IFODALI O’QISH KONKURSINI TASHKIL QILISH VA “KIMNING XATI CHIROYLI” TANLOVINI TASHKIL ETISH.HAFTALIK MAZMUNI VA ULARNI TASHKIL QILISH.ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANIDAN OLIMPIADANI TASHKIL ETISH
Yuklangan vaqt
2024-10-26
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
37
Faytl hajmi
86,7 KB
IFODALI O’QISH KONKURSINI TASHKIL QILISH VA “KIMNING
XATI CHIROYLI” TANLOVINI TASHKIL ETISH.HAFTALIK MAZMUNI
VA ULARNI TASHKIL QILISH.ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI
FANIDAN OLIMPIADANI TASHKIL ETISH.
Reja:
1. Ifodali o’qish san’atining shakllanishida xalq og’zaki ijodining ro’li.
2. Ifodali o’qish praktikumi fanining maqsad va vazifasi.
3.Haftalikka tayyorgarlik.
4.Haftalkini tashkil qilish.
5.Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan olimpiada topshiriqlarining
umumiy tavsifi
6. Ona tilida topshiriqlarni bajarish uchun uslubiy tavsiyalar
Badiiy adabiyotning yuzaga kelish tarixi qanchalik qadimiy bo’lsa, ifodali o’qish
tarixi ham shu qadar nzoq zamonlarga borib taqaladi. Mazmnndor va ifodali nutq
hamma davrlarda ham kishilami o’ziga jalb etib ijtimoiy hayotda alohida o’rin
egallab kelgan. Ifodali o’qish, aw alo, xalq san’atidir. Chunki badiiy adabiyot
dastavval xalq og’zaki ijodi shaklida paydo bo’lgan. Xalq yaratgan asarlaming keng
tarqalishida esa og’zaki ijrochilik san’ati muhim ahamiyat kasb etgan. Qo’shiq,
ertak, doston, qissa kabi og’zaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq namoyandasi
(ertakchi, qissaxon, baxshi) bir paytning o’zida ham ijodkor, ham ijrochi edi.
Binobarin, asrlar davomida yaratilgan afsona va rivoyatlar, maqol va matallar,
qo’shiq va dostonlar, og’zaki ijrochilik, ifodali nutq san’ati tufayligina bizgacha
yetib keldi.
Xalq yaratgan asarlar qanchalik donishmandlik va san’atkorlik mahsuli
sifatida yuzaga kelgan bo’Isa, ulam ing og’zaki ijrochiligi ham shu qadar mahorat
va san’atkorlikni talab qilgan. Qadim tariximizda yorqin iz qoldirgan ijtimoiy-
siyosiy voqealami, inson qalbidagi g’am-andun, shodlik va quvonch tuyg’ularining
badiiy ifodasi sifatida maydonga kelgan jamiki adabiyot namunalarini xalq
san’atkorlari (qo’shiqchi, roviy, qissaxon, baxshi) shunchaki jo’n, badiiy tasvir
vositalarisiz, xilma-xil ovoz tovlanishlarisiz, shukuhsiz bir tarzda ijro etganlarida
edi, ehtimol bu asarlar uzoq saqlanib qolmagan bo’lur edi.
Ifodali o’qish san’ati o’tmish zamonlarda og’zaki ijodda qanday ahamiyat
kasb etgan bo’lsa, yozma adabiyotda ham shu qadar muhim o’rin tutadi. Zero, badiiy
adabiyotning estetik ta’sir kuchi ifodali o’qish jarayonida yanada yorqinroq
namoyon bo’ladi. Ifodali o’qish, ayniqsa, asaming g’oyaviy mazmunini chuqur
tushunishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Badiiy asarlami
ifodali o’qish inson ongi va hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik tuyg’ularini
shakllantirishga, ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi. To’g’ri, g’oyaviy-
badiiy jihatdan mukammal yaratilgan har qanday asar og’zaki ifodali nutqsiz, ovoz
chiqarmasdan mustaqil o’qilganda ham o’zining axloqiy-estetik jihatdan ta’sir
kuchini yo’qotmaydi, insonni tarbiyalash vazifasi kamayib qolmaydi. Lekin ifodali
o’qish jarayonidagi maftunkor ohang, xilma-xil ovoz tovlanishlari, jozibador
intonatsiya kabi vositalar badiiy asaming emotsional ta’sir kuchini yanada oshiradi,
eshituvchiga beqiyos zavq-shavq bag’ishlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so’z san’ati bilan shug’ullanuvchi kishilar,
ayniqsa, inson ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul bo’lgan muallimlar notiqlik san’atini,
ifodali nutq mahoratini puxta egallagan bolishlari zarur. Holbuki, o’qituvchining
butun siymosi - xatti-harakatlaridan tortib, gapirish uslubigacha yosh va tajribasiz,
taqlidchan o’quvchi uchun jonli namuna hisoblanadi. Shunday ekan, Respublikamiz
Prezidenti ta’kidlaganidek, “o’z fikrini ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan
mutaxassisni avvalambor, rahbar kursisida o’tirganlami bugun tushunish ham,
oqlash ham qiyin” “...Kishining martabasini so’zi bila bilurlar, ammo so’zning
martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining ahvoli o’z so’zining ostida
pinhondur” - deydi unsurulmaoliy Kaykovus. Zotan har bir kishining kim ekanligini,
uning bilim darajasini so’zlariga qarab bilib olish mumkin. Donishmandlar nazdida,
inson so’zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi. Binobarin, yosh avlodning shaxs
sifatida kamol topishida muhim rol o’ynovchi muallimning ravon va ifodali nutqi,
go’zal axloqi beqiyos ibrat namunasi bo’lib xizmat qiladi.
Ajdodlarlarimiz so’z san’atining, ayniqsa, og’zaki ijrochilik san’atining inson
ruhiga ko’rsatadigan ta’siriga qadim zamonlardan boshlab katta e’tibor bilan
qaraganlar. Shuning uchun ham, o’rta asrlarda adabiy talaffuz normalarini
o’rgatuvchi “ilmi tajvid” jonli nutq asoslarini o’rgatuvchi “ilmi kalom”, ilmiy va
adabiy bahsni o’rgatuvchi “ilmi munozara” kabi fanlar o’qitilgan. Natijada maxsus
bilim olgan har bir savodli kishi ayni paytda ifodali o’qish asoslarini egallagan so’z
ustasi ham bolib yetishgan. Shu boisdan ham, o’tmishda badiiy so’z ijrochiligining
dostonxonlik, qissaxonlik, g’azalxonlik kabi turlari keng tarqalgan. O’qimishli
kishilar tomonidan o’tkazilgan she’rxonlik anjumanlarida so’z san’atining yuksak
namunalari og’zaki ijro - ifodali o’qish vositasida chuqur tahlil qilingan. Ifodali
gapirish yoxud ifodali o’qish shunchaki o’z-o’zidan shakllanib qoladigan oson
jarayon emas. Buning uchun, dastavval, insonning o’zida tug’ma iqtidor, qobiliyat
bolishi lozim.
Afsuski, hamma ham ifodali nutq so’zlash qobiliyatiga ega bo’lavermaydi.
Lekin har bir kishi o’z nutqi ustida muntazam ishlashi, to’xtovsiz mashqlar qilishi
natijasida ifodali nutq qobiliyatini shakllantirishi mumkin. Bunga mashhur notiq
Demosfenning ibratli hayot yo’li va faoliyati yorqin misol bo’la oladi. Hatto ba’zi
tovushlami to’g’ri talaffuz qilishga qiynaladigan, ko’pchilik oldida o’zini erkin tuta
olmaydigan Demosfen keyinchalik, tinimsiz mehnat va mashaqqatlar orqali buyuk
notiq bo’lib yetishgan. Taniqli tilshunos olim Nizomiddin Mahmudov “0 ‘qituvchi
nutqi madaniyati” kitobida nutqning ifodaliligi haqida fikr-mulohaza yuritib
shunday deydi: “Tilda ifodalilikni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan imkoniyatlar
juda ham ko’p va xilma-xil. Bunday imkoniyat hech bir istisnosiz tilning barcha
sathlarida mavjud.
Tilning tovush qurilishi, so’z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari,
intonatsiya, uslub kabilaming har biri nutq ifodaliligining bitmas-tuganmas
manbalaridir. Nutq tuzuvchi bu manbalaming mohiyati, tabiati va ulami unumli
ishga solish usullaridan yetarli xabardor bo’lsa, nutqning ifodalilik sifatini
ta’minlashga qiynalmaydi”. Darhaqiqat, ifodali nutq vositalarini puxta o’zlashtirish,
o’zbek tilining o’ziga xos xususiyatlarini chuqur o’rganish orqaligina, ifodali
o’qishda ma’lum natijalarga erishish mumkin. Xo’sh, ifodali nutqni o’rganish uchun
nimalarga e’tibor berish kerak? Ifodali o’qish o’zi nima? Sodda qilib aytganda,
“Ifodali o’qish adabiy asami tushunarli va ta’sirchan o’qish demakdir. Bu o’qish
san’ati yod olingan matnni ifodali o’qishni ham o’z ichiga oladi.
Ifodali o’qishda fikrlami yanada silliq, aniq, go’zal shaklda talqin etish uchun
emotsional vositalardan unumli foydalaniladi. Ifodali o’qishning badiiy emotsional
bo’lishi uchun o’quvchi-ijrochi asar mazmuni, g’oyaviy-badiiy jihatlari haqida
tasavvurga ega bo’lishi lozim”. Ifodali o’qishning o’ziga xos xususiyati shundaki, u
insonda tuyg’u va kayfiyatlar hosil qiladi, aniqrog’i, voqelikning his-tuyg’uli
qiyofasini yaratadi. Ifodali o’qish jarayonida asar voqealari “jonlanadi”,
qahramonlar “tilga kiradi”.
O’quvchi bir vaqtning o’zida ham muallif, ham qiyofa (obraz) yaratuvchi, ham
ijrochi sifatida namoyon bo’ladi. Demak, ifodali o’quvchi m a’lum darajada
aktyorlik san’atidan ham xabardor bo’lishi lozim. Ifodali nutq san’atini
o’rganishning muhim vositalardan biri badiiy asarlami ko’proq mutolaa qilishdir.
Asarning mazmun-mohiyati, qahramonlar xarakter xususiyati, maqsad va intilishlari
chuqur o’rganilgandagina og’zaki talqinda asar ruhiga mos ohang va intonatsiya
paydo bo’ladi. Badiiy asarlami mutolaa qilish o’quvchining dunyoqarashini
kengaytirish barobarida adabiy tilni puxta o’zlashtirishga, ifodali o’qish san’atini
egallashga yaqindan yordam beradi. Adabiyot hayotni in’ikos ettirar ekan, u
insonning o’zini o’ziga ko’rsatuvchi ulkan ko’zgu vazifasini ham bajaradi. O’sha
ko’zgu orqali har bir kishi o’zining yaxshi va yomon tomonlarini ko’radi, qusur va
kamchiliklardan forig’ bo’lishga, ruhan tozarishga intiladi. Forig’lanish yoxud ruhan
tozaiish buyuk faylasuf Aristotel talqiniga ko’ra, san’atning o’z oldiga qo’ygan bosh
maqsadidir.
San’at, xususan, adabiyot insonni ziddiyatlar asosiga qurilgan, hayot atalmish
mo’jizaning nima ekanligini anglashga o’rgatadi, yovuzlikka nafrat, ezgulikka
muhabbat tuyg’ularini uyg’otadi va, shu tariqa, inson ma’naviy olamini
go’zallashtiradi. Mana shu vazifalami ado etishda ifodali o’qish san’ati badiiy
adabiyotning eng yaqin ko’makchisi hisoblanadi. Zero, badiiy asardagi nafosat va
go’zallikni chuqur his qilish va shu orqali axloqiy-estetik tuyg’ulami shakllantirish
ifodali o’qish praktikumi fanining asosiy vazifasidir.
Adabiyotning barcha tur va janrlaridagi badiiy asarlar ifodali o’qish
praktikumi fanining o’rganish ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Ifodali o’qish deganda,
faqat lirik turga mansub asarlargina emas, balki nasriy va dramatik turdagi asarlami
o’qish ham nazarda tutiladi. Badiiy asarlarni ifodali o’qish ijrochidan alohida iqtidor
va mahoratni talab qiladi. Zero, adabiy asaming badiiy xususiyatlari, unda ilgari
surilgan g’oyalar, muallif dunyoqarashi kabi muhim masalalami aniqlashda ifodali
o’qish alohida ahamiyat kasb etadi. Ifodali o’qish mohiyatan kishining his-
tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim jarayon hisoblanadi.
Badiiy adabiyot insonning ehtiroslar va tuyg’ular olamiga ta’sir qilib uni
yigMatadi, kuldiradi, o’ylashga majbur qiladi va oxir-oqibat kamolotga yetaklaydi.
Shu boisdan ham badiiy adabiyot bilan og’zaki ijro - ifodali o’qish san’ati asrlar
davomidayonma-yon yashab, insonning ma’naviy hamrohi bo’lib kelgan. Binobarin,
badiiy adabiyot va ifodali o’qish san’ati chambarchas bog’liq holda insonni axloqiy-
estetik jihatdan tarbiyalashda eng ta’sirchan vosita hisoblanadi. Zero, bugungi kunda
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlaming markazida ham yosh
avlodni ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalash vazifasi ustuvor masalalardan biri
bo’lib turibdi.
Tayanch
tushunchalar
Ifodali
o’qish
-
axloqiy-estetik
tuyg’ularni
shakllantirish. Ilmi tajvid - o’rta asrlarda adabiy talaffuz me’yorlarini o’rgatuvchi fan
bo’lgan. Ilmi kalom - jonli nutq asoslarini o’rgatuvchi fan. Ilmi munozara fani ilmiy
va adabiy bahsni o’rgatgan.
Savol va topshiriqlar:
1. Ifodali o’qish san’atining yuzaga kelishida roviy, qissaxon va baxshilar
qanday ro’l o’ynagan?
2. Ifodali nutq san’atini o’rganishning asosiy omillari nimalardan iborat?
3. “... Har kishining ahvoli o’z so’zining ostida pinhondur” deganda nimani
tushunasiz?
4. Ifodali o’qish san’atini o’rganishdan asosiy maqsad nima?
5. Barkamol avlod tarbiyasida ifodali o cqish san’atining qanday ahamiyati bor?
O’RTA OSIYODA NOTIQLIK SAN’ATI
Ajdodlarimiz qadim zamonlardan boshlab so’z san’atining, xususan, og’zaki
ijrochilik san’atining inson ruhiyatiga ko’rsatadigan ta’sirigajuda katta c’tibor bilan
qaraganlar. Shum a’noda, ifodali o’qish san’atining tarixi uzoq davrlarga borib
taqaladi.
O’rta Osiyoda ifodali o’qish san’atining taraqqiy etishida “Avesto”,
“Bundaxishn”, “Dinkard” kabi diniy xarakterdagi asarlaming ahamiyati katta
bo’lgan. Inson axloqini poklashga qaratilgan ushbu asarlar ko’proq og’zaki ijrochilik
vositasida xalq orasiga kirib borganligi m a’lum. Jumladan, “Avesto”ning asosiy
mohiyatini tashkil etgan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu am al” ta’limotini xalq o’rtasida
targ’ib qilib, odamlar qalbida ezgulik tuyg’ularini uyg’otishda kohinlaming xizmati
beqiyos edi. Kohinlar faqat din targ’ibotchilari sifatidagina emas, balki ifodali so’z
sehri bilan mo’jizalar ko’rsatuvchi san’atkor ijrochilar sifatida ham shuhrat
qozonganlar. Ular “Avesto”dagi ibodat qo’shiqlarini, Ahura Mazda so’zlarini,
afsona va rivoyatlami yorqin nutq, ifodali so’z va jozibador ovoz bilan ijro etib xalq
ommasini o’z g’oyalariga ishontirganlar. Badiiy so’z san’ati, shu jumladan, ifodali
o’qish san’ati xalqning umumtaraqqiyot tarixiga bog’liq holda rivojlanib bordi.
Jamiyat taraqqiyoti o’rtaga qo’ygan talablar hamda mavjud shart-sharoit tufayli, IX
- XV asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyat yuksak taraqqiyot bosqichiga
ko’tarildi.
Mana shu davrlarda Qur’oni Karim targ’ibi bilan bog’liq holda, voizlik san’ati
rivojlandi. Voizlik san’atining taraqqiy etishi esa, ifodali o’qish san’ati tarixida
muhim o’rin tutadi. Ma’lumki, Qur’oni Karim o’z zamonasining nafis adabiy usuli
saj’da vahiy qilingan bo’lib, u so’z san’atining oliy namunasi hisoblanadi. Qur’oni
Karimni o’qish voizdan juda katta ilmiy salohiyatni, ayni paytda, yoqimli ovoz
sohibi boMishni ham talab qilardi. Shu boisdan ham Qur’on suralarini maftunkor
qiroat, jozibali ohangda o’qishga o’rgatuvchi “Ilmi balog’a” san’atiga alohida e’tibor
qaratilgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy “Geodeziya” asarining kirish qismida
shunday deydi: “Arab nutqida balog’aning m avjudligi Qur’on ta rg’ibotida muhim
aham iyat kasb etadi. Balog’a arab nutqining ziynatidir”. Voizlik (notiqlik) san’ati
o’rta asrlarda juda katta ijtimoiy-siyosiy mavqega ega bo’lib, umumdavlat
ahamiyatiga molik ish hisoblangan.
Voizlik san’atining dabirlik, xatiblik, muzakkirlik kabi turlari mavjud bo’lib,
ba’zi voizlar dabirlik - davlat ahamiyatiga ega bo’lgan yozishmalami o’qish va yozib
berish bilan, ba’zi voizlar xatiblik - juma kunlari Qur’oni Karim suralari asosida
xalqni odob-axloqqa chaqirish bilan, ba’zilari esa muzakkirlik - tarixiy voqea-
hodisalami gapirib berish bilan shug’ullanganlar.
Qadimda xalq ommasi oldida nutq so’zlovchi kishi voiz, uning nutqi esa va’z
deb yuritilgan. Voizlik nihoyatda sharafli va, ayni paytda, mas’uliyatli kasb bo’lgan.
Omma oldiga chiqib bir necha soatlab nutq so’zlovchi kishi tinglovchilaming
tuyg4ulariga ta’sir o’tkazishi, ishontirishi, so’z sehri bilan ularni toMqinlantirishi
uchun juda katta bilim va iqtidorga, fasohat va mahoratga ega bo’lishi lozim edi. Shu
boisdan minbarga chiqib so’zlovchi kishilaming hammasi ham voiz degan sharafli
nomga ega bo’lavermagan.
So’z ijrochiligi san’atiga asoslangan voizlik va suxandonlik, lining inson
hayotida tutgan o’mi haqida Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Aruziy
Samarqandiyning “Nodir hikoyatlar”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”,
Husayn Voiz Koshifiyning “Dah majlis”, “Sahifai shohi”, Faxriddin Ali Safiyning
“Latoif ut-tavoif ‘ kabi asarlarida qimmatli fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Jumladan, Alisher Navoiy voizlar haqida shunday fikrlami yozadi: “Va’zxon
shunday bo’lishi kerakki, uning majlisiga bo’sh kirgan odam to’lib chiqsin, to’la
kirgan odam esa, yengil tortib holi qaytsin. Voiz olim va halol ish ko’ruvchi bo’lsa,
uning nasihatidan chetga chiqqanlar gunohkor bo’ladi. Agar u boshqalarga buyursa-
yu, o’zi qilmasa, uning so’zlari hech kimga ta’sir etmaydi va foyda keltirmaydi”.
Ushbu fikrlar zamiriga juda katta ibrat va hikmat m a’nolari singdirilgan. Demak,
xalqqa pand-nasihat aytib, ulami to’g’ri yo’lga boshlovchi voiz nafaqat ilmi va
chiroyli so’zlari bilan, balki o’zining yuksak axloqodobi, halol hayot tarzi bilan ham
boshqalarga namuna bo’lishi lozim. Buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi
yetishib chiqqan, jahonni ilm-ma’rifat nuri bilan yoritgan uyg’onish davri deb
yuritiladigan zamonlarda O’rta Osiyoda so’z san’ati, shuningdek, notiqlik san’ati
ham taraqqiy etdi. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud
Koshg’ariy, Abulqosim Zamaxshariy, Alisher Navoiy kabi ulug’ siymolar ilm-
fanning turli sohalariga oid kashfiyotlar bilan bir qatorda, notiqlik san’ati asoslarini
ham yaratdilar.
Abu Nasi Forobiy ko’plab asarlarida so’z san’atiga doir qimmatli fikr-
mulohazalar bildirish bilan cheklanmasdan suxandonlik nazariyasi, notiqlik san’ati
ilmiga doir maxsus “Kitob al-xitobat” risolasini ham yozgan. Jumladan, Forobiy
chuqur mantiqiy asosga ega bo’lgan yorqin nutq tuzishda leksikologiya, grammatika
va mantiq fanlarining ahamiyati haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish,
ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so’rash va qanday javob
berish masalasiga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga
(substantsiya - narsalar) va aktsidentsiya (hodisalar)ga ism beruvchi til baqidagi
ilmlar deb tasdiqlayman. Ikkinchi grammatikadir; u jismlarga berilgan ism
(nom)larni qanday tartibga solishni hamda substantsiya va aktsidentsiyaning
joylashishini va bundan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so’zlarni va
nutqni qanday tuzishni o’rgatadi.
Uchinchi ilm mantiqdir: ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun logik
figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o’rgatadi, bu xulosalar
yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima to’g’ri, nima yolg’on
ekanligi haqida hukm chiqaramiz”. Forobiyning ushbu fikrlari to’g’ri nutq tuzish va
uni og’zaki ijro etishni o’rganish uchun juda chuqur va har tomonlama bilim olish
muhim ekanligini ko’rsatadi.
Xullas, yaxshi nutq uchun nahv, aruz, m antiq fanlari hamkorligidan
foydalanish zarur bo’ladi. Ularning birortasiga ahamiyat bermaslik, bulardan
birining qoidasining buzilishi, qolgan ikkitasiga ta ‘sir qilmay iloji yo’q”, - deb
yozadi Beruniy. Forobiy, Beruniy kabi allomalarning to’g’ri nutq tuzish masalasiga
bu qadar e’tibor bilan qarashlari X asrlardayoq, yorqin nutq chiroyli gapirish, ifodali
o’qish san’atining taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Ibn Sinoning “She’r san’ati”,
Abu Rayhon Beruniyning “O’tmish ajdodlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya”
va boshqa asarlari tarkibida keltirilgan mukammal nutq tuzish haqidagi qimmatli
fikrlari bugungi kunimiz uchun, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Shuningdek,
Mahmud
Koshg’ariyning
“Devonu
lug’otit
turk”,
Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab”, “Notiqlik asoslari” kabi asarlari so’z
san’ati ilmiga bag’ishlangan bebaho m a’naviy xazina hisoblanadi. Yusuf Xos Hojib,
Alisher Navoiy kabi allomalar o’z asarlarining butun-butun boblarini so’zning ilohiy
ne’mat ekanligi, so’zning mo’jizali qudratini ko’rsatishga bag’ishlaganlar.
Jumladan: Zakovat ko’rki so’zdur, bu tilning ko’rki so’zdur, Kishining ko’rki
yuzdur, bu yuzning ko’rki ko’zdur. (Yusuf Xos Hojib) M a’dani inson gavhari
so’zdurur, Gulshani odam samari so’zdurur. (Alisher Navoiy) kabi hikmatli
misralami bitdilar.
O’rta asrlarda Bahouddin Valad, Yusuf Hamadoniy, Ahmad Yassaviy,
Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Husayn Voiz Koshifiy, M
u’iniddin Voiz, Voiz Hiraviy, Zayniddin Vosifiy kabi notiqlik san’atini puxta
egallagan so’z ustalari yetishib chiqdilar. Bu ulug’ zotlar o’zlarining ibratli hayot
tarzi bilan imon-e’tiqod, ilmm a’rifat, axloq-odob haqidagi beqiyos o’gitlari bilan
minglab insonlar qalbini m a’rifat nurlari ila m unaw ar qilishga erishdilar.
XV -X VI asrlarda notiqlik san’ati turlari, qonun-qoidalarini aks ettiruvchi bir
necha qoMlanmalar vujudga keldi. Ayniqsa, Muhammad Rafi’ Voizning “Abvob ul-
jinon” (“Jannat eshiklari”), Voiz Qazviniyning “Ziloli maqol” (“Maqol nafosati”),
Voiz Shirvoniyning “Ahsan ul-ahodis” (“Nafis kalimalar”), Quraysh Sindiyning
“Anis ul-voizin” (“Voizlar do’sti”), Mulla Kalon Voiz Samarqandiyning “ Ravzat
ul-voizin” (“Voizlar bo’stoni”), Qozi 0 ‘shiyning “Miftoh un-najot” (“Najot kaliti”)
kabi asarlari keyingi davrlarda yetishib chiqqan notiqlar uchun asosiy dasturulamal
bo’lib xizmat qilgan. Shuningdek, Alisher Navoiyning “M ajolis un-nafois”,
Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’”, Xondamiming “Makorim ul-axloq”
kabi asarlarida ham voizlik san’ati haqida qimmatli fikrmulohazalar bayon qilingan.
Tariximizda nurli iz qoldirgan ulug’ allomalar tomonidan notiqlik san’ati
haqida maxsus asarlar yaratilishi, so’z ijrochiligiga bu qadar katta e ‘tibor berilishi
qadim-qadimdan O’rta Osiyoda ifodali nutq san’atining juda katta ijtimoiy-siyosiy
mavqega ega bo’lgan davlat ahamiyatiga molik ish ekanligidan dalolat beradi. M
avlono Irshod. XV asrda Hirotda yashab - faoliyat ko’rsatgan voizlardan biri
Mavlono Irshoddir. U o’zining donishmandligi va so’zga chechanligi bilan el
nazariga tushgan. Mavlono Irshod faqat xalqqa va’z aytish bilangina cheklanib
qolmasdan, rasmiy davlat ishlarida ham qatnashib. qo’shni mamlakatlar bilan
diplomatik aloqalami mustahkamlashda munosib xizmallar qilgan.
Faxriddin Ali Safiyning “Latoyif ut-tavoif” asarida hikoya qilinishicha, Sulton
Husayn Boyqaro rasmiy davlat ishi yuzasidan muzokara olib borish uchun Sherozga
vakil yubormoqchi bo’ladi. Saroy a’yonlari o’zaro maslahatlashib, bunday nozik va
mas’uliyatli vazifani faqat Mavlono Irshod bajara oladi, degan xulosaga kelishadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi Mavlono Irshod Sherozga borib kutilganidek, rasmiy
ishlami oz fursatda ijobiy hal qilishga erishadi. Uning notiqlik mahoratiga qoyil
qolgan Shoh Shujo’ Irshodga ruxsat bermay, bir majlis qurib keyin ketishni iltimos
qiladi. Majlis juma kuniga belgilanadi. Juma namozidan keyin Masjidi jom e’ga
yig’ilgan xalq oldida Mavlono Irshod shunday ehtirosli nutq so’zlaydiki, odamlar
uning ta’sirchan sobzlaridan junbushga kelib, ko’z yoshlarini tiya olmay qolishadi.
Buni ko’rgan voiz notiqlik mahoratining yana bir qirrasini namoyish etib, o’z
nutqida keskin burilish yasaydiki, endi hamma birdaniga ko’z yoshi aralash kula
boshlaydi. “Latoyif ut-tavoyif’ asarida keltirilgan bu voqea Mavlono Irshodning
odamlar ruhiyatini chuqur tushunadigan, nihoyatda mahoratli so’z ustasi bo’lganidan
dalolat beradi. Qozi O’shiy. O’zining purhikmat so’zlari va jarangdor ovozi bilan
xalqqa maqbul va manzur bo’lgan voizlardan yana biri Qozi O’shiydir. Mavlono asli
farg’onalik bo’lib, O’sh shahrida qozilik lavozimida ham ishlagan. Mamlakatning
ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan Qozi O’shiy jamiyatda yuzaga
keladigan chigal muammolami yechishda, odamlar qalbiga yo’l topishda benazir zot
bo’lgan. Bu haqida Faxriddin Ali Safiyning “Latoyif ut-tavoyif’ asarida quyidagi
voqea hikoya qilinadi: “Seiston viloyatining xalqi qattiq qo’lligi, hatto gadoyga ham
sadaqa bermasligi bilan nom chiqargan ekan.
Qozi O’shiy esa mana shu xalqning ko’ngil qulfini so’z kaliti vositasida
ochishga erishadi. U Seistonga borib ma’lum muddat shu xalqning ichida yashaydi;
ulaming ruhiyatini o’rganadi, odamlami qiynayotgan muammolami aniqlaydi. Ana
shundan keyin shahar qozisidan ruxsat olib, juma kuni masjidi jom e’da xalqqa va’z
aytadi. U o’z nutqida xalqning ayni dilidagi gaplami, ulami qiynayotgan
muammolami shunday aniq va ravon bayon etadiki, xalq topgan-tutganini minbar
ostiga keltirib tashlaydi. Mavlono 0 ‘shiy nutqi uchun haq olmasligini, va’z va
nasihat faqat savob uchun, odamlami to’g’ri yo’lga boshlash uchun aytilishini
tushuntirganda Seiston xalqining voizga bo’lgan hurmat va muhabbati yanada
oshadi. Mana shu voqeadan keyin bu xalqning xasis emas, aksincha, oliyjanob
ekanligi,
faqat
o’z
davrining
ba’zi
muammolariga
javob topa
olmay
qiynalayotganliklari ma’lum bo’ladi.
Xoja Muayyad Mehnagiy. “Majolis un-nafois” tazkirasida Xoja Muayyad
Mehnagiy nomi o’z zamonasining yetuk notiqlaridan biri www.ziyouz.com
kutubxonasi sifatida tilga olinadi. Dunyoviy va diniy bilimlami chuqur egallagan bu
kishining va’zlari hamisha jo’shqin o’tgan. Mehnagiy va’zlarining asosini imon-
e’tiqod, dinu diyonat, axloq-odob haqidagi umuminsoniy masalalar tashkil etgan. U
o’zining pandu nasihat so’zlari bilan zamondoshlarini ezgulikka da’vat etishdan
charchamagan. Voiz o’z nutqini hamisha Qur’on hikmatlari va hadislar, hikoyat va
rivoyatlar bilan bezab, ulami tinglovchilarning didi va saviyasiga muvofiqlashtirib
dilkash ohangda bayon etgan. Shuning uchun ham, uning va’zlari xalq tomonidan
qizg’in kutib olingan, bahs-munozaralarga sabab bo’lgan.
Komil ma’rifat egasi Xoja Muayyad Mehnagiy o’z davrining fidoiy
murabbiysi sifatida boshqalarni ham kamolot sari yetaklashga intilgan. Shu boisdan
Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da taniqli adiblar va shoirlar qatorida Xoja
Muayyad nomini ham hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. “Xoja Muayyad Mehna -
Hazrat Shayx Abusaid Abulxayr (quddisa sirrihu)ning nabiralaridindur. Yillar mozor
bosbida shayx erdi va zohir ulumin takmil qilib erdi va va’z majolisi bag’oyat garm
va pursho’r voqe’ erdi. Va Xoja samo’ni dag’i muassir qilur erdi. Salotin Xojani
ta’zim qilur erdi”.
Mavlono Riyoziy. “Majolis un-nafois” tazkirasining uchinchi majlisida
Riyoziy haqida shunday ma’lumot keltirilgan: “Mavlono Riyoziy - Zova
muhawilotidindur. Atvori mutalavvin kishidur. U1 viloyatning qozisi erdi. U
jamg’arma munofiy ishlar andin sodir bo’lib, ma’zul bo’ldi va qayd va musodaralar
tortdi va base zabmatlar ko’rdi, hamul mansab muddaosig’a ammo muyassar
bo’lmadi. Va’z aytib minbarda o’z ash’orin o’qub, yig’lab vajdu hoi qilur”. . Hazrat
Navoiyning ushbu fikr-mulohazalaridaji shu narsa m a’lum bo’ladiki, Mavlono
Riyoziy bir necha muddat Zova viloyatining qozisi bo’lgan. Ammo o’z davri
xukmronlarining siyosatiga qarshi borgani uchun qozilik lavozimidan chetlashtirilib,
ancha zahmatlar chekkan. Mavlono Riyoziy davrining taniqli so’z ustasi sifatida o’z
va’zlarida yuksak insonparvarlik qarashlarini ilgari surgan. Jamiyatda ro’y beradigan
axloqsizlik, zo’ravonlik kabi g’ayriinsoniy hodisalarga befarq qaray olmagan.
Binobarin, hukmronlarni insofga chaqirish e’tiqodsiz va порок kimsalami haq
yo’lga hidoyat etish Mavlono Riyoziy va’zlarining asosiy mazmunini tashkil etgan.
Riyoziy voiz, ayni paytda iste’dodli shoir ham boMgan. Shu boisdan ham
xalqqa va’z aytayotganda ba’zan o’z she’rlarini hissiyot bilan o’qib, eshituvchilami
ham toMqinlantirgan, ularda xayrixohlik va hamdardlik tuyg’usini uyg’ota olgan.
Hayoti va faoliyatini ezgulikni targ’ib etishga bag’ishlagan mavlono Riyoziy fidoiy
murabbiy sifatida xalq qalbidan chuqur joy olganligi sababli ham, Alisher
Navoiydek zotning nazariga tushgan. Tayanch tushunchalar Kohinlar - “Avesto”
targ’ibotchilari. Qadimgi notiqlar. Voizlar - axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy
mavzularda nutq so’zlovchi ma’rifat targ’ibotchilari. Voizlik turlari: dabirlik,
xatiblik, muzakkirlik. Substantsiya - tub mohiyat. Aksidentsiya - tasodifiy hoi,
hodisa; tub mohiyati e’tibori bilan uncha ahamiyati bo’lmagan juz ‘iy xususiyat.
“Kimning xati chiroyli” tanlovini tashkil etish
Ko`rik-tanlovlar. Ko`rik-tanlovlar - ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning
muhim turi. Bu tadbir vaqt-vaqti bilan o`tkaziladigan tadbir bolib, uni tashkil etishda
o`quvchilarning yoshi, bilim saviyasi hisobga olinadi. Ko`rik-tanlovlar mavzusi
oldindan e`lon qilinadi. Boshlang`ich sinflarda “Kimning xati chiroyli?”, “Matnni
kim tez va to`g`ri o`qiydi?”, “Ifodali o`qish“, “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi ertak
aytuvchi” kabi tanlovlar o`tkazilsa bo`ladi. Olimpiadalar ham sinfdan tashqari
ishlarning bir turi bo`lib, unga ishtirok etish ixtiyoriy. Olimpiadaga istagan
o`quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Ona tili olimpiadalari yilda bir marta
o`tkaziladigan tadbirdir. Bu tadbirning birinchi bosqichi maktabda, ikkinchi bosqichi
tuman (shahar)da, uchinchi bosqichi viloyatda va to`rtinchi bosqichi Respublikada
o`tkaziladi. G`oliblarni hay`at a`zolri belgilaydi va keyingi bosqichga tavsiya etadi.
G`olib maktab yoki tuman, respublika ma`muriyati buyrug`i bilan rag`batlantiriladi.
O`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi tilimizga bo`lgan e`tiborni
kuchayturish demakdir. Oktyabr oyida “Haftaliklar – quyida keltiriladi.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning yuqorida tilga olingan barcha shakllarini
tashkil etishda to`garak a`zolari faol ishtirok etadilar. Xullas, sinfdan va maktabdan
tashqari tadbirlar alohida-alohida tadbirlar sanalsa-da, ammo ular o`zaro bog`liq, biri
ikkinchisini to`ldiradigan tadbirlardir. To`garak mashg`ulotlari va sinfdan tashqari
ishlarning barcha turlaridan unumli foydalanilgan taqdirdagina, ona tili ta`limining
samaradorligi ta`minlanadi. Sinfdan tashqari ishlarda o`quvchilarning aqlini
o`stiruvchi, fikrlashga va ijodga undovchi ish turlari, ta`limiy o`yinlarga keng o`rin
beriladi. O`quvchi o`ynab turib o`ylanadi, izlanadi, bilimini boyitadi. Koʻrik
tanlovlar – bu sinf ichida va sinflararo boʻlishi mumkin. Masalan, ‘‘Yilning eng
yaxshi bilimdoni’’ kabi.
Haftalik mazmuni va ularni tashkil qilish
Shubhasiz, har qanday o’qituvchi uchun fan bo’yicha sinfdan tashqari ishlar
o’qituvchilik faoliyatining eng sevimli tarkibiy qismidir. Bu fanlar bo’yicha
bilimlarni
kengaytirish
va
chuqurlashtirish,
qiziquvchanlik,
qat’iyatlilik,
mehnatsevarlik, bilim olishda mustaqillikni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat
bo’lishidan tashqari, sinfdan tashqari ishlar hamisha hissiy ko’tarinkilik, jonlanish,
bilim olish quvonchi hisoblanadi. Haftaliklar turli xil ish shakllarini o’z ichiga oladi.
Ular o’zlarining kognitiv tomoni va hissiy boyligi bilan maktab o’quvchilarini o’ziga
jalb qilishlari ma’lum. Haftalik tadbirlari o’quvchilarning ijodiy o’zini-o’zi
rivojlantirishi, maktab o’quvchilarining ta’lim, kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy va
umumiy madaniy kompetentsiyalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratishga
qaratilgan. Haftalik - bu sinfdan tashqari mashg’ulotlarning tasodifiy shakllari va
turlari emas, balki bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va fanga qiziqish
uyg’otish maqsadlarini ko’zlaydigan, oldindan o’ylangan va tayyorlangan tadbirlar
tizimi. Bu bolalar ijodiyoti haftaligi, o’ziga xos bayramdir.
Haftalkini tashkil qilishda quyidagi o’ziga xos shartlar hisobga olinadi:
o’quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ularning ona tiliga qiziqishi, ushbu
qiziqishning yo’nalishi va sifati, darsdan tashqari ish bosqichi (boshlanishi, davomi),
boshqa fanlardan darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularda ishtirok etish, maktab
o’quvchilari, maktab an’analari va boshqalar.
Fan haftaligining vazifalari ochiq darslar va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni
tayyorlash, tashkil etish va o’tkazish orqali o’qituvchilarning kasbiy mahoratini
oshirish; talabalarni mustaqil ijodiy faoliyatga jalb etish, ularning o’qiyotgan o’quv
fanlariga qiziqishini oshirish; ijodiy qobiliyatga ega, ona tilini chuqur o’rganishga
intilayotgan iqtidorli o’quvchilarni aniqlashda yordam beradi.
Haftalikka tayyorgarlik uzoq vaqt davomida olib boriladi, uning mavzusi va
mazmuni o’qituvchilarning uslubiy birlashmasi yig’ilishida muhokama qilinadi.
Haftalikni tayyorlashning muhim bosqichi tashkiliy qo’mitani saylashdir, unga til
bo’yicha darsdan tashqari ishlarda katta qiziqish va faollik ko’rsatadigan yetakchi
og’zaki o’qituvchilardan tashqari talabalar kiradi. Tashkiliy qo’mita har bir sinfdan
1-2 o’quvchidan iborat bo’lishi mumkin. O’qituvchining ishtiyoqi, o’quvchilarni o’z
mavzusiga qiziqtirish istagi o’quvchilarga samarali ta’sir qiladi. Haftalikning
tashkiliy qo’mitasi muayyan tadbirlarni tashkil etish bilan bog’liq barcha kerakli
harakatlarni amalga oshirishi mumkin, ammo ularni qanday o’tkazish bo’yicha ilmiy
va uslubiy maslahatlar faqat o’qituvchi tomonidan berilishi mumkin. Fan haftaligi
ona tili va adabiyoti o’qituvchilarining metodik birlashmasi tomonidan o’tkaziladi,
lekin haftalik davomida boshqa metodik birlashmalar bilan aloqalarni yo’lga qo’yish
zarur.
Ota-onalar maktabdan tashqari mashg’ulotlarning faol ishtirokchisi (tanlovlarda,
o’yinlarda bevosita ishtirok etish, hakamlar hay’ati a’zosi bo’lish, tashkiliy qo’mita
a’zosi bo’lish va hokazo) yoki passiv (axborot taxtasini o’qish, har bir kunning
natijalari bilan tanishish) bo’lishi mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarning
o’zini o’zi anglash, o’zini namoyon qilish, ijodiy shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega
bo’lgan faoliyatga bo’lgan ehtiyojlarini to’liq qondiradi, degan xulosaga kelishimiz
mumkin; u o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi hamkorlik tamoyilini amalga
oshirishga yordam beradi, pedagogik jarayonda jamoa va shaxsni birlashtiradi,
bolaning shaxsiyatining o’sishiga yordam beradi va bu o’sishni qayd etish imkonini
beradi.
Qaysi maktab fanlari muhim va qaysilari unchalik muhim emasligi haqida
bahslashishning hojati yo’q. Inson bilim olishi, o’z hayot yo’lini to’g’ri tanlashi
uchun ko’plab fanlar asoslarini bilishi kerak. Fanlarga mehr va e’tiborni singdirish
vositalaridan biri bu fan haftaligidir, chunki bu maktab o’quvchilarida nafaqat fanga
qiziqishni rivojlantirishni, balki qo’shimcha adabiyotlar, lug’atlar, ma’lumotnomalar
va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash istagini uyg’otadi. Bundan
tashqari, mavzu haftaligi o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirishga
ta’sir qilishi mumkin bo’lgan ta’lim faoliyati shakllaridan biridir.
Haftalikni o’tkazishda maktab o’quvchilarining yosh xususiyatlari, qiziqish va
istaklari, individual moyillik va qobiliyatlari hisobga olinadi, o’qitishning turli shakl
va usullaridan foydalaniladi. Aqliy faollikni oshirish uchun tadbirlarda, o’yinlarda,
musobaqalarda AKTdan foydalaniladi va loyihalar amalga oshiriladi. Haftalik
nafaqat maktab o’quvchilariga, balki ularning murabbiylariga ham mahoratni
namoyish etish imkoniyatidir. Haftalikning asosiy maqsadi ona tili va adabiyotini
o’rganishga qiziqishni oshirish, bolalarda xayoliy fikrlashni rivojlantirish, kognitiv,
kommunikativ, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, qiziquvchanlikni, o’z ona
nutqining go’zalligi va ifodaliligiga sezgirlikni rivojlantirishdan iborat.
Ona tili va adabiyoti fan haftaligi quyidagi muammolarni hal qilish uchun
mo’ljallangan: o’quvchilarning bilim va ijodiy faolligini rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish, ijodiy qobiliyatga ega bo’lgan talabalarni aniqlash, tadbirlar va
tanlovlar orqali talabalarni ijodiy faoliyatga jalb qilish, talabalarning qiziqishini
oshirish. O’quv faoliyatida va haqiqat va o’zingizni bilish, shuningdek, o’z-o’zini
tarbiyalash va o’zini o’zi tashkil etishni rivojlantirish. Haftalik rejasi turli yoshdagi
o’quvchilarning real kommunikativ ehtiyojlarini hisobga olgan holda tuziladi va
uning mazmuni kommunikativ va rag’batlantiruvchi yo’nalish, ma’lumotlilik, ta’lim
ahamiyati va foydalanish imkoniyati kabi talablarga javob beradi. Haftalikning
barcha tadbirlari talabalarning ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan.
Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan olimpiadani tashkil etish.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar
maktablari o’quvchilari o’rtasida fan olimpiadalarini o’tkazish va xalqaro
olimpiadalarda ishtirok etish tartibi to’g’risidagi nizomga ko’ra, ta’lim
muassasalari o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan fan olimpiadalari quyidagi
turlarga bo’linadi:
a) umumta’lim fanlari bo’yicha asosiy fan olimpiadasi;
b) Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tashkil
etiladigan qo’shimcha respublika olimpiadalari;
v) xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni
saralash olimpiadalari;
g) onlayn fan olimpiadalari;
d) nodavlat fan olimpiadalari va boshqalar.
Umumta’lim fanlari bo’yicha asosiy fan olimpiadasi nazarda tutilgan
fanlardan quyidagi to’rt bosqichda:
a) birinchi bosqich – ta’lim muassasalarida;
b) ikkinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida (bunda tuman (shahar) hududida
ta’lim muassasalari soni 50 dan oshsa, tashkiliy qo’mita qaroriga ko’ra
olimpiadaning tuman bosqichini dastlab hududlarga bo’lingan holda tashkil etilishi
mumkin);
v) uchinchi bosqich – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahri miqyosida;
g) to’rtinchi bosqich – respublika miqyosida o’tkaziladi.
Asosiy fan olimpiadasida davlat va nodavlat umumiy o’rta ta’lim
muassasalarining 9-10-11-sinf, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarining 1-
2-bosqich o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladi. O’quvchilar olimpiadalarda o’z
xohishlariga ko’ra ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
Asosiy fan olimpiadasining birinchi bosqichi uchun ta’lim muassasalarining
direktorlari mas’ul hisoblanadi va tegishli o’quv yilining boshidan 20 oktyabriga
qadar o’tkaziladi.
Birinchi bosqichda har bir fan yo’nalishida ballar ketma-ketligida 3 nafar
g’oliblar (1-2-3-o’rinlar) aniqlanadi va tashkiliy qo’mita qarori bilan ikkinchi
bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Asosiy fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi uchun xalq ta’limi hududiy
bo’limlari mudirlari mas’ul hisoblanadi va tegishli o’quv yilining kuzgi ta’til davrida
o’tkaziladi.
Ikkinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar
ketma-ketligida 3 nafar (1-2-3-o’rinlar) g’olib aniqlanadi va hakamlar hay’ati qarori
asosida tashkiliy qo’mita tomonidan uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya
etiladi.
Asosiy fan olimpiadaning uchinchi bosqichi uchun xalq ta’limi hududiy
boshqarmalari boshliqlari mas’ul bo’lib, tegishli o’quv yilining qishki ta’til davrida
o’tkaziladi.
Uchinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar
ketma-ketligida 1-2-3-o’rinlarni egallagan o’quvchilar g’olib hisoblanadi va ularga
axborot tizimi orqali QR-kodli guvohnoma beriladi.
Asosiy fan olimpiadasining to’rtinchi bosqichi uchun Xalq ta’limi vazirligi va
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul bo’lib, tegishli o’quv yilining may-iyun
oylarida o’tkaziladi.
To’rtinchi bosqichda har bir fan yo’nalishida ballar ketma-ketligida 1-2-3-
o’rinlarni egallagan o’quvchilar g’olib hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar
maktablari o’quvchilari o’rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o’tkazish
hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g’oliblarni
rag’batlantirish tartibi to’g’risida
NIZOM
1-bob Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat va nodavlat umumiy o’rta ta’lim tashkilotlari, akademik
litsey va kasb-hunar maktablari (keyingi o’rinlarda — maktablar) o’quvchilari
o’rtasida umumta’lim fanlari bo’yicha olimpiadalarni tashkil etish, o’tkazish,
xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar ishtirokchilarini saralash hamda olimpiada
g’oliblarini rag’batlantirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
asosiy olimpiada — umumta’lim fanlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o’rinlarda — Vazirlik) tomonidan maktablar o’rtasida
respublika miqyosida tizimli ravishda har yili tashkil etiladigan olimpiada;
qo’shimcha respublika olimpiadalari — mahalliy davlat hokimiyati organlari,
vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan asosiy
olimpiadalardan tashqari, o’z tashabbusi bilan o’tkaziladigan olimpiadalar;
onlayn olimpiada — o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish va asosiy
olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rish ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan
hamda faqat axborot texnologiyalari (kompyuter, planshet, telefon va boshqalar)
orqali amalga oshiriladigan olimpiadalar;
nufuzli xalqaro olimpiadalar — O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz
tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son
qarorida belgilangan xalqaro olimpiadalar;
mintaqaviy xalqaro olimpiadalar — nufuzli xalqaro olimpiadalar ro’yxatiga
kirmaydigan,
O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
tomonidan
tasdiqlanadigan ro’yxatga kiritilgan hamda g’oliblarining maqomi asosiy
olimpiadalarning respublika bosqichi g’oliblariga tenglashtirilgan xalqaro
olimpiadalar;
olimpiadalar taqvimi — o’quv yili davomida o’tkazilishi rejalashtirilgan fan
olimpiadalarining reja-jadvali;
olimpiada
g’oliblari
—
asosiy
olimpiada,
qo’shimcha
respublika
olimpiadalarida 1, 2, 3-o’rinlarni, xalqaro olimpiadalarda oltin, kumush va bronza
medallarini qo’lga kiritgan o’quvchilar;
axborot tizimi — Vazirlikning olimpiadalarni tashkil qilish va o’tkazishga
mo’ljallangan veb-sayti.
3. Fan olimpiadalari yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida adolatlilik,
ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o’tkaziladi.
4. Olimpiadalar uchun test topshiriqlari, yozma va amaliy ishlarni (keyingi
o’rinlarda — nazorat materiallari) tayyorlash, iqtidorli o’quvchilar zaxirasini
shakllantirish hamda olimpiadalarni o’tkazish bilan bog’liq tadbirlar Vazirlik
tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Respublika miqyosida tashabbus tartibida tashkil qilinadigan barcha turdagi fan
olimpiadalari Vazirlik bilan kelishgan holda o’tkaziladi hamda olimpiadalar
taqvimiga kiritiladi.
5. Olimpiadalar nazorat materiallari o’quvchilarning bilim, ko’nikmalarini
standart va nostandart masalalarda, amaliy topshiriqlarda qo’llay olish malakalarini
va kompetensiyalarini baholashga qaratiladi.
6. Nufuzli xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalarni o’tkazish
tartibi va shartlari ularning tashkilotchilari tomonidan belgilanadi.
7. O’quvchilar olimpiadalarda o’z xohishlariga ko’ra, ixtiyoriy ravishda
qatnashadilar.
2-bob. Asosiy olimpiadalarni tashkil etish tartibi
8. Asosiy olimpiadalarning tegishli bosqichini o’tkazish bo’yicha kompleks
chora-tadbirlarni bajarish uchun Vazirlik hamda uning hududiy bo’linmalari o’z
buyruqlari bilan tashkiliy qo’mitalar, hakamlar hay’atlari, apellatsiya komissiyalari
tashkil etadilar.
1-§. Tashkiliy qo’mita
9. Olimpiadalarni tashkil etish uchun Vazirlik, Qoraqalpog’iston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq
ta’limi bosh boshqarmasi (keyingi o’rinlarda — hududiy xalq ta’limi
boshqarmalari), tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlarida har bir olimpiada hamda
uning bosqichlarini o’tkazish bo’yicha respublika va hududiy tashkiliy qo’mita
(keyingi o’rinlarda — tashkiliy qo’mita) tuziladi.
10. Quyidagilar tashkiliy qo’mitaning vazifalari hisoblanadi:
olimpiada o’tkaziladigan joyni belgilash va tasdiqlash;
hakamlar hay’ati tarkibi, apellatsiya komissiyasi a’zolari, auditoriya rahbarlari
ro’yxatini shakllantirish;
olimpiada nazorat materiallarining maxfiyligini, olimpiadani mazkur Nizom
talablari asosida o’tkazilishini ta’minlash;
olimpiadaning tashkil etilishi, o’tkazilishi va natijalarini ommaviy axborot
vositalarida yoritib borish;
barcha olimpiada ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga
kiritilishini muvofiqlashtirish;
olimpiada natijalari va hakamlar hay’ati qarori asosida g’oliblarni keyingi
bosqichda ishtirok etishi bo’yicha tavsiyani yuqori turuvchi tashkiliy qo’mitaga
taqdim etish.
11. Maktablarda tashkiliy qo’mitaning vazifalari Pedagogik kengash tomonidan
amalga oshiriladi.
12. Tashkiliy qo’mita tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test
markazi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Prezident ta’lim
muassasalari agentligi hamda Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish
agentligining mas’ul xodimlari va boshqa mahalliy davlat hokimiyati organlari
vakillari kiritilishi mumkin.
2-§. Hakamlar hay’ati
13. Olimpiadalarning barcha bosqichlarida tashkiliy qo’mita tomonidan 3
kishidan 7 kishigacha tarkibda hakamlar hay’ati tuziladi.
14. Hakamlar hay’ati:
olimpiada jarayonida beriladigan nazorat materiallarini ekspertizadan o’tkazadi;
olimpiada ishtirokchilari tomonidan bajarilgan ishlarni Vazirlik tomonidan
tasdiqlangan baholash mezonlari asosida xolisona tekshiradi, baholaydi va
g’oliblarni aniqlaydi;
natijalarni olimpiada o’tkazilgan kuni e’lon qiladi;
o’tkazilgan olimpiada natijalari bo’yicha qaror qabul qiladi va uni tashkiliy
qo’mitaga taqdim etadi.
15. Hakamlar hay’ati tarkibiga maktablar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, oliy
ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlarining yuqori malakali mutaxassislari jalb qilinadi.
Har bir fan bo’yicha tuzilgan hakamlar hay’ati a’zolari ochiq ovoz berish yo’li bilan
hay’at raisini saylaydilar.
16. Hakamlar hay’ati a’zolari olimpiada g’oliblarini xolisona aniqlashda va
nazorat materiallarining maxfiyligini ta’minlashda shaxsan javobgar hisoblanadi.
3-§. Auditoriya rahbari va nazoratchilar
17. Tashkiliy qo’mita tomonidan olimpiada boshlanishidan oldin qur’a tashlash
yo’li bilan fan o’qituvchilari orasidan xonalarga auditoriya rahbari va nazoratchilari
tayinlanadi.
Fan o’qituvchisi o’z mutaxassislik yo’nalishida olimpiada o’tkazilayotgan
auditoriyaga rahbar yoki nazoratchi etib tayinlanishiga yo’l qo’yilmaydi.
18. Auditoriya rahbarlari:
ishtirokchilarga olimpiadaning tartib-qoidalari to’g’risida qisqacha tushuntiradi;
olimpiada boshlanishi va tugash vaqtini e’lon qiladi hamda olimpiada jarayonini
nazorat qiladi;
fan olimpiadasi jarayonida o’rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilmagan
o’quvchilarni olimpiadadan dalolatnoma tuzib chetlashtiradi;
ishtirokchilarning bajargan ishlarini shifrlab, tekshirish uchun hakamlar
hay’atiga topshiradi;
hakamlar hay’ati tomonidan tekshirilgan ishlarni shifr bo’yicha ro’yxatini tuzadi
va tashkiliy qo’mitaga taqdim etadi.
19. Auditoriya nazoratchilari olimpiada o’tkazilayotgan va o’zlari biriktirilgan
auditoriyada tartib saqlanishini ta’minlaydilar va auditoriya rahbariga qo’yilgan
vazifalarni amalga oshirishda ko’maklashadilar.
20. Olimpiada o’tkaziladigan auditoriyalar videokuzatuv kameralari bilan
jihozlanadi. Auditoriyada telefon va turli aloqa vositalaridan foydalanish
taqiqlanadi. Kimyo va fizika fanlarida kalkulyatordan hamda matematika fanida
sirkul va chizg’ichdan foydalanishga ruxsat etiladi.
Ommaviy axborot vositalari vakillariga olimpiada jarayoniga xalaqit qilmagan
holda kuzatishlariga ruxsat beriladi.
21. Olimpiada o’tkazilayotgan jarayonda ishtirokchilarning o’zaro gaplashishi,
aloqa vositalari va turli xil qo’shimcha manbalardan foydalanishi taqiqlanadi.
Bunday holatlar uchun ishtirokchi olimpiadadan chetlashtiriladi, bajargan ishlari
tekshirilmaydi va baholanmaydi.
4-§. Apellyatsiya komissiyasi
22. Apellatsiya komissiyasi hakamlar hay’ati tarkibiga kirmagan uch nafargacha
fan mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladi.
23. Apellatsiya komissiyasi tomonidan olimpiada ishtirokchilarining arizalari
olimpiada natijalari e’lon qilingan kunning o’zida qabul qilinadi. Apellatsiya
jarayonida hakamlar hay’ati a’zolari, ishtirokchi va uning fan o’qituvchisi ishtirok
etishi mumkin.
24. Apellyatsiyaga olimpiadalar ishtirokchilarining faqatgina o’zlari tomonidan
bajarilgan ishlarini qayta ko’rib chiqish bo’yicha natija e’lon qilingandan so’ng shu
kunning o’zida arizalar qabul qilinadi.
25. Hakamlar hay’ati tomonidan baholangan ishtirokchining bajargan ishida
baholash mezonlariga mos kelmaslik holatlari aniqlanganda apellatsiya komissiyasi
hakamlar hay’ati qarorini bekor qilish yoki ularga o’zgartirishlar kiritish huquqiga
ega.
26. Apellatsiya komissiyasi hakamlar hay’atiga apellatsiya natijalari bo’yicha
izoh berib, olimpiada natijalarini o’zgartirishi mumkin va bunda hakamlar hay’ati
qarori qayta tasdiqlanadi.
5-§. Iqtidorli o’quvchilar zaxirasi
27. Iqtidorli o’quvchilar zaxirasi axborot tizimida shakllantiriladi.
28. Iqtidorli o’quvchilar zaxirasiga quyidagi toifadagi o’quvchilar kiritiladi:
asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida fanlar kesimida 1, 2, 3-o’rinlarni
egallagan o’quvchilar;
mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g’oliblari;
nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan o’quvchilar;
qo’shimcha respublika olimpiadalari g’oliblari;
onlayn olimpiadalar g’oliblari.
29. Iqtidorli o’quvchilar zaxirasidagi o’quvchilar to’g’risidagi ma’lumotlar yillar
kesimida Vazirlikning axborot tizimida saqlanadi.
3-bob. Asosiy olimpiadalarni o’tkazish tartibi
30. Asosiy olimpiadalar ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan fanlardan ikki
guruhga ajratilgan holda o’tkaziladi.
Bunda, nufuzli xalqaro olimpiadalar tashkil qilinadigan fanlar mos keluvchi
birinchi guruh (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot
texnologiyalari fanlari) va ikkinchi guruh (qolgan fanlar) deb belgilanadi.
31. Barcha fanlardan nazorat turlari, shakllari, baholash mezonlari Vazirlik
tomonidan tasdiqlanadi.
Birinchi guruhdagi fanlar bo’yicha nazorat turlarida fanlar bo’yicha sinovlar
xalqaro olimpiadalarning talablari va topshiriqlari metodologiyasini qo’llagan holda
o’tkaziladi.
32. Asosiy olimpiadalar maktablarning 9 — 11-sinf, akademik litseylar va kasb-
hunar maktablarining o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladi.
33. Asosiy olimpiadalar to’rt bosqichda quyidagi muddatlarda o’tkaziladi:
birinchi bosqich — maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar miqyosida
sentyabr oyida;
ikkinchi bosqich — tuman (shahar) miqyosida oktyabr oyida;
uchinchi bosqich — Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahri miqyosida noyabr oyida;
to’rtinchi bosqich — respublika miqyosida barcha fanlardan aprel-may oylarida
o’tkaziladi.
To’rtinchi
bosqichda
umumta’lim
maktablarining 11-sinf,
kasb-hunar
maktablari, akademik litseylarning 2-bosqich o’quvchilari ishtirok etadilar.
Birinchi bosqich maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar tomonidan
o’quvchilar o’rtasida o’tkaziladi.
Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3
nafargacha g’olib aniqlanadi va maktab pedagogik kengashining (yoki nodavlat
ta’lim tashkiloti rahbarining) qarori bilan ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun
tavsiya etiladi.
Ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan o’quvchilar hamda
ularning o’qituvchilari haqidagi ma’lumotlar axborot tizimiga joylashtiriladi.
Birinchi bosqichni o’tkazish bilan bog’liq masalalar, nazorat materiallarining
maxfiyligini, jarayonning adolatli va shaffof o’tkazilishini ta’minlashga maktab
direktori mas’ul hisoblanadi.
Tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi birinchi bosqich tashkil etilishini
muvofiqlashtiradi hamda adolatli va shaffof o’tkazilishi bo’yicha nazoratni amalga
oshiradi.
34. Ikkinchi bosqich tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari tomonidan birinchi
bosqichda g’olib bo’lgan o’quvchilar o’rtasida o’tkaziladi.
Akademik litsey hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
maktablarning birinchi bosqich g’oliblari ikkinchi bosqichda ishtirok etmasdan
to’g’ridan to’g’ri uchinchi bosqichda ishtirok etadilar.
35. Ikkinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar
ketma-ketligida 3 nafargacha (1, 2, 3-o’rinlar) g’olib aniqlanadi va hakamlar hay’ati
qarori asosida tashkiliy qo’mita tomonidan uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun
tavsiya etiladi.
Tashkiliy qo’mita tavsiya etilgan o’quvchilar to’g’risidagi ma’lumotlarni
axborot tizimiga kiritadi va tasdiqlaydi.
36. Ikkinchi bosqichni tashkil etishda:
ishtirokchilarini olimpiadalar bo’lib o’tadigan manzilga xavfsiz kelib-
ketishlariga tegishli maktab direktorlari;
nazorat materiallarining maxfiyligini ta’minlash, jarayonlarning shaffof, adolatli
va barcha xavfsizlik choralarini ko’rgan holda tashkil etilishiga — tuman (shahar)
xalq ta’limi bo’limi mudirlari shaxsan mas’ul hisoblanadi.
37. Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari
tomonidan ikkinchi bosqich o’tkazilishini nazorat qiladi.
38. Uchinchi bosqich Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahri miqyosida hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan o’tkaziladi.
39. Asosiy olimpiadalarning uchinchi bosqichida:
ikkinchi bosqichda 1, 2, 3-o’rinlarni egallagan o’quvchilar;
akademik litseylar hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha o’quvchilar;
o’tgan o’quv yilida asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida 1-o’rinni
egallagan va hozirda maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarining
o’quvchilari o’tgan o’quv yilida g’oliblikni qo’lga kiritgan fani bo’yicha ishtirok
etadi.
40. Uchinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar
ketma-ketligida 3 nafar (1, 2, 3-o’rinlar) g’oliblar aniqlanadi.
41. Ishtirokchilarning olimpiadalar bo’lib o’tadigan manzilga xavfsiz kelib-
ketishlarini ta’minlashga tuman (shahar) hokimlari va xalq ta’limi bo’limi mudirlari
shaxsan mas’ul hisoblanadi.
42. To’rtinchi bosqich respublika miqyosida Vazirlik tomonidan uchinchi
bosqichda 1, 2, 3-o’rinlarni egallagan, umumta’lim maktablarining 11-sinf
o’quvchilari hamda kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning 2-bosqich
o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladi.
43. To’rtinchi bosqich uchun test topshiriqlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Davlat test markazi, boshqa turdagi nazorat materiallari hamda ularni baholash
mezonlari Vazirlik tomonidan tayyorlanadi.
44. Ko’zi ojizlar maxsus maktab-internatlari o’quvchilari o’rtasida ona tili va
adabiyot, matematika fanlaridan olimpiada ikki (viloyat va respublika) bosqichda
tashkil qilinadi hamda nazorat materiallari Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi.
45. To’rtinchi bosqichda har bir fan yo’nalishida ballar ketma-ketligida 1, 2, 3-
o’rinlarni egallagan o’quvchilar g’olib hisoblanadi.
46. To’rtinchi bosqichni tashkil etishda:
a) ishtirokchilarning respublika bosqichi bo’lib o’tadigan manzilga xavfsiz
kelib-ketishlariga:
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimlari;
tizimida ta’lim tashkilotlari bo’lgan vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari;
nodavlat ta’lim tashkiloti rahbarlari;
b) nazorat materiallarining maxfiyligini ta’minlash, jarayonlarning shaffof va
adolatli o’tkazilishiga — Vazirlik bevosita mas’ul hisoblanadi.
4-bob. Qo’shimcha respublika olimpiadalari
47. Qo’shimcha respublika olimpiadalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
yoki Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, Qoraqalpog’iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik
va idoralar yoki davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tashabbusiga ko’ra o’tkazilishi
mumkin.
48. Qo’shimcha respublika olimpiadalarini o’tkazish tartibi, g’oliblar va
ularning o’qituvchilari yoki ta’lim muassasalarini rag’batlantirish masalalari
olimpiadalarni o’tkazish uchun tashkil etiladigan tashkiliy qo’mita (yoki
tashkilotchilar) tomonidan o’rnatilgan tartibda belgilanadi.
49. O’quvchilar o’rtasida umumta’lim fanlari bo’yicha o’tkaziladigan
qo’shimcha respublika olimpiadalari Vazirlik bilan kelishiladi.
Qo’shimcha respublika olimpiadasini o’tkazish uchun tashabbuskor tashkilot
tomonidan Vazirlikka o’tkazilishi rejalashtirilayotgan olimpiada to’g’risida quyidagi
ma’lumotlarni ilova qilgan holda murojaat yuboradi:
olimpiadaning maqsadi;
olimpiadani o’tkazish joyi va vaqti;
olimpiada o’tkazilishi rejalashtirilayotgan fanlar ro’yxati;
ishtirokchilar uchun qo’yilgan talablar (sinfi, yoshi va boshqalar);
g’olib va sovrindorlar uchun belgilangan mukofot jamg’armasi hamda
qo’shimcha imtiyozlar.
Vazirlik murojaatni kelib tushgan vaqtdan boshlab o’n kun mobaynida ko’rib
chiqadi hamda qo’shimcha respublika olimpiadasini o’tkazishga rozilik berish yoki
rad qilish bo’yicha asoslantirilgan javob beradi.
50. Quyidagi hollarda olimpiadani o’tkazishga rad javobi berilishi mumkin:
olimpiadani
o’tkazishning
maqsadi
amaldagi
qonunchilik
hujjatlarida
belgilangan ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplarga mos kelmasa;
olimpiadani o’tkazish joyi va vaqti ishtirokchilarning hayoti va sog’ligiga xavf
tug’dirsa.
5-bob. Onlayn olimpiada
51. Umumta’lim fanlari bo’yicha Vazirlik tomonidan o’tkaziladigan onlayn
olimpiada maktablarning 4 — 11-sinf o’quvchilari hamda akademik litsey va kasb-
hunar maktablarining o’quvchilari o’rtasida o’quvchilarning bilimlarini sinovdan
o’tkazish, asosiy olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rish ko’nikmalarini shakllantirish
maqsadida o’tkaziladi.
52. Onlayn olimpiadani o’tkazish tartibi, muddatlari va shartlari to’g’risidagi
ma’lumotlar onlayn olimpiada boshlanishidan ikki hafta oldin Vazirlikning rasmiy
veb-saytlarida joylashtiriladi.
53. Onlayn olimpiadada ro’yxatdan o’tish, ishtirok etish va natijalarini aniqlash
axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
54. Onlayn olimpiadaning texnik ta’minoti Vazirlik tomonidan amalga
oshiriladi.
55. Vazirlik tomonidan tashkil qilinadigan onlayn olimpiadalar natijalari ta’lim
muassasasi, o’quvchilar va ularning o’qituvchilarini rag’batlantirishga asos
bo’lmaydi.
56. Nodavlat tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarini
o’tkazish tartibi, g’oliblar va ularning o’qituvchilari yoki ta’lim muassasalarini
rag’batlantirish masalalari tashkilotchilar tomonidan belgilanadi.
6-bob. Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoaga
nomzodlarni saralash tartibi
57. Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni
saralash (keyingi o’rinlarda — saralash) birinchi guruh fanlardan uch bosqichda
o’tkaziladi.
58. Saralashning barcha bosqichlarida ishtirokchilarga sinfidan qat’i nazar, har
bir fan yo’nalishida bir xil nazorat materiallari taqdim etiladi va natijalar ham
sinflarga ajratilmagan holda e’lon qilinadi.
59. Saralashning birinchi bosqichiga quyidagi toifadagi o’quvchilar jalb qilinadi:
tegishli o’quv yilida o’tkazilgan asosiy olimpiadalarning uchinchi (viloyat)
bosqichida fanlar bo’yicha sinflar kesimida, ballar ketma-ketligida 1 — 5-o’rinlarni
egallagan 9 — 11-sinf va akademik litsey hamda kasb-hunar maktablarining
o’quvchilari;
mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda o’tgan va joriy o’quv yili davomida
g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilar;
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tavsiya qilingan o’quvchilar
(har bir fandan 5 nafargacha);
o’tgan o’quv yilida nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan, hozirda
umumta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida tahsil
olayotgan o’quvchilar.
60. Saralashning birinchi bosqichi Vazirlik tomonidan noyabr oyida tashkil
qilinadi va ikkinchi bosqichga Respublika miqyosida har bir fan bo’yicha eng yuqori
ballarni qo’lga kiritgan dastlabki 25 nafar ishtirokchilar saralab olinadi.
61. Saralashning ikkinchi bosqichi doirasida o’tkazilgan sinovlar natijalari
bo’yicha ballar ketma-ketligida eng yuqori natijaga erishgan:
biologiya fanidan — 12 nafar;
kimyo fanidan — 12 nafar;
informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12 nafar;
fizika fanidan — 15 nafar;
matematika fanidan — 18 nafar o’quvchilar uchinchi bosqichda ishtirok etish
huquqini qo’lga kiritadi.
62. Vazirlik tomonidan saralashning ikkinchi bosqich natijalariga ko’ra saralab
olingan o’quvchilar uchun tajribali o’qituvchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-
o’qituvchilari va xorijiy mutaxassislar, shuningdek, xalqaro tanlov va olimpiadalar
sovrindorlari bo’lgan trenerlar ishtirokida mahorat darslari, kuchaytirilgan o’quv
mashg’ulotlari tashkil etiladi.
63. Tashkil etiladigan o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladigan uchinchi
bosqich sinov natijalariga ko’ra har bir fan yo’nalishida eng yuqori ballarni qo’lga
kiritgan o’quvchilardan nufuzli xalqaro olimpiadalarda belgilangan kvotalar asosida
O’zbekiston terma jamoasi tarkibi shakllantiriladi.
64. Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning barcha bosqichlari uchun
nazorat materiallari hamda baholash mezonlari Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi
hamda maxfiyligi ta’minlangan holda, olimpiada o’tkaziladigan joylarga yetkaziladi.
65. Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoa rahbarlari va
ularning yordamchilari Vazirlik tomonidan tayinlanadi.
66.
Vazirlik
huzurida
matematika,
fizika,
informatika
va
axborot
texnologiyalari, kimyo va biologiya fanlaridan maslahat kengashlari tashkil qilinadi.
Maslahat kengashlariga o’z fani bo’yicha yuqori malakaga ega bo’lgan tajribali
trenerlar, professor-o’qituvchilar kiritiladi.
Maslahat kengashi a’zolari terma jamoani nufuzli xalqaro olimpiadalarga
tayyorlashda, mahorat darslarini tashkil qilishda ishtirok etadi.
67. Terma jamoa rahbari o’z fani bo’yicha yuqori malakaga ega bo’lishi, xalqaro
olimpiada topshiriqlarini ingliz tilidan davlat tiliga bexato tarjima qila olishi hamda
o’quvchilar ishlarini xalqaro hakamlar hay’atiga himoya qila olishi lozim.
68. Mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun O’zbekiston terma
jamoasi nufuzli xalqaro olimpiadalarga o’tkazilgan saralash bosqichlari natijalari
asosida yoki Vazirlik tomonidan qo’shimcha saralashlar o’tkazish orqali
shakllantirilishi mumkin.
7-bob. Olimpiada g’oliblari hamda ularning o’qituvchilarini taqdirlash va
rag’batlantirish
69. Asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida g’olib bo’lgan har bir o’quvchiga
quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
1-o’rinni egallagan o’quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari;
2-o’rinni egallagan o’quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari;
3-o’rinni egallagan o’quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.
Asosiy olimpiadaning to’rtinchi bosqichida g’olib bo’lgan har bir o’quvchiga
quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
1-o’rinni egallagan o’quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari;
2-o’rinni egallagan o’quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari;
3-o’rinni egallagan o’quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari.
70. Asosiy olimpiadaning to’rtinchi bosqichida 1, 2, 3-o’rinlarni egallagan
o’quvchilarga ixtisoslik fani bo’yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish
imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida
amal qiluvchi elektron sertifikatlar Vazirlik tomonidan beriladi va uning alohida
elektron reyestri yuritiladi.
71. Informatika va axborot texnologiyalari fani bo’yicha mazkur sertifikatni
olgan o’quvchilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat oliy ta’lim
muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi.
72. Vazirlik tomonidan har yili asosiy olimpiadaning respublika bosqichi va
respublika bosqichiga tenglashtirilgan mintaqaviy xalqaro olimpiadalar hamda
nufuzli xalqaro olimpiadalarning g’oliblari ro’yxati shakllantiriladi hamda
O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha
davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
73. Nufuzli xalqaro olimpiadalar hamda asosiy olimpiadaning to’rtinchi bosqichi
g’oliblari, ularning o’qituvchilari, ta’lim muassasalari direktorlari belgilangan
tartibda rag’batlantiriladi.
74. Ta’lim muassasalarida o’qituvchi bo’lib faoliyat yuritayotgan nufuzli
xalqaro olimpiadalar g’oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy
olimpiadalar respublika bosqichi g’oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz
miqdorida ustama haqi to’lanadi.
Bunda:
ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar o’tkaziladigan
fanlar bo’yicha aynan g’oliblikni qo’lga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada
g’olibiga beriladi;
ta’lim muassasalarida o’qituvchi bo’lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro
olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g’oliblari tomonidan
g’oliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi.
75. Ustama olishga da’vogar shaxsda bir paytda nufuzli xalqaro va asosiy
olimpiada (respublika bosqichi) g’olibi bo’lganda unga eng yuqori natijasi bo’yicha
ustama tayinlanadi va to’lov amalga oshiriladi.
76. Olimpiada g’oliblari va ularning o’qituvchilarini rag’batlantirish xarajatlari
Xalq ta’limi vazirligiga respublika budjetidan ajratiladigan mablag’lar hisobidan
qoplanadi.
Ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan ro’yxatdagi mintaqaviy xalqaro
olimpiadalar g’oliblari asosiy olimpiadaning respublika bosqichi g’oliblariga
tenglashtirilib, mazkur olimpiadalar g’oliblari va ularning o’qituvchilariga asosiy
olimpiadaning to’rtinchi bosqichi g’oliblari uchun belgilangan rag’batlantirish va
imtiyozlar qo’llaniladi.
8-bob. Fan olimpiadalarini tashkil etishni moliyalashtirish
77. Asosiy olimpiadalarni tashkil etish bilan bog’liq xarajatlar tegishliligi
bo’yicha tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq
ta’limi bosh boshqarmasi hamda Xalq ta’limi vazirligining har yilgi markazlashgan
xarajatlar smetasida rejalashtiriladi.
78. Nufuzli hamda mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda o’quvchilar ishtirokini
ta’minlash bilan bog’liq, shu jumladan sutkalik, yashash, transport va viza xarajatlari
O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hisobidan hamda terma
jamoaning boshqa a’zolarining ishtirokini ta’minlash va badal to’lovlari O’zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining markazlashgan xarajatlari hisobidan
qoplanadi.
79. Olimpiadada ishtirok etgan hakamlar hay’ati a’zolari va apellatsiya
komissiyasi a’zolariga har yili Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining markazlashgan xarajatlari
hisobidan quyidagi miqdorlarda bir martalik haq to’lovlari amalga oshiriladi:
asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida — mehnatga haq to’lashning eng kam
miqdoriga nisbatan 50 foiz miqdorida;
asosiy olimpiadaning to’rtinchi bosqichi hamda nufuzli xalqaro olimpiadalarga
saralash bosqichlarida — mehnatga haq to’lashning eng kam miqdoriga nisbatan 100
foiz miqdorida.
80. Asosiy olimpiadalarga va nufuzli xalqaro olimpiada saralash bosqichlariga
jalb qilingan hakamlar hay’ati a’zolari va apellatsiya komissiyasi a’zolarining xizmat
safari bilan bog’liq kunlik, yashash va transport xarajatlari ularning asosiy ish
joyidan qoplanadi.
81. Nazorat materiallarini tayyorlash uchun maktablarning, akademik litsey,
kasb-hunar maktablarining, oliy ta’lim va nodavlat ta’lim tashkilotlarining oliy
ma’lumotli o’qituvchilari va boshqa mutaxassislar jalb qilinadi hamda ularga
quyidagi miqdorlarda haq to’lanadi:
asosiy olimpiada va onlayn olimpiadalar uchun tayyorlangan har bir test
topshirig’i (uning yechimi bilan) uchun — mehnatga haq to’lashning eng kam
miqdoriga nisbatan 5 foiz miqdorida;
asosiy olimpiada va onlayn olimpiadalar uchun tayyorlangan har bir yozma ish
topshirig’i (uning yechimi bilan) uchun — mehnatga haq to’lashning eng kam
miqdoriga nisbatan 20 foiz miqdorida;
nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoani saralash
bosqichlari uchun tayyorlangan har bir yozma ish topshirig’i (uning yechimi bilan)
uchun — mehnatga haq to’lashning eng kam miqdoriga nisbatan 50 foiz miqdorida;
asosiy olimpiada, onlayn olimpiadalar va nufuzli xalqaro olimpiadalar uchun
tayyorlangan bitta nazorat topshirig’ini (yozma ish, test) tarjima qilganlik (o’zbek,
rus, ingliz tillariga) uchun — mehnatga haq to’lashning eng kam miqdoriga nisbatan
2 foiz miqdorida.
82. Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O’zbekiston terma jamoasi
a’zolarini qo’shimcha o’qitishga jalb qilingan:
mahalliy mutaxassislarga soatbay haq to’lash ilmiy daraja va unvoniga (ilmiy
daraja va unvonlarga ega bo’lmagan trenerlar uchun ilmiy darajaga ega bo’lmagan
o’qituvchi lavozimiga) muvofiq oliy ta’lim muassasasi talabalariga o’quv
mashg’ulotlarini o’tkazganlik uchun belgilangan miqdorlarda;
xorijiy mutaxassislarning ish haqi, O’zbekiston Respublikasi hududida yashashi
va kelib-ketishi bilan bog’liq to’lovlar ular bilan amalga oshirilgan kelishuvga
asosan Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
83. Xalqaro olimpiadalarda o’quvchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini
ta’minlash maqsadida, ularning yuqori darajada tayyorgarlik ko’rishlari uchun
O’zbekiston
Respublikasi
Yoshlar
ishlari
agentligi
tomonidan
“Yoshlar
oromgohi”da o’quv bazasi tashkil etiladi, barcha zarur sharoitlar ta’minlanadi va
Vazirlik tomonidan o’quv jarayonlariga respublika va xorijlik malakali
mutaxassislar jalb qilinadi.
84. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Prezident ta’lim muassasalari agentligi xalqaro olimpiadalarga jalb qilingan
mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamda terma jamoa a’zolarini yotoqxona va
transport xizmati bilan ta’minlaydi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
85. Nufuzli xalqaro olimpiadalar hamda mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda
O’zbekiston terma jamoasining ishtirok etishi Vazirlik tomonidan muvofiqlashtirib
boriladi.
86. Asosiy olimpiadalarning barcha bosqichlarida, xalqaro olimpiadalarga
saralashning birinchi va ikkinchi bosqichlarida ishtirokchilarning olimpiada
o’tkaziladigan joyga kelib-ketishi, yo’llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash
bo’yicha barcha tashkiliy chora-tadbirlarni ko’rish mahalliy davlat hokimiyati
organlari, Ichki ishlar vazirligi va hududiy xalq ta’limi bo’linmalari zimmasiga
yuklatiladi.
87. Olimpiada o’tkaziladigan joyning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena
normativlariga mosligi, o’quvchilar sog’ligi bilan bog’liq masalalar Sog’liqni
saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olinadi.
88. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonunchilik
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Zamonaviy darajada millatning iqtidorliligi va intellektual salohiyatining roli
doimiy ravishda o’sib bormoqda, chunki yangi texnologiyalarning rivojlanishi
jamiyatning nostandart tafakkurga ega, ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotga yangi
mazmun kiritadigan, innovatsion turdagi yangi muammolarni qanday qo’yish va
mustaqil hal qilishni biladigan odamlarga bo’lgan ehtiyojining keskin o’sishiga olib
keladi. Iqtidorli bolalar va iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish
va ularni tarbiyalash umummilliy ustuvor yo’nalishlardan biri bo’lib, u asosan
iqtidorli va iqtidorli bolalarni erta aniqlash va ular bilan maqsadli ishlash bilan
belgilanadi.
O’quvchilar o’rtasida tanlov asosida o’tkaziladigan intellektual, ijodiy, sport va
boshqa tanlovlar tizimi iqtidorli bolalar va yoshlarni izlash va aniqlashning samarali
vositasi sifatida o’zini namoyon qildi. Asosiy umumta’lim dasturlari bo’yicha
o’qitish, birinchi navbatda, asosiy, namunaviy umumta’lim kompetensiyalarini
o’zlashtirishga qaratilgan bo’lishiga qaramay, olimpiadalar, musobaqalar va boshqa
musobaqalar bolalar va o’smirlarning majburiy dastur doirasidan tashqariga
chiqishlariga rag’bat yaratadi, ularning mustaqil rivojlanishiga, ijodkor bo’lishiga
yordam beradi. Intellektual musobaqalar tizimini ishlab chiqish, uni iloji boricha
ko’proq maktab o’quvchilariga, kelajakda esa barcha talabalarga kengaytirish kerak.
Ijodiy xarakterdagi olimpiada topshiriqlarini tayyorlashning ilmiy-uslubiy
asoslari muntazam takomillashtirilib, olimpiada va tanlov topshiriqlarini mustaqil
ekspertizadan o’tkazish, olimpiada va tanlov topshiriqlarining ijodiy tarkibiy qismini
ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Iste’dodli maktab o’quvchilarini
aniqlash va tanlash jarayonida ob’ektiv baholash tizimi muhim rol o’ynaydi, u fanga
(fanlar majmuasiga) qarab o’zgaradi va ayni paytda yagona parametr va mezonlarga
asoslanadi.
Iste’dodli bolalar va yoshlarni izlash va aniqlash tizimi yosh iste’dodlarni kasbiy
tayyorgarlikka jalb qilish mexanizmlari, shuningdek, iqtidorli yoshlarni butun o’qish
davrida kuzatib borish va qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari bilan uzviy ravishda
to’ldirilsagina samarali va samarali bo’lishi mumkin. ularning yuqori malakali
mutaxassislar sifatida shakllanishi. Shu bois maktab o’quvchilarining olimpiada va
boshqa intellektual musobaqalarda ishtirok etishi uchun maqbul sharoitlarni yaratish
zarur. Belgilangan maqsad shaxsga yo’naltirilgan yondashuvni amalga oshirishni
nazarda tutadi va keng ma’noda olimpiada harakatida ishtirok etayotgan iqtidorli
yoshlar va iqtidorli bolalarning qobiliyatlarini rivojlantirish uchun zarur shart-
sharoitlarni ta’minlaydi.
Iqtidorli bolalar va yoshlarni izlash va qo’llab-quvvatlash milliy tizimining
muhim elementi intellektual musobaqalar o’tkazishdir. Rivojlangan intellektual
musobaqalar tizimi yosh iqtidorlarni izlab topish va saralab, ular bilan
ixtisoslashtirilgan maktab va to’garaklarda milliy intellektual salohiyatni
rivojlantirish, bo’lajak muvaffaqiyatli olimlarni tayyorlash uchun zamin yaratish
imkonini bermoqda. Intellektual musobaqalar maktab o’quvchilarini ijodiy fikrlash
faoliyatiga barvaqt kiritishga yordam beradi, o’quvchilarning o’quv va kognitiv
faoliyatga bo’lgan qiziqishini qo’llab-quvvatlaydi, ilmiy bilimlarga qiziqishni
rivojlantiradi.
Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan olimpiada topshiriqlarining umumiy
tavsifi
Ona tili bo’yicha maktab o’quvchilari uchun olimpiadaning asosiy maqsadi
nafaqat ona tili bilish darajasini (maktab o’quvchilarining lingvistik qobiliyat
darajasi), balki ishtirokchilar orasidan eng qobiliyatlilarini aniqlashdir. Lingvistik
tayyorgarlikning yuqori darajasi, lingvistik intuitsiyaga ega, filologik tadqiqotlarda
ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va topshiriqlarga javob berishda ijodiy
yondashuvni ko’rsatadiganlar. Bundan tashqari, olimpiada yoshlar o’rtasida
gumanitar ilmiy bilimlarni ommalashtirishga ko’maklashish; ona tiliga qiziqishni
rivojlantirish, uni murakkab, doimiy rivojlanayotgan tizim sifatida o’rganish, uning
asosiy funksiyalaridan biri kommunikativdir. Bu ona tili, va o’qish savodxonligi
fanining eng yuqori asarlari yaratilgan tilga muhabbatni rivojlantirishga yordam
berishi kerak.
Olimpiada topshiriqlari Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻrta
umumiy taʼlim standartlari va ular asosida ishlab chiqilgan oʻquv dasturlariga
muvofiq tuziladi. Ular ona tili kursining barcha bo’limlarini qamrab oladi: fonetika,
grafika, morfemika, so’z yasalishi, morfologiya, sintaksis, lug’at, frazeologiya,
shuningdek, imlo va tinish belgilari.
Olimpiada topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun zaruriy asos til
materialini bilishdir:
1) fonetika va grafika bo’yicha: ishtirokchilar og’zaki va yozma nutq o’rtasidagi
farqlarni tushunishlari, harflar va tovushlar o’rtasidagi mumkin bo’lgan mosliklarni
ko’rsatishlari, yozuvda bitta tovushni ko’rsatishning turli usullarini ko’rsatishlari,
orfoepik me’yorlar, ularning o’zgaruvchanligi, ularning o’zgarishi haqida bilimlarini
ko’rsatishlari kerak. vaqt;
2) morfemikada: morfema turlarini bilish, ularni so’z shaklida ajrata olish,
tarixiy taraqqiyot jarayonida so’zning morfemik tarkibining o’zgarishi haqida
tasavvurga ega bo’lish;
3) so’z yasalishi bo’yicha: rus tilida so’z yasashning asosiy usullarini, asosiy
so’z yasalish vositalarini bilish; hosil qiluvchi asosni to’g’ri topa olish (qaysi so’z
yoki iboradan sinxron darajada tuzilganligini ko’rsating);
4) morfologiyada: gap bo`laklari tizimini, ularni ajratib olish tamoyillarini bilish;
har bir gap bo’lagining grammatik kategoriyalarini tahlil qila olish;
5) sintaksis bo’yicha: sintaksisning asosiy birliklarini, ularning xarakterli
xususiyatlarini bilish; sintaktik birliklarni tahlil qila olish;
6) lug’at bo’yicha: lug’atning tizim sifatidagi, uning rivojlanishining asosiy
bosqichlari, tilning leksik tarkibidagi o’zgarishlar haqida tushunchaga ega bo’lish;
so’zning ma’no(lar)ini aniqlay olish, so’zlar o’rtasida sinonimik va antonimik
munosabatlar mavjudligini o’rnatish;
7) frazeologiyada: frazeologik birliklar, ularning erkin iboralardan farqi haqida
tushunchaga ega bo’lish; frazeologik birliklarning ma’nosini aniqlay olish, ularga
leksik ekvivalentlarni tanlay olish.
Ushbu bilimlarni o’zlashtirishga maktab o’quvchilari uchun mo’ljallangan ona
tili darsliklari, ma’lumotnomalari, ensiklopediyalari va lug’atlari bilan tanishish
yordam berishi kerak.
Shu bilan birga, olimpiada ishtirokchilari talabaning nazariy lingvistik
tayyorgarligi darajasini tekshirish, uning zamonaviy filologiya fanining asosiy
tushunchalari va atamalarini bilishi va tushunishi olimpiadaning yagona vazifasi
emasligini tushunishi kerak.
Olimpiada ikkita muammoni hal qilishi mumkin va hal qilishi kerak - talabaning
nazariy lingvistik tayyorgarlik darajasini tekshirish, zamonaviy filologiya fanining
asosiy tushunchalari va atamalarini bilish va tushunishni tekshirish, dasturiy material
qanchalik chuqur o’zlashtirilganligini aniqlash va bir vaqtning o’zida ishtirokchilar
orasidan til tuyg’usiga ega bo’lgan, tahlil qilish, kuzatish, umumlashtirish va h.k.
egalarini aniqlash.
Ko’rinib turibdiki, olimpiada tashkilotchilari va ishtirokchilari uchun
muvaffaqiyat ko’p jihatdan tanlov vazifalarining tuzilishi va mazmuniga bog’liq.
Olimpiada vazifalari shunday tuzilganki, olimpiada ishtirokchilari nazariy
bilimlarga tayangan holda, til materiali bilan ishlash qobiliyatini namoyon etishlari
kerak: uni tahlil qilish; bir darajali yoki turli darajadagi birliklar o’rtasida semantik
va strukturaviy bog’lanishlarni o’rnatish, lingvistik birliklar o’rtasidagi nafaqat
lug’at va frazeologiya, balki morfologiya va sintaksisdagi sinonimik va omonim
munosabatlarni aniqlash; lingvistik materialni turli darajalarda tahlil qilishda
o’zgaruvchanlik imkoniyatini ko’rish, lingvistik faktlarni tasniflash qobiliyatini
namoyish etish; solishtirish yo’li bilan umumiy holatdan alohida holatlarni aniqlay
olish. Olimpiada topshiriqlari talabalarning ijodiy qobiliyatlarini faollashtirish va
rivojlantirishga yordam berishi kerak. Ular mazmunan ham (kursning turli
bo’limlarini qamrab oladi) ham, shakl jihatidan ham xilma-xil bo’lishi kerak.
Ona tilida topshiriqlarni bajarish uchun uslubiy tavsiyalar
Olimpiada ishtirokchilariga turli sinflarda o’qiyotgan maktab o’quvchilariga
qaratilgan
bir
nechta
bloklarga
birlashtirilgan
vazifalar
taklif
etiladi.
Topshiriqlarning murakkablik darajasi olimpiada ishtirokchisining tayyorgarlik
sinfiga qarab belgilanadi.
Eng keng tarqalganlari taklif qilingan so’zlar, iboralar yoki jumlalar bilan har
qanday operatsiyalarni bajarish taklif qilinadigan vazifalardir:
1) ma’lum miqdordagi so’zlar, iboralar yoki jumlalar berilgan va ularni tahlil
qilish taklif etiladi (masalan, ularni taklif qilingan asosga ko’ra guruhlarga bo’lish;
yoki ularni tasniflash uchun asos topish va boshqalar);
2) ushbu so’zlarni, iboralarni yoki jumlalarni sinonim, omonim va boshqalar
bilan almashtirish taklif etiladi;
3) bu so’zlarni misol qilib, u yoki bu grammatik xususiyat tilda qanday usullar
bilan ifodalanganligini aniqlash kerak;
4) bir qator so’zlarning so’z yasalish usulini aniqlash va ularning so’z yasalish
xususiyatlarini ochish, ular nima ekanligiga izoh berish taklif etiladi;
5) taklif qilingan so’zlar nutqning qaysi qismiga tegishli ekanligini aniqlash talab
etiladi (tahlil qilish uchun nutqning turli qismlariga mansub so’zlar beriladi; ularning
bo’laklarga mansubligini aniqlash odatda qiyinchilik tug’diradi va ma’lum bir fikr
yuritishni talab qiladi).
Vazifaning yana bir turi ishtirokchilardan nazariy bilimlarini amalda qo’llashni
talab qiladi:
1) lug’atlardan olingan ta’riflardan foydalanib, so’zlarning ma’nosini aniqlang;
2) otlarning kelishik holati va turini aniqlang, kerakli oxirni qo’ying va tanlov
va o’zgaruvchanlikni nima bilan izohlashini tushuntiring;
3) gapning sintaktik turini aniqlang, gap a’zolarini aniqlang, qanday
ifodalanganligini aniqlang.
Bunday turdagi topshiriqlar ona tili kursining barcha bo’limlari bo’yicha taklif
qilinishi mumkin va har bir bo’limda ko’p jihatlarni qamrab oladi.
Olimpiada topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun, avvalo, kursning
barcha bo’limlari bo’yicha, fonetikadan sintaksisgacha, matn va nutq madaniyati
muammolari bo’yicha barcha dasturiy materialni takrorlash kerak. Kerakli
materiallarni maktab darsliklarida topish mumkin. Shuning uchun olimpiadaga
tayyorgarlik ko’rayotganda siz talabalar uchun mo’ljallangan o’quv materiallaridan
foydalanish kerak.