HAYOT HAQIDAGI TUSHUNCHALAR, HOZIRGI ZAMON BIOLOGIYASI HAYOTNING PAYDO BO`LISHI HAQIDAGI FALSAFIY TUSHUNCHALAR
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
25,4 KB
HAYOT HAQIDAGI TUSHUNCHALAR, HOZIRGI ZAMON
BIOLOGIYASI HAYOTNING PAYDO BO`LISHI HAQIDAGI FALSAFIY
TUSHUNCHALAR
Reja:
1.Hayot haqida tushunchalar.
2. Hayotning biokimyoviy evolyutsiyasi.
3. Tabiatshunoslikning fizikaviy konsepsiyasi. Nisbiylik nazariyasi.
4. Fazo va vaqt.
Asosiy
tushunchalar:
Hayot,
biokimyoviy
evolyutsiyasi,
nazariya,
konsepsiya, nisbiylik, fazo va vaqt.
Hayot haqida tushunchalar. Hozirgi zamon olimlari oldida turgan eng murakkab
masala - yerda hayotning paydo bo‘lishini tahlil qilib berishdir. Uning qiyinligi
shundaki bugungi fan rivojlanish jarayonidagi muammolarni emperik yo‘l bilan,
aniq tajriba yo‘li bilan o‘rganadi va muayyan xulosaga keladi, ammo yerda
hayotning paydo bo‘lganini, bundan 5-6 milliard yillar oldin qanday holatda
ekanligini aniq aytishga qiynaladi. Qiyinligi shundaki, hayotning paydo
bo‘lganligini aniqlash uchun biron-bir ilmiy tajriba o‘tkazib bo‘lmaydi. Aslida
“Biz qayerdan keldik, qanday paydo bo‘ldik?” degan savolga, “Yangi tosh asri -
neolit davridan, bor-yo‘g‘i 7-8 ming yildan boshlab yashayapmiz” degan javob
beriladi.
Shuni aytish joizki, odamlar neolit davridan boshlab g‘orlardan chiqib, o‘zlariga
ochiq
joylardan
uy-joy
qurishni
o‘rgandilar.
Insoniyat keyingi 5-6 ming yillar davomida dunyo haqida turli afsonalar to‘qishga,
mavhum, tabiiy va ilohiy kuchlar borligiga ishonib keldi.
Dunyoning paydo bo‘lishi haqida eng birinchi fikrlar diniy bo‘lib, barcha xalqlar o‘z
dinlaridan qat'i nazar dunyoni xudo yaratgan, jonsiz narsalarga xudo jon ato qilgan,
degan tushunchaga kelgan. Oddiy odamlar o‘ylab, fikrlab o‘tirmasdan turli xil
afsonalarga ishonib qo‘yaqoladi, ilmiy jihatdan talqin qilish o‘ta murakkab, isbot talab
qiladigan jarayon. Islom dini ham, nasroniy, juhudlar hatto, buddistlar ham yerda
hayotning paydo bo‘lishiga o‘zlaricha izohlar berganlar.
Tirik organizmlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi haqida eng yorqin materialistik
fikrlarni Demokrit (e.o. 460-370 yy) va Epikur (e.o. 341-270 yy)lar aytib o‘tdilar. Bu
faylasuflar fikricha, tirik organizmlarning paydo bo‘lishi tabiiy kuchlarning
mahsulidir, hech qanday “ilohiy kuchning” ta’siri yo‘q.
Eng buyuk faylasuf Aristotel (e.o. 384-322 yy) xudoga ishongan va hamma narsa
xudodan deb bilganiga qaramasdan, organizmlar tirik organizmlardan paydo bo‘ladi,
ammo ular ba’zan o‘lik materiyadan ham paydo bo‘ladi, deb tushuntiradi. Uning qayd
etishicha, materiya eng passiv boshlanish bo‘lib ikki xil ko‘rinishga ega. Birinchidan,
u shakl modda bo‘lib, u o‘z - o‘zicha aniq songa va biron bir xususiyatga ega emas.
Bu materiyaning birinchi ko‘rinishidir. Ikkinchi ko‘rinishi yoki kengroq qilib aytsak,
narsa nimadan iborat bo‘lsa, u shundan paydo bo‘ladi. Aristotelning qarashlariga
ko‘ra, materiyaga hayot ichki tomondan beriladi. Olimning hayot-hayotidan paydo
bo‘lishi haqidagi g‘oyasi keyingi 2000-yil davomida tan olinib kelindi.
Hayot tushunchasining shakllanishida F. Redi va L. Paster qarashlari.
XVII asrning
ikkinchi yarmigacha organizmlar o’z ajdodlaridan biogenez yo’li bilan hosil
bo’lishidan tashqari qulay sharoitda anorganik moddalardan abiogenez yo’li bilan
ham paydo bo’la oladi degan tasavvurlar mavjud edi.
1688 - yilda Italiya olimi F. Redi tajribada hayotning o’z-o’zidan paydo bo’lmasligini
isbotlab berdi. F. Redi go’shtni yopiq idishga solib qo’yganida pashshalar kira
olmaganligi uchun unda lichinkalar paydo bo’lmadi. Lekin hayotning o’z-o’zidan
paydo bo’lishi tarafdorlari idishga havo kirmagani uchun shunday bo’ldi deb uni
tanqid qildilar. Shunda F. Redi go’sht solingan idishlarning ayrimlarini ochiq qoldirib,
boshqalarini doka bilan yopib qo’ydi.
Doka bilan yopilgan idishlarda lichinkalar paydo bo’lmadi, ochiq idishlardagi
go’shtda esa son-sanoqsiz lichinkalar paydo bo’ldi. F. Redi hayotning hozirgi
zamonda faqat mavjud hayot shakllaridan biogenez yo’li bilan rivojlanishi
mumkinligini tajribada tasdiqladi.
XIX asr o’rtalarida fransuz olimi Lui Paster kolbada mikroorganizmlar ko’payadigan
ozuqa suyuqligini uzoq vaqt qaynatdi. Kolba ochiq qoldirilganda unda bir necha
kundan keyin mikroorganizmlar ko’payishi kuzatildi (unga bakteriyalar va ularning
sporalari
tushishi
natijasida).
Keyingi
tajribasida
L.
Paster
suyuqlikka
mikroorganizmlar va uning sporalari kirmasligi uchun kolbaning og’ziga S simon
shakldagi shisha naychani biriktirib qo’ydi.
Mikroorganizmlar sporalari ingichka egilgan naycha devorida o’tirib qoladi va kolba
ichiga o’ta olmaydi. Yaxshi qaynatilgan suyuqlikda mikroorganizmlar o’lganligi,
unga tashqaridan yangilarining kira olmaganligi natijasida mikroorganizmlar paydo
bo’lmaydi.
Shunday qilib hayotning har xil shakllarining hozirgi zamonda o’z-o’zidan paydo
bo’la olmasligi F. Redi va L. Paster tadqiqotlarida uzil-kesil tasdiqlandi.
XIX asrning ikkinchi yarimlarida fan va texnikaning rivojlana boshlashi natijasida
hayot bizga kosmosdan kelgan, degan tushuncha ham ilmiy asosni targ‘ib
qilaboshladi. Aslida, hayot kosmosdan kelganligi haqidagi dastlabki tushunchalar
eramizgacha bo‘lgan grek faylasufi Anaksagor tomonidan ham aytib o‘tilgan edi. XIX
asr o‘rtalarida tabiatshunoslikda, hayot kosmosdan kelgan, degan tushuncha qayta
ko‘tarildi. Hayot boshqa planetalardan kosmik jismlar orqali bizga yetib kelgan,
kosmik jismlar yerga hayot urug‘larini ekib ketishgan, degan fikrlar paydo bo‘ldi.
Hali-haligacha biron bir olim Koinotda hayot birgina yerda mavjud, degan fikrga
kelaolmaydi. Ayrimlar Koinotda faqat yerda hayot bor, deb biladilar. Hozirgacha
kosmos ancha o‘rganilganiga qaramasdan, hamon yerdan boshqa joyda hayot
mavjudligiga ishonib bo‘lmaydi-da! Chunki boshqa planeta odamlari yoki
sivilizatsiyasi haqida ilmiy isbotlangan biron bir ma’lumot yo‘q. Kosmik kemalar,
meteoritlar esa o‘zlari bilan tirik organizmlarni haligacha olib kelmadilar.
Hozirgi davrda kosmosda hayot borligini qat’iy himoya qiladigan taniqli olimlardan
biri angliyalik olim, Nobel mukofoti sovrindori Frensis Krik hisoblanadi. U
Amerikalik izlanuvchi Lesli Orgel bilan “Boshqarish mumkin bo‘lgan panspermiya”
ta’limoti haqida maqolalar e’lon qildi. Olimlarning fikricha, hozirgi mavjud hayot
yerga boshqa sivilizatsiyadan kelib qolgan. Agarda yerdagi insonlar hayotni boshqa
planetalarga olib o‘tish mumkin bo‘lsa, nega yerning o‘zidagi hayot boshqa
planetadan kelgan, uzatilgan emas, balki bizgacha 4 mlrd yil oldin yerga hayot kelib
qolgan bo‘lishi mumkin. Shu xulosalar oqimida amerikalik fantast yozuchi shunday
deb yozadi: “Biz Marsga bordik, endi inson Marsga hayot olib bordi, u yerda biz-
insonlar hayoti mavjud”. Aslida Marsda hayot borligi noma’lum, balki insonlar
mikroorganizmlarni olib borib, u yerda hayot barpo qilish va sekin-asta kislorod hosil
qilishga erishish ustida bosh qotiradilar.
Yerga tashqaridan keladigan kosmik kema bortida turli xil mikroorganizmlar mavjud
bo‘lishi mumkin. Bizning galaktikamiz radiusi 105 yorug‘lik yiliga teng bo‘lsa, Krik
va Orgel ta’rifidagi kosmik kema 0,001 yorug‘lik tezligi bilan harakat qiladi, bu
vaqtda ular butun Galaktikaga hayot ekib chiqishlari mumkin edi-da. Faqat bir narsa
aniqki, kosmik apparat himoyasida mikroorganizmlar harorat 0 daraja bo‘lgani uchun
million yillar davomida saqlanib qolishlari mumkin.
Krik va Orgelning hayotni “Kosmik ekish” haqidagi genetik kodi universalligi
shundaki, barcha tirik organizmlarda irsiy belgilarning bir hilda berilishidir. Bu
olimlar o‘z fikrlarini isbotlab, shunday deyishadi: “Mayli, yerda hayot o‘z-o‘zidan bir
necha joyda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘lgan bo‘lsin. Shunda ham
tegishli masala yana noma’lum bo‘lib qoladi: Xo‘sh bu tirik organizmlarda bir xil
genetik kod qayerdan paydo bo‘ldi?” Bu savolga kim javob beradi.
Krik va Orgel xulosasiga ko‘ra, yerga hayot yagona genetik kod bilan o‘zga
planetadan kelib qolgan. Genetik kod to‘g‘risida yer-ning ham xulosasi bor bo‘lib,
kimyoviy evolyutsiyaning boshlang‘ich davridagi kimyoviy tanlash jarayonida
murakkab molekulalar hosil bo‘lganda tirik organizmlar irsiy belgilarni uzatishning
universal mexanizmi tufayli hosil bo‘lgan.
Krik va Orgelning molibden haqidagi nazariyalari yapon olimi F.Yegani tomonidan
tezda fosh qilindi. Bu olim yuqoridagi olimlarning maqolalaridan so‘ng yer
tarkibidagi metallar miqdorini aniqladi. Haqiqatda Yerda molibdenning umumiy
miqdori kam, ammo dengiz suvida uning miqdori yuqori, ya’ni xromga qaraganda
ikki baravar ko‘p. F.Yegani o‘z izlanishlarida quyidagi xulosaga keladi. Dengiz
suvida molibden elementinig yuqori miqdorda bo‘lishi yerning aslida suvdan paydo
bo‘lganligini ko‘rsatadi.
XX asr boshlaridagi kuzatishlar yoki okeanning fizikaviy-kimyoviy sharoiti yerda
hayot suvdan boshlanganligini tasdiqlaydi. Okean suvidagi ayrim metallarning
bakteriya o‘simliklar hayvonlar bilan bir xildaligi avvalgi fikrlarimiz to‘g‘riligiga asos
bo‘ladi.
Hayotning biokimyoviy evolyutsiyasi. Bu nazariya XX asrning 20-30-yillarida
shakllana boshladi. Bu nazariyaga ko’ra Yerning ilk rivojlanishi davrlarida undagi
iqlim sharoitlari hozirgi zamondagiga nisbatan juda katta farq qilgan. Bunday
sharoitda avval oddiy organik birikmalar abiogen usulda sintezlangan va asta-sekin
kimyoviy evolutsiya natijasida murakkablashib, eng oddiy hayot shakllariga aylangan
va undan keyin biologik evolutsiya boshlangan.
Ch. Darvin fikriga ko’ra hayot faqat hayot bo’lmagan sharoitlardagina kelib chiqishi
mumkin. Geterotrof mikroorganizmlar yangi hosil bo’lgan organik moddalarni darrov
parchalab tashlaydi. Shuning uchun ham hozirgi davrda hayot yangidan kelib chiqishi
mumkin emas.
Yerda hayotning kelib chiqishi uchun zarur bo’lgan ikkinchi sharoit birlamchi
atmosfera tarkibida kislorod bo’lmasligidir. Chunki kislorod bo’lsa, u yangi hosil
bo’lgan organik moddalarni parchalab tashlagan bo’lar edi.
Hayotning anorganik moddalardan abiogen molekular evolutsiya natijasida hosil
bo’lishi to’g’risidagi nazariya rus olimi A. I. Oparin (1924) va ingliz olimi J. Xoldeyn
(1929) tomonidan yaratilgan.
Tabiatshunoslar fikriga ko’ra Yer bundan taxminan 4,5 - 5 milliard yillar oldin paydo
bo’lgan. Dastlab Yer changsimon holatda, harorati juda yuqori (4000 – 8000s)
bo’lgan. Asta-sekin sovish jarayonida og’ir elementlar sayyoramizning markaziga,
yengillari esa periferik qismiga joylasha boshlagan.
Yerda eng qadimgi odiy tirik organizmlar taxminan 3,5 milliard yil avval paydo
bo’lgan deb taxmin qilinadi. Hayot avval kimyoviy, keyin esa biologik evolutsiyaning
mahsulidir.
Kimyoviy evolutsiya Yerning birlamchi atmosferasi tarkibidagi N, H, C, O o’zaro
reaksiyaga kirishib ammiak, metan, uglerod oksidlari, vodorod sulfide, suv bug’lari
kabi oddiy organik birikmalarni hosil qiladi.
Dastlab juda kam miqdordagi erkin kislorod birikmalar tarkibiga kirib tamom
bo’lgan. Biologik monomerlar abiogen usulda sintezlangan. Yerning sovishi
natijasida birlamchi okeanlar hosil bo’lgan. Suvdagi kislorod hisobiga oddiy organik
birikmalar oksidlanib spirtlar, aldegidlar, aminokislotalar hosil bo’lgan, birlamchi
okean murakkab organik moddalar bilan to’yinib borgan. A. I. Oparin hayotning
paydo bo’lishini tajribada o’rganish mumkinligi g’oyasini birinchi bo’lib olg’a surdi.
Darhaqiqat, S. Miller (1953 yy) tajribada birlamchi Yer sharoitining modelini yaratdi.
U qizdirilgan metan, ammiak, vodorod va suv bug’lariga elektr uchquni ta’sir etib,
asparagine, glitsin, glutamin aminokislotalarini sun’iy sintezladi.
Oparin fikriga ko’ra oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu
birikmalar suvdan ajralib turadigan koaservat tomchilarini hosil qiladi (lotincha
coacervus - quyqa, quyuq narsa ma’nosini anglatadi).
Koaservatlar o’ziga suvdan har xil moddalarni biriktirib, bir-birlaridan tobora
farqlanib borgan, ularda kimyoviy reaksiyalar kuzatilgan, keraksiz moddalar ajratilib
chiqarilgan.
Koaservatlarni tirik mavjudodlar deb atash mumkin emas. Kimyoviy evolutsiyaning
so’nggi bosqichlarida koaservatlar o’sa boshlagan, moddalar almashinishiga
o’xshagan tirik organizmlarga xos belgilar paydo bo’lgan. Koaservatlar membrana
bilan o’rala boshlagan va ularda bo’linish xususiyati paydo bo’lgan deb faraz qilinadi.
Bunday koaservatlar protobiontlar yoki birlamchi hujayralar deb ataladi.
Keyingi 20 yilda yoki XX asrning oxirlarida Koinotda organik birikmalar mavjudligi
haqida ma’lumotlar olindi (meteoritlar) va yerda hayot Koinot bilan bog‘liq ravishda
paydo bo‘lganligi isbotlandi.
Oldingi idealistlar, diniy oqimlar va hatto materialistlarning nazariyalari ularning
bilim o‘rganish darajasi yetarli bo‘lmaganlari uchun to‘liq asosli emas edi.
Geraklid (e.o.530 – 470 yy) tabiatga dialektik nuqtayi nazaridan qarab shunday
degan: “Tabiatdagi hamma narsa o‘tkinchi va hamma narsa o‘zaro bog‘lanib,
kosmosning birinchi elementlari olov, suv, havo, yer hammasi o‘zgaradi”. Bu faktlar
umumiy birlikning kurtaklari bo‘lib, materiya rivojlanishining boshi va oxiri
yo‘qligini ko‘rsatgan.
Dastlabki faylasuflarning hayot haqida fikrlari o‘ziga xos bo‘lgan. Chunonchi: Fales
hamma narsa suvdan tabiiy rivojlanish orqali hosil bo‘lgan deydi. Anaksimandrning
fikricha, hayot suv va yerga tushgan haroratning ta’siri natijasida hosil bo‘lgan.
Anaksimenning fikricha, hayotning paydo bo‘lishida havo asosiy elementi bo‘lib, u
qalinlashishi va siyraklashishi natijasida moddalar o‘zgarishi mumkin. Odam va
hayvon yerning yopishqoq qismidan paydo bo‘lgan.
Ulardan keyinroq yashagan faylasuf mexanik materializm tarafdorlaridan biri
bo‘lgan Demokrit (e.o.460 - 370 yy) fikricha dunyo son-sanoqsiz bo‘linmaydigan
atomlardan iborat bo‘lib, ular cheksiz maydonlarga joylashgandir. Atomlar bir-biri
bilan uzluksiz qo‘shiladi va ajralib ketadi, to‘xtovsiz harakatlanadi va hajmiga,
shakliga, yirikligiga va tuzilishiga qarab, turlicha bo‘ladi. Ularning yengillari
yuqoriga ko‘tarilib, havo va olovni, og‘irlari pastga tushib, suv va yerni hosil qilgan
va ulardan yer va suvdagi barcha tirik organizmlar hosil bo‘lgan.
Qadimgi grek faylasufi Empedokl (e.o.490 - 430 yy) tirik jonivorning paydo bo‘lish
mexanizmini o‘z - o‘zicha talqin qiladi. U Geraklid elementlar haqida bildirgan ilk
fikrni rivojlantirib, ularning aralashuvi juda turli ko‘rinishlar hosil qiladi, ayrimlari
bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, parchalanib ketsa, ayrimlari qulay sharoitda saqlanib
qoladi, elementlarning qo‘shilishi natijasida hayvonlarning organlari paydo bo‘ladi,
hosil bo‘lgan organlarning qo‘shilishi natijasida butun organizmlar paydo bo‘ladi,
deydi. Empedoklning fikri aslida hayotiy bo‘lib, tabiatda hayotchan yoki chidamlilari
yashab qoladi. Forobiy falsafiy ta’limotida o‘z davridan kelib chiqib, hayotning paydo
bo‘lishiga o‘z fikrini bildiradi. Uning ta’limoti mohiyat-e’tibori bilan ilohiy
ta’limotdan tubdan farq qilib, ilmiy g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgandir. Bu falsafaga ko‘ra,
tiriklik yagona mavjudotdan iborat.
Borliqning kelib chiqishi Forobiy ta’limotida to‘rt unsurdan-tuproq, suv, havo,
olovdan tashkil topgan, osmon jismlari ham shu jismlarning o‘zaro birikuvidan paydo
bo‘ldi, deyiladi.
O‘rta asrlardagi Markaziy Osiyolik allomalardan yana biri Beruniy ham bir qator
ilg‘or fikrlarni aytib o‘tdi. Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida olim
Kopernikdan bir necha asr avval yerni Koinotning markazi deb biluvchi geliotsentrik
va Quyoshni Koinotning markazi deb o‘rgatuvchi geliotsentrik tizim teng kuchga ega
degan xulosaga keladi.
Tabiatshunoslikning fizikaviy konsepsiyasi. Nisbiylik nazariyasi. Tabiiy
fanlarning hozirgi fan va texnika inqilobi davrida shiddat bilan har tomonlama
rivojlanayotganini fizika fani orqali bilish mumkin. “Fizika” so’zi grek tilidan
olingan bo’lib, “Tabiat” degan ma’noni anglatadi. Bu so’zini birinchi marta
Aristotel ishlatgan, uning tabiat haqidagi birinchi kitobi ham “Fizika” deb
nomlangan. Fizika haqiqatdan ham tabiat haqidagi fan. U Koinotni, undagi
o’zgarishlar va jismlarning o’zaro munosabatini o’rganadi.
Koinotdagi katta jismlar zaminida moddiy zarrachalar yotganidek, qator tabiiy
fanlar (kimyo va biologiya) asosida ham fizik hodisalar yotadi. Fizika tabiatning
makro va mikrodunyo deb ataluvchi barcha moddalari hamda har xil fizikaviy
maydonlar harakatini o’rganadi. Fizikada moddiy narsalarga mega dunyodagi
jismlar: sayyoralar, yulduzlar, galaktikalar, ularning elektromagnit va fizika
maydonlari, elektron, proton kabi zarralar ham kiradi. Bular materiyaning turli xil
ko’rinishlari bo’lib, aslida odamlarga bog’liq bo’lmaydi. Bu fan materiyadagi turli
harakatlar odamlar uchun foydalimi yoki zararlimi shuni o’rgatadi.
Fizika fanining rivojlanishi haqida fikr yuritar ekansiz, Eynshteynning
quyidagi so’zlarini keltirish mumkin. “Fizika” tushunchasi inson aqlining erkin
holdagi ijodidir, u tashqi dunyo bilan bir xilda emas. Klassik fizika Nyutonning
klassik mexanikasidan keyin tezlik bilan rivojlandi yoki nazariy mexanika ham deb
atalaboshladi. Mexanikaning o’zi uch O’rta asrlar fizikasi Klassik fizika 43 qismdan
iborat: statika, kinematika va dinamika. Klassik mexanikaning asosi dinamikadir.
Nyuton o’zining uchta qonunini aksioma shaklida kashf etgan. Birinchisi
inerxiya qonuni bo’lib, quyidagicha ifodalanadi: biror jismga tashqi kuch ta’sir
etmayotgan bo’lsa-yu, harakatda bo’lsa, bu harakat bir xil tezlik bilan to’g’ri chiziqli
bo’ladi yoki harakatsiz holatda bo’ladi. Ikkinchisi jismga kuch ta’sir etayotgan
bo’lsa, harakat tezlanishli bo’ladi va tezlanish yo’nalishi kuch tomon bo’ladi.
Uchinchisi-ta’sir aks ta’sirni keltirib chiqaradi-ki, ularningmiqdorlari teng va
yo’nalishlari bir-biriga teskaridir.Nyutonning ikkinchi aksiomasi dinamikaning
asosiy qonuni deb ham ataladi. Bu qonun fizikaga “Dinamika” tushunchasini olib
kirdi, ya’ni ta’sir etayotgan kuch jism massasining tezlanishiga olib keladi.
Tezlanishni yo’lning vaqtga nisbatan ikkinchi hosilasi deb, so’ngra ikki marta
integrallansa va kuch yo’q deb tasavvur qilinsa, energiyaning saqlanish qonuni va
kinetik momentning saqlanish qonunini keltirib chiqaradi.
Klassik mexanikani rivojlantirishga Nyutondan keyin XVII asrda Lagranj,
Eyler, Laplas, Dalamber, Puasson, Puanso, Gauss va boshqalar katta hissa
qo’shdilar. Nyutonning butun olam tortishishi qonuni quyidagicha: hamma jismlar
bir-birini o’zlarining modum massalari ko’paytmasligi to’g’ri proporsional va
orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporhional bo’lgan kuch bilan tortadi.
Koinotdagi barcha jism yoki materiya butun olam tortishish qonuniga
bo’ysunadi, jism ushbu qonunga bo’ysunmasa, u boshqa qonunlarga bo’ysunadi.
Tabiatdagi optik va elektromagnit hodisalarni mexanika qonunlari yordamida
o’rganib bo’lmaydi. Optik hodisalarni kuzatgan Nyuton yorug’likni moddiy
zarrachalardan tuzilgan yoki korpuskulyar deb izohlagan. Yorug’lik zarrachalar yoki
fotonlardan iborat ekanligini foto effekt hodisa tasdiqlaydi.
Klassik fizikaning rivojlanishi natijasida keyingi kashf qilingan zarralar soni
hozir 200 dan oshib ketdi, shuningdek, deyarli barcha elementlarda zarralarga qarshi
antizarralar ham mavjudligi isbotlandi. Zarra va antizarralar o’rtasida umumiylik
mavjud bo’lib, ularning massalarida bir xil zaryad belgilarining farqlari ham bir xil.
Masalan, elektron va pozitron, neytron va antineytron. Koinotda fazo va vaqt
ob’ektiv ravishda mavjud. Ular inson ongiga bog’liq emas. Odamlar ularni sezadimi,
ko’radimi-yo’qmi, bundan qat’iy nazar, ular ob’ektiv fazo va vaqt borliq bo’lib
hisoblanadi. Vaqt uzilmasdan o’tmishdan kelajakka o’tib boradi.
Fazo va vaqt. Nyuton asarlarida vaqt haqida shunday deydi: “Absolyut
haqiqiy matematikaviy vaqt o’z - o’ziga, o’z mazmuni bo’yicha hech qanday tashqi
narsaga bog’liq bo’lmagan ravishda o’tab boradi. Fazo va vaqt universal bo’lib,
materiyaning umumiy yashash formasidir. Tabiatdagi barcha voqea, hodisa va
jismning hammasi fazo va vaqtda sodir bo’ladi”.
Fazo bir jismli yoki uning biror nuqtasining ustuni yo’q, u istagan nuqtasini
sanoq boshi qilib olishi mumkin. Muhim xossalaridan biri uning uch o’lchovligidir.
Har qanday jismning vaziyatini bir-biriga bog’liq bo’lmagan uch koordinata kattalik
yordamida aniqlash mumkin.
- dekart koordinata tizimida-X, U, Z o’qlari (uzunligi, eni va balandligi);
- sferik koordinata tizimida-radius-vektor va a, v burchaklar;
- silindrik koordinata tizimida-balandlik Z. Radius - vektor va burchaka.
Fazo bilan vaqtning bir - biridan farqi shuki, vaqtga qayta kelib bo’lmaydi,
ammo fazoning ma’lum nuqtasiga qayta kelish mumkin yoki ma’lum ma’noda u
qaytadi. Bilamizki, vaqt qaytmaydi, u faqat oldinga qarab boradi, uning ma’lum
bo’lagini qoldirib ham bo’lmaydi, tashlab ketish ham mumkin emas. Fazo va vaqt
bir jismli, ammo fazo izotrop xususiyatga ega, ya’ni hamma vaqt yo’nalishlarida
teng huquqqa egadir.
Nyuton fazoni shunday deb ta’riflaydi: “Fazo go’yo katta bo’sh qutidan iborat
bo’lsa, unda moddiy jism joylashgan bo’lib, unda turli fizikaviy jarayonlar ro’y
beradi”.
Fazodagi izotrop jismlarda moddaning elektr va optikaviy xususiyatlari barcha
yo’nalishlari bo’ylab bir xil bo’ladi. Elektr va magnit yo’nalishlarga bog’liq bo’lgan
moddalarni anizotrop deyiladi. Vaqtning qaytmasligi va uzluksiz bir yo’nalishda
o’tib turishi Darvinning evolyuhion nazariyasini tasdiqlaydi. Nyuton vaqtga
quyidagicha ta’rif beradi. “Absolyut, haqiqiy matematikaviy vaqt o’z - o’ziga va o’z
mazmuni bo’yicha hech qanday tashqi narsaga bog’lanmagan holda bir tekisda
o’tadi”.
Buyuk olim fazo va vaqtni tabiatdan tashqaridagi absolyut kattalik deb biladi.
XX asr boshlaridagi fan va texnika inqilobi vaqtga “ta’sir qilish” mumkinligini
aniqladi, juda katta tezlik vaqt oqimi o’tishini sekinlashtiradi. Vaqtning o’tishi
tortishish maydoniga bog’liq ekanligi ham aniqlandi. Natijada yangi fan-fazo va vaqt
fizikasi vujudga keldi.
Endilikda vaqtning neytron yulduzlar yakunida sekinlashuvi, “Qora
tuynukda” to’xtashi, “Oq tuynuk”lardan tez otilib chiqishi, vaqtning fazoda aylanishi
mumkinligi kabi xususiyatlari aniqlandi.
Demak, hamma nuqtalari teng huquqli va barcha yo’nalishlari ham teng
huquqli fazoning xususiyatlarini oldindan belgilab bo’lmaydi. Fazoning
xususiyatlari fazodagi jismlarning xususiyatlari bilan aniqlanadi va kashf qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma.T., 2005.
2.D.Yormatova. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. T.:”Aloqachi”
nashriyoti, 2008.
3.M.N.Valixonov., J.M.Nabixonov Tabiatshunoslikning zamonaviy konsepsiyasi.
T.:”TDU” nashriyoti, 2007.
4.A.Hamidov A.To‘xtayev va boshqalar. Botanikadan o‘qituvchilar uchun
qo‘llanma. Toshkent “O‘qituvchi” 1999 yil.