HAQIQIY DON EKINLARI

Yuklangan vaqt

2024-11-04

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

30,2 KB


 
 
 
 
 
 
HAQIQIY DON EKINLARI 
 
 
  Reja. 
1. Kuzgi va bahorgi don ekinlari 
2. Bug‘doy. 
3. Kuzgi va bahorgi bug‘doyning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva 
biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 
4. Kuzgi javdarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik 
xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 
5. Kuzgi arpaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik 
xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 
6. Sulining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, 
ekish muddatlari usullari va meyori. 
 
 
 
Don ekinlari 2 ta biologik guruhga: kuzgi va bahorgi don ekinlariga bo‘linadi. 
Kuzgi don ekinlariga-kuzgi bug‘doy, kuzgi javdar, tritikale va kuzgi arpa 
kiradi. Ular kuzda ekilib qishlagandan keyin yozda hosil beradi. Agar kuzgi ekinlar 
bahorda ekilsa, ular shoxlanadi, ammo boshoq bermaydi, ularning rivojlanish 
davrida past temperatura zarur, 30-60 kun orasida temperatura -0-30 C bo‘lishi kerak 
(tuplanish fazasida 10-120 C).  
Bahorgi don ekinlari (bahorgi bug‘doy, bahorgi javdar, bahorgi arpa, suli va 
tariqsimon ekinlar) erta bahorda ekiladi, hosili shu yili yozda yig‘ib olinadi.  
Kuzgi va bahorgi shakllaridan tashqari yana oraliq shakllari ham mavjud. 
Ularga Kavkaz bug‘doyi (dvuruchka) kiradi, bahorda ekilsa boshoq chiqarishga 
HAQIQIY DON EKINLARI Reja. 1. Kuzgi va bahorgi don ekinlari 2. Bug‘doy. 3. Kuzgi va bahorgi bug‘doyning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 4. Kuzgi javdarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 5. Kuzgi arpaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 6. Sulining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Don ekinlari 2 ta biologik guruhga: kuzgi va bahorgi don ekinlariga bo‘linadi. Kuzgi don ekinlariga-kuzgi bug‘doy, kuzgi javdar, tritikale va kuzgi arpa kiradi. Ular kuzda ekilib qishlagandan keyin yozda hosil beradi. Agar kuzgi ekinlar bahorda ekilsa, ular shoxlanadi, ammo boshoq bermaydi, ularning rivojlanish davrida past temperatura zarur, 30-60 kun orasida temperatura -0-30 C bo‘lishi kerak (tuplanish fazasida 10-120 C). Bahorgi don ekinlari (bahorgi bug‘doy, bahorgi javdar, bahorgi arpa, suli va tariqsimon ekinlar) erta bahorda ekiladi, hosili shu yili yozda yig‘ib olinadi. Kuzgi va bahorgi shakllaridan tashqari yana oraliq shakllari ham mavjud. Ularga Kavkaz bug‘doyi (dvuruchka) kiradi, bahorda ekilsa boshoq chiqarishga  
 
ulgurib, hosil yetiladi. Kuzda ekilganda qish qattiq bo‘lmaganda qishlab ham hosil 
beradi.  
Kuzgi don ekinlarining hosildorligi bahorgi don ekinlariga qaraganda 
gektariga 0,8-1 t.ga yuqori bo‘ladi. O‘z muddatida ekilgan kuzgi don ekinlari ko‘p 
miqdorda massa to‘playdi, chunki ularning vegetatsiya davri 120-150 kun, bahorgi 
don ekinlariniki esa 90-100 kun davom etadi.  
O‘zbekiston sharoitida ikki muddatda: kuzda va bahorda ekiladigan yarim 
kuzgi yoki duvarak navlar ham ekiladi. Kuzgi don ekinlari (kuzgi bug‘doy, kuzgi 
arpa, kuzgi javdar) kuzda ekiladi va yanagi yilning yozida hosil yetiladi.  
Ishlab chiqarishda kuzgi don ekinlarini xo‘jalik tomonidan afzallik tomonlari 
ham bor. Kuzgi don ekinlari va erta bahorgi yog‘ingarchilik suvlaridan va 
tuproqning unumdorligidan to‘la foydalanadi, shu sababli hosildorligi yuqori bo‘ladi 
(10-15%). Kuzgi don ekinlarining hosili bahorgiga nisbatan oldin pishadi (7-15 kun) 
va hosil yig‘ish ishlarini tashkil qilishda ancha qulaylik yaratadi. Kuzgi ekinlar 
yig‘ib olingandan so‘ng qo‘shimcha ang‘iz ekinlari o‘sha maydonda yem-xashak 
uchun ekiladi. Kuzgi don ekinlari gektariga 60-70 s hosil beradi.  
 Haqiqiy don ekinlarig uruhiga kiradigan g‘alla ekinlari. Bular 
g‘allasimonlar oilasiga kiruvchi tipik kuzgi va bahori donli ekinlar; bug‘doy, arpa, 
javdar, sulidir. Farq qiladigan xususiyatlari: donida uzunasiga ketgan egatcha 
bo‘ladi, bir nechta ildiz otib o‘sadi; tupguli boshoq va ro‘vak (sulida) bo‘ladi; 
boshoqlarining pastki gullari yaxshi rivojlangan, yuqorigi gullari esa meva 
tugmaydigan yoki kichrayib ketgan bo‘ladi; poyasi poxol bo‘lib, odatda ichi 
kovakdir. Ular uzun kun o‘simligi hisoblanadi. Issiqqa uncha ham talabchan emas, 
ammo tariqsimon g‘alla ekinlariga qaraganda namni ko‘proq talab qiladi. 
Bug‘doy 
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Bug‘doy Yer yuzida eng qimmatli va keng 
tarqalgan donli ekindir. Yer yuzidagi aholini yarmidan ko‘pi bug‘doy nonini ovqat 
uchun ishlatadi. Bug‘doy noni ta’mi va qiymati bo‘yicha boshqa don ekinlari unidan 
tayyorlangan nondan ustun turadi. 100 gr bug‘doy nonida 245-255 kkal, 100 gr 
makaron va bug‘doy yormasidan 355-358 kkal bo‘ladi.  
Bug‘doy donida 11 dan 20% gacha oqsil, 63-74% kraxmal, 2% gacha moy va 
shuncha miqdorda kletchatka va kul bo‘ladi. Bug‘doy donining sifati ya’ni 
ulgurib, hosil yetiladi. Kuzda ekilganda qish qattiq bo‘lmaganda qishlab ham hosil beradi. Kuzgi don ekinlarining hosildorligi bahorgi don ekinlariga qaraganda gektariga 0,8-1 t.ga yuqori bo‘ladi. O‘z muddatida ekilgan kuzgi don ekinlari ko‘p miqdorda massa to‘playdi, chunki ularning vegetatsiya davri 120-150 kun, bahorgi don ekinlariniki esa 90-100 kun davom etadi. O‘zbekiston sharoitida ikki muddatda: kuzda va bahorda ekiladigan yarim kuzgi yoki duvarak navlar ham ekiladi. Kuzgi don ekinlari (kuzgi bug‘doy, kuzgi arpa, kuzgi javdar) kuzda ekiladi va yanagi yilning yozida hosil yetiladi. Ishlab chiqarishda kuzgi don ekinlarini xo‘jalik tomonidan afzallik tomonlari ham bor. Kuzgi don ekinlari va erta bahorgi yog‘ingarchilik suvlaridan va tuproqning unumdorligidan to‘la foydalanadi, shu sababli hosildorligi yuqori bo‘ladi (10-15%). Kuzgi don ekinlarining hosili bahorgiga nisbatan oldin pishadi (7-15 kun) va hosil yig‘ish ishlarini tashkil qilishda ancha qulaylik yaratadi. Kuzgi ekinlar yig‘ib olingandan so‘ng qo‘shimcha ang‘iz ekinlari o‘sha maydonda yem-xashak uchun ekiladi. Kuzgi don ekinlari gektariga 60-70 s hosil beradi. Haqiqiy don ekinlarig uruhiga kiradigan g‘alla ekinlari. Bular g‘allasimonlar oilasiga kiruvchi tipik kuzgi va bahori donli ekinlar; bug‘doy, arpa, javdar, sulidir. Farq qiladigan xususiyatlari: donida uzunasiga ketgan egatcha bo‘ladi, bir nechta ildiz otib o‘sadi; tupguli boshoq va ro‘vak (sulida) bo‘ladi; boshoqlarining pastki gullari yaxshi rivojlangan, yuqorigi gullari esa meva tugmaydigan yoki kichrayib ketgan bo‘ladi; poyasi poxol bo‘lib, odatda ichi kovakdir. Ular uzun kun o‘simligi hisoblanadi. Issiqqa uncha ham talabchan emas, ammo tariqsimon g‘alla ekinlariga qaraganda namni ko‘proq talab qiladi. Bug‘doy Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Bug‘doy Yer yuzida eng qimmatli va keng tarqalgan donli ekindir. Yer yuzidagi aholini yarmidan ko‘pi bug‘doy nonini ovqat uchun ishlatadi. Bug‘doy noni ta’mi va qiymati bo‘yicha boshqa don ekinlari unidan tayyorlangan nondan ustun turadi. 100 gr bug‘doy nonida 245-255 kkal, 100 gr makaron va bug‘doy yormasidan 355-358 kkal bo‘ladi. Bug‘doy donida 11 dan 20% gacha oqsil, 63-74% kraxmal, 2% gacha moy va shuncha miqdorda kletchatka va kul bo‘ladi. Bug‘doy donining sifati ya’ni  
 
tarkibidagi oqsil, uning naviga, bug‘doy yetishtirilayotgan mintaqaning tuproq-iqlim 
sharoitiga qarab o‘zgaradi. Bug‘doy nondan tashqari makaron va qandolat 
mahsulotlari tayyorlash uchun ishlatiladi. Donidan spirt, kraxmal, yelim va boshqa 
turli xil texnik mahsulotlar olinadi. Un tayyorlashdagi chiqindilari va xashagi mollar 
uchun ozuqa va to‘shama sifatida ishlatiladi. Kuzgi bug‘doy ertagi ko‘kat o‘g‘it 
uchun ekiladi.  
Bug‘doy qadimiy o‘simlik bo‘lib, u dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida 
ekiladi. Bug‘doyning vatani Osiyo mintaqasi. Bug‘doy Iroqda 6500 yil oldin, 
Xitoyda eramizdan 3000 yil oldin ekilgan. Lotin Amerikasida bug‘doy ekin sifatida 
Amerika kashf qilingandan keyin ma’lum bo‘lgan (1526 yildan keyin). Bug‘doy 
ekiladigan mamlakatlarga: Xitoy, AQSH, Hindiston, Kanada, Fransiya, Argentina 
kiradi. Yevropada va AQShda kuzgi bug‘doy ko‘proq ekiladi.  
Dunyo dehqonchiligida bug‘doy 239 mln gektar yerga ekiladi. O‘rtacha 
hosildorligi gektariga 25 s ni tashkil etadi.  
O‘zbekistonda 1998 yili sug‘oriladigan maydonlarda 1 mln gektar yerga, 
lalmikor yerlarda 300 ming.ga ekilgan. Hosildorligi lalmikor yerlarda 8-12 s ga, 
sug‘oriladigan yerlarda o‘rtacha 35-40 s ni tashkil etgan. Ayrim ilg‘or xo‘jaliklarda 
gektaridan 70-80 ts don hosili olinmoqda. 
Bug‘doyning turlari. Bug‘doy Triticum avlodiga mansubdir. Bu avlodga 
bug‘doyning 24 ta turi kiradi. Keng tarqalgan va ahamiyatga ega bo‘lgan turlariga - 
qattiq va yumshoq bug‘doy kiradi. Yumshoq va qattiq bug‘doy doni tarkibidagi 
oqsilning miqdori bo‘yicha bir biridan farq qiladi. Qattiq bug‘doy unidan makaron 
mahsuloti tayyorlanadi. O‘zbekistonda qattiq bug‘doy kam tarqalgan. Bu turlar 
morfologik belgilari bidan bir-biridan farq qiladi.  
Yumshoq bug‘doy yoki oddiy bug‘doy- Triticum aestivum. Boshog‘i uzun, 
siyrak oldi tomoni ancha enli bo‘ladi. Boshog‘i qiltiqli va qiltiqsiz bo‘lib, qiltig‘ini 
uzunligi boshog‘idan kalta bo‘ladi va yoniga yelpig‘ichsimon shaklda yo‘nalgan 
bo‘ladi. Donini uchida popukchasi bo‘ladi. Donining usti unli, yarim shishasimon 
bo‘ladi. Yumshoq bug‘doyning bahorgi va kuzgi xillari bo‘ladi. Non yopish 
sanoatida yumshoq bug‘doy uni yuqori baholanadi.  
Qattiq bug‘doy -Triticum durum. Ekin maydoni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda 
turadi. Boshog‘i yirik, boshog‘ida donlari zich joylashgan. Faqat qiltiqli shakllari 
tarkibidagi oqsil, uning naviga, bug‘doy yetishtirilayotgan mintaqaning tuproq-iqlim sharoitiga qarab o‘zgaradi. Bug‘doy nondan tashqari makaron va qandolat mahsulotlari tayyorlash uchun ishlatiladi. Donidan spirt, kraxmal, yelim va boshqa turli xil texnik mahsulotlar olinadi. Un tayyorlashdagi chiqindilari va xashagi mollar uchun ozuqa va to‘shama sifatida ishlatiladi. Kuzgi bug‘doy ertagi ko‘kat o‘g‘it uchun ekiladi. Bug‘doy qadimiy o‘simlik bo‘lib, u dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. Bug‘doyning vatani Osiyo mintaqasi. Bug‘doy Iroqda 6500 yil oldin, Xitoyda eramizdan 3000 yil oldin ekilgan. Lotin Amerikasida bug‘doy ekin sifatida Amerika kashf qilingandan keyin ma’lum bo‘lgan (1526 yildan keyin). Bug‘doy ekiladigan mamlakatlarga: Xitoy, AQSH, Hindiston, Kanada, Fransiya, Argentina kiradi. Yevropada va AQShda kuzgi bug‘doy ko‘proq ekiladi. Dunyo dehqonchiligida bug‘doy 239 mln gektar yerga ekiladi. O‘rtacha hosildorligi gektariga 25 s ni tashkil etadi. O‘zbekistonda 1998 yili sug‘oriladigan maydonlarda 1 mln gektar yerga, lalmikor yerlarda 300 ming.ga ekilgan. Hosildorligi lalmikor yerlarda 8-12 s ga, sug‘oriladigan yerlarda o‘rtacha 35-40 s ni tashkil etgan. Ayrim ilg‘or xo‘jaliklarda gektaridan 70-80 ts don hosili olinmoqda. Bug‘doyning turlari. Bug‘doy Triticum avlodiga mansubdir. Bu avlodga bug‘doyning 24 ta turi kiradi. Keng tarqalgan va ahamiyatga ega bo‘lgan turlariga - qattiq va yumshoq bug‘doy kiradi. Yumshoq va qattiq bug‘doy doni tarkibidagi oqsilning miqdori bo‘yicha bir biridan farq qiladi. Qattiq bug‘doy unidan makaron mahsuloti tayyorlanadi. O‘zbekistonda qattiq bug‘doy kam tarqalgan. Bu turlar morfologik belgilari bidan bir-biridan farq qiladi. Yumshoq bug‘doy yoki oddiy bug‘doy- Triticum aestivum. Boshog‘i uzun, siyrak oldi tomoni ancha enli bo‘ladi. Boshog‘i qiltiqli va qiltiqsiz bo‘lib, qiltig‘ini uzunligi boshog‘idan kalta bo‘ladi va yoniga yelpig‘ichsimon shaklda yo‘nalgan bo‘ladi. Donini uchida popukchasi bo‘ladi. Donining usti unli, yarim shishasimon bo‘ladi. Yumshoq bug‘doyning bahorgi va kuzgi xillari bo‘ladi. Non yopish sanoatida yumshoq bug‘doy uni yuqori baholanadi. Qattiq bug‘doy -Triticum durum. Ekin maydoni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Boshog‘i yirik, boshog‘ida donlari zich joylashgan. Faqat qiltiqli shakllari  
 
bo‘ladi. Qiltiqlari boshog‘idan uzun bo‘lib unga parallel holda yo‘nalgan. Doni yirik, 
cho‘ziq, pastga qarab qisilgan bo‘ladi. Ko‘ndalang kesimi burchaksimon bo‘ladi, 
yumshoq bug‘doyniki esa yumaloq bo‘ladi. Doni shishasimon yaltiroq. Donining 
uchida popukchasi kam ifodalangan yoki umuman bo‘lmaydi. Qattiq bug‘doy uni 
makaron, vermishel, oliy navlarini tayyorlashda va bug‘doy yormasini tayyorlashda 
ishlatiladi. Qattiq bug‘doy unidan yumshoq bug‘doyga qaraganda yaxshi non 
yopilmaydi, non kam g‘ovakli bo‘ladi. Qattiq bug‘doy asosan bahorgi qilib ekiladi.  
Bug‘doy qo‘ng‘irboshlilar oilasi (Poaseae), Triticum.L avlodiga  mansub 
bo‘lib, bu avlod 1976 yilda akademik D.D.Bregidov ma’lumoti bo‘yicha 27 ta 
madaniy va yovvoyi turlariga ega. Morfologik va xo‘jalik belgilariga qarab 
bug‘doyning hamma madaniy turlari 2 guruhga bo‘linadi. 
1. Haqiqiy yoki ochiq donli bug‘doy. Haqiqiy bug‘doyning o‘zagi pishiq 
bo‘lib, boshoq yetilganda u ayrim boshoqchalarga bo‘linib ketmaydi. Doni ochiq 
bo‘ladi va ancha oson yanchiladi. Bu guruhga bug‘doyning quyidagi o‘nta turi: dik, 
qattiq bug‘doy, Mesopotamiya bug‘doyi, polonikum, turgidum, yumaloq donli 
bug‘doy, yumshoq bug‘doy, van bug‘doyi, zamburug‘qirqar bug‘doy va miletini 
bug‘doyi kiradi. 
2.Polbasimon yoki po‘stli bug‘doy. Polbasimon bug‘doylar shu bilan farq 
qiladiki, boshog‘ining o‘zagi mo‘rt bo‘lib yetilganda boshroq o‘zagining bo‘g‘imlari 
bilan birga ayrim boshoqchalarga ajralib ketadi. Doni yanchilganda boshoqchalardan 
ajralmasdan qolaveradi. Bug‘doy-ning qolgan hamma 14 ta turi, chunonchi yovvoyi 
holda o‘sadigan yakka donli bug‘doylar, ekiladigan yakka donli bug‘doy, polbalar, 
spelta, zanduri, max bug‘doyi va boshqalar ushbu guruhga kiradi. 
 
Kuzgi bug‘doy 
 
Barcha donli ekinlar biologik xususiyatlariga ko‘ra kuzgi va bahorgi 
shakllarga bo‘linadi.  
Kuzgi bug‘doy eng qimmatli va serhosil don ekinlari qatoriga kiradi. U kuzgi 
va erta bahordagi namlikdan hamda oziq moddalaridan yaxshi foydalanadi. Bahorgi 
bug‘doyga qaraganda qurg‘oqchilikdan kam qiynaladi. Kuzgi bug‘doy kuzda ekilib, 
qishlab chiqqandan keyin, kelasi yili hosil beradi. Kuzgi bug‘doyning bahorgi 
bo‘ladi. Qiltiqlari boshog‘idan uzun bo‘lib unga parallel holda yo‘nalgan. Doni yirik, cho‘ziq, pastga qarab qisilgan bo‘ladi. Ko‘ndalang kesimi burchaksimon bo‘ladi, yumshoq bug‘doyniki esa yumaloq bo‘ladi. Doni shishasimon yaltiroq. Donining uchida popukchasi kam ifodalangan yoki umuman bo‘lmaydi. Qattiq bug‘doy uni makaron, vermishel, oliy navlarini tayyorlashda va bug‘doy yormasini tayyorlashda ishlatiladi. Qattiq bug‘doy unidan yumshoq bug‘doyga qaraganda yaxshi non yopilmaydi, non kam g‘ovakli bo‘ladi. Qattiq bug‘doy asosan bahorgi qilib ekiladi. Bug‘doy qo‘ng‘irboshlilar oilasi (Poaseae), Triticum.L avlodiga mansub bo‘lib, bu avlod 1976 yilda akademik D.D.Bregidov ma’lumoti bo‘yicha 27 ta madaniy va yovvoyi turlariga ega. Morfologik va xo‘jalik belgilariga qarab bug‘doyning hamma madaniy turlari 2 guruhga bo‘linadi. 1. Haqiqiy yoki ochiq donli bug‘doy. Haqiqiy bug‘doyning o‘zagi pishiq bo‘lib, boshoq yetilganda u ayrim boshoqchalarga bo‘linib ketmaydi. Doni ochiq bo‘ladi va ancha oson yanchiladi. Bu guruhga bug‘doyning quyidagi o‘nta turi: dik, qattiq bug‘doy, Mesopotamiya bug‘doyi, polonikum, turgidum, yumaloq donli bug‘doy, yumshoq bug‘doy, van bug‘doyi, zamburug‘qirqar bug‘doy va miletini bug‘doyi kiradi. 2.Polbasimon yoki po‘stli bug‘doy. Polbasimon bug‘doylar shu bilan farq qiladiki, boshog‘ining o‘zagi mo‘rt bo‘lib yetilganda boshroq o‘zagining bo‘g‘imlari bilan birga ayrim boshoqchalarga ajralib ketadi. Doni yanchilganda boshoqchalardan ajralmasdan qolaveradi. Bug‘doy-ning qolgan hamma 14 ta turi, chunonchi yovvoyi holda o‘sadigan yakka donli bug‘doylar, ekiladigan yakka donli bug‘doy, polbalar, spelta, zanduri, max bug‘doyi va boshqalar ushbu guruhga kiradi. Kuzgi bug‘doy Barcha donli ekinlar biologik xususiyatlariga ko‘ra kuzgi va bahorgi shakllarga bo‘linadi. Kuzgi bug‘doy eng qimmatli va serhosil don ekinlari qatoriga kiradi. U kuzgi va erta bahordagi namlikdan hamda oziq moddalaridan yaxshi foydalanadi. Bahorgi bug‘doyga qaraganda qurg‘oqchilikdan kam qiynaladi. Kuzgi bug‘doy kuzda ekilib, qishlab chiqqandan keyin, kelasi yili hosil beradi. Kuzgi bug‘doyning bahorgi  
 
bug‘doydan farqi, ularning birinchi boshlang‘ich rivojlanish davri past (00 dan 100 
gacha ) haroratda 30-65 kun davom etadi. Bahorgi bug‘doy esa boshlang‘ich 
rivojlanish davrini 5-100 C va undan yuqori haroratda 7-12 kun, ya’ni tez muddat 
ichida o‘tadi. Demak, biologik jihatdan kuzgi navlarni bahorda ekish mumkin emas, 
chunki bahorda talab qilinadigan harorat bo‘lmaganligi sababli, o‘simliklar faqat 
tuplanadi xolos, mutlaqo boshoq chiqarmay va hosil bermaydi. 
Kuzgi bug‘doy urug‘i 120 C da unib chiqa boshlaydi, ammo harorat 14 150 
C bo‘lganda urug‘lari tez unib chiqadi. Bug‘doy uchun muqobil harorat 18 200 C. 
Kuzgi bug‘doy navlari -100 C va undan ham past sovuqga chidaydi. Qorsiz qishda 
bug‘doy -16-180 C da nobud bo‘ladi. Qor qalinligi 20 sm bo‘lganda -300 C sovuqga 
chidaydi. Bug‘doy namsevar o‘simlik, transpiratsiya koeffitsiyenti 450-600. Namni 
tuplanish, boshoqlanish va gullash davrlarida ko‘p talab qiladi. Kuzgi bug‘doy nam 
yetarli bo‘lsa 8-100 C da yaxshi tuplaydi. Kuzgi bug‘doy uzun kunli o‘simlik, kun 
yorug‘ligi uzaysa, bug‘doyning rivojlanishi tezlashadi. Respublikamizning iqlim 
sharoitlaridan kelib chiqqan holda sentabr oyining birinchi, ikkinchi o‘n kunligidan 
boshlab oktabr oyining oxirigacha ekib bo‘linishi kerak.  
Kuzgi bug‘doy oziq moddalarga talabchan. Tuproqdan ko‘p miqdorda azot 
oladi. 1 s don va tegishli somon yetishtirish uchun tuproqdan 2,4 -4,2 kg azot, 1,0-
1,7 kg fosfor va 1,5-3,5 kg kaliy o‘zlashtiradi. O‘zbekiston “G‘alla” ilmiy ishlab 
chiqarish birlashmasi ma’lumotlariga qaraganda kuzgi don ekinlariga sug‘oriladigan 
yerlarda gektariga azot - 180 kg, fosfor - 90 kg va kaliy - 60 kg beriladi. Lekin 
unumdorligi past bo‘lgan tuproqlarda bu miqdor 10-15% ga ko‘paytiriladi. Urug‘ 
ekin meyori lalmi yerlarda gektariga 60-70 kg dan 120-125 kg gacha, sug‘oriladigan 
yerlarda esa 180-220 kgni tashkil qiladi.  
Kuzgi bug‘doy unumdor, tuproq reaksiyasi neytral sharoitda pH 6,5-7,5 
sharoitda yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Kuzgi bug‘doy qoratuproqlar, kashtan va bo‘z 
tuproqlarda mo‘l hosil beradi. Kislotali va qumli, botqoqli tuproqlarda yaxshi 
o‘smaydi.  
O‘zbekistonda ekiladigan navlariga: Yonbosh, Marjon, Unumli bug‘doy, 
Baxt, Intensiv, Sharora, Spartanka, Skifyanka, Yuna, Sanzar-4, Sanzar-6, Sanzar-8 
navlari kiradi.  
Bahorgi bug‘doy 
bug‘doydan farqi, ularning birinchi boshlang‘ich rivojlanish davri past (00 dan 100 gacha ) haroratda 30-65 kun davom etadi. Bahorgi bug‘doy esa boshlang‘ich rivojlanish davrini 5-100 C va undan yuqori haroratda 7-12 kun, ya’ni tez muddat ichida o‘tadi. Demak, biologik jihatdan kuzgi navlarni bahorda ekish mumkin emas, chunki bahorda talab qilinadigan harorat bo‘lmaganligi sababli, o‘simliklar faqat tuplanadi xolos, mutlaqo boshoq chiqarmay va hosil bermaydi. Kuzgi bug‘doy urug‘i 120 C da unib chiqa boshlaydi, ammo harorat 14 150 C bo‘lganda urug‘lari tez unib chiqadi. Bug‘doy uchun muqobil harorat 18 200 C. Kuzgi bug‘doy navlari -100 C va undan ham past sovuqga chidaydi. Qorsiz qishda bug‘doy -16-180 C da nobud bo‘ladi. Qor qalinligi 20 sm bo‘lganda -300 C sovuqga chidaydi. Bug‘doy namsevar o‘simlik, transpiratsiya koeffitsiyenti 450-600. Namni tuplanish, boshoqlanish va gullash davrlarida ko‘p talab qiladi. Kuzgi bug‘doy nam yetarli bo‘lsa 8-100 C da yaxshi tuplaydi. Kuzgi bug‘doy uzun kunli o‘simlik, kun yorug‘ligi uzaysa, bug‘doyning rivojlanishi tezlashadi. Respublikamizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda sentabr oyining birinchi, ikkinchi o‘n kunligidan boshlab oktabr oyining oxirigacha ekib bo‘linishi kerak. Kuzgi bug‘doy oziq moddalarga talabchan. Tuproqdan ko‘p miqdorda azot oladi. 1 s don va tegishli somon yetishtirish uchun tuproqdan 2,4 -4,2 kg azot, 1,0- 1,7 kg fosfor va 1,5-3,5 kg kaliy o‘zlashtiradi. O‘zbekiston “G‘alla” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ma’lumotlariga qaraganda kuzgi don ekinlariga sug‘oriladigan yerlarda gektariga azot - 180 kg, fosfor - 90 kg va kaliy - 60 kg beriladi. Lekin unumdorligi past bo‘lgan tuproqlarda bu miqdor 10-15% ga ko‘paytiriladi. Urug‘ ekin meyori lalmi yerlarda gektariga 60-70 kg dan 120-125 kg gacha, sug‘oriladigan yerlarda esa 180-220 kgni tashkil qiladi. Kuzgi bug‘doy unumdor, tuproq reaksiyasi neytral sharoitda pH 6,5-7,5 sharoitda yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Kuzgi bug‘doy qoratuproqlar, kashtan va bo‘z tuproqlarda mo‘l hosil beradi. Kislotali va qumli, botqoqli tuproqlarda yaxshi o‘smaydi. O‘zbekistonda ekiladigan navlariga: Yonbosh, Marjon, Unumli bug‘doy, Baxt, Intensiv, Sharora, Spartanka, Skifyanka, Yuna, Sanzar-4, Sanzar-6, Sanzar-8 navlari kiradi. Bahorgi bug‘doy  
 
 
Eng muhim oziq-ovqat ekini hisoblanadi. Bahorgi bug‘doy un tortilishi, 
unidan non yopilishiga ko‘ra va oziq-ovqat sifatida juda yuqori baholanadi. Uning 
tarkibida oqsil ko‘p (18-19%gacha), ayrim navlarida (20-21% gacha) bo‘ladi. 
Bahorgi bug‘doy unidan a’lo sifatli oq non yopiladi va qandolat mahsulotlari 
tayyorlanadi.  
Bahorgi bug‘doyning asosiy maydonlari Sibir, Ural, Volga bo‘yi va 
Qozig‘istonda joylashgan bo‘lib, bu mintaqalarda kuzgi bug‘doyga nisbatan bahorgi 
bug‘doy mo‘l hosil beradi. O‘zbekiston sharoitida bug‘doy asosan kuzda ekiladi. 
Kuzgi bug‘doy uchun noqulay kelgan yillari, uning o‘rniga bahorgi bug‘doyni 
bahorda ekishga to‘g‘ri keladi, bunday yillarda bahorgi bug‘doyni ekish maydoni 
ancha ko‘payadi. O‘zbekistonda ekiladigan bahorgi bug‘doy navlari yumshoq 
bug‘doy turiga kirib tez pishar, qurg‘oqchilikka chidamli va donini sifati yaxshi 
bo‘ladi.  
Bahorgi bug‘doyning ildiz tizimi kuzgi bug‘doynikiga nisbatan kuchsiz 
rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun u unumdor yerlarni talab qiladi. Bahorgi 
bug‘doy urug‘i 1-20 C da juda sekin una boshlaydi, 12-140 C da unishi tezlashadi. 
Maysalari -8-90 C gacha sovuqga chidaydi. U pishib yetilishi uchun o‘rtacha 
temperatura talab qiladi. Ob-havo sharoiti qulay bo‘lsa bahorgi bug‘doy urug‘i 5 ta 
murtak ildiz otib tez unib chiqadi. Rivojlanishining birinchi davrida yer ustki massasi 
va ildiz sekin o‘sadi. Tuplanish va nay o‘rash fazasida uning ildiz tizimi jadal 
rivojlanadi. Maysalagandan 12-14 kundan keyin tuplana boshlaydi. Nay o‘rab 
bo‘lgandan keyin o‘simliklar jadal o‘sadi, hosil organlari va ko‘p barg chiqaradi. Bu 
davrda suvga va oziqlanishga juda talabchan bo‘ladi. Bahorgi bug‘doyning normal 
rivojlanishi uchun tuproqning to‘la nam sig‘imi 70-75% bo‘lishi kerak. 
Transpiratsiya koeffitsiyenti 400-470 ga teng.  
Bahorgi bug‘doy tuproqqa juda talabchan bo‘ladi. U qoratuproq, kashtan va 
bo‘z tuproqlarda, tuproq reaksiyasi pH 6-7,5 bo‘lgan sharoitda yaxshi o‘sadi. 
Bahorgi bug‘doy kuzgi bug‘doyga nisbatan 10-15 kun kech pishadi. U boshlang‘ich 
o‘suv davrida sekin o‘sadi, shuning uchun begona o‘tlar kam bo‘lgan maydonlarga 
ekiladi.  
Eng muhim oziq-ovqat ekini hisoblanadi. Bahorgi bug‘doy un tortilishi, unidan non yopilishiga ko‘ra va oziq-ovqat sifatida juda yuqori baholanadi. Uning tarkibida oqsil ko‘p (18-19%gacha), ayrim navlarida (20-21% gacha) bo‘ladi. Bahorgi bug‘doy unidan a’lo sifatli oq non yopiladi va qandolat mahsulotlari tayyorlanadi. Bahorgi bug‘doyning asosiy maydonlari Sibir, Ural, Volga bo‘yi va Qozig‘istonda joylashgan bo‘lib, bu mintaqalarda kuzgi bug‘doyga nisbatan bahorgi bug‘doy mo‘l hosil beradi. O‘zbekiston sharoitida bug‘doy asosan kuzda ekiladi. Kuzgi bug‘doy uchun noqulay kelgan yillari, uning o‘rniga bahorgi bug‘doyni bahorda ekishga to‘g‘ri keladi, bunday yillarda bahorgi bug‘doyni ekish maydoni ancha ko‘payadi. O‘zbekistonda ekiladigan bahorgi bug‘doy navlari yumshoq bug‘doy turiga kirib tez pishar, qurg‘oqchilikka chidamli va donini sifati yaxshi bo‘ladi. Bahorgi bug‘doyning ildiz tizimi kuzgi bug‘doynikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun u unumdor yerlarni talab qiladi. Bahorgi bug‘doy urug‘i 1-20 C da juda sekin una boshlaydi, 12-140 C da unishi tezlashadi. Maysalari -8-90 C gacha sovuqga chidaydi. U pishib yetilishi uchun o‘rtacha temperatura talab qiladi. Ob-havo sharoiti qulay bo‘lsa bahorgi bug‘doy urug‘i 5 ta murtak ildiz otib tez unib chiqadi. Rivojlanishining birinchi davrida yer ustki massasi va ildiz sekin o‘sadi. Tuplanish va nay o‘rash fazasida uning ildiz tizimi jadal rivojlanadi. Maysalagandan 12-14 kundan keyin tuplana boshlaydi. Nay o‘rab bo‘lgandan keyin o‘simliklar jadal o‘sadi, hosil organlari va ko‘p barg chiqaradi. Bu davrda suvga va oziqlanishga juda talabchan bo‘ladi. Bahorgi bug‘doyning normal rivojlanishi uchun tuproqning to‘la nam sig‘imi 70-75% bo‘lishi kerak. Transpiratsiya koeffitsiyenti 400-470 ga teng. Bahorgi bug‘doy tuproqqa juda talabchan bo‘ladi. U qoratuproq, kashtan va bo‘z tuproqlarda, tuproq reaksiyasi pH 6-7,5 bo‘lgan sharoitda yaxshi o‘sadi. Bahorgi bug‘doy kuzgi bug‘doyga nisbatan 10-15 kun kech pishadi. U boshlang‘ich o‘suv davrida sekin o‘sadi, shuning uchun begona o‘tlar kam bo‘lgan maydonlarga ekiladi.  
 
Unumdor yerlar bahorgi bug‘doy uchun, so‘ngra arpaga ajratiladi. Bahorgi 
bug‘doy kam tuplanishi, ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etmaganligi uchun begona 
o‘tlarga tez beriladi. Shuning uchun bahorgi bug‘doy tuproq unumdorligini 
oshiradigan, qator oralari ishlanadigan ekinlardan so‘ng va begona o‘tlardan 
tozalangan yerlarga ekiladi.  
Bahorgi bug‘doy o‘g‘itlashga juda ta’sirchan ekin. O‘g‘itlar kuzgi 
shudgorlash oldidan, ekishgacha va vegetatsiya davrida beriladi. Sug‘oriladigan 
yerlarda go‘ng gektariga 10 t, azot 120 kg, fosfor 70 kg, kaliy 40 kg solinadi. Lalmi 
yerlarda yuqorida ko‘rsatilganlarga nisbatan 20-30% kamroq beriladi, chunki lalmi 
yerlarda nam kam bo‘lganligi uchun o‘g‘itning samarasi ancha pasayadi. 
Bahorgi bug‘doy agrotexnikasi O‘zbekistonda bug‘doy qora shudgor, bandli 
shudgor, qator orasiga ishlov beradigan ekinlar, don -dukkakli va yem-xashak 
ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Yerga ishlov berish o‘tmishdosh ekinga 
bog‘liq. Kuzgi bug‘doyni ekish muddatiga 7-10 kun qolganda yer tayyor bo‘lishi 
kerak. O‘tmishdosh ekin turiga va tuproqning mexanik tarkibiga qarab yer 
shudgorlanadi, diskalanadi, borona qilinadi va mola bostiriladi. Bahorgi bug‘doy 
uchun borona va mola yurgizish bahorda bajariladi.  
Ekiladigan urug‘ davlat andozalariga javob berishi kerak. Sug‘oriladigan 
yerlarda o‘rtacha 1 ga yerga 4-5 mln. dona (120-150 kg) urug‘ ekiladi. Ekish 
chuqurligi 3-6 sm. Urug‘ ekish usuli -yoppasiga qatorlab va tor qatorlab ekiladi. 
Kuzgi bug‘doy viloyatlar tuproq-iqlim sharoitiga qarab sentardan boshlab 
noyabrgacha ekiladi. Bahorgi bug‘doy fevralning oxiri va mart oylarida ekiladi. 
Ekiladigan bug‘doy navlari Oltin bug‘doy, Baxt, Aleksandrovka, Makuz. 
Kuzda bug‘doy kuzgi o‘suv davrida 1-2, bahorgi o‘suv davrida esa 2-4 
marotaba sug‘oriladi. Bahorgi bug‘doy namni rivojlanish fazalariga qarab turlicha 
talab qiladi. Lozim bo‘lgan suvning 50-60% naychalash va boshoq tortish davrida, 
sut pishish davrida 20-30% namni o‘zlashtiradi.       Hosil kombaynlar yordamida 
yig‘ib terib olinadi. Don maxsus mashinalarda tozalanadi va 14% namlikda 
saqlanadi. 
 
Kuzgi javdar 
Unumdor yerlar bahorgi bug‘doy uchun, so‘ngra arpaga ajratiladi. Bahorgi bug‘doy kam tuplanishi, ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etmaganligi uchun begona o‘tlarga tez beriladi. Shuning uchun bahorgi bug‘doy tuproq unumdorligini oshiradigan, qator oralari ishlanadigan ekinlardan so‘ng va begona o‘tlardan tozalangan yerlarga ekiladi. Bahorgi bug‘doy o‘g‘itlashga juda ta’sirchan ekin. O‘g‘itlar kuzgi shudgorlash oldidan, ekishgacha va vegetatsiya davrida beriladi. Sug‘oriladigan yerlarda go‘ng gektariga 10 t, azot 120 kg, fosfor 70 kg, kaliy 40 kg solinadi. Lalmi yerlarda yuqorida ko‘rsatilganlarga nisbatan 20-30% kamroq beriladi, chunki lalmi yerlarda nam kam bo‘lganligi uchun o‘g‘itning samarasi ancha pasayadi. Bahorgi bug‘doy agrotexnikasi O‘zbekistonda bug‘doy qora shudgor, bandli shudgor, qator orasiga ishlov beradigan ekinlar, don -dukkakli va yem-xashak ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Yerga ishlov berish o‘tmishdosh ekinga bog‘liq. Kuzgi bug‘doyni ekish muddatiga 7-10 kun qolganda yer tayyor bo‘lishi kerak. O‘tmishdosh ekin turiga va tuproqning mexanik tarkibiga qarab yer shudgorlanadi, diskalanadi, borona qilinadi va mola bostiriladi. Bahorgi bug‘doy uchun borona va mola yurgizish bahorda bajariladi. Ekiladigan urug‘ davlat andozalariga javob berishi kerak. Sug‘oriladigan yerlarda o‘rtacha 1 ga yerga 4-5 mln. dona (120-150 kg) urug‘ ekiladi. Ekish chuqurligi 3-6 sm. Urug‘ ekish usuli -yoppasiga qatorlab va tor qatorlab ekiladi. Kuzgi bug‘doy viloyatlar tuproq-iqlim sharoitiga qarab sentardan boshlab noyabrgacha ekiladi. Bahorgi bug‘doy fevralning oxiri va mart oylarida ekiladi. Ekiladigan bug‘doy navlari Oltin bug‘doy, Baxt, Aleksandrovka, Makuz. Kuzda bug‘doy kuzgi o‘suv davrida 1-2, bahorgi o‘suv davrida esa 2-4 marotaba sug‘oriladi. Bahorgi bug‘doy namni rivojlanish fazalariga qarab turlicha talab qiladi. Lozim bo‘lgan suvning 50-60% naychalash va boshoq tortish davrida, sut pishish davrida 20-30% namni o‘zlashtiradi. Hosil kombaynlar yordamida yig‘ib terib olinadi. Don maxsus mashinalarda tozalanadi va 14% namlikda saqlanadi. Kuzgi javdar  
 
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Javdar asosan oziq-ovqat ekinlaridan biri 
hisoblanadi. Javdar unidan yuqori kaloriyali, ta’mi bilan ajralib turadigan non 
yopiladi. Ko‘pchilik joylarda javdarning ko‘k massasi chorvachilikda, ayniqsa senaj 
tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Uning roxolidan (somonidan) turli xil buyumlar 
(qog‘oz, selluloza, sirka), lignin va boshqa mahsulotlar olinadi. O‘zbekistonda 
javdar asosan oraliq ekin sifatida ekiladi. Dehqonchilikda javdar bug‘doyga nisbatan 
kechroq ekila boshlangan. Javdar dunyo bo‘yicha 11 mln. gektar yerga ekiladi. 
Germaniya, Fransiya, Polsha, Rossiya va Belorusiyada salmoqli o‘rinni egallaydi. 
Hosildorligi gektariga 1,5-4,5 t ga teng, ko‘k massa hosili 15-25 t. ga teng.  
Javdar boshoqdoshlar oilasiga va 13 turni o‘z ichiga olgan Secale L. avlodiga 
kiradi. Javdar bir yillik o‘simlik bo‘lib, ildizi popuk ildiz, bo‘yining balandligi 160-
170 sm, gul to‘plami boshoqdan iborat. Uning bitta turi - ekma javdar turi Secale 
sereale L ekiladi. O‘zbekistonda javdarning Vaxshskaya-116 navlari ekilmoqda. 
Asosan sug‘oriladigan yerlarda ekiladi, ertapishar, o‘suv davri 170-185 kun, 1000 
dona urug‘ining vazni 18-20 g,hosildorligi 27-28 s.ga 
Biologik xususiyatlari. U issiqqa talabchan emas, shuning uchun ham iqlimi 
sovuq va eng oriq tuproqlarda ham o‘sib hosil beradi. Javdar urug‘i 1-20 C da unadi, 
6-120 C maysalanishi uchun optimal harorat hisoblanadi. Javdar maysalari avval 
qizg‘ish binafsha rangda bo‘ladi va boshqa g‘alla ekinlari maysasidan oson farq 
qiladi. Kuzgi javdar jadal tuplanadi. Tuplanish oxiriga kelib ildizlari yerga 1 
metrgacha chuqur kirib boradi. Sovuqqa yaxshi chidaydi, -200 C sovuq ham uncha 
jiddiy zarar yetkazmaydi. Bahorda tez o‘sa boshlaydi, begona o‘tlarni siqib qo‘yadi 
va boshqa don ekinlaridan erta yetiladi. Kuzgi javdarning birinchi rivojlanish fazalari 
-tuplanish va nay o‘rash kuzgi bug‘doynikiga qaraganda tez boradi, lekin 
boshoqlash-gullash fazalari ancha uzoq davom etadi. Kuzgi bug‘doy boshoq 
chiqarishi bilan gullaydi, kuzgi javdar esa boshoq chiqargandan keyin 10-12 kundan 
keyin boshlab 2 haftagacha gullaydi. Javdar chetdan changlanuvchi o‘simlik, guli 
ochilganda shamol yordamida changlanadi. Javdarni asosan sentabr oyining oxiri 
oktabrni boshida ekish zarur. Kuzgi javdar kuzgi bug‘doydan 8-10 kun oldin yetiladi 
va kuzgi bug‘doyga qaraganda o‘sish sharoitiga talabchang bo‘ladi. Kuzgi javdar 
yetilgan paytda donining oson to‘kilib ketishi uning salbiy biologik xususiyati 
hisoblanadi.  
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Javdar asosan oziq-ovqat ekinlaridan biri hisoblanadi. Javdar unidan yuqori kaloriyali, ta’mi bilan ajralib turadigan non yopiladi. Ko‘pchilik joylarda javdarning ko‘k massasi chorvachilikda, ayniqsa senaj tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Uning roxolidan (somonidan) turli xil buyumlar (qog‘oz, selluloza, sirka), lignin va boshqa mahsulotlar olinadi. O‘zbekistonda javdar asosan oraliq ekin sifatida ekiladi. Dehqonchilikda javdar bug‘doyga nisbatan kechroq ekila boshlangan. Javdar dunyo bo‘yicha 11 mln. gektar yerga ekiladi. Germaniya, Fransiya, Polsha, Rossiya va Belorusiyada salmoqli o‘rinni egallaydi. Hosildorligi gektariga 1,5-4,5 t ga teng, ko‘k massa hosili 15-25 t. ga teng. Javdar boshoqdoshlar oilasiga va 13 turni o‘z ichiga olgan Secale L. avlodiga kiradi. Javdar bir yillik o‘simlik bo‘lib, ildizi popuk ildiz, bo‘yining balandligi 160- 170 sm, gul to‘plami boshoqdan iborat. Uning bitta turi - ekma javdar turi Secale sereale L ekiladi. O‘zbekistonda javdarning Vaxshskaya-116 navlari ekilmoqda. Asosan sug‘oriladigan yerlarda ekiladi, ertapishar, o‘suv davri 170-185 kun, 1000 dona urug‘ining vazni 18-20 g,hosildorligi 27-28 s.ga Biologik xususiyatlari. U issiqqa talabchan emas, shuning uchun ham iqlimi sovuq va eng oriq tuproqlarda ham o‘sib hosil beradi. Javdar urug‘i 1-20 C da unadi, 6-120 C maysalanishi uchun optimal harorat hisoblanadi. Javdar maysalari avval qizg‘ish binafsha rangda bo‘ladi va boshqa g‘alla ekinlari maysasidan oson farq qiladi. Kuzgi javdar jadal tuplanadi. Tuplanish oxiriga kelib ildizlari yerga 1 metrgacha chuqur kirib boradi. Sovuqqa yaxshi chidaydi, -200 C sovuq ham uncha jiddiy zarar yetkazmaydi. Bahorda tez o‘sa boshlaydi, begona o‘tlarni siqib qo‘yadi va boshqa don ekinlaridan erta yetiladi. Kuzgi javdarning birinchi rivojlanish fazalari -tuplanish va nay o‘rash kuzgi bug‘doynikiga qaraganda tez boradi, lekin boshoqlash-gullash fazalari ancha uzoq davom etadi. Kuzgi bug‘doy boshoq chiqarishi bilan gullaydi, kuzgi javdar esa boshoq chiqargandan keyin 10-12 kundan keyin boshlab 2 haftagacha gullaydi. Javdar chetdan changlanuvchi o‘simlik, guli ochilganda shamol yordamida changlanadi. Javdarni asosan sentabr oyining oxiri oktabrni boshida ekish zarur. Kuzgi javdar kuzgi bug‘doydan 8-10 kun oldin yetiladi va kuzgi bug‘doyga qaraganda o‘sish sharoitiga talabchang bo‘ladi. Kuzgi javdar yetilgan paytda donining oson to‘kilib ketishi uning salbiy biologik xususiyati hisoblanadi.  
 
Kuzgi javdar kuzgi bug‘doyga nisbatan o‘tmishdosh ekinlarga kam 
talabchang bo‘ladi. Toza va band shudgor uning uchun yaxshi yer hisoblanadi. 
Gektariga 15-30 t. go‘ng solinganda kuzgi javdardan 6-8 s qo‘shimcha hosil 
olingan. Mineral o‘g‘itlar ham kuzgi javdar hosilini oshiradi. Gektariga 1 s 
superfosfat, 1,5 s kaliy xlorid qatorlarga ekin ekishda 0,5 ts superfosfat va erta 
bahorda ekinlarni oziqlantirishda 1,5 s ammiakli selitra solinadi. Organik va mineral 
o‘g‘itlarni birga qo‘shib solish yaxshi natija beradi.  
O‘tmishdosh ekinga tuproq xossalariga va iqlim sharoitiga bog‘liq holda yerni 
yuza 12-15 sm chuqurlikda yumshatish ham chuqur ishlash mumkin. Agar javdar 
kartoshka yoki qator ishlanadigan ekinlardan keyin ekiladigan bo‘lsa, dalani haydash 
shart emas. Bunday hollarda yer kultivatsiya qilinadi va bir yo‘la baronalanadi. 
Javdar ekishdan oldin yer urug‘ ekish chuqurligida kultivatsiya qilinadi. 
Ekish muddati va usuli bug‘doy bilan bir xil, ekish meyori -gektariga 3,0-
3,5 mln. dona urug‘ ekiladi. Ekish chuqurligi 3-4 sm. 
 
Arpa 
 
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Arpadan asosan yem-xashak, texnika va oziq-
ovqat o‘simligi sifatida foydalaniladi. Arpa unidan non yopiladi (bug‘doy unini 
qo‘shib), donidan yirik va maydalangan yorma va piva tayyorlanadi. Doni chorva 
mollari uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Arpa donini tarkibida 7-15% oqsil, 2% 
yog‘, 2,5-2,8% kul bo‘ladi. Arpa bug‘doy bilan bir vaqtda ekila boshlangan. 
O‘zbekiston hududida qadimdan ekib kelinadi. Yer yuzida 16 mln. gektar yerga 
ekiladi. O‘zbekistonda arpa sug‘oriladigan sharoitda va lalmi yerlarda ekiladi. 
Sug‘oriladigan sharoitda undan gektariga 4-5 t, lalmi yerlarda 1,0-1,5 t. don hosili 
olinadi. 
Arpa qo‘ng‘irboshlilar-Poaceae oilasi, Hordeum avlodiga kiradi. Bu 
avlodning 28 ta turi bor, bulardan bitta turi- Hordeum sativum ekiladi. Bu turning 
kuzgi va bahorgi shakllari bo‘ladi. Hordeum sativum turi 3 ta kenja turga bo‘ladi : 
ko‘p qatorli arpa-H. sativum vulgare 
ikki qatorli arpa-H. sativum distichum 
oraliq arpa-H. sativum intermedium 
Kuzgi javdar kuzgi bug‘doyga nisbatan o‘tmishdosh ekinlarga kam talabchang bo‘ladi. Toza va band shudgor uning uchun yaxshi yer hisoblanadi. Gektariga 15-30 t. go‘ng solinganda kuzgi javdardan 6-8 s qo‘shimcha hosil olingan. Mineral o‘g‘itlar ham kuzgi javdar hosilini oshiradi. Gektariga 1 s superfosfat, 1,5 s kaliy xlorid qatorlarga ekin ekishda 0,5 ts superfosfat va erta bahorda ekinlarni oziqlantirishda 1,5 s ammiakli selitra solinadi. Organik va mineral o‘g‘itlarni birga qo‘shib solish yaxshi natija beradi. O‘tmishdosh ekinga tuproq xossalariga va iqlim sharoitiga bog‘liq holda yerni yuza 12-15 sm chuqurlikda yumshatish ham chuqur ishlash mumkin. Agar javdar kartoshka yoki qator ishlanadigan ekinlardan keyin ekiladigan bo‘lsa, dalani haydash shart emas. Bunday hollarda yer kultivatsiya qilinadi va bir yo‘la baronalanadi. Javdar ekishdan oldin yer urug‘ ekish chuqurligida kultivatsiya qilinadi. Ekish muddati va usuli bug‘doy bilan bir xil, ekish meyori -gektariga 3,0- 3,5 mln. dona urug‘ ekiladi. Ekish chuqurligi 3-4 sm. Arpa Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Arpadan asosan yem-xashak, texnika va oziq- ovqat o‘simligi sifatida foydalaniladi. Arpa unidan non yopiladi (bug‘doy unini qo‘shib), donidan yirik va maydalangan yorma va piva tayyorlanadi. Doni chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Arpa donini tarkibida 7-15% oqsil, 2% yog‘, 2,5-2,8% kul bo‘ladi. Arpa bug‘doy bilan bir vaqtda ekila boshlangan. O‘zbekiston hududida qadimdan ekib kelinadi. Yer yuzida 16 mln. gektar yerga ekiladi. O‘zbekistonda arpa sug‘oriladigan sharoitda va lalmi yerlarda ekiladi. Sug‘oriladigan sharoitda undan gektariga 4-5 t, lalmi yerlarda 1,0-1,5 t. don hosili olinadi. Arpa qo‘ng‘irboshlilar-Poaceae oilasi, Hordeum avlodiga kiradi. Bu avlodning 28 ta turi bor, bulardan bitta turi- Hordeum sativum ekiladi. Bu turning kuzgi va bahorgi shakllari bo‘ladi. Hordeum sativum turi 3 ta kenja turga bo‘ladi : ko‘p qatorli arpa-H. sativum vulgare ikki qatorli arpa-H. sativum distichum oraliq arpa-H. sativum intermedium  
 
 O‘zbekistonda kuzgi navlari ko‘proq ekiladi. Kuzgi arpa faqat ko‘p qatorli 
bo‘ladi. O‘zbekistonda arpaning quyidagi navlari ekiladi: Unumli arpa, Dea, Zargar, 
Oyqor, Bolg‘ali, Mavlono, Afrosiyob, Gulnoz, Temur, Zafar, Lalmikor, 
Qarshi.Dehqonchilikda ko‘p qatorli va ikki qatorli arpa ekiladi. Mamlakatimizning 
sug‘oriladigan va lalmikor yerlarida ekiladi. Sug‘oriladigan yerlarda uning 
hosildorligi 40-50 s|ga, lalmi yerlarda esa 10-15 ts|ga ni tashkil etadi. 
Biologik xususiyatlari. Arpa o‘zidan changlanadigan ekin, o‘suv davri 60-110 
kun davom etadi. Urug‘lari 1-20 haroratda una boshlaydi. Harorat 5-70 C bo‘lganda 
urug‘i tez maysalanadi, maysasi 3-40 C sovuqqa chidaydi. Arpa bug‘doy va suliga 
nisbatan namlikni kamroq talab qiladi, ammo qurg‘oqchilikga ham chidamli, tuproq 
muhiti pH-6,5-7,5 bo‘lganda yaxshi rivojlanadi. Bahorda kunlar uzayishi bilan tez 
o‘sa boshlaydi. Uning o‘suv davri kuzgi bug‘doynikidan 1,5-2 hafta qisqa.  
 Arpa bug‘doydan, don-dukkakli, yem-xashak ekinlardan bo‘shagan yerlarga 
ekiladi. O‘g‘itlash meyori: lalmi yerlarda-8-10 t. go‘ng, 40 kg fosfor va 60 kg kaliy. 
Suvli yerlarda-20 t. go‘ng, 90-100 kg dan azot va fosfor hamda 80-100 kg kaliy 
solinadi. Tuproq unumdorligiga talabchan bo‘lib, nordon, botqoq, qumli va sho‘r 
tuproqlarda yaxshi o‘smaydi. Tuproq reaksiyasi neytral yoki kam ishqoriy bo‘lishi 
kerak (pH-6,8-8). Agrotexnikasi kuzgi bug‘doy agrotexnikasi bilan bir xil. 
O‘zbekistonda kam ekiladi, lalmi yerlardagi ekin maydoni 8-10% ni, sug‘oriladigan 
yerlarda 12-15% ni tashkil qiladi. 
Suli 
Sulining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Suli yer sharida eng qadimdan ekib 
kelinadigan ekinlardan hisoblanadi. Suli doni oziq-ovqat, yem-xashak, xom-ashyo 
sifatida ishlatiladi. Sulining donida 12-13% oqsil, 40-45% kraxmal, 4,0-4,5% yog‘ 
bo‘ladi. Suli yormasi tarkibidagi oqsil odam va hayvonlar organizmi uchun zarur 
bo‘lgan qimmatli aminokislotalar (arginin, gistidin, lizin va triptofan) ga boy bo‘ladi. 
Suli donida vitamin V1 (tiamin) va temir birikmalari, Ca va P ko‘p bo‘ladi. Dukkakli 
ekinlar bilan birga pichan tayyorlashda, ko‘kat oziq uchun, silos bostirishda ko‘p 
ishlatiladi.  
Dehqonchilikda suli 14,42 mln ga yerga ekiladi. Asosiy ekin maydonlari 
G‘arbiy Yevropa, AQSH va Kanada davlatlarida joylashgan. Dunyo bo‘yicha 
O‘zbekistonda kuzgi navlari ko‘proq ekiladi. Kuzgi arpa faqat ko‘p qatorli bo‘ladi. O‘zbekistonda arpaning quyidagi navlari ekiladi: Unumli arpa, Dea, Zargar, Oyqor, Bolg‘ali, Mavlono, Afrosiyob, Gulnoz, Temur, Zafar, Lalmikor, Qarshi.Dehqonchilikda ko‘p qatorli va ikki qatorli arpa ekiladi. Mamlakatimizning sug‘oriladigan va lalmikor yerlarida ekiladi. Sug‘oriladigan yerlarda uning hosildorligi 40-50 s|ga, lalmi yerlarda esa 10-15 ts|ga ni tashkil etadi. Biologik xususiyatlari. Arpa o‘zidan changlanadigan ekin, o‘suv davri 60-110 kun davom etadi. Urug‘lari 1-20 haroratda una boshlaydi. Harorat 5-70 C bo‘lganda urug‘i tez maysalanadi, maysasi 3-40 C sovuqqa chidaydi. Arpa bug‘doy va suliga nisbatan namlikni kamroq talab qiladi, ammo qurg‘oqchilikga ham chidamli, tuproq muhiti pH-6,5-7,5 bo‘lganda yaxshi rivojlanadi. Bahorda kunlar uzayishi bilan tez o‘sa boshlaydi. Uning o‘suv davri kuzgi bug‘doynikidan 1,5-2 hafta qisqa. Arpa bug‘doydan, don-dukkakli, yem-xashak ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekiladi. O‘g‘itlash meyori: lalmi yerlarda-8-10 t. go‘ng, 40 kg fosfor va 60 kg kaliy. Suvli yerlarda-20 t. go‘ng, 90-100 kg dan azot va fosfor hamda 80-100 kg kaliy solinadi. Tuproq unumdorligiga talabchan bo‘lib, nordon, botqoq, qumli va sho‘r tuproqlarda yaxshi o‘smaydi. Tuproq reaksiyasi neytral yoki kam ishqoriy bo‘lishi kerak (pH-6,8-8). Agrotexnikasi kuzgi bug‘doy agrotexnikasi bilan bir xil. O‘zbekistonda kam ekiladi, lalmi yerlardagi ekin maydoni 8-10% ni, sug‘oriladigan yerlarda 12-15% ni tashkil qiladi. Suli Sulining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Suli yer sharida eng qadimdan ekib kelinadigan ekinlardan hisoblanadi. Suli doni oziq-ovqat, yem-xashak, xom-ashyo sifatida ishlatiladi. Sulining donida 12-13% oqsil, 40-45% kraxmal, 4,0-4,5% yog‘ bo‘ladi. Suli yormasi tarkibidagi oqsil odam va hayvonlar organizmi uchun zarur bo‘lgan qimmatli aminokislotalar (arginin, gistidin, lizin va triptofan) ga boy bo‘ladi. Suli donida vitamin V1 (tiamin) va temir birikmalari, Ca va P ko‘p bo‘ladi. Dukkakli ekinlar bilan birga pichan tayyorlashda, ko‘kat oziq uchun, silos bostirishda ko‘p ishlatiladi. Dehqonchilikda suli 14,42 mln ga yerga ekiladi. Asosiy ekin maydonlari G‘arbiy Yevropa, AQSH va Kanada davlatlarida joylashgan. Dunyo bo‘yicha  
 
sulining don hosildorligi 19 ts|ga ni tashkil etadi. O‘zbekistonda bu oraliq ekin 
sifatida ekiladi.  
Hosildorligi: sulidan gektariga 1,5-4,5 t. don va 15-25 t. ko‘kat olinadi. 
Suli turlari juda ko‘p bo‘lib, shulardan 11 tasi amaliy ahamiyatga ega. Bizda 
ekiladigan suli navlari 1 ta Avena sativa turiga kiradi. Vizantiya sulisi (A. vyzantina 
CKoch.) va qum sulisi (A. strigosa Schreb) ham anchagina maydonga ekiladi. 
Bulardan tashqari yovvoyi suli ham bo‘lib, u g‘alla va boshqa ekinlar orasida o‘sadi. 
Shulardan biri qorako‘za yoki qorasuli (A. fatna L) bo‘lib, shimoliy hududlarda 
tarqalgani uchun shimol sulisi deb ataladi. Yovvoyi sulining ikkinchi turi (A. 
Ludoviciana Dur) bo‘lib, u janubiy hududlarda tarqalganligi uchun janub sulisi 
deyiladi.  
Suli po‘stli va po‘stsiz donli shakllarga bo‘linadi. Doni po‘stli suli katta-katta 
maydonlarga, po‘stsiz suli kam hosil bo‘lganligi uchun kichik maydonlarga ekiladi. 
Suli ro‘vagining tuzilishiga ko‘ra osilib o‘sadigan, ya’ni bir taroqli turlarga 
bo‘linadi. Suli ro‘vagining shakli, gul qobig‘ining rangi va qiltiqli-qiltiqsizligiga 
qarab tur xillariga bo‘linadi. Ildizi 120 sm chuqqurlikkacha boradi va yon tomonga 
qarab 80 sm gacha taralib o‘sadi. 
Mamlakatimizda ekiladigan suli navlari 3 ta: mutica, Aristata va krausel tur 
xiliga kiradi.  Shulardan oq donli suli ko‘p tarqalgan. Respublikamizda suli 
sug‘oriladigan yerlarda don va ko‘k massasi uchun ekiladi.  
O‘zbekistonda sulining Do‘stlik-85, Toshkent-1, Uspex, Uzbekskiy 
shirokolistniy navlari sug‘oriladigan yerlrda, Vizantina-11 navi esa lalmikor yerlarda 
ekilmoqda. Respublikamizda asosan Navoi, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va 
Toshkent viloyatlarida ekiladi. 
 Biologik xususiyatlari. Urug‘i 20 C da una boshlaydi. 6-120 C masalari chiqishi 
uchun otimal temperatura hisoblanadi. Bahorgi 8-90 C gacha bo‘ladigan past 
temperaturaga maysalari yaxshi chidaydi. Yuqori temperatura va yozgi quruq havo 
suliga yomon ta’sir etadi. 
Suli bug‘doy va arpaga qaraganda tuproqqa talabchan emas. Suli sho‘rtob 
tuproqli yerlardan tashqari, hamma yerda o‘sadi va tuproqning kislotaligiga (pH -
5,5-6) yaxshi chidaydi. U yerni o‘g‘itlashga ta’sirchan.  
sulining don hosildorligi 19 ts|ga ni tashkil etadi. O‘zbekistonda bu oraliq ekin sifatida ekiladi. Hosildorligi: sulidan gektariga 1,5-4,5 t. don va 15-25 t. ko‘kat olinadi. Suli turlari juda ko‘p bo‘lib, shulardan 11 tasi amaliy ahamiyatga ega. Bizda ekiladigan suli navlari 1 ta Avena sativa turiga kiradi. Vizantiya sulisi (A. vyzantina CKoch.) va qum sulisi (A. strigosa Schreb) ham anchagina maydonga ekiladi. Bulardan tashqari yovvoyi suli ham bo‘lib, u g‘alla va boshqa ekinlar orasida o‘sadi. Shulardan biri qorako‘za yoki qorasuli (A. fatna L) bo‘lib, shimoliy hududlarda tarqalgani uchun shimol sulisi deb ataladi. Yovvoyi sulining ikkinchi turi (A. Ludoviciana Dur) bo‘lib, u janubiy hududlarda tarqalganligi uchun janub sulisi deyiladi. Suli po‘stli va po‘stsiz donli shakllarga bo‘linadi. Doni po‘stli suli katta-katta maydonlarga, po‘stsiz suli kam hosil bo‘lganligi uchun kichik maydonlarga ekiladi. Suli ro‘vagining tuzilishiga ko‘ra osilib o‘sadigan, ya’ni bir taroqli turlarga bo‘linadi. Suli ro‘vagining shakli, gul qobig‘ining rangi va qiltiqli-qiltiqsizligiga qarab tur xillariga bo‘linadi. Ildizi 120 sm chuqqurlikkacha boradi va yon tomonga qarab 80 sm gacha taralib o‘sadi. Mamlakatimizda ekiladigan suli navlari 3 ta: mutica, Aristata va krausel tur xiliga kiradi. Shulardan oq donli suli ko‘p tarqalgan. Respublikamizda suli sug‘oriladigan yerlarda don va ko‘k massasi uchun ekiladi. O‘zbekistonda sulining Do‘stlik-85, Toshkent-1, Uspex, Uzbekskiy shirokolistniy navlari sug‘oriladigan yerlrda, Vizantina-11 navi esa lalmikor yerlarda ekilmoqda. Respublikamizda asosan Navoi, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida ekiladi. Biologik xususiyatlari. Urug‘i 20 C da una boshlaydi. 6-120 C masalari chiqishi uchun otimal temperatura hisoblanadi. Bahorgi 8-90 C gacha bo‘ladigan past temperaturaga maysalari yaxshi chidaydi. Yuqori temperatura va yozgi quruq havo suliga yomon ta’sir etadi. Suli bug‘doy va arpaga qaraganda tuproqqa talabchan emas. Suli sho‘rtob tuproqli yerlardan tashqari, hamma yerda o‘sadi va tuproqning kislotaligiga (pH - 5,5-6) yaxshi chidaydi. U yerni o‘g‘itlashga ta’sirchan.  
 
Sulini kuzgi ekinlar, qator oralari ishlanadigan va dukkakli ekinlardan keyin, 
ko‘p yillik o‘tlar o‘rniga va ko‘p yillik o‘tlardan bo‘shagan yerlarga ikkinchi yili 
ekish yaxshi samara beradi. Ekish muddati va usuli bug‘doy bilan bir xil, ekish 
meyori 1 ga yerga 2,5-3,5 mln. dona urug‘ ekiladi. Ekish chuqurligi 3-4 sm. Suli 
oraliq ekin sifatida ham ekiladi. Shuning uchun ko‘kati erta bahorda o‘riladi, so‘ngra 
rejadagi asosiy ekin ekiladi. Don olish uchun ekilgan bo‘lsa doni to‘la yetilganda 
kombayinlar yordamida yig‘ib-terib olinadi.  
Suli organik va mineral o‘g‘itlarga talabchan. Fosforli va Kalili o‘g‘itlarni 
kuzgi shudgorlash oldidan, azotli o‘g‘itlarni esa ekin ekish oldidan o‘tkaziladigan 
kultivatsiya vaqtida solish tavsiya etiladi. Urug‘ni ekish bilan bir vaqtda gektariga 
0,5 ts dan donador superfosfat solish yaxshi samara beradi. 
 
Sinov savollari. 
1. Kuzgi va bahorgi don ekinlarini sanab bering?  
     2. Bug‘doyntng xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ayting? 
     3. Bahorgi bug‘doy agrotexnikasi ayting? 
     4. Arpa ning biologik xususiyatlari ayting? 
     5. Suli turlari sanab bering? 
 
Sulini kuzgi ekinlar, qator oralari ishlanadigan va dukkakli ekinlardan keyin, ko‘p yillik o‘tlar o‘rniga va ko‘p yillik o‘tlardan bo‘shagan yerlarga ikkinchi yili ekish yaxshi samara beradi. Ekish muddati va usuli bug‘doy bilan bir xil, ekish meyori 1 ga yerga 2,5-3,5 mln. dona urug‘ ekiladi. Ekish chuqurligi 3-4 sm. Suli oraliq ekin sifatida ham ekiladi. Shuning uchun ko‘kati erta bahorda o‘riladi, so‘ngra rejadagi asosiy ekin ekiladi. Don olish uchun ekilgan bo‘lsa doni to‘la yetilganda kombayinlar yordamida yig‘ib-terib olinadi. Suli organik va mineral o‘g‘itlarga talabchan. Fosforli va Kalili o‘g‘itlarni kuzgi shudgorlash oldidan, azotli o‘g‘itlarni esa ekin ekish oldidan o‘tkaziladigan kultivatsiya vaqtida solish tavsiya etiladi. Urug‘ni ekish bilan bir vaqtda gektariga 0,5 ts dan donador superfosfat solish yaxshi samara beradi. Sinov savollari. 1. Kuzgi va bahorgi don ekinlarini sanab bering? 2. Bug‘doyntng xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ayting? 3. Bahorgi bug‘doy agrotexnikasi ayting? 4. Arpa ning biologik xususiyatlari ayting? 5. Suli turlari sanab bering?