HALQUM FUNKSIONAL VA TOPOGRAFIK ANATOMIYASI. KLETCHATKA BO‘SHLIQLARI. PIROGOV LIMFOEPITELIAL HALQASI. QIZILO‘NGACH: FUNKSIONAL VA TOPOGRAFIK ANATOMIYASINING XUSUSIYATLARI. QORIN BO‘SHLIG‘IDA JOYLASHGAN A’ZOLARNING UMUMIY OBZORI
Yuklangan vaqt
2024-10-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
404,1 KB
HALQUM FUNKSIONAL VA TOPOGRAFIK ANATOMIYASI.
KLETCHATKA BO‘SHLIQLARI. PIROGOV LIMFOEPITELIAL
HALQASI. QIZILO‘NGACH: FUNKSIONAL VA TOPOGRAFIK
ANATOMIYASINING XUSUSIYATLARI. QORIN BO‘SHLIG‘IDA
JOYLASHGAN A’ZOLARNING UMUMIY OBZORI. ME’DANING
FUNKSIONAL VA KLINIK ANATOMIYASI
Xalqum
Xalqum - pharynx - hazm a’zolarini va nafas a’zolarini o`zaro kesishgan
qismi bo`lib hisoblanadi. Xalqum kalla suyagi asosidan boshlanib VI-VII bo`yin
umurtqalari sohasigacha davom etadi. Xalqum og`iz bo`shlig`i va hiqildoqlarning
orasida joylashadi. SHu sababdan xalqumni uch qismga bo`lishimiz mumkin:
burun qismi - pars nasalis; og`iz qismi - pars oralis; hiqildoq qismi - pars
laryngea. Xalqumning kalla asosiga to`g`ri kelgan qismiga xalqum gumbazi -
fornix pharyngis deyiladi. Xalqumning burun qismi - kalla asosi bilan yumshoq
tanglay sohasi orasida joylashgan. Xalqumning bu qismiga burun bo`shlig`ining
davomi bo`lib hisoblangan xoanalar ochiladi. O`rta quloq bo`shlig`idan
boshlanadigan tubae auditivae – eshituv nayi yoki YEvstaxiy nayi ham
xalqumning burun qismi sohasiga ochiladi va bu teshikga ostium pharyngeum
tubae deyiladi. Bu teshik atrofidagi shilliq qavatda limfo - epitelial to`qimalar
yig`ilgan bo`lib - nay murtagi - tonsilla tubaria deyiladi. SHunday murtak
xalqum gumbazi sohasidagi shilliq qavatda ham uchraydi va xalqum murtagi -
tonsilla pharyngea deyiladi. Murtaklardagi chuqurchalarga fossulae tonsillae,
ulardagi tirqishlarga cryptae tonsillae deyiladi. Bu murtaklar xususiy og`iz
bo`shlig`i devoridagi tanglay murtaklari - tonsilla palatinae va til murtagi -
tonsilla lingualis lar bilan birgalikda limfo-epitelial xalqani tashkil etadi. Eshituv
nayining teshigi sohasidagi shilliq qavatda ikkita burma: plica salpingopharyngea
– nay – xalqum burmasi va plica salpingopalatina – nay – tanglay burmasi va
eshituv nayi bo`rtiq maydoni – torus tubarius ko`rinadi. Xalqumning burun
qismidagi yana bir bo`rtiq maydoncha tanglayni ko`taruvchi mushakdan tashkil
topib torus levatorius deyiladi. Xalqumning og`iz qismidagi xiqildoq usti tog`ayi
sohasidagi chuqur vallecula epiglottica, bu tog`ay va til orasida lateral burma –
plica glossoepiglottica lateralis va medial burma – plica glossoeiglottica
mediana ko`rinadi.
Og`iz bo`shlig`i va xalqum (sagittal kesimida).
1 - concha nasalis inferior;
2 - concha nasalis media;
3 - concha nasalis superior;
4 - tonsilla pharyngealis;
5 - ostium pharyngeum tubae auditivae;
6 - tonsilla palatina;
7 - arcus palatopharyngeus;
8 - esophagus;
9 - trachea;
10 - larynx;
11 - tonsilla lingualis;
12 - arcus palatoglossus.
Xalqumning xiqildoq qismida noksimon cho`ntaklar recessus piriformis
ko`rinadi. Xalqumning qizilo`ngachga o`tish sohasi toraygan bo`lib constrictio
pharyngoesophagealis deyiladi.
Xalqumning asosini fibroz to`qima qavati tashkil etadi. Bu qavat ichki
tarafdan shilliq qavat bilan, tashqi tarafdan esa mushak qavat bilan qoplangan
bo`ladi. O`z navbatida mushak qavati tashqi tarafdan fassiya bilan o`ralgan
bo`ladi. Xalqum ichki yuzasidagi shilliq qavat burun sohasida kiprikli epiteliy
bilan qoplangan. Qolgan qismlarda shilliq qavat ko`p qavatli yassi epiteliy va
shilliq bezlari bilan qoplangan bo`ladi.
Xalqumning mushaklari ko`ndalang - targ`il tolalardan tuzilgan bo`lib,
bo`ylama va qisuvchi guruhlarga bo`linadi. Qisuvchi mushaklar 3 qavat shaklda
joylashib: m. constrictor pharyngis superior, m. constrictor pharyngis medius,
m. constrictor pharyngis inferior deyiladi. 1). M. constrictor pharyngis
superior – quyidagi qismlarga bo`linadi: a) pars pterygopharyngea – qanotsimon
– xalqum qismi - asosiy suyakning qanotsimon o`simtalaridan boshlanadi; b) pars
buccopharyngea – lunj – xalqum qismi; qanot – pastki jag` boylamidan
boshlanadi; v) pars mylopharyngea – pastki jag` – xalqum qismi; pastki jag`
suyagining linea mylochyoidea chizig`idan boshlanadi; g) pars glossopharyngea
– til – xalqum qismi tilning yon sohasidan boshlanadi.
2). M. constrictor pharyngis medius – quyidagi qismlardan tashkil topgan:
a) pars chondropharyngea – til osti suyaginig tanasidan boshlanib, xalqumga
birikadi; b) pars ceratopharyngea – til osti suyagining shoxlaridan boshlanib,
xalqumga birikadi.
3). M. constrictor pharyngis inferior til osti suyagining lateral yuzasidan,
qalqonsimon va uzuksimon tog`aylardan boshlanadi. – quyidagi qismlarga
bo`linadi: a) pars thyropharyngea – qalqonsimon tog`aydan boshlanadi; b) pars
cricopharyngea – uzuksimon tog`aydan boshlanadi. Xalqumning qisuvchi
mushaklari xalqum devoridagi chok sohasiga birikadi.
Vazifasi: luqmani yutish jarayonida ishtirok etib, xalqumni toraytiradi,
ko`taradi
va
xalqumni
uzunligini
kamaytiradi.
Innervatsiyasi:
n.
glossopharybgeus (IX); n. vagus (m. constrictor pharynx inferior). Xalqumning
bo`ylama mushaklariga quyidagilar kiradi: 1) m. stylopharyngeus – bigizsimon –
xalqum mushagi – chakka suyagining bigizsimon o`simtasidan boshlanib,
xalqumga birikadi. 2) M. salpingopharyngeus – nay – xalqum mushagi.
xalqumning burun qismidagi eshituv nayi teshigi sohasida boshlanib, xalqumga
birikadi.
Vazifasi: xalqumni ko`taradi. Innervatsiyasi: n. glossopharyngeus (IX).
3) m. palatopharyngeus – tanglay - xalqum mushagi – yumshoq
tangalaydan, qanotsimon o`simtaning ilmog`i hamulus pterygoideus dan
boshlanib xalqum devoriga birikadi.
Xalqum mushaklari (orqa tomondan).
1 - dorsum sellae, 2 -
clivus, 3 - ala minor ossis sphenoidalis, 4 - meatus
acusticus internus, 5 - os temporale, 6 - os occipitale, 7 -
processus mastoideus, 8 - fascia pharyngobasilaris, 9 -
processus styloideus, 10 - ramus mandibulae, 11 - raphe
pharyngis, 12 - m. digastricus (venter posterior), 13 -
angulus mandibulae, 14 - basis mandibulae, 15 - m.
constrictor
pharyngis
medius,
16
-
m.
salpyngopharyngeus, 17 - trachea, 18 - oesophagus, 19 -
m. constrictor pharyngis inferior, 20 - lig. thyrohyoideum, 21 - cornu majus ossis
hyoidei, 22 - m. stylohyoideus, 23 - m. pterygoideus medialis, 24 - m.
stylopharyngeus, 25 - m. constrictor pharyngis superior, 26 - fascia
pharyngobasilaris, 27 - arcus zygomaticus, 28 - foramen jugulare.
Murtaklar - tonsillae
xalqumning shilliq qavatida limfa to`qimasining yig`indisidan tashkil
topadi.
Xalqumdagi Pirogov-Valdeyer murtaklar xalqasi quyidagi murtaklardan hosil
bo`ladi: juft - tonsillae palatinae, tonsilla tubariae; toq - tonsillae pharyngea,
tonsillae lingualis. Tanglay murtagi - tonsillae palatinae xalqumning og`iz
qismining shilliq qavatidagi chuqurcha - fossa tonsillares sohasida joylashadi. Bu
chuqurcha ikki ravoq: arcus palatoglossus va arcus palatopharyngeus orasida
joylashadi.
Xalqum murtagi - tonsillae pharyngea - xalqum shilliq qavatining burun
qismining yuqori devori sohasida joylashadi.
Nay murtaklari - tonsillae tubariae - xalqumning burun qismidagi shilliq
qavatida - eshituv naylarining boshlanish sohasida joylashadi.
Til murtagi - tonsillae lingualis - til ildizining shilliq qavatida joylashadi.
Qizilo`ngach - esophagus
Qizilo`ngach - esophagus - xalqumning davomi bo`lib, me’dagacha davom
etadi. Qizilo`ngachning joylashish sohasi VI bo`yin umurtqa sohasidan XI
ko`krak umurtqa sohasigacha davom etadi va o`rtacha 23-25 sm tashkil etadi.
Qizilo`ngachda bo`yin qismi - partes cervicalis, ko`krak qismi - partes thoracica
va qorin qismi - partes abdominalis bo`ladi. Qizilo`ngachning bo`yin qismi -
bo`yin umurtqalari sohasiga to`g`ri keladi. Ko`krak qismi diafragmagacha davom
etsa, diafragma ostida qizilo`ngachning qorin qismi joylashadi. Qizilo`ngach
bo`shlig`i hamma sohada ham bir xil diametrga ega emas. Qizilo`ngachning ba’zi
joylarda torayma sohalari bo`ladi. Qizilo`ngachning anatomik toraymalari quyidagi
sohalarda joylashadi: 1) xalqumning qizilo`ngachga o`tish sohasida – xalqum
toraymasi – constrictio pharyngooesophagealis; 2) bronxial torayma –
traxeyaning asosiy bronxlarga bo`linish sohasida, qizilo`ngachning bronxlarni
hosil bo`lishi sohasida – constrictio bronchialis; 3) diafragmal torayma –
qizilo`ngachning
diafragmadan
o`tish
sohasida
–
constrictio
phrenica.
Qizilo`ngachda fiziologik toraymalar ham bo`ladi: 1) aortal torayma –
qizilo`ngachning aorta bilan kesishish sohasida; 2) kardial torayma -
qizilo`ngachning oshqozonga o`tish sohasida joylashadi.
Qizilo`ngach devori 4 qavatdan tashkil topadi va quyidagi qavatlari bo`ladi:
1) shilliq qavat - tunica mucosa - qizilo`ngachning ichki yuzasida bo`lib,
shilliq ishlab chiqaruvchi bezlar – glandulae oesophageae ga boy qavatdir;
2) shilliq osti qavat – tela submucosa - bu qavat hisobiga shilliq qavatda
burmalar hosil bo`ladi;
3) mushak qavat – tunica muscularis – yuqori qismida ko`ndalang targ`il
tolalardan tashkil topgan bo`lib, pastki qismida silliq mushak tolalariga davom
etadi. Mushak qavati ikki guruhdan - tashqi bo`ylama yo`nalgan tolalardan va ichki
– xalqasimon yo`nalgan mushak tolalaridan hosil bo`ladi. Qizilo`ngayaning
mushak qavatida quyidagi mushaklarni ajratish mumkin:
a) tendo cricooesophageus – xiqildoqning uzuksimon tog`ayidan boshlanadigan
mushak payi;
b) m. bronchooesophageus – broxlardan boshlanadigan mushak; v) m.
pleurooesophageus – plevralarda boshlanadigan mushak.
4) Qizilo`ngachning tashqi yuzasi - tunica abventitia - qo`shuvchi to`qima
bilan qoplangan.
Qizilo`ngachning pars abdominalis qismi tashqi tarafdan qorin parda bilan
o`ralgan bo`ladi.
Qizilo`ngach.
1 - pars laryngea pharyngis,
2 - yuqori torayma,
3 - pars cervicalis,
4 - pars thoracica,
5 - o`rta torayma,
6 - pars thoracica,
7 - diaphragma,
8 - pastki torayma,
9 - pars cardiaca ventriculi,
10 - pars abdominalis.
Katta yoshdagi odamlarda qizilo`ngachning uzunligi 23-25 sm bo`ladi.
Kesuv tishlar sohasidan qizilo`ngachgacha 15-17 sm masofa borligi hisoblansa:
kesuv tishlardan me’dagacha bo`lgan masofa 40-42 sm ni tashkil etadi.
Qorin bo`shlig`i to`g`risida umumiy ma’lumot
Qorin bo`shlig`i - cavitas abdominis ning yuqori devorini diafragma, oldingi
devorini qorin mushaklari, orqa devorini umurtqa pog`anasi, bel mushaklari
tashkil etadi. Qorin bo`shlig`i pastki sohada chanoq bo`shlig`iga davom etadi.
Qorin bo`shlig`ining devorlari va bo`shliqdagi a’zolar seroz parda - qorin parda
bilan o`ralgan bo`ladi. Qorin parda a’zolarni hamma tarafdan o`rab olsa -
introperitoneal a’zolar deyiladi, a’zolar uch tarafdan o`ralsa - mezoperitoneal
a’zolar, faqat bir tarafdan o`ralsa - ekstroperetoneal a’zolar deyiladi.
Me’da.
Me’da - ventriculus seu gaster - qorin bo`shlig`ining yuqori qavatidagi a’zo
bo`lib, ko`p qismi chap sohada joylashadi. Me’dada oldingi devori – paries
anterior va orqa devori paries posterior bo`ladi.
Me’daning qizilo`ngach bilan tutashish sohasi pars cardiaca deyilib,
qizilo`ngachning me’daga o`tish teshigi ostium cardiacum deyiladi. Me’daning
12 barmoqli ichakga o`tish sohasini pars pylorica, shu sohadagi teshik esa ostium
pyloricum deyiladi. Me’daning chap tarafga yo`nalgan, gumbaz shaklidagi
qismi - me’daning tubi - fundus yoki gumbazi fornix deyiladi. Me’daning
gumbaz qismidan uning chiqish sohasigacha bo`lgan qismi - me’daning tanasi -
corpus ventriculi deyiladi.
Me’daning pars pylorica qismining tanaga yaqin sohasi kengayib antrum
pyloricum va 12 barmoqli ichakga davom etadigan qismiga canalis pyloricus
deyiladi.
Me’daning yuqori va o`ng tarafidagi kichik egriligiga curvatura ventriculi
minor, qabariq holdagi pastga va o`ng tarafga yo`nalgan katta egriligiga -
survatura ventriculi major deyilada.
Me’da tanasining pilorik qismiga o`tish sohasida kichik va katta egriliklar
o`zaro qo`shilib, burchak hosil etadi va bu sohani angulus ventriculi deyiladi.
Bu sohaning kichik egrilik tugash qismida o`yma bo`lib - incesura angularis
deyiladi.
Me’da shilliq qavati.
1 - incisura cardiaca ventriculi,
2 - fundus ventriculi,
3 - plicae gastricae,
4 - tunica mucosa,
5 - tela submucosa ventriculi,
6 - tunica muscularis ventriculi,
7 - ostium pyloricum,
8 - m. sphincter,
9 - pars pylorica,
10 – incisura angularis,
11.12 – plicae gastricae,
13 - ostium cardiacum,
14 – oesophagus.
Me’daning devori 4 qavatdan iborat.
1. Ichki yuzasida shilliq qavat - tunica mucosa burmalar plica gastricae ni
hosil etadi. Me’da shirasi saccus gastricus ni ishlab chiqadigan bezlar ham shilliq
qavatda joylashadi. Bu bezlar joylashiga ko`ra bir necha guruhga bo`linadi: a)
me’daning kirish qismida joylashgan bezlar - glandulae cardiacae; b) me’daning
tanasi va gumbaz qismidagi xususiy bezlar - glandulae gastricae propriae - ikki
turkumdagi hujayralardan tashkil topgan: asosiy xujayralar pepsinogen
fermentini; qo`shimcha hujayralar xlorid kislotasini ishlaydi. v) me’daning 12