Hasharotlarning ekologiyasi
Reja:
1. Muxit faktorlari
2. Abiotik faktorlar
3. Biotik faktorlar
Hamma organizmda yashab turgan muhitni ajralmas bir qismidir
Organizm bilan atrof muhit o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarni
o‘rganadigan fan ekologiya (grekcha — oikos yoki — okos — yashash joyi yoki
muhit va logos — fan) deb aytiladi. Hasharotlar va ayrim turlarning ekologiyasini
o‘rganish muxim ilmiy kuzatishning asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi. CHunki
ularning ekologik xususiyatlarini bilmasdan turib ba’zi bir nazariy va amaliy
masalalarni, jumladan, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash choralarini hamda
ularning ommaviy ko‘payishini oldindan bilish choralarini ishlab chiqishni
tasavvur qilish mumkin emas.
Har bir tur va individ o‘z ekologiyasiga ega.
Hayotning eng yuqori formasi — t u r e k o l o g i k s i s t e m a sidir, ya’ni
hamma
organizm,
hamma
turlarning
birgalikda
xayotidir.
Bu
turlar
territoriyaning har qanday uchastkasida joylashuvchi tirik organizmlar — o‘simlik
va hayvon organizmlari — b i o t s e n o z tarkibiga kiradi.
Organizmning yashashi uchun muxit faktorlari muhim rol o‘ynaydi.
Muhit faktorlari
Organizm dastavval uch muhit — x a v o , s u v v a t u p r o q ta’sirida hayot
kechiradi. Bu tashqi muhit organizm bilan ajralmas bog‘liq bo‘lib, yashash uchun
qulay sharoit hosil qiladi va ular alohida ekologik faktorlarni vujudga keltiradi. Bu
ekologik faktorlarni asosan to‘rtta kategoriyaga bo‘lish mumkin.
1 A b i o t i k yo ki a n o r g a n i k fa k t o r l ar: organizmga
iqlim sharoitlarini (issiqlik, namlik yorug‘lik va boshqalar) hamda tortish kuchi,
atmosferaning tarkibi va xususiyati, radioaktivlik, relef va boshqa faktorlarning
ta’sir etishi.
2 G i d r r o - e d a f i k y o k i s u v - tuproqning organizmga muxim yashash
muxiti sifatida ta’siri. Bunda hasharotlar ekologiyasida tuproq faktori muhim
rol o‘ynaydi.
3. B i o t i k y o k i o r g a n i k f a k t o r l a r : organizmga tirik
tabiatning ta’siri, ovqatlanish asosida organizmlararo bir-biriga munosabati,
turlararo munosabati va boshqalar.
4. A n t r o p o g e n f a k t o r l a r : tabiatga va organizmga odam faoliyatining
ta’siri,
qo‘riq
erlarni
o‘zlashtirish,
irrigatsiya
sistemalarini
qurish,
zararkunandalarga qarshi kurash, boshqa hayvon hamda o‘simliklarni tarqalishi
va hokazo.
Oldingi uch faktor birlamchi — tabiiy faktorlar tabiatda doimo bo‘lib kelgan.
Antropogen faktor esa ikkilamchi, planetamiz hayotida yangi sifat — hodisa
sifatida vujudga keldi.
Lekin bu klassifikatsiya ekologik faktorlarni organizm bilan muhit o‘rtasidagi
bog‘lanishning faqat birinchi pog‘onasini tashkil etib, o‘zaro munosabat moxiyatini
ochmaydi, chunki turning o‘zgaruvchanligi nazarga olinmagan. Bundan tashqari,
ekologik faktorlar organizmga turlicha ta’sir etadi — ayrim faktorlar
organizmning yashashi uchun qulay sharoit bo‘lib hisoblansa, boshqalari noqulay
bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ekologik faktorlarni analiz qilishda, ularning
zaruriyati, o‘zgaruvchanligi va organizmga ta’siri xamda moslashish reaksiyasini
nazarda tutish lozim.
Turlarning muhit talabchanligi xar xil va bir-biridan keskin farq qiladi.
Ba’zilari issiqlikka talabchan, ya’ni issiqlik sevuvchi yoki t e r m o f i l ,
boshqalari sovuqlik sevuvchi k r i o f i l, namlik sevuvchi — g i g r o f i l va
quruqlik sevuvchi — k s e r o f i l . O‘simlik qoplamida yashovchilar — f i t o f i l,
tuproqda yashovchilar — g eo f i l l a r va boshqalar. Turlarning bu qobiliyati irsiy
bo‘lib evolyusiya natijasida vujudga kelgan. Bu turlarning ekologik faktorlarga
talabchanligi deb aytiladi.
Hasharotlar ekologiyasining asosiy birinchi etap vazifasi ekologik
faktorlarni, hasharot turiga va to‘dasiga, tur va uning tarkibini son dinamikasi
qonuniyatlariga ta’sirini o‘rganishdir. Ikkinchisi zararli va foydali turlar uchun
(foydalisi uchun qulay, zararlisi uchun noqulay) ekologik yashash sharoitlarni
o‘zgartirish yo‘llarini ishlab chiqishdir.
Abiotik faktorlar
Muhit harorati. Abiotik faktorlar ichida hayotiy muhit sharoitni yaratishda
iqlim faktorlari — issiqlik, namlik, yorug‘lik va havo harakati muhim rol
o‘ynaydi. Ayniqsa, hasharotlar uchun issiqlik — termik faktor katta rol o‘ynaydi.
CHunki hasharotlar sovuqqonlilar — p o y k i l o t e r m org a n i z m d i r , ya’ni
doimiy tana haroratiga ega emas. SHuning uchun hasharotlarning xayot funksiyasi,
ularning xulqi, o‘sish tezligi, populyasiya dinamikasi tashqi muhit harorati bilan
aniqlanadi.
Hasharotlar odatda 10°—40° o‘rtasidagi issiqlikda harakatchan bo‘ladi.
Harorat pasayganda hasharotlar ovqatlanishdan, so‘ngra harakatlanishdan to‘xtaydi
va nihoyat, nobud bo‘ladi. Haroratning normadan ortiq ko‘tarilishi ham
hasharotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Harorat hasharotlar jinsiy mahsulotning etilishiga ham ta’sir etadi. Suli shved
pashshasi g‘umbakdan chiqqandan keyin 22° issiqlikda 10 kundan so‘ng, 17°—14,
14°—36 va 4° da esa 50 kundan so‘ng tuxum qo‘yadi. Lekin harorat normadan
ortganda hasharotlarning nasldorligi pasayadi, yoki to‘xtaydi. Masalan, g‘o‘za
bitining tirik tug‘ilishi issiqlik 30° dan ortganda pasayadi.
Hasharotlarning embrional va postembrional taraqqiyoti yuqori haroratda
tezlashadi. Natijada taraqqiyot sikli qisqaradi va hasharot tezroq ko‘payadi. Beda
mo‘ri qurti 17° atrofida 56 kunda, 21° da 34 kunda, 22° da 31 kunda rivojlanadi.
Xar xil turga mansub hasharotlarning yuqori temperaturada tez rivojlanishining
ma’lum chegarasi bor. Masalan, o‘tloq parvonasi g‘umbagining rivojlanishi faqat
26° issiqlikkacha tezlashib boradi, temperatura bundan ortsa rivojlanish
sekinlashib, so‘ngra to‘xtaydi va nixoyat, chegaradan oshganda hasharot o‘ladi. Ma’-
lum harorat nuqtasidan pastda yoki yuqorida rivojlanish to‘xtasa, o‘sha; harorat
rivojlanishining pastki; yoki yuqorigi chegarasi deb aytiladi.
Hasharotlarning sovuqqa chidamliligi ularning soni va tarqalishida muxim rol
o‘ynaydn. Ko‘p tur hasharotlar sovuqqa chidamlidir. Masalan, kukqurt — 11°
gacha, o‘tloq parvonasi qurti — 300 gacha bardosh beradi. L. K. Lozina—Lozinskiy
o‘tkazgan tajribalarda poya parvonasi qurti hatto —80° va —190° gacha chidagan.
Sovuqqa chidamlilik organizmning holatiga va sovitishning sekin tezligiga,
umuman bioximiyaviy xamda fiziologik xususiyatlariga bog‘liq.
YOg‘ tanachalari ko‘p, erkin suv miqdori kam bo‘lsa, hasharot sovuqqa
ko‘proq chidaydi. Masalan, ko‘kqurtda YOG‘ tanachasi ko‘p va suvi kam bo‘lsa
u -8-11° o‘rtasida xalok bo‘ladi, yog‘ tanachalari yaxshi taraqkiy etmagan va
erkin suv ko‘p miqdorda uchrasa qurt -5-6° da nobud bo‘ladi. Sovuq va iliq
haroratlarning notekis almashinishi hasharotlar uchun xalokatlidir.
Hasharotlarning haroratga qarab rivojlanish tezligini haqiqatga yaqinroq
aniqlash va yil mobaynidagi bo‘g‘in berish miqdorini belgilash uchun rivojlanish
samarali haroratini aniqlash muxim rol o‘ynaydi. Rivojlanish nuqtasidan yuqorida
va yuqori nuqtadan chiqmagan oraliqda joylashgan issiqlik s a m a r a l i h arorat
deb aytiladi. Bu harorat hasharotning normal rivojlanishini ta’minlaydi. Samarali
xaroratni aniqlash uchun pastki nuqta rivojlanish xaroratini bilish shart. Agar pastki
nukta rivojlanish xarorati — t1 aniq bo‘lsa, hasharot rivojlangan xaroratdan- t olish
yo‘li bilan, ya’ni t — tx samarali harorat aniqlanadi. Hasharotlarning bir necha xil
(kamida ikki xil haroratda rivojlanishi uchun kerak kunlar miqdori p) termostat
yordamida eksperimental usulda aniqlanadi.
Har bir hasharot turlarining rivojlanishini to‘liq o‘tishi uchun ma’lum
miqdorda issiqlik energiyasi, ya’ni samarali xarorat yig‘indisi (S) zarur. Bu
quyidagicha aniqlanadi:
S=(t-t1)•n
Ko‘p olimlarning olib borgan kuzatishlari ko‘rsatishicha har bir individ va
turning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan samarali xarorat yig‘indisi i s s i q l i k
k o n s t a n t i deb belgilanadi. Issiqlik konstanti turning xarakterli belgisi
bo‘lib uning kattaligi turini issiqlikka — ekologik faktorga talabchanlik
darajasini aniqlaydi.
Ba’zi bir hasharot turlarining rivojlanish bo‘sag‘asi va samarali xarorat
yig‘indisi quyidagi jadvalda berilgan (I. V. Kojanchikov va boshqa avtorlar).
Turlarning nomi
Pastki taraqqiyot
bo‘sag‘asi
Hasharotning samarali
yig‘indisi
Olma shirasi
7.0
114
Uy pashshasi
12.0
230
Ombor uzunburun qo‘ng‘izi.
11.0
360
Karam kuyasi
9.8
380
SHved pashshasi
8.0
400
Kuzgi tunlam
10.0
1000
Sariq suvarak
6.5
1900
Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan rivojlanish davomatini doimiy u
yoki bu xaroratda aniqlash mumkin. Masalan, 21° S da ombor uzunburun qo‘ng‘izi
taxminan 36 kun rivojlanadi. Rivojlanayotgan haroratdan (210S) pastki taraqqiyot
bo‘sag‘a xaroratini — 11° S (1- jadval) olib tashlab, chiqqan sonni rivojlanish
kunlar miqdoriga (36) ko‘paytirib, rivojlanish doimiy samarali xarorat yig‘indisi
yoki issiqlik konstanti aniqlanadi (21—11) • 36 = 360; uy pashshasi esa 25,5
kun (21—12) •25,5 = 230. Rivojlanish bo‘sag‘asi va issiqlik konstanti orqali
u yoki bu turni turli xil geografik nuqtada necha marta bo‘g‘in berishini hisoblab
chiqish mumkin. Buning uchun shu geografik zonani ko‘p yillik o‘rtacha
hamma oylar bo‘yicha vegetatsiya davrining harorat yig‘indisini olib, o‘rganiladigan
tur uchun samarali haroratni shu geografik zona bo‘yicha xisoblab chiqish kerak.
Samarali harorat yig‘indisi hasharot turining issiqlik konstantiga bo‘linadi. Misol:
Toshkentda samarali harorat yig‘indisi 2800°, karam kuyasining issiqlik konstanti
380° (1-jadval). Bunday xolda nazariy jihatdan qaraganda hasharot 7,4 bo‘g‘in
berishi kerak. Vaxolanki 8—10 marta bo‘g‘in beradn. Haqiqatda esa hasharot
doimiy haroratda emas, balki o‘zgaruvchan haroratda rivojlanadi. Meteorologik
stansiyalarning ko‘rsatishicha o‘rtacha harorat hasharotlar yashagan joydagi
o‘rtacha haroratdan birmuncha farq qiladi. Bundan tashkari, hasharotlarning
rivojlanishi yana boshqa sharoitga bog‘liq. SHuning uchun bu usulda bo‘g‘in
sonlarini hisoblashda va fenologik kalendar tuzishda shu extimollarni nazarda
tutish kerak.
Biotik faktorlar
Hasharotlar xayotida, ularning turli xil tirik organizmlar bilan munosabati muxim
rol o‘ynaydi. Tabiatning tirik kuchlari muxitning biotik faktorlari spfatida hasharot
orgaiizmiga ta’sir etadi.
Hasharotlarking biotik muhit faktorining munosabat asoslarnni oziqa yoki tropik
munosabat bilan bog‘lilik tashkil etadi. Oziqaga bo‘lgan talab fiziologik zarurnyat
bo‘lib, turli xil oziqa manbalaridan foydalanish turli xil moslashmalarini vujudga
keltiradi.
Oziqa hsharotlarniig yashashi uchun eng muxim ekologik faktorlardan biri
xisoblanadi.
Hasharotlarning oziqa manbai har xil. Faqat o‘simlik bilan ovqatlanadigan
hasharotlar f i t o f a g l a r deb aytiladi. Masalan, uzun mo‘ylovli qo‘ng‘izlar, bargxo‘rlar,
uzunburunlilar, po‘stloqxo‘rlar, chigirtkasimonlar va boshqalar, faqat xayvonlar bilan
ovqatlanadigan hasharotlar z o o f a g l a r deb aytiladi. Bular, o‘z navbatida, yirtqichlar
va
parazitlarga
bo‘linadi.
Yirtqichlarga
xonqizi,
ninachilar,
qtir
pashshasi
beshiktervatarlar va boshqalar kiradi. Parazitlarga esa yaydoqchilar, ko‘p ikki qanotlilar,
tivitxo‘rlar, bitlar va boshqalar kiradi. CHirigan o‘simlik qoldiqlari bilan ovqatlanadigan
hasharotlar saprofaglar deb aytiladi. Bularga ko‘pchilik oyoqdumlilar, ikki
qanotlilarning lichinkalari va ba’zi bir qo‘ng‘izlar kiradi. O‘limtiklar bilan oziqlanadigan
hasharotlar nekrofaglar deb aytiladi. Bularga tipik o‘likxo‘r qo‘ng‘izlar va ba’zi bir
pashshalarning lichinkalari kiradi. Go‘ng bilan ovqatlanadigan hasharotlar — koprofaglar
deb aytiladi. Bularga go‘ng qo‘ng‘izi, stafilinidlar, ba’zn bir pashshalar lichinkalari misol
bo‘ladi. Bularning hammasi ya’ni fito, zoo, sapro, n e k r o va k o p r o f a g lar
birlamchi tartibda oziqaga moslashishdir. Ikkilamchi tartibda oziqaga moslashish har bir
kategoriya chegarasida oziqaga talabchanlik darajasi bilan xarakterlanadi. Bir xildagi oziq
eydiganlar (bir turga kiradigan o‘simlik yoki hayvon mahsuloti) — m o n o f a g l a r va
har xil oziq eydiganlar polifag deb aytiladi. Polifaglik ko‘pincha cheklangan bo‘ladi.
Birok, juda xilma-xil organik moddalarni (o‘simlik va hayvon qoldiqlarini), xatto o‘z
eksperimentlarni eydigan hasharotlar xammaxo‘r yoki p a n t o f a g , oziqani juda tanlab
eydigan, masalan, bitta botanik oilaga kiruvchi o‘simliklarni eydigan hasharotlar
olig o f a g l a r deb aytiladi. Monofaglarga tok fillokserasi, no‘xat qo‘ng‘izi va boshqalar
kiradi. Oligofaglarga qandlavlagi uzunburun qo‘ng‘izi, bedafilchasi, kartoshka Kolorado
qo‘ng‘izi va boshqalar kiradi.
Hasharotlarni oziqaga moslashish qonuniyati faqat nazariy axamiyatga ega
bo‘lmasdan, katta amaliy axamiyatga xam ega. Buning asosida yangi joriy etiladigan
qishloq xo‘jalik o‘simlik zararkunandalarining tarkibini oldindan etirof qilish va shu
bilan birga bu qonuniyat zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlarining nazariy
negizini yaratishda, to‘g‘ri dala almashishni joriy etishda muhim rol o‘ynadi.
Xayvonlarning ovqatlanishi (boshqa organizmlar) ozmi-ko‘pmi oziqa bog‘lami
bilan bog‘langan. Ayniqsa monofag va oligofaglarda bu bog‘lam mustaxkam. Lekin bu
bog‘lamlar ba’zida komponeptlar: ovqatni iste’mol qiluvchi va ta’minlovchi bilan
chegaralanmaydi. Ko‘pincha iste’mol qiluvchilar, o‘z navbatida, boshqa organizmlar uchun
ovqat ta’minlovchi bo‘lishi mumkin. SHuning bilan bir nechta tur individ
organizmlarning bir-biriga qo‘shiluvchi ovqatlanish zanjiri vujudga keladi.
Ovqatlanish zanjiri o‘simlik yoki o‘lik organik moddalardan boshlanadi va yirtqich
hayvonlar yoki parazitlar bilan tugallanadi. Masalan: bug‘doyda g‘alla biti oziqlanadi,
bular bilan xonqiz qo‘ng‘izlari va ularning lichinkalari oziqlanadi, o‘zlari esa qushlarga
em bo‘ladi. Natijada ovqatlanish bog‘lami va ovqatlanish zanjiri turli xil organizmlarni
bir-biri bilan bog‘lab, ular o‘rtasida murakkab va maxkam o‘zaro munosabatni hosil
qiladi.
Ko‘pchilik o‘simlikxo‘r hasharotlar madaniy o‘simlik bilan oziqlanganda
o‘simlikka turlicha zarar etkazadi. Bu zararlar turli xil usulda bo‘ladi, jumladan,
o‘simlik bilan ovqatlanish, to‘q.imalarda tuxum qo‘yish va turli xil o‘simlik bakterial,
virusli va zamburug‘ kasalliklarni tarqatish va yuqtirish orqali zarar etkazadi.
Hasharotlarning o‘simlikka zarar etkazishini quyidagi tiplarga bo‘lish mumkin .
I. Hasharotning o‘simlikka tayyorgarlik ko‘rmasdan z a r a r e t k a z i sh, ya’ni
hasharot o‘simlikning u yoki bu qismi bilan natura xolatda oziqlanadn. Bu quyidagicha
bo‘ladi: 1. Barg va u n i n g q i s m l a r i n i zararlash. Qo‘pol zararlash, bunda
kemiruvchi hasharot bargning xammasini eydi. Bularga chigirtkasimonlar, ko‘pchilik
kapalaklar lichinkasi, arrakashlar va ba’zi bir qo‘ng‘izlar kiradi. Tanlab zararlash—
kemiruvchi hasharot barg chetini esa —chetidan zararlanish; bargni teshib, o‘yib esa—
teshikli zaralanish deyiladi. Misol, ko‘pchilik bargxo‘r qo‘ng‘izlar, ba’zi bir kapalak
qurtlar. Hasharot barg tomirlariga tegmay etini va terisini esa barg skeletlanishi; hasharot
bargning ayrim uchastkalarini esa-yu, ammo eyilgan joyning ustki yoki ostki pardasiga
tegmasa, bunday zararlanish darchasimon zararlanish deyiladi. Ko‘pchilik bargxo‘r
qo‘ng‘izlarning lichinkalari, arrakashlarning soxta qurtlari va boshqalar bunga misol
bo‘la oladi.
Hasharot bargning bir joyidan epidermasini teshib kirib, parenximani eb,
epidermasiga tegmay zararlasa, bunday zararlash minalash deb aytiladi. Misol,
lavlagi pashshasi lichinkalari minali pashshachalar oilasiga kiradi. Ba’zi bir
so‘ruvchi hasharotlar, bitlar, qandalalar, tripslar va boshqalar barg shirasini so‘rish
natijasida, bargda turli xil qo‘g‘ir, sariq oq va boshqa rang dog‘lar xosil qiladi.
2. O‘simlik sk e l e t qisml a r i — t a n a , n o v d a v a s h o x l a r n i
za r a r l a s h . O ‘ simlikning yog‘och, lub yoki po‘stlog‘ida uzun mo‘ylov
qo‘ng‘izi, po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izining lichinkalari turli xil murakkab yo‘llar xosil
qiladi.
24- rasm. Hasharotlarning o‘simlikka zarar etkazish tiplari:
I-qurtlarning bargni qo‘pol zararlashi, 2- bargxo‘r qo‘ng‘izning darcha hosil qilib
zararlashi, 3-matsiyalash, 5-6-kazarka qo‘ng‘izini olma kurtagi va mevasini zararlashi,
7- arrakash soxta qurtning bargni minalashtirgani, 8- qayin nay hosil qiluvchini nay
qilib zararlashi, 9- yong‘oq hosil qilib zararlash, 10- po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izning
yog‘ochdagi yo‘llari.
Hasharot lichinkalari o‘simlikning novda, tana va shoxlari ichida ovqatlanishi
natijasida o‘simlikning shu qismlari shakli o‘zgaradi. Bunday zararlanishga,
novda, tana va shoxlar d e f o r m a t s i y a s i deb aytiladi.
3. O‘simlik ildizlarin i n g z a r a r l a n i s h i g a buzoqboshi, simqurtlar va
uzunburun qo‘ng‘izlarni lichinkalari o‘simlik ildizlarini ustki tomonidan kemirishi
yoki xar xil shaklda ichki yo‘llarini xamda ildiz uchlarida tuganak bakteriyalarini
hosil qilishi kiradi.