Hasharotlarning morfologiyasi (Hasharotlar tanasining segmentlarga bo‘linishi, Hasharotlarning bosh qismi va uning tuzilishi)
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
712,0 KB
Hasharotlarning morfologiyasi
Reja:
1. Hasharotlar tanasining segmentlarga bo‘linishi.
2. Hasharotlarning bosh qismi va uning tuzilishi.
3. Hasharotlarning ko‘krak qismi va uning tuzilishi.
4. Hasharotlarning qorin qismi va uning tuzilishi.
Morfologiya fani hasharotlarning tashqi va ichki tuzilishini o‘rganadigan fan
hisoblanadi.
Hasharotlarning tashqi tomonini qoplab turgan qoplamasi kutikula deb ataladi.
Kutikula hasharotning tashqi tomonidan ya’ni tanasini va uning o‘simtalarini qoplab va
o‘zaro elastik parda vositasida qattiq parchalardan iboratdir. Terini bunday tartibda
tuzilganligi hasharot tanasini segmentlardan iborat tarzda tuzilishini ta’minlaydi.
Bunday tuzilish hasharot tanasining turli qismlarini egilishi va harakatlanishini
ta’minlaydi. SHu bilan birga kutikula o‘ziga xos skelet vazifasini bajaradi. CHunki
hasharotlarning muskullari shu kutikulaga birikadi. Bundan tashqari teri qoplami
ularning turli noqulay sharoitlardan ximoya qiladi.
Hasharotlarning tanasi yaxlit 3 qismga ya’ni bosh, ko‘krak va qorin qismlariga
bo‘linadi. Bosh qismi 4-5 segmentlardan, ko‘krak 3 va qorin 11 segmentdan iboratdir.
Demak hasharotlar tashqi tomonidan 18-19 segmentdan iborat tuzilishga ega ekan.
Lekin shuni ham aytish kerakki hasharotlar evolyusiyasi davomida ushbu
segmentlarning ayrimlari rivojlanmagan yoki vazifasini o‘zgartirib 2-jarayon natijasida
hasharotlar uchun bir muncha progressiv belgilardan biri hisoblangan qanotlari hosil
bo‘lishi ularning turli ekologik sharoitlarni ishg‘ol qilishga olib kelgan. Hasharotlarni
bosh qismi kalla qutisidan iborat bo‘lib, u tashqi skeletni hosil qiladi. Bosh qismida
og‘iz organlari bir juft mo‘ylov, bir juft murakkab hamda oddiy ko‘zchalar joylashgan.
Boshning oldingi qismi peshona uning yuqorisi chakka undan so‘ng esa gardoni,
peshonaning oldida qanshar undan pastda og‘iz organlari joylashgan. Boshning gavdaga
qo‘shilgan qismi bo‘yin deb ataladi. Hasharotlarning bosh qismida hid bilish yoki sezish
organi bo‘lgan mo‘ylovlar joylashgan. Ba’zan kalla qutisida embrion bosh qismidagi
ayrim bo‘g‘imlarning bir biriga qo‘shilish izlari aniq ko‘rinib turadi. Boshning ustki
qismi harakatsiz tutashgan bosh qism skeletidan tuzilgan. Boshning oldingi sathi
peshona, uning yuqorisida chakka, undan yuqoriroqda ensa gardoni, peshona pastida
yoki oldida qanshar yoki klipeus. Undan pastda og‘iz organlarini yuqoridan yopib
turuvchi yaproqcha ko‘rinishidagi xarakatchan yuqorigi lab joylashgan, bosh
yonboshlarida joylashgan ko‘zlar osti va yonboshlari lunj deb nomlanadi. Ba’zi bir
tuban hasharotlarda boshning oldingi tomonidagi ko‘zlar oralig‘i, V shaklda chok
xoshiya izlar bilan ajralgan bo‘lib, buni epikranial hoshiya deb ataladi.
Boshning gavdaga qo‘shilgan xalqasimon yumshoq qismi bo‘yin deb, bo‘yin bilan
og‘iz organi o‘rtasidagi qismi tomog‘ deb ataladi. Boshning orqa tomonida ya’ni
ko‘krak qismida yotgan ichki organlar o‘tadigan joyda ensa teshigi joylashgan.
Hasharotlarning mo‘ylovlari ularning sistematik o‘rnini yoki ularni turkum va
turlarini aniqlashda ham muhim ahamiyatga egadir. Ayrim hasharotlar turkumlari
mo‘ylovlarini tuzilishiga qarab ham nomlanadi.
2- rasm. Hasharotlarning mo‘ylovining tuzilishi va tiplari;
Faqat
mo‘ylovlar
mo‘ylovsizlar
turkumining
vakillarida
bo‘lmaydi.
Hasharotlarning mo‘ylovlari hid bilish va sezish yani tuyg‘u vazifasini bajaradi.
Mo‘ylovlar peshonaning ikki o‘nidagi ko‘zlar orasida yoki uning oldidagi
chuqurchalarda joylashgan. Mo‘ylovlar yo‘g‘onlashgan o‘zak, asosiy dasta undan keyin
oyoqcha va uchinchi bo‘g‘indan boshlanadigan xivchindan tashkil topgan.
Ba’zan mo‘ylovlar hasharotlarning erkak urg‘ochisini ajratishda muhim belgi
hisoblanadi. Bizga ma’lumki erkak va urg‘ochi hasharotlarning mo‘ylovlarini tuzilishi
xar xil ko‘rinishda bo‘ladi.
Hasharotlarning mo‘ylovlari qanday ko‘rinishda yoki qanday vazifani bajarmasin,
lekin ularning ma’lum ko‘rinishiga qarab tiplarga ajratilib o‘rnatiladi.
Bu xar bir tipdagi mo‘ylovlar o‘zining tuzilishiga qarab quyidagicha tuzilishga
egadir.
1. Ipsimon mo‘ylov- yuguron qo‘ng‘izlarda bunday ko‘rinishdagi mo‘ylovlarning
ko‘rinishi asosidan to mo‘ylovning uch qismigacha bir xil yo‘g‘onlikda bo‘ladi.
2. Qilsimon mo‘ylov-suvaraklarda bu tipdagi mo‘ylovlarning ko‘rinishi mo‘ylov
asosidan uch qismga qarab bir tekisda ingichkalashib boradi.
3. Marjonsimon mo‘ylov-un qo‘ng‘izlarida bu mo‘ylovlarning bo‘g‘imlari kalta,
yo‘g‘onlashgan, ikki uchi yumaloqlashgan hamda aniq ifodalashuvchi siniqlik bilan bir
biridan ajralib turadigan bo‘g‘imlardan iborat.
4.
Arrasimon
mo‘ylov-qirsildoq
qo‘ng‘izlarda
bunday
mo‘ylovlarning
bo‘g‘inlarining bir tomoni arra tishiga o‘xshash kertiklar bilan o‘yilgan bo‘ladi.
5. Taraqsimon mo‘ylov –bu mo‘ylovlar taroq ko‘rinishida bo‘lib xar bir bo‘g‘imda
uzun taroq tishiga o‘xshash o‘simtalari bo‘ladi.
6. To‘g‘nog‘ichsimon mo‘ylov- oq kapalaklarda bunday mo‘ylovlarni ko‘rinishi
asosidagi bo‘g‘imlari 3 qismga etguncha deyarli bir xilda bo‘lsada lekin uch qismidagi
bo‘g‘inlar bir muncha kengayib, kattalashgan ko‘rinishda bo‘ladi.
7. Boshchali mo‘ylov- (po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izlarda) bunda asos qismidagi
bo‘g‘imlarning uch qismiga borgan sari ko‘rinishi xar xil bo‘lsada lekin uch qismidagi
bo‘g‘imlar bir muncha kengayib, kattalashgan ko‘rinishda bo‘ladi.
8. Duksimon mo‘ylov- (qo‘ng‘izlarda) o‘rta bo‘g‘imlari tubidagi va uchidagi
bo‘g‘imlariga nisbatan juda yo‘g‘onlashgan.
9. YAproqsimon yoki elpig‘ichsimon mo‘ylov- (kapalaklarda) uning uchidagi
bo‘g‘inlari yaproqcha shaklida bo‘ladi.
10. Patsimon mo‘ylov- tangacha qanotlilarda bo‘g‘imlarning ikki yoki uch tomonida
har xil uzunlikda o‘simtalar bo‘ladi.
11. Qilchali mo‘ylov- ikki qanotlilarda uchta bo‘g‘imdan birida oddiy yoki
shoxlangan qilcha bo‘ladi.
12. Noto‘g‘ri shakldagi mo‘ylov- ayrim bo‘g‘imlarning katta kichikligi va shakli xar
xil bo‘ladi.
13. Tirsakli mo‘ylov- asalari, uzunburun qo‘ng‘izlarda bunday mo‘ylovlar to‘ppa-
to‘g‘ri yoki burchak xosil qilib egilgan bo‘lishi mumkin, burchak hosil qilib egilgan
mo‘ylov-tirsakli mo‘ylov deb ataladi. Tirsakli mo‘ylovning asosiy bo‘g‘imi juda uzun.
Boshqa bo‘g‘imlari esa qisqa va burchak xosil qilib, asosiy bo‘g‘imga qarab egilgan
bo‘ladi. Hasharotlarning bosh qismida joylashgan organlariga og‘iz kiradi. Og‘iz
yuqoridagi lab, uch juft og‘iz va tomoq osti bo‘g‘inlaridan tuzilgan.
Hasharotlarning og‘iz organlari tarixiy taraqqiyot natijasida ovqatlanishga va
ozuqani turiga qarab turli tipdagi og‘iz tuzilishiga ega bo‘ladi. Masalan: kemiruvchi
qattiq ozuqa bilan, so‘ruvchi suyuq ozuqa bilan oziqlanishga moslashgan.
Hasharotlarni so‘ruvchi tipdagi og‘iz organlari turlicha tuzilgan so‘ruvchi va sanchib
so‘ruvchi tipda bo‘ladi. So‘ruvchi tipdagi og‘iz orqali ozuqa so‘rib olinadi. Sanchib
so‘ruvchida esa naychalar po‘stga sanchiladi. U erdan naychalar orqali og‘iz
bo‘shlig‘iga ko‘tariladi. Hasharotlarning turli vakillarida og‘izning turli tiplarini
ko‘rishimiz
mumkin.
Masalan:
Kemiruvchi
og‘iz
apparati
bularga
misol
to‘g‘riqanotlilar, suvaraklarda uchraydi. Kesuvchi –so‘ruvchi og‘iz apparati xayvon va
odamni qonini so‘ruvchi hasharotlarda uchraydi.
YAlovchi og‘iz apparati kuzgi chipor pashshalarda uchraydi.
3- rasm. Hasharotlar og‘iz apparatlarining xillari va tuzilishi;
A- kemiruvchi og‘iz apparati (qora suvarakniki) B- yalab so‘ruvchi asalariniki
1- ustki lab; 2- ustki jag‘lar; 3- pastki jag‘ paypastlagichlari; 4-5- pastki jag‘ning tashqi
va ichki o‘simtasi; 6- ustincha; 7- asosiy bo‘g‘im; 8- iyak osti bo‘g‘im; 9- iyak; 10-
tilcha; 11- tilcha qopchasi; 12- pastki lab bo‘g‘imli paypastlagichlari;
Kemiruvchi tipdagi og‘iz quyidagi qismlardan tashkil topgan. YUqorigi lab, bir juft
yuqorgi jag‘, bir juft pastki jag‘, bir juft ostki jag‘, pastki labdan tashkil topgan.
YUqorigi jag‘lar bir muncha mustaxkam bo‘g‘imlarga bo‘linmagan, qattiq tishli
o‘simtadir. Pastki jag‘ bo‘g‘imlaridan iborat bo‘lib, bukuluvchi va ozuqani og‘iz
bo‘shlig‘iga turishga xizmat qiladi. SHu bilan birga, ko‘pgina hasharotlarning lichinkasi
bilan ularni voyaga etgan imagolarining ovqatlanishida ham farq borligi munosabati
bilan og‘iz organlarining tuzilishi ham turlicha ko‘rinishga egadir.
5- rasm Hasharot boshlarining tanasiga tutatish tiplari:
a- prognatik bosh; b- gipognatik bosh; v- opistognatik bosh
Deyarli ko‘pgina hasharotlarni og‘iz organini ko‘rib chiqar ekanmiz uni tuzilishi
kemiruvchi ko‘rinishida ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan: suvaraklar,
chigirtkalar, qo‘ng‘izlar, kapalaklarning qurti qattiq ozuqa bilan oziqlanganligi
munosabati bilan ularning tuzilishi kemiruvchi tipda bo‘ladi.
Kemiruvchi tipdagi og‘iz apparatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak uni og‘iz organlarini
oldingi va yuqorigi tomonidan toq xitinli qoplog‘ich burma –yuqorigi lab bilan bekiladi.
Undan keyin juft yuqori jag‘lar- mandibula joylashadi. Ular kuchli tishchali
plastinkalardir. Pastki tomonidan pastki jag‘lar yoki maksillalar joylashgan bo‘lib,
ikkita bazal bo‘g‘imdan: asosiy bo‘lim va stvolchadan iborat. Bu bo‘limlarda ichki va
tashqi kurak joylashgan. Tashqi tomonida 5 ta bo‘g‘imdan iborat pastki jag‘
paypaslagichlari joylashadi. Ichki kurak asl og‘iz apparati qo‘shimcha qismi bo‘lsa,
boshqa qismlari tuyg‘u vazifasini bajaradi. Bunga tashqi ko‘krak va jag‘
paypaslagichlariga kiradi.
Ikkinchi juft maksillari –pastki labga aylangan. O‘ng va chap maksillalarning bir-
biriga qo‘shilgan asosiy bo‘g‘imlari pastki labning engak osti va engakni toq qismini
tashkil qiladi. Engak osti bo‘g‘imining ikkala yon tomonida uch bo‘g‘indan iborat
bo‘lib, qisqa-qisqa pastki lab paypastlagichlari ulardan keyin ichki va tashqi kuraklar
joylashgan. Pastki lab kuraklari ta’m bilish organlari hisoblansa kerak deb fikr
bildirilgan.
Hasharotlarning og‘iz organlariga og‘izning yuqoridagi qismlaridan tashqari,
halqum ostligi deb yuritiladigan qismi ham kiradi. Halqum ostligi og‘iz bo‘shlig‘i pastki
devorining xitinli botig‘i bo‘lib, yuqori lab singari kelib chiqishi jihatidan oyoqlarga
kirmaydi, xalqum ostligi va pastki labi yordamida suyuq ovqatni egallaydi.
Hasharotlarning oziqlanishi turlicha ekanligini ko‘rsatib o‘tdik. SHu oziqlanishiga
qarab ularning og‘iz organlarida qisman o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan: suyuq ovqat
bilan oziqlanuvchi parda qanotlilarning og‘iz organlarida kemiruchi tip saqlanib qoladi.
Lekin suyuq ozuqaga moslashish yuzaga keladi. Bunday og‘iz apparatiga kemirib
so‘ruvchi og‘iz apparati deb ataladi. Bunday hasharotlarda masalan: asalarilarda
mandibula ancha yaxshi rivojlangan bo‘lishi mumkin.
Ammo, hasharotlar bu mandibulasidan oziqlanishida foydalanmaydi. Lekin ushbu
mandibulardan ular balalarini inini devorini teshish, mumdan uya qurish vaqtida
foydalanadi. Asalarilarning pastki jag‘lari bilan pastki toq lab birga qo‘shilib nektarni
surishga moslashgan og‘iz apparatini hosil qiladi. Pastki jag‘larini bir qismi xaddan
tashqari cho‘zilib ketsa boshqa qismi bir muncha reduksiyalangan bo‘ladi. Pastki lab
ham xuddi shunday tuzilishga ega bo‘ladi. Bunda ikki kuraklar cho‘zilib tilchani hosil
qiladi va naychalar bilan tutashib suyuqlikni so‘rib oladi.
Suyuq ovqat bilan oziqlanadigan kapalaklarni ham og‘iz organlari xiyla o‘zgargan
bo‘lib so‘ruvchi tipida tuzilgan. Ularning o‘ziga xos tomoni yuqorigi lablar, jag‘lar va
pastki lablarning juda yo‘qolib ketganligidir. Pastki lab toq plastinkadan tuzilgan
bo‘lsada, lekin plastinkada yaxshi rivojlangan uch bo‘g‘imli plastinka paypaslagichlari
bor. Ularning pastki jag‘lari xaddan tashqari o‘zgargan va har biri uzun tarnovchani
hosil qiladi. Har ikkala maksillalarning tarnovchalari qo‘shilib va xitin ilmoqchalar
bilan qo‘shilib uzun xartumchani hosil qiladi. Bu xartumchalar kapalaklarda spiral
shaklda o‘ralib turadi. Kapalak oziqlanganda spiral cho‘ziladi va gulni nektarni so‘rib
olishga xizmat qiladi. SHuni ham aytib o‘tish lozimki xartumchalarning uzunligi
kapalakning turiga qarab har xil uzunlikda bo‘ladi.masalan: 20 sm.
Ayrim hasharotlar masalan: qandalalar, chivinlarning og‘iz organlari sanchib
so‘ruvchi tipda tuzilgan bo‘ladi. Bunday apparat bilan hasharotlar hayvonlarni terisini
teshadi va qonini so‘ra olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Masalan: chivinlarning pastki labi cho‘zilgan bo‘lib, bukiladigan uzun tarnovchaga
aylangan. Bu tarnovchani xaddan tashqari cho‘zilgan yuqori labi ustki tomonidan yopib
turadi. SHunday qilib pastki lab bilan yuqori lab birga qo‘shilib, uchida juda ingichki
va uchi o‘tkirlashgan beshta sanchuvchi tuk joylashgan naychalar hosil qiladi. Ana shu
beshta tuk bir juft cho‘ziq mandibulalar, bir juft maksillalar va xalqum ostligidan paydo
bo‘lgan. CHivin terini teshganda tuklar pastki lab tarnovchasidan chiqib, jarohatning
ichiga kiradi, tarnovcha og‘zi esa yoyilib-bukilib, jarohat ustida qoladi. Ayrim
hasharotlarda masalan, og‘iz apparati yalovchi tipda tuzilgan bo‘ladi. Masalan: ikki
qanotlillardan pashshalarda yuqorigi jag‘lar qisqarib ketgan bo‘lib, pastki jag‘lardan
esa, jag‘ paypaslagichlarigina deyarli saqlanib qolgan. Pashshani yalovchi og‘iz
apparatini asosiy qismini haddan tashqari o‘zgarib ketgan pastki lab tashkil qiladi.
Pashshaning pastki labi cho‘ziq bo‘lib, yostiqsimon, yo‘g‘onlashgan bo‘ladi. Bu
yo‘g‘on qism aslida shaklan o‘zgargan pastki lab paypastlagichlaridir.
Hasharotlarning ko‘krak qismi qorin qismidan farq qiladi. Ko‘krak qismi
hasharotlarning evolyusiyasida o‘ziga xos o‘zgarishlarga uchragan va muhim ahamiyat
kasb etadi. Ko‘krakda qanotlar vujudga kelishi uning lokomotor xususiyatini oshirib
tuzilishini murakkablashtiradi, ko‘krak qismiga harakatlanish organlari joylashgan
bo‘lib bir muncha murakkab tuzilishga egadir.
Hasharot ko‘kragi lokomotor funksiyasini olgani uchun ko‘krak bo‘g‘mining
muskullari kuchli rivojlangan va murakkablashgan, bo‘g‘imlarning hajmi kattalashgan,
ayniqsa tashqi skelet tuzilishi juda ham o‘zgarib murakkablashgan bo‘ladi. Ko‘krak
skeleti muskul apparati keskin murakkab o‘zgargan bo‘lib, natijada birlamchi skleritlar-
tergitlar, sterrnitlar va pleyritlar, ikkilamchi seriya skleritlarga bo‘lingan bo‘ladi.
6-hasharot ko‘krak qismining tuzilish sxemasi:
A-ko‘krak bo‘g‘imlarining tuzilishi va skleritlarga bo‘linishi; (I,II,III-oldingi va o‘rta
orqa ko‘krak bo‘g‘imlari) 1-oldi elka, 2- oldingi, o‘rta va orqa episterilar; 3- ularning
epimerlari; 4- to‘shchalar; 5- pleyral chok; 6- o‘rta va orqa elka qalqon oldi; 7- uning
qalqonlari; 8- ularning qalqonchalari; 9- elka orqalari; 10- pleyral ustunchalar; 11-
toschalar; 12- o‘ynag‘ichlar; 13- sonlar; B- ko‘krak bo‘g‘imining umumiy ko‘rinishi;
V- ko‘ndalang kesigi; 1- elka; 2- yon tomon (pleyriti); 3- to‘shcha; 4- tozcha old
bo‘g‘imi; 5- tozcha; 6- son; 7- boldir; 8- panja; 9- aksillyar skleridlar; 10- qanot; 11-
pleyrid ustuncha; 12- pleyrid tojlar; 13- furka.
Hasharotlar ko‘kragi uch bo‘limdan iborat: birinchisi oldingi ko‘krak, ikkinchisi
o‘rta ko‘krak va uchinchisi orqa ko‘krakdan iborat bo‘lib, 4 qismga bo‘linadi. Elka
tomoni-tergit, qorin tomni-sternit, ikki yon yumshoq devori pleyritlarga ajraladi.
Hasharotlarning har bir ko‘krak bo‘g‘imlarida bir juftdan oyoq va keyingi yoki orqa
qismida esa bir juft qanotlar joylashgan.
Hasharotlarning ko‘krak qismlari turli hasharotlarda yashash tarziga qarab turlichi
rivojlangan. Masalan: ayrim hasharotlarda oldingi ko‘krak kichraygan bo‘lsa,
boshqalarida bir muncha yiriklashgan va ularning vazifasini shu tuzilishga mos ravishda
bo‘ladi.
Ko‘p hasharotlarda oldingi ko‘krak bo‘g‘imi boshqa ko‘krak bo‘g‘imlariga nisbatan
oddiyroq tuzilgan. Lekin ba’zi bir hasharotlarda bajariladigan maxsus funksiyasiga
qarab oldingi ko‘krak bo‘g‘imi yaxshi rivojlangan bo‘lishi mumkin. Masalan:
beshiktervatarlarda oldingi ko‘krak harakatchan, cho‘zilgan bo‘lib, unda katta
qamrovchi tipidagi oyoqlari joylashgan. Uchish qobiliyatlarini yo‘qotgan hasharotlarda
oldingi elkalari yaxshi rivojlangan, uchuvchi hasharotlarda esa oldingi ko‘kraklarning
xajmi kichiklashgan bo‘ladi.
Ko‘krak bo‘g‘imlarining yon tomonlari- pleyritlari murakkab tuzilgan bo‘lib, xar bir
oyog‘ining joylashgan erida burmalar teri kutikula chuqurchani hosil qiladi. SHu
chuqurchalarda oyog‘ining toschasi yoki kosasi joylashgan. Pleyritning tepa qismida
qanotli- pterotoraks bo‘g‘imlarini yon tomonining tutashgan joyida o‘smta-ustuncha
bo‘ladi. Bu ustunchaga qanotlarning asosi joylashadi.
Hasharotlarning ko‘krak qismi har bir bo‘lagi bir juftdan oyoqlar joylashgan bo‘lib,
u harakatlanish vazifasini bajaradi. Hasharotlar oyog‘i quyidagi qismlardan tuzilgan:
toscha, o‘ynog‘ich, son, boldir va panjalardan iborat. Panjalarda tirnoqlar ham
joylashgan.
Toscha-kalta, kuchli asosiy bo‘g‘im bo‘lib, toscha chuqurchasiga harakatchan
tutashgan. U O‘ynog‘ich-kichkina bo‘g‘imli, son o‘rtasida joylashib toscha bilan
xarakatchan bo‘ladi. O‘ynog‘ich ayrim hashoratlarda kam bilinadi. Ayrimlarida esa
yaxshi namoyon bo‘lgan, masalan: yuguroq qo‘ng‘izlarda o‘ynog‘ich juda yirik bo‘ladi.
Son qismi ayrim hasharotlarda eng kuchli va sodda bo‘g‘im bo‘lib hisoblanadi. Boldirni
uzunligi sona teng bo‘lsada undan ingichka bo‘ladi. Lekin unga tikanli o‘simtalar bilan
qoplangan bo‘ladi. Panja esa 1-5 ta bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, turli hasharotlarda tuzilishi
ham xilma-xil bo‘ladi. Erkaklarida so‘rg‘ichlar joylashgan ba’zilarida esa silliq bo‘ladi.
Hasharotlarning oyoqlari ekologik xususiyatiga yoki yashash tarziga qarab xilma xil
tuzilishga ega bo‘ladi.
7- hasharot oyoqlarining tiplari:
a- yuguruvchi; b- suzuvchi; v- saqrovchi; g-qamrovchi; d-qazuvchi; e- yig‘uvchi;
1- tozcha; 2- o‘ynagich; 3- son; 4- boldir; 5- panja; 6- tirnoq.
1. Sakrovchi oyoq. Bunda oyoqlarning yon qismi juda yo‘g‘onlashgan bo‘lib, faqat orqa
oyoqlarigina sakrovchi bo‘ladi. Bunga chigirtkalarning misol qilishimiz mumkin.
2. Qazuvchi oyoq. Boldiri keng va yassi bo‘ladi. Boldir uchi baquvvat tishlar bilan
qurollangan. Bunday oyoqlar ayiq chigirtka ya’ni buzoqboshilarda uchraydi.
3. YOpishuvchi oyoq. Kaftida panjasining juda kengaygan ayrim bo‘g‘imlari bo‘lib,
bunda kuchli so‘rg‘ichlar joylashgan.
4. YUguruvchi oyoqlar. Boldir va panjasi uzun va ingichka bo‘ladi, masalan: suvarak,
yuguron qo‘ng‘izlar va boshqalarda.
5. Suzuvchi oyoqlarning hamma qismi ya’ni boldir va panjasi keng va yassi bo‘ladi, suv
qo‘ng‘uzini oyog‘i bunga misol bo‘ladi.
6. Yig‘uvchi yoki korzinkali oyoqlarning boldir qismi juda kengaygan. Boldirning
tashqariga qaragan yuzasi chuqur. Boldir va panja qismi tukchalar bilan qoplangan.
Masalan: asalarining oyog‘i shunday tuzilishdadir.
7. Tutuvchi oyoq. Bunday oyoqning son qismida chuqur ariqcha bo‘ladi. Boldirida o‘simta
bo‘lib, bir biriga tutashadi va o‘ljani ushlash uchun xizmat qiladi. Bunga
beshiktervatarlar oyog‘ini misol keltirishimiz mumkin.
Hasharotlarning ko‘krak qismini 2 va 3 qismida muxim ahamiyatga ega bo‘lgan
qanotlar joylashgan. Hasharotlarning qanotlarining tuzilishi va katta kichikligi ham
turlichadir. Ba’zi bir hasharotlarning oldingi va orqa qanotlari teng buladi. Masalan:
ninachilarda ba’zi hasharotlarda esa
oldingisi orqasidan uzun yoki kalta bo‘lishi mumkin. Masalan: kapalaklarda
kanotlarning shakli asosan uchburchak shaklda bo‘ladi.
8- rasm. Hasharot qanotlarining xar hil shakllari va ularning tomirlanish tiplari.
1- parda qanotlilarniki; 2- qo‘ng‘izlarniki; 3- yarim qattiqqanotlilarniki; 4-
pashshalarniki; 5- ninachilarniki; 6- pichanxo‘rlarniki; 7- vizzildoq pashshalarniki; s-
kostal tomir; Ss- subkastal tomir; M1- M2- medial tomir va uning tarmoqlari; Su-
kubital tomir; Ap- anal tomir; R1-R2- radial tomir va uning shaxchalari
Hasharotlar har xil tuzilishdagi ikki juft qanotlari va har xil qanotlilar guruxiga
bo‘linadi. Hasharotlarning qanotlarini xarakterli tomoni uning tomirlanishidir va bu
tomirlanish bir necha xil bo‘ladi.
1. Kostal tomir-qanot tubidan chiqib uning oldingi cheti bo‘ylab ketadi.
2. Subkostal tomir- birinchi tomirdan keyin qanot tubidan chiqib odatda qisqa va
qanotning oldingi chekkasiga borib taqaladi.
3. Radial tomir-sub kostal tomirdan keyin qanot tubidan chiqadi. Buni 5 ta tarmog‘i
bo‘ladi.
4. O‘rta yoki medial tomir-radial tomirdan keyin bo‘ladi. Qanot ildizi tubidan
tarmoqlanadi. Uning uchi qanotining tashqi chetiga borib taqaladi.
5. Kubital tomir- medial tomirdan keyin keladi. Qanot ildizi tubidan chiqadi. Ba’zan
uchlari qanotning tashqi yoki orqa chekkasiga borib taqalgan 2 tarmog‘iga bo‘ladi.
Lekin yuqoridagi qanot tomirlari hamma hasharotlarda ham bo‘lavermaydi.
Qanotlarining xarakati muskullar faoliyati natijasiga amalga oshiriladi. SHu bilan birga
uchish intensivligi ham amalga oshiriladi. Masalan: ba’zi kapalaklarda uchish vaqtida
ham amalga oshiriladi. Masalan: ba’zi kapalaklarda uchish vaqtida sekundiga 5-6 marta,
chivinlarda 500-600 marta bo‘lsa, ayrim hasharotlarda ming marta qanot qoqadi.
Hasharotlarni oldingi va keyingi qanotlari xitinlash darajasi ham turlichadir, masalan
qo‘ng‘izlarning oldingi qanoti kuchli xitinlashgan, ostki qanoti esa juda nozik tuzilishga
ega bo‘ladi.
Hasharotlar tanasining uchinchi bo‘lagi qorin qismi bo‘lib, u bir qancha bo‘limlarga
bo‘linadi. Qorin bo‘g‘imlari har xil turda bo‘ladi. Umumiy soni 12 taga bo‘linadi.
Ko‘pchilik hollarda voyaga etgan hasharotlarda qorin bo‘g‘imi bir muncha kam bo‘ladi.
Asosan 11 ta bo‘g‘imdan iboratdir.
Qorinning ayrim bo‘laklari bir biriga xarakatchan birikadi. Kamdan kam
xarakatsiz birikishi mumkin.
9-rasm. Hasharotlarning qorin xillari (1) va uning o‘simtalari (II);
I.a-botiq, b- keng bandli, v-osiluvchan, g- uzun poyachali.
II. a-suvarak, b- temirqanot, erkak zotlari ustidan ko‘rinishi; Osiyo chigirtkasi
qorinlarining uchidagi o‘simtalari; v- erkagi, g- urg‘ochisi; 1- serka, 2- grifelka, 3-
anal yaproqcha, 4- genital yaproqcha, 5,6,7- sakkizinchi va o‘ninchi tergitlar; 8,9-
sakkizinchi va to‘qqzinchi sternitlar, 10- tuxum qo‘ygich.
Hasharotlarning qorin qismi quyidagi xillarga bo‘linadi.
1. Keng qorin-unday qorinning birinchi bo‘g‘imi enlik bo‘ladi va hamma joyi bilan
ko‘krakka zich yopishadi.
2. Osilgan qorin-bu qorinning birinchi bo‘g‘imi keng bo‘ladi, ammo segmentning ostki
qismi yordami bilan ko‘krakka harakatchan bo‘lib yopishadi va qorin osilib turishi
mumkin.
3. Poyasimon qorin- bunday qorinning birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘imi cho‘zilib, uzun
poyaga aylanadi.
Qorin sigmentini yonida hasharotlarning nafas teshigi stigmasi joylashgan bo‘lib,
uning shakli turlichadir. SHu bilan birga uning katta kichikligi ham turlichadir. Nafas
teshigi segmentlarning soni ham turlicha bo‘ladi. Odatda qorinda 7 yoki 8 juft nafas
teshigi bo‘ladi. Qorinning 9 va 10 segmentlarida odatda nafas teshiklari bo‘lmaydi.
Voyaga etgan hasharotlarning qorin qismida oyoqlar bo‘lmaydi. Lichinkalardagi
oyoqlar esa soxta oyoqlar hisoblanadi.
Tuban hasharotlarning qorin qismida turli o‘simtalar bo‘ladi. Ba’zi hasharotlarning
11-10 yoki 9 segmentlarida sezuvchi o‘simtalari serkiylar bo‘ladi. Ba’zi hasharotlarning
9 segmentida grifelka degan o‘simtalar bo‘ladi.
YUqori hasharotlarning qorin qismi 9 yoki 8 segmentlarida gonapofis
o‘simtalarigina bo‘ladi. Ayrim hasharotlarda jinsiy organlar- qo‘shilish mikrozi yoki
urg‘ochilar tuxum qo‘ygichi joylashadi. Arisimonlarda esa nayzalar bo‘ladi. Ayrim
hasharotlarda esa tuxum qo‘ygichilar joylashgan bo‘ladi. Tuban hasharotlarda
ayridumlilar va quldumlilar turkumiga kiruvchi hasharotlarning qorin o‘simtaliklari eng
ko‘p bo‘ladi. Bularda qorin qismining 1-3 bo‘g‘imida rudimentar o‘simtalar bo‘ladi. Bu
o‘simtalar qorin oyoqchalari deb ataladi. O‘simtalar hasharotlarning ajdodlari bo‘lmish
ko‘poyoqlilardan qolgan rudimentar o‘simtalar hisoblanadi.
Serkalar- ba’zan hasharotlar masalan, to‘g‘ri qanotlilar, suvaraklar qorin bo‘lagini
11, kamdan kam hollarda 10 yoki 9 bo‘g‘imlar tergitida bo‘g‘imli sezuvchi
o‘simtalardir. Quloq kavlagichlarda bu serkilar baquvvat ombirga aylangan, bu ombir
himoyalanish va uchish oldidan qanotlarini to‘g‘rilovchi organ vazifasini bajaradi.
Grifelkilar – 9 sternitida joylashgan, bo‘g‘imlariga bo‘linmagan o‘simta. Qorin
bo‘g‘imlari uchun substratga tayanch vazifasini bajarib, qorin bilan substrat oraliqni
saqlaydi. Grifelka to‘g‘ri qanotlilar yoki suvaraklarga xosdir. Lekin qildumlilar va ayri
dumlilarda grifelnilar qorin qismining qupchilik bo‘g‘imlarida bo‘lib oyoqchalar
vazifasini bajaradi. Tuxum qo‘ygich urg‘ochi hasharotlarning jinsiy organi bo‘lib,
tuxum qo‘yish uchun xizmat qiladi. Odatda tuxumini substrat yuzasiga emas, balki
substrat ichiga (tuproqqa, poya ichiga, barg to‘qimalari ichiga va hakazo joylarga) yoki
tirqish va yoriliq ichiga qo‘yadigan hasharotlar masalan, to‘g‘ri qanotlilarda bo‘ladi.
Ularning tuxum qo‘ygichi ortopteroid tuxum qo‘ygich deb ataladi. Evolyutsion
taraqqiyot natijasida ko‘pchilik hasharotlarda tuxum qo‘ygichlari o‘zgarib, ikkilamchi
soxta tuxum qo‘ygichga aylanadi. Ko‘pincha pashshalarda, qo‘ng‘izlarda qorin bo‘lagi
oxirgi bo‘g‘imining qiyofasini o‘zgarishdan ichiga tortiladigan va tuxum qo‘yish
vaqtida do‘ppayib tashqariga chiqadigan tuxum qo‘ygichi ham hosil bo‘lishi mumkin.
Bunga teleskopik tuxum qo‘ygich deb ataladi.
Tayanch iboralar
1. Hasharotlar morfologiyasi.
2. Gavda segmentatsiyasi.
3. Bosh va uning tuzilishi.
4. Ko‘krak va unda joylashgan organlar
5. Hasharotlarning og‘iz apparati
6. Hasharotlarning oyoqlarining xilligi va tuzilishi.