IFODALI O‘QISH KONKURSINI TASHKIL QILISH
Reja
1. Ifodali o‘qish san’atining shakllanishida xalq og‘zaki ijodining ro‘li.
2. Ifodali nutq san’atini egallashning asosiy vositalari.
3. Ifodali o‘qish praktikumi fanining maqsad va vazifasi.
4. Ifodali o‘qishning amaliy ahamiyati.
Badiiy adabiyotning yuzaga kelish tarixi qanchalik qadimiy bo‘Isa, ifodali o‘qish
tarixi ham shu qadar nzoq zamonlarga borib taqaladi. Mazmnndor va ifodali nutq
hamma davrlarda ham kishilami o‘ziga jalb etib ijtimoiy hayotda alohida o‘rin
egallab kelgan. Ifodali o‘qish, aw alo, xalq san’atidir. Chunki badiiy adabiyot
dastavval xalq og‘zaki ijodi shaklida paydo bo‘lgan. Xalq yaratgan asarlaming keng
tarqalishida esa og‘zaki ijrochilik san’ati muhim ahamiyat kasb etgan. Qo‘shiq,
ertak, doston, qissa kabi og‘zaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq namoyandasi
(ertakchi, qissaxon, baxshi) bir paytning o‘zida ham ijodkor, ham ijrochi edi.
Binobarin, asrlar davomida yaratilgan afsona va rivoyatlar, maqol va matallar,
qo‘shiq va dostonlar, og‘zaki ijrochilik, ifodali nutq san’ati tufayligina bizgacha
yetib keldi.
Xalq yaratgan asarlar qanchalik donishmandlik va san’atkorlik mahsuli sifatida
yuzaga kelgan bo‘Isa, ulam ing og‘zaki ijrochiligi ham shu qadar mahorat va
san’atkorlikni talab qilgan. Qadim tariximizda yorqin iz qoldirgan ijtimoiy-siyosiy
voqealami, inson qalbidagi g‘am-andun, shodlik va quvonch tuyg‘ularining badiiy
ifodasi sifatida maydonga kelgan jamiki adabiyot namunalarini xalq san’atkorlari
(qo‘shiqchi, roviy, qissaxon, baxshi) shunchaki jo‘n, badiiy tasvir vositalarisiz,
xilma-xil ovoz tovlanishlarisiz, shukuhsiz bir tarzda ijro etganlarida edi, ehtimol bu
asarlar uzoq saqlanib qolmagan bo‘lur edi.
Ifodali o‘qish san’ati o‘tmish zamonlarda og‘zaki ijodda qanday ahamiyat kasb
etgan bo‘lsa, yozma adabiyotda ham shu qadar muhim o‘rin tutadi. Zero, badiiy
adabiyotning estetik ta’sir kuchi ifodali o‘qish jarayonida yanada yorqinroq
namoyon bo‘ladi. Ifodali o‘qish, ayniqsa, asaming g‘oyaviy mazmunini chuqur
tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Badiiy asarlami
ifodali o‘qish inson ongi va hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik tuyg‘ularini
shakllantirishga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi. To‘g‘ri, g‘oyaviy-
badiiy jihatdan mukammal yaratilgan har qanday asar og‘zaki ifodali nutqsiz, ovoz
chiqarmasdan mustaqil o‘qilganda ham o‘zining axloqiy-estetik jihatdan ta’sir
kuchini yo‘qotmaydi, insonni tarbiyalash vazifasi kamayib qolmaydi. Lekin ifodali
o‘qish jarayonidagi maftunkor ohang, xilma-xil ovoz tovlanishlari, jozibador
intonatsiya kabi vositalar badiiy asaming emotsional ta’sir kuchini yanada oshiradi,
eshituvchiga beqiyos zavq-shavq bag‘ishlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘z san’ati bilan shug‘ullanuvchi kishilar,
ayniqsa, inson ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan muallimlar notiqlik san’atini,
ifodali nutq mahoratini puxta egallagan bolishlari zarur. Holbuki, o‘qituvchining
butun siymosi - xatti-harakatlaridan tortib, gapirish uslubigacha yosh va tajribasiz,
taqlidchan o‘quvchi uchun jonli namuna hisoblanadi. Shunday ekan, Respublikamiz
Prezidenti ta’kidlaganidek, “o‘z fikrini ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan
mutaxassisni avvalambor, rahbar kursisida o‘tirganlami bugun tushunish ham,
oqlash ham qiyin”1 “...Kishining martabasini so‘zi bila bilurlar, ammo so‘zning
martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining ahvoli o‘z so‘zining ostida
pinhondur”2 - deydi unsurulmaoliy Kaykovus. Zotan har bir kishining kim
ekanligini, uning bilim darajasini so‘zlariga qarab bilib olish mumkin.
Donishmandlar nazdida, inson so‘zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi. Binobarin,
yosh avlodning shaxs sifatida kamol topishida muhim rol o‘ynovchi muallimning
ravon va ifodali nutqi, go‘zal axloqi beqiyos ibrat namunasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ajdodlarlarimiz so‘z san’atining, ayniqsa, og‘zaki ijrochilik san’atining inson
ruhiga ko‘rsatadigan ta’siriga qadim zamonlardan boshlab katta e’tibor bilan
qaraganlar. Shuning uchun ham, o‘rta asrlarda adabiy talaffuz normalarini
o‘rgatuvchi “ilmi tajvid” jonli nutq asoslarini o‘rgatuvchi “ilmi kalom”, ilmiy va
adabiy bahsni o‘rgatuvchi “ilmi munozara” kabi fanlar o‘qitilgan. Natijada maxsus
bilim olgan har bir savodli kishi ayni paytda ifodali o‘qish asoslarini egallagan so‘z
ustasi ham bolib yetishgan. Shu boisdan ham, o‘tmishda badiiy so‘z ijrochiligining
dostonxonlik, qissaxonlik, g‘azalxonlik kabi turlari keng tarqalgan. O‘qimishli
kishilar tomonidan o‘tkazilgan she’rxonlik anjumanlarida so‘z san’atining yuksak
namunalari og‘zaki ijro - ifodali o‘qish vositasida chuqur tahlil qilingan. Ifodali
gapirish yoxud ifodali o‘qish shunchaki o‘z-o‘zidan shakllanib qoladigan oson
jarayon emas. Buning uchun, dastavval, insonning o‘zida tug‘ma iqtidor, qobiliyat
bolishi lozim.
Afsuski, hamma ham ifodali nutq so‘zlash qobiliyatiga ega boMavermaydi. Lekin
har bir kishi o‘z nutqi ustida muntazam ishlashi, to‘xtovsiz mashqlar qilishi
natijasida ifodali nutq qobiliyatini shakllantirishi mumkin. Bunga mashhur notiq
Demosfenning ibratli hayot yo‘li va faoliyati yorqin misol bo‘la oladi. Hatto ba’zi
tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilishga qiynaladigan, ko‘pchilik oldida o‘zini erkin tuta
olmaydigan Demosfen keyinchalik, tinimsiz mehnat va mashaqqatlar orqali buyuk
notiq bo‘lib yetishgan. Taniqli tilshunos olim Nizomiddin Mahmudov “0 ‘qituvchi
nutqi madaniyati” kitobida nutqning ifodaliligi haqida fikr-mulohaza yuritib
shunday deydi: “Tilda ifodalilikni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan imkoniyatlar
juda ham ko‘p va xilma-xil. Bunday imkoniyat hech bir istisnosiz tilning barcha
sathlarida mavjud.
Tilning tovush qurilishi, so‘z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari,
intonatsiya, uslub kabilaming har biri nutq ifodaliligining bitmas-tuganmas
manbalaridir. Nutq tuzuvchi bu manbalaming mohiyati, tabiati va ulami unumli
ishga solish usullaridan yetarli xabardor bo‘lsa, nutqning ifodalilik sifatini
ta’minlashga
qiynalmaydi”1.
Darhaqiqat,
ifodali nutq vositalarini puxta
o‘zlashtirish, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘rganish orqaligina,
ifodali o‘qishda ma’lum natijalarga erishish mumkin. Xo‘sh, ifodali nutqni o‘rganish
uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Ifodali o‘qish o‘zi nima? Sodda qilib
aytganda, “Ifodali o‘qish adabiy asami tushunarli va ta’sirchan o‘qish demakdir. Bu
o‘qish san’ati yod olingan matnni ifodali o‘qishni ham o‘z ichiga oladi.
Ifodali o‘qishda fikrlami yanada silliq, aniq, go‘zal shaklda talqin etish uchun
emotsional vositalardan unumli foydalaniladi. Ifodali o‘qishning badiiy emotsional
bo‘lishi uchun o‘quvchi-ijrochi asar mazmuni, g‘oyaviy-badiiy jihatlari haqida
tasavvurga ega bo‘lishi lozim”1. Ifodali o‘qishning o‘ziga xos xususiyati shundaki,
u insonda tuyg‘u va kayfiyatlar hosil qiladi, aniqrog‘i, voqelikning his-tuyg‘uli
qiyofasini yaratadi. Ifodali o‘qish jarayonida asar voqealari “jonlanadi”,
qahramonlar “tilga kiradi”.
O‘quvchi bir vaqtning o‘zida ham muallif, ham qiyofa (obraz) yaratuvchi, ham
ijrochi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, ifodali o‘quvchi m a’lum darajada
aktyorlik san’atidan ham xabardor bo‘lishi lozim. Ifodali nutq san’atini
o‘rganishning muhim vositalardan biri badiiy asarlami ko‘proq mutolaa qilishdir.
Asaming mazmun-mohiyati, qahramonlar xarakter xususiyati, maqsad va intilishlari
chuqur o‘rganilgandagina og‘zaki talqinda asar ruhiga mos ohang va intonatsiya
paydo bo‘ladi. Badiiy asarlami mutolaa qilish o‘quvchining dunyoqarashini
kengaytirish barobarida adabiy tilni puxta o‘zlashtirishga, ifodali o‘qish san’atini
egallashga yaqindan yordam beradi. Adabiyot hayotni in’ikos ettirar ekan, u
insonning o‘zini o‘ziga ko‘rsatuvchi ulkan ko‘zgu vazifasini ham bajaradi. 0 ‘sha
ko‘zgu orqali har bir kishi o‘zining yaxshi va yomon tomonlarini ko‘radi, qusur va
kamchiliklardan forig‘ bo‘lishga, ruhan tozarishga intiladi. Forig‘lanish yoxud ruhan
tozaiish buyuk faylasuf Aristotel talqiniga ko‘ra, san’atning o‘z oldiga qo‘ygan bosh
maqsadidir.
San’at, xususan, adabiyot insonni ziddiyatlar asosiga qurilgan, hayot atalmish
mo‘jizaning nima ekanligini anglashga o‘rgatadi, yovuzlikka nafrat, ezgulikka
muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadi va, shu tariqa, inson ma’naviy olamini
go‘zallashtiradi. Mana shu vazifalami ado etishda ifodali o‘qish san’ati badiiy
adabiyotning eng yaqin ko‘makchisi hisoblanadi. Zero, badiiy asardagi nafosat va
go‘zallikni chuqur his qilish va shu orqali axloqiy-estetik tuyg‘ulami shakllantirish
ifodali o‘qish praktikumi fanining asosiy vazifasidir.
Adabiyotning barcha tur va janrlaridagi badiiy asarlar ifodali o‘qish praktikumi
fanining o‘rganish ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Ifodali o‘qish deganda, faqat lirik
turga mansub asarlargina emas, balki nasriy va dramatik turdagi asarlami o‘qish ham
nazarda tutiladi. Badiiy asarlami ifodali o‘qish ijrochidan alohida iqtidor va
mahoratni talab qiladi. Zero, adabiy asaming badiiy xususiyatlari, unda ilgari
surilgan g‘oyalar, muallif dunyoqarashi kabi muhim masalalami aniqlashda ifodali
o‘qish alohida ahamiyat kasb etadi. Ifodali o‘qish mohiyatan kishining his-
tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan muhim jarayon hisoblanadi.
Badiiy adabiyot insonning ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga ta’sir qilib uni
yigMatadi, kuldiradi, o‘ylashga majbur qiladi va oxir-oqibat kamolotga yetaklaydi.
Shu boisdan ham badiiy adabiyot bilan og‘zaki ijro - ifodali o‘qish san’ati asrlar
davomidayonma-yon yashab, insonning ma’naviy hamrohi bo‘lib kelgan. Binobarin,
badiiy adabiyot va ifodali o‘qish san’ati chambarchas bog‘liq holda insonni axloqiy-
estetik jihatdan tarbiyalashda eng ta’sirchan vosita hisoblanadi. Zero, bugungi kunda
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlaming markazida ham yosh
avlodni ma’naviy barkamollik mhida tarbiyalash vazifasi ustuvor masalalardan biri
bo‘lib turibdi.
Tayanch tushunchalar Ifodali o‘qish - axloqiy-estetik tuyg‘ularni shakllantirish.
Ilmi tajvid - o‘rta asrlarda adabiy talaffuz me’yorlarini o‘rgatuvchi fan bo‘lgan. Ilmi
kalom - jonli nutq asoslarini o‘rgatuvchi fan. Ilmi munozara fani ilmiy va adabiy
bahsni o‘rgatgan.
Savol va topshiriqlar:
1. Ifodali o‘qish san’atining yuzaga kelishida roviy, qissaxon va baxshilar qanday
ro‘l o‘ynagan?
2. Ifodali nutq san’atini o‘rganishning asosiy omillari nimalardan iborat?
3. "... Har kishining ahvoli o‘z so‘zining ostida pinhondur” deganda nimani
tushunasiz?
4. Ifodali o‘qish san’atini o‘rganishdan asosiy maqsad nima?
5. Barkamol avlod tarbiyasida ifodali o cqish san’atining qanday ahamiyati bor?
O‘RTA OSIYODA NOTIQLIK SAN’ATI
Ajdodlarimiz qadim zamonlardan boshlab so‘z san’atining, xususan, og‘zaki
ijrochilik san’atining inson ruhiyatiga ko‘rsatadigan ta’sirigajuda katta c’tibor bilan
qaraganlar. Shum a’noda, ifodali o‘qish san’atining tarixi uzoq davrlarga borib
taqaladi.
O‘rta Osiyoda ifodali o‘qish san’atining taraqqiy etishida “Avesto”, “Bundaxishn”,
“Dinkard” kabi diniy xarakterdagi asarlaming ahamiyati katta bo‘lgan. Inson
axloqini poklashga qaratilgan ushbu asarlar ko‘proq og‘zaki ijrochilik vositasida
xalq orasiga kirib borganligi m a’lum. Jumladan, “Avesto”ning asosiy mohiyatini
tashkil etgan “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu am al” ta’limotini xalq o‘rtasida targ‘ib
qilib, odamlar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otishda kohinlaming xizmati beqiyos
edi. Kohinlar faqat din targ‘ibotchilari sifatidagina emas, balki ifodali so‘z sehri
bilan m o‘jizalar ko‘rsatuvchi san’atkor ijrochilar sifatida ham shuhrat qozonganlar.
Ular “Avesto”dagi ibodat qo‘shiqlarini, Ahura Mazda so‘zlarini, afsona va
rivoyatlami yorqin nutq, ifodali so‘z va jozibador ovoz bilan ijro etib xalq ommasini
o‘z g‘oyalariga ishontirganlar. Badiiy so‘z san’ati, shu jumladan, ifodali o‘qish
san’ati xalqning umumtaraqqiyot tarixiga bog‘liq holda rivojlanib bordi. Jamiyat
taraqqiyoti o‘rtaga qo‘ygan talablar hamda mavjud shart-sharoit tufayli, IX - XV
asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyat yuksak taraqqiyot bosqichiga
ko‘tarildi.
Mana shu davrlarda Qur’oni Karim targ‘ibi bilan bog‘liq holda, voizlik san’ati
rivojlandi. Voizlik san’atining taraqqiy etishi esa, ifodali o‘qish san’ati tarixida
muhim o‘rin tutadi. M a’lumki, Qur’oni Karim o‘z zamonasining nafis adabiy usuli
saj’da vahiy qilingan b o‘lib, u so‘z san’atining oliy namunasi hisoblanadi. Qur’oni
Karimni o‘qish voizdan juda katta ilmiy salohiyatni, ayni paytda, yoqimli ovoz
sohibi boMishni ham talab qilardi. Shu boisdan ham Qur’on suralarini maftunkor
qiroat, jozibali ohangda o‘qishga o‘rgatuvchi “Ilmi balog‘a” san’atiga alohida e’tibor
qaratilgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy “Geodeziya” asarining kirish qismida
shunday deydi: “Arab nutqida balog‘aning m avjudligi Qur’on ta rg‘ibotida muhim
aham iyat kasb etadi. Balog‘a arab nutqining ziynatidir” 1. Voizlik (notiqlik) san’ati
o‘rta asrlarda juda katta ijtimoiy-siyosiy mavqega ega bo‘lib, umumdavlat
ahamiyatiga molik ish hisoblangan.
Voizlik san’atining dabirlik, xatiblik, muzakkirlik kabi turlari mavjud bo‘lib, ba’zi
voizlar dabirlik - davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yozishmalami o‘qish va yozib
berish bilan, ba’zi voizlar xatiblik - juma kunlari Qur’oni Karim suralari asosida
xalqni odob-axloqqa chaqirish bilan, ba’zilari esa muzakkirlik - tarixiy voqea-
hodisalami gapirib berish bilan shug‘ullanganlar.
Qadimda xalq ommasi oldida nutq so‘zlovchi kishi voiz, uning nutqi esa va’z deb
yuritilgan. Voizlik nihoyatda sharafli va, ayni paytda, mas’uliyatli kasb bo‘lgan.
Omma oldiga chiqib bir necha soatlab nutq so‘zlovchi kishi tinglovchilaming
tuyg4ulariga ta’sir o‘tkazishi, ishontirishi, so‘z sehri bilan ularni toMqinlantirishi
uchun juda katta bilim va iqtidorga, fasohat va mahoratga ega bo‘lishi lozim edi. Shu
boisdan minbarga chiqib so‘zlovchi kishilaming hammasi ham voiz degan sharafli
nomga ega bo‘lavermagan.
So‘z ijrochiligi san’atiga asoslangan voizlik va suxandonlik, lining inson hayotida
tutgan o‘mi haqida Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning
“Nodir hikoyatlar”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz
Koshifiyning “Dah majlis”, “Sahifai shohi”, Faxriddin Ali Safiyning “Latoif ut-
tavoif ’ kabi asarlarida qimmatli fikr-mulohazalar bayon etilgan. Jumladan, Alisher
Navoiy voizlar haqida shunday fikrlami yozadi: “Va’zxon shunday bo‘lishi kerakki,
uning majlisiga bo‘sh kirgan odam to‘lib chiqsin, to‘la kirgan odam esa, yengil tortib
holi qaytsin. Voiz olim va halol ish ko‘ruvchi bo‘lsa, uning nasihatidan chetga
chiqqanlar gunohkor bo‘ladi. Agar u boshqalarga buyursa-yu, o‘zi qilmasa, uning
so‘zlari hech kimga ta’sir etmaydi va foyda keltirmaydi”1. Ushbu fikrlar zamiriga
juda katta ibrat va hikmat m a’nolari singdirilgan. Demak, xalqqa pand-nasihat aytib,
ulami to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi voiz nafaqat ilmi va chiroyli so‘zlari bilan, balki
o‘zining yuksak axloqodobi, halol hayot tarzi bilan ham boshqalarga namuna
bo‘lishi lozim. Buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi yetishib chiqqan, jahonni
ilm-ma’rifat nuri bilan yoritgan uyg‘onish davri deb yuritiladigan zamonlarda O‘rta
Osiyoda so‘z san’ati, shuningdek, notiqlik san’ati ham taraqqiy etdi. Abu Nasr
Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abulqosim
Zamaxshariy, Alisher Navoiy kabi ulug‘ siymolar ilm-fanning turli sohalariga oid
kashfiyotlar bilan bir qatorda, notiqlik san’ati asoslarini ham yaratdilar.
Abu Nasi Forobiy ko‘plab asarlarida so‘z san’atiga doir qimmatli fikr-mulohazalar
bildirish bilan cheklanmasdan suxandonlik nazariyasi, notiqlik san’ati ilmiga doir
maxsus “Kitob al-xitobat” risolasini ham yozgan. Jumladan, Forobiy chuqur
mantiqiy asosga ega bo‘lgan yorqin nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va
mantiq fanlarining ahamiyati haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish,
ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob
berish masalasiga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga
(substantsiya - narsalar) va aktsidentsiya (hodisalar)ga ism beruvchi til baqidagi
ilmlar deb tasdiqlayman. Ikkinchi Om grammatikadir; u jismlarga berilgan ism
(nom) !larni qanday tartibga solishni ham da substantsiya va aktsidentsiyaning
joylashishini va bundan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikm atli so‘zlarni va
nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi.
Uchinchi ilm m antiqdir: m alu m xulosalar keltirib chiqarish uchun logik
figuralarga binoan qanday qilib d arak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi, bu xulosalar
yordamida biz bilmagann arsalarni bilib olamiz ham da nima to6g6ri, nima yolg‘on
ekanligi haqida hukm chiqaram iz” . Forobiyning ushbu fikrlari to‘g‘ri nutq tuzish
va uni og‘zaki ijro etishni o‘rganish uchun juda chuqur va har tomonlama bilim olish
muhim ekanligini ko‘rsatadi. “ ...
Xullas, yaxshi nutq uchun nahv, aruz, m antiq fanlari hamkorligidan foydalanish
zaru r bo‘ladi. Ularning birortasiga ahamiyat bermaslik, bulardan birining
qoidasining buzilishi, qolgan ikkitasiga ta ’sir qilmay iloji yo‘q”, - deb yozadi
Beruniy. Forobiy, Beruniy kabi allomalarning to‘g‘ri nutq tuzish masalasiga bu
qadar e’tibor bilan qarashlari X asrlardayoq, yorqin nutq chiroyli gapirish, ifodali
o‘qish san’atining taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Ibn Sinoning “She’r san’ati”,
Abu Rayhon Beruniyning “O‘tmish ajdodlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya”
va boshqa asarlari tarkibida keltirilgan mukammal nutq tuzish haqidagi qimmatli
fikrlari bugungi kunimiz uchun, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Shuningdek, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Zamaxshariyning
“Muqaddimat ul-adab”, “Notiqlik asoslari” kabi asarlari so‘z san’ati ilmiga
bag‘ishlangan bebaho m a’naviy xazina hisoblanadi. Yusuf Xos Hojib, Alisher
Navoiy kabi allomalar o‘z asarlarining butun-butun boblarini so‘zning ilohiy ne’mat
ekanligi, so‘zning mo‘jizali qudratini ko‘rsatishga bag‘ishlaganlar. Jumladan:
Zakovat ko‘rki so‘zdur, bu tilning ko‘rki so‘zdur, Kishining ko‘rki yuzdur, bu
yuzning ko‘rki ko‘zdur. (Yusuf Xos Hojib) M a’dani inson gavhari so‘zdurur,
Gulshani odam samari so‘zdurur. (Alisher Navoiy) kabi hikmatli misralami bitdilar.
O‘rta asrlarda Bahouddin Valad, Yusuf Hamadoniy, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin
Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Husayn Voiz Koshifiy, M u’iniddin
Voiz, Voiz Hiraviy, Zayniddin Vosifiy kabi notiqlik san’atini puxta egallagan so‘z
ustalari yetishib chiqdilar. Bu ulug‘ zotlar o‘zlarining ibratli hayot tarzi bilan imon-
e’tiqod, ilmm a’rifat, axloq-odob haqidagi beqiyos o‘gitlari bilan minglab insonlar
qalbini m a’rifat nurlari ila m unaw ar qilishga erishdilar.
XV -X VI asrlarda notiqlik san’ati turlari, qonun-qoidalarini aks ettiruvchi bir
necha qoMlanmalar vujudga keldi. Ayniqsa, Muhammad Rafi’ Voizning “Abvob ul-
jinon” (“Jannat eshiklari”), Voiz Qazviniyning “Ziloli maqol” (“Maqol nafosati”),
Voiz Shirvoniyning “Ahsan ul-ahodis” (“Nafis kalimalar”), Quraysh Sindiyning
“Anis ul-voizin” (“Voizlar do‘sti”), Mulla Kalon Voiz Samarqandiyning “ Ravzat
ul-voizin” (“Voizlar bo‘stoni”), Qozi 0 ‘shiyning “Miftoh un-najot” (“Najot kaliti”)
kabi asarlari keyingi davrlarda yetishib chiqqan notiqlar uchun asosiy dasturulamal
bo‘lib xizmat qilgan. Shuningdek, Alisher Navoiyning “M ajolis un-nafois”,
Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’”, Xondamiming “Makorim ul-axloq”
kabi asarlarida ham voizlik san’ati haqida qimmatli fikrmulohazalar bayon qilingan.
Tariximizda nurli iz qoldirgan ulug‘ allomalar tomonidan notiqlik san’ati haqida
maxsus asarlar yaratilishi, so‘z ijrochiligiga bu qadar katta e ’tibor berilishi qadim-
qadimdan O‘rta Osiyoda ifodali nutq san’atining juda katta ijtimoiy-siyosiy mavqega
ega bo‘lgan davlat ahamiyatiga molik ish ekanligidan dalolat beradi. M avlono
Irshod. XV asrda Hirotda yashab - faoliyat ko‘rsatgan voizlardan biri Mavlono
Irshoddir. U o‘zining donishmandligi va so‘zga chechanligi bilan el nazariga
tushgan. Mavlono Irshod faqat xalqqa va’z aytish bilangina cheklanib qolmasdan,
rasmiy davlat ishlarida ham qatnashib. qo‘shni mamlakatlar bilan diplomatik
aloqalami mustahkamlashda munosib xizmallar qilgan.
Faxriddin Ali Safiyning “Latoyif ut-tavoif ’ asarida hikoya qilinishicha, Sulton
Husayn Boyqaro rasmiy davlat ishi yuzasidan muzokara olib borish uchun Sherozga
vakil yubormoqchi bo‘ladi. Saroy a’yonlari o‘zaro maslahatlashib, bunday nozik va
mas’uliyatli vazifani faqat Mavlono Irshod bajara oladi, degan xulosaga kelishadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi Mavlono Irshod Sherozga borib kutilganidek, rasmiy
ishlami oz fursatda ijobiy hal qilishga erishadi. Uning notiqlik mahoratiga qoyil
qolgan Shoh Shujo‘ Irshodga ruxsat bermay, bir majlis qurib keyin ketishni iltimos
qiladi. Majlis juma kuniga belgilanadi. Juma namozidan keyin Masjidi jom e’ga
yig‘ilgan xalq oldida Mavlono Irshod shunday ehtirosli nutq so‘zlaydiki, odamlar
uning ta’sirchan sobzlaridan junbushga kelib, ko‘z yoshlarini tiya olmay qolishadi.
Buni ko‘rgan voiz notiqlik mahoratining yana bir qirrasini namoyish etib, o‘z
nutqida keskin burilish yasaydiki, endi hamma birdaniga ko‘z yoshi aralash kula
boshlaydi. “Latoyif ut-tavoyif’ asarida keltirilgan bu voqea Mavlono Irshodning
odamlar ruhiyatini chuqur tushunadigan, nihoyatda mahoratli so‘z ustasi bo‘lganidan
dalolat beradi. Qozi O‘shiy. O‘zining purhikmat so‘zlari va jarangdor ovozi bilan
xalqqa maqbul va manzur bo‘lgan voizlardan yana biri Qozi O‘shiydir. Mavlono asli
farg‘onalik bo‘lib, O‘sh shahrida qozilik lavozimida ham ishlagan. Mamlakatning
ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan Qozi O‘shiy jamiyatda yuzaga
keladigan chigal muammolami yechishda, odamlar qalbiga yo‘l topishda benazir zot
bo‘lgan. Bu haqida Faxriddin Ali Safiyning “Latoyif ut-tavoyif’ asarida quyidagi
voqea hikoya qilinadi: “Seiston viloyatining xalqi qattiq qo‘lligi, hatto gadoyga ham
sadaqa bermasligi bilan nom chiqargan ekan.
Qozi O‘shiy esa mana shu xalqning ko‘ngil qulfini so‘z kaliti vositasida ochishga
erishadi. U Seistonga borib ma’lum muddat shu xalqning ichida yashaydi; ulaming
ruhiyatini o‘rganadi, odamlami qiynayotgan muammolami aniqlaydi. Ana shundan
keyin shahar qozisidan ruxsat olib, juma kuni masjidi jom e’da xalqqa va’z aytadi.
U o‘z nutqida xalqning ayni dilidagi gaplami, ulami qiynayotgan muammolami
shunday aniq va ravon bayon etadiki, xalq topgan-tutganini minbar ostiga keltirib
tashlaydi. Mavlono 0 ‘shiy nutqi uchun haq olmasligini, va’z va nasihat faqat savob
uchun, odamlami to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun aytilishini tushuntirganda Seiston
xalqining voizga bo‘lgan hurmat va muhabbati yanada oshadi. Mana shu voqeadan
keyin bu xalqning xasis emas, aksincha, oliyjanob ekanligi, faqat o‘z davrining ba’zi
muammolariga javob topa olmay qiynalayotganliklari ma’lum bo‘ladi.
Xoja Muayyad Mehnagiy. “Majolis un-nafois” tazkirasida Xoja Muayyad
Mehnagiy nomi o‘z zamonasining yetuk notiqlaridan biri www.ziyouz.com
kutubxonasi sifatida tilga olinadi. Dunyoviy va diniy bilimlami chuqur egallagan bu
kishining va’zlari hamisha jo‘shqin o‘tgan. Mehnagiy va’zlarining asosini imon-
e’tiqod, dinu diyonat, axloq-odob haqidagi umuminsoniy masalalar tashkil etgan. U
o‘zining pandu nasihat so‘zlari bilan zamondoshlarini ezgulikka da’vat etishdan
charchamagan. Voiz o‘z nutqini hamisha Qur’on hikmatlari va hadislar, hikoyat va
rivoyatlar bilan bezab, ulami tinglovchilarning didi va saviyasiga muvofiqlashtirib
dilkash ohangda bayon etgan. Shuning uchun ham, uning va’zlari xalq tomonidan
qizg‘in kutib olingan, bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.
Komil ma’rifat egasi Xoja Muayyad Mehnagiy o‘z davrining fidoiy murabbiysi
sifatida boshqalarni ham kamolot sari yetaklashga intilgan. Shu boisdan Alisher
Navoiy “Majolis un-nafois”da taniqli adiblar va shoirlar qatorida Xoja Muayyad
nomini ham hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. “Xoja Muayyad Mehna - Hazrat
Shayx Abusaid Abulxayr (quddisa sirrihu)ning nabiralaridindur. Yillar mozor
bosbida shayx erdi va zohir ulumin takmil qilib erdi va va’z majolisi bag‘oyat garm
va pursho‘r voqe’ erdi. Va Xoja samo‘ni dag‘i muassir qilur erdi. Salotin Xojani
ta’zim qilur erdi”1.
Mavlono Riyoziy. “Majolis un-nafois” tazkirasining uchinchi majlisida Riyoziy
haqida shunday ma’lumot keltirilgan: “Mavlono Riyoziy - Zova muhawilotidindur.
Atvori mutalavvin kishidur. U1 viloyatning qozisi erdi. U jamg‘arma munofiy ishlar
andin sodir bo‘lib, ma’zul bo‘ldi va qayd va musodaralar tortdi va base zabmatlar
ko‘rdi, hamul mansab muddaosig‘a ammo muyassar bo‘lmadi. Va’z aytib minbarda
o‘z ash’orin o‘qub, yig‘lab vajdu hoi qilur”2. . Hazrat Navoiyning ushbu fikr-
mulohazalaridaji shu narsa m a’lum bo‘ladiki, Mavlono Riyoziy bir necha muddat
Zova viloyatining qozisi bo‘lgan. Ammo o‘z davri xukmronlarining siyosatiga
qarshi borgani uchun qozilik lavozimidan chetlashtirilib, ancha zahmatlar chekkan.
Mavlono Riyoziy davrining taniqli so‘z ustasi sifatida o‘z va’zlarida yuksak
insonparvarlik qarashlarini ilgari surgan. Jamiyatda ro‘y beradigan axloqsizlik,
zo‘ravonlik kabi g‘ayriinsoniy hodisalarga befarq qaray olmagan. Binobarin,
hukmronlarni insofga chaqirish e’tiqodsiz va порок kimsalami haq yo‘lga hidoyat
etish Mavlono Riyoziy va’zlarining asosiy mazmunini tashkil etgan.
Riyoziy voiz, ayni paytda iste’dodli shoir ham boMgan. Shu boisdan ham xalqqa
va’z aytayotganda ba’zan o‘z she’rlarini hissiyot bilan o‘qib, eshituvchilami ham
toMqinlantirgan, ularda xayrixohlik va hamdardlik tuyg‘usini uyg‘ota olgan. Hayoti
va faoliyatini ezgulikni targ‘ib etishga bag‘ishlagan mavlono Riyoziy fidoiy
murabbiy sifatida xalq qalbidan chuqur joy olganligi sababli ham, Alisher
Navoiydek zotning nazariga tushgan. Tayanch tushunchalar Kohinlar - “Avesto”
targ‘ibotchilari. Qadimgi notiqlar. Voizlar - axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy
mavzularda nutq so‘zlovchi ma’rifat targ‘ibotchilari. Voizlik turlari: dabirlik,
xatiblik, muzakkirlik. Substantsiya - tub mohiyat. Aksidentsiya - tasodifiy hoi,
hodisa; tub mohiyati e’tibori bilan uncha ahamiyati bo‘lmagan juz ’iy xususiyat.
Savol va topshiriqlar
1. Ifodali o‘qish san’atining taraqqiy etishida “Avesto” qanday o‘rin tutgan? .
2. Qur’oni Karimni qiroat bilan o‘qish san’ati va uning inson ruhiyatiga ta’siri
haqida gapiring.
3. Og‘zaki so‘z ijrochiligiga asoslangan voizlik san’ati haqida qaysi manbalarda
ma’lumot berilgan?
4. Alisher Navoiy va’z aytuvchi haqida nima deydi, siz bu fikmi qanday izohlaysiz?
5. Abu Nasr Forobiy mantiqiy asosga ega bo‘lgan to‘g‘ri va yorqin nutq tuzishda,
asosan, nimalarga e’tibor qaratadi?
6.O‘tmishda ifodali o‘qish yoxud potiqlik san’atiga doir qanday asarlar yaratilgan?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Ill to‘m. - Toshkent: Fan, 1982.
2. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. — Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot
va san’at nashriyoti, 1983.
3. Abu Nasr Forobiy. Risolalar. - Toshkent: 1975.
4. Qobiljon Oripov, Mahmuda Obidova. Ifodali o‘qish. - Toshkent: 0 ‘qituvchi,
1994.