HAVO HARORATI
Havo harorati ob-havo sharoitini va iqlimni belgilaydigan asosiy meteorologik
elementlardan biri hisoblanib, bir qator ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi, ya’ni
o’rtacha yillik, o’rtacha oylik, o’rtacha sutkalik, mutlaq maksimum, mutlaq
minimum, bahor va kuz fasllarida sutkalik o’rtacha haroratning ma’lum
qiymatlaridan o’tish sanasi va h.k.
Quyosh radiatsiyasi atmosferada juda kam yutiladi. Shuning uchun atmosfera
quyosh radiatsiyasi ta`sirida deyarli isimaydi. Havo asosan yer sirtiga yaqin qismida
tuproqning harorati natijasida isiydi. Kunduz kuni tuproq qanchalik qizisa, unga
tutashib turgan havo qatlami ham shunchalik ko’proq isiydi. Isigan havo yuqoriga
ko’tarilib, uning o’rnini salqin havo egallaydi. Natijada havoning yuqori qatlamlari
ham asta-sekin isib boradi. Lekin umumiy qonuniyatga asosan havoning harorati
yuqoriga ko’tarilgan sari pasayib boradi. Havoning harorati sutka, fasllar va yil
davomida o’zgarib turadi. Sutka davomida havoning eng yuqori harorati tush
vaqtida kuzatilsa, eng past harorati esa ertalab quyosh chiqishi oldidan kuzatiladi.
Sutka davomida havo haroratini maksimal va minimal qiymatlarining ayirmasi
sutkalik harorat amplitudasi deyiladi va u havo haroratining sutka davomida
o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdor bo’lib hisoblanadi. Havo haroratining sutkalik
amplitudasi joyning geografik kengligiga, relefiga, fasllarga, bulutlilikka va tuproq
yuzasining holatiga qarab har xil bo’ladi. Geografik kenglikning ortib borishi bilan
havo haroratining sutkalik amplitudasi kamayib boradi. Yoz faslida haroratning
sutkalik amplitudasi qishga nisbatan kattaroq bo’ladi. Masalan, respublikamizning
tekislik qismida havo ochiq kunlari yanvarda 7–11°C ni, iyulda 14–19°C ni tashkil
etadi.
Atmosferaning har bir nuqtasida vaqt o’tishi bilan havo harorati uzluksiz
o’zgarib turadi. Bundan tashqari, Yerning turli joylarida ayni bir vaqtda havo
harorati har xil bo’ladi. Yer sirti yaqinida havo harorati katta darajada o’zgaradi: shu
vaqtgacha olingan ma’lumotlarga qaraganda, eng yuqori harorat tropik cho’llarida
kuzatilib, salkam +60°C, havo haroratining eng past ko’rsatkichi esa Antarktidadagi
«Vostok» stantsiyasida qayd etilib, -90° S ni tashkil etgan. Shunday qilib, kuzatilgan
eng yuqori va eng past havo haroratining farqi Yer sharida 150° S ni tashkil etadi.
Respublikamiz hududida havoning ko’pyillik o’rtacha harorati yilning eng
sovuq davri, ya’ni yanvar oyida Ustyurtda -9° S, Qizilqum cho’lining janubida 0° S,
mamlakatimizning eng janubiy chekkasida -2...-3° S ni tashkil etadi. Tog’larda esa
asosan joyning balandligiga bog’liq bo’ladi.
Yozda havo harorati tekisliklarda kam o’zgaradi, ya’ni yilning eng issiq davri
iyul oyida ko’pyillik o’rtacha harorat Ustyurtda +26...+27° S dan Termizda +30° S
gachani tashkil yetadi.
Shuni aytib o’tish kerakki, yoz davrida havo haroratining kundan kunga
o’zgarishi, qish davriga nisbatan birmuncha kamroq, ya’ni ob-havo barqaror bo’ladi.
Havo haroratining ko’pyillik o’rtacha minimal darajasi O’zbekistonning eng
shimoliy qismida -30°C ga yetadi. Ayrim yillari esa hatto -40°C gacha pasayadi.
Janubda - Termiz tumanida -20°C dan past o’rtacha harorat kuzatilmagan. Bu yerda
ko’pincha qish nisbatan iliqroq bo’ladi va harorat -10°C dan pastga tushmaydi.
Haroratning mutlaq maksimal darajasi cho’llarda +45...+50°C gacha yetadi.
Yoz davridagi yuqori havo harorati haqida gapirilganda, B.A. Ayzenshtat
ko’rsatib o’tgan quyidagi hollarga e’tibor berish kerak. Agar inson yoz kunida
quyosh nuri ostida turgan bo’lsa, u holda unga soya joyga turganga nisbatan ancha
issiqroq tuyuladi. Shu sababli ko’pchilik kisxilar havo harorati oftobda soya joyga
nisbatan ancha yuqori deb hisoblaydi. Aslida bu unday emas. Haqiqatda esa, havo
harorati soya joyda qanday bo’lsa, oftobda ham amalda shunga yaqin bo’ladi. Odatda
issiq kunda ochiq maydonda havo harorati, soyali bog’ va xiyobonlarga nisbatan bor
yo’g’i 2 - 3°C, gohida 4°C yuqori bo’ladi. Kunduzi ochiq maydonda turgan kishi,
uning tanasiga to’g’ridan-to’g’ri quyosh, Yer, osmon, atrof buyumlaridan
kelayotgan energiya ta’siri ostida doimiy issiqlik yukini sezadi.
Inson tanasiga tushadigan quyosh energiyasini unga ekvivalent bo’lgan havo
haroratining energiyasi orqali ifodalash mumkin. Ma’lum bo’lishicha, oftobda
turgan kishi soya joyda turanga nisbatan havo harorati 10 - 15°C, ba’zi paytlarda esa
18-20°C ga ortgandek his etarkan. Shu sababli, harorat Jahondagi barcha
meteorologik stansiyalarda bir xil sharoitga ega bo’lgan maxsus budkalarda
o’lchanadi.
Havo harorati, shuningdek, tuproq va suv haroratlari meteorologiyada,
ko’pchilik davlatlarda SI birligida, ya’ni Xalqaro harorat darajaлари - Sеlsiy ва
Kelvin darajaлари (shkalasi) bilan o’lchanadi.
Haroratning o’lchov birligi qilib gradus olingan. Normal atmosfera bosimida
muzning erish harorati 0 gradus deb, suvning qaynash teperaturasi 100 gradus deb
olingan. Bu oraliq 100 ta teng bo’laklarga bo’lingan va har bir bo’lak 1 gradus deb
qabul qilingan. “Gradus” lotinchada “qadam” degan ma’noni bildiradi.
Bunday daraja 1742-yilda shved olimi A.Selsiy tomonidan tavsiya etilgan va u
haroratning Selsiy darajasi deb ataladi. Selsiy darajasida o’lchanadigan harorat ºS
shaklida belgilanadi va “gradus Selsiy” deb o’qiladi. Odatda havo haroratini
o’lchaydigan termo-metrlar -20ºS dan 50 ºS gacha darajalangan bo’ladi.
Selsiy darajasi (shkalasi) bilan bir qatorda, Kelvin darajasidan ham keng
foydalaniladi.
Kelvin tomonidan 1848-yilda taklif etilgan mutloq harorat darajasi Kelvin
darajasi deb ataladi. Kelvin darajasida olingan harorat birligining graduslari qiymati
selsiy darajasidagi qiymatga teng. Kelvin o’lchov birligining nol darajasida
molekulalarning issiqlik harakatlari umuman to’xtaydi, ya’ni eng past haroratni
bildiradi. Selsiy darajasi bo’yicha bu -273,15°C ga mos keladi. Mutlaq daraja
bo’yicha harorat faqat musbat bo’ladi, ya’ni har doim mutlaq nol darajadan yuqori
bo’ladi.
Odatda, formulalarda haroratning mutlaq darajasi T, Selsiy darajasi esa t
orqali ifodalanadi.
Haroratning Selsiy t darajasidan Kelvin T darajasiga o’tkazish quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
T = t+ 273,15
Bunda T = 0 ga, ya’ni mutlaq (absolyut) nol haroratga erishish uchun t = - 273 ºS
bo’lishi kerak.
AQSH, Angliya va sobiq Britaniya imperiyasining ayrim davlatlarida
hozirgacha haroratning Farengeyt darajasidan foydalaniladi. Bu o’lchov birligida nol
daraja deb qor bilan nashatir aralashmasining harorati, 100°F deb esa inson
tanasining normal harorati qabul qilingan.
Haroratni Selsiy darajasidan Farengeyt darajasiga yoki teskarisiga o’tkazish
quyidagi formulalar yordamida topiladi:
t°C = 5,9(t°F- 32)
t°F = (9,5)t°C + 32
Havoning isishi va sovishi. Havo quruqlik va suv havzalari yuzasidan isib
boradi. Pastki uch kilometr qalinlikdagi havoning quyosh nurlarini bevosita
yutishidan isishi soatiga 0,1°C dan oshmaydi. Havo issiqlikni yomon o’tkazadi. U
yer yuzasiga bevosita tegib turadigan pastki juda yupqa qatlamdagina isiydi. Issiqlik
yuqoriga havoning asosan turbulent harakati bilan o’tadi. Isigan tuproq yoki suv
yuzasiga turbulent harakat tufayli yangidan-yangi havo massasi kelib isiydi va
yuqoriga ko’tariladi. Issiqlik ana shu yo’l bilan tuproqdan havoga va havoning quyi
qatlamidan yuqori qatlamiga tez o’tib boradi. Havo soviganda ham xuddi shunday
jarayon ro’y beradi. Troposferada konvektsion oqimlar vujudga keladi (19-rasm).
19-rasm. Konveksiya impulslari va havoning konvektsion oqimlari
Havodagi issiqlikning manbai yer yuzasi bo’lganligidan yuqoriga ko’tarilgan
sari havo harorati pasayadi, amplitudasi kichrayadi, haroratning sutkalik
o’zgarishidagi maksimum va minimumlar, tuproqdagidan kechroq bo’ladi. Havo
harorati o’lchanadigan balandlik hamma mamlakatlarda bir xil – 2 m qabul qilingan.
Maxsus maqsadlar uchun harorat boshqa balandliklarda ham o’lchanadi.
Havoning harorati ko’pincha havo massasining boshqa joylardan kelishi, ya’ni
advektsiyasiga ham bog’liq. Boshqa joylardan iliq qavo kelishi ham, salqin havo
kelishi ham mumkin.
Havo massasining harorati boshqa muhitning ta’sirisiz, tashqaridan issiqlik
kelmasdan adiabatik ravishda, ya’ni bir havo massasining o’z ichida ham ko’tarilishi
mumkin. Havo troposferaning yuqori qatlamlaridan pastki qatlamlariga yoki tog’
yonbag’irlaridan pastga tushganda gaz zichlashib, qisilladi. Natijada uning mexanik
energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi. Bunda havoning namligi miqdoridan qat’iy
nazar, har 100 m pasayganda harorat 1°C ga ortadi. Bu jarayon quruq adiabatik
jarayon deyiladi.
Kondensatsiya issiqligi havoning muhim issiqlik manbaidir. Yuqorida suv
havzalariga tushadigan quyosh radiatsiyasining katta qismi suvni bug’latishga sarf
bo’lishini aytib o’tgan edik. Suv bug’i kondensatsiyalanganda bu issiqlik
atmosferaga o’tadi va havo harorati ko’tariladi. Qish vaqtida yog’ingarchilik
bo’lganda ana shunday issiqlik hisobiga harorat ko’tariladi. Ana shuning uchun ham
sovuq faslda dengiz havosining harorati kontinental havoga qaraganda ancha yuqori
bo’ladi.
Havoning isishiga o’xshab sovishi ham turli yo’llar bilan hosil bo’ladi.
Adiabatik jarayon universal rol o’ynaydi. Yer yuzasida isigan havo yuqoriga
ko’tarilib kengayadi. Issiqlik energiyasi kinetik energiyaga aylanadi. Quruq havo har
100 m ko’tarilganda harorat 1° ga ortishi kerak. Lekin havoda hamma vaqt ham nam
bo’ladi, havo sovishi bilan birga namning kondensatsiyalanishi ro’y beradi, bunda
ajrab chiqadigan issiqlik harorat gradientini har 100 m balandlikda o’rta hisobda 0,6°
gacha kamaytiradi. Bu nam adiabiatik jarayon deyiladi.
Havo, ikkinchidan, bevosita nur tarqatish hisobiga soviydi. Bunday jarayon
Arktika va Antarktikada, cho’llarda, tunda, mo’tadil mintaqadagi mamlakatlarda
qishki havo ochiq paytlarida va tunda havo ochiq bo’lganda ro’y beradi.
Havoning sovishida qutbiy o’lkalardagi hamda mo’tadil mintaqalardagi qishki
muz va qor qoplamlari alohida rol o’ynaydi. Muz va qor qoplami tuproq issiqligining
atmosferaga o’tib ketishiga to’sqinlik qilib, tuproqni sovub ketishdan saqlaydi. Shu
bilan birga qor yuzasi quyoshdan keladigan deyarli barcha radiatsiyani qaytarib
yuboradi, shu sababli qor yuzasi ustida havoning kuchli darajada radiatsion sovishi
ro’y beradi. Tog’lardagi, Antarktida va -Grenlandiyadagi abadiy qor va muzlar 16
mln. km2 yoki butun quruqlikning 11% qismini ishg’ol qilib, atmosfera uchun
sovuqlik manbai hisoblanadi.
Tog’li o’lkalar havoning isishi va sovishi uchun o’ziga xos sharoitga egadir.
Yassi tog’liklarda, keng yassi yonbag’irlarda va keng vodiylarda havo siyrak
bo’lganligidan kunduzgi va yozgi isish ham, tungi hamda qishki sovish ham
ko’payadi, harorat amplitu-dasi ortadi, iqlimning kontinentalligi kuchayadi.
Masalan, Po-mirda avgust oyida sutkalik harorat amplitudasi tuproq yuzasida 50°C
dan ortadi, havoda esa 20°C ga yetadi.
Baland tog’larga atrofdagi tekisliklarning harorat rejimi kamroq ta’sir etadi,
lekin ularga erkin atmosfera, xususan, shamollar, shuningdek, abadiy qorlar ta’siri
ortadi. Bunday tog’larda musbat haroratning pasayishi hisobiga sutkalik va fasliy
amplitudalar pasayadi, umuman, ularning harorat sharoiti sovuq dengiz harorati
sharoitiga o’xshab ketadi.
Tog’larning harorat rejimi yonbag’irlar ekspozitsiyasiga bog’liq. Quyosh
radiatsiyasi bilan bog’liq bo’lgan farqlardan tashqari, advektiv issiqlikning kelishi
ham, ya’ni yon bag’irlar-ning asosiy shamollarga ro’para yoki ters ekanligi ham katta
rol o’ynaydi.
Havoni isitishga katta miqdordagi issiqlikni quruqlik beradi. Tadqiqotlarning
ko’rsatishicha, tuproq quyoshdan olgan issiqlik-ning 37% ni havoni isitishga
sarflaydi, qolgan 63% ni o’zida olib qoladi. Shu sababli quruqlikning atrof-muhit
haroratiga ta’siri kattadir. Suv havzalarining ta’siri butunlay boshqacha: suv hav-
zasiga tushayotgan quyosh energiyasining katta ulushi (99,6%) asosan suvni
isitishga ketadi va faqatgina 0,4 % chor-atrof ha-vosini isitishga ketadi. Suv
havzalari kunlik havo o’zgarishiga ta’sir ko’rsatmaydi, lekin yillik havo haroratining
o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Suv havzalari (ko’l, suv ombori, dengiz, okean)
yoz oylari isib, bu issiqlikni qish oylari havoga tarqatadi. Shu sababli qish oylari suv
havzalari ustida, unga yaqin joylarda ancha iliq keladi.
Havo haroratining kunlik o’zgarishi. Havo haroratining kunlik
o’zgarishida bir maksimum va bir minimum kuzatiladi. Eng past harorat quyosh
chiqishidan oldin kuzatiladi. Quyosh chiqqandan so’ng harorat ko’tarilib, soat
1400- 1500 da o’z maksi-mumiga yetib, so’ngra quyosh botgunga qadar pasayishi
kuzatiladi.
Ayrim kunlari ob-havo sharoitiga ko’ra, havo haroratining kunlik normal
o’zgarishidan og’ish hollari ham bo’lishi mumkin. Kun davomidagi eng katta va eng
kichik haroratlar orasidagi farq havo haroratining amplitudasi deyiladi. Uning
miqdori joyining jo’g’rofik kengligiga, yilning fasliga, joyning past-balandligiga va
boshqalarga bog’liq.
Joyning kengligi oshgan sari quyoshning tush paytidagi yerga nisbatan
balandligi kamayadi. Tropikada eng katta harorat amplitudasi kuzatiladi. Misol
uchun, Sahroi Kabirda kechalari ancha past harorat kuzatilsa, tush paytlar harorat 45
– 50°C dan oshadi. Eng kichik harorat amplitudasi 1 – 2°C doimo yoki kunduz yoki
kechasi qutb o’lkalarida kuzatiladi.
Havo haroratining yillik o’zgarishi. Havo haroratining o’zgarishini uning
amplitudasi ifodalaydi. U yildagi eng issiq va sovuq oylar orasidagi farqga teng.
Havo haroratining yillik o’zgarishi jug’rofik kenglikga, yer ustining nima
bilan qoplanganligiga, dengiz sathidan balandli-giga, bulutlar va yog’in
miqdoriga bog’liq.
Havo haroratini kuza-tish.
Meteorologik stantsiya-larda havo
harorati
kuzatish
muddatlarida
o’lchanadi. Shu bilan birgalikda
meteorologik
muddatlar
oralig’idagi mak-simal va minimal
havo haro-rati aniqlanadi.
Psixrometrik
quti.
Psi-
xrometrik quti o’lchami 29x46x59
sm bo’lgan uncha katta bo’lmagan
qutidan ibo-rat (20-rasm).
Uning yon devorlari ikki
qatorli
taxtachalardan
tashkil
topib, pardani eslatadi, ular orqali qutiga havo bemalol kiradi. Yon devorlaridan
biri uning eshigi hisoblanadi. Quti ustida gorizontal shit bo’lib, u quti tomini
yopadi.
Meteorologik (psixrometrik) quti bu meteorologik asboblarni Quyosh ta’siri,
Yer nurlanishi, atrofdagi buyumlar, shuningdek, shamol va yog’inlardan saqlaydigan
ichiga meteorologik asboblar - namlik va harorat o’lchagichlar o’rnatiladigan yaxshi
shamol-latiladigan maxsus quticha. U dunyodagi barcha kuzatish stan-siyalarida bir
xil, ya’ni Yer sirtidan 2 m balandlikda o’rnatiladi. Havo haroratini o’lchash uchun
muddatli (srochniya) maksimal va minimal termometrlar qo’llaniladi. Muddatli
termometr o’lchov olib borilayotgan ayni vaqtdagi havo haroratini ko’rsatsa,
maksimal termometr biror vaqt davomidagi eng yuqori haroratni, minimal
termometr esa - eng past haroratni ko’rsatadi. Muddatli va maksimal termometrlarda
simob minimal termometrda esa spirt qo’llaniladi.
20-rasm. Psixrometrik quti.
Quti eshigi shimol tomonga qaratib o’rnatiladi. Bu narsa kuzatish olib
borilayotganda qutiga quyosh nurlari tushmasligi uchun qilinadi. Qutining ichki va
sirtki qismlari o’rnatkich va zinacha oq bo’yoqqa bo’yaladi.
Havo haroratini o’lchaydigan termometrlar. Psixiometrik aspirilgan ikkita
psixrometrik termometrlar, maksimal va mini-mal termometrlardan tashqari havo
haroratini o’lchashda aspiratsion psixrometrdan foydalaniladi.
Psixrometrik termometrlar. Psixrometrik termometrlar maxsus shtativga
o’rnatiladi. Ikki termometr tik holatda o’rnatil-gan bo’lib, ular psixrometrik
termometrlar deb ataladi (21-rasm).
Ulardan biri quruq, ikkinchisi ho’l termometr deb ataladi. Havo harorati quruq
termometr yordamida o’lchanadi. Ho’llan-gan termometr rezervuari batistga o’ralib,
suvli stakanga tushirib qo’yiladi.
Quruq va ho’llangan termometrlardan olingan sanoqlar bo’yicha psixrometrik
jadvallar yordamida havo namligi aniqlanadi. Qutida psixrometrdan tashqari ma’lum
vaqt oralig’i-dagi eng yuqori (maksimal) va eng past (minimal) haroratlarni o’lchash
uchun termometrlar o’rnatiladi. Ular qutida bo’ylama holatda o’rnatiladi.
Psixrometrik qutidagi asboblar Avgust psixro-metrlari deb ataladi.
Havo haroratini dala sharoitida o’lchash uchun aspiratsion psixrometrning
quruq termometri va prash termometri ishlatiladi.