HAYVONLARDA MAHALLIY OG‘RIQSIZLANTIRISH AHAMIYATI VA QO‘LLASH USULLARI.
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
18,3 KB
MAHALLIY OG‘RIQSIZLANTIRISH AHAMIYATI VA QO‘LLASH
USULLARI.
MA’RUZA REJASI:
1.
Mahalliy og‘riqsizlantirish va uning ahamiyati. Mahalliy
og‘riqsizlantirishni qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.
2. Mahalliy og‘riqsizlantirishda premedikatsiyani qo‘llash.
3. Mahalliy og‘riqsizlantirishda qo‘llaniladigan dori vositalari va ularning
hayvon organizmiga ta’siri.
4. Mahalliy og‘riqsizlantirishning turlari.
5. Mahaliy og‘riqsizlantirishning diagnostik va patogenetik ahamiyati.
Tayanch iboralar: Anesteziya, analgeziya, yuza infiltrasiya, o‘tkazuvchan,
epidural, diagnostika, patogenetik terapiya.
Mahalliy og‘riqsizlantirish – bu anestetik moddalar ta’sirida hayvonlarning
muayyan qismidagi og‘riq sezuvchanlikni yo‘qotishdir. Bu moddalar o‘ziga xos asl
xoliga qayta oladigan ta’siri bilan periferik nerv sistemasining biror bo‘lagiga ta’sir
qilib, uni og‘riq sezmaydigan qilib ko‘yadi. Lekin bu ta’sir hayvonlar organizmida
chuqur tuzilish o‘zgarishiga olib kelmaydi, odatda, bunda faqatgina og‘riq
sezuvchanlik emas, balki taktil, harorat va boshqa sezuvchanliklar ham yo‘qoladi.
Mahalliy og‘riqsizlantirish uchun ishlatiladigan turli moddalar nerv
sistemasiga ta’sir qilib, reflektor yoyni (yo‘lini) uzadi va og‘riq paydo bo‘lgan
joydan impulslar markaziy nerv sistemasiga yetib bormaydi va hayvonlarda og‘riqqa
sezuvchanlik yo‘qoladi.
Mahalliy og‘riqsizlantirish amalda xavfsiz, shuning uchun ozg‘in, anemiya,
bo‘g‘oz, nafas olish organlari kasallangan, yurak-tomir kasalliklari bo‘lgan
hayvonlarda qo‘llaniladi. Iloji boricha mahalliy og‘riqsizlantirish qo‘llashga harakat
qilish kerak.
Ayrim hollarda mahalliy og‘riqsizlantirishni qo‘llab bo‘lmaydi, masalan, bu
usulni yaxshi bilmagan holda, individual sezuvchanlik yuqori bo‘lganda, yosh
mollarda ko‘p qon yo‘qotish bilan tez ravishda qilinadigan operasiyalarda,
to‘qimalarda fibroz o‘zgarishlar namoyon bo‘lganda. Aks holda asoratlar vujudga
kelishi mumkin va ular hayvonlarning o‘limiga olib keladi.
Mahalliy og‘riqsizlantirish uchun turli preparatlar sintez qilingan: kokain –
(cocainum) koka butasi bargidan olinadigan alkoloid. 1860 yilda Niman sintez
qilgan, 1879 yilda Anrep mahalliy anesteziya uchun ishlatgan. Rangsiz, oq kristall
kukun, ta’mi achchiq, suv va spirtda yaxshi eriydi, shilliq pardalar orqali yaxshi
o‘tadi, qonga o‘tgach umumiy ta’sir qiladi.
Novokaindan 16 baravar zaxarli, hayvonlarning teri ostiga yuborilganda nafas
olish, yurak urishi tezlashadi, ichaklarni peristaltikasi kuchayadi. Hayvonlarda eng
yuqori miqdori 0,5, yirik shoxli mollarda 0,6, itlarda 0,05 gr. Veterinariyada yuzaki
og‘riqsizlantirish uchun 5-10 % regionar (o‘tkazgich) anesteziya uchun 2-4 %.
Novokain – og‘riqsizlantirishning yetarli ekanligi, zaxarli ta’siri yo‘qligi va
to‘qimalarga zararli ta’sir ko‘rsatmasligi tufayli keng qo‘llaniladi. Novokain sintetik
preparat bo‘lib, hidsiz, achchiq ta’mli, oq kristallardan iborat, u suvda yaxshi eriydi
va qaytadan qaynatilganda parchalanib ketmaydi. Novokainning umumiy zaxarli
ta’siri kokaindan 7-10 marta kamroq. Germetik mahkamlangan novokainning
sterillangan eritmalari uzoq muddat davomida og‘riqsizlantirish xususiyatini
yo‘qotmasdan saqlanadi. Novokain avval qon tomirlarini kengaytiradi, so‘ngra
ularni toraytiradi.
Mahalliy og‘riqsizlantirish uchun novokainning 0,25 % dan 4-5 % ligacha
eritmalari qo‘llaniladi. Novokain qon zardobi, jigarda tez parchalanish xususiyatiga
ega bo‘lganligi sababli, u kumulyativ ta’sirga ega emas.
Dikain – sintezlab olinadigan, oq-sarg‘ish kristall kukun. Suvda va spirtda
eriydi, qaynatilganda parchalanmaydi. Anesteziyalovchi ta’siri novokaindan 10-15
baravar ortiq, zaxarli ta’siri 10 baravar. Shilliq pardalar orqali yaxshi shimiladi,
ko‘pincha yuzaki og‘riqsizlantirish uchun ishlatiladi.
Sovkain – oq-sarg‘ish kristall kukun bo‘lib, suvda va spirtda yaxshi eriydi.
Qaynatganda parchalanmaydi. Uning og‘riqsizlantirish ta’siri novokainga nisbatan
15-20 mrta kuchliroq. Og‘riqsizlantirish ta’siri uzoq davom etsa ham (10 soatga)
lekin novokainga nisbatan u 30 marta ko‘proq zaxarli bo‘lib, organizmdan sekin
chiqadi. Sovkain qon tomirlarini kengaytiradi, mahalliy anesteziyada 1:500, 1:2000
nisbatlarda eritilgan eritmasi ishlatiladi.
Lidokain – oq kukun, suvda yaxshi eriydi, juda mustahkam. Anesteziyalovchi
ta’siri novokainga nisbatan 4 marta kuchliroq, 2 marta ko‘proq zaxarli, tez shimiladi
va sekin parchalanadi, og‘riqsizlantirish ta’siri uzoq davom etadi. Yuzaki,
infiltrasion va o‘tkazuvchan anesteziyasida qo‘llaniladi 0,5 % dan 10 % ligacha
eritmasi ishlatiladi.
Uzoq davom etadigan operasiyalarda hamda operasiyadan keyin og‘riqni
pasaytirish uchun og‘riqsizlantiruvchi moddalarga analgeziyani uzaytiruvchi
moddalar qo‘shiladi. Shunday modda sifatida adrenalin ishlatiladi, qon tomirlarini
toraytirib og‘riqsizlantiruvchi moddaning tarqalishini sekinlatadi. 100 ml eritmaga
2-3 tomchi qo‘shiladi.
I.Ye. Povajenko tomonidan taklif qilingan novokainga qon zardobini
aralashtirish uning ta’sirini uzaytiradi va jarohatga qon oqishini to‘xtatishga yordam
beradi. 10 % li 10 ml novokain eritmasiga 200 ml zardob qo‘shiladi.
Uzoq vaqt anesteziyasi uchun novokainni yog‘li eritmasidan foydalanish
mumkin, uni birinchi marta 1930 yilda Gaza qo‘llagan. Shu maqsadda kungaboqar
yoki baliq yog‘ini ishlatish mumkin, odatda 2 % li eritmasi tayyorlanadi. Novokain
juda sekin tarqaladi va 2 sutkagacha ta’sir etadi. Novokain 10 % li glyukozada
eritilganda ham sekin tarqaladi.
Operasiyadan keyin asoratlarning oldini olish maqsadida anestetiklarning
antiseptik eritmalari ishlatiladi: novokain-rivanolli, novokain-penisilinli. Buning
uchun 100 ml novokainga 10 % rivanolning 1:500 nisbatli eritmasi yoki 50-100 ming
TB penisillin qo‘shiladi. Shu maqsadda har qanday antibiotikni qo‘llash mumkin.
Mahalliy anesteziya o‘tkazish vaqtida premidikasiyani qo‘llash mumkin. Bu bilan
neyroendokrin
va
vegeta-tomirlar
reaksiyalarini
stabillash,
analgetik
va
anesteziyalovchi moddalarning zaxarli ta’sirini va miqdorini kamaytirishga erishish
mumkin.
Mahalliy og‘riqsizlantirish quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Ustki (yuzaki) anesteziya – bu anesteziyalovchi moddani operasiya
maydonning ustiga surtishdir. Uni konyunktivalar, shilliq, seroz, sinovial pardalarni,
keng jarohat yuzalarini og‘riqsizlantirish uchun qo‘llash mumkin. Ko‘z
konyuktivasini og‘riqsizlantirishda 2-% li kokain eritmasi 5-10 % novokain bilan
ishlatiladi.
Anesteziyani davom etish muddati 20 minut, uzoqroq anesteziya qilish uchun
1-2 % sovkain qo‘llaniladi. Og‘iz, burun, hiqildoq, jinsiy organlar shilliq pardalarini
og‘riqsizlantirish uchun shu eritmalar tampon yordamida ishlatiladi. Og‘iz va
milklarning shilliq pardasini og‘riqsizlantirish uchun hozirgi vaqtda piromekain
ishlatish tavsiya etilgan. Siydik pufagini og‘riqsizlantirish uchun uni kateter bilan
bo‘shatib, 0,25-0,5 % li novokain yuboriladi. Bo‘g‘imlarni, pay ini va bursalarning
sinovial pardasini og‘riqsizlantirish uchun avval bo‘shatilib, novokainning 4-6 % li
eritmasi 5-10 ml ishlatiladi.
Teri yuzasini muz, qor yoki tez bug‘lanadigan suyuqliklar, masalan, xlor etil
yordamida yaxlatish bilan og‘riqsizlantirish mumkin, ta’siri 1-2 minut.
2. Infiltrasion aneteziya – operasiya qilinadigan joydagi to‘qima qatlamlarini
anestetik moddalariga to‘yintirish. Ular nerv reseptorlariga va tarmoqlariga ta’sir
qilib,
og‘riqning
o‘tkazuvchanlik
qobiliyatini
susaytiradi.
Bu
maqsadda
novokainning 0,25-0,5-1 % eritmasi ishlatiladi.
Infiltrasion anesteziyaning bir necha turlari bor: ingichka igna yordamida
novokainni teri va teri osti qavatiga yuborib infiltrat hosil qilib, shundan keyin
chuqur joylashgan to‘qimalarga o‘tiladi. Shunda sirkulyar infiltrasiya qo‘llash
mumkin, anestetik moddalar ikki yoki bundan ko‘p nuqtadan igna romb, piramida
shaklida to‘qimalarga yuboriladi.
Novokainning
kuchsiz
eritmasini
qavatma-qavat
inyeksiya
qilib
og‘riqsizlantirishni A.V. Vishnevskiy taklif etgan. Novokain eritmasini to‘qimalarga
katta bosim bilan qo‘yish uning reseptorlar va nerv xujayralari bilan uzluksiz
to‘qnashuviga imkon berdi. Vishnevskiy bo‘yicha novokainning kuchsiz
eritmasidan ko‘p miqdorda qavatma-qavat yuborib, fassial va aponevratik qinlarga
tarqaladigan sudraluvchi infiltrat hosil qilinadi. Bu to‘qimalarni tezlikda kesish
imkonini beradi, chunki bunda novokain nerv tuzilmalariga bevosita ta’sir etishdan
og‘riqsizlantirish tez boshlanadi. Vishnevskiy usulining afzalligi shundaki, bunda
sudraluvchi qattiq infiltrat hosil qilish yo‘li bilan to‘qimalar gidravlik preparovka
qilinadi, bu esa operasiyani osonlashtiradi.
Quyidagi resept asosida eritma yuboriladi:
Rp.: Natrii chloridi purissimi 50.0
Kalii chloridi – 0.75
Calcii chloridi – 0.125
Novocaini – 2.5
Aquae distillatae 1000.0
Sol. Adrenalini 1:1000 – 2,0
M.f. Sol. Steril
3. O‘tkazuvchan (regionar) anesteziya. Bu anesteziya usuli sezuv nervi
impulslarining
o‘tkazuvchanligini
to‘sishga
asoslangan.
O‘tkazuvchanlikni
to‘xtatish uchun anestetik dori eritmasini nerv yoki uning atrofiga yuboriladi. Odatda
nerv tolalari qobiq bilan o‘ralgan bo‘lgani uchun novokainning 2-4 % li eritmasidan
5-20 ml foydalaniladi.
4. Epidural anesteziya – bunda orqa miya qobiqlaridan tashkil topgan nerv
ildizlari va tarmoqlari umurtqa kanalining ichida og‘riq-sizlantiriladi. Anestetik
suyuqligi orqa miya qattiq qobig‘i va umurtqa kanalini tashkil qiladigan epidural
qobig‘iga yuboriladi. Agar suyuqlik orqa miyaning pastki qatlamlariga yuborilsa
subdural, subaraxnoidal anesteziya deyiladi. Suyuqlikni umurtqa pog‘onasida
yuborilish joyiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: sokral, lyumbosokral va lyumbal
anesteziya.
Sokral anesteziya:
Ko‘rsatmasi – orqa oyoq, to‘g‘ri ichak, jinsiy organlarda, chotda, qorinning
orqa qismida bajariladigan operasiyalarda qo‘llaniladi.
Texnikasi – pastki (orqa) va yuqori (oldingi) sokral anesteziya qo‘llniladi.
Novokain miqdori pastkisida aniqlash uchun maklokdan, quymich tepachasigacha
bo‘lgan uzunlikni 3 ga bo‘lish kerak, yuqorisida 50-150 ml 2 % novokain yuboriladi,
1,5 soatgacha og‘riqsizlantiriladi.
Lyumbo-sokral anesteziya:
Ko‘rsatmasi – orqa oyoq, jinsiy organ, yelin, chotda, qorinda bajariladigan
operasiyalarda qo‘llaniladi.
Texnikasi – Bor ignasi qo‘llaniladi. Igna oxirgi bel umurtqasi va birinchi
dumg‘aza umurtqasi oralig‘iga kiritiladi. Miqdori 3 % li novokain eritmasidan 20-
30 ml.
Lyumbal anesteziya:
Ko‘rsatmasi – qorin qismidagi aperasiyalarda.
Texnikasi – suyuqlik 1 va 2 bel umurtqasi oralig‘iga kiritiladi, igna sanchish
chuqurligi 5,8 dan 9,3 sm gacha, 10 ml 4 % li novokain yuboriladi va 2,5 soat
davomida og‘riqsizlantiriladi.
Mahalliy anesteziyani diagnostik maqsadlarda qo‘llash mumkin. Ayniqsa
oyoq kasalliklari vujudga keltiradigan oqsashning og‘riq nuqtasini aniqlash uchun.
Ko‘pgina kuzatishlar va maxsus tadqiqotlar natijasida novokain inyeksiyasi
kasallikning kechishini boshlang‘ich bosqichlarida yaxshilashga olib kelishi
aniqlangan.
Novokain sezuvchi nerv impulslarining o‘tkazuvchanligini to‘sish bilan
birgalikda nerv sistemasini bir oz qitiqlab, to‘qimalarning oziqlanishiga yaxshi ta’sir
etadi. Natijada novokain blokadasining ta’siri quyidagicha bo‘ladi:
A) Yiringli jarayonlar tez chegaralanadi va yakunlanadi.
B) Yallig‘lanish jarayonini rivojlanishi seroz suyuqligi to‘planishi bosqichida
to‘xtatish mumkin.
V) Tomir devorlari holati normallashadi.
G) Metabolizm jarayonlari yaxshilanadi.
Bularning hammasi novokainni patogenetik terapiya maqsadida qo‘llash
mumkinligini ko‘rsatadi. Buning uchun 0,25-0,5 % novokain ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Operativ xirurgiya – X.K. Rustamov, Ya.A.Axbutayev, B.D.Narziyev –
1997.
2. Operativnaya xirurgiya – Magda I.I. – 1990.
3. Regionarnoye obezbolivaniye. A.Yu. Poщuk. 1987.
4. Eksperiment v xirurgii. V. Kovinov. 1989.