G‘o‘za va g‘alla zararkunandalari
Reja:
1. G‘o‘za zararkunandalari.
2. G‘alla zararkunandalari.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublika to‘la iqtisodiy jihatdan mustaqillikka
erishish uchun sanot mahsulotlarini va sanoat uchun kerak bo‘ladigan xom ashyoni
ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va rivojlantirish zarur. Sanoat uchun va chet
ellarga valyutaga sotiladigan asosiy xom-ash’yomiz paxtadir. Ma’lumki, keyingi
yillarda aholiga tamorqa xo‘jaligi er ajratib berish, meva-sabzavot, g‘alla va boshqa
oziq-bop ekinlarining bir qismi ilgari paxta ekib kelinayotgan erlar hisobiga
kengaytirilmoqda, natijada paxta eqiladigan maydonlar qisman kamayadi. Bu esa o‘z
navbatida paxtadan olinadigan yalpi xosilni kamayishiga olib keladi. Paxtani yalpi
xosilini kamaytirmaslik uchun ilm fan yutuqlaridan ilgorlar tajribasidan va boshqa
imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz kerak. SHunday imkoniyatlardan biri
g‘o‘zani zararli organizmlardan himoya qilishdir.
G‘o‘za zararkunandalar bilan ko‘p zararlanadigan ekinlardan hisoblanadi.
Professor YAxontov V.V. g‘o‘za bilan oziqlanadigan umurt-qasiz hayvonlarning
772 turdan iborat butun dunyo faunasining uncha to‘liq bo‘lmagan ruyxatini tuzib
1931 yilda ta’riflagan edi. Bulardan 751 turi hashoratlardir. V.V.YAxontov
tomonidan 219 turi O‘zbekiston sharoitida g‘o‘zaga tushishi aniqlangan.
G‘o‘zaning asosiy zararkunandalari.
G‘o‘zaning so‘ruvchi zararkunandalari. O‘rgimchakkana. Bu g‘o‘zaning ashaddiy
va doim tushadigan zararkunandasi hisoblanib paxta o‘stirila-yotgan zonalarda keng
tarqalgan hammaho‘r zararkunandadir. U 248 turdagi o‘simlik bilan oziqladi
shundan 173 tur begona o‘tlar 38 tur butalar, 37 turi esa qishloq xo‘jalik ekinlaridir.
O‘rgimchakkana ayrim jinsli bo‘lib tanasi oval shaklida bo‘yi 0,3-0,6 mm
gacha boradi. Uning bahorgi va yozgi avlodlari ko‘kish sariq qishlab chiqadiganlari
to‘q sariq-qizil rangda bo‘ladi. Urg‘ochisi o‘zining rivojlanishida tuxum lichinka,
nimfa, deytonimfa va etuklik fazalarini kechiradi. Tuxumi yumaloq sharsimon
bo‘ladi. Boshqa fazalari imagoga o‘xshab undan kichikligi bilan farq qiladi.
Kananing yozgi avlodlari 8-12 kunda, mayda 15-20 kun, aprelda 25-30 kunada
bir avlodi rivojlanadi. Yil davomida 4-20 avlodi rivojlanib shundan 3-12 tasi
g‘o‘zada o‘tadi. Rivojlanish vaqtida ularning 40% va undan ko‘prog‘i tabiiy ravishda
qirilib ketadi. Urg‘ochisi o‘rta tolali g‘o‘za navlarida 100-160 tagacha tuxum qo‘yib
30-40 kun yashaydi. Ingichka tolalida 40-50 ta tuxum qo‘yib 10-15 kun yashaydi,
begona o‘tlarda 30 tagacha qo‘yadi, 10 kundan ko‘proq yashaydi.
Qora yo‘ng‘ichka shirasi. Hammaxo‘r zararkunanda bo‘lib Evropaning
janubida va O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Akatsiya biti g‘o‘zadan tashqari beda, oq
akatsiya, eryong‘oq, vika, burchoq, no‘xot shuningdek poliz ekinlariga shikast
etkazadi. Bu hashorat g‘o‘zani may iyun oylarida ko‘p zararlaydi.
Tirik tug‘uvchi urg‘ochisining bo‘yi 1,3-2,1 mm bo‘ladi. Tanasi yaltiroq qora,
lichinkasiniki qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi. Akatsiya biti beda yoki akatsiyada tuxum
fazasida qishlaydi. Erta bahorda bedalarda bu bitning to‘dalari paydo bo‘ladi, to beda
dag‘allashganga qadar rivojlanib keyin boshqa ekinlarga ko‘chib o‘tadi. Qora
yo‘ng‘ichka shirasi g‘o‘zada 30 kun yashaydi ana shu vaqtda juda tez ko‘payib
o‘simlikka jiddiy zarar etkazadi. Oziqlanish va ob xavoning sharoiti og‘irlashgach
ularda qanot paydo bo‘ladi yana bedapoyaga o‘tadi va kech kuzgacha beda ildiz
bo‘g‘zida bo‘ladi. Ammo oziqlanish sharoiti yaxshi bo‘lmagani uchun ular ko‘plab
ko‘paya olmaydi.
Dastlabki sovuq tushishi bilan erkaklari va tuxum qo‘yadigan urg‘ochilari
paydo bo‘ladi.
Katta g‘o‘za shirasi (Acyrthosiphon gossypii Merdv) O‘zbekiston-ning
barcha paxtakor rayonlarida uchraydi. G‘o‘zadan tashqari mosh, loviyaga, begona
o‘tlarga, yantoqqa ko‘proq tushadi.
Qandalalarning 13 turi g‘o‘zaga tushishi ma’lum shulardan ikki turi beda va
dala qandalasi ayrim yillari sezilarli zarar keltiradi.
Beda qandalasi (Adelphocoris lineolotus Goere). Beda, g‘o‘za kabi
o‘simliklarni zararlab, asosan o‘zining og‘iz apparati bilan shona gul, kusaklarni,
sanchib-surib zararlaydi. Kattik zararlangan shona va gullar kurib qoladi, kusakdagi
tola kamayib, sifati pasayadi.
Beda qandalasi cho‘zinchoq 6,5-9,5 mm bo‘lib qoramtir yoki sarg‘ish-yashil,
erkaklari urg‘ochilariga qaraganda tuproq tuslidir. Elkasidagi 2 ta qora nuqtasi
boshqa qandaladan ajratib olish mumkin. Qandala o‘simlik poyalari ichiga
joylashgan tuxum fazasida qishlaydi, yil davomida 3-4 marta avlod beradi.
Kuzgi tunlam (Agrotis segitum Seh). Hashoratlar sinfining, tanga qanotlilar
turkumiga, tunlamlar oilasiga mansub bo‘lib, sug‘oriladigan paxtachilik rayonlarida
keng tarqalgan zararkunandalardan biridir. Uning qurtlari 34 ta oilaga mansub
bo‘lgan yuzlab tur o‘simliklarga zarar etkazadi.
Kuzgi tunlam 5-6 yoshli qurtlik fazasida tuproqning 5-15sm chuqurlik
katlamida qishlaydi. Bahorda o‘rtacha sutkalik harorat 10 S dan oshganda, bu qurtlar
tuproqdagi inlarini tashlab er betiga ko‘tarilib g‘umbakka aylanadi. Kapalaklari
aprel-may oylarida uchib chiqadi. Kapalaklar 10-40 kun yashaydi va gullarning
nektari bilan oziqlanadi.
Kapalaklarning serpushtliligi qo‘shimcha nektar bilan oziqlanish va qurtlik
davridagi oziqlanish sharoitiga bog‘liqdir. Ular o‘rtacha 500-600 tuxum qo‘yadi.
G‘o‘za tunlami (Heliotis armigera hb) - u keng tarqalgan zararkunanda bo‘lib ,
g‘o‘zaga shonalash vaqtida tuxum qo‘yadi. Uning birinchi avlodi begona o‘tlarda va
pomidorda rivojlanadi. Uning tuxumi gumbazsimon bo‘lib diametri 0.5-0.6 mm.
Tuxumi dastlab oqish keyinchalik qo‘ng‘ir tusga kiradi. Tuxumini alohida - alohida
qilib o‘suv nuqsiga qo‘yadi. Tuxumdan 4-5 kunda qurtlari chiqib dastlab o‘suv
nuqtasidagi barg bilan keyinchalik shona, gul va hosil organlari bilan oziqlanadi.
Oziqlanib bo‘lgan qurtlar tuproqqa tushadi va 5-12sm chuqurlikka kirib g‘umbakka
aylanadi. G‘umbagini bo‘yi 17-21 mm bo‘lib och pushti rangdan jigar ranggacha
bo‘ladi. G‘umbakdan 8--10 kundan so‘ng kapalak uchib chiqadi.Bitta urg‘ochi
kapalak 600 tadan 3000 tagacha tuxum qo‘yadi. Bir yilda 3-4 ta avlod beradi. G‘o‘za
tunlami g‘umbak holida qishlab chiqadi.
Bug‘doy va boshqa boshokli ekinlarga bir kator hasharotlar zarar keltirishi mumkin.
Oziqlanishiga karab bular so‘ruvchi va kemiruvchi guruxlarga bo‘linadi. So‘ruvchi
hasharotlarning zarari oqibatida g‘allada oqsil, kleykovina va boshka kimmatli
organik moddalarning mikdori ozayib ketadi. Bunday hasharotlar katoriga asosan:
zararli hasva, shira va trips kiradi.
Kemiruvchi hasharotlarning namunalari ancha ko‘p bo‘lib, ular kuyidagilardir:
chigirtkalar, pyavitsa, g‘alla tunlamlari, jujelitsa va «xumkalla» ko‘ng‘izlari, ildiz
kemiruvchi tunlamlar, simkurtlar, ildiz va poya pashshalari, poya parvonasi va
boshkalar. Bu Hasharotlarning og‘iz apparata o‘simlik to‘kimalarini ko‘pol
kemirishga mo‘ljallangan bo‘lib, fiziologik jarayon o‘tadigan barg satxini ozaytirib
hosildorlikka putur etkazadi. G‘alla o‘simliklarida bir kator zamburug‘lar turli
kasalliklar ko‘zg‘atab zarar keltarishi mumkin. Bularning asosiylari kuyidagilardir:
chang va kattiq korakuyalar, un-shudring, sarik va ko‘ngir zang, dog‘lanishlar, ildiz
chirish va boshkalar. Bularning har birini ahamiyati shunchalik jiddiyki, kasallangan
boshoq 30-35%dan (zang kasallari, un-shudring) 100% gacha (korakuyalar) hosilni
nobud kilishi mumkin. Demak, bu guruh zararli organizmlarga ham katta ahamiyat
berib g‘alla kasallanishini oldini olmok kerak. Eslatamiz, yukori agrotexnika, urugni
sifatli dorilab ekish, bugdoyni mahalliy va ma’danli (azot, fosfor va kaliyli) o‘gitlar
bilan oziqlantirib kasallikka bardoshli qilib o‘stirish, masalani yarmini ijobiy hal
kilishga imkon beradi.
Zararli xasva - Eurygaster integriceps Put. yarim kattik kanotlilar yoki kandalalar
(Hemiptera) turkumining, kalqonlilar (Pentatomidae) oilasiga mansub Hasharot.
Bu juda keng tarkalgan hasharot bo‘lib, dunyoning barcha g‘alla ekiladigan
mamlakatlarida uchraydi.
Tashqi ko‘rinishi. Volga etgan zararli xasvaning bo‘yi 10-12 mm keladi.
Tanasiniig rangi sarik yoki sarg‘ish-kulrang, sirti marmarsimon naqshlidir. Oldingi
kukragining keyingi yarmi oldingi yarmidan ko‘ra oqishroq.
Qalqonining tubida ikkita oqish dog‘i bor. Bu Hasharot uchun qalqonining qorni
oxirigacha etib yaxshi rivojlanganligi xarakterlidir; qalkonining keyingi uchi oval
shaklida, qanshari boshining oldingi uchigacha etib boradi. Boshining old tomoni
to‘mtoq, bo‘yi eniga baravar. Urgochi zotlarining qorin oxiridagi segmenta uch juft
plastinkalardan, erkaklarida esa bitta yirik plastankadan iborat. Tuxumlari
bochkasimon bo‘lib yashilrok rangda, kattaligi 1,0-1,1 mm keladi. Tuxumdan
chikkan lichinkalari dastavval deyarli yarim yumaloq shaklida, sarg‘ish-ko‘ngir
tusda bo‘ladi, ammo kattalashgan sari bo‘yiga cho‘zilib rangi sal okaradi, qanoti
bo‘lmaydi. Ikkinchi yoshdan boshlab lichinkalarda sassik xid chikarish bezlari
rivojlana boshlaydi. Beshinchi yoshga kelib xasvaning uzunligi 8-10, kengligi 6-6,5
mm ni tashkil kiladi, qanotlari rivojlana boshlaydi, etuk zotga aylanishdan oldin
og‘irligi 97-110 mg ga etadi.
Hayot kechiriish. Bu zararkunanda etuk zot shaklida dala atroflaridagi uvatlarda, kir
va tog‘ oldi sharoitida o‘simlik koldiklari hamda tosh, kesaklar ostada to‘dalanib
kishlab chikadi.
Xasvaning uyg‘onishi mart-aprel oylarida, o‘rtacha sutkalik harorat 10-12°S ga
etganida boshlanadi. Qishlov joyining o‘rtacha havo xarorati 15-20°S bo‘lganida,
xasva g‘allazorlar tomon uchib tarkala boshlaydi. Bu esa, g‘allaning tuplanish
davriga to‘g‘ri keladi. Xasva tuxum ko‘yishga tayyor bo‘lishi uchun uning
ko‘shimcha oziqlanishi shart, shu sababli o‘simlikning shirasi bilan ko‘shimcha
oziklanadi. Bahorda ob-havo keskin pasayganda yoki yogingarchilik ko‘p bo‘lsa,
xasvaning tarkalishi hamda oziklanishi to‘xtab, ular o‘simlikning ostki kismiga
yashirinib oladilar. Fakatgina harorat ko‘tarilishi bilan ular oziqlanishni davom
ettiradilar. YOppasiga g‘allazorlarga uchib o‘tishi boshlanganidan 7-15 kun
o‘tgach, urg‘ochilari tuxum ko‘ya boshlaydilar (mart oyining oxiri-aprelning boshi).
Havo xarorataning o‘zgarishiga karab, 15-20 kun ichida tuxum ko‘yishni
tug‘allaydilar. Urg‘ochilari tuxumini g‘alla bargining ostki qismiga xamda
o‘simlikning ganasiga ko‘yadi. Tuxumlarni odatda 7 donadan ikki kator kilib
joylashtiradi.
Lichinkalarning 2-4 yoshga o‘tishi bug‘doyning sut pishish davriga to‘g‘ri keladi.
SHu sababli, ular boshokka chikib uni so‘rib zarar keltiradilar. Kunning issnk
vaktlari hamda bir yoshdan ikkinchi yoshga po‘sttashlab o‘tishda ular boshokdan
o‘simlikning ostki kis miga tushadilar. Bu xolat xasvani zichligini aniklash va unga
karshi kimyoviy kurash choralarini olib borish davrida muxim axamiyatga ega. Havo
xaroratiga karab lichinkalarning rivojlanishi 25 kundan 50 kungacha davom etishi
mumkin. Beshinchi marta pust tashlaganidan keyin yosh xasvadan voyaga etgan etuk
zotlar paydo bo‘ladi. Bu zotlar kishlovga ketish maksadida ganasiga etarli mikdorda
yog moddasinn to‘plash uchun don shirasi bilan uzok vaktoziklanadilar.
Zarari. Zararli xasvaning bugdoyga etkazadigan zarari xosildorlik va g‘alla sifati
bilan belgnlanadi. Bu esa zararkunandaning zichligiga boglik 65'ladi. Qishlovdan
chikkan xasva bugdoyning xamma er ustkn kismlariga, ayniksa poya va boshokka
zarar keltiradi. Xasva asosan o‘simlikning yukori kismini va boshokning o‘sayotgan
mayin to‘kimalariga tumshugini sanchib, unga kelayotgan oziqa moddalarini so‘rib
oziklanadi. Agarda o‘simlik rivojlanishining erta fazalarida (tuplanish - naycha
chikarish) zarar keltirilgan bo‘lsa, poyaning sanchnlgan eridan yukorisi kingir-
kiyshik bo‘lib, barglari sargayib ketadi. Boshok asosini yoki biror kismini sanchsa,
xosil bo‘layotgan don rivojlanishdan tuxgab, boshok kisman yoki butunlay okarib
koladi. Hasva bilan zararlangan o‘simlik Hasharot zichligiga ko‘ra, 30-40% gacha
xosildorlikni kamaytiradi, yangi don-urugning unuvchangligi esa 50% gacha
pasayishi kayd kilingan. Iktisodiy zarar mikdor mezoni (IZMM) sifatida zararli
xasvaning qishlab chikkan avlodiga karshi kimyoviy kurash bugdoy tuplanish
paytida xar 1m" maydonga o‘rtacha 1-2 va undan ko‘p etuk zot to‘gri kelsa
o‘tkaziladi. YAngi avlod zotlariga karshi esa, g‘alla boshoklashi bilan xar 1m2 erga
5-10 ta xasva lichinkalari to‘gri kelsa o‘tkaziladi.
Kurash choralari. Zararli xasvaga karshi agrotexnik, seleksiya, biologik xamda
kimyoviy kurash tizimi tavsiya etiladi.
I. Hasvaga karshi kurashda agrotexnik tadbirlar aloxida o‘rin tutadi. Bunga eng
avvalo xosil yigilganidan keyin birinchi galda xasva bilan zararlangan dalalarni
shudgorlash kiradi. Zudlik bilan o‘tkazilgan bu tadbir natijasida xasva uchun
ko‘shimcha em bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘knlgan don va ko‘shimcha
oziklanayotgan xasvalar erga ko‘milib nobud bo‘ladi. Erta baxorda kuzda ekilgan
g‘alla ekinlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziklantirish va suspenziya ko‘llash;
baxorgi donln eknnlarni ekishdan oldin yukori saviyada agrotexnik tadbirlarni
utkazish - erga ishlov berish, o‘gitlash, yuqori sifatli urugni erta muddatlarda ekish
xam xasva zararini birmuncha kamaytiradi.
CHidamli navlar tanlash. Erta pishar navlar ekilganda xasva ularda to‘lik rivojlanib
ulgurmaydi. Hozirgi davrda xasva zarariga bardosh beradigan xamda zararkunanda
rivojlanishi uchun yokimsiz navlar yaratilganki, bularnn ekish ko‘shimcha mablag
sarfisiz ekinlarni ximoya kilishni ta’minlaydi. SHunday navlar xam mavjudki, ular
xasvaso‘lagidagi ferment ta’siriga uchramaydi va iztirob chekmaydi.
Kechiktirmay yig‘im-terimni o‘tkazish. Bu tadbnr shundan iboratki, agarda g‘alla
yigimini boshoklar sutmo‘m davrida ayrim kilib, ya’ni oldin o‘rib keyin yanchilsa,
zararkunanda to‘liq oziklanishga ulgurmaydi va fiziologik zaif bo‘lib ko‘plab
kiriladi. Bundam tashkari, ko‘pgina xasva lichinkalari mexanik ravishda ezilib
o‘ladi.
Biologik usul. Xasvaga karshi kurashda tuxumxo‘r telenomuslarnnng axamiyati
kattadir. SHuning uchun bularning rivojlanishi uchun kuzda dala atrofida to‘p-to‘p
poxol
qoldirib
sharoit
yaratilishi
kerak.
Don
ekiladigan
xo‘jaliklarda
biolaboratoriyalar tashkil etib, ularda boshka kushandalar katorida telenomusni xam
maxsus usul bo‘yicha ko‘paytirib dalaga chikarish mumkin.
Zararkunandalarning zichligi yukori buladigan dalalarni kimyoviy usulda ximoya
kilishni rejalashtirib ko‘yish lozim. Zararli xasva va bir kator boshka
Hasharotlarning asosny kishlab chikadigan joyi dala chegidagi uvatlar bo‘lganlign
sababli, Hasharotlar aniklangan uvatlarda xavo xarorati 10-12°dan oshganidan keyin
(mart oyining I-11-nchn o‘n kunligi), g‘alla ekilgan paykalning 20-30 m chetiga va
uvatlarga, xar ikkala tomonidan kuyidagi birorta dori bilan OBX traktor purkagichini
birtaraflama ishlatib yoki motorli ko‘l apparata bilan ishlov berish zarur: BI-58
(danadim) 40% em.k. - 1,5 l/ga, fufanon 57% em.k. - 1,2-2,0 l/ga, siperfos (nurell-
D) 55% em.k.- 0,5 l/ga, detsis 2,5% em.k.- 0,25 l/ga, karate 5% em.k.-0,15-0,2
l/ga, sumi-alfa 5% em.k. - 0,2-0,25 l/ga, sipermetrin 25% em.k. -0,2 l/ga, kinmiks
5% em.k. - 0,2 l/ga.
YUkoridagi dorilarni bug‘doyzorlarda ishlatilgan muddat bilan dala atrofidagi
tutlarning bargini kesib olishgacha bo‘lgan vakt 45-50 kunni tashkil etishi lozim.
Keyinchalik, bugdoy boshoklab, gullab xosilga kirganida xasva ko‘payib xosilga
xavf tugdirsa, yukorida kayd etib o‘tilgan insektitsidlarni xar birini ishlatish
mumkin, ammo birinchidan - ushbu dala chetidan tut daraxtlari 400-500 m va undan
nar i bo‘lishi kerak, ikkinchndan - OVX-28 purkagichi emas, balki shgangali traktor
purkagichlari xamda kul apparati bo‘lishi shart (samolyot yoki deltaplanlarni
ishlatish umuman mumkin emas).
G‘alla shiralari. Tengkanotlilar (Homopiera) turkuminnng, shiralar (Aphididae)
oilasiga mansub. G‘allalarga zarar etkazadigan shiralar orasida ko‘chmanchi
bo‘lmagan, fakat g‘alla o‘simliklari bilan oziklanib rivojlanadigan va ko‘chmanchi,
o‘zga o‘simliklar bilan boglik bo‘lgan turlari mavjud. Birinchilariga: oddin g‘alla
shirasi (Schizaphis graminum Rond.), arpa shirasi (Brachycolus noxius Mordv.) va
katta g‘alla shirasi (Sitobion avenae F.) kiradi. Bulardan tashkari g‘alla ekinlarida:
cheremuxa - g‘alla shirasi (Rhopalosiphum padi L., xamda (ayniksa makkajo‘xorida,
suli yoki makkajo‘xori shirasi (Rh. Maidis Fitch) aniklangan.
Ko‘prok znyonga ega bo‘lgan oddiy g‘alla shirasi Uzbekistonning cho‘l zonalarida
keng tarkalgan tur bo‘lib, ayniksa kuzgi va baxorgi bug‘doyni, javdar, suli, tarik,
sholi, makkajo‘xori, ok jo‘xori va ko‘p yillik g‘alla o‘tlarini shikastlaydi.
Zararkunanda kuchli rnvojlanganida koloniyalar xosil kiladi. Barg va novdalaridan
to‘kima shirasini so‘rishi natijasida o‘simliklar zaiflashadi, barglar rangi sarg‘ayadi,
burishadi va kuriydi. Iixoligidan kuchli zararlangan o‘simliklar boshok chikarmaydi.
Ko‘chib yuradigan shiralarga esa turli xil o‘simliklar bilan oziklanish xosdnr.
Bunday shiralarga yozda g‘alla ekinlari bilan oziklanib kuzda esa oziklanib tuxumini
buta
daraxtn
po‘sloklarining
ostiga
ko‘yadigan
oddny
buta
shirasinn
(Rhopalosiphum padi L.) ko‘rsatish mumkin. Katta g‘alla shirasi, oddiy g‘alla shirasi
va buta shirasi boshokli o‘simliklar bargida, poyasnda va boshognda ochik xolda
yashaydi (2-rasm).
Arpa shirasi esa (kisman oddiy g‘alla shirasi xam) boshkalardan fark knlib, barglarda
ochik xolda yashamaydi, balki boshok tubidagi barglarning nayi ichiga kirib olib
xayot kechiradi. SHiralar ayniksa kuklam va kuzda ko‘plab rivojlanadi, bunga
asosan iklnm sharoitlari sababchi bo‘ladi. Ezning nssik kunlarnda xavo namligi
pasayishn bilan xamda kiska umrli (efemer) g‘allasnmon o‘simliklarni kurib kolishi
bilan shiralar rivojlanishi depressiyaga uchraydi. Mavsum davomida shiralar 10-16
avlod beradi. SHiralar o‘simlikning yashil va yumshok kismida sharbatini so‘rib
oziklanadi. Zararlangan o‘simliklar 10-15% xosildorlikni yo‘kotadi. SHiralarga
karshi kimyoviy kurash o‘tkazish uchun IZMM sifatida ko‘yidagi rakamlar kabul
kilingan. Agarda g‘alla boshoklagan davrida dalada 50% o‘simlnk zararlangan
bo‘lib, xar birida 10-20 tadan ortik shira mavjud bo‘lsa, kimyoviy kurash o‘tkaziladi.
Kurash choralari.
G‘allaga ziyon etkazuvchi shiralar tuxum shaklida kishlagann sababli, asosiy kurash
choralarndan birn kuzgi shudgor xisoblanadi.
O‘simliklarni organo-mineral o‘gitlar bilan taminlab yukori agrotexnik tadbnrlar
yordamida bardoshliligini oshirish.
Kimyoviy vositalar sifatida zararli xasvaga karshi tavsiya etilgan insektitsidlarnnng
birortasini ishlatsa bo‘ladi.
Tripslar. Xoshiya kanotlilar yoki tripslar (Thysanoptera) turkumining, fleotripidlar
(Pleothripidae) oilasiga mansub bir nechta turdagi Hasharotlar g‘allaga zarar
kelgirishi mumkin. Bularning orasida eng keng tarkalgan va ziyoni odatda kuchli
bo‘ladigan bugdoy tripsidir. Bundan tashkari, tamaki tripsi, suli va javdar tripslari
xam mavjud.
Bug‘doy tripsi - Haplothrips tritici Kurd.
Tarqalishi. Markaziy Osiyo, Kozognston, SHarkiy Sibirning janubiy
gumanlarida keng tarkalgan.
Tashqi ko‘rinishi. Etuk zot tripsning bo‘yi: erkagnniki 1,2-1,3 mm,
urgochisiniki - 1,8-2,2 mm keladi. Tanasi ingichka, tanasining so‘ngi segmenti
naysimon cho‘zilnb, orka uchi sat toraygan, trins o.td ko‘kragining orka tomoni
kengaygan, kanotida tomir.tar yo‘k, oldingi kanotining o‘rta kismi boshka
tripslarniki singari sal toraygan, kanotining chetlarida xoshiyasi bor, mo‘ylovi sakkiz
bo‘gimli. Etuk zot tripsning tanasi kora yoki to‘k ko‘ngir tusda, mo‘ylovining
uchinchi bo‘gini okish, uchi sal ko‘ng‘ir bo‘ladi
Tuxumn ochbinafsha rangda, cho‘zik-oval shaklda, 0,5-0,6 mm kattalikda bo‘ladi.
Lichinkasining esa rangi och kizil tusda bo‘lib, tanasi ingichka, mo‘ylovi etti
bo‘gimli, so‘ngi yoshdagi lichinkaning mo‘ylovi orka tomonga qayrilgan, kornining
so‘ngi segmentida o‘rnashgan yirik kilcha shu segmentdan qisqa bo‘ladi.
Xayot kechirishi. Bugdoy tripsi lichinkalik davrida o‘simlik koldiklarida, tuprok
kesaklari ostida va er yoriklarnda kishlaydi. Erta baxorda xarorat 8°S dan oshgach
lichinkalar uygona boshlaydi. Er satki turlicha knzishn tufayln bu muddat uzokka
cho‘ziladi. Lichinkalar ko‘shimcha oziklanib pronnmfa va nimfa davrlarnni o‘taydi.
Voyaga etgan tripslar aprel boshlarida paydo bo‘la boshlaydi. Lekin bu jarayon
uzokka cho‘zilib eng ko‘p etuk tripe paydo bo‘lishi may oyining o‘rtalariga, bugdoy
boshoklash davrnga to‘gri keladi. Bunda tripslar boshokka yopiriladi va uni sanchib
so‘rib shikastlaydi. Bazi bir vaktda tripsning ko‘pligidan boshoklar kora bo‘lib
tuyiladi. SHundan so‘ng tripslar urchib tuxum ko‘yishga knrishadi. Tuxumnn xar bir
urgochi zot 4-8 tadan to‘p-to‘p kilib (yoki bittadan) boshok bandiga, yoki don
kobigiga kuyadi. Etuk zotlarni paydo bo‘lish muddati cho‘zilganligi sababli tuxum
ko‘yish xam 25-35 kusha cho‘zilishi mumkin.
Har bir zot xammasi bo‘lib 25 tagacha tuxum ko‘yadi. Tuxumlar 6-8 kun rivojlanadi.
Tuxumdan chikkan lichinkalar dastavval yashil-sargish bo‘lib keyinchalik kizara
boshlaydi, birinchi pust tashlashdan keyin esa kizgish tusga ega bo‘ladi. Bugdoy
tripsi ko‘plab urchiganida xar bir boshokda 40-80 tagacha, odatda esa 10-25 ta tuxum
va lichinka uchratish mumkin. Esh lichinkalar gul pardasinn yoki don kobigini so‘rib
oziklanadi. O‘simlik to‘kimalari dag‘allashgani sari lichinkalar yumshok don sari
xarakat kilib uni shikastlay boshlaydi. G‘alla doni kota boshlab, unda namlik mikdori
35-40% gacha kamayganida tripe uchun nokulay sharoit vujudga kelib, uni
kishlashga tayyorgarlik ko‘rishga undaydi. Tripe lichinkalari paetta tushib kishlash
uchun sharoit izlaydi. SHunday kilib bir yilda bir avlod beradi.
Bug‘doy tripsi rivojlanishi uchun kulay sharoit quruq va issik ob-xavoda vujudga
keladn. Zararkunandani basharot kilish kishlab chikkan lichinkalar zichligiga xamda
o‘simlik boshoqlash davridagi etuk to in nish miqdoriga karab amalga oshiriladi.
Zarari. Bugdoy tripsi asosan kuzgi va baxorgi bugdoy ekinnga, arpa, javdar va
boshka g‘allagulln ekinlarga ziyon keltiradi. Etuk tripslar o‘simlnk boshoklay
boshlaganida uchki barg ostida to‘planadi va bo‘lgusi boshok e.tementlarinn zararlay
boshlaydi. Buning natijasida don kobugi rangsizlannb, boshok buralib o‘sadi.
Zararlangan donning sifati uncha o‘zgarmaydi, leknn mikdori kamayadi.
Pyavitsa (shilliq qurti) - Lema melonopus L (Ko‘ngizlar -Coleoptera
turkumiga, bargkemiruvchilar— Chrysomelidae oilasiga mansub).
Tarqalishi. Bu zararkunanda barcha Evropa mamlakatlarida va kichik Osiyoda,
SHimoliy Kavkaz, Krim, Markaziy Osiyo va Qozogistonda tarkalgan.
Tashqi ko‘rinishi ko‘rinishi. Ko‘ngizining kattaligi 4-5 mm, umumiy rangi och-
yashil ko‘k, old elkasi va oyoklari sargish-kizil, boldir uchi, panja va mo‘ylovlari
kora, ustkanotida parallel joylashgan mayda nuktalari mavjud.
Tuxumi silindrik shaklga ega bo‘lib rangi sargish, kattaligi 1 mm, 3-7 tadan g‘alla
bargiga yopishtirilgan bo‘ladi. Lichinkasining kattaligi 5-6 mm, o‘rtasi semiz bo‘lib
buknr, tusi och sarik yoki oqish, boshi kora, sirt tomondan o‘zining axlatidan iborat
ko‘ngnr tusli shilimshik bilan koplangan;
Xayot kechirishi. Pyavitsaning ko‘ngizlari erning ustki katlamlarida kishlaydi.
Baxorda kun isishi bilan mart-aprsl oylarida tashkariga chnkib ayniksa arpa, suli va
bugdoy eknnzorlarida tarkaladi. G‘alla barglarini birnecha kun uzunasiga
«kirtishlab» oziklangach urchib tuxum ko‘yishga kirishadi. Tuxumnn odatda barg
ostiga tup-to‘p kilib xam mae i bo‘lib 120-130 tagacha ko‘yadi. Tuxum kuynsh 30
kungacha, uning rivojlanishi esa 10-33 kun davom etadi. Paydo bo‘lgan lichinkalar
barg etini kirtishlab oziklana boshlaydi. Qattik shikastlanganida uzunaenga
joylashgan okish doglar ko‘shilishib umumiY zarar ifodasini beradi - barglar
sargayadi, ayrim erlari kuriydn. Lichinkalar ni oziklanishi baxorgn g‘alla ekinlarida
boshok tortishigacha davom etishi mumkin. Har bir lichinka 2-3 xafta ichida 4 marta
pust tashlab rivojlanishnn tugatadi. Voyaga etgan lichinka ustidagi shilimshik
kavatini tashlab erga tushadn va bu erda (kichik chukurlikda) ko‘zachasimon joy
yasab gumbaklanishga kirishadi. YAna ikki xaftalardan keyin paydo bo‘lgan
ko‘ng‘iz kishlashga koladi. Bir yilda bir avlod berib rivojlanadi.
Zarari. Pyavitsaning zarari ko‘prok arpa, so‘li va bugdoyning kattik don.in
navlarnda, ayniksa baxorgi muddatlarda ekilganida sezilarln bo‘ladi. Zarari baxor
kurgokchilik kelgan sharoitlarda yanada zo‘rayadi. Zararlangan o‘simliklarning
umumiy xosildorligi xamda don ogirligi kamayadi. Vodiy viloyatlari xamda
Toshkent, Sirdaryo va boshka viloyatlarda pyavitsa ba’zida jiddiy zararkunandalar
katoriga ko‘shilib maxsus kurash tadbirlarini o‘tkazishni talab kiladi.
Kurash choralari.
Zararkunanda dala sharoitida kishlab kolganligi sababli yukori agrotexnik tadbirlarni
o‘tkazish uni sonini jiddiy ravishda kamaytiradi.
Baxorgi ekinlarni mumkin kadar erta ekish, pyavitsa muammo bo‘lgan tumaatarda
unga nisbatan yokimsiz bo‘lgan bugdoyning yumshok don navlarini ekish tavsiya
etiladi.
Qo‘ngiz va kurtlarga karshi birorta ruxsat etilgan insektitsndni kuyidagi shartlarga
amal kilib ishlatish mumkin: Agar o‘simlikning nay chikarayotgan davrida kuzgi
bugdoyning xar m" da 40-50 va undan ko‘p ko‘ng‘iz aniklansa, baxorgi ekinlarda
esa 10-15 ta va undan ko‘p ko‘ngiz bo‘lsa. Boshoklash davrida esa 10-15%
bargsatxn zararlangan bo‘lsa. Ishlovni kiska muddatlarda amalga oshirish
muvaffakiyat garovidir. Leknn oxirgisida dala atrofidagi tut daraxtlarinn zaxarlab
ko‘yishni oldi olingani ma’kul.
Qarsildoq qo‘ng‘izlar (simkurtlar)
Markaziy Osiyoda g‘allagullilarga bir necha turdagi simkurtlar ziyon etkazadn,
ammo sezilarln ziyon etkazadiganlari kuyidagnlar: uzun mo‘ylovli karenldok
ko‘ng‘iz (Clon cerambycinus Sem.) va lalmi ekin karsildok ko‘ng‘izi (Agriotes
nadari Buyss.).
Tarqalishi. Bu xar ikk&la turdagi karsildok kung‘nzlar Markaziy Osnyodagi
mamlakatlarda aniklangan.
Tashqi ko‘rshshshi. Uzun mo‘ylovli karsildok ko‘ng‘izning kapaligi 9-11 mm.
Umuman urg‘ochisi erkagidan kaparok bo‘ladi va tashkn tuzilishida sezilarli fark
kiladi.
Erkagining tanasn urg‘ochisnnikiga nisbatan xipcharok bo‘lib mo‘ylovi tana
uzunlngiga teng keladi, urg‘ochisiniki esa ancha kiska. Erkagining oyoklari qam
uzun bo‘ladi. Ko‘ngizlarning tanasi kul rang - koramtir tusda. Ust kanoti k iska tuklar
bilan koplangan, erkagida bu tuklar uzunasiga o‘tgan chiziklar xosil knladn.
Lichinkasining bo‘yi 1,3-1,5 sm keladi, och sarik tusda, usti kattik kutikula bilan
koplangan bo‘lib ikkala yonboshdan tuklar to‘dasn yaqqol ko‘rinib turadi, tanasidagi
so‘nggi segmentnning oxiri ikkiga ajralgan. Ko‘ng‘iz tanasining bo‘yn 7,5-8 mm
keladi, asosnda rangi kora, lekin sertukligidan kul rang bo‘lib ko‘rinadi. Mo‘ylovi,
panjasi va oyoqlarining bo‘g‘imlari sarik rangda bo‘ladi. Mo‘ylovn arrasimon yoki
cho‘tkasimon bo‘ladi. Ustkanotining old tarafi nozik egatchali bo‘lib, zich
nuktachalar bilan koplangan. Lichnnkasining kattaligi 1,5 sm gacha, tusi och sarik
rangda, siyrak tuklari bor. Tanasining oxirn konussimon yumalok, kichkina koramtir
tishchasn bor. Tanasining so‘nggi segmentidan boshka knsmida siyrak nuktalar
bo‘ladi. Qansharining o‘rta kismi uch tishli.
Hayot kechiriti. Qarsildok ko‘ngizlar etuk zotxamda lichinka shaklida kishlaydilar.
Odatda martning birinchi yarmidan er yuziga asosan erkak ko‘ng‘izlar chika
boshlaydi. Urgochilari esa erning ustki kavatida yashaydi va axyon-axyonda
tashkariga chikadi. Qo‘shimcha oziklangan ko‘ng‘izlar urchib tuprokka tuxum
ko‘yadi. Bir urg‘ochi zot 70 tagacha tuxum ko‘yishi mumkin. SHundan sung
ko‘ngizlar o‘lib ketadi. Tuxumlar uzok vakt rivojlanib 30-40 kun ichida ulardan
lichinkalar chikadi. Dastlab ular turli xil chirindilar bilan oziklanib o‘simlikni
shikastlamaydi. Lekin pust tashlab yoshdan-yoshga o‘tib ulg‘aygan sari o‘simlik
ildizi va ildiz orkali poya ichiga kirib zararlay boshlaydi. Har ikkala xil karsildok
ko‘ngizining lichinkalari erta ko‘klamda, Markaziy Osiyo sharoitida fevral
oxirlaridan aprelgacha bo‘lgan muddat ichida g‘alla ekinlariga zarar etkazadi.
Baxordagi yogingarchilnk to‘xtashi bilan lichinkalar tuprokning chukurrok kavatiga
kochadi va kuzgacha ularning zarari deyarlik sezilmaydi. Lichinkalar taxminan uch
yil oziklanadi va kuzga borib tuprokning ustki katlamida gumbakka aylanib ko‘ng‘iz
paydo bo‘ladi. Bu ko‘ng‘izlar tashkariga chikmay kishki uykuga ketadi.
Zarari. Karsildok ko‘ngizlarning asosan lichinkalari shikastlaydi.
Simkurt ko‘plab rivojlangan dalalarda g‘allagulli o‘simliklar ko‘riy boshlaydi.
Bunga sabab o‘simlik nixollarining ildiz kismi va poya o‘zagining shikastlanishidir.
Umuman, simkurt shikastlashi evaziga o‘simlik ko‘chat soni kamayib xar gektar
erdan olinadigan xosil mikdori gektaridan 10-15 foizgacha kamayishi mumkin.
Kurash choralari. Simkurtlarga karshi kurashish uchun ayniksa ogir mexanik
tarkibga ega bu.tgan soz tuprokli erlarga organik va mineral o‘g‘it solib, albatta kuzgi
shudgor o‘tkazish. Bunda, birinchidan chertmakchilarning tuxum va kurti ko‘plab
mexanik ravishda va yirtkich jujelitsalar yordamida kirilib ketsa, ikkinchidan,
lichinkalarni yumshok erda xarakat kilishi kiyinlashadi, uchinchidan, bakuvvat
rivojlangan o‘simlikni shikastga bardoshliligi oshadi. CHigitni ekishdan oldin
gaucho, gaucho-M, dalucho, avalanche kabi maxsus insektitsidlar bilan kabul
kilingan tavsiyanomalar asosida upalash. G‘alla ekinlarida simkurtlarga karshi
kimyoviy kurash agar xar m" erda 5-10 ta lichinka topilsa o‘tkaziladi. Ildiz
kemiruvchn barcha zararkunandalarga karshi (shu jumladan simkurtlar) piretroid
gruppasiga oid insektitsidlar: kinmiks 5% em.k. - 0,6 l/ga, detsis 10% em.k. - 0,08
l/ga, fastak 10% sus.k. - 0,25 l/ga, karate 5% em.k. - 0,5 l/ga istikbolln bo‘lib
xisoblanadi. Buning uchun kichik ekin maydonlarnda, ushbu dorilar eritmalarini
ko‘chat ostiga kuynb chikish (100-200 ml) kifoya bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.G.YA. Bey-Bienko. “Obshaya entomologiya ”. M. “Visshaya shkola” 1980 g.
2. R. Olimjonov «Entomologiya ». Toshkent. «O‘qituvchi», 1977 y.
3. S.A. Murodov «Umumiy entomologiya kursi», T. «Mexnat» 1986 y.
4. A.I. Voronsov «Lesnaya entomologiya ». M. «Visshaya shkola». 1975 y.