HAYVONLARDA ANESTEZIOLOGIYA. NARKOZ VA UNI XIRURGIYA AMALIYOTIDA QO‘LLASH.
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
19,6 KB
ANESTEZIOLOGIYA. NARKOZ VA UNI XIRURGIYA AMALIYOTIDA
QO‘LLASH.
MA’RUZA REJASI:
1. Hayvonlarni operatsiya qilishda og‘riqsizlantirishning ahamiyati. Og‘riq va
uni hayvon organizmiga ta’siri.
2. Narkoz (umumiy og‘riqsizlantirish) tushunchasini aniqlash. Narkozni
qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.
3. Premidikatsiya - umumiy og‘riqsizlantirishga farmakologik tayyorlash.
4. Narkozning tasniflanishi va narkotik moddalarni yuborish usullari.
5. Har xil turdagi hayvonlar narkozi.
Tayanch iboralar: Anesteziologiya, anesteziya, analgeziya, og‘riq, narkoz,
neyroleptanalgeziya, narkoz asoratlari.
Anesteziologiya – an–inkor etish, aestesis-sezgi, logos-fan og‘riqsizlantirish
to‘g‘risidagi fandir.
I. Og‘riq – bu hujayra va to‘qimalarni yemiruvchi o‘ta kuchli ta’sirlarga
qarshi organizmda javoban ro‘y beradigan o‘ziga xos fiziologik jarayon, organizmni
himoya qilish reaksiyasidir. Og‘riqni sezish xavf-xatardan saqlanish choralarini
ko‘rish va uni bartaraf qilish uchun yordam beradi. Og‘riq butun organizm yoki
organlar funksiyasining buzilganligi haqida, kasallik to‘g‘risida ogohlantiradi.
«Og‘riq – sog‘liqning qo‘riqchi iti» der edilar qadimgi yunonda.
Og‘rituvchi ta’sirotga javoban organizmda bir qancha o‘zgarishlar (vegetativ
reaksiyalar) ro‘y beradi: qon tomirlar torayadi, qon bosimi ko‘tariladi, qonning ivish
xossasi oshadi, qondagi qand miqdori kuchayadi, nafas olish tezlashadi va maromi
buziladi. Oshqozon-ichak trakti bezlarining shira ishlab chiqarishi tormozlanadi.
Og‘rituvchi ta’sirotni sezadigan reseptorlar aniqlangan, ular orqali og‘riq, talamus,
gipotalamus va retikulyar formasiyasiga beriladi. Bu yerda og‘riqqa javob berish
xodisasi yuzaga keladi va organizmni zararli ta’sirotlardan saqlovchi vositalar
birinchi marta safarbar qilinadi.
Miya yarim sharining qobig‘i va qobiq osti aloqa yo‘llari orqali impulslar
miya qobig‘iga beriladi, bu yerda og‘riq sezgisining sifati va unga javob berish
xodisasining ancha mukammal mexanizmlari shakllanadi. Og‘riqqa javob berishda
turli fiziologik xodisalarni keltirib chiqaradigan nerv sistemasining vegetativ bo‘limi
ishtirok etadi. Simpato-adrenal sistema kuchayib gistomin va asetilxolin moddalari
ko‘p miqdorda yig‘iladi. Bular hammasi og‘riq ta’sirini kuchaytiradi va saqlab
turadi. Og‘riq haddan tashqari kuchli bo‘lsa, shok ro‘y berishi mumkin.
Og‘riq uzoqt vaqt ta’sir qilganda, hayvonlarning mahsuldorligini keskin
pasaytiradi; sigirlarda sutning kamayishi, boqiladigan mollarni tirik vaznining
sezilarli pasayishiga olib keladi. Kuchli og‘riq qo‘zg‘atuvchi kasalliklar hayvonlarga
katta zarar va vet.vrachlarga tashvish keltiradi. Shuning uchun og‘riqni yo‘qotish
yoki kamaytirish usullarini axtarib topmoq zarur.
Xirurgik operasiyalarda og‘riqsizlantirishni qo‘llash katta ahamiyat kasb
etadi.
Og‘riqni bartaraf qilish operasiya bajarish shart-sharoitlarini keskin
o‘zgartiradi: hayvonlarni tinchlantirib, harakatsizlantirib qo‘yadi, bu bilan
operasiyani olib borilishi uchun yaxshi sharoit yaratadi, xirurg esa to‘qimalarda tinch
va yaxshi ish olib borishi mumkin.
Og‘riqni
yo‘qotish
yoki
pasaytirish
uchun
hozirgi
vaqtda
og‘riqsizlantirishning 2 ta asosiy usuli qo‘llaniladi: narkoz va mahalliy anesteziya.
Bundan tashqari og‘riqsizlantirishning yana bir turi bor, u neyroleptanalgeziya
deyiladi. Bu bedorlik ham, uyqu ham, narkoz ham bo‘lmagan alohida bir holat
bo‘lib, es-xushi saqlangan, lekin quyi og‘riq sezgisini yo‘qolishi va atrofdagi
bo‘layotgan
hodisalarga
befarqlik
paydo
bo‘lishi
bilan
xarakterlanadi.
Neyroleptanalgeziya usuli, neyroleptik va analgetik moddalarni birgalikda ishlatish
bilan ifodalanadi, bunda og‘riq sezuvchanlik va harakat yo‘qoladi. Shuning uchun
uni hayvonlar organizmini narkozga tayyorlash uchun qo‘llash mumkin. Bunda:
a) narkozni yuborilishi va kechish osonlashadi;
b) narkotik moddalarni salbiy ta’siri yo‘qoladi;
v) xavfli vegetativ reflekslar kamayadi yoki yo‘qoladi.
Neyroleptanalgeziya (premidikasiya) o‘tkazish uchun quyidagi farmakologik
moddalardan foydalanish mumkin:
1. Sedativ moddalar – aminazin, kombilen.
2. Vagolitik moddalar – atropin sulfat.
3. Analgetik moddalar – morfin.
4. Uxlatuvchi moddalar – barbituratlar.
5. Miorelaksantlar – rampun, rometar.
6. Antigistamin moddalar – dimedrol.
Premidikasiya - bu hayvonni narkozga farmakologik tayyorlash.
II. Og‘riqsizlantirish tarixi. Og‘riqsizlantiruvchi
vositalar
haqidagi
dastlabki ma’lumotlar Misr qo‘lyozmalarida keltirilgan. Ma’lumotlarga qaraganda
350 yilda Aspirt, Pelagoniy otlarni og‘riqsizlantirish uchun sikuta, hind nashasi,
afyun qo‘llaganlar.
X asrda (980g‘1097) yashagan Abu Ali Ibn Sino og‘riqsizlantirish uchun
operasiya vaqtida sovuq ta’siridan foydalangan.
Ruini 1550 yilda birinchi marta otlarda narkoz o‘tkazish texnikasini va
miqdorlri to‘g‘risida to‘lig‘icha ma’lumot bergan.
XVII asrning o‘rtalarida Uren (1657) va (1667) hayvonlarning vena qon
tomirlariga afyunni inyeksiya qilishgan.
X. Devi 1799 yilda azot (I)-oksidini tadbiq etdi. 1844 yilda tish vrachi G.Uels
anesteziyalovchi modda sifatida taklif etdi. 1846 yilda Morton shu maqsadda efir
ishlatib ko‘rdi. Efir narkozi bilan birinchi marta jag‘ osti o‘smasini olib tashlash
operasiyasini Uorren 1846 yil 16 oktyabrda bajardi. Shu vaqtda Dj. Simpson
xloroformni og‘riqsizlantirish xususiyatini aniqladi. Bule esa 1847 yilda uni itda va
otlarda qo‘lladi. 1832 yilda Libig xloralgidratni kashf etdi. Voronsov esa uni otlarda
narkoz o‘tkazish uchun qo‘lladi. Niman 1860 yitlda Braziliyada o‘sadigan kola
butasi bargidan kokoin alkoloidini ajratib olishga erishdi. 1905 yilda Eyngorn -
novokainni kashf etdi, bu esa maxalliy og‘riqsizlantirishni keng qo‘llashga yo‘l
ochib berdi.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda og‘riqsizlantirishning yangi usuli –
elektronarkoz ishlab chiqildi va qo‘llanilmoqda.
III. Narkoz - (yunoncha Narcosis) karaxt bo‘lish, karaxtlik ma’nosini
bildiradi. Narkotik moddalar ta’sirida markaziy nerv sistemasining tormozlanishi
bilan bog‘liq bo‘lgan bexushlik, sezgining yo‘qolishi, harakatsizlanishi, shartli va
ayrim shartsiz reflekslarning yo‘qolishiga umumiy og‘riqsizlantirish yoki narkoz
deyish mumkin. Narkozda organizmning sezuvchanligi yo‘qoladi, skelet muskullari
bo‘shashadi, reflekslar yo‘qoladi, lekin uzunchoq miyada joylashgan hayotiy muhim
markazlar, ya’ni nafas olish, yurak-tomir sistemasi, silliq muskulatura faoliyati
saqlanadi.
Narkotik moddalarning miqdorini me’yoridan oshirish shu markazlarning
faoliyatini yo‘qotib, hayvonlarni o‘limga olib kelishi mumkin. Hayvonlar
organizmining umumiy qoniqarli holati narkoz qilishga ko‘rsatma bo‘lishi mumkin,
ayniqsa qorin va tos bo‘shlig‘ida joylashgan organlarni operasiya qilishda ishlatiladi.
Quyidagi kasallik va holatlarda narkozni absolyut qo‘llamaslik kerak: yurak-tomir
sistemasida, nafas olish organlarida, jigarda, buyrakda biron bir kasallik bo‘lganda,
modda almashinuvining buzilishida, kaxeksiya va anemiyaning og‘ir bosqichlarida.
Qari va bug‘oz hayvonlarda yuzaki narkoz bilan mahalliy og‘riqsizlantirish
qo‘llaniladi. Ba’zi moddalarning (xloroform, efir) o‘ziga xos xususiyatlarini ham
inobatga olish kerak. Masalan, go‘shtga hid berishini. Shuning uchun operasiya
qilish muvaffaqiyatli natija berishiga ishonch bo‘lmasa bunday narkotik moddalar
qo‘llanilmaydi.
IV. Narkoz chuqur yoki yuzaki bo‘lishi mumkin. Narkotik moddalarni
organizmga yuborish yo‘llariga ko‘ra narkoz quyidagilarga bo‘linadi: ingalyasion
narkoz – nafas yo‘llari orqali, noingalyasion boshqa yo‘llar orqali yuboriladi.
Ingalyasion narkozda efir, xloroform, azot (I) oksid, ftorotan, trilen,
siklopropan va boshqalar nafas yo‘llari orqali jo‘natiladi.
Noingalyasion narkozda suyuq narkotik moddalar venaga, to‘g‘ri ichakka,
mushak orasiga, teri ostiga yuboriladi yoki ichiriladi: alkogol, geksanal, tiopental-
natriy, xloralgidrat, narkolan, propanadid, predion, ketamin, natriy oksibutirat.
Agar bir narkotik modda yuborilsa (masalan, efir) - toza narkoz, agar bir
vaqtda ikki xil yoki bir necha xil narkotik moddalar yuborilsa – aralash narkoz
deyiladi. Agar narkoz avval bir narkotik modda bilan boshlanib ikkinchi modda bilan
davom ettirilsa uyg‘unlashgan narkoz deyildi. U o‘zi kiritiladigan va badis-narkoz
turlariga bo‘linadi.
Agarda yuzaki narkozdan so‘ng mahalliy og‘riqsizlantirish moddasi yuborilsa
birikmalashgan narkoz deyiladi.
V. Hayvonlarni narkozga tayyorlash katta ahamiyatga ega. Buning uchun
ularni 18-24 soatli och diyetada saqlash kerak. Ayniqsa oshqozon-ichak sistemasida
o‘tkazilayotgan operasiyalar vaqtida. Etxo‘r hayvonlarda oshqozonni tozalash uchun
apomorfin yordamida sun’iy qusish chaqirish mumkin.
Yirik hayvonlarning to‘g‘ri ichagini axlatdan va siydik qovug‘ini siydikdan
tozalash (bo‘shatish) tavsiya qilinadi. Hayvonlarda narkoz o‘tkazishdan oldin
premidikasiya qilish kerak. Narkoz o‘tkazish vaqtida quyidagi asboblar ishlatiladi:
ingalyasion narkoz o‘tkazish uchun niqoblar, tomizgichlar, shprislar, ignalar, til
tutgichi. Ingalyasion narkozni yuborish 4 usul yordamida amalga oshiriladi: ochiq,
yarim ochiq, yarim yopiq, yopiq. Efir narkozining o‘tishi klinik jixatidan to‘rt
bosqichda kechadi:
1 bosqich (analgeziya bosqichi) juda qisqa vaqt 13-14 minut davom etadi.
Hayvonlarning bezovtalanishi qayd etiladi, og‘riq va boshqa sezgilar pasaygan,
nafas olishi chuqur, ko‘z qorachig‘i kengaygan bo‘ladi.
2 bosqich (qo‘zg‘alish yoki betoqatlik bosqichi) hayvonlar bezovtalanadi,
nafas olish tezlashgan, ko‘z qorachig‘i kengaygan, muskullar tonusi kuchaygan
bo‘ladi.
3 bosqich (xirurgik, tolerant bosqichi) to‘rt fazaga ajratiladi:
I faza – hayvonlar tekis va chuqur nafas oladi, qorachiqlari torayadi, muskullar
tonusi pasaygan bo‘ladi.
II faza – muskullar tamomila bo‘shagan, qorachiq toraygan, ko‘z refleksi yo‘q,
nafas olishi chuqur.
III faza - barcha reflekslar yo‘qolgan, nafas olish yuzaki.
IV faza – tez-tez yuza nafas oladi, qorachiqlar kengaygan, ko‘z va til orqaga
ketadi, puls tezlashadi, bosim pasayadi. Narkozning bu fazasiga yo‘l qo‘yish
mumkin emas.
3 bosqich (qo‘zg‘alish bosqichi) – asta-sekin o‘z holatiga qaytish bosqichi.
VI. Otlarning narkozi – buning uchun xloralgidrat qo‘llaniladi. Uni
organizmga yuborish yo‘llari har xil bo‘ladi: vena qon tomiriga, og‘iz orqali, to‘g‘ri
ichak orqali.
20 minut oldin muskul orasiga 5 ml 1 % atropin yuborib premidikasiya
o‘tkazish kerak. Vena qon tomiriga xloralgidrat sekinlik bilan yuboriladi, miqdori
0,1 g 1 kg tana og‘irligiga 10 %.
Og‘iz orqali atalaga qo‘shib beriladi, dozasi 0,1 g/kg 2-3 litr.
To‘g‘ri ichak axlatdan bo‘shatiladi, miqdori 0,1 g/kg 5 % kraxmal eritmasiga
qo‘shib yuboriladi.
Yirik shoxli hayvonlarning narkozi – premidikasiya uchun 10 minut oldin 5-
10 ml 10 % atropin vena qon tomiriga, muskul orasiga 0,5 ml/kg aminazin yuborish
mumkin.
Vena qon tomiriga xloralgidrat eritmasini yuborish mumkin, miqdori 0,1 g/kg
10 % konsentrasiyada.
Vena qon tomiriga alkogol yuborish mumkin, quyidagi eritmada: spirt 445,0,
natriy xloridi-6,0; glyukoza-68,0, distillangan suv-930,0 (450-500 kg sigirga
yarimi).
Qon tomiriga tiopental-natriy yuborish mumkin, miqdori 15 mg/kg
5 % li.
Og‘iz orqali alkogol 400 250-300 ml 100 kg vazniga, mayda hayvonlarga 300-
400 ml bir boshga.
Cho‘chqalar narkozi – barbituratlar ishlatiladi, eritma qon tomiriga, suyakka,
qorin bo‘shlig‘iga yuboriladi, muskul orasiga 0,5 mg/kg aminazin yuboriladi.
Vena qon tomiriga pentotal-natriy narkozi ishlatiladi, miqdori 15 mg/kg 5 %,
15-20 minut davom etadi.
Bundan tashqari, vena qon tomiriga 15 % xloralgidrat eritmasi yuboriladi,
miqdori 0,1 g/kg, 15 % glyukoza eritmasiga qo‘shib yuboriladi.
Itlarda
va
mushuklarda
narkoz
–ingalyasion
narkoz
qo‘llaniladi.
Premidikasiya uchun 15-20 minut oldin 0,5-5 ml 0,1 % atropin, keyin aminazin 2,5
mg/kg qo‘llaniladi.
Asosiy narkoz efir yordamida 1-2 tomchi bir sekundda, mushuklarga
premidikasiya uchun aminazin 0,5 mg/kg, pentatal-natriy eritmasi 10 % qorin
bo‘shlig‘iga 50-60 ml yuboriladi. Bundan tashqari mushuk shisha yoki qutiga
joylashtirilib tagiga 20 ml efirda namlangan tampon qo‘yiladi, 5 minutdan keyin
narkoz boshlanadi.
Elektronarkoz – umumiy og‘riqsizlantirish turi. Elektronarkozda elektr toki
ma’lum miqdorda va jadalligida organizmga ta’sir qilganda chuqur uyqu chaqiriladi.
Stefan Lelyuk 1902 yilda o‘zida va hayvonlarda sinab ko‘rgan. Narkoz chaqirish
uchun 100 gs tok ta’sir qilinadi.
Narkoz asoratlariga – qusish, nafas olishning to‘xtashi, kollaps, peri-
tromboflebit kiradi.
Qusishda oziqani erkin chiqishini ta’minlash kerak. Nafas olish to‘xtasa teri
ostiga kofein, lobelin, sulfokamfokain yuborib, sun’iy nafas berish kerak. Kollapsda
teri ostiga kofein, kamfora yoki venaga adrenalin yuboriladi, yurak massaji qilinadi.
Bu yordam bermasa 5 minut ichida yurakka adrenalin yuboriladi, kichik hayvonlarga
0,25-1 ml, kattalarga 10 ml. Peri va tromboflebitlarda qon tomir atrofiga 0,25-0,5 %
novokain yuboriladi yoki natriy bikarbonat eritmasi yuboriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Operativ xirurgiya – X.K. Rustamov, Ya.A.Axbutayev, B.D.Narziyev –
1997.
2. Operativnaya xirurgiya – Magda I.I. va boshkalar – 1990.
3. Borba s bolyu ili chelovek va operasionnom stole. V.Yu. Ostrovskiy. 1983.
4. Xirurgiya bez chudes – V.V.Kovanov – 1981.
5. Eksperiment v xirurgii. V.V. Kovakov. 1989.
6. Elektronarkoz v xirurgii. M.I. Kuzin i drugiye. 1966.