ICHAKDA OVQAT HAZMI.

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

27

Faytl hajmi

35,7 KB


 
 
 
 
 
 
ICHAKDA OVQAT HAZMI. 
 
 
REJA: 
1.Ozuqalarning ingichka ichaklarda hazm bo‘lishi: ichak shira, oshqozon osti 
bezi shirasi, o‘t suyuqligining hazm jarayonidagi ishtiroki, ularni ajralishi va 
boshqarilishi. 
2. Ozuqalarning yo‘g‘on ichaklarda hazmlanishi. 
3. Ozuqalarning so‘rilishi va uning xususiyatlari, ichaklar matorikasi. 
4. Tezak(najas)ning shakllanishi va chiqarilishi. 
 
Tayanch iboralar 
O‘i ikki barmoq ichak, och, yonbosh, ko‘r, chambar, to‘g‘ri ichak, jigar, o‘t, 
me’da osti bezi, Langergans orolchasi, bilirubin, biliverdin, gemoglobin, xolat, 
glikoxolat, tavroxolat, insulin, ishqoriy va kislotali muhit, anorganik va organik 
modda, yentirakinaza, tripsin, tripsinogen, xemotripsin, karboksipeptidaza, lipaza, 
yelastaza, ribonukleaza, dipeptidaza, protaminaza, amilaza, laktaza, invertaza, 
lipaza, ishqoriy fasfataza, ximus, yevakuasiya, bir tamonlama o‘tkazuvchanlik, tezak 
shakllanishi, sfinktor, tezak chiqarilishi, nerv va gumoral boshqarilish va boshqalar. 
   
 Me’dada atroflicha hazm bo‘lgan oziqalar ingichka ichakga o‘tkazilib, ichak 
va me’da osti bezining turli tuman fermentlarining shiddatli ta’sirida hamda o‘t 
suyuqligi ishtirokida parchalanib, organizm uchun zarur moddalar qon va limfaga 
so‘riladi. Ichakga ajralgan shiralar ishqoriy xususiyatga yega bo‘lib ichaklarda yendi 
oziqalar ishqoriy muhitda hazmlanadi.  
 Ingichka ichakning shira ajratish faoliyati-ingichka ichaklarga – o‘n ikki 
barmoq ichak, och va yonbosh ichaklar kiradi. Ingichka ichakning ichki shiliq qavati 
turli yo‘nalishlarga yega bo‘lgan burmalar hosil qilgan, ularda mayda-mayda
ICHAKDA OVQAT HAZMI. REJA: 1.Ozuqalarning ingichka ichaklarda hazm bo‘lishi: ichak shira, oshqozon osti bezi shirasi, o‘t suyuqligining hazm jarayonidagi ishtiroki, ularni ajralishi va boshqarilishi. 2. Ozuqalarning yo‘g‘on ichaklarda hazmlanishi. 3. Ozuqalarning so‘rilishi va uning xususiyatlari, ichaklar matorikasi. 4. Tezak(najas)ning shakllanishi va chiqarilishi. Tayanch iboralar O‘i ikki barmoq ichak, och, yonbosh, ko‘r, chambar, to‘g‘ri ichak, jigar, o‘t, me’da osti bezi, Langergans orolchasi, bilirubin, biliverdin, gemoglobin, xolat, glikoxolat, tavroxolat, insulin, ishqoriy va kislotali muhit, anorganik va organik modda, yentirakinaza, tripsin, tripsinogen, xemotripsin, karboksipeptidaza, lipaza, yelastaza, ribonukleaza, dipeptidaza, protaminaza, amilaza, laktaza, invertaza, lipaza, ishqoriy fasfataza, ximus, yevakuasiya, bir tamonlama o‘tkazuvchanlik, tezak shakllanishi, sfinktor, tezak chiqarilishi, nerv va gumoral boshqarilish va boshqalar. Me’dada atroflicha hazm bo‘lgan oziqalar ingichka ichakga o‘tkazilib, ichak va me’da osti bezining turli tuman fermentlarining shiddatli ta’sirida hamda o‘t suyuqligi ishtirokida parchalanib, organizm uchun zarur moddalar qon va limfaga so‘riladi. Ichakga ajralgan shiralar ishqoriy xususiyatga yega bo‘lib ichaklarda yendi oziqalar ishqoriy muhitda hazmlanadi. Ingichka ichakning shira ajratish faoliyati-ingichka ichaklarga – o‘n ikki barmoq ichak, och va yonbosh ichaklar kiradi. Ingichka ichakning ichki shiliq qavati turli yo‘nalishlarga yega bo‘lgan burmalar hosil qilgan, ularda mayda-mayda
 
 
so‘rg‘ichlar mavjud. Bulardan tashqari ingichka ichakning shilliq pardasida bez 
hujayralar ham joylashgandir. Jumladan, o‘n ikki barmoq ichakning boshlanish 
qismida me’da pilorus qismining hujayralariga o‘xshash brunner bez hujayralari, 
ingichka ichakning qolgan qismida yesa liberkyun bezli hujayralari va ayrim 
qadahsimon hujayralar Bu hujayralarning faoliyati tufayli ichak shirasi hosil bo‘ladi. 
Toza ichak shirasini olish, ichak shirasining ajralish dinamikasini, qonuniyatlarini 
o‘rganish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi. Toza ichak irasini olishda 
qo‘llanadigan dastlabki usul Tiri tomonidan asoslangan - ichakning bir bo‘lakchasini 
izolyasiya qilish metodidir. U quyidagicha amalga oshiriladi: hayvon qorni yorilib, 
ichakning bir qismi ichak tutqich pardasi bilan aloqadorligi saqlangan holda kesib 
olinadi. Kesib olingan ichak bo‘lakchasining bir uchi mutlaqo berk qilib tikib 
qo‘yiladi. Ikkinchi uchi yesa teri ustiga chiqarib tikiladi. Ichak bo‘lakchasini kesib 
olish natijasida ichaklarning uzilgan uchlari bir-biriga tikib, tutashtiriladi. Kesib 
olingan ichak bo‘lakchasi unga tutashgan ichak tutqichidagi nerv tolalari va qon 
tomirlar orqali ichaklarning qolgan qismi bilan aloqador bo‘ladi. Bunday operasiya 
qilingan hayvon tegshishlicha davolanib, jarohati tuzatiladi. Hayvon sog‘ayib 
ketgandan keyin, uning izolyasiya qilingan ichak bo‘lakchasidan toza shira 
ajralishini, ajralgan shiraning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rgansa bo‘ladi. 
 Keyinchalik bu usulni Vell bir oz o‘zgartirib, takomillashtirdi. U ichak 
bo‘lakchasining faqat bir uchini emas, balki, ikkala uchini ham teri yuzasiga chiqarib 
tikishni taklif qildi. Shuning uchun ham keyinchalik bu usul Tiri-Vell usuli deb 
nomlanadigan bo‘ldi. Ichaklarning istalgan qismini ana shu tariqa izolyasiyalab, toza 
shira ajralishini o‘rgansa bo‘ladi. Biroq bu metod kamchiliklardan xoli deb 
bo‘lmaydi. Chunki Tiri-Vell metodi bilan operasiya qilingan hayvon ichagining 
ajratilgan qismining shirasidan mutassil ravishda mahrum bo‘ladi va bu usul ichak 
devoridagi hujayralarga hazm bo‘layotgan mahsulotlar ta’sir qilib turganda toza 
shira olish imkonini bermaydi. Ana shu kamchiliklar A.D.Sineshchekov tomonidan 
bartaraf qilindi. A.D.Sineshchekov taklif qilgan tashqi anastamozlar metodi toza 
ichak shirasini olishda qo‘llaniladigan metodlarning ancha mukammali bo‘lib 
chiqdi. Bu metod quyidagicha amalga oshiriladi: ichak tegishli ikki joyidan 
ko‘ndalangiga kesiladi. Bu vaqtda hosil bo‘lgan ichak uchlarining to‘rttalasi ham 
mutlaqo berk qilib tikiladi. Shundan so‘ng, ichaklarning to‘rtala uchiga tegishli
so‘rg‘ichlar mavjud. Bulardan tashqari ingichka ichakning shilliq pardasida bez hujayralar ham joylashgandir. Jumladan, o‘n ikki barmoq ichakning boshlanish qismida me’da pilorus qismining hujayralariga o‘xshash brunner bez hujayralari, ingichka ichakning qolgan qismida yesa liberkyun bezli hujayralari va ayrim qadahsimon hujayralar Bu hujayralarning faoliyati tufayli ichak shirasi hosil bo‘ladi. Toza ichak shirasini olish, ichak shirasining ajralish dinamikasini, qonuniyatlarini o‘rganish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi. Toza ichak irasini olishda qo‘llanadigan dastlabki usul Tiri tomonidan asoslangan - ichakning bir bo‘lakchasini izolyasiya qilish metodidir. U quyidagicha amalga oshiriladi: hayvon qorni yorilib, ichakning bir qismi ichak tutqich pardasi bilan aloqadorligi saqlangan holda kesib olinadi. Kesib olingan ichak bo‘lakchasining bir uchi mutlaqo berk qilib tikib qo‘yiladi. Ikkinchi uchi yesa teri ustiga chiqarib tikiladi. Ichak bo‘lakchasini kesib olish natijasida ichaklarning uzilgan uchlari bir-biriga tikib, tutashtiriladi. Kesib olingan ichak bo‘lakchasi unga tutashgan ichak tutqichidagi nerv tolalari va qon tomirlar orqali ichaklarning qolgan qismi bilan aloqador bo‘ladi. Bunday operasiya qilingan hayvon tegshishlicha davolanib, jarohati tuzatiladi. Hayvon sog‘ayib ketgandan keyin, uning izolyasiya qilingan ichak bo‘lakchasidan toza shira ajralishini, ajralgan shiraning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rgansa bo‘ladi. Keyinchalik bu usulni Vell bir oz o‘zgartirib, takomillashtirdi. U ichak bo‘lakchasining faqat bir uchini emas, balki, ikkala uchini ham teri yuzasiga chiqarib tikishni taklif qildi. Shuning uchun ham keyinchalik bu usul Tiri-Vell usuli deb nomlanadigan bo‘ldi. Ichaklarning istalgan qismini ana shu tariqa izolyasiyalab, toza shira ajralishini o‘rgansa bo‘ladi. Biroq bu metod kamchiliklardan xoli deb bo‘lmaydi. Chunki Tiri-Vell metodi bilan operasiya qilingan hayvon ichagining ajratilgan qismining shirasidan mutassil ravishda mahrum bo‘ladi va bu usul ichak devoridagi hujayralarga hazm bo‘layotgan mahsulotlar ta’sir qilib turganda toza shira olish imkonini bermaydi. Ana shu kamchiliklar A.D.Sineshchekov tomonidan bartaraf qilindi. A.D.Sineshchekov taklif qilgan tashqi anastamozlar metodi toza ichak shirasini olishda qo‘llaniladigan metodlarning ancha mukammali bo‘lib chiqdi. Bu metod quyidagicha amalga oshiriladi: ichak tegishli ikki joyidan ko‘ndalangiga kesiladi. Bu vaqtda hosil bo‘lgan ichak uchlarining to‘rttalasi ham mutlaqo berk qilib tikiladi. Shundan so‘ng, ichaklarning to‘rtala uchiga tegishli
 
 
ravishda fistula o‘tkazilib, fistulalarning naylari tashqariga, teri ustiga chiqarib 
tikiladi; mahkamlanadi. Oqibatda ichaklarning hosil qilingan to‘rt uchi ham teri 
yuzasi bilan aloqador bo‘lib qoladi. So‘ngra maxsus naylar yordamida birinchi 
fistula ikkinchi fistula bilan, uchinchi fistula yesa to‘rtinchi fistula bilan ulanadi. Shu 
tariqa ichak turli bo‘laklarinin o‘zaro uzviyligi, aloqadorligi ta’minlanadi. Bu vaqtda 
ichakning bir qismidan oziqa boshqa navbatdagi qismiga tashqaridagi nay tashqi 
anostomoz orqali o‘tadi. Natijada hayvonda hazm jarayonlari odatdagiday 
kechaveradi. Toza shira olish zaruriyati tug‘ilganda yesa, faqat birinchi fistula bilan 
to‘rtinchi fistula ulab qo‘yiladi. Bu vaqtda ikkinchi va uchinchi fistulalar qo‘yilgan 
ichakning o‘rtangi bo‘lakchasiga oziqa tushmaydi, natijada undan toza shira ajraladi. 
Boshqa paytlari yesa yana avvalgidek, ya’ni birinchi fistula bilan ikkinchi fistula va 
uchinchi fistula bilan to‘rtinchi fistula ulanadi. Natijada ichakning o‘rtadagi bo‘lagi 
ham hazm jarayonlarida odatdagidek ishtirok yetaveradi. Bunday hayvon ichak 
shirasidan mahrum bo‘lmaydi. Demak unda hazm jarayonlari izdan chiqmaydi. 
Keyingi paytlarda I.P.Pavlovning kichik me’da bichish metodiga asoslangan 
ravishda, ichaklarning bir kichik bo‘lakchasini bichish metodi ham taklif qilindi. Bu 
vaqtda bichilgan ichak bo‘lakchasi, asosiy ichak bilan nerv va muskul orqali 
aloqador bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ichakdan kichik bo‘lakcha bichish metodi 
D.A.Sineshchekovning tashqi anasttomozlar metodi bilan birga qo‘llanadi.  
 Ichak shirasining tarkibi va xususiyatlari. Toza ichak shirasi uncha tiniq 
bo‘lmagan rangsiz muhiti (rN-8,2-8,7) ishqoriy bo‘lgan, tarkibida shilimshiq, 
xolesterin, epiteliy hujayralarni, fermentlar saqlavchi suyuqlikdir. Toza ichak 
shirasining solishtirma og‘irligi 1,005-1,015 atrofida bo‘lib, tarkibida o‘rtacha 
97,6% suv, 0,8%oqsillar, 0,73% boshqa organik moddalar va 0,87% mineral 
moddalarni saqlaydi. Mineral moddalarning aksariyat qismini natriy bikarbonat va 
natriy xlorid tashkil qiladi. Ingichka ichak turli qismlarining ajratgan shiralari ozmi-
ko‘pmi o‘zaro farq qiladi. Jumladan, o‘n ikki barmoq ichak shirasida fermentlar 
ko‘proq saqlangan holda, och ichak shirasida yesa ularning miqdori birmuncha 
kamdir. Ingichka ichak shirasi moddalarni batamom parchalab so‘rilishga 
tayyorlaydi. Ana shu sababli uning tarkibidagi fermentlar oqsil va uglevodlarning 
oraliq mahsulotlariga ta’sir qiladigan fermentlardir, yog‘larga ta’sir qiladigan 
fermentlar bu yerda ancha kam saqlanadi. Ichak shirasida mavjud bo‘lgan
ravishda fistula o‘tkazilib, fistulalarning naylari tashqariga, teri ustiga chiqarib tikiladi; mahkamlanadi. Oqibatda ichaklarning hosil qilingan to‘rt uchi ham teri yuzasi bilan aloqador bo‘lib qoladi. So‘ngra maxsus naylar yordamida birinchi fistula ikkinchi fistula bilan, uchinchi fistula yesa to‘rtinchi fistula bilan ulanadi. Shu tariqa ichak turli bo‘laklarinin o‘zaro uzviyligi, aloqadorligi ta’minlanadi. Bu vaqtda ichakning bir qismidan oziqa boshqa navbatdagi qismiga tashqaridagi nay tashqi anostomoz orqali o‘tadi. Natijada hayvonda hazm jarayonlari odatdagiday kechaveradi. Toza shira olish zaruriyati tug‘ilganda yesa, faqat birinchi fistula bilan to‘rtinchi fistula ulab qo‘yiladi. Bu vaqtda ikkinchi va uchinchi fistulalar qo‘yilgan ichakning o‘rtangi bo‘lakchasiga oziqa tushmaydi, natijada undan toza shira ajraladi. Boshqa paytlari yesa yana avvalgidek, ya’ni birinchi fistula bilan ikkinchi fistula va uchinchi fistula bilan to‘rtinchi fistula ulanadi. Natijada ichakning o‘rtadagi bo‘lagi ham hazm jarayonlarida odatdagidek ishtirok yetaveradi. Bunday hayvon ichak shirasidan mahrum bo‘lmaydi. Demak unda hazm jarayonlari izdan chiqmaydi. Keyingi paytlarda I.P.Pavlovning kichik me’da bichish metodiga asoslangan ravishda, ichaklarning bir kichik bo‘lakchasini bichish metodi ham taklif qilindi. Bu vaqtda bichilgan ichak bo‘lakchasi, asosiy ichak bilan nerv va muskul orqali aloqador bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ichakdan kichik bo‘lakcha bichish metodi D.A.Sineshchekovning tashqi anasttomozlar metodi bilan birga qo‘llanadi. Ichak shirasining tarkibi va xususiyatlari. Toza ichak shirasi uncha tiniq bo‘lmagan rangsiz muhiti (rN-8,2-8,7) ishqoriy bo‘lgan, tarkibida shilimshiq, xolesterin, epiteliy hujayralarni, fermentlar saqlavchi suyuqlikdir. Toza ichak shirasining solishtirma og‘irligi 1,005-1,015 atrofida bo‘lib, tarkibida o‘rtacha 97,6% suv, 0,8%oqsillar, 0,73% boshqa organik moddalar va 0,87% mineral moddalarni saqlaydi. Mineral moddalarning aksariyat qismini natriy bikarbonat va natriy xlorid tashkil qiladi. Ingichka ichak turli qismlarining ajratgan shiralari ozmi- ko‘pmi o‘zaro farq qiladi. Jumladan, o‘n ikki barmoq ichak shirasida fermentlar ko‘proq saqlangan holda, och ichak shirasida yesa ularning miqdori birmuncha kamdir. Ingichka ichak shirasi moddalarni batamom parchalab so‘rilishga tayyorlaydi. Ana shu sababli uning tarkibidagi fermentlar oqsil va uglevodlarning oraliq mahsulotlariga ta’sir qiladigan fermentlardir, yog‘larga ta’sir qiladigan fermentlar bu yerda ancha kam saqlanadi. Ichak shirasida mavjud bo‘lgan
 
 
fermentlarning 
asosiylari 
quyidagilardir: 
yentrokinaza-ingichka 
ichakning 
boshlang‘ich qismida hosil bo‘ladi. Bu fermentning asosiy vazifasi tripsinogen va 
prokar- boksipeptidazaga ta’sir qilib ularni aktiv holatlariga - tripsinga va 
karboksipeptidazaga aylantirishdir. 
 Aminopeptidaza, dipeptidaza-bular peptidlarga ta’sir qilib, ularni 
aminokislotlargacha parchalaydi. 
 Maltaza, invertaza, laktaza-har hil qandlarni parchalaydi. Lipaza-yog‘larni 
yog‘ kislotalari va gliseringacha parchalaydi. Ishqoriy fosfataza-bu ferment ichak 
shirasi uchun spesifik ferment bo‘lmasada, ichakning boshlang‘ich qismida me’da 
osti bezi va jigardagiga qaraganda 30-40 baravar ko‘p saqlanadi. Bu ferment fosfat 
kislotaning 
monoefirlaridan 
fosfatlarni 
ajratadi, 
uglevod 
va 
yog‘larning 
fosforlanishida, aminokislotalarning so‘rilishida katta ahamiyatga yega. 
 Issiq iqlim va insolyasiya ta’sirida ichak shirasining tarkibi o‘zgaradi. 
Dastlabki paytlarda shira tarkibida xloridlar va umuman quruq modda ko‘payadi, 
shira birmuncha quyuqlashadi, ammo tarkibida kalsiy kamayadi. Bunday o‘zgarish 
asta-sekin yo‘qolib, shiraning tarkibi keyinchalik asliga qaytadi. 
  Ichak shirasining ajralish mexanizmi. Ichakdagi bez hujayralar uzluksiz 
ravishda suyuqlik ajratib, bu hujayralarda merokrin, apokrin va golokrin tip 
sekresiyalar kuzatiladi. Ichak shirasining ajralish jarayonida shilliq qavatidagi 
epiteliy hujayralar ancha jadallik bilan ajralib tushib turadi. Shu sababli ichakning 
ichki shilliq qavati ancha tezlik bilan, jumladan, me’daning shilliq qavatiga 
qaraganda ikki baravar tezlik bilan almashinib turadi. 
 Ichak shirasining ajralishi neyrogumoral yo‘l bilan boshqarilib turadi. 
Jumladan, adashgan nerv qo‘zg‘alganda shira ajralish sezilarli darajada kuchayadi, 
ayni paytda ajralayotgan shiraning fermentativ xususiyati ham baland bo‘ladi. Biroq, 
ichak hujayralarining faoliyati ichak devoridagi nerv tuzilmalar to‘g‘ridan - to‘g‘ri 
qitiqlanganida ko‘proq kuchayadi. Shu sababli ingichka ichakning qaysi qismi 
bevosita ta’sirlanayotgan bo‘lsa, o‘sha qismi shirani ko‘proq ajratadi. Hazm 
sistemasining boshqa qismlarining ta’sirlanishi ichak bezlarining faoliyatini u qadar 
yaqqol kuchaytirmaydi. Ichak shirasi turli-tuman moddalar, jumladan, me’da shirasi, 
oqsillar, uglevodlar va yog‘larning parchalanishi tufayli hosil bo‘lgan oraliq 
moddalar ta’sirida ko‘p ajraladi. Ichak shirasining ajralishiga har xil biologik aktiv
fermentlarning asosiylari quyidagilardir: yentrokinaza-ingichka ichakning boshlang‘ich qismida hosil bo‘ladi. Bu fermentning asosiy vazifasi tripsinogen va prokar- boksipeptidazaga ta’sir qilib ularni aktiv holatlariga - tripsinga va karboksipeptidazaga aylantirishdir. Aminopeptidaza, dipeptidaza-bular peptidlarga ta’sir qilib, ularni aminokislotlargacha parchalaydi. Maltaza, invertaza, laktaza-har hil qandlarni parchalaydi. Lipaza-yog‘larni yog‘ kislotalari va gliseringacha parchalaydi. Ishqoriy fosfataza-bu ferment ichak shirasi uchun spesifik ferment bo‘lmasada, ichakning boshlang‘ich qismida me’da osti bezi va jigardagiga qaraganda 30-40 baravar ko‘p saqlanadi. Bu ferment fosfat kislotaning monoefirlaridan fosfatlarni ajratadi, uglevod va yog‘larning fosforlanishida, aminokislotalarning so‘rilishida katta ahamiyatga yega. Issiq iqlim va insolyasiya ta’sirida ichak shirasining tarkibi o‘zgaradi. Dastlabki paytlarda shira tarkibida xloridlar va umuman quruq modda ko‘payadi, shira birmuncha quyuqlashadi, ammo tarkibida kalsiy kamayadi. Bunday o‘zgarish asta-sekin yo‘qolib, shiraning tarkibi keyinchalik asliga qaytadi. Ichak shirasining ajralish mexanizmi. Ichakdagi bez hujayralar uzluksiz ravishda suyuqlik ajratib, bu hujayralarda merokrin, apokrin va golokrin tip sekresiyalar kuzatiladi. Ichak shirasining ajralish jarayonida shilliq qavatidagi epiteliy hujayralar ancha jadallik bilan ajralib tushib turadi. Shu sababli ichakning ichki shilliq qavati ancha tezlik bilan, jumladan, me’daning shilliq qavatiga qaraganda ikki baravar tezlik bilan almashinib turadi. Ichak shirasining ajralishi neyrogumoral yo‘l bilan boshqarilib turadi. Jumladan, adashgan nerv qo‘zg‘alganda shira ajralish sezilarli darajada kuchayadi, ayni paytda ajralayotgan shiraning fermentativ xususiyati ham baland bo‘ladi. Biroq, ichak hujayralarining faoliyati ichak devoridagi nerv tuzilmalar to‘g‘ridan - to‘g‘ri qitiqlanganida ko‘proq kuchayadi. Shu sababli ingichka ichakning qaysi qismi bevosita ta’sirlanayotgan bo‘lsa, o‘sha qismi shirani ko‘proq ajratadi. Hazm sistemasining boshqa qismlarining ta’sirlanishi ichak bezlarining faoliyatini u qadar yaqqol kuchaytirmaydi. Ichak shirasi turli-tuman moddalar, jumladan, me’da shirasi, oqsillar, uglevodlar va yog‘larning parchalanishi tufayli hosil bo‘lgan oraliq moddalar ta’sirida ko‘p ajraladi. Ichak shirasining ajralishiga har xil biologik aktiv
 
 
moddalar ham ta’sir ko‘rsatadi. Ichak shilliq pardasida hosil bo‘ladigan duokrinin 
va yenterokrinin gormonlari bezli hujayralarning, jumladan, duokrinin brunner, 
yenterokrinin yesa liberkyun bezlar faoliyatining idora qilinishida ishtirok yetadi. 
Ichak bezlarining faoliyatiga tashqi muhit, hayvon yashab turgan joyning harorati 
ham ta’sir ko‘rsatadi. A.Yu.Yunusovning ma’lumotlariga qaraganda issiq harorat va 
kuchli insolyasiya ta’sirining dastlabki paytlarida shira ajralish o‘n ikki barmoq 
ichakda o‘rtacha 38-59%, yonbosh ichakda yesa 40-65% kamayadi. Bu o‘zgarishlar 
keyinchalik asta-sekin yo‘qola borib, ichak shirasining ajralishi asliga qaytadi.  
Ozuqalarni ichakda hazmlanishida oshqozon osti bezining ahamiyati kattadir. 
Oshqozon osti bezi go‘shtxo‘r hayvonlarda ikkita va boshqa hayvonlarda bitta yo‘lga 
yegadir. Oshqozon osti bezining sekretor faoliyati ikki xil xislatga yega bo‘lib, 
aralash bez hisoblanadi va o‘z shirasini o‘n ikki bormoq ichak bo‘shlig‘iga ajratadi. 
Bu uning tashqi sekretor xususiyati bo‘lib, bezning tashqi sekretor hususiyati 
bezning chiqarish yo‘liga konyula qo‘yib yoki tashqariga chiqarib tikib o‘rganilgan. 
Oshqozon osti bezining yo‘lini teri ustiga chiqarib tikish operasiyasini birinchi bo‘lib 
Gandengaym bajargan bo‘lib, keyinchalik I.P.Pavlov qayta ishlab takomillashtirdi. 
Buni uchun qorin bo‘shlig‘i yorilib, oshqozon osti bezining chiqarish yo‘lini 12 
barmoq ichakka quyilish joyini, ichak devorini kichkina bo‘yinchasi bilan kesib olib, 
ichakni kesilgan joyi tilinib qorin sohasini tersi ustiga chiqarib tikiladi. 
Operasiya qilingan hayvon davolanadi, jarohat tuzalgandan so‘ng oshqozon osti 
bezidan ajralgan shira ichak ichiga tushib, tashqariga chiqariladi. Tashqariga 
chiqayotgan shirani toza idishga yig‘ib olib, fizika-kimyoviy xususiyatlari, shira 
ajralish mexanizmi o‘rganildi. Oshqozon osti bezining yo‘li turli hayvonlarda 
turlicha joylashganligi tufayli operasiya ham turlicha amalga oshiraladi.  
Otlarda oshqozon osti bezining yo‘li 12-13 qovurg‘a davomida joylashgan 
uchun ularda operasiyani o‘tkazish ancha mushkul. Bu operasiyani birinchi bo‘lib 
1955 yil N.F.Popov laboratoratoriyasida Kurilov va Obuxovlar tomonidan 
o‘tkazilgan.  
Qoramol va cho‘chqalarda bu operasiyani o‘tkazish uncha qiyin bo‘lmasada 
lekin me’da osti bezidan uzluksiz shira ajralib shira tarkibida ko‘p azot va ishqorli 
suyuqliklardan mahrum bo‘lgani uchun u hayvonlar uzoq vaqt yashay olmaydi.
moddalar ham ta’sir ko‘rsatadi. Ichak shilliq pardasida hosil bo‘ladigan duokrinin va yenterokrinin gormonlari bezli hujayralarning, jumladan, duokrinin brunner, yenterokrinin yesa liberkyun bezlar faoliyatining idora qilinishida ishtirok yetadi. Ichak bezlarining faoliyatiga tashqi muhit, hayvon yashab turgan joyning harorati ham ta’sir ko‘rsatadi. A.Yu.Yunusovning ma’lumotlariga qaraganda issiq harorat va kuchli insolyasiya ta’sirining dastlabki paytlarida shira ajralish o‘n ikki barmoq ichakda o‘rtacha 38-59%, yonbosh ichakda yesa 40-65% kamayadi. Bu o‘zgarishlar keyinchalik asta-sekin yo‘qola borib, ichak shirasining ajralishi asliga qaytadi. Ozuqalarni ichakda hazmlanishida oshqozon osti bezining ahamiyati kattadir. Oshqozon osti bezi go‘shtxo‘r hayvonlarda ikkita va boshqa hayvonlarda bitta yo‘lga yegadir. Oshqozon osti bezining sekretor faoliyati ikki xil xislatga yega bo‘lib, aralash bez hisoblanadi va o‘z shirasini o‘n ikki bormoq ichak bo‘shlig‘iga ajratadi. Bu uning tashqi sekretor xususiyati bo‘lib, bezning tashqi sekretor hususiyati bezning chiqarish yo‘liga konyula qo‘yib yoki tashqariga chiqarib tikib o‘rganilgan. Oshqozon osti bezining yo‘lini teri ustiga chiqarib tikish operasiyasini birinchi bo‘lib Gandengaym bajargan bo‘lib, keyinchalik I.P.Pavlov qayta ishlab takomillashtirdi. Buni uchun qorin bo‘shlig‘i yorilib, oshqozon osti bezining chiqarish yo‘lini 12 barmoq ichakka quyilish joyini, ichak devorini kichkina bo‘yinchasi bilan kesib olib, ichakni kesilgan joyi tilinib qorin sohasini tersi ustiga chiqarib tikiladi. Operasiya qilingan hayvon davolanadi, jarohat tuzalgandan so‘ng oshqozon osti bezidan ajralgan shira ichak ichiga tushib, tashqariga chiqariladi. Tashqariga chiqayotgan shirani toza idishga yig‘ib olib, fizika-kimyoviy xususiyatlari, shira ajralish mexanizmi o‘rganildi. Oshqozon osti bezining yo‘li turli hayvonlarda turlicha joylashganligi tufayli operasiya ham turlicha amalga oshiraladi. Otlarda oshqozon osti bezining yo‘li 12-13 qovurg‘a davomida joylashgan uchun ularda operasiyani o‘tkazish ancha mushkul. Bu operasiyani birinchi bo‘lib 1955 yil N.F.Popov laboratoratoriyasida Kurilov va Obuxovlar tomonidan o‘tkazilgan. Qoramol va cho‘chqalarda bu operasiyani o‘tkazish uncha qiyin bo‘lmasada lekin me’da osti bezidan uzluksiz shira ajralib shira tarkibida ko‘p azot va ishqorli suyuqliklardan mahrum bo‘lgani uchun u hayvonlar uzoq vaqt yashay olmaydi.
 
 
Bunday hayvonlar organizmida kislota ishqor muvozanati buziladi va hosil bo‘lgan 
asedozdan hayvon o‘ladi.  
1965 yil D.S.Jilov bu operasiyani qoramollarda mukammallashtirib, u 12 
barmoqli ichakning oshqozon osti bezi yo‘li ochilgan qismini izolasiya qilib, unga 
fistula o‘rnatadi va shira naycha orqali tashqariga chiqadi va ichakning pastki 
qismiga ham fistula o‘tkazib maxsus naycha ko‘prikcha bilan birlashtiradi. 
Bu operasiyadan keyin zaruriyat tug‘ilganida fistulalar o‘rtasidagi ko‘prikcha, 
orqali shira olish yoki shira ajralishi mexanizmini o‘rgansa bo‘ladi. Oshqozon osti 
bezining shirasi ko‘prikcha orqali ikkinchi fistula orqali ichakga tushib oziqa 
hazmlanishida ishtirok yetadi va surinkali tekshirish o‘tkazish uchun imkon beradi 
cho‘chqalarda A.D.Sineshchekov qo‘y - yechkilarda, keyinchalik D.K.Kuimov bir 
oz o‘zgartirib operasiya qilgan bo‘lib, oshqozon osti bezining yo‘li bilan o‘t pufagini 
yo‘lini og‘zi qo‘shilib bir joyga ochiladigan bo‘lgani uchun o‘t yo‘li bog‘lanib o‘t 
pufagiga qo‘shimcha fistula qo‘yiladi va oshqozon osti bezining yo‘lidan toza 
oshqozon osti shirasi chiqadi u tiniq rangsiz, ishqoriy muhitga yega 7,8-8,0 bo‘lib, 
3,0-4,5% oqsil moddasi bor. Anorganik moddalardan natriy karbonat bo‘lib shiraga 
ishqoriy xususiyat beradi. Oshqozon osti bezining shirasi tarki-bida fermentlardan 
tripsin, ximotripsin, karboksipolipeptidaza, ribonukleaza, yelastaza, dipeptidaza, 
protaminaza, amilaza, laktoza, invertaza va lipazalar bor bo‘lib, qoramollar 
oshqozon osti bezining shirasida amilaza va lipaza fermentlari boshqa hayvonlar 
shirasinikidan ikki martaba kamdir.  
 Tripsin oqsillarni peptidlar va aminokislotalarga parchalaydigan ferment 
bo‘lib oshqozon osti bezidan aktiv bo‘lmagan tripsinogen holatida ajralib ichak 
shirasidagi yenterokinaza fermenti ta’sirida faol trinsinga aylanadi va ishqoriy 
muhitda aktivdir. Lekin shira kuchli kislotali muhitda rN-1,0, 90-100 gradusga 
qizdirilib sovitilsa o‘z aktivligini tiklay oladi yoki termostobil fermentdir. 
 Ximotripsin oshqozon osti bezidan aktiv bo‘lmagan ximotripsinogen holatida 
ajralib tripsin va yenterokinaza fermentlari ta’sirida aktiv ximo-tripsinga aylanib, 
oqsil va yuqori molekulali peptidlar aminokislotalarga parchalaydi. U fosfor-amid 
bog‘larini ham parchalaydi lekin tripsinga nisba-tan kuchsizdir. Tripsin va 
ximotripsinlar yendopeptidazalar deyilib, polipep-tidlarni ichki peptid bog‘larini 
uzib peptid va aminokislota hosil qiladi.
Bunday hayvonlar organizmida kislota ishqor muvozanati buziladi va hosil bo‘lgan asedozdan hayvon o‘ladi. 1965 yil D.S.Jilov bu operasiyani qoramollarda mukammallashtirib, u 12 barmoqli ichakning oshqozon osti bezi yo‘li ochilgan qismini izolasiya qilib, unga fistula o‘rnatadi va shira naycha orqali tashqariga chiqadi va ichakning pastki qismiga ham fistula o‘tkazib maxsus naycha ko‘prikcha bilan birlashtiradi. Bu operasiyadan keyin zaruriyat tug‘ilganida fistulalar o‘rtasidagi ko‘prikcha, orqali shira olish yoki shira ajralishi mexanizmini o‘rgansa bo‘ladi. Oshqozon osti bezining shirasi ko‘prikcha orqali ikkinchi fistula orqali ichakga tushib oziqa hazmlanishida ishtirok yetadi va surinkali tekshirish o‘tkazish uchun imkon beradi cho‘chqalarda A.D.Sineshchekov qo‘y - yechkilarda, keyinchalik D.K.Kuimov bir oz o‘zgartirib operasiya qilgan bo‘lib, oshqozon osti bezining yo‘li bilan o‘t pufagini yo‘lini og‘zi qo‘shilib bir joyga ochiladigan bo‘lgani uchun o‘t yo‘li bog‘lanib o‘t pufagiga qo‘shimcha fistula qo‘yiladi va oshqozon osti bezining yo‘lidan toza oshqozon osti shirasi chiqadi u tiniq rangsiz, ishqoriy muhitga yega 7,8-8,0 bo‘lib, 3,0-4,5% oqsil moddasi bor. Anorganik moddalardan natriy karbonat bo‘lib shiraga ishqoriy xususiyat beradi. Oshqozon osti bezining shirasi tarki-bida fermentlardan tripsin, ximotripsin, karboksipolipeptidaza, ribonukleaza, yelastaza, dipeptidaza, protaminaza, amilaza, laktoza, invertaza va lipazalar bor bo‘lib, qoramollar oshqozon osti bezining shirasida amilaza va lipaza fermentlari boshqa hayvonlar shirasinikidan ikki martaba kamdir. Tripsin oqsillarni peptidlar va aminokislotalarga parchalaydigan ferment bo‘lib oshqozon osti bezidan aktiv bo‘lmagan tripsinogen holatida ajralib ichak shirasidagi yenterokinaza fermenti ta’sirida faol trinsinga aylanadi va ishqoriy muhitda aktivdir. Lekin shira kuchli kislotali muhitda rN-1,0, 90-100 gradusga qizdirilib sovitilsa o‘z aktivligini tiklay oladi yoki termostobil fermentdir. Ximotripsin oshqozon osti bezidan aktiv bo‘lmagan ximotripsinogen holatida ajralib tripsin va yenterokinaza fermentlari ta’sirida aktiv ximo-tripsinga aylanib, oqsil va yuqori molekulali peptidlar aminokislotalarga parchalaydi. U fosfor-amid bog‘larini ham parchalaydi lekin tripsinga nisba-tan kuchsizdir. Tripsin va ximotripsinlar yendopeptidazalar deyilib, polipep-tidlarni ichki peptid bog‘larini uzib peptid va aminokislota hosil qiladi.
 
 
 Karboksipolipeptidaza ximiyaviy tarkibi jihatidan globulinlarga man-sub 
bo‘lib, polipeptidlarga ta’sir yetib, aminokislotalarni yerkin karboksil guruhi 
tomonidan parchalaydi. Bu ferment ham aktiv bo‘lmagan prokarboksi-polipeptidaza 
holatida hosil bo‘lib tripsin ta’sirida aktivlashadi. Oshqozon osti bezi fermentlari 
oqsil va peptidlarni parchalab, kam aminokislota va ko‘p kalta zanjirli peptid 
bog‘larini hosil qiladi. Bu kalta zanjirli peptid bog‘lar ichak shirasi fermentlari 
ta’sirida amina kislotalargacha parchalanadi. 
 Oshqozon osti bezidan shira ajralish mexanizmi. Shira me’da osti bezi 
hujayralarining aktiv faoliyati tufayli hosil bo‘lib, uning hujayralari merokrin va 
apokrin tipda suyuqlik ajratadi. 
 Oshqozon osti bezining shira ajratish faoliyati neyro-gumoral yo‘l bilan 
boshqarilib, tekshirishlarda isbotlangan. Adashgan nerv bu bezning shira ajratishini 
quchaytiradi, adashgan nervning me’da osti beziga ta’siri dastavval I.P.Pavlov 
tamonidan o‘rganilgan. I.P.Paalov ishlariga qadar olimlar oshqozon osti bezining 
faoliyatiga adashgan nerv ta’sir yetmaydi deb hisoblaganlar. Chunki adashgan 
nervning oshqozon osti beziga yo‘nalgan tarmog‘ida, shu bez faoliyatini 
quchaytiradigan va uning faoliyatini tormozlaydigan tolalar bo‘lib, adashgan 
nervning o‘sha bezga boradigan tarmog‘i bevosita ta’sirlanganda hech qanady 
yeffekt kuzatilmaydi. I.P.Pavlov adashgan nervning oshqozon osti beziga yo‘nalgan 
tarmog‘ini tajribadan bir necha kun oldin kesib, bez faoliyatini tormozlaydigan 
tolaning degenerasiyalanishiga yerishdi va adashgan nervning bezga yo‘nalgan 
tarmog‘ini ta’sirlaganida bez faoliyatining kuchayganligini kuzatadi hamda 
oshqozon osti bezi faoliyatiga adashgan nervning ro‘y-rost ta’sir yetishini isbotlaydi. 
Oshqozon osti bezidan shira ajralishini simpatik nerv tolasi ham boshqarib, biroq 
simpatik nerv ta’siri shira ajralishini yaxshi ta’minlay olmaydi. Oshqozon osti 
bezining faoliyatini boshqaruvchi markaz uzunchoq miyada joylashgan bo‘lib, bu 
markazga bel sigmentlaridan va qorindagi quyoshsimon to‘plomdan nerv tolalari 
kelgan.  
 Oshqozon osti bezidan shira shartli reflektor yo‘l bilan ajralib chiqadi. 
Reflektor yo‘l bilan bir qatorda gumoral faktorlar ham ta’sir qiladi. Oshqozon va 
ichaklardagi xilma-xil moddalar bilan birgalikda sekretin va pankreozimin 
gormonlari oshqozon osti bezining faoliyatiga aktiv ta’sir ko‘rsatadi. Sekretin va
Karboksipolipeptidaza ximiyaviy tarkibi jihatidan globulinlarga man-sub bo‘lib, polipeptidlarga ta’sir yetib, aminokislotalarni yerkin karboksil guruhi tomonidan parchalaydi. Bu ferment ham aktiv bo‘lmagan prokarboksi-polipeptidaza holatida hosil bo‘lib tripsin ta’sirida aktivlashadi. Oshqozon osti bezi fermentlari oqsil va peptidlarni parchalab, kam aminokislota va ko‘p kalta zanjirli peptid bog‘larini hosil qiladi. Bu kalta zanjirli peptid bog‘lar ichak shirasi fermentlari ta’sirida amina kislotalargacha parchalanadi. Oshqozon osti bezidan shira ajralish mexanizmi. Shira me’da osti bezi hujayralarining aktiv faoliyati tufayli hosil bo‘lib, uning hujayralari merokrin va apokrin tipda suyuqlik ajratadi. Oshqozon osti bezining shira ajratish faoliyati neyro-gumoral yo‘l bilan boshqarilib, tekshirishlarda isbotlangan. Adashgan nerv bu bezning shira ajratishini quchaytiradi, adashgan nervning me’da osti beziga ta’siri dastavval I.P.Pavlov tamonidan o‘rganilgan. I.P.Paalov ishlariga qadar olimlar oshqozon osti bezining faoliyatiga adashgan nerv ta’sir yetmaydi deb hisoblaganlar. Chunki adashgan nervning oshqozon osti beziga yo‘nalgan tarmog‘ida, shu bez faoliyatini quchaytiradigan va uning faoliyatini tormozlaydigan tolalar bo‘lib, adashgan nervning o‘sha bezga boradigan tarmog‘i bevosita ta’sirlanganda hech qanady yeffekt kuzatilmaydi. I.P.Pavlov adashgan nervning oshqozon osti beziga yo‘nalgan tarmog‘ini tajribadan bir necha kun oldin kesib, bez faoliyatini tormozlaydigan tolaning degenerasiyalanishiga yerishdi va adashgan nervning bezga yo‘nalgan tarmog‘ini ta’sirlaganida bez faoliyatining kuchayganligini kuzatadi hamda oshqozon osti bezi faoliyatiga adashgan nervning ro‘y-rost ta’sir yetishini isbotlaydi. Oshqozon osti bezidan shira ajralishini simpatik nerv tolasi ham boshqarib, biroq simpatik nerv ta’siri shira ajralishini yaxshi ta’minlay olmaydi. Oshqozon osti bezining faoliyatini boshqaruvchi markaz uzunchoq miyada joylashgan bo‘lib, bu markazga bel sigmentlaridan va qorindagi quyoshsimon to‘plomdan nerv tolalari kelgan. Oshqozon osti bezidan shira shartli reflektor yo‘l bilan ajralib chiqadi. Reflektor yo‘l bilan bir qatorda gumoral faktorlar ham ta’sir qiladi. Oshqozon va ichaklardagi xilma-xil moddalar bilan birgalikda sekretin va pankreozimin gormonlari oshqozon osti bezining faoliyatiga aktiv ta’sir ko‘rsatadi. Sekretin va
 
 
pankreozimin ingichka ichakning shilliq pardasida ishlanib chiqiladi. Jumladan, 
sekretin inaktiv prosekretin holatida hosil bo‘lib, xlorid kislota ta’sirida tez 
aktivlashadi. Bu gormon oshqozon osti bezi hujayralari faoliyatini kuchaytirib, ko‘p 
miqdorda lekin kam fermentli shira ajratadi. Pankreozimin ingichka ichak shilliq 
pardasida hosil bo‘lib, uning ta’sirida ajraladigan shiraning miqdori deyarli 
o‘zgarmasa ham, lekin tarkibida fementlar ko‘p bo‘ladi. Oshqozon osti bezining 
shira ajiratishini oshqozon-ichak sistemasidagi xilma-xil organik va yog‘ 
kislotalarining tuzlari ham kuchaytiradi. Gumoral faktorlar o‘z ta’sirini nerv 
sistemasi orqali yuzaga chiqaradi, degan ma’lumotlar asosida shira ajralishning 
ikkinchi fazasini neyroximiyaviy faza deb qaraladi. Oshqozon osti bezining faoliyati 
hayvon iste’mol qilgan ozuqa turiga muvofiqlashib va moslashib olganligi sababli 
shira ajralish dinamikasi, shiraning miqdori, tarkibi va fermentativ xususiyati hayvon 
istemol qilgan ozuqa xiliga, xarakteriga, tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Itlar och 
qoldirilganida oshqozon osti bezi shira ajratmaydi va lekin ovqat berilganda shira 
ajratib, shira ajralishi ovqat turiga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, hayvonga non, sut yoki 
go‘sht berilganda, sutga kam miqdorda shira ajrasa, go‘shtga yesa nonga qaraganda 
kamroq, ammo sutga qaraganda ko‘proq shira ajratadi. Ajralgan shiraning 
fermentativ xususiyatlari ham ozuqa turiga bog‘liq bo‘lib hayvon non yeganida 
tripsin, sut ichganida yesa tripsin bilan lipaza fermentlari ko‘proq bo‘ladi. Demak, 
oshqozon osti bezining turli ozuqalarga shira ajratish xususiyati va dinamikasi juda 
o‘xshash. Bundan tashqari, me’da shirasining kislotalik xususiyati me’da osti 
bezining ishqoriy xususiyatiga yekvivalentdir. Demak, oshqozondagi shira 
ajratadigan hujayralar faoliyati bilan oshqozon osti bezi hujayralarining faoliyati bir-
biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu hujayralar funksional jihatdan yagona 
sistemani tashkil qiladi. 
Turli qishloq xo‘jalik hayvonlarida oshqozon osti bezining shira ajratishi 
turlicha bo‘lib, kavsh qaytaruvchilar, otlar, cho‘chqalarning ingichka ichagida 
uzluksiz oziqa bo‘lganligi tufayli me’da osti bezi, to‘xtovsiz, doimiy ravishda shira 
ajratib turadi. Ozuqaning xili kavsh qaytaruvchilarda shira ajralish xarakteriga 
itlardagiga qaraganda kamroq ta’sir ko‘rsatadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar me’da 
olldi bo‘lmalarida turli ozuqalar o‘zaro aralashib, o‘ziga xos xususiyatlarni bir oz 
yo‘qotib, turli ozuqaga qanday shira ajralishini aniqlash uchun bu hayvonlarni
pankreozimin ingichka ichakning shilliq pardasida ishlanib chiqiladi. Jumladan, sekretin inaktiv prosekretin holatida hosil bo‘lib, xlorid kislota ta’sirida tez aktivlashadi. Bu gormon oshqozon osti bezi hujayralari faoliyatini kuchaytirib, ko‘p miqdorda lekin kam fermentli shira ajratadi. Pankreozimin ingichka ichak shilliq pardasida hosil bo‘lib, uning ta’sirida ajraladigan shiraning miqdori deyarli o‘zgarmasa ham, lekin tarkibida fementlar ko‘p bo‘ladi. Oshqozon osti bezining shira ajiratishini oshqozon-ichak sistemasidagi xilma-xil organik va yog‘ kislotalarining tuzlari ham kuchaytiradi. Gumoral faktorlar o‘z ta’sirini nerv sistemasi orqali yuzaga chiqaradi, degan ma’lumotlar asosida shira ajralishning ikkinchi fazasini neyroximiyaviy faza deb qaraladi. Oshqozon osti bezining faoliyati hayvon iste’mol qilgan ozuqa turiga muvofiqlashib va moslashib olganligi sababli shira ajralish dinamikasi, shiraning miqdori, tarkibi va fermentativ xususiyati hayvon istemol qilgan ozuqa xiliga, xarakteriga, tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Itlar och qoldirilganida oshqozon osti bezi shira ajratmaydi va lekin ovqat berilganda shira ajratib, shira ajralishi ovqat turiga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, hayvonga non, sut yoki go‘sht berilganda, sutga kam miqdorda shira ajrasa, go‘shtga yesa nonga qaraganda kamroq, ammo sutga qaraganda ko‘proq shira ajratadi. Ajralgan shiraning fermentativ xususiyatlari ham ozuqa turiga bog‘liq bo‘lib hayvon non yeganida tripsin, sut ichganida yesa tripsin bilan lipaza fermentlari ko‘proq bo‘ladi. Demak, oshqozon osti bezining turli ozuqalarga shira ajratish xususiyati va dinamikasi juda o‘xshash. Bundan tashqari, me’da shirasining kislotalik xususiyati me’da osti bezining ishqoriy xususiyatiga yekvivalentdir. Demak, oshqozondagi shira ajratadigan hujayralar faoliyati bilan oshqozon osti bezi hujayralarining faoliyati bir- biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu hujayralar funksional jihatdan yagona sistemani tashkil qiladi. Turli qishloq xo‘jalik hayvonlarida oshqozon osti bezining shira ajratishi turlicha bo‘lib, kavsh qaytaruvchilar, otlar, cho‘chqalarning ingichka ichagida uzluksiz oziqa bo‘lganligi tufayli me’da osti bezi, to‘xtovsiz, doimiy ravishda shira ajratib turadi. Ozuqaning xili kavsh qaytaruvchilarda shira ajralish xarakteriga itlardagiga qaraganda kamroq ta’sir ko‘rsatadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar me’da olldi bo‘lmalarida turli ozuqalar o‘zaro aralashib, o‘ziga xos xususiyatlarni bir oz yo‘qotib, turli ozuqaga qanday shira ajralishini aniqlash uchun bu hayvonlarni
 
 
ma’lum bir xildagi ozuqa bilan uzoq vaqt davomida oziqlantirish lozim bo‘ladi. 
Kavsh qaytaruvchi va itlar-da me’da osti bezi shirasining fermentlari bir xil bo‘lsada, 
lekin kavsh qaytaruvchilar me’da osti bezining shirasining fermentativ xususiyatlari 
itlarnikiga qaraganda bir oz past bo‘lib, ozuqa turiga qarab o‘zgarib turadi. 
Qoramollarning me’da osti bezidan sutka davomida o‘rtacha 6-7 l, qo‘ylarda 0,36 l, 
cho‘chqa-larda 8 l gacha shira ajraladi va qoramollar shirasida 3-4%, cho‘chqalar 
shirasida 1,2-1,4% oqsil bo‘ladi. 
 O‘t hosil bo‘lishi va chiqarilishi. O‘n ikki barmoqli ichak bo‘shlig‘iga 
oshqozon osti bezining shirasidan tashqari jigar hujayralaridan ishlanib 
chiqariladigan o‘t suyuqligi ham tushadi. Jigar hujayralarida doimo ishlanib 
turadigan bu suyuqlik mayda-mayda kapillyarlarga o‘tib ulardan jigarning 
bo‘lmalari orasidagi o‘t yo‘llariga, so‘ngra umumiy o‘t yo‘liga tushadi va oxiri o‘n 
ikki barmoqli ichakga quyiladi. Demak, o‘t suyuqligi faqatgina sekret bo‘lmasdan, 
balki yeskret hamdir. Jigar hujayralari o‘t suyuqligini tinmay hosil qilib tursada, 
ammo bu suyuqlik o‘n ikki barmoq ichakka vaqt-vaqti bilan, ya’ni ozuqa iste’mol 
qilinib, ichakda hazm bo‘layotgan paytida quyilib turadi. Ichakda ozuqa hazm 
qilinmayotgan paytda o‘t yo‘li yopiq bo‘lib, o‘n ikki barmoq ichakka o‘t suyuqligi 
tushmasdan, o‘t suyuqligi o‘t pufagida to‘planib, yig‘iladi va quyuqlashib qoladi. 
Otlar, tuyalar va shimol bug‘ilarida o‘t pufagi yo‘q, bu hayvonlarda o‘t pufagi 
vazifasini kengaygan o‘t yo‘li bajarib, bu hayvonlarning ichaklarida ozuqalar hazm 
bo‘lishi to‘xtovsiz davom yetib turadi.  
 Hayvonlar jigarida o‘t hosil bo‘lishi va uning o‘n ikki barmoq ichakka 
chiqarilishi xronik tajribalar yordamida o‘rganilgan bo‘lib, xuddi me’da osti bezi 
yo‘li tashqariga chiqarilganidek, teri ustiga chiqarib tikiladi yoki o‘t yo‘li bog‘lanib, 
o‘t pufagiga fistula qo‘yiladi. 
 O‘t yo‘lini tashqariga chiqarib tikish o‘t suyuqligining ichak bo‘shlig‘iga 
chiqarilish mexanizmini o‘rganishga imkon bersa, o‘t pufagiga fistula o‘rnatish 
jigarda o‘t suyuqligining hosil bo‘lish jarayonini o‘rganishga imkon beradi. Kerak 
bo‘lsa ikkala operasiyani bir vaqtda amalga oshirish mumkin. Lekin uzoq davom 
yetadigan tajribalarda hayvon organizmini o‘t suyuqligidan mahrum qilmaslik va 
shu tarqa uni o‘limdan saqlab qolish maqsadida o‘t yo‘li tashqariga chiqarilib tikib 
qo‘yilganda ham, o‘t pufagiga fistula o‘rnatilganida ham o‘t yo‘li yoki fistulani
ma’lum bir xildagi ozuqa bilan uzoq vaqt davomida oziqlantirish lozim bo‘ladi. Kavsh qaytaruvchi va itlar-da me’da osti bezi shirasining fermentlari bir xil bo‘lsada, lekin kavsh qaytaruvchilar me’da osti bezining shirasining fermentativ xususiyatlari itlarnikiga qaraganda bir oz past bo‘lib, ozuqa turiga qarab o‘zgarib turadi. Qoramollarning me’da osti bezidan sutka davomida o‘rtacha 6-7 l, qo‘ylarda 0,36 l, cho‘chqa-larda 8 l gacha shira ajraladi va qoramollar shirasida 3-4%, cho‘chqalar shirasida 1,2-1,4% oqsil bo‘ladi. O‘t hosil bo‘lishi va chiqarilishi. O‘n ikki barmoqli ichak bo‘shlig‘iga oshqozon osti bezining shirasidan tashqari jigar hujayralaridan ishlanib chiqariladigan o‘t suyuqligi ham tushadi. Jigar hujayralarida doimo ishlanib turadigan bu suyuqlik mayda-mayda kapillyarlarga o‘tib ulardan jigarning bo‘lmalari orasidagi o‘t yo‘llariga, so‘ngra umumiy o‘t yo‘liga tushadi va oxiri o‘n ikki barmoqli ichakga quyiladi. Demak, o‘t suyuqligi faqatgina sekret bo‘lmasdan, balki yeskret hamdir. Jigar hujayralari o‘t suyuqligini tinmay hosil qilib tursada, ammo bu suyuqlik o‘n ikki barmoq ichakka vaqt-vaqti bilan, ya’ni ozuqa iste’mol qilinib, ichakda hazm bo‘layotgan paytida quyilib turadi. Ichakda ozuqa hazm qilinmayotgan paytda o‘t yo‘li yopiq bo‘lib, o‘n ikki barmoq ichakka o‘t suyuqligi tushmasdan, o‘t suyuqligi o‘t pufagida to‘planib, yig‘iladi va quyuqlashib qoladi. Otlar, tuyalar va shimol bug‘ilarida o‘t pufagi yo‘q, bu hayvonlarda o‘t pufagi vazifasini kengaygan o‘t yo‘li bajarib, bu hayvonlarning ichaklarida ozuqalar hazm bo‘lishi to‘xtovsiz davom yetib turadi. Hayvonlar jigarida o‘t hosil bo‘lishi va uning o‘n ikki barmoq ichakka chiqarilishi xronik tajribalar yordamida o‘rganilgan bo‘lib, xuddi me’da osti bezi yo‘li tashqariga chiqarilganidek, teri ustiga chiqarib tikiladi yoki o‘t yo‘li bog‘lanib, o‘t pufagiga fistula qo‘yiladi. O‘t yo‘lini tashqariga chiqarib tikish o‘t suyuqligining ichak bo‘shlig‘iga chiqarilish mexanizmini o‘rganishga imkon bersa, o‘t pufagiga fistula o‘rnatish jigarda o‘t suyuqligining hosil bo‘lish jarayonini o‘rganishga imkon beradi. Kerak bo‘lsa ikkala operasiyani bir vaqtda amalga oshirish mumkin. Lekin uzoq davom yetadigan tajribalarda hayvon organizmini o‘t suyuqligidan mahrum qilmaslik va shu tarqa uni o‘limdan saqlab qolish maqsadida o‘t yo‘li tashqariga chiqarilib tikib qo‘yilganda ham, o‘t pufagiga fistula o‘rnatilganida ham o‘t yo‘li yoki fistulani
 
 
maxsus shisha naycha yordamida o‘n ikki barmoqli ichakka o‘rnatilgan ikkinchi 
fistulaga tashqaridan ulab qo‘ysa bo‘ladi. Bu operasiya o‘t suyuqligini faqat tajriba 
vaqtida olishga, tajribadan boshqa vaqtda yesa uning ichakka quyilib turishiga 
sharoit yaratadi. Kavsh qaytaruvchilar o‘t yo‘li bilan me’da osti bezining yo‘li o‘n 
ikki barmoq ichakka birgalikda ochilganligi sababli o‘t pufagiga fistula qo‘yilganda 
o‘t yo‘lini yuqoriroqdan, ya’ni me’da osti bezining yo‘li bilan birlashmagan joyidan 
bog‘lash kerak bo‘ladi. 
 O‘t va uning ahamiyati. Ovqat hazm qilish uchun o‘t juda muhim 
ahamiyatga yega bo‘lib, uning ikki xili: jigar o‘ti va pufak o‘ti farq qilinadi. Jigar 
o‘ti jigar hujayralaridan ishlanib chiqqan, ammo hali o‘t pufagiga kelib quyulmagan 
o‘tdir. U ancha tiniq, och sariq, och yashil rangli suyuqlikdir. Solishtirma og‘irligi 
1,009-1,031 rN-7,5 ga teng, ishqoriy muhitga yega. Uning tarkibida 96-99% suv 
bo‘ladi. Pufak o‘ti pufakka kelib quyilganidan keyin suvning ma’lum qismi qayta 
so‘rilib, ancha quyuq, qoramtir tusga kirgan suyuqlikdir. Solish-tirma og‘irligi 
1,026-1,048 ga teng, unda rN-6,8 bo‘ladi. tarkibida 80-86% suv va pufakning shiliq 
pardasidan ajralgan shilimshiq bo‘ladi. O‘t tarkibida hazm yo‘lining boshqa suyuqlik 
va shiralari tarkibida ham uchraydigan bir qancha nospesifik moddalardan tashqari 
o‘t suyuqligining o‘zi uchungina xos bo‘lgan spesifik organik moddalar, ya’ni o‘t 
pigmentlari va o‘t kislotalari ham bor. O‘t kislotasi xolat kislota deb ataladi, glikokol 
bilan birikib glikoxolat kislotani va taurin bilan birikib, tauroxolat kislotani hosil 
qiladi. Hazm jarayonlarining ko‘pgina tomonlari ana shu kislotalarga bog‘liq. 
Jumladan o‘t kislotalarining natriyli tuzlari suv va yog‘larining yuza tarangligini 
pasayti-rib, yog‘larning yemullanishiga yordam beradi, bundan tashqari, yog‘ 
donachalarining bir-biriga yopishib olib, yiriklashishiga qarshilik qiladi. Bu 
kislotalar lipaza va kamroq darajada bo‘lsa ham amilolitik va proteolitik fermentlarni 
aktivlashtiradi, ichak motorikasini jonlantiradi. O‘t kislotalari yog‘ va yog‘ 
kislotalarining ichak devori orqali limfa va qonga so‘rilishidan katta ahami-yatga 
yegadir. Chunki yog‘ kislotalari faqat o‘t kislotalar bilan birikib, suvda yeriydigan 
kompleks birikmalar hosil qilganidan keyingina so‘riladigan holga keladi. 
 O‘t pigmentlari ikki xil bo‘ladi: bilirubin va uning oksidlanishidan hosil 
bo‘ladigan biliverdin. Bu pigmentlar gemoglobinning parchalanishidan yuzaga 
keladigan mahsulotlardir. O‘t pigmentlari suyuqligiga o‘ziga xos rangni beradi.
maxsus shisha naycha yordamida o‘n ikki barmoqli ichakka o‘rnatilgan ikkinchi fistulaga tashqaridan ulab qo‘ysa bo‘ladi. Bu operasiya o‘t suyuqligini faqat tajriba vaqtida olishga, tajribadan boshqa vaqtda yesa uning ichakka quyilib turishiga sharoit yaratadi. Kavsh qaytaruvchilar o‘t yo‘li bilan me’da osti bezining yo‘li o‘n ikki barmoq ichakka birgalikda ochilganligi sababli o‘t pufagiga fistula qo‘yilganda o‘t yo‘lini yuqoriroqdan, ya’ni me’da osti bezining yo‘li bilan birlashmagan joyidan bog‘lash kerak bo‘ladi. O‘t va uning ahamiyati. Ovqat hazm qilish uchun o‘t juda muhim ahamiyatga yega bo‘lib, uning ikki xili: jigar o‘ti va pufak o‘ti farq qilinadi. Jigar o‘ti jigar hujayralaridan ishlanib chiqqan, ammo hali o‘t pufagiga kelib quyulmagan o‘tdir. U ancha tiniq, och sariq, och yashil rangli suyuqlikdir. Solishtirma og‘irligi 1,009-1,031 rN-7,5 ga teng, ishqoriy muhitga yega. Uning tarkibida 96-99% suv bo‘ladi. Pufak o‘ti pufakka kelib quyilganidan keyin suvning ma’lum qismi qayta so‘rilib, ancha quyuq, qoramtir tusga kirgan suyuqlikdir. Solish-tirma og‘irligi 1,026-1,048 ga teng, unda rN-6,8 bo‘ladi. tarkibida 80-86% suv va pufakning shiliq pardasidan ajralgan shilimshiq bo‘ladi. O‘t tarkibida hazm yo‘lining boshqa suyuqlik va shiralari tarkibida ham uchraydigan bir qancha nospesifik moddalardan tashqari o‘t suyuqligining o‘zi uchungina xos bo‘lgan spesifik organik moddalar, ya’ni o‘t pigmentlari va o‘t kislotalari ham bor. O‘t kislotasi xolat kislota deb ataladi, glikokol bilan birikib glikoxolat kislotani va taurin bilan birikib, tauroxolat kislotani hosil qiladi. Hazm jarayonlarining ko‘pgina tomonlari ana shu kislotalarga bog‘liq. Jumladan o‘t kislotalarining natriyli tuzlari suv va yog‘larining yuza tarangligini pasayti-rib, yog‘larning yemullanishiga yordam beradi, bundan tashqari, yog‘ donachalarining bir-biriga yopishib olib, yiriklashishiga qarshilik qiladi. Bu kislotalar lipaza va kamroq darajada bo‘lsa ham amilolitik va proteolitik fermentlarni aktivlashtiradi, ichak motorikasini jonlantiradi. O‘t kislotalari yog‘ va yog‘ kislotalarining ichak devori orqali limfa va qonga so‘rilishidan katta ahami-yatga yegadir. Chunki yog‘ kislotalari faqat o‘t kislotalar bilan birikib, suvda yeriydigan kompleks birikmalar hosil qilganidan keyingina so‘riladigan holga keladi. O‘t pigmentlari ikki xil bo‘ladi: bilirubin va uning oksidlanishidan hosil bo‘ladigan biliverdin. Bu pigmentlar gemoglobinning parchalanishidan yuzaga keladigan mahsulotlardir. O‘t pigmentlari suyuqligiga o‘ziga xos rangni beradi.
 
 
Jumladan, bilirubin o‘tga sariq tus bersa, biliverdin yashil tus beradi. O‘t suyuqligida 
pigmentlarning ko‘proq bo‘lishiga qarab turli hayvonlar o‘tining rangi qoramtir 
yashil bo‘lsa, yetxo‘r hayvonlar o‘tining rangi qizg‘ish sariqdir. Chunki o‘txo‘r 
hayvonlarning o‘tida biliverdin doimo birmuncha ko‘p bo‘ladi. O‘tning nospesifik 
moddalariga uning tarkibida uchraydigan xolesterin, fosfatidlar, yerkin va 
sovunlashgan yog‘lar, oqsillarning parchalanishi tufayli hosil bo‘lgan mochevina, 
siydik kislota, purin asoslari kabi moddalar, shuningdek, natriy, kaliy va kalsiyning 
karbonatli hamda fosfatli tuzlari kiradi. 
 O‘tning chiqarilishi.  Hayvon ovqat yemay turgan paytda o‘t yo‘lining o‘n 
ikki barmoq ichakka ochiladigan joyidagi sfinkter yopiq bo‘lganligi sababli o‘t 
suyuqligi ichakka chiqmay turadi. Bu vaqtda o‘t o‘t pufagi va keng diametrli o‘t 
yo‘llarida to‘planib boradi. Hayvon ovqat yeganidan 5-10 minut o‘tishi bilan ichakka 
o‘t chiqarila boshlaydi va o‘t chiqarilishi 6-8 soat davom yetadi. Ichakka dastlab 
pufak o‘ti chiqariladi, shu sababli ichakka chiqarilayotgan o‘tning birinchi 
porsiyalari qoramtir va birmuncha quyuq bo‘ladi. Pufak o‘ti chiqib bo‘lishi bilan 
jigar o‘ti chiqa boshlaydi. Shuning uchun keyingi o‘t porsiyalari och sariq rangli va 
bir oz suyuqroq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining o‘ti bir oz suyuqroq bo‘ladi. 
Qishloq xo‘jalik hayvonlarining o‘t chiqarishi bir tekisda bo‘lmasada, uzluksiz 
davom yetib turadi va shu jihatdan itlarning o‘t chiqarishidan farq qiladi. Chunki 
qishloq xo‘jalik hayvonlarining ichagi odatda hech bo‘sh bo‘lmaydi, hazm 
jarayonlari 
to‘xtovsiz 
sodir 
bo‘lib 
turadi. 
O‘tning 
chiqarilishi 
hayvon 
oziqlanayotganda keskin kuchayib, och qolganida ozmi-ko‘pmi susayadi. Sutka 
davomida itlar o‘rtacha 250-300 ml, qo‘y va yechkilar 1,0-1,5 l gacha, qoramollar 
7,0-9,5 l, cho‘chqalar 2,4-3,8 l, otlar yesa 6,0-7,2 l o‘tni o‘n ikki barmoq ichakka 
chiqaradi. 
 O‘tning hosil bo‘lishi va o‘n ikki barmoq ichakka chiqarilishiga bir qancha 
omillar ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, o‘t hosil bo‘lishi hayvonlarning yoshi va iste’mol 
qiladigan oziqalarning xiliga bog‘liq. P.T.Tixonovning ma’lumotlariga qaraganda 
o‘t o‘n ikki barmoq ichakka muntazam ravishda chiqib turganida o‘t hosil bo‘lishi 
ham ancha jadal kechadi. 
 O‘t chiqishi hayvonlarning individual rivojlanish davrida ham o‘zgarib 
turadi. Jumladan, buzoqlar hayotning birinchi uch oyida o‘t hosil bo‘lishi asta-sekin
Jumladan, bilirubin o‘tga sariq tus bersa, biliverdin yashil tus beradi. O‘t suyuqligida pigmentlarning ko‘proq bo‘lishiga qarab turli hayvonlar o‘tining rangi qoramtir yashil bo‘lsa, yetxo‘r hayvonlar o‘tining rangi qizg‘ish sariqdir. Chunki o‘txo‘r hayvonlarning o‘tida biliverdin doimo birmuncha ko‘p bo‘ladi. O‘tning nospesifik moddalariga uning tarkibida uchraydigan xolesterin, fosfatidlar, yerkin va sovunlashgan yog‘lar, oqsillarning parchalanishi tufayli hosil bo‘lgan mochevina, siydik kislota, purin asoslari kabi moddalar, shuningdek, natriy, kaliy va kalsiyning karbonatli hamda fosfatli tuzlari kiradi. O‘tning chiqarilishi. Hayvon ovqat yemay turgan paytda o‘t yo‘lining o‘n ikki barmoq ichakka ochiladigan joyidagi sfinkter yopiq bo‘lganligi sababli o‘t suyuqligi ichakka chiqmay turadi. Bu vaqtda o‘t o‘t pufagi va keng diametrli o‘t yo‘llarida to‘planib boradi. Hayvon ovqat yeganidan 5-10 minut o‘tishi bilan ichakka o‘t chiqarila boshlaydi va o‘t chiqarilishi 6-8 soat davom yetadi. Ichakka dastlab pufak o‘ti chiqariladi, shu sababli ichakka chiqarilayotgan o‘tning birinchi porsiyalari qoramtir va birmuncha quyuq bo‘ladi. Pufak o‘ti chiqib bo‘lishi bilan jigar o‘ti chiqa boshlaydi. Shuning uchun keyingi o‘t porsiyalari och sariq rangli va bir oz suyuqroq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining o‘ti bir oz suyuqroq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining o‘t chiqarishi bir tekisda bo‘lmasada, uzluksiz davom yetib turadi va shu jihatdan itlarning o‘t chiqarishidan farq qiladi. Chunki qishloq xo‘jalik hayvonlarining ichagi odatda hech bo‘sh bo‘lmaydi, hazm jarayonlari to‘xtovsiz sodir bo‘lib turadi. O‘tning chiqarilishi hayvon oziqlanayotganda keskin kuchayib, och qolganida ozmi-ko‘pmi susayadi. Sutka davomida itlar o‘rtacha 250-300 ml, qo‘y va yechkilar 1,0-1,5 l gacha, qoramollar 7,0-9,5 l, cho‘chqalar 2,4-3,8 l, otlar yesa 6,0-7,2 l o‘tni o‘n ikki barmoq ichakka chiqaradi. O‘tning hosil bo‘lishi va o‘n ikki barmoq ichakka chiqarilishiga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, o‘t hosil bo‘lishi hayvonlarning yoshi va iste’mol qiladigan oziqalarning xiliga bog‘liq. P.T.Tixonovning ma’lumotlariga qaraganda o‘t o‘n ikki barmoq ichakka muntazam ravishda chiqib turganida o‘t hosil bo‘lishi ham ancha jadal kechadi. O‘t chiqishi hayvonlarning individual rivojlanish davrida ham o‘zgarib turadi. Jumladan, buzoqlar hayotning birinchi uch oyida o‘t hosil bo‘lishi asta-sekin
 
 
kuchayib boradi, shundan keyin yesa bunday qonuniyat ko‘zga tashlanmaydi. Non, 
sut va go‘sht iste’mol qilganda me’da shirasining ajralishi bu ozuqalarni yeganda 
qanday o‘zgarmagan bo‘lsa, o‘tning hosil bo‘lishi va chiqarilishi ham o‘shanda y 
o‘zgaradi.  
 O‘t hosil bo‘lishi va chiqarilishi neyrogumoral yo‘l bilan muntazam 
boshqarilib boradi va organizmning extiyojiga moslashtiriladi. Ozuqaning ichakka 
chiqarilishiga sabab bo‘ladigan reflektor reaksiya adashgan nervni qo‘zg‘atadi, 
natijada o‘t pufagi, o‘t yo‘llarining silliq muskul tolalari qisqaradi va o‘t yo‘lining 
ichak devoriga quyilish joyidagi sfinkter ochilib, o‘t ichakka tushadi. Simpatik 
nervning qo‘zg‘alishi pufak devorining bo‘shashishiga va sfinkterning yopilishiga 
olib keladi, natijada o‘tning ichakka chiqarilishi to‘xtaydi. O‘tning reflektor yo‘l 
bilan ichakka chiqarilishida, pufakning o‘t bilan nechog‘li to‘lganligi ham katta rol 
o‘ynaydi. Jumladan, o‘t pufaki o‘t bilan qancha yaxshi to‘lgan bo‘lsa, uning 
devoridagi retseptorlar shuncha tez ta’sirlanib, o‘t reflektor yo‘l bilan shuncha tez 
chiqadi. O‘t hosil bo‘lishi va uning chiqarilishiga shartli reflektor faoliyat ham ta’sir 
qiladi. Jumladan, «yolg‘ondakam oziqlantirish» paytida o‘t hosil bo‘lishi va 
chiqarilishi kuchayadi. Odatdagi shroitda hayvonning oziqalanishiga aloqador 
xilma-xil ta’sirotlar munosabati bilan o‘tning ichakka chiqarilishiga va hosil 
bo‘lishiga oid shartli reflekslar hosil bo‘lib turadi. O‘tning chiqarilishi shartli 
reflektor ravishda amalga oshishi bilan birga shartli reflektor yo‘l bilan tezda 
tormozlanadi ham. Masalan, ovqat yeb turgan itga mushukni ko‘rsasak, o‘t 
chiqarilishi reflektor ravishda taqqa to‘xtaydi. Bunda simpatik nerv sistemasining 
qo‘zg‘alishi o‘t chiqarilishining to‘xtashiga sabab bo‘ladi.  
 Nerv sistemasidan tashqari o‘t hosil bo‘lishi va uning ichakka chiqarilishiga 
xilma-xil gumoral faktorlar, har xil moddalar ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, o‘t 
suyuqligining o‘zi, o‘t kislotalari, gastrin, sekretin, xlorid kislota va ozuqa tarkibida 
bo‘ladigan har xil yekstrakt moddalar o‘t hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Ingichka 
ichakning shiliq pardasidan ajraladigan gormon xolesistokinin qonga so‘rilib, o‘t 
pufagining qisqarishini va o‘t yo‘li sfinkterning ochilishini ta’minlaydi. Gipofizning 
ayrim gormonlari ham xuddi shu xilda ta’sir ko‘rsatadi. Buyrak usti bezining 
adrenalin gormoni yesa xuddi simpatik nerv singari ta’sir ko‘rsatib, o‘t chiqarilishini 
tormozlaydi.
kuchayib boradi, shundan keyin yesa bunday qonuniyat ko‘zga tashlanmaydi. Non, sut va go‘sht iste’mol qilganda me’da shirasining ajralishi bu ozuqalarni yeganda qanday o‘zgarmagan bo‘lsa, o‘tning hosil bo‘lishi va chiqarilishi ham o‘shanda y o‘zgaradi. O‘t hosil bo‘lishi va chiqarilishi neyrogumoral yo‘l bilan muntazam boshqarilib boradi va organizmning extiyojiga moslashtiriladi. Ozuqaning ichakka chiqarilishiga sabab bo‘ladigan reflektor reaksiya adashgan nervni qo‘zg‘atadi, natijada o‘t pufagi, o‘t yo‘llarining silliq muskul tolalari qisqaradi va o‘t yo‘lining ichak devoriga quyilish joyidagi sfinkter ochilib, o‘t ichakka tushadi. Simpatik nervning qo‘zg‘alishi pufak devorining bo‘shashishiga va sfinkterning yopilishiga olib keladi, natijada o‘tning ichakka chiqarilishi to‘xtaydi. O‘tning reflektor yo‘l bilan ichakka chiqarilishida, pufakning o‘t bilan nechog‘li to‘lganligi ham katta rol o‘ynaydi. Jumladan, o‘t pufaki o‘t bilan qancha yaxshi to‘lgan bo‘lsa, uning devoridagi retseptorlar shuncha tez ta’sirlanib, o‘t reflektor yo‘l bilan shuncha tez chiqadi. O‘t hosil bo‘lishi va uning chiqarilishiga shartli reflektor faoliyat ham ta’sir qiladi. Jumladan, «yolg‘ondakam oziqlantirish» paytida o‘t hosil bo‘lishi va chiqarilishi kuchayadi. Odatdagi shroitda hayvonning oziqalanishiga aloqador xilma-xil ta’sirotlar munosabati bilan o‘tning ichakka chiqarilishiga va hosil bo‘lishiga oid shartli reflekslar hosil bo‘lib turadi. O‘tning chiqarilishi shartli reflektor ravishda amalga oshishi bilan birga shartli reflektor yo‘l bilan tezda tormozlanadi ham. Masalan, ovqat yeb turgan itga mushukni ko‘rsasak, o‘t chiqarilishi reflektor ravishda taqqa to‘xtaydi. Bunda simpatik nerv sistemasining qo‘zg‘alishi o‘t chiqarilishining to‘xtashiga sabab bo‘ladi. Nerv sistemasidan tashqari o‘t hosil bo‘lishi va uning ichakka chiqarilishiga xilma-xil gumoral faktorlar, har xil moddalar ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, o‘t suyuqligining o‘zi, o‘t kislotalari, gastrin, sekretin, xlorid kislota va ozuqa tarkibida bo‘ladigan har xil yekstrakt moddalar o‘t hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Ingichka ichakning shiliq pardasidan ajraladigan gormon xolesistokinin qonga so‘rilib, o‘t pufagining qisqarishini va o‘t yo‘li sfinkterning ochilishini ta’minlaydi. Gipofizning ayrim gormonlari ham xuddi shu xilda ta’sir ko‘rsatadi. Buyrak usti bezining adrenalin gormoni yesa xuddi simpatik nerv singari ta’sir ko‘rsatib, o‘t chiqarilishini tormozlaydi.
 
 
 Oziqalarning ingichka ichakda hazm bo‘lishi-me’dada tegishlicha hazm 
bo‘lgan oziqalar belgili qonuniyat asosida ingichka ichakkaga ya’ni o‘n ikki barmoq, 
och va yonbosh ichaklarga o‘tkazilib, bu yerda atroflicha hazm qilinadi. Ingichka 
ichakda ozuqaga me’da osti bezi hamda ichak shiralaridagi xilma-xil fermentlar 
shiddat bilan ta’sir qilib, hazm sistemaning bu qismida oziqalarning hazm bo‘lishida 
o‘t suyuqligi ham ishtirok yetadi. Oqibatda me’dadan o‘tgan oziqalar ingichka 
ichakda o‘zining barcha tarkibiy qismlariga parchalanadi. Oziqalar ingichka ichakda 
xilma-xil suyuqliklar bilan yaxshi aralashib, bir jinsli atalaga o‘xshab uni ximus 
deyiladi. Turli xil hayvonlar ingichka ichakda 1 kg quruq oziqaga nisbatan bir xil 
miqdorda, ya’ni 14,5-15,0 litr atrofida ximus hosil bo‘ladi. O‘rtacha qoramollarda 
ximusning kundalik miqdori 250-300 l, qo‘ylarda 28-50 l,otlarda 260-265 l, 
cho‘chqalarda yesa 75-80 l atrofida bo‘ladi. Ximusning tarkibi o‘zgarmas bo‘lib, bir 
xil me’yorda saqlanib, ximus tarkibining mo‘tadilligida ichakka chiqarilayotgan 
hazm shiralarining tarkibidagi har-xil organik va anorganik moddalarning ahamiyati 
benihoya katta va sutka davomida hazm shiralari bilan birgalikda sigirlar ichagiga 
500-700 g gacha oqsil chiqadi. 
 Ingichka ichakda kechayotgan hazm jarayonlarida xilma-xil fermentlar go‘yo 
o‘zaro raqobat qilganday ta’sir ko‘rsatib, benihoya murakkab, hazm jarayonining bir 
muncha pirovard va eng muhim bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Ingichka ichak ichidagi 
mahsulotni-ximusni tashqariga chiqarilishi hayot uchun juda xavflidir. Fistula orqali 
ximusning ozmi-ko‘pmi tashqariga chiqarilishi, tezda qonning tarkibida o‘z ifodasini 
topadi. Qonning suyuq qismi tezda ichakka chiqariladi, oqibatda qonda yeritrositlar, 
demak gemoglobin ko‘payadi-«qon quyuqlashadi». Ximusning batamom tashqariga 
chiqarilishi muqarrar ravishda organizmning halokatiga sabab bo‘ladi. 
 Oziqaning 
ichak 
devorida 
hazm 
bo‘lishi. 
Oziqaning 
hazm 
bo‘lishliqlaridan-og‘izda, me’dada, ichakda hazm bo‘lishini ko‘rib keldik. Lekin 
bular hazm jarayonlarinting nihoyasiga yetmagan bosqichlaridir. Ichakda atroflicha 
hazm bo‘lgan oziqalar pirovardida ichak devorida, shilliq pardadagi fermentlarning 
ta’sirida batamom parchalanadi va so‘riladi. Oziqalarning ichak devorida hazm 
bo‘lishini dastlab A.M.Ugolev va boshqa laboratoriya xodimlari aniqladilar. Keyingi 
paytlarda o‘tkazilgan tekshirishlar tufayli ichaklardagi so‘rg‘ichlar – vorsinkalar 
yuzasida, nihoyatda mayda so‘rg‘ichlar-mikrovorsinkalar borligi aniqlandi. Bitta
Oziqalarning ingichka ichakda hazm bo‘lishi-me’dada tegishlicha hazm bo‘lgan oziqalar belgili qonuniyat asosida ingichka ichakkaga ya’ni o‘n ikki barmoq, och va yonbosh ichaklarga o‘tkazilib, bu yerda atroflicha hazm qilinadi. Ingichka ichakda ozuqaga me’da osti bezi hamda ichak shiralaridagi xilma-xil fermentlar shiddat bilan ta’sir qilib, hazm sistemaning bu qismida oziqalarning hazm bo‘lishida o‘t suyuqligi ham ishtirok yetadi. Oqibatda me’dadan o‘tgan oziqalar ingichka ichakda o‘zining barcha tarkibiy qismlariga parchalanadi. Oziqalar ingichka ichakda xilma-xil suyuqliklar bilan yaxshi aralashib, bir jinsli atalaga o‘xshab uni ximus deyiladi. Turli xil hayvonlar ingichka ichakda 1 kg quruq oziqaga nisbatan bir xil miqdorda, ya’ni 14,5-15,0 litr atrofida ximus hosil bo‘ladi. O‘rtacha qoramollarda ximusning kundalik miqdori 250-300 l, qo‘ylarda 28-50 l,otlarda 260-265 l, cho‘chqalarda yesa 75-80 l atrofida bo‘ladi. Ximusning tarkibi o‘zgarmas bo‘lib, bir xil me’yorda saqlanib, ximus tarkibining mo‘tadilligida ichakka chiqarilayotgan hazm shiralarining tarkibidagi har-xil organik va anorganik moddalarning ahamiyati benihoya katta va sutka davomida hazm shiralari bilan birgalikda sigirlar ichagiga 500-700 g gacha oqsil chiqadi. Ingichka ichakda kechayotgan hazm jarayonlarida xilma-xil fermentlar go‘yo o‘zaro raqobat qilganday ta’sir ko‘rsatib, benihoya murakkab, hazm jarayonining bir muncha pirovard va eng muhim bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Ingichka ichak ichidagi mahsulotni-ximusni tashqariga chiqarilishi hayot uchun juda xavflidir. Fistula orqali ximusning ozmi-ko‘pmi tashqariga chiqarilishi, tezda qonning tarkibida o‘z ifodasini topadi. Qonning suyuq qismi tezda ichakka chiqariladi, oqibatda qonda yeritrositlar, demak gemoglobin ko‘payadi-«qon quyuqlashadi». Ximusning batamom tashqariga chiqarilishi muqarrar ravishda organizmning halokatiga sabab bo‘ladi. Oziqaning ichak devorida hazm bo‘lishi. Oziqaning hazm bo‘lishliqlaridan-og‘izda, me’dada, ichakda hazm bo‘lishini ko‘rib keldik. Lekin bular hazm jarayonlarinting nihoyasiga yetmagan bosqichlaridir. Ichakda atroflicha hazm bo‘lgan oziqalar pirovardida ichak devorida, shilliq pardadagi fermentlarning ta’sirida batamom parchalanadi va so‘riladi. Oziqalarning ichak devorida hazm bo‘lishini dastlab A.M.Ugolev va boshqa laboratoriya xodimlari aniqladilar. Keyingi paytlarda o‘tkazilgan tekshirishlar tufayli ichaklardagi so‘rg‘ichlar – vorsinkalar yuzasida, nihoyatda mayda so‘rg‘ichlar-mikrovorsinkalar borligi aniqlandi. Bitta
 
 
vorsinkada, balandligi 0,55-1,1 mkm, yo‘g‘onligi 0,05 - 0,08 mkm bo‘lgan 
mikrovorsinkalar to 3000 tagacha joylashishi mumkin. Mikrovorsinkalar vorsinkalar 
yuzasini juda zich qoplab olib, u yerda jiyakka o‘xshash tuzilmani hosil qilib, shu 
jiyakka o‘xshash tuzilmada nihoyatda xilma-xil fermentlar mavjud. Bu jiyakli 
tuzilmada ishqoriy va kislotali fosfatazalar, aminopeptidazalar, lipaza, gistaminaza 
va 
boshqa 
fermentlar 
borligi 
aniqlangan. 
Mikrovorsinkalarning 
orasida 
mikroporalar-elektron mikroskopda ko‘rinadigan mikroskopik teshikchalar bor. 
Ichakning ichida tegishlicha hazm bo‘lgan oziqa zarrachalari so‘rilishga intilib, 
ichak devoridagi vorsinkalarga yondoshadi va bu vaqtda jiyakli tuzilmaga, 
mikrovorsinkalarga duchor keladi. Oqibatda u yerdagi fermentlar ta’siriga uchraydi 
va batamom parchalanib mikroporalar orqali so‘riladi. Oziqa zarrachalari faqat 
mikroporalardan o‘ta oladigan darajaga keltirilgandan keyingina so‘rilishi mumkin, 
aks holda ichak ichiga yana qaytariladi, yoxud jiyakli tuzilmadagi fermentlar 
ta’sirida parchalanadi. Jiyakli tuzilmada oziqa bilan keltirilayotgan fermentlarning 
aktivlashishi, faollashishi uchun hamma sharoit bor. Shu sababli bu yerda oziqa bilan 
keltirilayotgan fermentlar ham o‘z ta’sirini bemalol namoyon qilaveradi. Keyingi 
paytdagi ma’lumotlar jiyakli tuzilmadagi fermentlarning ancha shiddatliligini 
ularning hazm bo‘shliqlaridagi fermentlardan ancha kuchliligini va muhit 
o‘zgarishini farqlamasligini isbotladi. Demak, jiyakli tuzilmaga, mikrovorsinkalarga 
kelayotgan oziqa zarrachalari nihoyatda xilma-xil bo‘lishi bilan birgalikda, ancha 
kuchli fermentlarning ta’siriga duchor bo‘ladilar va parchalanishga majbur bo‘ladi. 
Qayd qilinganlarning hammasi oziqalarning ichak devorida hazm bo‘lishi benihoya 
keng yuza bo‘ylab, juda jadal ravishda kechishidan dalolat beradi. Oziqalar 
hazmining 20-50% hazm bo‘shliqlarida sodir bo‘lsa, 50-80% hazm sistemasining 
devorlarida, me’da devorida, kavsh qaytaruvchi hayvonlarning me’da oldi 
bo‘lmalarining devorlarida sodir bo‘lib, shulardan birmuncha faolli bo‘lib, ichak 
devorida kuzatiladigan ovqat hazmi juda salmoqli o‘rinni yegallaydi. 
 Yo‘g‘on ichakda oziqa hazm bo‘lishi. Yo‘g‘on ichak hazm sistemaning 
pirovard qismi bo‘lib, uning ko‘r ichak, chambar ichak va to‘g‘ri ichak degan 
qismlari bor. Ingichka ichakning oxirgi qismi yonbosh ichak bilan yo‘g‘on ichakning 
boshlang‘ich qismi bo‘lgan ko‘richakning oralig‘ida maxsus ileosekal sfinkter bor. 
Bu sfinkter har 30-60 sekundda davriy ravishda ochilib-yopilib turadi va
vorsinkada, balandligi 0,55-1,1 mkm, yo‘g‘onligi 0,05 - 0,08 mkm bo‘lgan mikrovorsinkalar to 3000 tagacha joylashishi mumkin. Mikrovorsinkalar vorsinkalar yuzasini juda zich qoplab olib, u yerda jiyakka o‘xshash tuzilmani hosil qilib, shu jiyakka o‘xshash tuzilmada nihoyatda xilma-xil fermentlar mavjud. Bu jiyakli tuzilmada ishqoriy va kislotali fosfatazalar, aminopeptidazalar, lipaza, gistaminaza va boshqa fermentlar borligi aniqlangan. Mikrovorsinkalarning orasida mikroporalar-elektron mikroskopda ko‘rinadigan mikroskopik teshikchalar bor. Ichakning ichida tegishlicha hazm bo‘lgan oziqa zarrachalari so‘rilishga intilib, ichak devoridagi vorsinkalarga yondoshadi va bu vaqtda jiyakli tuzilmaga, mikrovorsinkalarga duchor keladi. Oqibatda u yerdagi fermentlar ta’siriga uchraydi va batamom parchalanib mikroporalar orqali so‘riladi. Oziqa zarrachalari faqat mikroporalardan o‘ta oladigan darajaga keltirilgandan keyingina so‘rilishi mumkin, aks holda ichak ichiga yana qaytariladi, yoxud jiyakli tuzilmadagi fermentlar ta’sirida parchalanadi. Jiyakli tuzilmada oziqa bilan keltirilayotgan fermentlarning aktivlashishi, faollashishi uchun hamma sharoit bor. Shu sababli bu yerda oziqa bilan keltirilayotgan fermentlar ham o‘z ta’sirini bemalol namoyon qilaveradi. Keyingi paytdagi ma’lumotlar jiyakli tuzilmadagi fermentlarning ancha shiddatliligini ularning hazm bo‘shliqlaridagi fermentlardan ancha kuchliligini va muhit o‘zgarishini farqlamasligini isbotladi. Demak, jiyakli tuzilmaga, mikrovorsinkalarga kelayotgan oziqa zarrachalari nihoyatda xilma-xil bo‘lishi bilan birgalikda, ancha kuchli fermentlarning ta’siriga duchor bo‘ladilar va parchalanishga majbur bo‘ladi. Qayd qilinganlarning hammasi oziqalarning ichak devorida hazm bo‘lishi benihoya keng yuza bo‘ylab, juda jadal ravishda kechishidan dalolat beradi. Oziqalar hazmining 20-50% hazm bo‘shliqlarida sodir bo‘lsa, 50-80% hazm sistemasining devorlarida, me’da devorida, kavsh qaytaruvchi hayvonlarning me’da oldi bo‘lmalarining devorlarida sodir bo‘lib, shulardan birmuncha faolli bo‘lib, ichak devorida kuzatiladigan ovqat hazmi juda salmoqli o‘rinni yegallaydi. Yo‘g‘on ichakda oziqa hazm bo‘lishi. Yo‘g‘on ichak hazm sistemaning pirovard qismi bo‘lib, uning ko‘r ichak, chambar ichak va to‘g‘ri ichak degan qismlari bor. Ingichka ichakning oxirgi qismi yonbosh ichak bilan yo‘g‘on ichakning boshlang‘ich qismi bo‘lgan ko‘richakning oralig‘ida maxsus ileosekal sfinkter bor. Bu sfinkter har 30-60 sekundda davriy ravishda ochilib-yopilib turadi va
 
 
oziqalarning faqat bir tomonga, ya’ni yonbosh ichakdan ko‘richakka o‘tkazilishini 
ta’minlaydi. Shunday qilib, ingichka ichaklarda so‘rilmagan mahuslotlar ana shu 
sfinkter orqali ko‘r ichakka o‘tkaziladi, shundan keyin bu oziqalar yo‘g‘on ichakda 
hazm bo‘lishda davom yetadi. Oziqalar yo‘g‘on ichakda, yo‘g‘on ichak shirasidagi 
fermentlar, ingichka ichakdan oziqa bilan keltirilgan fermentlar va bakteriyalarning 
fermentlari ta’sirida hazm bo‘ladi. Ayniqsa, o‘txo‘r hayvonlarning yo‘g‘on ichagida 
kechadigan jarayonlar diqqatga sazovordir. Chunki go‘shxr hayvonlarda 
oziqalarning asosiy qismi ingichka ichaklarda tamomila hazm bo‘lib, so‘rilganligi 
sababli, yo‘g‘on ichakda kechadigan hazm jarayonlari deyarli ahamiyatga yega 
emas. 
 Yo‘g‘on ichakning devoridagi qadoqsimon hujayralar uzluksiz ravishda 
ishqoriy muhitli shira ajratib turadi. Demak, yo‘g‘on ichakdagi muhit ham ishqoriy, 
biroq, yo‘g‘on ichakning oxirgi, to‘g‘ri ichak qismining muhiti kislotali bo‘ladi. 
Yo‘g‘on ichak shirasining tarkibida, asosan, ingichka ichak shirasida uchraydigan 
fermentlar uchrasada, ammo ularning miqdori kam, aktivligi ham ancha zaif. 
Yo‘g‘on ichak shirasining ajralishini ta’minlaydigan ta’sirot oziqalarning ichak 
devoriga bergan, mexanik ta’sirdir. Yo‘g‘on ichak shirasidagi fermentlar 
miqdorining kamligi va aktivligining zaifligi tufayli, bu yerda oziqalar hazm 
bo‘lishida ular bilan keltirilgan ingichka ichak shirasining fermentlari va 
bakteriyalarning faoliyati salmoqli o‘rin yegallaydi. Fermentlar asosan bir xil 
bo‘lganligi sababli moddalarning parchalanishi ularning ingichka ichakdagi 
parchalanishiga o‘xshash. Biroq, bakteriyalarning faoliyati yo‘g‘on ichakda 
kechadigan jarayonlarga xos xususiyatlar bag‘ishlaydi. Jumladan, o‘txo‘r hayvonlar 
yo‘g‘on ichagining 1 g mahsulotida to 15 mlrdgacha bakteriyalar saqlanib, ular o‘z 
faoliyati tufayli uglevodlarni achitib-bijg‘itadi, oqsillarni chiritadi, kletchatkani 
parchalaydi. Bakteriyalarning faoliyati oqibatida turli kislotalar, vodorod sulfid, 
karbonat angidrid, metan, vodorod kabi gazlar hosil bo‘ladi. Oqsillarning chirishi 
natijasida har xil zaharli moddalar: krezol, fenol, skatol, indol va boshqalar hosil 
bo‘lib, qonga so‘riladi. va jigarda zarsizlantiriladi. 
 Yo‘g‘on ichakda kechadigan jarayonlarning ichida bakteriyalar ishtirokida 
kletchatkaning hazm bo‘lishi alohida ahamiyatga yega bo‘lib, bu yerda kavsh 
qaytaruvchi organizmda hazm bo‘la oladigan kletchakaning 30% otlarning yo‘g‘on
oziqalarning faqat bir tomonga, ya’ni yonbosh ichakdan ko‘richakka o‘tkazilishini ta’minlaydi. Shunday qilib, ingichka ichaklarda so‘rilmagan mahuslotlar ana shu sfinkter orqali ko‘r ichakka o‘tkaziladi, shundan keyin bu oziqalar yo‘g‘on ichakda hazm bo‘lishda davom yetadi. Oziqalar yo‘g‘on ichakda, yo‘g‘on ichak shirasidagi fermentlar, ingichka ichakdan oziqa bilan keltirilgan fermentlar va bakteriyalarning fermentlari ta’sirida hazm bo‘ladi. Ayniqsa, o‘txo‘r hayvonlarning yo‘g‘on ichagida kechadigan jarayonlar diqqatga sazovordir. Chunki go‘shxr hayvonlarda oziqalarning asosiy qismi ingichka ichaklarda tamomila hazm bo‘lib, so‘rilganligi sababli, yo‘g‘on ichakda kechadigan hazm jarayonlari deyarli ahamiyatga yega emas. Yo‘g‘on ichakning devoridagi qadoqsimon hujayralar uzluksiz ravishda ishqoriy muhitli shira ajratib turadi. Demak, yo‘g‘on ichakdagi muhit ham ishqoriy, biroq, yo‘g‘on ichakning oxirgi, to‘g‘ri ichak qismining muhiti kislotali bo‘ladi. Yo‘g‘on ichak shirasining tarkibida, asosan, ingichka ichak shirasida uchraydigan fermentlar uchrasada, ammo ularning miqdori kam, aktivligi ham ancha zaif. Yo‘g‘on ichak shirasining ajralishini ta’minlaydigan ta’sirot oziqalarning ichak devoriga bergan, mexanik ta’sirdir. Yo‘g‘on ichak shirasidagi fermentlar miqdorining kamligi va aktivligining zaifligi tufayli, bu yerda oziqalar hazm bo‘lishida ular bilan keltirilgan ingichka ichak shirasining fermentlari va bakteriyalarning faoliyati salmoqli o‘rin yegallaydi. Fermentlar asosan bir xil bo‘lganligi sababli moddalarning parchalanishi ularning ingichka ichakdagi parchalanishiga o‘xshash. Biroq, bakteriyalarning faoliyati yo‘g‘on ichakda kechadigan jarayonlarga xos xususiyatlar bag‘ishlaydi. Jumladan, o‘txo‘r hayvonlar yo‘g‘on ichagining 1 g mahsulotida to 15 mlrdgacha bakteriyalar saqlanib, ular o‘z faoliyati tufayli uglevodlarni achitib-bijg‘itadi, oqsillarni chiritadi, kletchatkani parchalaydi. Bakteriyalarning faoliyati oqibatida turli kislotalar, vodorod sulfid, karbonat angidrid, metan, vodorod kabi gazlar hosil bo‘ladi. Oqsillarning chirishi natijasida har xil zaharli moddalar: krezol, fenol, skatol, indol va boshqalar hosil bo‘lib, qonga so‘riladi. va jigarda zarsizlantiriladi. Yo‘g‘on ichakda kechadigan jarayonlarning ichida bakteriyalar ishtirokida kletchatkaning hazm bo‘lishi alohida ahamiyatga yega bo‘lib, bu yerda kavsh qaytaruvchi organizmda hazm bo‘la oladigan kletchakaning 30% otlarning yo‘g‘on
 
 
ichagiga keltirilgan kletchakaning yesa 40-50% parchalanib hazm bo‘ladi. 
Kletchatkaning parchalanishi ayniqsa ko‘r ichakda jadal kechadi. Shu sababli otlarda 
ko‘richak «ikkinchi me’da» deb yuritiladi. Kletchatkaning parchalanishi natijasida 
turli xil uchuvchi yog‘ kislotalar hosil bo‘lib, qonga so‘riladi va organizm tomonidan 
o‘zlashtiriladi. Ximus otlar yo‘g‘on ichagida 72 sotgacha, cho‘chqalarnikida yesa 
16-20 soatgacha saqlanadi, bu paytda otlarda 39%, qoramollarad 31%, 
cho‘chqalarda 30% oqsil hazm bo‘ladi. Yo‘g‘on ichakning oxirgi qismida suv ancha 
jadallik bilan so‘riladi va oqibatda najas -tezak shakllanadi. 
 Ingichka ichak motorikasi-ingichka ichakning devori uzluksiz ravishda 
harakat qilib turadi. Uning harakati ichak ichida oziqalarning tegishlicha hazm 
bo‘lishida katta ahmiyatga yega bo‘lib, shu harakatlar tufayli oziqalar shiralar bilan 
aralashtiriladi, ichakning bir qismidan ikkinchi qismi tomon o‘tkaziladi. Ingichka 
ichakning harakatlarini ham bir qator metodlar yordamida o‘rgansa bo‘ladi. 
Bularning asosiylari quyidagilardir: tajribadagi hayvonning qorin devorini teshib, 
shu teshikdan ichak harakatini kuzatish. Bu vaqtda qorin devoridan hosil qilingan 
teshikka selluloid parda o‘rnatiladi. Oqibatda ancha uzoq vaqtgacha ichak harakatini 
kuzatish imkoni tug‘iladi. Bundan tashqari ichak harakatlarini fistula orqali yozib 
olsa ham bo‘ladi. Buning uchun ingichka ichakning tegishli qismiga fistula o‘tkazib 
u orqali ichak ichiga rezina pufak kiritiladi. Havo yuborilib pufak shishirilgandan 
so‘ng, tegishli moslama yordamida ichak harakatlarini osongina yozib olsa bo‘ladi. 
Ichak harakatlarini rentgen apparati yordamida kuzatish yoki suratga olish ham 
mumkin.  
 Zaruriyat tug‘ilganda ichak harakatlarini o‘rganish uchun o‘tkir metodlardan 
ham foydalaniladi. Jumladan, o‘tkir operasiya yordamida ajratib olingan: ichak 
bo‘lakchasini tana haroratigacha isitilgan Ringer eritmasiga joylashtirilib, shu ichak 
bo‘lakchasining harakatini yozib olish, o‘rganish mumkin. 
 Ingichka ichak devorida kuzatiladigan harakat jarayonlarini uch guruhga: 
mayatniksimon, perisiltaltik va ritmik harakatlarga bo‘lish mumkin. Bu harakatlar 
ichak devorida uzunasiga va aylanasiga joylashgan muskullarning qisqarishi 
natijasida yuzaga keladi. Jumladan, mayatniksimon harakatning ro‘yobga 
chiqishida ham aylanasiga, ham uzunasiga yo‘nalgan muskullar ishtirok yetadi. Bu 
vaqtda aylanasiga yo‘nalgan muskullar qisqarishi natijasida ichakda bir qator
ichagiga keltirilgan kletchakaning yesa 40-50% parchalanib hazm bo‘ladi. Kletchatkaning parchalanishi ayniqsa ko‘r ichakda jadal kechadi. Shu sababli otlarda ko‘richak «ikkinchi me’da» deb yuritiladi. Kletchatkaning parchalanishi natijasida turli xil uchuvchi yog‘ kislotalar hosil bo‘lib, qonga so‘riladi va organizm tomonidan o‘zlashtiriladi. Ximus otlar yo‘g‘on ichagida 72 sotgacha, cho‘chqalarnikida yesa 16-20 soatgacha saqlanadi, bu paytda otlarda 39%, qoramollarad 31%, cho‘chqalarda 30% oqsil hazm bo‘ladi. Yo‘g‘on ichakning oxirgi qismida suv ancha jadallik bilan so‘riladi va oqibatda najas -tezak shakllanadi. Ingichka ichak motorikasi-ingichka ichakning devori uzluksiz ravishda harakat qilib turadi. Uning harakati ichak ichida oziqalarning tegishlicha hazm bo‘lishida katta ahmiyatga yega bo‘lib, shu harakatlar tufayli oziqalar shiralar bilan aralashtiriladi, ichakning bir qismidan ikkinchi qismi tomon o‘tkaziladi. Ingichka ichakning harakatlarini ham bir qator metodlar yordamida o‘rgansa bo‘ladi. Bularning asosiylari quyidagilardir: tajribadagi hayvonning qorin devorini teshib, shu teshikdan ichak harakatini kuzatish. Bu vaqtda qorin devoridan hosil qilingan teshikka selluloid parda o‘rnatiladi. Oqibatda ancha uzoq vaqtgacha ichak harakatini kuzatish imkoni tug‘iladi. Bundan tashqari ichak harakatlarini fistula orqali yozib olsa ham bo‘ladi. Buning uchun ingichka ichakning tegishli qismiga fistula o‘tkazib u orqali ichak ichiga rezina pufak kiritiladi. Havo yuborilib pufak shishirilgandan so‘ng, tegishli moslama yordamida ichak harakatlarini osongina yozib olsa bo‘ladi. Ichak harakatlarini rentgen apparati yordamida kuzatish yoki suratga olish ham mumkin. Zaruriyat tug‘ilganda ichak harakatlarini o‘rganish uchun o‘tkir metodlardan ham foydalaniladi. Jumladan, o‘tkir operasiya yordamida ajratib olingan: ichak bo‘lakchasini tana haroratigacha isitilgan Ringer eritmasiga joylashtirilib, shu ichak bo‘lakchasining harakatini yozib olish, o‘rganish mumkin. Ingichka ichak devorida kuzatiladigan harakat jarayonlarini uch guruhga: mayatniksimon, perisiltaltik va ritmik harakatlarga bo‘lish mumkin. Bu harakatlar ichak devorida uzunasiga va aylanasiga joylashgan muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Jumladan, mayatniksimon harakatning ro‘yobga chiqishida ham aylanasiga, ham uzunasiga yo‘nalgan muskullar ishtirok yetadi. Bu vaqtda aylanasiga yo‘nalgan muskullar qisqarishi natijasida ichakda bir qator
 
 
qisqarish halqalari paydo bo‘ladi. Shu onda uzunasiga yo‘nalgan muskullar 
qisqarishi tufayli ichakning har ikki halqasi oralig‘idagi qismi kalta tortib kengayadi, 
muskul bo‘shashganda yesa, torayib uzayadi. Oqibatda uzunasiga yo‘nalgan 
muskullarning qisqarib-bo‘shashishi natijasida aylana muskullar hosil qilgan 
halqalar goh oldinga, goh orqasiga harakat qiladi. 
 Agarda ichak devorida shu tariqada ro‘yobga chiqayotgan harakatning bir 
necha marta takrorlanishiga nazar tashlasa, u go‘yo mayatnik harakatini yeslatadi. 
Mayatniksimon harakat deyilishiga sabab ham shunda. Mayatniksimon harakat 
tufayli ichakda hazm bo‘layotgan oziqalar doimo harakatda bo‘lib, hazm shiralari 
bilan yaxshilab, batafsil aralashadi. 
 Peristaltik harakat- ichak bir qismining qisqarishi, shu onda navbatdagi 
oldingi bo‘lagining bo‘shashib kengayishi bilan xarakterlanadi. Bu vaqtda ximus 
ichakning qisqargan joyidan oldingi tomon, ya’ni shu paytda bo‘shashib kengaygan 
qismi tomon haydaladi. So‘ngra ichakning ximus o‘tgan shu bo‘lagi qisqarib, 
ximusni kengayib turgan keyingi qismiga suradi. Natijada ximus shira bilan 
aralashib siqilib pastga tomon haydalib boraveradi. Ichakning shu tariqada, bir qismi 
qisqarganda navbatdagi qismining kengayib harakatlanishi tufayli ximus hazm 
sistemaning pirovard qismiga, to‘gri ichakka tomon haydaladi. Ichakning bu harakati 
navbatma-navbat, belgili izchillikda kuzatilib turadi va ximusning oldindan orqaga 
tomon o‘tkazilishini ta’minlaydi. Agarda ichakning shu harakat to‘lqinlarining 
takroriy yuzaga chiqishiga nazar tashlansa, u go‘yo chuvalchang harakatiga o‘xshab 
ketadi. Bu harakatning chuvalchangsimon harakat deyilishiga ham sabab shu. 
 Ichakning uchinchi xil harakatlari-ritmik harakatlardir. Ritmik harakat 
ichak devorida aylansiga joylashgan muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga 
keladi va ichakning bir necha segmentga, bo‘g‘imlarga bo‘linishiga sabab bo‘ladi. 
Bu bug‘imlar harakatlanmaydi, ular yakka-yakka holda, shuningdek bir nechtasi bir 
joyga to‘plangan, to‘p-to‘p holda yuzaga chiqadi. Bug‘imlarning biri ikkiga bo‘linib 
ikkita bo‘g‘im hosil bo‘ladi, shu onda qo‘shni ikki bo‘g‘im o‘zaro qo‘shilib bitta 
katta segmentni hosil qiladi va shu tariqa doimo takrorlanib turadi. Ritmik harakatlar 
tufayli ximus alohida-alohida bo‘laklarga bo‘linadi va atroflicha aralashadi, 
shuningdek, ichak devoriga juda taqalib keladi.
qisqarish halqalari paydo bo‘ladi. Shu onda uzunasiga yo‘nalgan muskullar qisqarishi tufayli ichakning har ikki halqasi oralig‘idagi qismi kalta tortib kengayadi, muskul bo‘shashganda yesa, torayib uzayadi. Oqibatda uzunasiga yo‘nalgan muskullarning qisqarib-bo‘shashishi natijasida aylana muskullar hosil qilgan halqalar goh oldinga, goh orqasiga harakat qiladi. Agarda ichak devorida shu tariqada ro‘yobga chiqayotgan harakatning bir necha marta takrorlanishiga nazar tashlasa, u go‘yo mayatnik harakatini yeslatadi. Mayatniksimon harakat deyilishiga sabab ham shunda. Mayatniksimon harakat tufayli ichakda hazm bo‘layotgan oziqalar doimo harakatda bo‘lib, hazm shiralari bilan yaxshilab, batafsil aralashadi. Peristaltik harakat- ichak bir qismining qisqarishi, shu onda navbatdagi oldingi bo‘lagining bo‘shashib kengayishi bilan xarakterlanadi. Bu vaqtda ximus ichakning qisqargan joyidan oldingi tomon, ya’ni shu paytda bo‘shashib kengaygan qismi tomon haydaladi. So‘ngra ichakning ximus o‘tgan shu bo‘lagi qisqarib, ximusni kengayib turgan keyingi qismiga suradi. Natijada ximus shira bilan aralashib siqilib pastga tomon haydalib boraveradi. Ichakning shu tariqada, bir qismi qisqarganda navbatdagi qismining kengayib harakatlanishi tufayli ximus hazm sistemaning pirovard qismiga, to‘gri ichakka tomon haydaladi. Ichakning bu harakati navbatma-navbat, belgili izchillikda kuzatilib turadi va ximusning oldindan orqaga tomon o‘tkazilishini ta’minlaydi. Agarda ichakning shu harakat to‘lqinlarining takroriy yuzaga chiqishiga nazar tashlansa, u go‘yo chuvalchang harakatiga o‘xshab ketadi. Bu harakatning chuvalchangsimon harakat deyilishiga ham sabab shu. Ichakning uchinchi xil harakatlari-ritmik harakatlardir. Ritmik harakat ichak devorida aylansiga joylashgan muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi va ichakning bir necha segmentga, bo‘g‘imlarga bo‘linishiga sabab bo‘ladi. Bu bug‘imlar harakatlanmaydi, ular yakka-yakka holda, shuningdek bir nechtasi bir joyga to‘plangan, to‘p-to‘p holda yuzaga chiqadi. Bug‘imlarning biri ikkiga bo‘linib ikkita bo‘g‘im hosil bo‘ladi, shu onda qo‘shni ikki bo‘g‘im o‘zaro qo‘shilib bitta katta segmentni hosil qiladi va shu tariqa doimo takrorlanib turadi. Ritmik harakatlar tufayli ximus alohida-alohida bo‘laklarga bo‘linadi va atroflicha aralashadi, shuningdek, ichak devoriga juda taqalib keladi.
 
 
 Ichakning ichki sig‘imi undagi oziqaning miqdoriga nihoyatda mos ravishda 
turadi. Ichak, ichidagi ximusning miqdoriga bog‘liq ravishda kengayadi va torayadi. 
Shu sababli ximusning miqdori nechog‘lik bo‘lishidan qat’iy nazar, u ichakni doimo 
to‘ldirgan holatda, ichak devorlariga yaxshi taqalgan holatda bo‘ladi. Ichak 
sig‘imining ichidagi ximus miqdoriga mutanosib ravishda o‘zgarishi, ichak 
devorining toliqmasdan uzluksiz ravishda bir maromda qo‘zgalgan va qislishga 
intilgan holatda - tonusda bo‘lganligi sababli ro‘yobga chiqadi. Ichak devorining bir 
me’yorda qo‘zg‘algan holati - tonusi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqarilib 
turiladi. Markaziy nerv sistema adashgan nerv tolalari orqali impulslar yuborib ichak 
devorining qo‘zg‘alishini kuchaytiradi, tonusini oshiradi, natijada ichak devorlari 
qisilib, ichakning sig‘imi torayadi. Shuningdek, simpatik nerv sistema orqali 
kelayotgan impulslar yesa ichak devorining tonusini pasaytiradi, oqibatda ichakning 
sig‘imi kengayadi. Shu tariqa, ichak tonusining markaziy nerv sistema tomnidan 
boshqarilayotganligi sababli, uning sig‘imi ichidagi ximusning miqdoriga qarab 
mukammal ravishda o‘zgaradi. Tonusi bilan birgalikda ichakda kuzatiladigan 
harakat jarayonlari ham markaziy nera sistema tomonidan idora qiladi. Jumladan, 
adashgan nerv qo‘zg‘alganda ichakning harakatlari ancha jadallashadi, simpatik nerv 
qo‘zg‘alganda yesa ichak harakatlari sekinlashib, paysallashib qoladi. Biroq, 
ichakning devori markaziy nerv sistemadan impulslar kelmagan paytda ham 
mustaqil (avtomatik) ravishda qisqarib harakat qila olish qobiliyatiga yega. Bu 
vaqtda ichakning harakati uning devoridagi nerv (Auerbax) tuzilmalarining va 
muskulli yelementlarning qo‘zg‘alishi tufayli ro‘yobga chiqadi. Ichakning harakati 
shartli reflektor yo‘l bilan ham boshqariladi. Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining 
ichak harakatlarini boshqarilishi K.M.Bikov laboratoriyasida aniqlangan. Jumladan, 
u yerda davo maqsadida ichagiga fistula qo‘yilgan odamlarning ovqatlanishga 
tayyorlanishi, ular bilan ovqat to‘g‘risida suhbat qilish, ichak motorikasining ancha 
jonlanishiga sabab bo‘lganligi kuzatilgan. Xilma-xil fiziq, kimyoviy, mexanik va 
yemosional ta’sirlar nerv sistema orqali ichak harakatini o‘zgarishiga sababchi 
bo‘ladi. 
 Jumladan, hayvonnng hurkishi, og‘riq, shuningdek simpatik nerv sistemani 
qo‘zg‘atadigan boshqa ta’sirlar ichak motorikasini susaytirgan holda, kuchli 
yemosionla holatlarda ichak harakatlari ancha jonlanadi. Ichak harakatlariga har xil
Ichakning ichki sig‘imi undagi oziqaning miqdoriga nihoyatda mos ravishda turadi. Ichak, ichidagi ximusning miqdoriga bog‘liq ravishda kengayadi va torayadi. Shu sababli ximusning miqdori nechog‘lik bo‘lishidan qat’iy nazar, u ichakni doimo to‘ldirgan holatda, ichak devorlariga yaxshi taqalgan holatda bo‘ladi. Ichak sig‘imining ichidagi ximus miqdoriga mutanosib ravishda o‘zgarishi, ichak devorining toliqmasdan uzluksiz ravishda bir maromda qo‘zgalgan va qislishga intilgan holatda - tonusda bo‘lganligi sababli ro‘yobga chiqadi. Ichak devorining bir me’yorda qo‘zg‘algan holati - tonusi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turiladi. Markaziy nerv sistema adashgan nerv tolalari orqali impulslar yuborib ichak devorining qo‘zg‘alishini kuchaytiradi, tonusini oshiradi, natijada ichak devorlari qisilib, ichakning sig‘imi torayadi. Shuningdek, simpatik nerv sistema orqali kelayotgan impulslar yesa ichak devorining tonusini pasaytiradi, oqibatda ichakning sig‘imi kengayadi. Shu tariqa, ichak tonusining markaziy nerv sistema tomnidan boshqarilayotganligi sababli, uning sig‘imi ichidagi ximusning miqdoriga qarab mukammal ravishda o‘zgaradi. Tonusi bilan birgalikda ichakda kuzatiladigan harakat jarayonlari ham markaziy nera sistema tomonidan idora qiladi. Jumladan, adashgan nerv qo‘zg‘alganda ichakning harakatlari ancha jadallashadi, simpatik nerv qo‘zg‘alganda yesa ichak harakatlari sekinlashib, paysallashib qoladi. Biroq, ichakning devori markaziy nerv sistemadan impulslar kelmagan paytda ham mustaqil (avtomatik) ravishda qisqarib harakat qila olish qobiliyatiga yega. Bu vaqtda ichakning harakati uning devoridagi nerv (Auerbax) tuzilmalarining va muskulli yelementlarning qo‘zg‘alishi tufayli ro‘yobga chiqadi. Ichakning harakati shartli reflektor yo‘l bilan ham boshqariladi. Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining ichak harakatlarini boshqarilishi K.M.Bikov laboratoriyasida aniqlangan. Jumladan, u yerda davo maqsadida ichagiga fistula qo‘yilgan odamlarning ovqatlanishga tayyorlanishi, ular bilan ovqat to‘g‘risida suhbat qilish, ichak motorikasining ancha jonlanishiga sabab bo‘lganligi kuzatilgan. Xilma-xil fiziq, kimyoviy, mexanik va yemosional ta’sirlar nerv sistema orqali ichak harakatini o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. Jumladan, hayvonnng hurkishi, og‘riq, shuningdek simpatik nerv sistemani qo‘zg‘atadigan boshqa ta’sirlar ichak motorikasini susaytirgan holda, kuchli yemosionla holatlarda ichak harakatlari ancha jonlanadi. Ichak harakatlariga har xil
 
 
gumoral faktorlar ham ta’sir qiladi. Ichak harakatlari polipeptidlar, turli yekstraktiv 
moddalar, kislota, tuz va ishqorlarning eritmalari hamda xolin, yenterokrinin va 
serotonin kabi biologik aktiv moddalar ta’sirida kuchayadi. Qayd qilingan gumoral 
faktorlarning ayrimlari o‘z ta’sirini nerv sistemaga tegishli ravishda ta’sir qilishi 
tufayli namoyon qilsa, ayrimlari yesa, ichak harakatiga ta’sir qiladigan biologik aktiv 
moddalarning hosil bo‘lishini tezlashtirish tufayli namoyon qiladi. Bulardan tashqari 
ichaklarning harakat faoliyati vegetativ nerv sistema tolalari qo‘zg‘alganda ularning 
uchlaridan ajraladigan moddalar-simpatin va asetilxolin, shuningdek, gistamin va 
villikinin moddalarining ta’sirida ham boshqariladi. Asetilxonin va gistamin ichak 
harakatlarini tezlashtirgan holda, simpatin susaytiradi, villikinin yesa, vorsinkalar 
harakatini jonlantiradi. Demak ichaklarning harakat faoliyati ham organizmdagi 
boshqa jarayonlar singari neyrogumoral yo‘d bilan mukammal ravishda boshqarilib, 
organizmning extiyojiga moslashtirilib turiladi. 
 Yo‘g‘on ichak motorikasi-yo‘g‘on ichaklarning harakati ingichka ichaklar 
harakatiga o‘xshash. Ko‘r va chambar ichaklarda peristaltik harakat bilan birgalikda 
uning aksi-antiperistaltik harakat oziqalarni juda yaxshi aralashtiradi. Qishloq 
xo‘jalik hayvonlari yo‘g‘on ichagining oxirgi qismida ritmik harakatlar ancha kuchli 
ravishda kuzatiladi. Bular ichak bo‘shlig‘ini vaqtincha mutlaqo bekitib qo‘yadi. 
Bunday harakatlar yo‘g‘on ichakning go‘ng-tezak shakllanadigan qismida ayniqsa 
ko‘zga yaqqol tashlanadi. Yo‘g‘on ichak motorikasining ro‘yobga chiqishida ichak 
shilliq pardasining mexanik ta’sirlar bilan ta’sirlanishi katta ahamiyatga yega. 
Yo‘g‘on ichak avtomatiyasi ingichka ichaklarnikidan ancha zaif. 
 Yo‘g‘on ichak harakatini o‘rganishda ingichka ichak harakatini o‘rganishda 
qo‘lanadigan metodlardan foydalaniladi. Yo‘g‘on ichak harakatlarining nerv sistema 
tomonidan boshqarilishi kam o‘rganilgan. 
 Oziqa moddalarning so‘rilishi. 
So‘rilish deb, turli xil moddalarning 
teri, teri osti kletchatkasi,hazm sistemasining shilliq paradalari, o‘t pufagi, o‘pka 
alveolalari va boshqalardagi bir yoki bir necha qavat hujayralar orqali qon va limfaga 
o‘tishiga aytiladi. 
 So‘rilishning shuncha xilma-xil organlarda kechishining eng asosiy qismi 
sifatida hazm sistemasida ro‘yobga chiqayotgan so‘rilish jarayoni asosiy o‘rinni
gumoral faktorlar ham ta’sir qiladi. Ichak harakatlari polipeptidlar, turli yekstraktiv moddalar, kislota, tuz va ishqorlarning eritmalari hamda xolin, yenterokrinin va serotonin kabi biologik aktiv moddalar ta’sirida kuchayadi. Qayd qilingan gumoral faktorlarning ayrimlari o‘z ta’sirini nerv sistemaga tegishli ravishda ta’sir qilishi tufayli namoyon qilsa, ayrimlari yesa, ichak harakatiga ta’sir qiladigan biologik aktiv moddalarning hosil bo‘lishini tezlashtirish tufayli namoyon qiladi. Bulardan tashqari ichaklarning harakat faoliyati vegetativ nerv sistema tolalari qo‘zg‘alganda ularning uchlaridan ajraladigan moddalar-simpatin va asetilxolin, shuningdek, gistamin va villikinin moddalarining ta’sirida ham boshqariladi. Asetilxonin va gistamin ichak harakatlarini tezlashtirgan holda, simpatin susaytiradi, villikinin yesa, vorsinkalar harakatini jonlantiradi. Demak ichaklarning harakat faoliyati ham organizmdagi boshqa jarayonlar singari neyrogumoral yo‘d bilan mukammal ravishda boshqarilib, organizmning extiyojiga moslashtirilib turiladi. Yo‘g‘on ichak motorikasi-yo‘g‘on ichaklarning harakati ingichka ichaklar harakatiga o‘xshash. Ko‘r va chambar ichaklarda peristaltik harakat bilan birgalikda uning aksi-antiperistaltik harakat oziqalarni juda yaxshi aralashtiradi. Qishloq xo‘jalik hayvonlari yo‘g‘on ichagining oxirgi qismida ritmik harakatlar ancha kuchli ravishda kuzatiladi. Bular ichak bo‘shlig‘ini vaqtincha mutlaqo bekitib qo‘yadi. Bunday harakatlar yo‘g‘on ichakning go‘ng-tezak shakllanadigan qismida ayniqsa ko‘zga yaqqol tashlanadi. Yo‘g‘on ichak motorikasining ro‘yobga chiqishida ichak shilliq pardasining mexanik ta’sirlar bilan ta’sirlanishi katta ahamiyatga yega. Yo‘g‘on ichak avtomatiyasi ingichka ichaklarnikidan ancha zaif. Yo‘g‘on ichak harakatini o‘rganishda ingichka ichak harakatini o‘rganishda qo‘lanadigan metodlardan foydalaniladi. Yo‘g‘on ichak harakatlarining nerv sistema tomonidan boshqarilishi kam o‘rganilgan. Oziqa moddalarning so‘rilishi. So‘rilish deb, turli xil moddalarning teri, teri osti kletchatkasi,hazm sistemasining shilliq paradalari, o‘t pufagi, o‘pka alveolalari va boshqalardagi bir yoki bir necha qavat hujayralar orqali qon va limfaga o‘tishiga aytiladi. So‘rilishning shuncha xilma-xil organlarda kechishining eng asosiy qismi sifatida hazm sistemasida ro‘yobga chiqayotgan so‘rilish jarayoni asosiy o‘rinni