Hasharotlar klassifikatsiyasi: Birlamchi qanotsiz hasharotlar kenja sinfi (Apterygota). Qanotli hasharotlar kenja sinfi (Pterygota). CHala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar.

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

3

Faytl hajmi

113,0 KB


 
 
 
 
 
 
Hasharotlar klassifikatsiyasi: Birlamchi qanotsiz hasharotlar kenja sinfi 
(Apterygota). Qanotli hasharotlar kenja sinfi (Pterygota). CHala o‘zgarish 
bilan rivojlanuvchi hasharotlar. Kunliklar, ninachilar va suvaraksimonlar 
turkumlari. 
Reja: 
1. Ninachilar turkumi 
2. suvaraksimonlar turkumi  
Bu bo‘limga kiruvchi hasharotlar rivojlanish davrida uchta fazani tuxum, lichinka 
va voyaga etgan hasharot bosqichini o‘tadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar voyaga 
etgan hasharotga o‘xshaydi, tana segmentlari yaxshi rivojlanmagan. Qanotlari ham 
murtak xolda bo‘ladi. Bu bo‘limga kunli kapalaklar turkumi, efimeroidlar bosh 
turkumlari kiradi.  
Odonatoidlar bosh turkumga kiruvchi hasharotlarning qorinchasi ohirida kalta 
serkalari bo‘ladi. Lichinkalari suv muhitida yashashga moslashgan. Bularga ninachilar 
turkumi kiradi. 
Ninachilar tukumi 
Tanasi cho‘zinchoq, yirik yoki o‘rtacha kattalikdagi hasharotlar kiradi. Qanotlari 
ikki juft, yirik pardasimon, qorinchasi cho‘ziq, bosh qismi katta, harakatchan, ikkita 
yirik murakkab ko‘zi va uchta sodda ko‘zchasi bo‘ladi. Mo‘ylovlari qisqa 3-7 
bo‘g‘imli qilsimon tipda, og‘iz apparati kemiruvchi. 
Ninachilar keng tarqalgan bo‘lib, chuchuk suv havzalari bor joylarda uchraydi. 
CHunki ularning lichinkalari suvda hayot kechiradi.  
Ninachilar yirtqich bo‘lib, bir qancha zararli hasharotlarni eb foyda ketiradi. 
Tuxumlarini suvga qo‘yadi. Lichinkalari sekin oqar va oqmas suvlarda o‘rmalab yoki 
suzib harakatlanadi. Lichinkalari mayda suv hayvonlari, chivinlar, kunlilar, boshqa tur 
ninachilar lichinkalari bilan oziqlanadi. Ninachilar lichinkalari o‘z navbatida baliqlar 
uchun ozuqa xisoblanadi. Ninachilarni 4 ming 500 dan ortiq turi ma’lum. SHunday 
Hasharotlar klassifikatsiyasi: Birlamchi qanotsiz hasharotlar kenja sinfi (Apterygota). Qanotli hasharotlar kenja sinfi (Pterygota). CHala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar. Kunliklar, ninachilar va suvaraksimonlar turkumlari. Reja: 1. Ninachilar turkumi 2. suvaraksimonlar turkumi Bu bo‘limga kiruvchi hasharotlar rivojlanish davrida uchta fazani tuxum, lichinka va voyaga etgan hasharot bosqichini o‘tadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar voyaga etgan hasharotga o‘xshaydi, tana segmentlari yaxshi rivojlanmagan. Qanotlari ham murtak xolda bo‘ladi. Bu bo‘limga kunli kapalaklar turkumi, efimeroidlar bosh turkumlari kiradi. Odonatoidlar bosh turkumga kiruvchi hasharotlarning qorinchasi ohirida kalta serkalari bo‘ladi. Lichinkalari suv muhitida yashashga moslashgan. Bularga ninachilar turkumi kiradi. Ninachilar tukumi Tanasi cho‘zinchoq, yirik yoki o‘rtacha kattalikdagi hasharotlar kiradi. Qanotlari ikki juft, yirik pardasimon, qorinchasi cho‘ziq, bosh qismi katta, harakatchan, ikkita yirik murakkab ko‘zi va uchta sodda ko‘zchasi bo‘ladi. Mo‘ylovlari qisqa 3-7 bo‘g‘imli qilsimon tipda, og‘iz apparati kemiruvchi. Ninachilar keng tarqalgan bo‘lib, chuchuk suv havzalari bor joylarda uchraydi. CHunki ularning lichinkalari suvda hayot kechiradi. Ninachilar yirtqich bo‘lib, bir qancha zararli hasharotlarni eb foyda ketiradi. Tuxumlarini suvga qo‘yadi. Lichinkalari sekin oqar va oqmas suvlarda o‘rmalab yoki suzib harakatlanadi. Lichinkalari mayda suv hayvonlari, chivinlar, kunlilar, boshqa tur ninachilar lichinkalari bilan oziqlanadi. Ninachilar lichinkalari o‘z navbatida baliqlar uchun ozuqa xisoblanadi. Ninachilarni 4 ming 500 dan ortiq turi ma’lum. SHunday  
 
165 turi Rossiyada tarqalgan. O‘rta osiyoda uchraydigan ninachilar lyutkalar, 
strelkalar, suluv ninachilar, detkalar, oddiy ninachilar va boshqalar kiradi.  
 
 
17 - rasm. Katta shayin ninachisi: 
1- voyaga etgani (imagosi); 2-lichinkasi; 3-lichinkaning boshi (pastki labi surib 
chiqarilgan). 
Suvaraksimonlar turkumi 
Tanasi har xil kattalikda yassi old elkasi boshi gipognatik, og‘iz apparati 
kemiruvchi tipda. Mo‘ylovlari uzun ingichka. Ayrim turlarining urg‘ochisi qanotsiz 
bo‘ladi. Oyoqlari yuguruvchi tipda. Qorinning keyingi bo‘g‘imida urg‘ochilarida 
serkalari, erkaklarida grifelkalari bo‘ladi. Suvaraksimonlar tuxumlarini qalin xaltacha 
(ooteka) ichiga joylashtirib qo‘yadi. Suvarakning rivojlanish davri 2-3 oy, bazan 3-4 
yilgacha cho‘zilishi mumkin. Suvaraklar tungi hasharot hisoblanadi. Ular o‘simlik 
qoldiqlarida, toshlar va barglar ostida yashaydi. Uy joy, oshxona, nonvoyxonalarda 
yashashga moslashgan turlari ko‘proq uchraydi. Ular xar xil oziq bilan oziqlanadi. 
Ko‘p turlari xar xil tashlandiqlar orasida yashaganligi tufayli, tana qismlari va 
eskrementlari orqali turli kasallik tarqatuvchi patogen mikroorganizmlarni tarqatadi. 
(41 rasm). 3600 dan ortiq turlari ma’lum. Rossiyada 15 turi, O‘rta osiyoda oddiy 
165 turi Rossiyada tarqalgan. O‘rta osiyoda uchraydigan ninachilar lyutkalar, strelkalar, suluv ninachilar, detkalar, oddiy ninachilar va boshqalar kiradi. 17 - rasm. Katta shayin ninachisi: 1- voyaga etgani (imagosi); 2-lichinkasi; 3-lichinkaning boshi (pastki labi surib chiqarilgan). Suvaraksimonlar turkumi Tanasi har xil kattalikda yassi old elkasi boshi gipognatik, og‘iz apparati kemiruvchi tipda. Mo‘ylovlari uzun ingichka. Ayrim turlarining urg‘ochisi qanotsiz bo‘ladi. Oyoqlari yuguruvchi tipda. Qorinning keyingi bo‘g‘imida urg‘ochilarida serkalari, erkaklarida grifelkalari bo‘ladi. Suvaraksimonlar tuxumlarini qalin xaltacha (ooteka) ichiga joylashtirib qo‘yadi. Suvarakning rivojlanish davri 2-3 oy, bazan 3-4 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Suvaraklar tungi hasharot hisoblanadi. Ular o‘simlik qoldiqlarida, toshlar va barglar ostida yashaydi. Uy joy, oshxona, nonvoyxonalarda yashashga moslashgan turlari ko‘proq uchraydi. Ular xar xil oziq bilan oziqlanadi. Ko‘p turlari xar xil tashlandiqlar orasida yashaganligi tufayli, tana qismlari va eskrementlari orqali turli kasallik tarqatuvchi patogen mikroorganizmlarni tarqatadi. (41 rasm). 3600 dan ortiq turlari ma’lum. Rossiyada 15 turi, O‘rta osiyoda oddiy  
 
suvaraklar ko‘proq uchraydi. SHuningdek kattaligi 25 mm bo‘lgan turkiston suvaragi 
uchraydi. Qora suvarak, malla suvarak ham ko‘plab tarqalgan.  
 
suvaraklar ko‘proq uchraydi. SHuningdek kattaligi 25 mm bo‘lgan turkiston suvaragi uchraydi. Qora suvarak, malla suvarak ham ko‘plab tarqalgan.