HUSNIXATGA O‘RGATISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI.
Reja:
1.Husnixatga o‘rgatish texnologiyasi fani –pedagogik fan.
2. Husnixatga o‘rgatish texnologiyasi fanining maqsad va vazifalari.
3. Husnixatga o‘rgatish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan
aloqasi.
4. Hozirgi yozuv shriftiga tavsifnoma
Husnixat va uni o‘qitish metodikasi pedagogik fan. Inson o‘z fikrini
boshqa kishilarga og‘zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. Nutqning bu
shaklining o‘xshash va farqlash tomonlari mavjud bo‘lib ular o‘z o‘rnida
afzalliklarga ega. Og‘zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish uchun
mo‘ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo‘lib
xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog‘och, teri, metall, qog‘oz kabilarga
ko‘rish asosida idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo‘yiladi. Yozuv
kishilarning o‘zaro fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli vositasi
hisoblanadi. Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog‘laydi, uzoq saqlanadi.
Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat qo‘lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga
yetib boradi, abadiy yashaydi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni husnixatga o‘rgatish extiyoji
yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni
husnixat bilan yozishga o‘rgatish metodikasi ularda aniq , chiroyli va tez yozish
imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur
mazmunini va uning talablarini o‘qitish usullarini yozuvga o‘rgatishning
gigeyenik shartlarini, o‘quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarini
tahlil qilish sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.
Demak, yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega.
Yuqoridagi talab asosida yozishga o‘rganishi boshlang‘ich sinflardan
boshlanadi. 1-4-sinf o‘quvchilarini chiroyli yozishga o‘rgatish uchun
o‘qituvchining o‘zi husnixat bilan yozishi, shu bilan birga o‘quvchilarni
chiroyli yozishga o‘rgata olishi kerak.
Husnixat va uni o‘qitish metodikasi fani amaliy fan bo‘lib u chiroyli
yozishga o‘rgatish bilan bir qatorda o‘qitish tarbiyalash, vazifalarini bajaradi.
Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan Husnixat va uni o‘qitish
metodikasi fanining maqsadi:
1.
Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.
2.
Talabalarni-bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni husnixat talablari asosida
yozishga o‘rgatish.
3.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarni husnixatga o‘rgatishning metod
va usullari bilan qurollantirish.
Boshqa fanlar kabi husnixat va uni o‘qitish metodikasining o‘z predmeti
bor. Bu fanning predmeti ta’lim berish jarayonida chiroyli yozuvni egallash,
grafik jihatdan to‘g‘ri chiroyli yozishga o‘rgatish hisoblanadi.
Husnixat va uni o‘rgatish metodikasi fani o‘z oldiga quyidagi vazifalarni
qo‘yadi:
-
talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish;
-
o‘z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar hosil qilish;
-
boshlang‘ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish, va tashkil
etishga o‘rgatish;
-
boshlang‘ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish
tamoyillari bilan tanishtirish.
Birinchidan husnixat bilan yozish o‘quvchilarda mehnat madaniyatini
tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko‘nikmasini
hosil qiladi.
Ikkinchidan dastxatga pala-partish va be’etibor munosabatda bo‘lish
o‘quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o‘quvchilar
qiladigan ishlariga o‘ylab o‘tirmay bajaraveradilar, o‘z xato va kamchiliklarini
ham o‘ylab ko‘rmaydigan bo‘lib qoladilar.
Uchinchidan husnixat bilan to‘g‘ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib
turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan
yozilmagan, to‘ldirilmagan hujjatlarni o‘qishga kitobxonning ko‘p vaqt
sarflashiga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, maktabda har kuni o‘qituvchi 30 talab
o‘quvchlar daftarini tekshiradi. Agar o‘qib bo‘lmaydigan qilib yozgan bo‘lsa
o‘qituvchining ham unga ko‘p vaqti sarf bo‘ladi. Aniq va ravon qilib yozgan
dastxati o‘qituvchining ishini yengillashtiradi, keyingi talimiy maqsadlarini
amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Husnixat va uni o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Husnixat va uni o‘qitish metodikasi boshqa fanlar bilan uzviy aloqada
bo‘lib ularning natijalariga tayanadi.
Amaliy fan hisoblangan husnixat va uni o‘qitish metodikasi til o‘rganish
jarayoni hamdir. Yozish uchun tanlangan til faktlari ayni vaqtda adabiy tilni
o‘zlashtirib borishga yordam beradi.
Pedagogika ta’lim-tarbiya haqidagi fandir. U ta’lim-tarbiya tamoyillarini
belgilab beradi, barkamol shaxsni tarbiyalash yo‘llarini ko‘rsatadi. Husnixat va
uni o‘qitish metodikasi pedagogikaning ana shu qoidalariga asoslanadi ya’ni
husnixatga o‘rgatishda ta’lim-tarbiya birligiga amal qiladi.
Husnixat va uni o‘qitish metodikasining asoslaridan yana biri
psixologiyadir. Psixalogiya his, tasavvur, fikr, intilish, istak, havas, qobiliyat
kabi tushunchalar haqida ma’lumot beradi. Husnixatga o‘rgatishda bola
psixologiyasidagi yuqoridagi holatlarga tayanib ish ko‘riladi, o‘quv materiali
tanlanadi, sinflar bo‘yiicha taqsimlanadi.
Fiziologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarix fanlari ham husnixat
va uni o‘qitish metodikasi bilan uzviy aloqadadir.
O‘quvchining yozuv jarayonidagi fiziologik holati qo‘l harakatlari,
yozganlarini to‘g‘ri, aniq talaffuz qilishda fiziologiyaga tayansa yozuv uchun
tanishgan matnni tahlil qilishda adabiyotshunoslik materiallariga, yozuvning
paydo bo‘’ishi, uning jamiyatdagi tutgan o‘rnini tushunishda esa tarix fanining
yutuqlariga asoslangan holda ish ko‘radi.
Hozirgi yozuv shriftiga tavsif. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek
alifbosida 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi mavjud. Bu harflar turli xil katta va
kichik yozma va bosma shakllarga ega. Yozma harflar quyidagi xususiyatlarga
ega.
harflar bosmasdan yozishga mo‘ljallangan;
harflar qo‘l uzmasdan tutash yoziladi.
O‘zbek alifbosidagi harflar yozilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga
ajratiladi.
Yozma kichik harflar:
1.
Ikki chizig‘ oralig‘iga yoziladigan harflar:
a, e, i, m, n, o, r, s, u, v, x, o‘, sh, ch.
2.
Ikki chizig‘ning yuqorisiga ko‘tarilib yoziladigan harflar:
b, d, k, l, t, h.
3.
Chiziqdan pastga tushirib yoziladigan harflar:
g, q, j, p, y, g‘, ng.
4.
chiziqdan yuqori va pastga tushurilib yoziladigan harflar:f.
Yozma bosh harflarning hammasi chiziqdan yuqorida yoziladi.
Yozma kichik harflar tutashtirilishiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi.
1.Yuqori kesishishdan tutashtiriladi: o, o‘, v
2.Pastki kesishishdan tutashtiriladi: a, d, e
3.O‘rta qismidan kesishishdan tutashtiriladi: b, f, g, j
Yozma bosh harflar tutashtirilishiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi.
1.
Tutashtiruvchi unsurli bosh harflar
2.
Tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar
Yozma kichik va bosh harflarning qator oralig‘ining qayeridan boshlanib
yozilishiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi.
1.
Qator oralig‘ining ustki chizig‘idan boshlanib yoziladigan harflar.
2.
Qator oralig‘ining ostki chizig‘idan boshlanib yoziladigan harflar.
Kichik yozma harflar o‘z navbatida 2 guruhga bo‘linadi.
a)
qator oralig‘ining ustki ustki chizig‘idan boshlanadigan harflar.
i, j, m, n, p, t, u, v, y, ng.
b)
qator oralig‘ining ustki chizig‘ining pastidan boshlab yoziladigan
harflar.
a, g, o, q, r, s, x, z, g‘, o‘, sh, ch, b, d, e, h, k, l
Bosh yozma harflar esa quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Yuqoridan boshlab yoziladigan harflar:
B, D, E, F, G, H, J, K, O‘, I, O, P, Q, R, S, T, U, V, Z, Y, Z, G‘, SH, CH,
Pastdan boshlab yoziladigan harflar:
A, I, M, N
Hozirgi alifbodagi harflarni quyidagi unsurlari asosida guruhlash mumkin
- y g g‘ j
- b f h k l
m n v k
-
- a r u y
-
- a q g o‘ g‘ ch E
-
- n m i
-
- t d U M
-
-R F B T P
-
-J H K Y G G‘
-
-x p Kichik harflar va ularning tutashtirilishi. Alifbodagi
harflar yozilish shakliga ko‘ra
-
a r u y
-
n m i
-
t d U M
-
R F B T P
J H K Y yo‘zma harflar va bosma harflar deb ikki turga ajratiladi.
Bularning har biri yozilish shakli va qo‘llanish o‘rni jihatidan kichik harflar va
bosh (katta) harflarga bo‘linadi.
Yozma harflar, odatda, qo‘lda yoziladi, bosma harflar esa, asosan,
yozuvga oid texnika vositasida, shuningdek, qo‘lda ham ifodalanadi.
Kichik va bosh bosma harflar rasmiy ma’qullangan shaklda bir-biriga
tutashtirilmay, tik yoziladi. Yozma harflar esa o‘ng tomonga 75 -80 daraja qiya
qilib tutashtirib yoziladi. Kichik harflar o‘ng va chap tomonidan, bosh harflar
esa o‘zidan keyingi harf bilan tutashadi.
So‘zda yozma harflar bir-biri bilan tutashtirilib, bir butunlik zanjir hosil
qiladi. Ammo bu zanjir so‘zlarda imlo belgilari (tutuq, kochish belgilari,
chiziqcha) bolgan o‘rinlarda uziladi, qol harakati to‘xtab, belgilar qo‘yilgandan
keyin harakat davom etadi.
Mazkur belgilarni so‘zni yozish jarayonida qo‘yib borish, harflarning
ustiga qo‘yiladigan ishorani esa so‘zni yozib bo‘lgandan keyin, uni o‘qib turib
qo‘yish tavsiya qilinadi.
Yozma bosh harflarda qo‘l harakati kichik harflarni yozishga nisbatan
ko‘proq uziladi: ayrim harflarga unsurlari qo‘shiladi va hokazo.
Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosidagi yozma kichik va
bosh harflar yozuvda bir-biri bilan tutashtirilishi jihatidan ikki guruhga
ajratiladi:
-
tarkibida tutashtiruvchi unsuri bo‘lgan harflar;
-
tutashtiruvchi
unsuri
bo‘lmagan
harflar
(Bunday
harflarga
tutashtiruvchi unsur yozuv jarayonida qo‘shiladi).
Tutashtiruvchi unsurli kichik harflar o‘zidan keyingi harf bilan qayeridan
tutashtirilishiga kora uch guruhga bolinadi:
a) ustki qismidan tutashtiriladigan harflar: o, o‘, v (bunday ikki chiziq
(asosiy chiziqlar) orasiga yoziladigan harflarning bo‘yi 4 mm f,g, j, p, y, g, ng,
eni 3 mm bo‘ladi);
b) o‘rta qismidan tutashtiriladigan harflar: b, (ikki chiziqdan yuqoriga
ko‘tarilib yoziladigan harflaming bo‘yi 8 mm, pastga tushadiganlari 7 mm, f
ning bo‘yi esa 11 mm bo‘ladi).
v) ostki qismidan tutashtiriladigan harflar:
a, d,e, k, i, h, l, m, n, r, t, u, x, z, sh, ch; g,j,p,q,g‘, y,q,ng.
Harflarni tutashtirib yozish deyilganda, odatda, kichik va bosh harflarning
o‘zidan keyingi harfga - o‘ng tomonidagi harfga tutashtirilishi nazarda tutiladi.
Aslida esa harflar yozuvda har ikki tomonidan ham tutashadi. Bunga erishish
uchun, ayniqsa, kichik harflarni shakllantirishda chizilgan chiziq ustidan qol
harakatini davom ettirib, tutashuvchi nuqtagacha olib borish kerak boladi.
Quyida bu ishlar qanday amalga oshirilishi togrisida to‘xtalamiz.
1. Ostki qismidan tutashtiriladigan harflar o‘zidan oldingi va keyingi
harflar bilan (bundan z, r, x, s mustasno) quyidagicha tutashtiriladi, misollar:
ma, tni, me, mu, ek, el, lekin, gul, jiyda, yil, g ‘alla, tenglik
2. Unli harflar o‘zidan keyingi, z, r, x, s harflarining yuqori qismiga
tutashtiriladi; tutashtirish jarayonida z, r harflarining yuqori qismida tugunchak
hosil qilinadi:
azim, iz, ez, uz, oz, o ‘z, ari, iri, erka, or, ur, o ‘ra, xo ‘roz
Mazkur harflarni s bilan tutashtirishda tutashuvchi harfning unsuri bilan s
ning yuqori qismi tutashtirilib, so‘ng uning etak qismi chiziladi: asta, is, usta,
es; os, o ‘s, asta.
3. q,o‘,v harflari- yuqori qismidan tutashtiriladigan harflar o‘zaro hamda
o‘zidan keyinga ostki qismidan tutashtiriladigan harflarning ustki qismidan
tutashtiriladi: ovoz, ana, ovchi, ovora, omad, o‘sma, oila, ojiz, o‘gil, o‘q, oy,
oppoq.
4. q, o‘, v harflari ikki chiziq yuqorisiga ko‘tarilib yoziladigan harflardan
oldin kelganda bu harflarning o‘rtasiga tushtiriladi: odam, ohu, okean, olmoq,
o‘t, obbo, ofarin
5. v dan oldin a, i, e, u harflari kelganda v ning ostki qismiga tutashtiriladi,
misollar: avval, evi bilan, uvol; q, o‘ harflari esa yuqori qismiga tutashtiriladi:
ov, ovcharka
Harfni ko‘rish - o‘qishda avval uning yuqori qismiga ko‘z tushadi. Ana
shu holni e’tiborga olib, harflami tutashtirishda imkoniyat bo‘lgan o‘rinlarda
ularning yuqori qismidan emas, ostki qismidan tutashtirishga, harfning yuqori
qismida chiziqchalarning imkoniyat bor darajada oz bo‘lishiga ham e’tibor
berish zarur.
Bosh harflarning tutashtirilishi.Yozma bosh harflarning bo‘yi 8 mm
bo‘lib, ular o‘zidan keyingi kichik harflar bilan tutashtiriladi.
Bosh harflar o‘z tarkibida tutashtiruvchi unsuri bor yoki yoqligiga ko‘ra
ikki guruhga bolinadi:
tutashtiruvchi unsurli bosh harflar;
tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar. (Tutashtiruvchi unsursiz bosh
harflarga yozish vaqtida unsur qo‘shiladi).
Tutashtiruvchi unsurli bosh harfl, ar: A E, G, H, L, J, L, I, M, Q, R, U,
X, Y,Z, E,Sh, Ch (ng harf birikmasining yozma bosh shakli o‘zbekcha
so‘zlarda qollanmaydi: bu tovush bilan so‘z boshlanmaydi, ba’zi chet
so‘zlarda ikki mustaqil fonemani bildiradi: Ngiliy);
Tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar:
B, D, F, N, O, P, S, T, V,O‘
Bosh harflar qaeridan tutashtirilishiga ko‘ra ikki turga bolinadi:
o‘rta qismidan tutashtiriladigan bosh harflar:
A,L, Y,J, G,G‘ - pastki qismidan tutashtiriladigan bosh harflar:
E. B, D, F, H, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, X, Z, O‘, Sh, Ch
1. O‘rta qismidan tutashtiriladigan bosh harflar o‘zidan keyingi ikki
chiziq orasiga yoziladigan harflarning ustki qismidan tutashtiriladi, misollar:
Anzirat, Iso, Yulduz, Gulnoz, G ‘ulom
Bu harflar ikki chiziqning yuqorisiga ko‘tariladigan harflarning o‘rtasiga
tutashtiriladi:
Akbar, Ilyos, Ikrom, Adham, Abdulla, Idriz, Alixon, Ahmad,
Abdullayev, Afandi
O‘rta qismidan tutashtiriladigan harflar z, r, x, s harflarining chap
tomonidagi chiziqqa tutashtiriladi:
Aziza, Arofat, Izzat, Asom, Islom
2. Ostki qismidan tutashtiriladigan bosh harflar ikki chiziq orasiga
yoziladigan harflarning ostki qismidan tutashtiriladi:
Omon, Vasila, Hakim, Tohir, Kamol, Lobar, Muhiddin, Qumri,
Rahima, Ulfat, Xadicha, Bobur, Dilbar, Farhod, Nafisa, Olimjon, Po‘lat,
Sobir, O‘lmas, Zayniddin
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.Husnixatga o‘rgatish texnologiyasi fani nima uchun pedagogik fanlar
qatoriga kiradi?
1.
Husnixatga o‘rgatish texnologiyasi fanining predmeti deganda
nimani tushunasiz?
2.
Yozuvning pedagogik va ijtimoiy ahamiyatini tushuntirib bering.
3.
Husnixatga o‘rgatish texnologiyasi fanining maqsadi nimalardan
iborat?