Husniхаt o’qitish texnologiyasi fanining mаqsаd vа vаzifаlаri.
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
17,0 KB
Husniхаt o’qitish texnologiyasi fanining mаqsаd vа vаzifаlаri.
R e j a:
1. “Husniхаt o’qitish texnologiyasi” fanining maqsadi
2. “Husniхаt o’qitish texnologiyasi ” fanining vazifasi
3. “Husniхаt o’qitish texnologiyasi ” fanining boshqa fanlar bilan
aloqasi.
“Husniхаt o’qitish texnologiyasi” fanining maqsadi. “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun hamda keyingi yillarda
ta’lim sohasida qabul va e’lon qilingan qaror hamda buyruqlar umumta’lim
maktablari, xususan, boshlang’ich ta’lim tizimini tubdan yangilashni, uning
moddiy-texnik bazasini, o’qish va o’qitish usullarini
milliy va xalqchillashtirish hamda standartlashtirish zarurligi, buning uchun
qator muhim vazifalarni amalga oshirish yo’llarini aniq belgilab berdi.
Davlatimiz tomonidan bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilishi bejiz emas, albatta.
Yillar davomida boshlang’ich ta’limga begona ko’z, bir tomonlama, sathiy va
ikkinchi darajadagi ta’lim turi sifatida qarash bir qator jiddiy muammolarni
keltirib chiqardiki, ularning aniq va mantiqiy yechimini topmay turib, ta’lim
sifatini har jihatdan oshirish, uni jahon andazalari darajasiga yetkazish haqida
o’ylash kulgilidir. Qulayotgan va yo nurab borayotgan binoning asosi -
fundamentini qaytadan qo’ymay turib, mustahkam bino barpo etib
bo’lmaganidek, boshlang’ich ta’limni tubdan isloh etmay hamda yillar
davomida, o`gaylarcha munosabat natijasida uning oldida to’planib qolgan
talay muammolarning qisqa muddatlarda qulay va samarali yechimini topmay
ta’limning sifat darajasi borasida fikr yuritish, uni jahon ta’lim standartlari
darajasida ko’tarish u yoqda tursin, hatto bu borada orzu qilish ham noo’rindir.
Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov birinchi chaqiriq
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqida mazkur
muammoga daxl etib, quyidagi o’ta dolzarb va mantiqiy fikr – mulohazalarini
shu soha mutaxassislari oldiga ko’ndalang qilib qo’ygan edi: “Zamonaviy
boshlang’ich ta’limning o’zi nimadan iborat bo’lishi kerak? Bola 1-4- sinflarda
qanday bilimga
ega bo’lishi lozim? Ularning tarbiyasi qanday bo’lishi kerak? Shu masalalarga
javob topishimiz zarur”.
Boshlang’ich
sinf
o’quvchilariga
chiroyli
yozuvni
o’rgatish
savodxonlikning poydevori hisoblanadi. Boshlang’ich sinfda o’qitishdan
maqsad o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini ravon qilish hamda ularni
har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash bilan bir qatorda, ularni
go’zallikka intiluvchi, uni yurakdan his qila oladigan go’zallikni yaratishga
intiladigan kishilar qilib voyaga yetkazishni nazarda tutadi.
Husnixatga o’rgatishdan asosiy maqsad kichik yoshdagi o’quvchilarga
yozishdek murakkab jarayonni o’rgatish orqali, ularning chiroyli yozuv
malakalarini rivojlantirishdan iboratdir. O’quv fani sifatida husnixatning oldiga
bir qator vazifalar qo’yiladi. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib o’quvchilarni aqliy
rivojlantirishga, ularning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirishga,
axloqiy va estetik didini tarbiyalashga, ongli o’qish va yozish malakalarini
hamda yozuv daftarlari bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Mazkur vazifalarning barchasi o’zaro bog’liq holda amalga oshiriladi. Ularni
hal qilish zaruriy yozuv malakalarini egallashga darslikda berilgan o’quvchilar
saviyasiga mos nazariy va amaliy materiallar uyg’unlashtirilib, o’zlashtirish
ustida ishlashni maqsadga muvofiq uyushtirish, shuningdek, matnlar sifatini,
topshiriqlar xususiyatini va bolalar aqliy faoliyatining oziga xos tomonlarini
belgilaydigan qator usuliy shart-sharoitlarga bog’liq.
Bola kamolotining shakllanishi ko’p jihatdan chiroyli yozuvga bog’liq.
Chiroyli yozish orqali bolalar boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirish
imkoniga ega bo’ladilar.
Inson hayotida yozuv muhim o’rin tutadi, chunki u har kuni turli-tuman
qog’ozlar va hujjatlardan foydalanadi. Bularning hammasi chiroyli va bexato
yozishni taqozo etadi. Ammo qisqa muddat ichida kichik yoshdagi
o’quvchilarda chiroyli, tez va bexato yozish malakalarini o’stirish mumkin
emas, buning uchun bir necha yil talab etiladi. Chiroyli yozuvga o’rgatish uchun
bolalarning maktabga qadam qo’ygan kunlaridan boshlab izchil mashqlar
asosida olib borish zarur.
Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning
shaklini to’g’ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda yozishga, so’zlarda harflarni
to’g’ri bog’lashga, so’zlarni qatorlar bo’ylab to’g’ri joylashtirishga o’rgatiladi.
Daftar chiziqlari birin-ketin almashuvi davomida harflarning qiyaligini va ular
o’rtasidagi masofani to’g’ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to’g’ri
chamalab yozishga o’rgatish juda muhimdir. Husnixat darslarida ma’lum
guruhga oid harflarni yozishga o’rgatish o’quvchilarda uchraydigan ayrim tipik
xatolarning oldini olish va tuzatish ustida ham ish olib borish lozim. Yozuv
tezligi oshishi bilan ayrim bir-biriga o’xshash harflarning shaklini buzib yozish
hollari uchraganda esa, ularni qayta mashq qildirish kerak. Chiroyli yozuvga
o’rgatishda daftardan to’g’ri foydalanishga alohida e’tibor berish zarur. Ikki
chiziqli daftardan bir chiziqli daftarga o’tganda, o’quvchilar oldiga qator
vazifalar qo’yiladi. Chiroyli yozuvga o’rgatish umumdidaktik qoidalar bilan
birga, yozuv malakasini shakllantiruvchi o’ziga xos qoidalarni ham o’z ichiga
oladi.
“Husniхаt o‘qitish texnologiyasi ” fanining vazifasi. Talablarga yozuv,
chiroyli yozuv, yozuvning ahamiyati haqida; o’z dasxati ustida ishlash usullari
haqida; boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining husnixatga o’rgatishning shartlari,
qoidalari, metodlari, tamoyillari, harflarni guruhlash usullari, husnixat
darslarini rejalashtirish, husnixat darslarining tuzilishi, uni tashkil qilish, grafik
xatolarni aniqlash va bartaraf etish, o’quvchilar yozuvini baholashga o’rgatish
haqida nazariy ma’lumot berish, amaliy malaka hosil qilishdir.
Husnixatning
asosiy
qonuniyatlarini
tushunish
va
o’zlashtirish
boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari uchun muvaffaqiyatli amaliy faoliyat
shartlaridir. Husnixat yuzasidan tushuncha, bilim, malaka va ko’nikmalarga ega
bo’lgan o’qituvchigina kicnik yoshdagi o’quvchilarni husnixatga o’rgata oladi.
“Husniхаt o‘qitish texnologiyasi ” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
“Husniхаt o’qitish texnologiyasi ” fani bir qator fanlar bilan chambarchas
bog’liq. U pedagogika, psixologiya, estetika, fiziologiya, gigiyena, tilshunoslik,
psixolingvistika, didaktika kabi fanlarning yutuqlari va tavsiyalariga tayanadi.
“Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari” fanining estetika bilan bog’liqlik
jihati shundaki, avvalo, estetika o’quvchilarning go’zallikka bo’lgan
qiziqishlarini oshiradi, go’zallikni his etish hamda qadrlash sifatlarini
shakllantiradi. Unutmaslik kerakki, chiroyli yozish ham go’zallikning bir
ko’rinishidir. Sharq mutafakkirlaridan biri shunday degan ekan: “Chiroyli
yozgan kishi chiroyli fikrlay oladi”.
“Husniхаt o’qitish texnologiyasi ” fanining fiziologiya fani bilan
bog’liqlik tomoni shundaki, o’quvchi maktabga kelgan kunidan boshlab
chiroyli yozuv malakalarini egallashga urinadi. Chiroyli yozuvga o’rgatish
jarayonida bolaning nerv sistemasi, qo’l harakatlari va muskullari, ko’rish va
eshitish organlari, umurtqa pog’onasi har tomonlama rivojlangan bo’lishi
kerak. Agar o’quvchining biz yuqorida tilga olgan organlardan biri yaxshi
taraqqiy etmagan bo’lsa, u o’quvchida chiroyli yozuv malakalari qiyinchiliklar
bilan shakllanadi. Bunday holatlarning kelib chiqishi kelajakda o’z ta’sirini
ko’rsatadi. O’quvchi partada o’tirib yozish jarayonida, eng avvalo yozuv
qurollarini to’g’ri joylashtirishi zarur. Buning uchun birinchi navbatda o’quvchi
partada to’g’ri o’tirishi kerak. Chunki o’quvchi partada to’g’ri o’tira olmasa,
egri o’tirsa umurtqasi noto’g’ri o’sadi va bu hol bolaning jismoniy o’sishiga
salbiy ta’sir qiladi, hattoki bir umr bola nogiron bo’lib qolish holatigacha borib
yetadi. Buning uchun o’qituvchi bolaning partada o’tirish, turish, daftarni
ushlash va yozish qoidalarini tez-tez ta’kidlab turishi zarur.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
“Husniхаt o’qitish texnologiyasi ” fanining maqsadi nimalardan
iborat?
2.
Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlang’ich
ta’lim haqida qanday fikrlarni o’rtaga tashlagan edi?
3.
“Husniхаt o’qitish texnologiyasi ” fanining vazifasi nimalardan
iborat?
4.
“Husniхаt o’qitish texnologiyasi ” fani qanday fanlar bilan yaqin
aloqada bo’ladi?