Hasharotlarni biologiyasi. Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
461,8 KB
Hasharotlarni biologiyasi. Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi
Reja:
1. Hasharotlarning jinsiy tizimini tuzilishi
2. Tuxumning tuzilishi va otalanishi
3. Hasharotlarning lichinkalari
4. Hasharotlarning g‘umbagi
5. Hasharotlarning ko‘payishi
Hasharotlarning jinsiy tizimining vazifasi ko‘payishi va o‘zining naslini saqlab
qolishdan iboratdir. Hasharotlar asosan ayrim jinsli bo‘lib hisoblanadi va ularning
ko‘pchiligini jinsiy dimorfizm yaxshi namoyon bo‘lganligini sezishimiz mumkin.
Erkak va urg‘ochi hasharotlarning jinsiy tizimi quyidagicha tuzilishga ega. Juft jinsiy
bezlardan yoki gonodalardan juft yoki toq o‘tkazuvchi yo‘llardan qo‘shimcha jinsiy
bezlardan tuxumni urug‘lantiradigan qismlardan iboratdir. Urg‘ochilarida esa urug‘
to‘plagich va juftlashish xaltasidan iborat. SHu bilan birga turli hasharotlarning
urg‘ochilarida turlicha tuzilishdagi tuxum qo‘ygichlardan iboratdir. Jinsiy teshiklari
ko‘pincha qorin bo‘shlig‘ining 9 sternitida, urg‘ochiniki esa 8 sternitida joylashgan
bo‘ladi. Lekin ayrim hasharotlarda erkaklari bo‘lmaydi va bir jinslilari ham uchraydi.
Germofrodit formalari juda kam uchraydigan xodisadir. Lekin hasharotlarning
tuxumlari otalanmay partonogenetik usulda rivojlanishi mumkin. Masalan: o‘simlik
biti, yaydoqchilar shular jumlasidandir.
Urg‘ochi jinsiy tizimi jinsiy bezlardan juft va toq tuxum yo‘llari, urug‘ qabul va ba’zan
tuxum qo‘ygichlardan tashkil topadi. Tuxumdonlari juft bezlardir. Ularning follikulalari
tuxum naychalari yoki ovariollari deb ataladi.
Ovariolalar bittadan to 2400 juft bo‘lishi mumkin. O‘simlik bitlarida tuxumlar
reduksiyalangan bo‘lib, faqat bitta naychadan iborat.
Tuxum naychasining uchki qismi germarit, tana qismi esa vitellyarga ajratiladi.
Gormatsit qismidan oogoniylar hosil bo‘ladi va ko‘payadi. Undan ootsitlar va
oziq xujayralari xosil bo‘ladi. Etilgan ootsitlar tuxumga aylangan vitelyarga tushadi.
Tuxum naychasining uchi ingichka ipga filamentga aylanib tuxumdoni kengaygan
qismini hosil qiladi.
10 - rasm. Hasharotlarning jinsiy dimorfizmi: A- kiyin qo‘ng‘iz; B- suzuvchi
qo‘ng‘iz; V- shoxdor qo‘ng‘iz; (♂ -erkagi ♀ -urg‘ochisi)
Vitellyar qismida tuxum etiladi ya’ni kattalashadi va kameralarga ajrala boshlaydi.
Tuxum rivojlanib bo‘lgach tashqi qobiq-xorion hosil bo‘ladi.
11- rasm. Hasharot jinsiy organlarining tuzilishi: A- urg‘ochi qora suvarakning
jinsiy organlari: 1- tuxumdonlar; 2- tuxum yo‘lari; 3- urug‘ qabul qiluvchi xalta; 4-
qo‘shimcha bez;
B- erkak qora suvarakning jinsiy organlari: 1- urug‘donlar; 2- urug‘ yo‘llari; 3- urug‘
chiqarish naychasi; 4,5,6- qo‘shimcha bezlar: V- tuxum naychalarining tiplari; I-
ponaistik; II- politrofik; III-pelotrofik; 1- filomenterlari; 2- germariylari; 3- oositlari;
4- vitellyariylari; 5- epileliya folikulalari; 6- tuxumlari:
Tuxum naychasida ozuqaning bo‘lishiga qarab joylanishi 3 tipda paviostik, politrofik
va pelotrofik bo‘ladi. Birinchi tipdagi oraliq ozuq xujayra kamerasida bo‘ladi. Politrafik
tipida tuxum naychalarida tuxum kameralari oziq xujayra kameralari bilan birin ketin
joylashadi. Pelotrofik tipda oziq xujayralari naychaning uchki qismida joylashadi va
oziq xujayralarga protoplazmatik iplar orqali keladi.
Etilgan tuxumlar va naychalardan o‘tib jinsiy teshik orqali tashqariga chiqadi. Toq
tuxum yo‘liga urug‘ qabul qilgich ingichka nayi ochiladi. Tuxumlarning otalanishi toq
tuxum yo‘li orqali tuxum tashqariga chiqarilayotgan vaqtida otalanadi.
Bundan tashqari qo‘shimcha jinsiy bezlar borki ular turli vazifalarni bajaradi.
Masalan: tuxumni yopishtirish va x.k.
Erkaklar jinsiy tizim bir juft gonada urug‘dan, juft urug‘ yo‘llari, toq urug‘ chiqarish
kanalidan va qo‘shimcha jinsiy bezlardan iborat. Urug‘donlar naysimon yoki
xaltasimon bo‘lib soni ham xilma xildir.
Follikulaning tepa gormariy qismida spermatozoitlar hosil bo‘ladi va etiladi.
Etilgan sperma urug‘dondan bittadan chiqariladi va naysimon juft urug‘ yo‘liga
o‘tadi. Ba’zi hasharotlar urug‘ yo‘li kengayib urug‘ pufagini hosil qiladi. Bunda urug‘
vaqtincha saqlanadi. Urug‘ pufagidagi qo‘shilish organi orqali tashqariga chiqadi.
Bularda ham urg‘ochi hasharotlarda bo‘lgani singari qo‘shimcha bezlar bo‘ladi. Uning
soni bir juftdan uch juftgacha bo‘lishi mumkin.
12 расм Ҳашарот эмбрионнинг ривожланиши:
А-қора
чигиртка
эмбрионининг
ташқарига
қайрилиб
чиқиш
процесси-
бластокинез;
1-
аминион; 2-сероза; 3-елка эмроқчаси (елкага
тортилган сероза)
Б-эмбрион пардасининг ҳосил бўлиши; I-кўндаланг
ва II-узунасига кесилган; а- амнион; с- сероза; эп-
эмбрион йўллари; э-эктодерма; б-бластодерма; III-
эмбрион йўлининг бўғимларга бўлиниш схемаси; 1-
устки лаб, 2-оғиз, 3-муйловлари, 4- устки жағлари,
5-6- биринчи ва иккинчи жуфт остки жағлар, 7-
кўкрак оёқлари, 8-қорин оёқлар (рудиментлари); 9-
нафас тешиклари, 10- анал тешиги.
Tuxumning tuzilishi: Hasharotlarning tuxumi yirik xujayra bo‘lib, protoplazma va
yadrodan tashqari embrionning oziqlanishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan
deytoplazma yoki sarig‘likdan tashkil topgan. Bulardan
13 - rasm. Hasharotlarning tuxumlari
A-tuxum tiplari: 1- tunlam kapalakniki; 2-barg burgachasiniki; 3-kandalaniki; 4-
karam pashshasiniki; 5- oqkapalakniki; 6- bargxo‘r qung‘izdiki; 7- chigirtkaniki; 8-
chigirtka tuxumi, xorion parchasining katta qilib olingan qismini ko‘rinishi; 9- pashsha
tuxumining tuzilishi (a- mikropili; 6-xorion; v-sariqlik parda; g-yadro; d-sariqligi; e-
qutb tanachalari).
B-tuxum to‘plamlarining ochiq holatda qo‘yilishi: 1-zararli xasvaniki; 2- karam
oq kapalakniki; 3-sholg‘om oq kapalakniki; 4-karam tunlamkini; 5-karam bargxo‘rniki;
6-halqa ipakchisiniki.
V-tuxum to‘plamlarining yopiq holatda qo‘yilishi; 1- tengsiz kapalakniki (tuklar
bilan qoplangan); 2- suvarakniki (kapsulada); 3-olcha arrakashniki; (o‘simlik
to‘qimasining ichida).
G-chigirtkalarning
ko‘zcha
xillari:
1-
cho‘l
chigirtkasiniki;
2-voha
chigirtkasiniki; 3- murokkash chigirtkasiniki; 4- ko‘chmanchi chigirtkaniki.
tashqari, ba’zi tuxumda onali tuxumdondan qabul qilingan simbiotik mikroorganizmlar
xosil bo‘ladi.
Tuxum yuzasi, tuxum yo‘llarining follikulyar epiteliysidan ajralgan xoreon po‘st
bilan qoplangan. Xorion anchagina puxta, ko‘pincha taram-taram qobirg‘alar,
o‘simtalar va hokozolar bilan qoplangan.
Tuxumlarning yuqori qismida ba’zan mikroskopik teshikchalar mikropile bor,
spermatozoid tuxumga shular orqali kiradi.
Tuxumlarning katta-kichikligi, shakli va rangi juda xilma-xil. Tuxumlar usti silliq
bo‘lishi mumkin. Tuxumlar oval, uzunchoq, bochkasimon va boshqa shaklda xam
bo‘ladi. Ba’zi tuxumlarda band yoki poyachalari bo‘ladi.
Umuman hasharotlarning tuxumlari va ularning tuxum qo‘yishi turli xil bo‘lishi
xarakterlidir. Bular ularning tuxumlik davrida oilasi, avlodi va turini aniqlashda muhim
rol o‘ynaydi. Bu fa’zida asosan embrional rivojlanish davri o‘tadi.
Embrional rivojlanish tuxum yadrosini bo‘linishidan so‘ng sirtqi protoplazmaning
qavatga kirishdan boshlanadi. YAdroning bo‘linishi natijasida yosh yadrolar hosil
bo‘lib, embrionning dastlabki hujayralari-blastomerlar xosil qiladi. Blastomerlar
oziqani sarig‘likni va blastomerlar hosil qiladi.
Ba’zi tuban hasharotlar tuxumlarida sarig‘lik moddasi kam bo‘lib, ular to‘la va tekis
bo‘linadi. Tekis bo‘linishda ham blastomerlar avvalo morula davrini o‘tab, tuxum
sirtiga joylashadi. Boshqa hasharotlarda esa morula davri bo‘lmaydi, chunki sarig‘lik
modda etishmaydi.
Blastomerlar xosil bo‘lgandan so‘ng uning ayrim qismlarida hujayralar bo‘lina
boshlaydi va bir joyda qalinlashgan embrion yo‘li hosil bo‘ladi.
Rivojlanayotgan embrion esa keyinchalik egiladi va tuxum yuzasiga qayrilib
chiqadi. Embrionning qayrilib chiqish jarayoni blastokinez deb ataladi.
Hosil bo‘lgan embrion yo‘li o‘sib blastomerni qoplaydigan embrion yo‘li hosil
bo‘lishida botib kirishdan hosil bo‘lgan chuqurcha tutashib, birikib ketadi.
Hasharotlarning embrional yo‘lida uchta qavat: ektoderma, entoderma va
mezoderma hosil bo‘ladi. Bunda embrion yo‘lida avvalo uzunasiga ketgan chuqur
ariqcha-dastlabki jo‘yak rivojlanadi.
Embrional qavatlar hosil bo‘lishi bilan ektoderma ichki qayrilib kirib bo‘lajak
lichinkaning oldingi va orqa ichigina hosil qiladi. Entodermaning ichga qayrilib
kiraboshlagan joylarida keyinchalik og‘iz va anil teshigiga ayriladi. So‘ngra embrion
bo‘g‘imlanish boshlanadi va shu bilan bir vaqtda yoki oz keyinroq oyoqlar mo‘ylovlar
va og‘iz apparatlarida paydo bo‘ladi.
Keyinchalik rivojlanib, oldingi va orqa ichakka aylanadigan qayrilmalar orasida
o‘sib ketgan entodermadan o‘rta ichak hosil bo‘la boshlaydi.
Ektodermadan ajralib chiqqan hujayralar embrionning o‘rta yo‘lida ikkita ip hosil
qiladi, bular o‘rtasida ektoderma chuqurroqqa tushib, dastlabki jo‘yan hosil qiladi.
Jo‘yaklik ostida o‘rta asab ipi ajraladi: bu tuzilmalarning hammasidan keyinchalik
asab tizimi hosil bo‘ladi.
Ichga qayrilib kirgan ektodermada nafas tizimi, teri bezlari va jinsiy organlarning
toq yo‘llari, orqa ichak devorining botib kirishidan malpigi kanallari paydo bo‘ladi.
Mezodermadan muskullar, gemolimfa, elka qon tomiri, yog‘ tanachalari, perikadial
hujayralar, tuxum yoki urug‘ yo‘llari hamda jinsiy bezlarining epiteliysi hosil bo‘ladi.
Keyinchalik tuxum yoki urug‘ hosil qiluvchi hujayralar juda barvaqt embrion qavatlari
hosil bo‘lishidan ilgari, ya’ni tuxum bo‘linishining dastlabki davrlarida yoki embrion
yo‘lining orqa ichidagi blastodermadan tuziladi.
Embrion to‘liq rivojlanib bo‘lgandan keyin lichinkaga aylanadi va intensiv
harakatlanib, traxeyalarni havoga to‘ldiradi, amnitik suyuqliklarni yutib, hajmini
kattalashtiradi.
Nihoyat lichinka tuxum po‘chog‘ini kemirib yoki teshib tashqariga chiqadi.
Postembrional rivojlanish-metamorfoz. Hashartlar tuxumdan chiqqandan so‘ng bir
qancha o‘zgarishlarga metamorfozaga uchraydi. Hasharotlar rivojlanish davrida o‘z
shaklini, biologik xususiyatlarini o‘zgartiradi va qaytadan tiklaydi. SHuning uchun
postembrional rivojlanishida differensiya vujudga kelib asosiy ikki faza- lichinkalik va
voyaga etgan etuk imago hosil qiladi. Lichinka fazasida hasharot o‘sib, rivojlanadi,
imago fazasida esa ko‘payib, tarqaladi. Ba’zan ko‘pchilik hasharotlarda bu ikki faza
oralig‘ida oraliq-g‘umbaklik fazasi bo‘ladi. Metamorfoz xarakteriga qarab hasharotlar
asosan ikki tipda bo‘linadi; chala va to‘liq o‘zgarib rivojlanuvchilar.
Tuxumdan chiqqan lichinka rangsiz yoki oqish bo‘lib, ustida yumshoq qoplagichi
bo‘ladi. Lichinka rivojlanib va o‘sish protsesslarida bir necha marta po‘st tashlaydi,
ya’ni teri qoplagichini yangilaydi, tana hajmi kattalashadi.
To‘liq o‘zgaruvchi yoki golometamorfoz rivojlanuvchi hasharotlar to‘rtta rivojlanish
fazasini: tuxum, lichinka, g‘umbak va imago fazasini o‘taydi. Bularning lichinkalari
mutlaqo imogaga o‘xshamaydi. Bularda murakkab fasetkali ko‘zlar, qanot murtaklari
bo‘adi. Og‘iz organlari imagoga nisbatan boshqa tipda bo‘lib, mutloqo boshqa sharoitda
yashaydi.
CHala o‘zgaruvchi hasharotlarning lichinkalari har bir yoshida o‘ziga xos xarakterli
belgilarga esa bo‘ladi, ya’ni qanotlarining katta-kichikligi, mo‘ylovlaridagi bo‘g‘im
sonlari va boshqalar.
To‘liq o‘zgaruvchi hasharotlar lichinkalarning yoshi ko‘pincha ularning kalla
qutisiga qarab aniqlanadi.
Voyaga etgan to‘la o‘zgaruvchi hasharotlar og‘iz apparati garchi so‘ruvchi bo‘lsa
ham, ular lichinkasining og‘iz organlari sodda kemiruvchi tipda bo‘ladi.
Lichinkalarning mo‘ylovlari bo‘lmaydi yoki ular juda kichin bo‘ladi, ularning
tuzilishi voyaga etgan hasharotlar mo‘ylovlarining tuzilishidan farq qiladi.
Lichinkalarning asab tizimi voyaga etgan hasharotlar nerv tizimiga nisbatan juda sodda
tuzilgan va unda ko‘p miqdorda tugun bo‘ladi. Nafas organlari nafas teshiklarining
miqdori jihatidan farq qiladi: suvda yashaydigan ko‘pgina formalarda jabralar mavjud.
Muskullari elka qon tomiri (yurak) va boshqa ichki organlari tuzilish jixatidan
embrional organlariga yaqin keladi.
14 - rasm. Hasharotlarning lichinka tiplari:
I-chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarning lichinka tiplari; 1-to‘g‘ri
qanotlilar (buzoq boshi); 2- qandalalar (zararli xasva); 3-teng qanotlilar (shiralar).
II- to‘liq o‘zgarib rivojlanuvchi hasharotlarning lichinka tiplari;
chuvalchangsimon lichinkalar (1-don qo‘ng‘iziniki, 2-gesson pashshasiniki; 3-lavlagi
uzunburun qo‘ng‘iziniki).
Qurtsimon lichinkalari (4-karam quyasiniki, 5-undov arrakashning soxta qurti).
Kampodesimon lichinkalar (6-don vizillog‘iniki, 7- oltinko‘zniki)
Lichinkalarning jinsiy tizim organlaridan faqat jinsiy bezlar barvaqt rivojlanadi, tashqi
jinsiy organlari esa etishmagan bo‘ladi.
Hasharotlarning lichinkalari juda xilma-xil. YUqorida ta’kidlanganidek ular asosan
ikki tipga: nimfa yoki imogasimon va imoga o‘xshamaydigan lichinkalarga bo‘linadi.
To‘liq o‘zgaruvchi hasharotlar tuxumdan chiqqanidan keyin tashqi ko‘rinishi va
tuzilishi jixatidan voyaga etgan hasharotlardan keskin farq qiladi va juda asosli ravishda
chin lichinka deb ataladi. Ularning uchta: kampodeosimon, chuvalchangsimon va
qurtsimon lichinkalarning tiplariga bo‘lish mumkin.
Kompodeosimon tipdagi lichinkalar uchun tananing cho‘ziq, yassi formali bo‘lishi,
ko‘krak oyoqlarining uzunligi va og‘iz organlarining taraqqiy etganligi hamda ularning
oldingi tomonga o‘rnashganligi xarakterlidir.
CHuvalchangsimon lichinkalarning gavdasi uzun, yumaloq va etli bo‘lib, ular aniq
ajralib turgan bosh qismi hamda ko‘krak oyoqlari bor yo‘qligiga qarab bir-biridan farq
qiladi.
Qurtsimon –erukosimon tipdagi lichinkalar chuvalchangsimon tipdagilarga
o‘xshaydi. Ularning gavdasi chuvalchangsimon formali bo‘lib, bosh qismi aniq
ajralgan, lekin uch juft haqiqiy ko‘krak oyoqlardan tashqari yana qorincha qismida
“soxta oyoqlar” deb ataluvchi oyoqchalar ham bor.
CHala o‘zgaruvchi hasharotlarning ko‘pincha shakl o‘zgarishi gipomorfoz, to‘liq
o‘zgaruvchi hasharotlarda gipermatomorfoz deb ataladi.
Gipomorfoz chala o‘zgaruvchi qanotli hasharotlar uchun xos bo‘lib, evolyusiya
protsessida qanotlarini yo‘qotadi. Ularning lichinka, ya’ni nimfalari imago juda
o‘xshash. Farqi faqat xajmi, kattaligi,mo‘ylov bo‘g‘imlarining soni, rangi va
serkilarning bo‘g‘imlanishidadir.
Gipermetamorfoz – to‘liq o‘zgaruvchi hasharotlarda rasmiy o‘zgarushning ba’zi
murakkablanishi ro‘y berib turadi. Bularda bir necha shakldagi lichinkalar, ba’zan
g‘umbaklar bo‘lishi xarakterlidir.
Umuman hasharotlarda quyidagi metamorfoza tiplar uchraydi:
1. Anamorfoz-bu o‘zgarish mo‘ylovsizlar turkumining vakillariga xos bo‘lib, ularning
tashqi ko‘rinishidan voyaga etgan davrida juda o‘xshash, lekin qorin bo‘g‘in sonlari
kam bo‘ladi.
2. Protomorfoz yoki dastlabki o‘zgarish, bular etek holatida po‘st tashlashi bilan
xarakterlanadi.
3. Gemimetamorfoz o‘zgarish chala hasharotlarga xos bo‘lib, bularga ninachilar
turkumi kiradi. Gemimetamorfoz bir necha xil bo‘ladi: a) gipomorfoz bular protomorfoz
tipiga o‘xshash chala o‘zgarish orqali rivojlanadi. b) gipermorfoz tipdagi o‘zgarishga
teng qanotlilar turkumining oqqanotlilar va qalqondorlarning erkaklari hamda tripslar
kiradi.
4. Golometamorfoz o‘zgarish to‘liq o‘zgaruvchiga xos. Gumbaklar tashki ko‘rinishi
jihatidan uch tipga bo‘linadi.