Husnixatga o‘rgatish metodlari
Reja:
1.
Namunaga qarab ko’chirish va yozish metodi.
2.
Chiziqli metodi.
3.
Genetik metodi.
4.
Sanoq-ohang metodi.
5.
Tasavvur orqali yozish metodi.
Yozuv jarayonida yozuv sifatini shakllantirish katta ahamiyatga ega.
Yozuvning aniq, toza, bir xil qiyalikda va balandlikda bo’lishi hamda bir tekis
silliq yozilishi uning sifatini ta’minlaydi.
Yozuv sifatini shakllantirish uchun quyidagi ko’rsatmalarga amal qilish
lozim:
1.
Harf unsurlari va harflarni to’g’ri bog’lab yozish.
2.
Yozuvni 65º qiyalikda yozishga o’rgatish.
3.
Har bir qatordagi harflarning bir xil balandlikda bo’lishiga erishish.
4.
Harf unsurlari, harflar va so’zlar orasidagi masofalarni bir xilda
saqlash.
5.
Sinfdagi barcha o’quvchilarni bir xil tezlikda ravon qilib yozishlariga
erishish.
Yillar davomida o’quvchilarni chiroyli va bexato yozishga o’rgatish uchun
qoyidagi metodlardan foydalanib kelinmoqda:
Namunaga qarab ko’chirish va yozish.
Bu juda qadimiy usul
bo’lib, eski maktablarda juda keng foydalanilgan. XX asrning boshlarida ham
bu metod rus maktablarida keng qo’llanilgan. Bu metodda o’qituvchi
o’quvchilarga harf va uning unsurlarini och rangda yozib bergan, o’quvchilar
esa uning ustidan mexanik ravishda bo’yaganlar. O’quvchilarni bu usul bilan
yozuvga o’rgatish o’qituvchidan juda ko’p vaqt talab etgan. Keyinchalik
o’qituvchining ishini osonlashtirish maqsadida harf va uning unsurlari och rang
bilan ko’rsatilgan alohida daftarlar ham chiqarilgan. O’quvchilar bu
daftarlardan foydalanib, harf va uning unsurlarini yozishga o’rganganlar.
Bunday metod bilan husnixatga o’rgatish o’quvchilarni faqat ko’chirishga
odatlantirib, harflarning shaklini mustaqil yozishga imkon bermagan. Shuning
uchun bu metod keyinchalik kam qo’llanilgan. Faqat ayrim hollardagina yozuv
malakasi bo’sh bo’lgan o’quvchilarga o’qituvchi harf va uning unsurlarini
qalam bilan yozib bergan. O’quvchilar esa uning uctidan siyoh bilan yurgizib
chiqqanlar, lekin bu metoddan muntazam ravishda foydalanishga ruxsat
etilmagan.
Keyinchalik bu metod takomillashib turli guruhlarga bo’lindi.
Chiroyli yozuvga o’rgatishning eng asosiy usullaridan biri harflarning
shaklini namuna qilib ko’rsatish va yozdirishdir. Har bir harf namunasi
doskada barcha o’quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim
o’quvchilarga daftarda alohida – alohida ko’rsatib berilishi lozim.
O’quvchining vazifasi esa doskada eslab qolgan shakllari (harf, bo’g’in,
so’zlar)ni o’z daftariga to’g’ri aks ettirishdir.
O’qituvchi harf va harf unsurlarini doskada shunday tarzda yozishi
lozimki, u barcha talabalarga bir xilda ko’rinib tursin. Bundan tashqari harflarni
yozayotganda ovoz chiqarib, bolalar diqqatini doskada jalb etib yozishi kerak.
O’qituvchi har bir harf elementlarini qayerdan boshlab qayerga tugashini ham
ovoz chiqarib va ham yozib ko’rsatish lozim, toki keyinchalik o’quvchilardan
so’ralganda ular aytib bilishlari va amalda ko’rsatib olishlari lozim. Shundagina
bu usul samara beradi.
Namunaga qarab ko’chirib yozish usulida o’quvchilar, asosan,
harflarning shaklini “Yozuv daftari”dagi namunaga qarab ko’chirib yozadilar.
Namunaga qarab ko’chirib yozish tayyor harflarning ustidan yozishga
nisbatan ancha murakkab bo’lib, ularning har ikkalasini qaysi vaqtda qo’llashni
o’qituvchi yaxshi bilishi kerak.
Tayyor holdagi nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo’lni yurgizib
mashq qilish ixtiyorsiz jarayon bo’lib, o’quvchilar bu topshiriqni oson
bajaradilar. Ikkinchidan, “Husnixat” daftariga berilgan namunaga qarab
yozdirish o’qituvchining vaqtini ancha tejaydi.
Chiziqli metod. Chiziqli metod XIX asrning boshlarida qo’llanila
boshlangan. Bu metodning qo’llanilishi bilan turli chiziqli daftarlar chiqarila
boshlanadi, bu esa o’quvchilarga harflarni chiroyli hamda bir tomonga bir oz
moyil qilib yozish uchun ma’lum darajada qulaylik tug’dirdi. Bunday
daftarlardagi chiziqlar, ya’ni harf turlari bir necha yotiq va qiya chiziqlardan
iborat bo’lib, ular kichik va bosh harflarni yozish uchun mo’ljallanadi. Chiziqli
daftarlar bir necha xil bo’lib, har bir turi ma’lum sinflarga mo’ljallab
chiqariladi:
a)
ikki chiziqli daftar – kichik harflar yoziladigan gorizontal chiziqlar
orasidagi masofa 5 mm ga, bosh harflar yoziladigan gorizontal chiziqlar
orasidagi masofa esa 11 mm ga, qiya chiziqlar orasidagi masofa esa 3,3 mm ga
teng bo’lib, 1-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan edi. 1970-yildan boshlab
bunday daftar maktablarda qo’llanmaydigan bo’ldi.
b)
ikki chiziqli daftar – qiya chiziqlari orasidagi masofa 25 mm ga,
kichik harflar yoziladigan gorizontal parallel chiziqlar orasidagi masofa 5 mm
ga, bosh harflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa esa 10 mm ga
teng bo’lib, 1970-yildan boshlab 1-sinf o’quvchilari uchun tavsiya etila
boshlandi.
c)
bir chiziqli daftar – parallel chiziqlari orasidagi masofa 8 mm ga teng
bo’lib, 1970-yildan boshlab 2-sinf o’quvchilari uchun tavsiya etildi.
Genetik metod. Mazkur metod harflarni o’xshash unsurlarini hisobga
olib guruhlarga bo’lib o’rgatishga tayanadi. Bu metodning asosiy xususiyati
shundaki, bosh va kichik harflar guruhlarga bo’lib yozdiriladi. Genetik
metoddan asosan boshlang’ich sinflarning 2- 4- sinflarida foydalanish tavsiya
etiladi.
Genetik metodga asosan harflar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Kichik harflar guruhi:
1-guruh: i, m, n, r, u.
2-guruh: a, e, f, g, o, g’, o’.
3-guruh: b, d, h, j, y.
4-guruh: k, l, q, p, t.
5-guruh: s, v, x, z.
Bosh harflar guruhi:
1-guruh: I, J, L, U.
2-guruh: A, M, N.
3-guruh: E, O, Q, X, O’.
4-guruh: G, H, K, Y, G’.
5-guruh: B, D, F, P, R, T.
6-guruh; S, V, Z.
Genetik usulda o’qituvchi, kichik va bosh harflarni guruhlarga ajratish
bilan birga, ularning qanday unsurlardan tuzilganligini va ularning nomlarini
yaxshi bilishi hamda yoza olishi lozim. Yuqorida ko’rsatilgan kichik va bosh
harflar guruhlarini bir-biridan ajrata olgan va ularning shaklini to’g’ri
o’zlashtirgan o’quvchilargina harflarni chiroyli yoza olishlari mumkin.
Mazkur usulni qo’llashda, o’qituvchi, harf va uning elementlarini sanoq
bilan yozdirish usulidan (bu usul haqida pastda ma’lumot beramiz)
foydalangani ma’qul. Bu usulni ko’proq 2-sinfda qo’llash mumkin.
Sanoq-ohang metodi. O’qituvchi mazkur usuldan foydalanishda harf va
uning unsurlarini sanash orqali yozdirib tushuntiradi. Bu usulni ayniqsa savod
o’rgatish davrida kenf qo’llash mumkin.
Sanoq-ohang metodining boshqa metodlarga nisbatan afzallik tomonlari
ko’p. Birinchidan, u harflarni tekis yozilishini ta’minlaydi va harf unsurlarining
tushib qolishiga yo’l qo’ymaydi; ikkinchidan, sekin yozadigan o’quvchilarni
tez va sinfdagi barcha o’quvchilar bilan barobar yozishga undaydi;
uchinchidan, o’quvchilarga harakatlarni aniq va dadil bajarishni o’rgatadi;
to’rtinchidan, sinfda darsni jonlantirishga yordam beradi.
Mazkur metoddan butun dars davomida foydalanish tavsiya qilinmaydi,
chunki o’quvchilar charchab, yozuv sifatini pasaytirib yuborishlari mumkin.
Bu usuldan foydalanishda, asosan, harflarning asosiy unsuri “bir”, “ikki”,
“uch” deb sanab boriladi, yordamchi ulash unsuri esa “va” deb bog’lanadi.
Sanoq-ohang usulini qo’llashda harf yoki unsurlar avval sanoqsiz yoziladi,
so’ngra sanoq bilan yozdiriladi.
Shuningdek, bu usul bilan yozishda dastlab sekinroq, keyinchalik uni
tezlashtirib yozib ko’rsatiladi. Bu usuldan bo’g’in, so’z va gaplarni yozishda
ham foydalanish mumkin.
Tasavvur orqali yozish. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullar bilan bir
qatorda, tasavvur qilish orqali havoda harflarning shaklini yozdirib mashq
qildiriladi. O’qituvchi doskada yozib ko’rsatgan harf yoki bog’lanishlarni
o’quvchilarga qanday qilib yozishni, ruchkaning havoda harakatini ko’rsatib,
o’quvchilar tasavvur hosil qilganlaridan so’ng daftarga yozishga ruxsat etiladi.
Bunday mashqlar o’quvchilarning qiziqishlarini o’stiradi hamda jismoniy
mashqlarni ham bajarish imkonini beradi.
Yoddan chiqarmaslik lozimki, tasavvur orqali yozish chiroyli yozishga
o’rgatishda yordamchi usul vazifasini bajaradi.
Dastlabki tushuntirish ishlarini olib borish, birinchi va ikkinchi gruppa
mashqlari, tayoqchalar va ilmoqchalrning yozilishi. Alifbe davrida harflarning
yozilishini o'rgatish kichik va bosh harflar. Alifbedan keyingi davrda harflarning
bir- biriga qo'shib yozilishini o'rgatish. Tinish belgilarining yozilishi. Matematik
raqamlarning yozilishi.
Birinchi sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish bir muncha murakkab bo'lib,
u bir necha davrlarga bo'linadi va bir necha xil vazifalami o'z ichiga oladi.
Bolalar o'qituvchining so'zini tinglaydilar doskaga yozgan harf va so'zlarni
ko'rib boradilar, ayrim matnlarni ko'chirib yozadilar, so'z va bo'g'inlarni tahlil
qiladilar nuqtalar bilan ifodalangan harflarning ustidan bo'yaydilar.
Ayrim vaqtlarda o'qituvchi o'quvchilarni yozdirishga boshlashdan oldin
to'g'ri o'tirish qoidalarini tushuntirib beradi, ammo dars o'rtalariga borib bu
narsa ularning esidan chiqib qoladi, shuning uchun o'qituvchi o'quvchilarga
to'g'ri o'tirish qoidalarini eslatib turishi kerak.
Tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish.
Birinchi sinf o'quvchilari bilan tayyorgarlik mashqlarini to'g'ri olib boorish
uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak:
1. Partada to'g'ri o'tirishga, ruchkani to'g'ri ushlashga va daftarning holatini to'g'ri
tuitishga o'rgatish;
2. O'quvchilarning husnixatga bo'lgan qiziqishlarini o'stirish;
3. Bolalarning taqqoslash va chamalash qobiliyatlarini o'stiruvchi mashqlarni
bajarish;
4. Qo'l va barmoq muskullarining harakatini o'stirish;
Tayyorgarlik mashqlarini bajarish uchun o'quvchilami qora va rangli
qalamlar, flomaster hamda yozuv daftari ta'minlash lozim. Birinchi gruppa
mashqlari. Darsning maqsadi: O'quvchilami daftarning chiziqlari bilan
tanishtirish va nuqtalami ko'z bilan chamalashga o'rgatish.
Birinchi vazifa. O'quvchilarga bir xil masofada nuqtalar qo'yishga o'rgatish.
Ikkinchi vazifa. O'quvchilarga "Baravar masofa", "Yaqin", "Uzoq" kabi
tushunchalami berish. Ikkinchi gruppa mashqlari.
Darsning maqsadi: Chiziqlarni qiya shaklida yozilishini ko'rsatish hamda
chiziqlar orasidagi masofani to'g'ri topishga o'rgatish.
Vazifa. Kichik harflar yoziladigan chiziqlar orasida qiya tayoqchalarni yozdirib
mashq qildirish.
O'qituvchi bu mashqni doskada namuna qilib ko'rsatib beradi. O'quvchilar
esa qizil qalamda qiya tayoqchalarni chizadilar. O'quvchilar bir qator yozib
bo'lganlaridan so'ng tekshirib chiqiladi va tahlil qilinadi. Agar nuqtalar barovar
masofada bo'lsa o'quvchi vazifani to'g'ri bajargan, barovar masofada bo'lmasa,
xatoga yo'l qo'ygan bo'ladi.
O'quvchilar alifbega-tayyorgarlik davrida ayrim mashqlami bajargan
bo'lishlariga qaramay, o'qituvchi navbatdagi darsni quyidagi darsni e'lon qilishi
bilan birga yozuv qurollarini qayta tekshirib chiqishi lozim.
1. Barmoq va qo'l muskullarining harakatin I o'stiruvchi gimnastika mashqlarini
o'tkazish.
2. Doskada mashqni yozib ko'rsatish va asosiy diqqatni qayerga jalb etishni
tushuntirish.
3. Yozuv daftarlaridan foydalanish va yozishni qayerdan boshlashni tushuntirish.
4. Partada to'g'ri o'tirish, ruchkani to'g'ri ushlash, daftarni to'g'ri tutish
qoidalarini eslatib o'tish.
5. Har bir qatorga nechta harf yozishni tushuntirish, o'quvchilarning yozuvini
muntazam kuzatib borish.
6. Ishning birinchi qismi tugagandan so'ng o'quvchilarning yozuvlarini doskada
namuna bilan solishtirib yo'l qo'ygan xatolarini topishga o'rgatish.
7. Topshiriqni qayta tushuntirish orqali o'quvchilardagi kamchiliklarni yo'qotish.
8. Jismoniy mashq daqiqalarini o'tkazish.
9. Ko'z bilan daftar orasidagi masofani to'g'ri saqlashga o'rgatish.
10. Har bir mashqni bajarishda uni tahlil qilish zarur bo'lsa qo'shimcha
ko'rsatmalar berish.
Alifbe davrida o'quvchilar nutq tovushlari bilan amaliy tanishadilar, so'z
tuzishga, so'z va gaplarni o'qishga hamda ayrim elementlar harflar ishtirokida
so'z va gaplarni yozishga o'rganadilar. Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik
ishlar quyidagilardan iborat bo'lishi kerak:
1. Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish.
2. Bo'g'in va so'zlarda harflarni qo'shib yozish.
3. Qo'l harakatini uzmay yozishga o'rgatish.
4. Harflaming qiyaligini va enini to'g'ri saqlashga o'rgatish.
O'qituvchilar
ayrim
harflaming
elementini
noto'g'ri
yozayotgan
o'quvchilarga shu elementni to'g'ri yozilishini ko'rsatib berishi lozim. Bu davrda
o'quvchilarda harflarni to'liq yozmaslik yoki almashtirish yozish kabi xatolami
aniqlash mumkin.
Tinish belgilarini yozilishi.
1. Nuqta (.) yozma va bosma matnlarda daftar chizig'ining ustiga dumaloq
shaklida qo'yiladi:
to'g'ri va chiroyli yozing.
2. So'roq (?) belgisi yarim doira shaklida yozilib, pastga qarab to'g'ri chiziq
shaklida tushadi. To'g'ri chiziqning tagidagi nuqta daftar chizig'ining ustiga
qo'yiladi:
Sen bugun qanday kitob o'qiding?
3. Undov (!) belgisi to'g'ri tayoqcha va nuqtadan iborat bo'lib, to'g'ri
tayoqchaning tagidagi nuqta daftar chizig'ining ustiga qo'yiladi:
Chiroyli yozuv qoidalariga rioya qiling!
4. Ko'p nuqta (...) daftar chizig'ining ustiga qo'yiladi. Ko'p nuqta so'roq va undov
belgisidan keyin qo'yilishi kerak bo'lsa, so'roq yoki undov belgisidan keyin
faqat ikkita nuqta qo'yiladi.
Biz kanallar qazidik… Yangi yerlar ochdik!..
5. Vergul (,) nuqta bilan boshlanib, uning nuqtasi daftar chizig'ining ustida kichik
chiziqchasi esa chiziqdan pastga tushadi.
Akmal, bugun qayerga borasan?
6. Nuqtali vergulning (;) nuqtasi chiziqning yuqorisiga qo'yiladi.
Ular uchta edi; Undan bundan gaplashib o'tirishar edi.
7. Tire (-) tinish belgisi chiziqchadan uzunligi bilan farq qiladi va daftar
chizig'ining biroz yuqorisiga qo'yiladi:
Toshkent-O’zbekistonning poytaxti.
8. Defis (-) tirening uchdan bir qismicha bo'lishi kerak:
Qanoti yo'q, uchadi,
Dala-qirni quchadi.
9. Qo'sh tirnoq ("") qo'shaloq vergulga o'xshab ochiladi va yopiladi.
(Biz "Furqat"ko'chasidayashaymiz.
Matematik raqamlarni yozish.
Matematika darslarida beriladigan topshiriq va masalalarda raqamlarni
to'g'ri va chiroyli yozishga o'rgatish maqsadga muvofiqdir.
Matematika daftarida yozuv mashqlari bajarishda o'qituvchi bolalarda
charchash alomatlari sezilishi bilanoq barmoq muskuUarini o'stiruvchi
jismoniy mashqlarni bajartirishi lozim.
Kichik yoshdagi bolalarning barmoq va qo'l muskullari yaxshi
rivojlanmaganligini hisobga olib, oddiy katak daftarga [5^5 mm) yozdirish
mumkin emas, shuning uchun olti yoshli birinchi sinf o'quvchilari uchun
chiqarilgan «matematika daftari»dan foydalaniladi. Bu daftarda kataklar 1,5
marta katta, ya'ni 7x7 mm o'lchamda berilgan. Bunday kataklar ichida
raqamlarni yozishga urinish va boshqa matematik yozuvlarni bajarish ancha
oson.
O'quvchilarni rim raqamlarini yozishga o'rgatish jarayonida qo'llangan
maqsadga erishish uchun yozuv mashqlarini to'g'ri tashkil qilish va uning
uslublaridan to'g'ri foydalanish asosiy omillardan biridir. Bolalar raqamlarni
to'g'ri yozishga o'rgatishda mustaqil va amaliy ishlarga ham alohida e'tibor
berish lozim. Chunki o'quvchilar harflarni bo'yash, kataklarga joylashtirish
orqali ham malakalarini egallashga o'rgandilar.
Yozuv mashqlariga o'xshash matematik raqamlarni yozish uchun ham
qator tayyorgarlik mashqlarini o'tkazish lozim. Bunda o'qituvchi har bir raqam
katak ichida qanday joylashishni, qanday elementlardan iborat ekanligini,
yozilish harakatini doskada ko'rsatib berishi, har bir raqam katak ichida to'ldirib
yozilishi va qiyaliklarini hisobga oladi.
Har bir katak tik va ko'ndalang chiziqlarning kesishidan hosil bo'ladi.
Bolalarga ham tik va ko'ndalang chiziqlar mavjudligini aytib ayrim
elementlarni yozishda «tik» va «ko'ndalang» chiziqlarga e'tibo berishlari eslatib
turiladi.
Matematika daftariga raqamlarni yozishdan maqsadga muvofiqdii
Bu mashqlar bolalarning qo'l harakatini o'stirish bilan birge ularni
kataklar orasini chamalab yozishga o'rgatadi.
Bolalar bilan tayyorgarlik mashqlarni o'tkazish vaqtic kataklarning
«o'ng» va «chap» tomonlari «pastki», «ustki «ko'ngdalang» chiziqlar «tik»
chiziqlar haqida ham tushunchalar ber boriladi.
Bolalar bilan kataklarni teng bo'laklarga bo'lish, kataklarnii o'rtasini
topish uchun quyidagicha mashqarni o'tkazish lozim.
Bu mashqlar bolalarga ayirish, qo'shish, tenglik belgilarini to'c yozishga
yordam beradi.
Tayyorgarlik mashqlari tugagandan so'ng o'quvchilarni raqan yozishga
o'rgatadi.
Raqamlarni to'g'ri yozish uchun quyidagi talablarga amal qi] kerak:
1.
Hamma raqamlar kataklar ichida to'ldirilib, bir tomonga qiya qilib
yoziladi.
2.
Raqamlarning eng balandligini 2-3 qismida yoziladi.
3.
Har bir raqamni yozdirishdan oldin u qanday elementlardan
tuzilganligini va yozilish harakatlarini doskada amaliy ko'rsatib beriladi.
4.
Namuna tarzida yozib ko'rsatilayotgan raqam doskada katta hajmda
bo'lib, xar bir o'quvchiga ko'rinib turishi lozim.
5.
O'quvchilar
o'qituvchining
ko'rsatmasi
asosida
havoda
mashq
qilganlaridan so'ng yozishga ruxsat etiladi.
6.
O'quvchilarning yozgan raqamlari o'qituvi muntazam kuzatib, tegishli
yordam berib borishi zarur.
Ayrim yosh o'qituvchilar raqamlarni yozish qoidalarini o'zlari ham
bilmasliklari mumkin, shuning uchun biz quyida raqamlarni qanday yozilish
qoidalarini ko'rsatib o'tamiz.
1-raqami ikki tayoqchadan iborat bo'lib, uzun tayoqcha daftar katagining yuqori
bo'rchagidan pastki ko'ndalang chiziqning o'rtasigacha qiya qilib tushiriladi.
Kichik tayoqcha bilan uzun tayoqcha qo'l harakatini uzmasdan bir butun
shaklda yoziladi.
2-raqami yozuvdagi so'roq belgisiga o'xshash bo'lib, bir butun shaklda
yoziladi, pastki to'lqinsimon chizig'i daftar pastki chizig'ining ustida joylashadi.
Uni tuguncha yoki to'g'ri chiziq shaklida yozish mumkin emas.
3-raqami ikki elementdan, ustki va pastki yarim chiziqlar hamda
doiralardan iborat bo'lib, qo'l harakati uzilmay bir-biriga bog'lab yoziladi. Ustki
yarim cho'zinchoq doira elementi daftar chiziqlariga doiradan kichikroq
yoziladi. Bu raqamni yozishda uning qiyaligiga e'tibor berish lozim.
4-raqami uch element tayoqchalardan iborat bo'lib, uchinchi tayoqchani
yozishda qo'l harakati uziladi. Uning birinchi tayoqchasi daftar katagining
yuqori chizig'i o'rtasidan boshlanib, bir tomonga qiya holatda katakning
o'rtasidan bir oz pastroqda tushiriladi va o'ng tomonga qo'l harakatini uzmasdan
ko'ndalang chiziq chiziladi.
5-raqami uch uch elementdan iborat bo'lib. birinchi kichik yarim yoy
shaklidagi elementi yoziladi, so'ngra kchik tayoqcha va o'ng yarim doira
shaklidagi elementlari qo'l harakatini uzmasdan bog'lab yoziladi.
6-raqami bir butun shaklda yohiladi, u chap yarim cho'zinchoq doiradan
iborat.
7-raqami uch elementdan iborat bo'lib, kichik to'lqinsimon chiziq uzun
to'g'ri tayoqcha va kichik ko'ngdalang chiziqdan iborat. Kichik ko'ndalang
tayoqcha, uzun tayoqchaning teng o'rtasida bo'lishi shart.
8-raqami, kichik va katta cho'zinchoq doiralardan iborat bo'lib, bir butun
shaklda qo'l harakatini uzmay yoziladi.
9-raqami kichik cho'zinchoq doira va o'ng yarim cho'zinchoq doiradan
iborat bo'lib, bir butun shaklda yoziladi.
0- nol raqami o harfi shaklida yoziladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Namunaga qarab ko’chirish va yozish metodining ahamiyati borasida
gapirib bering.
2. Chiziqli metod boshqa metodlardan qanday jihatlari bilan farq qiladi?
3. Genetik metoddan qachon foydalaniladi?
4. Sanoq-ohang metonining boshqa metodlardan farqi nimada?
5. Tasavvur orqali yozish metodi borasida gapirib bering.
Mavzuga doir testlar
1.
Yozuv daftari necha gradus qiyalikda qo’yiladi?
A) 80º
B) 72º
C) 65º*
D) 60º
2.
Ritmik usul to`g`ri izohlangan qatorni toping.
A) o`qituvchining sanog`i ostida yozish *
B) harf shtrixlari ustidan yozish
C) havoda yozish
D) yozuvni muntazam mashq qilish
3.
Genetik tamoyil nima?
A) harflarni o`xshash elementiga ko`ra guruhlab yozish *
B) harflarni ulanishiga ko`ra guruhlab yozish
C) shakli oson harflardan so`ng shakli murakkab harflarni guruhlab
yozish
D) o`quvchining individual xususiyatini hisobga olib yozishni mashq
qilish
4.
Yozuvga o`rgatishni o`qishga o`rgatish bilan bir paytda amalga
oshirish qaysi tamoyilga kiradi?
A) genetik tamoyil
B) onglilik tamoyili *
C) takrorlash tamoyili
D) o`quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
5.
Harflar yozuv shakliga ko`ra necha guruhga ajratiladi?
A) davlat o`lchamidagi (standartidagi) harflar bilan ifodalangan yozuv *
B) bosma harflar bilan yozilgan yozuv, yozma harflar bilan ifodalangan
yozuv)
C) bosma yozuv va grafik yozuv
D) to`g`ri yozuv va yozma yozuv
6.
Husnixatga o`rgatish qaysi metodlarda amalga oshirilgan?
A) chiziqli metod
B) nusxa ko`chirish metodi
C) ijodiy metod
D) A va B *
7.
Grafik malakalar qaysi o`quv faoliyatlari bilan bog`liq?
1. O`qish faoliyati. 2. Imlo. 3. Chizmachilik. 4. Rassomchilik. 5. Nutqiy
faoliyat bilan.
A) 1, 2, 5 *
B) 1, 2, 3, 5
C) 1, 2, 3
D) 1, 2, 3, 4, 5