Husnixat darslarida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish

Yuklangan vaqt

2025-01-26

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

200,4 KB


 
 
 
 
 
 
Husnixat darslarida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish 
 
 
Reja: 
1. 
Husnixat darslarida turli xildagi jadvallardan foydalanish. 
2. 
O’qituvchi harf va uning unsurlarini o’quvchilarga o’rgatish 
metodikasi. 
3. 
Jadval turlari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Husnixat darslarida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish Reja: 1. Husnixat darslarida turli xildagi jadvallardan foydalanish. 2. O’qituvchi harf va uning unsurlarini o’quvchilarga o’rgatish metodikasi. 3. Jadval turlari.  
 
 
 
Husnixat darslarida turli xildagi jadvallardan foydalanish. Boshqa darslarda 
bo’lgani kabi, husnixat mashg’ulotlarida ham ko’rgazma qurollardan 
foydalaniladi. Bunda o’quvchilar harf va uning elementlarini to’liq va to’g’ri 
o’zlashtirib oladilar. 
 
Husnixat mashg’ulotlarida quyidagi ko’rgazma usullardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 
 
1. Harf va uning unsurlarini sinf taxtasi (doska)da yozib ko’rsatish. 
 
2. O’quvchilarning daftarlarida harf va uning elementlarini yozib 
ko’rsatish. 
 
3. Husnixat daftaridagi harflarga qarab yozdirish. 
 
4. Turli xildagi jadvallardan foydalanish. 
 
Bularning ichida harf va uning unsurlarini sinf taxtasida yozib ko’rsatish 
asosiy usul hisoblanadi. Agar o’qituvchi sinf taxtasida harf va uning unsurlarini 
chiroyli va aniq yozib ko’rsatsa, o’quvchilar ham shunday yozishga 
kirishadilar. 
O’quvchilarda doskaga yozish malakasini hosil qilish uchun ularning 
barmoq va qo’l harakatlari o’stirilib, harflarning nisbatini to’g’ri olish, bo’rni 
to’g’ri ushlash hamda bir xil yo’g’onlikdagi chiziqlarni chizish o’rgatiladi. 
 
Bunday ko’nikmalar hosil qilingandan so’ng doskada yozish uchun 
tayyorgarlik mashqlari o’tkaziladi. Bu mashqlarni bajarishdan oldin doskada 
30x30 sm li kvadratlar chizib olinadi. Shu kvadratlarning ichiga to’g’ri 
chiziqlar ko’z bilan chamalab chiziladi (rasmga qarang). 
 
 
To’g’ri chiziqlarni chizish mashq qilingandan so’ng har xil qiyaliklardan 
va aylanalar shaklidan iborat bo’lgan mashqlarga o’tiladi (rasmga qarang). 
Husnixat darslarida turli xildagi jadvallardan foydalanish. Boshqa darslarda bo’lgani kabi, husnixat mashg’ulotlarida ham ko’rgazma qurollardan foydalaniladi. Bunda o’quvchilar harf va uning elementlarini to’liq va to’g’ri o’zlashtirib oladilar. Husnixat mashg’ulotlarida quyidagi ko’rgazma usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 1. Harf va uning unsurlarini sinf taxtasi (doska)da yozib ko’rsatish. 2. O’quvchilarning daftarlarida harf va uning elementlarini yozib ko’rsatish. 3. Husnixat daftaridagi harflarga qarab yozdirish. 4. Turli xildagi jadvallardan foydalanish. Bularning ichida harf va uning unsurlarini sinf taxtasida yozib ko’rsatish asosiy usul hisoblanadi. Agar o’qituvchi sinf taxtasida harf va uning unsurlarini chiroyli va aniq yozib ko’rsatsa, o’quvchilar ham shunday yozishga kirishadilar. O’quvchilarda doskaga yozish malakasini hosil qilish uchun ularning barmoq va qo’l harakatlari o’stirilib, harflarning nisbatini to’g’ri olish, bo’rni to’g’ri ushlash hamda bir xil yo’g’onlikdagi chiziqlarni chizish o’rgatiladi. Bunday ko’nikmalar hosil qilingandan so’ng doskada yozish uchun tayyorgarlik mashqlari o’tkaziladi. Bu mashqlarni bajarishdan oldin doskada 30x30 sm li kvadratlar chizib olinadi. Shu kvadratlarning ichiga to’g’ri chiziqlar ko’z bilan chamalab chiziladi (rasmga qarang). To’g’ri chiziqlarni chizish mashq qilingandan so’ng har xil qiyaliklardan va aylanalar shaklidan iborat bo’lgan mashqlarga o’tiladi (rasmga qarang).  
 
 
  
Bunday mashqlarni bajarishda qo’lning harakatiga alohida e’tibor berish 
zarur. Mazkur rasmlarni o’quvchilarning o’zlari dars boshlanishidan oldin 
bajarishni mashq qilib ko’rishlari mumkin, chunki bu ularning qo’l harakatini 
o’stirishga yordam beradi. O’quvchilarga harflarning yozilish usullarini 
tushuntirishdan oldin harf unsurlarini «Husnixat» daftarida berilganidek sinf 
taxtasida yozib ko’rsatish lozim. O’qituvchi harf va uning unsurlarini 
o’quvchilarga o’rgatish uchun quyidagilarga ahamiyat berishi lozim. 
 
1. O’qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan vaqtida shunday turishi kerakki, 
sinf taxtasiga yozilayotgan harf yoki uning unsurlari o’quvchilarga aniq 
ko’rinib tursin. 
 
2. Harflarni oldindan (tanaffus vaqtida) yozib qo’ymaslik kerak, chunki 
o’quvchilar o’qituvchining yozayotgandagi qo’l harakatlarini ko’rmasalar, 
harflarni ko’r-ko’rona ko’chirib oladilar. 
 
Har bir harfning yozilishini o’quvchi to’g’ri o’zlashtirib olishi uchun dars 
jarayonida tushuntirib, ko’rsatib yozish maqsadga muvofiqdir. 
 
3. Sinf taxtasida harflarning bir tekis joylanishiga ahamiyat berish, sinf 
taxtasining to’g’ri kelgan yeridan yoza bermay, hamma o’quvchilarga 
ko’rinarli bo’lgan eridan boshlash va harflarning kata-kichikligini doim bir 
tekisda olib borish kerak. 
 
Husnixat mashg’ulotlari uchun ishlangan ko’rgazma qurollarining harflari 
sinf taxtasiga yozilgan harflardan kichik bo’lmasligi kerak. Jadvallarni 30x50 
sm o’lchamda bajarish mumkin. 
 
Ko’rsatilayotgan narsaning tasviriga, xarakteriga, yozilishiga yoki biron 
mavzuni yoritib borishiga qarab jadvallarni quyidagi besh guruhga bo’lish 
mumkin: 1) matnli; 2) raqamli; 3) grafik; 4) illyustratsiyali; 5) aralash. 
Bunday mashqlarni bajarishda qo’lning harakatiga alohida e’tibor berish zarur. Mazkur rasmlarni o’quvchilarning o’zlari dars boshlanishidan oldin bajarishni mashq qilib ko’rishlari mumkin, chunki bu ularning qo’l harakatini o’stirishga yordam beradi. O’quvchilarga harflarning yozilish usullarini tushuntirishdan oldin harf unsurlarini «Husnixat» daftarida berilganidek sinf taxtasida yozib ko’rsatish lozim. O’qituvchi harf va uning unsurlarini o’quvchilarga o’rgatish uchun quyidagilarga ahamiyat berishi lozim. 1. O’qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan vaqtida shunday turishi kerakki, sinf taxtasiga yozilayotgan harf yoki uning unsurlari o’quvchilarga aniq ko’rinib tursin. 2. Harflarni oldindan (tanaffus vaqtida) yozib qo’ymaslik kerak, chunki o’quvchilar o’qituvchining yozayotgandagi qo’l harakatlarini ko’rmasalar, harflarni ko’r-ko’rona ko’chirib oladilar. Har bir harfning yozilishini o’quvchi to’g’ri o’zlashtirib olishi uchun dars jarayonida tushuntirib, ko’rsatib yozish maqsadga muvofiqdir. 3. Sinf taxtasida harflarning bir tekis joylanishiga ahamiyat berish, sinf taxtasining to’g’ri kelgan yeridan yoza bermay, hamma o’quvchilarga ko’rinarli bo’lgan eridan boshlash va harflarning kata-kichikligini doim bir tekisda olib borish kerak. Husnixat mashg’ulotlari uchun ishlangan ko’rgazma qurollarining harflari sinf taxtasiga yozilgan harflardan kichik bo’lmasligi kerak. Jadvallarni 30x50 sm o’lchamda bajarish mumkin. Ko’rsatilayotgan narsaning tasviriga, xarakteriga, yozilishiga yoki biron mavzuni yoritib borishiga qarab jadvallarni quyidagi besh guruhga bo’lish mumkin: 1) matnli; 2) raqamli; 3) grafik; 4) illyustratsiyali; 5) aralash.  
 
  
Ayrim o’qituvchilar ko’rgazma qurollarning turlariga yetarli e’tibor 
bermaydilar hamda ularning bir-biridan yaxshi ajrata olmaydilar. Har bir jadval 
o’z spetsifikasiga qarab ishlanadi va alohida bir vazifani bajaradi, shuning 
uchun ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Quyida har bir 
jadvalning vazifasi bilan tanishib chiqamiz. 
 
1.Tekstli jadvallar. Bu jadval bir yoki bir necha alohida harflar, so’zlar, 
gaplardan tuziladi. Boshlang’ich sinfda tayyorlanadigan tekstli jadvalga misol 
qilib grammatika va orfografiyadan ishlangan jadvallarni ko’rsatish mumkin. 
 
2. Raqamli jadvallar. Bu jadval raqamlardan yoki raqamli materiallardan 
tuziladi. Raqamli jadvallarga misol qilib ko’paytirish, og’zaki hisoblash, sonlar 
qatori jadvallarini ko’rsatish mumkin. 
 
3. Grafik jadvallar. Grafik jadval qator shartli belgilar: chizmalarning 
sxemalari, diagramma va rasmlardan iborat bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda 
bunday jadvallarga misol qilib maydonlarning o’lchamlari, jismlarning 
hajmlarini o’lchash va ayrim rasmlarni ko’rsatish mumkin. 
 
4. Illyustratsiyali jadvallar. Bunday jadvallar alohida rasmlar, portretlar va 
fotorasmlardan iborat bo’ladi. 
 
Bunga misol qilib anatomik rasmlar, o’lchov birligi jadvallari va 
boshqalarni olish mumkin. 
 
5. Aralash jadvallar. O’quv jadvallarini asosiy yo’llanmalariga qarab, 
quyidagi to’rt guruhga bo’lish mumkin: a) bilish; b) tushuntirish; d) mashq 
qilish; e) ma’lumot berish. 
 
Bilish 
jadvali. 
Bunday 
jadvallar 
o’qituvchi 
yangi 
materialni 
tushuntirayotgan vaqtda qo’llaniladi. 
 
Tushuntirish jadvali. Bunday jadvallardan o’quvchilar tomonidan 
bajarilayotgan ba’zi bir amaliy mashg’ulot yoki ularda amaliy mashg’ulot 
xarakteridagi malakalarni hosil qilishda foydalaniladi. Bu jadval qisqa 
tushuntirishlar, ko’rsatmalar bilan berilgan rasm va chizmalardan iborat 
bo’ladi. Bunday jadvallarga «Partada to’g’ri o’tir», «Chiroyli va toza yoz», 
«Ruchkani to’g’ri ushla» kabi chizmalar misol bo’la oladi. 
 
Mashq qildirish jadvali. Boshlang’ich sinflarda bolalarga kundalik hayot 
uchun zarur bo’lgan bilim va malakalar berib boriladi. Shunday zarur 
Ayrim o’qituvchilar ko’rgazma qurollarning turlariga yetarli e’tibor bermaydilar hamda ularning bir-biridan yaxshi ajrata olmaydilar. Har bir jadval o’z spetsifikasiga qarab ishlanadi va alohida bir vazifani bajaradi, shuning uchun ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Quyida har bir jadvalning vazifasi bilan tanishib chiqamiz. 1.Tekstli jadvallar. Bu jadval bir yoki bir necha alohida harflar, so’zlar, gaplardan tuziladi. Boshlang’ich sinfda tayyorlanadigan tekstli jadvalga misol qilib grammatika va orfografiyadan ishlangan jadvallarni ko’rsatish mumkin. 2. Raqamli jadvallar. Bu jadval raqamlardan yoki raqamli materiallardan tuziladi. Raqamli jadvallarga misol qilib ko’paytirish, og’zaki hisoblash, sonlar qatori jadvallarini ko’rsatish mumkin. 3. Grafik jadvallar. Grafik jadval qator shartli belgilar: chizmalarning sxemalari, diagramma va rasmlardan iborat bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda bunday jadvallarga misol qilib maydonlarning o’lchamlari, jismlarning hajmlarini o’lchash va ayrim rasmlarni ko’rsatish mumkin. 4. Illyustratsiyali jadvallar. Bunday jadvallar alohida rasmlar, portretlar va fotorasmlardan iborat bo’ladi. Bunga misol qilib anatomik rasmlar, o’lchov birligi jadvallari va boshqalarni olish mumkin. 5. Aralash jadvallar. O’quv jadvallarini asosiy yo’llanmalariga qarab, quyidagi to’rt guruhga bo’lish mumkin: a) bilish; b) tushuntirish; d) mashq qilish; e) ma’lumot berish. Bilish jadvali. Bunday jadvallar o’qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan vaqtda qo’llaniladi. Tushuntirish jadvali. Bunday jadvallardan o’quvchilar tomonidan bajarilayotgan ba’zi bir amaliy mashg’ulot yoki ularda amaliy mashg’ulot xarakteridagi malakalarni hosil qilishda foydalaniladi. Bu jadval qisqa tushuntirishlar, ko’rsatmalar bilan berilgan rasm va chizmalardan iborat bo’ladi. Bunday jadvallarga «Partada to’g’ri o’tir», «Chiroyli va toza yoz», «Ruchkani to’g’ri ushla» kabi chizmalar misol bo’la oladi. Mashq qildirish jadvali. Boshlang’ich sinflarda bolalarga kundalik hayot uchun zarur bo’lgan bilim va malakalar berib boriladi. Shunday zarur  
 
malakalardan biri ularni toza, chiroyli va to’g’ri yozishga o’rgatishdir. 
Bolalarda toza va chiroyli yozish malakasini hosil qilish uchun bir qancha 
amaliy mashqlarni o’tkazish lozim. «Yozuv qoidalariga rioya qiling» degan 
rasm o’quvchilarning amaliy mashg’ulotlarni bajarishda hamda mashq qilish 
vaqtlarida yordam beradi. 
 
Ma’lumot beruvchi jadval. Bunday jadval o’quvchilarga o’tgan 
materialni qaytarishda hamda ba’zi bir esda tez saqlanib qolmaydigan so’zlarni, 
arifmetik raqamlarni yoki ayrim qiyin harflarning unsurlarini eslashlarida katta 
yordam beradi. Masalan: katta J harfining unsurlari yoki harfning o’zi 
o’quvchilarning esidan chiqib qolgan bo’lsa, shu harfning yozilishi tasvirlangan 
jadvaldan foydalanish mumkin  
 
Bu jadvaldan foydalanilganda o’quvchilar J harfining to’g’ri yozish 
qoidalarini eslariga tushirib oladilar va o’z bilimlarini mustahkamlaydilar. 
 
Ko’rgazma qurollar maktab gigiyenasi qoidalariga to’la javob bera olishi 
lozim, shuning uchun yozilish sifatiga alohida ahamiyat berish zarur. 
 
Ko’rgazma qurollarning tashqi ko’rinishining ham katta ahamiyati bor. 
Ko’rgazma qurollar ortiqcha bezaklarsiz bo’lishi lozim. Agar jadval yoki 
tablitsalarning chetlari har xil gullar va bezaklar bilan ishlangan bo’lsa, 
o’quvchilar asosiy diqqatni o’qituvchi tushuntirayotgan darsga emas, balki 
bezaklarga beradilar. Har bir ko’rgazma qurol orqada o’tirgan o’quvchilarga 
ham aniq ko’rinib turishi va o’qishga oson bo’lishi lozim. Maktab o’quvchilari 
uchun atalgan o’quv ko’rgazmalari sifatli materiallardan ishlangan bo’lishi 
kerak. Qog’oz oq rangda va toza bo’lib yaltiramasligi, bo’yoqlar ham ochiq 
rangda bo’lib, bir xil fon bilan berilishi lozim. 
 
Ko’rgazma qurollar o’qitish jarayonida bir usul sifatida xizmat qilishi zarur. 
Shuning uchun ko’rgazma qurollardan faqat zarur bo’lgan vaqtdagina 
foydalanish kerak. Ko’rgazma qurollarni tayyorlashda uning kompozitsion 
joylanishiga ham kata ahamiyat berish lozim. 
 
O’qishning birinchi kunidan boshlab harflar va ularning ayrim unsurlarini 
mumkin qadar tegishli ko’rgazmalar bilan o’rgatish lozim. Ko’rgazma 
qurollarni mayda harflar bilan xira qilib yozish mavzuni tushunishga va 
malakalardan biri ularni toza, chiroyli va to’g’ri yozishga o’rgatishdir. Bolalarda toza va chiroyli yozish malakasini hosil qilish uchun bir qancha amaliy mashqlarni o’tkazish lozim. «Yozuv qoidalariga rioya qiling» degan rasm o’quvchilarning amaliy mashg’ulotlarni bajarishda hamda mashq qilish vaqtlarida yordam beradi. Ma’lumot beruvchi jadval. Bunday jadval o’quvchilarga o’tgan materialni qaytarishda hamda ba’zi bir esda tez saqlanib qolmaydigan so’zlarni, arifmetik raqamlarni yoki ayrim qiyin harflarning unsurlarini eslashlarida katta yordam beradi. Masalan: katta J harfining unsurlari yoki harfning o’zi o’quvchilarning esidan chiqib qolgan bo’lsa, shu harfning yozilishi tasvirlangan jadvaldan foydalanish mumkin Bu jadvaldan foydalanilganda o’quvchilar J harfining to’g’ri yozish qoidalarini eslariga tushirib oladilar va o’z bilimlarini mustahkamlaydilar. Ko’rgazma qurollar maktab gigiyenasi qoidalariga to’la javob bera olishi lozim, shuning uchun yozilish sifatiga alohida ahamiyat berish zarur. Ko’rgazma qurollarning tashqi ko’rinishining ham katta ahamiyati bor. Ko’rgazma qurollar ortiqcha bezaklarsiz bo’lishi lozim. Agar jadval yoki tablitsalarning chetlari har xil gullar va bezaklar bilan ishlangan bo’lsa, o’quvchilar asosiy diqqatni o’qituvchi tushuntirayotgan darsga emas, balki bezaklarga beradilar. Har bir ko’rgazma qurol orqada o’tirgan o’quvchilarga ham aniq ko’rinib turishi va o’qishga oson bo’lishi lozim. Maktab o’quvchilari uchun atalgan o’quv ko’rgazmalari sifatli materiallardan ishlangan bo’lishi kerak. Qog’oz oq rangda va toza bo’lib yaltiramasligi, bo’yoqlar ham ochiq rangda bo’lib, bir xil fon bilan berilishi lozim. Ko’rgazma qurollar o’qitish jarayonida bir usul sifatida xizmat qilishi zarur. Shuning uchun ko’rgazma qurollardan faqat zarur bo’lgan vaqtdagina foydalanish kerak. Ko’rgazma qurollarni tayyorlashda uning kompozitsion joylanishiga ham kata ahamiyat berish lozim. O’qishning birinchi kunidan boshlab harflar va ularning ayrim unsurlarini mumkin qadar tegishli ko’rgazmalar bilan o’rgatish lozim. Ko’rgazma qurollarni mayda harflar bilan xira qilib yozish mavzuni tushunishga va  
 
o’zlashtirishga salbiy ta’sir qiladi: o’quvchilar harf va belgilarning yozilishini 
yaxshi ko’ra olmaydilar, natijada noto’g’ri ifodalaydilar. 
 
Ko’rgazma qurollardagi harflar aniq yozilgan bo’lishi kerak. Ko’rgazma 
qurollarni bemalol ko’ra oladigan darajada yirik qilib yozish lozim. Bu masofa 
taxminan 6-7 metr bo’lib, ko’z bilan kitob o’rtasidagi masofadan 19-20 marta 
uzundir. Shuning uchun jadvallarni tayyorlash vaqtida uning harflarini shuncha 
hissa yirik yozish kerak. 
 
Har bir ko’rgazma qurolni ehtiyotkorlik bilan saqlash zarur, ehtiyot 
qilinmagan tag’dirda ular tez ishdan chiqib, yozuvlari xiralashib qoladi. 
O’quvchilarga ko’rgazma qurollarni istalgan balandlikda ko’rsatish uchun 
qo’llanmalar osiladigan moslamadan foydalanish mumkin (1- rasm). 
 
1- rasm 
 
Tablitsa va rasmlar shunday balandlikda osilishi kerakki, oldingi partada 
o’tirgan bolalar orqada o’tirgan bolalarning ko’rishiga xalaqit bermasin. 
 
O’quvchilarning yozishlari uchun qiyinlik tug’dirayotgan ayrim harf va 
uning unsurlarini bir necha marta kata qilib ko’rsatish mumkin.  
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ko’rgazmalilik ichida eng muhimi sinf 
taxtasidir. 
 
o’zlashtirishga salbiy ta’sir qiladi: o’quvchilar harf va belgilarning yozilishini yaxshi ko’ra olmaydilar, natijada noto’g’ri ifodalaydilar. Ko’rgazma qurollardagi harflar aniq yozilgan bo’lishi kerak. Ko’rgazma qurollarni bemalol ko’ra oladigan darajada yirik qilib yozish lozim. Bu masofa taxminan 6-7 metr bo’lib, ko’z bilan kitob o’rtasidagi masofadan 19-20 marta uzundir. Shuning uchun jadvallarni tayyorlash vaqtida uning harflarini shuncha hissa yirik yozish kerak. Har bir ko’rgazma qurolni ehtiyotkorlik bilan saqlash zarur, ehtiyot qilinmagan tag’dirda ular tez ishdan chiqib, yozuvlari xiralashib qoladi. O’quvchilarga ko’rgazma qurollarni istalgan balandlikda ko’rsatish uchun qo’llanmalar osiladigan moslamadan foydalanish mumkin (1- rasm). 1- rasm Tablitsa va rasmlar shunday balandlikda osilishi kerakki, oldingi partada o’tirgan bolalar orqada o’tirgan bolalarning ko’rishiga xalaqit bermasin. O’quvchilarning yozishlari uchun qiyinlik tug’dirayotgan ayrim harf va uning unsurlarini bir necha marta kata qilib ko’rsatish mumkin. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ko’rgazmalilik ichida eng muhimi sinf taxtasidir.