HAYVONLARDA IMMUNOSTIMULYATORLAR, FERMENTLAR VA GARMONLAR.
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
23,9 KB
IMMUNOSTIMULYATORLAR, FERMENTLAR VA GARMONLAR.
Reja:
1. To‘qima preparatlari
2. Aminokislotalar
3. Bakterial preparatlar va zardoblar
4. Garmonlar haqida ma’lumot
Tayanch tushunchalar:
► Ferment preparatlari to‘g‘risida tushuncha.
► Farmakologiyada immunostimulyator xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar
to‘g‘risida tushuncha.
► CHorvachilikda hayvonlarni taloq, jigar, muskullar, tuxumdon, qon,
oshqozon osti bezi va boshqa organlaridan foydalanib to‘qima preparatlari
tayyorlanadi.
► Farmakologiyada gormonlarning olinishi to‘g‘risida tushuncha:
To‘qima preparatlari
Bu preparatlar amaliyotga 1933 yilda akademik Filatov tomonidan kiritilgan.
Filotov fikricha, organizmdan ajratilgan hayvon to‘qimalari birdan o‘lmaydi,
ularda modda almashinuv davom etadi. Bu holat to‘qima qanday sharoitda
ekanligiga qarab, to‘llig‘icha davom etadi. Noxush faktorlar ta’sirida to‘qimalar
juda aktiv biologik moddalarni ishlab chiqaradi. Bu moddalarni Filativ qarshilik
moddalari yoki biogen stimulyatorlar deb atadi. SHu yo‘l bilan olingan to‘qima
preparatlari metabolizmni kuchaytiradi, yaxshilaydi, MNS ni boshqaruv ta’siri
buzilgan bo‘lsa uni tiklaydi, organizmni chidamligini oshiradi va funksiyalarini
stimullaydi.
Preparatlar
to‘qimalarni
o‘zidan
yoki
ekstraktlaridan
tayyorlanadi.
CHorvachilikda hayvonlarni taloq, jigar, muskullar, tuxumdon, qon, oshqozon
osti bezi va boshqa organlar qo‘llaniladi.
Ta’siri. To‘qima preparatlari u yoki bu darajada organizm funkyiyalarini
aktivlashtiradi, ayniqsa, MNS., vegetativ innervatsiya, ferment, garmon va
sekretor holatlarni immunobiologik holatlarni, qon hosil bo‘lishi va h. k.
Bu preparatlar sog‘lom hayvonlardagi fiziologik protsesslarni sezilarli
aktivlashtiradi, noxush faktorlarga chidamlilikni oshiradi, kasalliklarda esa
organizmni normal fiziologik holatga qaytaradi.
Hozir bu preparatlardan Filotov uslubi bo‘yicha tayyorlangan agar to‘qima
preparati qo‘llanilmoqda.Hayvonlarga teri ostiga va og‘iz orqali qo‘llaniladi.
Rus olimi tushnov tomonidan yaratilgan lizatlar ham keng qo‘llanilmoqda.
Lizatlar – hayvonlarni turli organ va to‘qimalaridan maxsus usul bilan olingan
preparatlar.
Lizatlar – umumiy stimullovchi ta’sirga ega bo‘lib, organlar fiziologik
funksiyalarini sezilarli kuchaytiradi.
Amaliyotda qo‘yidagi lizatlar qo‘llanilmoqda.
1. Mammalizat – sut bezining funksiyasi buzilganda
2. Miolizat – yaralarni tuzilishini tezlashtirishda
3.Ovariolizat – tuxumdon kasalliklarida
4. Kutilizat – teri kasalliklarida
Aminokislotalar
Bular kislota va aminlar hususiyatiga ega organik birikmalar bo‘lib,
tarkibida karboksil va amino guruhini saqlaydi. Bu moddalar barcha tirik
organizmlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, oqsillar tarkibiga kiradi va
hayvonlar mahsuldorligi, rezistentligi va immunoximik reaksiyalariga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Ular hayvonlar organizmida sintezlanadi, lekin mahsuldor hayvonlar hayot
kechirishi uchun ratsionda ham aminokislotalar etarli bo‘lishi kerak. SHuning
uchun hayvonlar ratsioniga sintetik aminokislotalar qo‘shiladi.
1.
Metionin – oq poroshok holida sintetik aminokislota.
U organizmda ba’zi bir ferment va organlar vit V12 foli kislota va ait S
ta’siriniaktivlashtiradi, organizmda zaharlarni neytralaydi.
Metionin jigar kasalliklarida, ba’zi zaharlanishlarda ( margumush, fenol,
geksaxloran), distrofiyada, cho‘chqa va tovuqlar o‘sishi va mahsuldorligini
oshirishda qo‘llaniladi.
2.
Sistin – Systinum. kristal poroshok, suvda eriydi.
Organizmda u silliq muskulli organlarda yallig‘lanishlar rivojlanishini oldini
oladi, ba’zi ferment va oqsillarga ta’sir etadi, metionini sarflanishini kamaytiradi va
organizmda 5 soatgacha ta’sir etadi. SHuning uchun ozuqa bilan birilganda kuniga
4 martadan kam bo‘lmasligi kerak.
3.
Gamma – globulin – qon zardobning oqsil fraksiyasi.
U individual murakkab tuzilishli oqsil bo‘lib, hayvonlar yuqimli kasalliklarini
oldini olishda qo‘llaniladi.
4.
Glutamin kislota – (Asidum glutaminicum)- oq kristal poroshok ,
suvda yahshi erimaydi, kislota va ishqorlarda yaxshi eriydi. Organizmda u katta
miqdorda miya to‘qimasi tarkibida bo‘ladi va azot, uglevod modda almanishuvida
qatnashadi, ATF va atsetilxolin hosil bo‘lishini stimullashtiradi, ammiakni biriktirib
organizmni zaharlardan tozalashga yordam beradi.
Hayvonlarga holsizlanish, deprissiya, intoksikatsiyalar bilan kechadigan
kasalliklarda, muskullar distrofiyasi nerv sistemasi kasalliklarida qo‘llaniladi.
Bakterial preparatlar
Buyuk rus olimi Mechnikov odam va hayvonlar hayotida hazm yo‘li fiziologik
mikroflorasining katta ahamiyati borligini isbotlagan. Olim tomonidan taklif
qilingan sut prostokvashi shaklidagi atsidofil tayoqchasi odam va hayvonlar
uchun ham davolash, ham profilaktika maqsadida qo‘llaniladi.
Atsidofil tayoqcha – hayvonlar uchun zararsiz mikroorganizm, hazm yo‘lida
yashaydi va uglevodlarni parchalaydi, sut kislota hosil qiladi, natijada oshqozon
va ichaklar bezlari sekretor faoliyati aktivlashadi, mayatniksimon harakat
tezlashadi. Qisman peristaltika ham, fermentlar aktivlashadi. Buning hammasi
jami hazm organlari fiziologik holatini tiklashga, hazmlanishni yaxshilashga,
ozuqa
moddalar
o‘zgarishtirishga
toksinlarni
neytrallash
va
patogen
mikroorganizmlar uchun noxush sharoit yaratishga olib keladi.
Atsidofil tayoqchasi oddiy sharoitda hazm yo‘lining doimiy mikroflorasi
hisoblanadi. Ko‘pchilik kasalliklar va oziqlanish buzilishlarida ichaklarda uning
miqdori sezilarli kamayadi. Natijada organizmni umumiy holatiga ta’siri seziladi.
Hazm organlariga tushgan patogen mikroblar yuqumli kasalliklar chaqirishi
mumkin. Hozir bakterial preparatlardan quyidagilar qo‘llaniladi:
1. ABK- atsidofilnaya bulonnaya kultura
2. PABK- propionovo – atsidofilnaya bulonnaya kultura
PABK- “V” guruh vitaminlari va vit V12 ni hosil bo‘lishida ahamiyati katta.
PABK va ATK hayvonlarni o‘sish va rivojlanishini tezlatadi. Homilani
rivojlanishi va bo‘g‘ozlikni kechishini yaxshilaydi va organizmni himoya
funksiyasini aktivlashtiradi.
Bakterial preparatlar V guruh vitaminlari etishmovchiligida, oshqozon – ichak
buzilishlarida alimentar anemiyada, hayvonlar o‘sishini tezlatishda qo‘llaniladi.
Fermentlar
Fermentlar – bioximik jarayonlarning mahsus katalizatorlari. Ular hayvon,
o‘simlik va mikroblar funksional ho‘jayralarida hosil bo‘lib, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Toza holdagi yoki nativ shaklida dori modda sifatida modda almashinuv va ovqat
hazm qilishni yaxshilash uchun davolash maqsadida qo‘llaniladi.
Hozir 1800 ga yaqin fermentlar fanga ma’lum.
Ular juda muhim xusiyatlari shundaki, himiyaviy reaksiyalarni million marta
tezlatadi, lekin o‘z aktivligini yo‘qotmaydi va yuqori maxsus ta’sirga ega.
Fermentlar organizmda o‘zaro bir-biri bilan aloqada ta’sir ko‘rsatadi, bu ta’sir
kaliy aniq ketma-ketlikda, aniq optimal sharoitlarda o‘tishi kerak. Fermentlar
organizmda doim sintezlanadi. Lekin ba’zilari birlari organizmga tashqaridan kirishi
mumkin.
Fermentlar 2 hil bo‘ladi.
1. Oddiy faqat oqsillardan tashkil topadi.
2. Murakkab, oqsil va oqsil bo‘lmagan qismlardan tashkil topadi.
Veterinariya amaliyotida fermentlar o‘rinbosar terapiya sifatida ular
etishmovchiligida organizmda; farmakologik vosita sifatida ferment
etishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni davolashda; hayvonlarda
modda almashinuvni tezlatib, ularni tirik vaznini oshirish maqsadida.
1.
Pepsin – cho‘chqalar oshqozoni shilliq pirdasidan olinadi, oq poroshok,
suvda eriydi.
Pepsin hayvon va o‘simliklar oqsilini gidrolizini kuchaytiradi. U og‘iz orqali
yosh hayvonlar dispepsiyasida, oshqozon va ichaklar yallig‘lanishlarida,
ovqatlar hazmlanishi susayganda xlorid kislota eritmasi bilan kuniga 2-3 marta
qo‘llaniladi.
2.
Oshqozon natural shirasi.- ot yoki itlar oshqozon bezidan fistula bilan
olinadi, rangsiz suyuqlik, 05% xlorid kislota va oshqozon shirasi hamma fermentlari
saqlaydi.
U oshqozon shirasi aktivligini oshiradi, o‘t va oshqozon osti bezi
sekretsiyasini stimullaydi, antiseptik va achishga qarshi ta’sir etadi.
Gormonlar
Gormonlar deb, ichki sekretsiya bezlari tomonidan ishlab chiqariladigan
mahsulotlarga aytiladi.
“Gormon” so‘zi grekcha qo‘zg‘otaman, uyg‘otaman ma’noni bildirib, fanga
1905 yilda Beylis va Sterling degan olimlar tomonidan kiritilgan.
Hozirgi vaqtda 100 dan ortiq turli xil gormon va gormonal xususiyatga ega
bo‘lgan moddalar aniqlangan bo‘lib bu moddalarning tirik organizmlarga
ko‘rsatadigan biologik ta’siri juda kichik konsentratsiyada ham amalga oshishi va
ular ta’siri doimo markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqarilishi hamda ularning
spetsifik xususiyatili ekanliklari aniqlanib berilgan.
Gormonlar olinishiga qarab farmakologiyada 4 guruhga bo‘linadi:
1. Ekstrakt preparatlar – hayvonlar endokrin bezlaridan ajratib olinadigan
gormonl preparatlar (adrenalin, insulin, estron).
2. Sintetik preparatlar – ximiyaviy yo‘l bilan olinadigan gormonal preparatlar,
tarkibi bo‘yicha tabiiy gormonlarga mos keladi.
3. O‘simlik preparatlar – gormonal ta’siriga ega bo‘lgan o‘simliklardan
olinadigan preparatlar.
4. Tabiiy gormonlarga mos bo‘lgan sintetik preparatlar-lekin gormonal ta’sir
xususiyatiga ega.
Hayvonlar organizmida gormonlar ba’zi bir fiziologik jarayonlarga maxsus
ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, ular moddalar almashinuvini turlariga, jinsiy bezlarni
rivojiga, muskullar tonusi va rivojiga va xokazolar. Buning natijasida organizmni
muhim hayotiy jarayonlarida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, masalan, organizmni
immunibiologik reaktivligi va immunogenezi, qonni bakteriotsidligi va oqsil
tarkibida, jinsiy bezlar funksiyasi va hokazolarda.
Hayvonlar organizmida gormonal ba’zi bir fiziologik jarayonlarga maxsus
ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, ular moddalar almashinuvini himoya turlariga, jinsiy
bezlarni rivojiga, muskullar tonusi va rivojiga va xokazolar. Buning natijasida
organizmni muhim hayotiy jarayonlarida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, masalan,
organizmni immunibiologik reaktivligi va immunogenezida qonni bakteriotsizligi va
oqsil tarkibi, jinsiy bezlar funksiyasi va hokaza.
Organizmda u yoki bu gormonni etishmovchiligi ko‘payib organlarni
funksiyasini buzilishiga va og‘ir kasalliklarga olib keladi.
Gormonlar ishlab chiqarilgan endokrin sekretsiya bezlariga quyidagilar:
1. Gipofiz – AKTG, oksitotsin, o‘sish gormoni
2. Oshqozon osti bezi – insulin
3. Qalqonsimon bez – tiroksin
4. Buyrak usti bezi – adrenalin
5. Jinsiy bezlar – estrogenlar, androgenlar
Organizmda u yoki bu gormonni etishmovchiligi ko‘payib organlarni
funksiyasini buzilishiga va og‘ir kasalliklarga olib keladi.
Gipofiz gormonlari
Gipofizning oldingi bo‘lagida o‘nlab garmonlar hosil bo‘ladi: o‘sish garmoni,
tiriod. AKTG kartizola va boshqa glyukokorsikkosteridiarning biosintezini
aktivlashtiradi, buyrak ustida askorbin kislotalari va xolistrin saqlanishini
sekinlatadi, uglerod va yog‘ almashinishi, oqsi almashinishni yaxshilaydi:
glyukokorinkosteriodi o‘xshab kapilyarlarning o‘tkazuvchanligi uning tonusi
sekinlashganda sekinlashtiradi, vospoleniyaga qarshi va allergiyaga qarshi
reaksiyani kuchaytiradi, shaduronidoza aktivligini tormozlaydi. Preparatni
hayvonlarning har xil allergik holatlari uchun qo‘llaniladi (dermatozlar, dori
moddalarga sezuvchanlikning oshishida, antionevrotik oteda, sыvorotkali kasallik
va boshqalarda). Teri kasalliklarida, ko‘z kasalliklari va bir qancha revmatik
vospoleniya holatlarida. Dozasi muskul ichiga: 0,08-0,13 ED hayvonning 1 kg tirik
og‘irligida. Preparatning ta’sirotini uzaytirish maqsadida AKTG-sink-fosfat
qo‘llaniladi. U 3-5 marta AKTG ga nisbatan uzoq ta’sir etib, undan bir qancha
kuchsiz hisoblanadi.
Prolaktik – prolactinum-u qoramol va cho‘chqalarning gipolfizidan
olinadi.U strilnыy holidagi 5 ED li 1 ml li ampulada eritma holida chiqariladi.
Tajribalar it va ona quyonlarga qo‘llanilganda prolaktinning sutni ko‘paytirganligiga
aniqlandi.
Itlarga muskul ichiga 0,5-1 ml.
Pitutirin-gipofizning orqa bo‘lagidagi o‘rganilgan garmon oqsitotsin
hisoblanib, bachadon muskulturasini aktivlashtiradi va vazopressin, muskul
kletkalaridagi qon tomirlarining qisqarish kuchaytirib, ichak va oshqozon, hamda
kapillyar emmentlarining qisqarilishini aktivlashtiradi.
Pitutirin qon aylanishda juda aniq ta’sir etadi. Qisqartiradi arteriyani,
arteriolalarni, kapillyarlar va har doim venalarni hatto noronat va o‘pka tomirlarini
qisqartiradi, buyrak tomirlarini hosil qilib, qaysikim har doim kengaytiradi. Ichki
tomirlarni kuchli qisqartiradi, buyrak tomirlarini hosil qilib, qaysikim har doim
kengaytiradi.
Pitutirin qo‘llaniladi: tug‘ishning uzoqqa cho‘zilishi va kechikishi davrida
bachadonning qisqarilishini kuchaytirish uchun; asosan u homilaning haydash
davrida yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, qaysiim bachadon, bo‘ynining etarlicha ochilgan
vaqtida;
Teri ostiga qo‘llaniladi; yilqilarga va qora mollarga 3,0-5 ml, mayda shoxli
mollar va cho‘chqalarga 0,5-1,0 ml; itlarga 0,1-0,3 ml.
Oksitotsin-Oxytocinum. Sintetik preparat. Bachadonning kuchli qisqarishini
chiqaradi, undan tashqari oksitotsin prolaktinning hosil bo‘lishini stimullshtiradi,
shu sababli sutning seketsiyasi kuchayadi.
Teri ostiga buyuriladi dozada: sigirlarga 10,0-20,0; cho‘chqalarga 1,5-3,0;
itlarga 0,5-1,0.
Immunostimulyatorlar
Juda ko‘p dori moddalarning davolovchi va profilaktik ta’sirining asosi qon
zardobidagi turli ho‘jayralardagi globulin fraksiyasi mahsus oqsillarning
ko‘payishi hisoblanadi.
Qondagi immunoglobulinlar gumoral immunitetda himoyachi vazifasini
bajaradi- yangi organizmni rezistentligini chidamligini ta’minlaydi.
Ba’zi holatlarda organizm chidamlilik darajasi pasayib ketganda immun
kuchlarni oshiradigan moddalar immunostimulyatorlar qo‘llanadi. Bu moddalar
hayvonlarga himoya kuchlari susayganda yuqumli kasalliklarga, nohush omillarga
chidamlilik pasayganda qo‘llanilidi.
Farmakologiyada immunostimulyator xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar ko‘p.
Bular:
1. Aminokislotalar
2. To‘qima preparatlari
3. Mahsus zardoblar
4. Bakterial preparatlar
Maxsus zardoblar
Ma’lumki, qon hayvon organizmiga juda aktiv ta’sir etuvchi vosita sifatida
doim qo‘llanib kelinmoqda. CHunki, qon tarkibida ko‘p miqdorda harakatchan
bioximik kompleksslar, turli himoya va stimullovchi moddalar saqlaydi. Sog‘lom
har qanday hayvon qoni kuchli stimulyator hisoblanadi. SHuning uchun
veterinariyada va meditsinada autogemoterapiya va qon quyishda qimmatli
davolovchi faktor speratida qo‘llaniladi. Hayvonlarga qon yoki maxsus qon
zardobi – ATSS – antiretikulyar sitotoksik toksik ATSS – hayvonlar reaktivligini
oshirish uchun Bog‘omols tomonidan taklif qilingan. U hayvon qoni zardobi
bo‘lib, taloq antigeni bilan immunlashtirilgan ATSS – organizmning tipik
qitiqlovchisi bo‘lib, kichik dozalarda stimulaydi, katta dozada susaytiradi.
ATSS organizmni himoya, plastik va tropik funksiyalarini oshiradi, ayniqsa
organizmni giporeaktiv holatlarida aktiv ta’sir ko‘rsatadi.
ATSS kasalliklarga chidamlilik oshiradi, yaralarni tuzalishini tezlashtiradi va
yallig‘lanish holatlarini to‘htatadi, qoramol, qo‘y, ot va cho‘chqalarni
semirtirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Jinsiy garmonlar:
Estrogenlar.
Estrogenlar urg‘ochi hayvonlarni jinsiy gormonlari bo‘lib, tuxumdonda va
qisman bachadonda ishlab chiqariladi.
Veterinariya amaliyotida esa estrogenlar urg‘ochi organ kasallliklarida,
bepushtlikni davolashda, platsenta va mumifikatsiyalangan homilani chiqarishda,
jinsiy funksiyani stimulashtirishda, sut ajralishini boshqarishda va hokazolarda
qo‘llanilib kelinmoqda.
Keyingi yillarda esterogenlar chorvachilikda hayvonlarni semirtirish va kuyga
keltirishni sinxronlashtirishda qo‘llanilmoqda. Esterogenlarni chorvachilikda
axamiyati keng ekanligini olib, ximiklar bugungi vaqtga kelib 500 dan ortiq
esterogen aktivlik darajasiga ega bo‘lgan xar xil birikmalarni sintez qildilar.
Estrogen preparatlarga quyidagilar kiradi:
1. Estron (follikulin) – Oestronum (Folliculinum)
2. Estradiol-benzoat – Oestrodioli benzoas
3. Esrtadiol-dipropionat – Oestrodioli dipropionas
4. Sinestrol – Sinoestrolum
5. Dimestrol – Dimoestrolum
6. Dietilstilbestrol - Diaethylstilboestrolum
Esradiol benzoat – oq kristal poroshok. Spirtda va moyda eriydi. B ruyhatga
kiritilgan. 1 ml /g da 10000 TB saqlaydi. Amaliyotda 0,1% li eritmasi qo‘llaniladi.
Esradiol benzoat hayvonlarni kuyga keltirish tuxumdonlar gipo funksiyasida,
sigirlarni endometritlarida, yuldoshni ajratishda, sut bezlarni funksiyasini oshirishda
qo‘llaniladi.
Dozasi: Muskulga ot va qoramollarga 4-8 ml, cho‘chqalarga 0,3-1 ml;
Gestagen preparatlari.
Gestogen yoki progestagenlar deb shunday dori moddalarga aytiladikim,
uning o‘xshashaligi sariq tana yoki uyaga yaqin turadi. Ximyaviy tuzilishi jihatidan
ular tuyilmagan tetrotsiklin deketon hisoblanadi.
Organizmga gestogen preparatlarni yuborilganda bug‘ozlikni quvvatlantiradi,
bachadonda tuxumning etilishi kuchaytiradi, yangi tuxumlarni formaga keltiradi,
bachadonning oksitoksinga sezuvchanligini pasaytiradi, so‘ngroqqa plansenitaning
paydo bo‘lishini chiqaradi va mayda tozning biriktirish apparatini susaytiradi.
Pregestron-progestronum. Mayda kristallar, suvda erimaydi, balki spirt va
o‘simlik moyida yaxshi eriydi. Davolash maqsadida progestronning moyli eritmasi
1 ml li amulada 5-10 va 25 mg progestron holida chiqariladi. B gruppadagi ro‘yxatda
saqlanadi.
Progestron bug‘ozlik vaqtida platsenaning rivojlanishi va tuxumning etilishi
mustahkamlaydi. Undan tashqari u bachadonning qisqarishini sekinlatadi va sut
bezlarining funksional holatini stimullashtiradi. Bachadon qo‘zg‘aluvchanligigi va
qisqarish pasaytirish uchun, tuxumlarning ishi shilliq tiklash uchun, snekning
effektivligining oshirish va uning zararli holatini pasaytirish uchun qo‘llaniladi. Uni
muskul ichiga yuboriladi hamda teri ostiga ham yuborish mumkin: qora molga 0,01-
0,04, cho‘chqalarga 0,004-0,008 kuniga 1 marta 4-8 kun ustma-ust yuboriladi.
2. SJK-bu 45-1000 kunlik bug‘oz biylar qonining ardobi hisoblanadi. U
qorako‘lchilik xo‘jaliklarda qo‘llanilib, yillar mobaynida har 100 bosh sog‘liqdan
160-170 qo‘zidan olingan. SJK o‘zining qimmatli ta’siri bilan, mahsuldorlikni
oshiradi, shuning bilan birga, homilaning ichkarida rivojlanishi va otalanishi uchun
yaxshi sharoit yaratib berishi hisoblanadi.
Qorako‘l sovliqlarda teri ostiga yuboriladigan dozasi: 1000ED; qisir
sovliqlarga aprel oylarida va mayda 2000-2500 ED, iyun esa 1500-2000 edi.
3.Xorionik
gonadotrop-gonodotropinum
chorionicum.
Gonadoprop
zardobi Gonadotropinum sericum –Bug‘oz biyaning qonining zardobidan olinadi.
Oq poroshok, suvda eriydi. Ampulada aralashmasi bilan 500 va 100 ED li
chiqariladi. ED, saqlanish shartlari va qo‘llanilishi, xuddi xarion gonadotropnikidek.
Qo‘llaniladi xuddi SJK singari.
Androgenlar.
Erkaklik jinsiy bezlarning gormonlarini ishlab chiqaradi. Andorgenlar
(grekchasiga andros-erkak genesis tuzilish demakdir). Inson va hayvon
organizmidagi erkak mollarning tuxumdonida, buyrak ustining po‘stloq qatlamida
hosil bo‘ladi.
Androgenlarni nasllik erkak mollarning jinsiy etishmovchiligni ayrim Yurak-
tomir sistemasining buzilish formalarida hamda bachadon disfunksiyasi va
boshqalarda qo‘llaniladi.
Metiltestesteron –methyltestosteronum. Metiltestesteron erkaklik jinsiy
garmonning testosteron formasining bittasi, sintetik yo‘l bilan olinadi.
Oq engil, sariq mayda kristal poroshok, suvda erimaydi, atseton, efir spirtda
yaxshi eriydi. B ro‘yxatida. Tabiiy garmonning biologik xususiyatiga egadir.
Erkaklarga jinsning rivojlanmasligida va jinsiy sferani funksiyasining buzilishida,
hamda tomir va nervning buzilishida qo‘laniladi.
Testosteron propionat-testosteroni prapionas. U Metiltestesteronga
nisbatan 2-3 marta aktiv va ta’siri juda davomli. Oq yoki engil sarg‘ishtil kristal
paroshok. Suvda erimaydi, spirt va efirda engil eriydi. Ampulada 1 ml li may
eritmasida 0,5; 1; 2,5; va 5 protsentli hamda chiqariladi. Testosteron propionatni
erkak mollarga jinsning rivojlanmasligi, tomir va nervning buzilishida buyuriladi.
Dozasi: qora mollarga 0,04-0,08; itlarga 0,005-0,01.