HOZIRGI ZAMONNING GEOSIYOSIY MUAMMOLARI
Reja:
1. Rossiyadagi hozirgi geosiyosiy vaziyat
2. Rossiyaning yangi geosiyosiy sifati
Sayyoramizda ikki qutbli dunyoning o’rniga bir qutbli dunyoning paydo
bo’lishi unda mavjud muammolar sonining sezilarli darajada kamayishiga olib
kelmadi. Bugungi kunda, dunyoda yangi-yangi muammolar vujudga kela boshladiki,
ularning ba’zilari insoniyatning qiyin ahvolga tushib qolishiga sabab bo’lmoqda.
Bunday muammolar qatoriga demografik, ekologik, davlatlarni iqtisodiy
qoloqlikdan chiqarish va geosiyosiy muammolar ham kiritilmoqda.
Geosiyosiy muammolarning kelib chiqishi va chuqurlashishi avvalo jahonda
yirik hisoblangan, katta harbiy qudratga ega bo’lgan davlatlar bilan bog’liq (Rossiya,
AQSH, Xitoy). Shuning uchun ham bunday muammolarning mavjudligi yoki
mavjud emasligi mamlakatimizning ushbu davlatlar bilan ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy aloqalariga ko’p jihatdan bog’liq.
Bundan tashqari O’zbekistonga madaniyati yaqin, dini bir bo’lgan
mamlakatlarning dunyo geosiyosiy tizimida egallagan o’rni ham katta ahamiyatga
egadir.
1. Rossiyadagi hozirgi geosiyosiy vaziyat
Geostrategik nuqtayi nazardan Rossiya Yevrosiyo bilan bir mazmunga ega
deb hisoblanadi. U esa o’z navbatida Xartlend tushunchasi yoki Makinder fikri
bo’yicha, “Tarixning geografik o’qi” bilan bir mazmunga egadir. Rossiya Yevrosiyo
g’arbi bilan Yevrosiyo sharqini birlashtiradi va o’ziga xos madaniyati bilan ajralib
turadi. Sobiq Ittifoqning 1991-yilda parchalanib ketishini bugungi kun nuqtayi
nazaridan baholash nihoyatda mushkul. Chunki 1991-yildan keyingi davr juda qisqa
vaqtni o’z ichiga oladi.
Parchalanishdan keyin vujudga kelgan davlatlarning bozorlari necha o’n yillar
mobaynida o’zlari ishlab chiqargan tovarlarga moslashgan bo’lib,bu tovarlar G’arb
mamlakatlari va jahon talablariga javob bermas edi. Rossiyadagi iqtisodiy
o’zgarishlar asosini mineral resurslar,avvalo neft va tabiiy gaz eksportidan
olinayotgan daromad qoplamoqda.
Sobiq Ittifoq parchalanashi natijasida Rossiyaga xos “yo’qotishlar”
quyidagilardan iborat: a) Boltiq va Qora dengizlarga chiqish yo’llari va ularda
mavjud portlar soni keskin qisqardi; b) Qora,Kaspiy va Boltiq dengizlaridagi shelflar
qisman yo’qotildi; d) Markaziy va G’arbiy Yevropaga to’g’ri olib boradigan yo’llar
yo’qotildi;
e)
Rossiya
asosan
past
darajada
rivojlangandavlatlar
bilan
chegaralanmoqda; f) Rossiya sharqidagi o’ziga xos demografik vakuum xitoylik va
vyetnamliklar tomonidan to’ldirilmoqda; j) chegaralari mustahkamlanmagan.
Undan tashqari, Rossiyada aholi turmush darajasidagi mintaqaviy farq (hozir
1:14 nisbatni tashkil etadi) tobora kattalashib bormoqda. Buning asosiy sabablari
quyidagilardan iborat: iqtisodiyotning xomashyoga yo’naltirilganligi; Moskvadagi
moliyaviy markazlar va yoqilg’i-energetika majmuasi hamda oligarx-axborot
tizimlari rahbarlarining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri; moliya resurslarining 95
%dan ortiq qismi Moskva, Sankt-Peterburg va Yekaterinburg kabi shaharlarida
to’planishidir. Shuning 80 % Moskva shahriga to’g’ri keladi. Bu vaqtning o’zida
Shimoliy Kavkaz respublikalari juda kam miqdordagi moliyaviy resurslarga ega.
Ularda har bir ish joyiga salkam 200 ishsiz to’g’ri keladi. Shunday qilib, Rossiya
yangi, XXI asrga juda ko’p pozitsiyalardan mahrum bo’lgan holda, iqtisodiy
muammolari mavjud davlat sifatida kirdi. Rossiyaning erkin mablag’lari yo’q, u
dunyo miqyosida katta tadbirlarni amalga oshirishga qodir emas, lekin Rossiya
qudratli harbiy-sanoat majmuiga ega.
Aholining turmush darajasi – aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi ichki
mahsulot.
Qoloq davlat aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi yalpi ichki mahsulot 1000
AQSH dollaridan kamni tashkil etuvchi davlat.
Qashshoq davlat – yuqoridagi ko’rsatkich 200 AQSH dollaridan kamni
tashkil etuvchi davlat.
2. Rossiyaning yangi geosiyosiy sifati
Rossiya shakllanayotgan vaziyat va har xil holatlarga bog’liq holda ikkinchi
darajali davlat sifatida ham, mintaqa etakchisi sifatida ham, yadro salohiyati ulkan
super-davlat sifatida ham namoyon bo’lishi mumkin.
Rossiya yaqin-yaqinlargacha oziq-ovqat mahsulotlarining 30 %dan ortiq
qismini import qilar edi. Bu millat xavfsizligiga katta putur yetkazish demakdir.
2002-yilda yig’ib olingan don salkam 90-mln tonnani tashkil etdi. Bu esa don
importini to’xtatishga sabab bo’ldi. Shu bilan birga davlat xarid narxlarining juda
pastligi ko’plab fermer va xo’jaliklarning xonavayron bo’lishiga sabab bo’ldi.
Natijada ko’pchilik dehqonlar keyingi davrda don ekishdan voz kechdilar.
Shunga o’xshash holat Rossiya yoqilg’i-energetika majmuida, baliqchilikda,
harbiy sanoat majmuida ham kuzatilmoqda.
Ana shunday vaziyatda Rossiyaning yaqin kelajakdagi geosiyosiy mavqei
qanday bo’lishi mumkin? Bunday savol nafaqat ruslar va rossiyaliklarni qiziqtiradi,
balki u boshqa qo’shni davlatlar uchun ham muhim hisoblanadi. Chunki “qo’shning
tinch-sen tinch” degan naql uzoq yillar davomida barqarorlik omili rolini bajarib
kelgan.
Shu yo’nalishda qator savollar va muammolar kelib chiqadiki, ularga javob
olish, bugungi kunning eng muhim masalalaridandir:
1. Rossiya raketa-yadro qurolini saqlab qola oladimi ?
2. Rossiya iqtisodiyotini sog’lomlashtira oladimi? Qayta ishlovchi sanoatini
takomillashtirish va rivojlantirish o’zining qo’lidan keladimi ?
3. Ijtimoiy sohani rivojlantira oladimi ?
4. Rossiya o’zining tashqi iqtisodiy munosabatlarini qanday amalga oshiradi
?
5. Rossiya G’arb mamlakatlari, avvalo AQSH bilan hamkorlik qiladimi ?
6. Rossiya sobiq Ittifoq respublikalari, hozirda mustaqil davlatlar bilan qaysi
sohalarda aloqalar o’rnatadi ?
Shu va shunga o’xshash boshqa savollarga obyektiv javob olish mumkin
emas. Aytish lozimki, yaxshi rivojlanib borayotgan Rossiya-AQSH munosabatlari
Iroq urushidan keyin birmuncha sustlashdi. Umuman XX asrning so’nngi yillarida
shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy tartib barham topdi. Iroq urushi bir-ikki davlat
ittifoqi butun jahon hamjamiyatidan ustun bo’lishi mumkinligini, jahonda yangi
AQSH davri, bir qutbli dunyo davri boshlanganligini ko’rsatmoqda. Bunday
sharoitda iqtisodiy salohiyati past davlatlar unga tobe bo’ladi yoki boshqa o’ziga
o’xshash davlatlar bilan ittifoq tuzishga urinadi.
Ana shulardan kelib chiqqan holda Rossiyaning Xitoy, Indoneziya,
Hindiston, Eron bilan har xil shakllarga ega ittifoqlar tuzishi mumkinligi ehtimoldan
uzoq emas.
Rossiya iqtisodiyoti rus millati mentaliteti kabi o’zgarishlarga asta-sekin yon
beradi. Bu esa yaqin o’rtada yana ikki qutbli dunyo barpo bo’lishi mumkinligini
inkor qiladi. Rossiya kamida 10-15-yil ichida o’zining ichki muammolarini hal
qilishi lozim bo’ladi. Bu holat uning geosiyosiy mavqeini belgilab turadi.
Budjet – davlat daromatlari va xarajatlarining ma’lum bir davrdagi
nisbati.