HAYAJONLANISH, QO’RQUV, SIQILISH, SHOK KABI BEMORLARNI PSIXOLOGIK HOLATLARIDA VRACHNING TUTGAN O’RNI

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

22,0 KB


 
 
 
 
 
 
HAYAJONLANISH, QO’RQUV, SIQILISH, SHOK KABI BEMORLARNI 
PSIXOLOGIK HOLATLARIDA VRACHNING TUTGAN O’RNI 
 
 Har bir kasallik inson psixologik holatini o’zgartirishi mumkin.  Bunda 
kasallikka qarshi javob reaksiyasi kasallik xarakteriga va insonnning individual-
psixologik holatiga ham bog’liq. Zamonaviy tibbiyotda psixosomatik holat shunday 
belgilanganki, har bir somatik (tanaga yetkazilgan) buzilishlar yoki surunkali 
kasalliklar fenomen yoki organizmni  reaksiyasi (himoya, kompensator, patologik) 
hisoblanadi, ya’ni psixik va somatik holatni bir-biriga yaqin bog’liqligi bo’lgan bir 
butun sistema osti holatidir. Ushbu sistema osti holatlar va atrof-muhitni bir-biriga 
ta’siri natijasida ma’lum ko’p faktorli mexanizm ishga tushadi va qandaydir 
organizmda buzilishlarni keltirib chiqaradi. Bunda kasallikni kelib chiqishida 
negativ psixosotsial faktorlar ahamiyat kasb etib, ularni bartaraf etish yoki 
kamaytirish tez tuzalishga yordam beradi.  
 Kasallikni shaxsga patogen ta’siri shundaki, massiv va uzoq davom etuvchi 
og’riqli intoksikatsiya, modda almashinuvini buzilishi, holdan toyish va umumiy 
astenizatsiya psixik jarayonlarni buzilishiga, bemorni aktivligi va operatsion-texnik 
qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Klinikada ko’proq somatogen va psixogen 
buzilishlari, gipertonik kasalligi,  yurak ishemik kasalligi, oshqozon va 12 b. i. yara 
kasalligi bor bemorlar bilan ish olib borishga to’g’ri keladi.  
 Ko’proq tarqalgan nevrozsimon sindromlar quyidagilardir:   
 Vegetativ buzilish sindromi ko’p hollarda o’tib ketuvchi vegetativ krizlar – 
puls tezlashishi, yurak sohasida og’riq va nohush his, bosh og’rig’i, og’iz qurishi  
arterial qon bosimi oshishi, qo’l va oyoqlar uvishishi va sovuq qotishi, qaltirash 
holida namoyon bo’ladi. Shuningdek bemorlar yurak “to’xtab qolishi” va og’riq 
hissini, noto’g’ri urishini sezadilar, ko’krak qafasini kimdir bosib turganga 
o’xshaydi, bosh aylanadi, qo’rquv va bezovtalik bo’ladi. Ba’zan ushbu krizlar 
“vahima xuruji” deb baholanadi.  
HAYAJONLANISH, QO’RQUV, SIQILISH, SHOK KABI BEMORLARNI PSIXOLOGIK HOLATLARIDA VRACHNING TUTGAN O’RNI Har bir kasallik inson psixologik holatini o’zgartirishi mumkin. Bunda kasallikka qarshi javob reaksiyasi kasallik xarakteriga va insonnning individual- psixologik holatiga ham bog’liq. Zamonaviy tibbiyotda psixosomatik holat shunday belgilanganki, har bir somatik (tanaga yetkazilgan) buzilishlar yoki surunkali kasalliklar fenomen yoki organizmni reaksiyasi (himoya, kompensator, patologik) hisoblanadi, ya’ni psixik va somatik holatni bir-biriga yaqin bog’liqligi bo’lgan bir butun sistema osti holatidir. Ushbu sistema osti holatlar va atrof-muhitni bir-biriga ta’siri natijasida ma’lum ko’p faktorli mexanizm ishga tushadi va qandaydir organizmda buzilishlarni keltirib chiqaradi. Bunda kasallikni kelib chiqishida negativ psixosotsial faktorlar ahamiyat kasb etib, ularni bartaraf etish yoki kamaytirish tez tuzalishga yordam beradi. Kasallikni shaxsga patogen ta’siri shundaki, massiv va uzoq davom etuvchi og’riqli intoksikatsiya, modda almashinuvini buzilishi, holdan toyish va umumiy astenizatsiya psixik jarayonlarni buzilishiga, bemorni aktivligi va operatsion-texnik qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Klinikada ko’proq somatogen va psixogen buzilishlari, gipertonik kasalligi, yurak ishemik kasalligi, oshqozon va 12 b. i. yara kasalligi bor bemorlar bilan ish olib borishga to’g’ri keladi. Ko’proq tarqalgan nevrozsimon sindromlar quyidagilardir: Vegetativ buzilish sindromi ko’p hollarda o’tib ketuvchi vegetativ krizlar – puls tezlashishi, yurak sohasida og’riq va nohush his, bosh og’rig’i, og’iz qurishi arterial qon bosimi oshishi, qo’l va oyoqlar uvishishi va sovuq qotishi, qaltirash holida namoyon bo’ladi. Shuningdek bemorlar yurak “to’xtab qolishi” va og’riq hissini, noto’g’ri urishini sezadilar, ko’krak qafasini kimdir bosib turganga o’xshaydi, bosh aylanadi, qo’rquv va bezovtalik bo’ladi. Ba’zan ushbu krizlar “vahima xuruji” deb baholanadi.  
 
 Astenik sindrom. Klinik jihatdan quyidagicha namoyon bo’ladi: ko’p 
charchash, mehnat faoliyatini susayishi, xotira va diqqatni pasayishi, yuqori 
qo’zg’aluvchanlik, ta’sirchanlik oshishi, emotsianal va kayfiyat o’zgaruvchanligi. 
Bu holatdagi bemorlarga shoshqaloqlik va kutishni yoqtirmaslik, tashqi sensor 
ta’sirlarga yuqori sezuvchanlik xos bo’ladi. Astenik sindromga uyquni buzilishi, 
uxlay olmaslik, tunda ko’p uyg’onib ketish xosdir. 
 Fobiya sindromi. Nevrotik fobiyalar qo’rquvni “shilqim” g’oya shaklida 
o’rnashib olishidir.  
 Ipoxondriya – o’z holatiga noadekvat yondoshuv bo’lib, sog’lig’i 
yomonlashishidan o’ta darajada qo’rqish, sog’liq to’g’risida gap ochilsa diqqat bilan 
tinglash, o’zida yo’q kasalliklarni ham bor deb gumon qilish holatidir. Asosan bu 
patologik holat hisoblanib, psixologik korreksiya va psixologik suhbatlarni  talab 
etadi.  
 Har xil darajadagi depressiv buzilishlar ham katta ahamiyatga ega. Bunday 
holatda o’z joniga qasd qilish fikri paydo bo’ladi, attoki amalda qo’llashga harakat 
bo’ladi. Yurak dekompensatsiyalangan yetishmovchiligida, jigar sirrozi va 
uremiyada ham o’tkir psixik holatni buzilishlari ro’y berishi mumkin. Psixik holatni 
buzilishi tana haroratini ko’tarilishi bilan kechuvchi boshqa somatik kasalliklarda, 
yuqumli kasalliklarda (ko’proq gripp) kuzatilishi mumkin. Bemorlar atrof-muhitga 
oriyentatsiya qila olishmaydi, savollarga qiyinchilik bilan yoki kuttirib javob 
berishadi, ba’zan nutq va harakatni buzilishi (psixomotor qo’zg’alish yoki stupor) 
kuzatiladi. 
 Tibbiyot xodimi shuni bilish kerakki, qo’shimcha hayajonlanish va bezovtalik 
bor bo’lgan nevrotik va nevrozsimon simptomlarni kuchaytirish mumkin. Har doim 
davo jarayonida psixik va somatik holatni bir-biriga uzviy bog’liqligini unutmaslik 
lozim.   
 Bolalar orasida bo’lgan tibbiyot xodimlari har doim bemorlarning psixologik 
xususiyatlarini, his qilishlarini, hissiyotlarini inobatga olishlari lozim. Bolalarni 
holatini yaxshiroq tushunish uchun bolani shaxsiy psixologik holatini bilishdan 
tashqari oiladagi sharoitni, ota-onasini sotsial kelib chiqishini, mansabini ham bilish 
lozim.  Bularni hammasi bemor bolani kasalxonada to’g’ri parvarishlash va davo 
natijasini yaxshilashga yordam beradi.  
Astenik sindrom. Klinik jihatdan quyidagicha namoyon bo’ladi: ko’p charchash, mehnat faoliyatini susayishi, xotira va diqqatni pasayishi, yuqori qo’zg’aluvchanlik, ta’sirchanlik oshishi, emotsianal va kayfiyat o’zgaruvchanligi. Bu holatdagi bemorlarga shoshqaloqlik va kutishni yoqtirmaslik, tashqi sensor ta’sirlarga yuqori sezuvchanlik xos bo’ladi. Astenik sindromga uyquni buzilishi, uxlay olmaslik, tunda ko’p uyg’onib ketish xosdir. Fobiya sindromi. Nevrotik fobiyalar qo’rquvni “shilqim” g’oya shaklida o’rnashib olishidir. Ipoxondriya – o’z holatiga noadekvat yondoshuv bo’lib, sog’lig’i yomonlashishidan o’ta darajada qo’rqish, sog’liq to’g’risida gap ochilsa diqqat bilan tinglash, o’zida yo’q kasalliklarni ham bor deb gumon qilish holatidir. Asosan bu patologik holat hisoblanib, psixologik korreksiya va psixologik suhbatlarni talab etadi. Har xil darajadagi depressiv buzilishlar ham katta ahamiyatga ega. Bunday holatda o’z joniga qasd qilish fikri paydo bo’ladi, attoki amalda qo’llashga harakat bo’ladi. Yurak dekompensatsiyalangan yetishmovchiligida, jigar sirrozi va uremiyada ham o’tkir psixik holatni buzilishlari ro’y berishi mumkin. Psixik holatni buzilishi tana haroratini ko’tarilishi bilan kechuvchi boshqa somatik kasalliklarda, yuqumli kasalliklarda (ko’proq gripp) kuzatilishi mumkin. Bemorlar atrof-muhitga oriyentatsiya qila olishmaydi, savollarga qiyinchilik bilan yoki kuttirib javob berishadi, ba’zan nutq va harakatni buzilishi (psixomotor qo’zg’alish yoki stupor) kuzatiladi. Tibbiyot xodimi shuni bilish kerakki, qo’shimcha hayajonlanish va bezovtalik bor bo’lgan nevrotik va nevrozsimon simptomlarni kuchaytirish mumkin. Har doim davo jarayonida psixik va somatik holatni bir-biriga uzviy bog’liqligini unutmaslik lozim. Bolalar orasida bo’lgan tibbiyot xodimlari har doim bemorlarning psixologik xususiyatlarini, his qilishlarini, hissiyotlarini inobatga olishlari lozim. Bolalarni holatini yaxshiroq tushunish uchun bolani shaxsiy psixologik holatini bilishdan tashqari oiladagi sharoitni, ota-onasini sotsial kelib chiqishini, mansabini ham bilish lozim. Bularni hammasi bemor bolani kasalxonada to’g’ri parvarishlash va davo natijasini yaxshilashga yordam beradi.  
 
 Bola bilan muloqot qilganda his qilish katta ahamiyatga ega, ya’ni bemorning 
qayg’usini tushunishga harakat qilish. Shoshmasdan bola bilan suhbatlashish 
qayg’udan ustun turuvchi shaxsiy xususiyatlarni aniqlashga olib keladi va to’g’ri 
tashxis qo’yishda yordam beradi. Nafaqat bolani shikoyatini majburlikdan eshitish 
kerak, balki eshitgan gaplariga yaxshi e’tibor berib yondashishi lozim. Tibbiyot 
xodimini iliq munosabatini ko’rib bemor tinchlanadi, vrach esa bola to’g’risida 
qo’shimcha ma’lumotga ega bo’ladi.   Agarda buni teskarisi bo’lsa, ya’ni yuqori va 
qattiq tonda muomala qilish, mensimay gaplashish bemor va tibbiyot xodimi 
o’rtasida iliq munosabatlar yuzaga kelishiga to’sqinlik qiladi. 
Tibbiyot xodimi bolalarga ota-onasi yo’qligini bildirmay, ularni o’rnini 
bosishi lozim. Asosan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar ota-onasi yonida yo’qligini qiyin 
qabul qiladi. SHunga qaramay ular yangi sharoitga tezda moslashadi va tinchlanadi. 
Bunday hollarda ota-onani tez-tez kasalxonaga kelishi bola psixikasini 
shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Adaptatsiya davrida (3-5 kun) ota-onalarni tez-
tez kelishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bu davrdan keyin ota-onalar va bemor yaqinlari 
bolani ko’rishga biror bir ish sababli kela olishmasa hamshira ularga xat yozishlarini, 
narsalar berib yuborishlarini maslahat berishi lozim. 
Kasalxonada bolani uy sharoitiga o’hshash yaxshi psixologik sharoitni 
(o’yinlar o’ynash, televizor ko’rish va h.o) yaratishda tibbiyot xodimi katta rol 
o’ynaydi. Toza havoda sayr qilish bolalarni yaqinlashtiradi, hamshirani yaxshi 
muomalasi esa bolalarni yangi sharitga moslashishini osonlashtiradi. 
Kasalxona kollektivi orasida yaxshi munosabat o’rnatish, ahil bo’lish, ishni 
yaxshi olib borish bolalarni parvarishlash va davolashda yuqori natijalarga olib 
keladi. Kollektivda har bir ishchi o’z vazifasiga ega bo’ladi. Post hamshirasi kun 
tartibiga qat’iy rioya qilishi, vrach ko’rsatmalarini to’g’ri bajarish, kichik tibbiyot 
xodimi esa palatalarni tozazalash, bolalarni toza tutishi loxim. Hamshira bolalar 
orasida bo’lar va ularni kuzatar ekan,  bolaning shaxsiy xususiyatlarini ko’rish, 
o’zaro muloqotlari xarakterini kuzatishi lozim. Bunday hamshira vrachga yaxshi 
yordamchi bo’ladi, chunki u kasalxonada sog’lom muhitni paydo bo’lishida katta rol 
o’ynaydi.  
 
Psixologik muammolarga operatsiyadan oldingi qo’rquv kiradi.  Bemor 
operatsiyani o’zidan, u bilan bog’liq siqilishlardan, og’riq, operatsiya  asoratlaridan 
Bola bilan muloqot qilganda his qilish katta ahamiyatga ega, ya’ni bemorning qayg’usini tushunishga harakat qilish. Shoshmasdan bola bilan suhbatlashish qayg’udan ustun turuvchi shaxsiy xususiyatlarni aniqlashga olib keladi va to’g’ri tashxis qo’yishda yordam beradi. Nafaqat bolani shikoyatini majburlikdan eshitish kerak, balki eshitgan gaplariga yaxshi e’tibor berib yondashishi lozim. Tibbiyot xodimini iliq munosabatini ko’rib bemor tinchlanadi, vrach esa bola to’g’risida qo’shimcha ma’lumotga ega bo’ladi. Agarda buni teskarisi bo’lsa, ya’ni yuqori va qattiq tonda muomala qilish, mensimay gaplashish bemor va tibbiyot xodimi o’rtasida iliq munosabatlar yuzaga kelishiga to’sqinlik qiladi. Tibbiyot xodimi bolalarga ota-onasi yo’qligini bildirmay, ularni o’rnini bosishi lozim. Asosan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar ota-onasi yonida yo’qligini qiyin qabul qiladi. SHunga qaramay ular yangi sharoitga tezda moslashadi va tinchlanadi. Bunday hollarda ota-onani tez-tez kasalxonaga kelishi bola psixikasini shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Adaptatsiya davrida (3-5 kun) ota-onalarni tez- tez kelishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bu davrdan keyin ota-onalar va bemor yaqinlari bolani ko’rishga biror bir ish sababli kela olishmasa hamshira ularga xat yozishlarini, narsalar berib yuborishlarini maslahat berishi lozim. Kasalxonada bolani uy sharoitiga o’hshash yaxshi psixologik sharoitni (o’yinlar o’ynash, televizor ko’rish va h.o) yaratishda tibbiyot xodimi katta rol o’ynaydi. Toza havoda sayr qilish bolalarni yaqinlashtiradi, hamshirani yaxshi muomalasi esa bolalarni yangi sharitga moslashishini osonlashtiradi. Kasalxona kollektivi orasida yaxshi munosabat o’rnatish, ahil bo’lish, ishni yaxshi olib borish bolalarni parvarishlash va davolashda yuqori natijalarga olib keladi. Kollektivda har bir ishchi o’z vazifasiga ega bo’ladi. Post hamshirasi kun tartibiga qat’iy rioya qilishi, vrach ko’rsatmalarini to’g’ri bajarish, kichik tibbiyot xodimi esa palatalarni tozazalash, bolalarni toza tutishi loxim. Hamshira bolalar orasida bo’lar va ularni kuzatar ekan, bolaning shaxsiy xususiyatlarini ko’rish, o’zaro muloqotlari xarakterini kuzatishi lozim. Bunday hamshira vrachga yaxshi yordamchi bo’ladi, chunki u kasalxonada sog’lom muhitni paydo bo’lishida katta rol o’ynaydi. Psixologik muammolarga operatsiyadan oldingi qo’rquv kiradi. Bemor operatsiyani o’zidan, u bilan bog’liq siqilishlardan, og’riq, operatsiya asoratlaridan  
 
qo’rqadi, operatsiyaning effektivligiga ishonch hosil qilmaydi. Hamshira bemorni 
kuzatishlari natijasidan vrachni ogoh etishi, u bilan birga psixoterapevtik ta’sir qilish 
taktikasini ishlab chiqishi lozim. Operatsiya bo’lgan bemorlar bilan gaplashib endi 
operatsiya bo’ladigan bemorlarga operatsiya to’g’risida qo’rquvli gaplarni 
gapirishlarini oldini olish lozim. Operatsiyaga tayyorlash jarayonida bemor bilan 
yaxshi psixologik munosabat o’rnatish, u bilan suhbatda qo’rquv xarakterini va 
operatsiyadan nimaga qo’rqishini  bilish lozim, bemorni tinchlantirish, keyingi davo 
muolajalariga munosabatini o’zgartirishga harakat qilish lozim. Ko’pchilik bemorlar 
narkozdan qo’rqishadi, umuman turmay qolaman, hushimni yo’qotaman, sirlarimni 
gapiraman va h.o. deb o’ylashadi. 
 
Operatsiyadan keyin ham bir qancha muammolar yuzaga keladi. 
Operatsiyadan keyingi asoratlar yuzaga kelgan ba’zi bir bemorlarda har xil psixik 
buzilishlar kelib chiqishi mumkin. Xirurgik aralashuv va majburiy yotoq holati turli 
nevrotik va nevrozsimon buzilishlarni chaqirishi mumkin.   Ba’zan operatsiyadan 
keyingi 2-3 kuni bemorlarda injiqlik, qo’zg’aluvchanlik paydo bo’ladi. 
Operatsiyadan keyingi asteniyada, ayniqsa asoratlar yuzaga kelganda o’tkir 
depressiv holatlar yuzaga kelishi mumkin. Qari, katta yoshli kishilarda operatsiyadan 
keyingi davrda o’tib ketuvchi  galyutsinator va vahima holatlari rivojlanishi mumkin. 
Yomon sifatli o’sma bilan operatsiya bo’lgan bemorlar bilan muloqot qilish qiyin 
bo’ladi. Ular keyingi hayoti haqida qayg’urishadi, ko’p savollar berishadi. Ular bilan 
suhbatlashganda juda ehtiyot bo’lish lozim. Bemorlarni operatsiya yaxshi 
chiqqaniga, kelajakda ularga hech narsa xavf solmayotganini tushuntirish lozim. 
Ularni doimo mutaxassislar nazoratida bo’lishi, doimiy profilaktik davo olishlari 
kasallikni qaytalanishini oldini oladi. Bunaqa bemorlar bilan har kuni 
psixoterapevtik suhbatlar olib borish lozim.  
 
Ota-onalar, asosan ona bolasi kasalini og’ir qabul qilishadi. Buni tushunsa 
bo’ladi, sababi: og’ir kasallangan bemor onasi ma’lum bir darajada psixik 
shikastlangan bo’ladi va uning reaksiyasi noadekvat bo’lishi mumkin, chunki 
“onalik instinkti” juda yaxshi rivojlangan bo’ladi. Shu sababli ham tibbiyot 
xodimlari tomonidan onalarga individual yondashish lozim. Ayniqsa kasalxonada 
og’ir bemorga qarab yotgan onalarga alohida e’tibor berish lozim. Ayolni nafaqat 
yaxshi so’z bilan tinchlantirish, balki uni dam olishi va ovqatlanishiga sharoit qilib 
qo’rqadi, operatsiyaning effektivligiga ishonch hosil qilmaydi. Hamshira bemorni kuzatishlari natijasidan vrachni ogoh etishi, u bilan birga psixoterapevtik ta’sir qilish taktikasini ishlab chiqishi lozim. Operatsiya bo’lgan bemorlar bilan gaplashib endi operatsiya bo’ladigan bemorlarga operatsiya to’g’risida qo’rquvli gaplarni gapirishlarini oldini olish lozim. Operatsiyaga tayyorlash jarayonida bemor bilan yaxshi psixologik munosabat o’rnatish, u bilan suhbatda qo’rquv xarakterini va operatsiyadan nimaga qo’rqishini bilish lozim, bemorni tinchlantirish, keyingi davo muolajalariga munosabatini o’zgartirishga harakat qilish lozim. Ko’pchilik bemorlar narkozdan qo’rqishadi, umuman turmay qolaman, hushimni yo’qotaman, sirlarimni gapiraman va h.o. deb o’ylashadi. Operatsiyadan keyin ham bir qancha muammolar yuzaga keladi. Operatsiyadan keyingi asoratlar yuzaga kelgan ba’zi bir bemorlarda har xil psixik buzilishlar kelib chiqishi mumkin. Xirurgik aralashuv va majburiy yotoq holati turli nevrotik va nevrozsimon buzilishlarni chaqirishi mumkin. Ba’zan operatsiyadan keyingi 2-3 kuni bemorlarda injiqlik, qo’zg’aluvchanlik paydo bo’ladi. Operatsiyadan keyingi asteniyada, ayniqsa asoratlar yuzaga kelganda o’tkir depressiv holatlar yuzaga kelishi mumkin. Qari, katta yoshli kishilarda operatsiyadan keyingi davrda o’tib ketuvchi galyutsinator va vahima holatlari rivojlanishi mumkin. Yomon sifatli o’sma bilan operatsiya bo’lgan bemorlar bilan muloqot qilish qiyin bo’ladi. Ular keyingi hayoti haqida qayg’urishadi, ko’p savollar berishadi. Ular bilan suhbatlashganda juda ehtiyot bo’lish lozim. Bemorlarni operatsiya yaxshi chiqqaniga, kelajakda ularga hech narsa xavf solmayotganini tushuntirish lozim. Ularni doimo mutaxassislar nazoratida bo’lishi, doimiy profilaktik davo olishlari kasallikni qaytalanishini oldini oladi. Bunaqa bemorlar bilan har kuni psixoterapevtik suhbatlar olib borish lozim. Ota-onalar, asosan ona bolasi kasalini og’ir qabul qilishadi. Buni tushunsa bo’ladi, sababi: og’ir kasallangan bemor onasi ma’lum bir darajada psixik shikastlangan bo’ladi va uning reaksiyasi noadekvat bo’lishi mumkin, chunki “onalik instinkti” juda yaxshi rivojlangan bo’ladi. Shu sababli ham tibbiyot xodimlari tomonidan onalarga individual yondashish lozim. Ayniqsa kasalxonada og’ir bemorga qarab yotgan onalarga alohida e’tibor berish lozim. Ayolni nafaqat yaxshi so’z bilan tinchlantirish, balki uni dam olishi va ovqatlanishiga sharoit qilib  
 
berish, bolasi “yaxshi qo’llarda” ekanligiga va to’g’ri davo olayotganiga ishontirish 
lozim. Ona vrach va hamshira tomonidan bajarilayotgan muolajalar kerakli va 
to’g’riligini tushunishi lozim. Kerak bo’lganda onani ba’zi bir muolajalarni qilishga 
o’rgatish mumkin, masalan ineksiya qilish, ingalyatsiya qilish va h.o.   
 
Ko’pchilik ota-onalar tibbiyot xodimiga ishonch, yaxshi muomala bilan 
yondashishadi, ularning og’ir mehnatlariga rahmatlar aytishadi. Lekin ba’zan “og’ir 
f’elli” ota-onalar ham uchraydiki, o’zining qo’polligi, yomon hulqi bilan tibbiyot 
xodimlarini bolasiga alohida e’tibor berishlarini talab qilishadi. Bunday ota-oanalar 
bilan tibbiyot xodimi ichki va tashqi bosiqlik bilan javob qilishalri lozim va bu holat 
bolaning yomon tarbiyasiga yaxshi ta’sir qiladi.   
 
Tibbiyot xodimlariini bolani ko’rish va narsa (ovqat) olib kelish vaqtida ota-
ona va bemor yaqinlari bilan suhbati katta ahamiyatga ega. Ish ko’pligiga qaramay 
vrach hamma savollarga shoshmasdan javob berishga vaqt topishi lozim. Ota-ona 
bolasini tashxisini bilishda, davo muolajalarini to’g’riligini aniqlashtirayotganda 
ba’zi bir qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarda hamshira bemor 
yaqinlari bilan suhbatda o’z kompetensiyasidan tashqariga chiqmasligi lozim.  U 
kasallik simptomlari va kasallikning kutilayotgan natijalari to’g’risida gapirishga 
haqli emas.   Hamshira kechirim so’rab ma’lumotlardan to’liq xabardor emasligi 
aytishi va bemor yaqinlarini davolovchi vrachga yoki bo’lim mudiriga yuborishi 
lozim. 
 
Ota-onalar so’ziga ko’pam quloq solmaslik lozim, ularning noto’g’ri 
talablarini bajarish kerak emas, masalan ineksiyani to’xtatish, rejim va dietani 
o’zgartirish va h.o. talablarni vrach asossiz bajarmasligi lozim. Bunday holat faqat 
bemorga yomonlik olib keladi va tibbiyotning insoniylik prinsiplariga va 
professionallikka to’g’ri kelmaydi.   Bolalar bo’limida tibbiyot xodimlari ota-
onalar bilan muloqoti har doim emotsianal shaklda, uzviy aloqa holida va tez-tez 
bo’ladi. Tibbiyot xodimini bemor ota-onasi va yaqinlari bilan to’g’ri muloqoti 
tibbiyot xodimi – bemor bola – ota-ona orasidagi psixologik teng muvozanatlikni 
shakllantiradi. 
 
Nazorat savollari: 
 1. “Vegetativ buzilish sindromi” qanday bilinadi?  
berish, bolasi “yaxshi qo’llarda” ekanligiga va to’g’ri davo olayotganiga ishontirish lozim. Ona vrach va hamshira tomonidan bajarilayotgan muolajalar kerakli va to’g’riligini tushunishi lozim. Kerak bo’lganda onani ba’zi bir muolajalarni qilishga o’rgatish mumkin, masalan ineksiya qilish, ingalyatsiya qilish va h.o. Ko’pchilik ota-onalar tibbiyot xodimiga ishonch, yaxshi muomala bilan yondashishadi, ularning og’ir mehnatlariga rahmatlar aytishadi. Lekin ba’zan “og’ir f’elli” ota-onalar ham uchraydiki, o’zining qo’polligi, yomon hulqi bilan tibbiyot xodimlarini bolasiga alohida e’tibor berishlarini talab qilishadi. Bunday ota-oanalar bilan tibbiyot xodimi ichki va tashqi bosiqlik bilan javob qilishalri lozim va bu holat bolaning yomon tarbiyasiga yaxshi ta’sir qiladi. Tibbiyot xodimlariini bolani ko’rish va narsa (ovqat) olib kelish vaqtida ota- ona va bemor yaqinlari bilan suhbati katta ahamiyatga ega. Ish ko’pligiga qaramay vrach hamma savollarga shoshmasdan javob berishga vaqt topishi lozim. Ota-ona bolasini tashxisini bilishda, davo muolajalarini to’g’riligini aniqlashtirayotganda ba’zi bir qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarda hamshira bemor yaqinlari bilan suhbatda o’z kompetensiyasidan tashqariga chiqmasligi lozim. U kasallik simptomlari va kasallikning kutilayotgan natijalari to’g’risida gapirishga haqli emas. Hamshira kechirim so’rab ma’lumotlardan to’liq xabardor emasligi aytishi va bemor yaqinlarini davolovchi vrachga yoki bo’lim mudiriga yuborishi lozim. Ota-onalar so’ziga ko’pam quloq solmaslik lozim, ularning noto’g’ri talablarini bajarish kerak emas, masalan ineksiyani to’xtatish, rejim va dietani o’zgartirish va h.o. talablarni vrach asossiz bajarmasligi lozim. Bunday holat faqat bemorga yomonlik olib keladi va tibbiyotning insoniylik prinsiplariga va professionallikka to’g’ri kelmaydi. Bolalar bo’limida tibbiyot xodimlari ota- onalar bilan muloqoti har doim emotsianal shaklda, uzviy aloqa holida va tez-tez bo’ladi. Tibbiyot xodimini bemor ota-onasi va yaqinlari bilan to’g’ri muloqoti tibbiyot xodimi – bemor bola – ota-ona orasidagi psixologik teng muvozanatlikni shakllantiradi. Nazorat savollari: 1. “Vegetativ buzilish sindromi” qanday bilinadi?  
 
 2. “Astenik sindrom» qanday bilinadi? 
 3. “Fobiya sindrom» qanday bilinadi? 
 4. Bolalar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlari nimalarni bilishi va nimalarga 
ahamiyat qilishi lozim? 
 5. Vrachlar operatsiyadan oldingi va keyingi davrda bolalarning qanday psixologik 
muammolariga duch kelishadi? 
 6. Tibbiyot xodimini bemor bola yaqinlari va qarindoshlari bilan muloqot qilish 
taktikasi qanday?  
 
2. “Astenik sindrom» qanday bilinadi? 3. “Fobiya sindrom» qanday bilinadi? 4. Bolalar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlari nimalarni bilishi va nimalarga ahamiyat qilishi lozim? 5. Vrachlar operatsiyadan oldingi va keyingi davrda bolalarning qanday psixologik muammolariga duch kelishadi? 6. Tibbiyot xodimini bemor bola yaqinlari va qarindoshlari bilan muloqot qilish taktikasi qanday?