1
HAVO NAMLIGINI O‘LCHASH
Mashg‘ulotning maqsadi: Havo namligi haqida tushuncha, havo namligining
qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish. Stansion va
aspiratsion psixrometr yordamida havo namligini o‘lchashni hamda gigrograf va
gigrometr yordamida havoning nisbiy namligini o‘lchashni o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. Havo namligi va uning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyatini o‘quv
adabiyotlaridan o‘rganish;
2. Havo namligini tavsiflovchi kattaliklar va havo namligini o‘lchash usullarini
o‘rganish;
3. Stansion va aspiratsion psixrometrning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan
tanishish;
4. Gigrograf va gigrometrning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish;
5. Jadval (7.2.4)da berilgan ma’lumotlar asosida havo namligining
kattaliklarining toping.
Kerakli materiallar va asboblar: ish daftari, distillangan suv, pipetkali
noksimon rezina shtativ, barometr, psixrometrik jadvallar, aspiratsion psixrometr,
soch tolali gigrograf, gigrografning toza lentasi, sutkalik va haftalik
gigrograflarning yozilgan lentalari, gigrograf pero uchun siyoh, gigrometr.
7.1. Havo namligi va uning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati
Havo namligi - bu atmosferadagi suv bug‘ining miqdoridir. Har qanday gaz
singari uning ham elastikligi (bosimi) mavjud. Havo namligining elastikligi bosim
2
birliklarida o‘lchanadi. Havodagi suv bug‘i elastikligining cheklangan qiymatiga
to‘yingan bug‘ elastikligi (E) deyiladi. Havo harorati qancha yuqori bo‘lsa, to‘yigan
bug‘ elastikligi shuncha katta bo‘ladi. Masalan, 20oC da 23,4 gPa (17,5 mm) ga, -20
oC esa 1,3 gPa (1 mm) ga teng
Havo namligi quyidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi:
Suv bug‘ining elastikligi e deb, mazkur haroratda mavjud bulgan suv bug‘ining
parsial bosimiga aytiladi va gPa birlikda o‘lchanadi.
Absolyut namlik a deb, 1 m3 havodagi mavjud suv bug‘larining og‘irlik
miqdoriga aytiladi va kg/m3 yoki g/sm3 birliklar ifodalanadi.
Nisbiy namlik f deb, mazkur haroratdagi suv bug‘i elastikligi (e) ning shu
haroratdagi to‘yingan bo‘g‘ elastikligi (E) ga nisbatiga aytiladi va foiz bilan
quydagicha ifodalanadi.
100
E
e
f
%
(1)
Nisbiy namlik mazkur haroratda bo‘lishi kerak bo‘lgan suv bug‘i miqdorini
bildiradi va havo namligini tavsiflashda keng qo‘llaniladigan tushuncha hisoblanadi.
Namlik defitsiti d mazkur haroratdagi to‘yingan suv bug‘i elastikligi (E) bilan
havo tarkibidagi mavjud suv bug‘i elastikligi (e) ning ayirmasiga teng va
quyidagicha ifodalanadi
d=E-e
(2)
Shudring nuqtasi td deb, havodagi mavjud suv bug‘larining to’yinish holatiga
o‘tish haroratiga aytiladi.
Yer yuzasiga etib keladigan quyosh radiatsiyasining o‘rtacha 23 % okean,
daryo va quruqliklardagi suvning bug‘lanishiga sarflanadi.
Havo namligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Havo namligi o‘simliklarning transpiratsiyasiga, haroratiga, changlanish davriga,
yig‘im-terim mashinalarining ish unumdorligi va sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari tuproq namligi bug‘lanish va tuproqning qurishiga jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ekinlarning hosildorligi havodagi namlik miqdoriga bog‘liqdir. Masalan,
O‘zbekistonning lalmikor dehqonchilik hududlarida g‘alla ekinlarining gullashi va
3
mum pishish davrida havoning nisbiy namligi 30 foizdan kam bo‘lganida don puch
bo‘lib, hosilning kamayishiga olib keldai. Shuningdek, havo namligining oshishi
ekinlarning gullash davrida changdonlarning ochilishiga va shamol yordamida
changlanishiga
to‘sqinlik
qiladi,
o‘simliklarning
hasharotlar
yordamida
changlanishini qiyinlashtiradi. Begona o‘tlarga qarshi kurash, don ekinlarini o‘rish,
silos bostirish, omborxonalarni shamollatish, g‘allani quritish va boshqa ishlarning
muddati havoning namligi va haroratiga bog‘liq. Nisbiy namlikning yuqori bo‘lishi,
ekinlarda har xil kasalliklarning rivojlanishiga, masalan, kartoshka va pomidorning
fitoftora; uzumning mildyu (soxta un shudring), kungaboqarning oq chirishi, don
ekinlarining turlicha zang kasalliklariga sabab bo‘ladi.
Parnik va issiqxonada ekinlarining o‘sishi va rivojlanishida ham havo
namligining roli katta. Havo namligi issiqxonalarda sun’iy boshqarib boriladi.
Issiqxona va parniklarda havoning optimal nisbiy namligi bodring va baqlajon uchun
70±5 %, salat va karam ko‘chatlari uchun 65±5 %, pomidor va qalampir ko‘chatlari
uchun 65±5 % atrofida bo‘lishi kerak. Ularning ko‘chatlarini o‘tqazgandan keyin
havo namligi yana 20 foizga oshiriladi, shundan so‘ng hosil yig‘ib olinguncha
issiqxonada havoning nisbiy namligi bodring va baqlajon uchun 90±5 %, salat va
karam uchun 80±5 %, pomidor va qalampir uchun 60±5 % atrofida saqlanab turiladi.
1.2. Havo namligini o‘lchash usullari
Hozirgi vaqtda havo namligini o‘lchash uchun psixrometrik va sorbsion usullar
qo‘llaniladi.
Meteorologik stansiyalarda havo namligini o‘lchashda stansion va aspiratsion
psixrometrlardan foydalanadi. Bu usulning nomlanishi grekcha “psixros”-sovutish
so‘zidan olingan bo‘lib, termometrni sovitish (namlash) prinsipiga asosan ishlaydi.
1.2.1. Stansion psixrometr
Stansion psixrometr ikkita bir xil termometrdan iborat bo‘lib, chap tarafdagi
“quruq” termometr hisoblanib atrofdagi havo haroratini ko‘rsatadi, o‘ng tomondagisi
esa “nam” (ho‘l) termometr, uning rezervuari namlangan batist bilan o‘raladi, batist
og‘zi yopilgan, distillangan suv solingan stankachaga botirib quyiladi (7.2.1.1-rasm).
4
7.2.1.1-rasm. Stansion psixrometrda stakancha va batistning ko‘rinishi
Namlangan termometr rezervuari sirtida bo‘ladigan bug‘lanish intensivligi
atrofdagi havoning namligiga bog‘liq. Havo qanchalik quruq bo‘lsa, nam termometr
rezevuari atrofidagi bug‘lanish shunchalik jadal boradi va uning ko‘rsatishi quruq
termometr ko‘rsatishidan past bo‘ladi. Demak, quruq va namlangan termometrlar
ko‘rsatishlarining farqi havo namligini tavsiflaydi. Stansion psixrometrdan hisob
olishda, batistni to‘liq namlanganligiga e’tibor berish kerak. Batist 15 minutda suvni
7-8 sm ga ko‘tara oladigan, stakancha doimo suv bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak.
Batistni toza saqlash va uni 1 oyda kamida 2 marta almashtirish kerak.
Sovuq havoda, suv muzlashi kutilayotgan vaqtlarda batist termometrdan 0,2-
0,3 sm pastdan kesiladi va stakanchadagi suv to‘kib tashlanadi.
Termometr rezervuariga o‘ralgan batist suv bilan ho‘llanganda, suv bug‘ining
haqiqiy elastikligi e quyidagi psixrometrik ifoda yordamida hisoblanadi:
e=E-A(t-t1)p,
(3)
bunda, E - bug‘lanayotgan sirt haroratida suv bug‘ining maksimal elastikligi
(ho‘llangan termometr ko‘rsatishiga qarab aniqlanadi); A - psixrometr koeffitsienti,
u psixrometr konstruksiyasiga va psixrometrning qabul qiluvchi qismi yaqinidagi
havoning harakat tezligiga bog‘liq; p - atmosfera bosimi; t - quruq termometr
ko‘rsatkichi; t1 - ho‘llangan (nam) termometr ko‘rsatkichi.
5
7.2.2.Aspiratsion psixrometrni tuzilishi va ishlash prinsipi
Ekspeditsiya sharoitida va dala ekinlari maydonida havo namligini aniqlashda
aspiratsion psixrometrdan keng foydalaniladi. Bu psixrometrning ishlash prinsipi
stansion psixrometrning ishlash prinsipidan farq qilmaydi. Aspiratsion psixrometr
ikkita psixrometrik termometrlardan 1,2 iborat bo‘lib, ular metall g‘ilofga yonma-
yon qilib joylashtiriladi (7.2.2.1-rasm).
7.2.2.1-rasm. Aspiratsion psixrometrning tuzilish:
1-2-quruq va hullangan termometrlar; 3-trubka; 4-yon tomonlaridagi himoya; 5 va
6-trubkalar; 7-aspirator; 8-kalit; 9-noksimon rezin balon; 10 va 11-termometrlar
rezervuari; 12-shamoldan saqlagich; 13-tirqish.
Termometrlar rezervuarlari silindrik shaklda va shkalasidagi har bir bo‘limining
qiymati 0,2oC ga teng. Bu psixrometrda termometrlarning qabul qiluvchi qismlari
aspirator 7 yordamida 2 m/s tezlikda sun’iy ventilyasiya hosil qilinadi. Aspirator ikki
qavat qilib tayyorlangan trubkalar 5; 6 orqali tashqi havoni so‘radi va bu trubkalar
ichiga termometrlarning rezervuarlari 10,11 joylashtirilgan bo‘ladi.
Trubkaning ustki 3 qismi aspirator bilan tutashtirilgan. Aspiratorning prujinali
mexanizmi kalit 8 bilan buralib ishga tushiriladi. Bu turdagi psixrometrda
termometrlardan birining (o‘ng tomondagi) rezervuariga namlangan batist 11 o‘rab
qo‘yiladi. Quyosh nurini yaxshi qaytarish uchun asbobning metall qismi nikel
qatlami 4 bilan qoplangan. Kuchli shamol vaqtlarida aspiratorga maxsus shamoldan
6
himoya qilgich 12 moslama o‘rnatiladi. Shu sababli psixrometr quyosh nurlaridan
qo‘shimcha himoya qilinmaydi va ular ochiq havoda o‘rnatiladi.
Qishda psixrometrda kuzatishni boshlashdan 30 min oldin, yozda 15 min oldin
tashqariga olib chiqish kerak. Rezervuarga o‘ralgan batistni pipetkali noksimon rezin
balon 9 bilan qishda kuzatish muddatidan 30 min, yozda esa 4 min oldin ho‘llash
kerak. Batistni ho‘llagach, aspirator kalit bilan buraladi va u hisob vaqtida to‘la
ravishda ishlashi uchun qishda hisobni boshlashdan 4 min oldin ikkinchi marta
buraladi.
Aspiratsion psixrometr bilan kuzatishlar quyidagi tartibda olib boriladi:
- Psixrometr shtativga o‘rnatiladi;
- Noksimon rezina balon suv bilan to‘ldiriladi. Nokni siqish bilan suv shisha
pipetkadagi belgigacha ko‘tariladi va noksimon balon bo‘g‘ini qisqich bilan qisib
quyiladi;
- Pipetka psixrometrning himoya trubkasiga kiritiladi va 3-5 sek ushlab turib
termometr rezervuariga o‘ralgan batist ho‘llanadi. Pipetkani trubkadan olmay turib,
qisqich bo‘shatiladi va ortiqcha suv yana nokka yig‘iladi. SHundan so‘nggina
pipetka trubkadan chiqarib olinadi;
- Ventilyator prujinasi kalit bilan oxirigacha buraladi va vaqti belgilab
qo‘yiladi;
- 4 minut o‘tgandan so‘ng quruq va ho‘l termometrlar ko‘rsatishlari 0,1oC
aniqlik bilan hisoblanadi;
- Barometrdan havo bosimi hisoblanadi;
- Barometr bo‘yicha hisobga tuzatma kiritiladi (barometrga oid laboratoriya
ishiga qarang);
- Quruq va ho‘l termometrlarning ko‘rsatishlari, bosim qiymati bo‘yicha havo
namligini tavsiflaydigan kattaliklar psixrometrik jadvaldan foydalanib hisoblanadi
hamda e ga tuzatma aniqlanadi.
Kuzatish natijalari quyidagi 7.2.2.1-jadvalga
yozib boriladi.
7.2.2.1-jadval
Aspiratsion psixrometr yordamida havo namligi elementlarini aniqlash
jadvali
7
Muddati_____________ kuzatish vakti_____________
O‘lchashlar
tartibi
Atmosfera
bosimi
Aspiratsion
psixrometr
Namlik tavsifi
td
e
F
d
E
t
t1
1.2.2. Gigrometr
Asbob havo harorati -10oC dan past bo‘lganda, havoning nisbiy namligini
o‘lchash uchun ishlatiladi (7.2.3.1-rasm). Namlikni qabul qiluvchi qismi odamning
yog‘dan tozalangan soch tolasi 1dan iborat bo‘lib bir tomoni metall ramaga 2,
ikkinchi tomoni esa namlikni ko‘rsatuvchi strelka 3 ning pastki qismiga ulangan
bo‘ladi. Strelkaning pastki qismiga sochni tarang tortib turish uchun metall yuk
(og‘irlik) o‘rnatilgan bo‘lib, nisbiy namlik oshganda, yuk bosgan sayin soch tolasi
uzaya boradi va bunga bog‘liq holda nisbiy namlikni ko‘rsatuvchi shkala 4 ham
bo‘ylab strelka harakat qiladi. SHkalaning bo‘limlari noldan yuzgacha bo‘lib, har bir
bo‘lim 1% nisbiy namlikka teng. SHkalaning boshlanish qismida chiziqlar orasidagi
masofa uzoq, yuz foizga yaqinlashgan sayin qisqarib boradi.
8
7.2.3.1-rasm. Gigrometrning tuzilishi:
1-soch tolasi; 2-rama; 3-strelka; 4-shkala.
Gigrometr psixrometrik budka ichidagi quruq va nam termometrlar o‘rtasiga
joylashtiriladi. Gigrometrni ishchi holatga keltirishdan oldin uni ko‘rsatkichini
psixrometr ko‘rsatkichiga teng qilib olinadi. Nisbiy namlikni o‘lchashda 1%
aniqlikgacha o‘lchash lozim.
Asbobning to‘g‘ri ishlayotganligini aniqlash uchun uni strelkasini chapga
tomon tortib, yana quyib yuboramiz. Shundan keyin yana u o‘z joyiga kelsa, asbob
to‘g‘ri ishlayotganligidan dalolat beradi.
Gigrometr nisbiy asbob bo‘lib, uning ko‘rsatkichi grafik yordamida
psixrometr ko‘rsatkichiga moslanadi.
7.2.4. Gigrografning tuzilishi
Havoning nisbiy namligi o‘zgarishlarini uzluksiz yozib boradigan asbobga
gigrograf deyiladi.
Gigrograf ikki xil: soch tolali va plyonkali bo‘ladi. Birinchi xil gigrografning
sezgir elementi odam soch tolasi bo‘lsa, ikkinchi xiliniki esa organik plyonkalardir.
Sochli gigrografning qabul qiluvchi qismi odamning yog‘sizlantirilgan soch
tolasidan 1 iborat bo‘lib, uning ikkala uchi ham ramaga mahkamlangan (7.2.4.1-
rasm).
Soch tolalari dastasining o‘rta qismi gorizontal o‘q atrofida aylanadigan egri
chiziqli richagning o‘qiga ulangan ilmoq 2 yordamida tarang torib qo‘yilgan. Strelka
5 umumiy o‘qqa ega boshqa egri chiziqli richag 3-4 bo‘ylab sirpanadi. Richaglarning
egriligi havo namligi o‘zgarganda, soch tolalari uzunligining notekis o‘zgarishlarini
peroning lenta sirtida tekis harakat qiladigan qilib moslangan. Gigrograf perosini 6
boshqarish uchun vint 7 ishlatiladi. Vint yordamida pero lentadan ajratiladi yoki
lentaga tekizib qo‘yiladi. Soat mexanizmli baraban gigrografning qayd qiluvchi
qismi bo‘lib xizmat qiladi. Barabanning aylanish tezligiga qarab sutkalik va haftalik
gigrograflar mavjud.
9
7.2.4.1-rasm. Gigrograf:
1-odam sochining tolasi; 2-ilmoq; 3-4-richaglar; 5-strelka; 6-pero; 7-vint.
Barabanga o‘ralgan qog‘oz lentadagi gorizontal parallel chiziqlar foizlarda
ifodalangan nisbiy namlik miqdorini, vertikal chiziqlar esa vaqtni ko‘rsatadi.
Sutkalik lentaning har bir bo‘limi 15 minutga, haftalikda esa 2 soatga to‘g‘ri keladi.
Gigrograf meteostansiyalarda termograf bilan bir budkaga o‘rnatiladi. Uni ishga
tayyorlash uchun dastavval soat mexanizmi buraladi hamda baraban sirtiga qog‘oz
lenta joylashtiriladi. Vint yordamida pero lentaga kuzatish vaqtiga va havo nisbiy
namligi qiymatiga mos qilib joylashtiriladi. Bunda lentani o‘rnatish vaqtini qayd
qilib qo‘yish zarur. Gigrograf nisbiy asbob bo‘lgani uchun uning yordamida
bajarilgan o‘lchash natijalari psixrometr ko‘rsatishlari bilan taqqoslanadi.
Gigrograf yordamida havo nisbiy namligini o‘lchash tartibi quyidagicha:
gigrograf korpusining tepasidagi qopqoq ochiladi, pero richag yordamida
barabandan uzoqlashtiriladi va ehtiyotlik bilan baraban o‘qdan chiqarib olinadi.
So‘ngra barabanga toza lenta o‘rnatilib, soatni mexanizmini yurgizish kerak (buning
uchun kalitni bir-ikki marta aylantirish zarur). Barabanni yana o‘qqa kiritib, so‘ngra
peroning lentaga tegib turishi tekshiriladi va pero siyoh bilan to‘ldiriladi. Lentaning
teskari tomoniga kuzatish punkti, asbob nomeri va lentaning o‘rnatilish vaqti
10
ko‘rsatiladi; Kalit yordamida rostlash vintini burab, pero psixrometrdan bilan
olingan havoning nisbiy namligi qiymatiga mos qilib o‘rnatiladi va peroning lentaga
yaxshi tegib turishi yana tekshiriladi. Oradan 30-40 minut o‘tgach, lentani
barabandan olib gigrografning havo nisbiy namligini o‘zgarishlarini yozish natijalari
tahlil qilinadi.
Gigrograf lentasidagi yozuvlarni ishlab chiqishdan oldin, albatta, lentadagi
havo namligi qayd qilingan o‘zgarish puxta o‘rganiladi. Gigrograf lentasini ishlab
chiqishda havo nisbiy namligining o‘rtacha, maksimal, minimal qiymatlari
aniqlanadi.
7.2.4.1-jadvalda berilgan ma’lumotlar asosida havo namligini tavsiflaydigan
kattaliklarni toping (namlik tavsiflarini topishda yuqorida berilgan formulalardan
foydalaning).
Misol: «quruq» termometrning ko‘rsatkichi 20oC, namlangan termometrning
ko‘rsatkichi 17,5 oC, havo bosimi 1000 gPa bo‘lsa. Ilovadagi 3-jadvalda namlangan
termometr ko‘rsatkichiga mos keladigan suv bug‘ining maksimal elastikligi E ning
mos qiymati topiladi. Unga ko‘ra, 17,5 oC da E=20,0 gPa ga teng ekanligi bilgan
holda, suv bug‘ining elastikligi quyidagi teng bo‘ladi:
e=20,0-0,0007947x1000(20,0-17,5)=18,0 gPa.
7.2.4.1-jadval
Aspiratsion psixrometr ma’lumotlari asosida havo namligini aniqlash
O‘lchashl
ar tartibi,
soatlarda
Atmosfera
bosimi,
Aspiratsion
psixrometr, oC
Namlik kattaliklari
quruq
termometr
ho‘llanga
n
td
e
f
d
E
11
termome
tr
18
934,7
1,9
0,2
21
934,5
0,1
-0,7
00
932,9
-0,3
-1,2
03
933,4
0.3
-1,0
06
933,2
8,6
4,3
09
933,4
9,8
5,3
12
933,3
14,6
7,9
15
934,4
14,8
5,0
18
934,4
5,0
2,7
21
933,6
2,8
1,7
00
933,5
1,8
0,7
03
933,8
1,2
0,0
06
934,8
13,6
8,0
09
934,3
13,8
8,2
12
934,0
15,4
9,0
15
934,8
8,0
5,1
18
935,1
5,2
3,2
21
935,3
3,2
1,8
00
933,8
2,6
1,5
03
934,1
1,5
0,7
06
934,9
9,7
5,0
09
934,9
12,9
7,4
12
933,6
13,1
7,6
15
933,9
8,8
4,5
18
934,1
5,8
3,3
21
933,6
3,9
2,7
00
934,0
4,6
2,7
03
934,5
5,0
3,0
12
06
935,5
12,9
7,2
09
934,7
13,9
8,0
12
934,8
14,1
8,2
15
935,9
9,6
5,6
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Havo namligini tavsiflaydigan kattaliklarni aytib bering;
2. Havo namligini qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligiga ta’siri qanday?
3. Havoning absolyut va nisbiy namliklarining fvrqi nimada?
4. Aspiratsion psixrometr qanday tuzilgan?
5. Aspiratsion pisxrometrda havo namligini o‘lchash tartibini tushuntiring;