarakterga ega. Ular
individual xarakterli tirik shaxslar emas, balki ma’lum tuyg’u va hissiyotlar
umumlashmalarini o’zlarida namoyon qilishadi.
Glyuk o’z operalarida XVIII asr opera san’atining an’anaviy shartli shakllari va
qoidalaridan voz kecha olmadi. Shu tarzda u mashhur afsonaviy mavzuga qaramay,
o’z operalarini baxtli echim bilan yakunlardi. “Orfey”da Glyuk va librettochi
Kaltsabidji Amurni o’lik Evridikani tiriltirishga majbur qiladi, vaholanki afsonada
Orfey Evridikani bir umrga yo’qotadi. “ Altsesta”da erosti saltanati kuchlari bilan
jangga kirgan Geraklning kutilmaganda paydo bo’lishi er-xotinlarni abadiy ayriliqdan
xalos qiladi. Bularning barchasi XVIII asr opera estetikasining talablari bilan bog’liq.
Operaning mazmuni qanchalik fojeaviy bo’lmasin, baribir u ezgulik bilan yakun
topishi kerak edi.
Yuqorida qayd etilgan opera islohotlaridagi, zamon ruhi tufayli yuzaga kelgan
cheklanish kompozitor ijodining tarixiy va badiiy ahamiyatini hech ham kamsitmaydi.
Glyuk tinglovchiga ta’sir eta oluvchi mahobatli qahramonona opera san’atini yarata
oldi.
Glyuk musiqasi umuman olganda, har doim uning spektakllaridagi ulug’vorlik
xarakteri bilan bir butunlikni tashkil qiladi. Musiqa qat’iy sodda va yaxlit bo’yoqlarda
yozilgan. Har bir ariya bir tuyg’u va bir hissiyotni gavdalantiradi. Islohotchilik
operalarida Glyukning badiiy me’yor hissi va ifodadagi oliyjanobligi o’zgarmagan.
Glyuk rechitativlaridagi dramatik ifodaviylik opera san’ati sohasida katta yutuq
bo’ldi, ularda tuyg’ular dinamikasi yorqin ifodasini topgan. Ariya va rechitativlar
bilan bir qatorda, operaning dramatik mazmuniga uzviy ravishda xor ham qo’shiladi,
ular ariyalar va rechitativlar majmuida mahobatli opera kompozitsiyasini tashkil
qiladi.
2--:
Opera islohotining printsiplari. Glyuk o’zining opera islohotidagi asosiy
tamoyillarini “Altsesta” operasi partiturasidagi bag’ishlovida namoyon etgan.
Glyuk, operasini xaqqoniylik va soddalikka tayanib yaratgan. Operada musiqa,
qahramonlar tuyg’ularini, iztirob va kechinmalarini ochib berishi kerak.
Glyuk operasi musiqiy dramaturgiyasining asosiy maqsadi musiqaning organik
sintezi va dramatik ta’siridan iborat edi. Glyuk musiqasi, qahramonlarining ichki
kechinmalarini ochish vositasidir. Shuning uchun, u dramaga bo’ysundirilishi, barcha
dramatik o’zgarishlarga hushyor javob berishi kerak deb hisoblardi. Glyukning
islohotchilik
operalarida
musiqa,
dramatik
voqeliklar
bilan
uyg’unlikda
rivojlantirilgan. Musiqa aynan dramatik harakatni ifodalash uchun asosiy vosita
sifatida namoyish etilgan.
Ariya va rechitativlar talqini. Glyuk opera spektakllarining barcha elementlari
asosiy maqsad --- musiqa va dramatik voqealarning bog’lanishiga bo’ysundirilgan.
Ariya dramatik voqea rivojiga uzviy ravishda qo’shiladi, qahramonning tuyg’u
va kechinmalari holatida muvofiq quriladi. Ariya, xonandalarning vokal san’atini
namoyish etuvchi kontsert nomeri sifatida gavdalanmaydi.
Rechitativlar. Glyuk operalarida rechitativlar musiqiy ifodaliligi bilan ajralib
turadi. Ular an’anaviy seriya operasidagi kabi, kontsert nomerlari orasidagi
bog’lovchilik vazifasini o’tashdan to’xtaydi. Shu tariqa musiqiy nomer va rechitativlar
orasidagi keskin chegara mavjudligi yo’qola boradi. O’zining mustaqil vazifasini
saqlab qolar ekan, ariyalar, rechitativlar va xorlar katta dramatik sahnalarga birlashadi.
Misol sifatida “Orfey” operasi ikkinchi ko’rinishidagi birinchi ariya va birinchi
manzarani keltirish mumkin.
Uvertyuralar. Glyuk operalarida uvertyura asardagi asosiy dramatik g’oyani
gavdalantiradi. “Orfey” da uvertyura g’oyaviy va obrazli munosabatda opera bilan
bog’lanmagan. “ Altsesta”, “ Ifigeniya Avlidda” operalarida uvertyuralar opera
dramatik g’oyasining simfonik umumlashmasini mujassamlashtiradi. Glyuk,
uvertyuralariga mustaqil yakun bermaydi va shu tariqa uvertyuraning opera bilan
bevosita bog’liqligini ta’kidlagan holda, ularni darhol birinchi ko’rinishga olib o’tadi.
Balet. Glyuk operalarida balet, opera voqealari bilan bog’lanmagan, yasama
divertisment holatida kiritilmaydi.U dramatik voqealar rivojiga asoslanadi va opera
dramaturgiyasi bilan uyg’unlikda namoyish etiladi. Misol tariqasida, “ Orfey”ning
ikinchi ko’rinishidagi furiyalar raqsi va “ Altsesta”dagi Admet sog’ayishiga
bag’ishlangan balet sahnalarini keltirish mumkin.