Tayanch iboralar: Qorin bo‘shlig‘i, shirdon, oshqozon, ichak, Laparotomiya,
Ruminotomiya, suniy teshik, dabba.
Qorinning chegarasi. Oldingi doira – tananing torakal qismi diafragmaga
yopishgan; orqa qismi tos bo‘shlig‘iga kirguncha, chov bog‘lamining tekislik
darajasiga muvofiq sonni taranglovchi keng fassiyasi va sag‘rin muskullar orasidagi
jo‘yaklarning tasviri, yuqoridagi bel umurtqalariga tushgan muskullar; pastdan
ventral tomonda joylashgan yumshoq devor va xanjarsimon tog‘ay; yonbosh
tomonlardan qorinning biqin yumshoq devori oxirgi qovurg‘a qismiga diafragmaga
tutashgan qismi.
O‘tkazilgan tekislik bo‘yicha qorinni shartli ravishda ikki segment va uch
qismga bo‘lish qabul qilib olingan; birinchi oxirgi juft qovurg‘alarning orqa qismlari
ikkinchi maklokning yuqori burchaklari. Oldingi qism, yoki qorin usti oblasti – regio
epigastrica diafragma oralig‘i va birinchi tekislikda joylashgan; o‘rtadagi qism, yoki
qorinning o‘rta qismi, ikki tekislik orasida joylashgan – regio mesogastrica; orqangi
qismi, yoki qorin osti oblasti - regio hypogastrica ikinchi tekislik orasi va tos
bo‘shlig‘iga kirishgacha joylashgan.
Yuqorida keltirilgan qismlarning xar biri o‘z navbatida kichik oblastlarga
qorin oldi qismida qalqonsimon tog‘ay r.xipohoidea ventral tekisligida joylashgan,
ikki tomonda o‘rnashgan qovurg‘alar yoyi tekisligida va juft o‘ng va chap qovurg‘a
osti chegaralarga – r.r.hypochondriacus – dextra et sinistra bo‘linadi.
Qorinning ventral devorida va bed umurtqasi ko‘ndalang o‘simtasi o‘rta
chegara ostida kindik, yuqorida bel oblastlariga bo‘linadi.
Bel umurtqalarining ko‘ndalang qovurg‘a o‘simtalari uchlari tomonlarida
o‘ng va chap biqin oblastlari ajratiladi, ularning umurtqalar qismida har tomonida
uchburchak shaklidagi chuqurlik och biqin joylashgan, bular ostida xususiy biqin
oblasti o‘rin oladi.
Qorin devorining pastki qismi orqa tomonida vertikal tekislikda o‘ng va chap
chov oblastlari, bular oralig‘ida chov suyagi joylashgan.
Yonbosh – tizza burmasidan qovurg‘a yoyiga o‘tkazilgan gorizontal tekislik
klinik nuqtai-nazarga ko‘ra qorin ostki devori yana o‘z navbatida yonbosh va pastki
qorin devoriga bo‘linadi. Bu qismida erkak hayvonlarda jinsiy olat terisi, kertmagi,
urg‘ochi katta hayvonlarda sut bezi oblasti ajratiladi. Kindik orqali o‘tkazilgan
tekislik bo‘limida kindik oldi va kindik orqa mintaqalari alohida ajralib turadi.
Qorin devorining tarkibiga qovurg‘a va qovurg‘a tog‘aylari kirmaydigan
qismi qorinning yumshoq devori deb nomlanadi. Qoramollarda Retting tomonidan
qorin oblastini bo‘linish usullarini boshqacha qilib bayon etgan.
Qorin yumshoq devorining tuzilishi. Teri qorin devorining ventral qismida
ancha yupqa. Teri osti va undan keyingi yuza fassiya to‘qimalari bir-biriga zich
yopishgan. Tananing teri osti muskuli yuzaki fassiya varaqalarining orasiga
joylashgan, qorin yumshoq devorining orqa pastki bo‘limida mavjud bo‘lib, biqin
tizza burmasiga qo‘shiladi. Fassiya osti to‘qimalaridan keyingi qavatlar yaxshi
rivojlanib, urg‘ochi hayvonlarning sut bezi, erkak mollarning prepusiyasi yaqinida
joylashgan, fassiya osti qavati yaxshi rivojlangan va shularni o‘z ichiga qamrab
olgan; sonning tarnglovchi muskul oldi, tizza qopqog‘i yuqorisidagi biriktiruvchi
to‘qimani tarkibiy qismida tizza usti limfa tuguni, chov oblastida esa chov yuza limfa
tugunlari o‘rnashib olgan.
Shu qavatda qorin teri osti arteriyasi va venasi joylashgan. Qoramollarda vena
tomiri laktasiya davrida yo‘g‘onlashadi, ko‘krak suyagining qilichsimon o‘simta
chegarasida “sut qudug‘i” teshigi orqali u ichki ko‘krak vena tomiriga qo‘yiladi.
Ba’zan bu teshik ikkita bo‘lib, unda vena tomiri ham ikkiga bo‘linib, teshiklar orqali
ichkariga kiradi.
Qorin sariq fassiyasi bel orqa fassiyasining davomi; u qorinning tashqi qiyshiq
muskul aponevroziga birlashadi va undan erkak hayvonlar jinsiy olatiga chuqur
fassiya ajralib chiqadi, u erkak jinsiy a’zosiga va urg‘ochilar uchun yelinini ushlab
turuvchi bog‘lam vazifasini bajaradi.
Qorinning tashqi qiyshiq muskuli juda keng yalpoq muskul bo‘lib, tananing
yon tomonida joylashgan, ko‘krak va qorin devorini tashkil qilishiga ishtirok etadi.
U ko‘krakning pastki yonidan boshlab tos suyagi tomonga qarab yo‘nalgan. Uning
aponevrozi uch qismga: qorin, tos va son bo‘laklariga ajraladi. Qorin qismi oq chiziq
va qorinning to‘g‘ri muskuli uchun tashqi qin pardasi shakllanishiga qatnashadi;
orqa tomondan qov suyagi do‘ngligiga yopishib oladi. Tos bo‘lagi biroz qalinlashib,
maklok va qov suyagi do‘ngligiga yopishishdan oldin uni chov yoki puparta
bog‘lami deb atashadi. Bu va qorin bo‘shlig‘ining oxirgi qismida aponevrozlar
ajralishi oralig‘ida chov kanalining teri osti yoki tashqi teshigi hosil bo‘ladi.
Qorinning ichki qiyshiq muskuli o‘zining tuzilishi jihatidan bog‘lamga
o‘xshab ketadi. Qoramollarda bu och biqinning pastki chegarasini tashkil qiladi.
Muskul
aponevrozi
qorinning
to‘g‘ri
muskuli qin
fassiyasi
tuzilishiga
ko‘maklashadi. Shuning uchun bu muskulning kaudal qismi pastki tomonidan chov
bog‘lamiga yopishmagan, muskul va bog‘lam o‘rtasida egat hosil bo‘ladi, ayrim
qismi chov kanalining ichki yoki qorin teshigi deb atash mumkin.
Qorinning to‘g‘ri muskuli qorinning qiyshiq va ko‘ndalang muskul
aponervozlaridan tashkil topgan, qin fassiyalari har tomonlaridan o‘rab olgan.
Qorinning ko‘ndalang muskuli uning payga o‘tish qismi qorin qiyshiq muskuli
payiga o‘tish chegara tekisligiga to‘g‘ri keladi. Shunda pastki yonbosh devori
yupqalashadi, shuning uchun bu joyni bo‘shalgan qismi deb hisoblashadi, ko‘pincha
bu yerda shikastlanish oqibatida qorin dabbasi vujudga keladi. Maklok yaqinida
muskullarning tashqi yuzasidan aylanma chuqur yon arteriyasining ikiga ajralgan
tarmoqlari tarqaladi.
Ko‘ndalang fassiya qorin oldi to‘qima va devor oldi parda bir-birlari bilan zich
yopishgan.
Qorin oq chizig‘i qorin devori muskullari sariq va ko‘ndalang fassiyalarning
bir-biriga qo‘shilish natijasida cho‘zilgan fibrozli uchburchak vujulga kelib,
qilichsimon tog‘ayidan qov suyagining qo‘shilish birikmasigacha cho‘zilgan. Oq
chiziqning o‘rta qismida chandiqsimon qattiq maydoncha kindik bor.
Qorin devorini qon bilan ta’minlanishi: a) qorin teri osti arteriya (tashqi va
uyat arteriyasidan); b) qisman tashqi ko‘krak arteriya; v) qovurg‘aoraliq arteriyalar;
d) chuqur yonbosh; ye) kranial va kaudal qorin usti arteriyalarning tarmoqlari
tarqaladi.
Innervasiya. Qorinning yumshoq qavatiga 13-nchi qovurg‘a oraliq va 2-nchi
bel nervlarning tarmoqlari tarqaladi.
Qo‘y shirdonini yorish.