Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga ehtiyoj va zamonaviy jamiyat rivojining zaruriy shartlari

Yuklangan vaqt

2024-10-20

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

27,1 KB


 
 
 
 
 
 
Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga ehtiyoj va zamonaviy 
jamiyat rivojining zaruriy shartlari 
 
 
Reja: 
1. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ijtimoiy 
hayotga taʼsiri. 
2. Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi. 
3. Hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya faniga 
zaruriyat va uning ahamiyati. 
 
 
Tayanch iboralar: ijtimoiy, islohot, jamiyat, ijtimoiy tuzilma, ijtimoiy 
pedagogika, pedagogik sotsiologiya, milliy tarbiya, boqimandalik, milliy mentalitet, 
manfaat, jamiyat hayoti. 
 
 
1. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ijtimoiy 
hayotga taʼsiri. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach milliy tarbiya va taʼlim 
sohasida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun zamin yaratdi. Zotan, 
mustaqillik fikr-mulohazalarda ozod, oʻz haq-huquqini yaxshi taniydigan, 
izlanuvchan, zamonaviy bilimga ega, Vatanga, ona zaminimizga sadoqatli, 
boqimandalikning har qanday koʻrinishlarini oʻzi uchun or deb biladigan, oʻz kuchi 
va aqliga ishonib yashaydigan, oʻz shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari 
bilan uygʻun holda koʻradigan barkamol insonni tarbiyalashni talab etadi. 
Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyaga ehtiyoj va zamonaviy jamiyat rivojining zaruriy shartlari Reja: 1. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ijtimoiy hayotga taʼsiri. 2. Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi. 3. Hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya faniga zaruriyat va uning ahamiyati. Tayanch iboralar: ijtimoiy, islohot, jamiyat, ijtimoiy tuzilma, ijtimoiy pedagogika, pedagogik sotsiologiya, milliy tarbiya, boqimandalik, milliy mentalitet, manfaat, jamiyat hayoti. 1. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ijtimoiy hayotga taʼsiri. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach milliy tarbiya va taʼlim sohasida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun zamin yaratdi. Zotan, mustaqillik fikr-mulohazalarda ozod, oʻz haq-huquqini yaxshi taniydigan, izlanuvchan, zamonaviy bilimga ega, Vatanga, ona zaminimizga sadoqatli, boqimandalikning har qanday koʻrinishlarini oʻzi uchun or deb biladigan, oʻz kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, oʻz shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uygʻun holda koʻradigan barkamol insonni tarbiyalashni talab etadi.  
 
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mavjud taʼlim sohasidagi ijobiy natijalarni 
saqlab qolish va oʻtmishdan qolgan merosning salbiy jihatlarini hamda oʻtish davri 
bilan bogʻliq qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun bosqichma-bosqichlik asosida 
jiddiy choralar koʻrish zarur edi. Shu nuqtayi nazardan muhtaram Prezidentimiz 
taʼlim-tarbiya masalasiga kuyunchaklik, diqqat, qatʼiyat bilan yondashib, jamiyat 
rivojini dastlab talim va tarbiya masalalariga bogʻliq ekanligini ham ilmiy-nazariy, 
ham amaliy jihatdan asoslab berdi. Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy, 
ijtimoiy hayotida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakat taraqqiyotining 
asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosan 
insonga, uning manfaatlariga qaratilgandir. Buni biz Yurtboshimizning “Islohot-
islohot uchun emas, balki islohot inson uchun, mamlakat aholisining farovonligi va 
turmush darajasini koʻtarishga qaratilganligida”dir-degan fikrlaridan ham 
koʻrishimiz mumkin. 
Hayot, bozor iqtisodiyotiga oʻtish, isloqotlar jarayonida yaʼni jamiyat 
aʼzolarining, fuqarolarning ongida qanday oʻzgarishlar roʻy bermoqda, fuqarolik 
jamiyati qayotini farovon barpo etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yoʻlda 
oʻz yoʻlini topayaptilaru, kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va 
qanday taʼsir oʻtkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday taʼsir 
koʻrsatmoqda. 
Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy hayot sohalaridagi tub oʻzgarishlar. 
Oʻtish davri va taraqqiyot bosqichlari. Jamiyat rivojlanishi toʻgʻrisidagi yangicha 
ilmiy-nazariy gʻoyalarning oʻzgarishi ijtimoiy hayot sohalarini tubdan oʻzgartirish 
bilan bogʻliq. Jamiyat rivojlanishi buning uchun muayyan oʻtish davri va taraqqiyot 
bosqichlarini bosib oʻtish zarurligi, mohiyati asoslab beriladi. Jamiyat ijtimoiy 
hayoti sohalaridagi tub oʻzgarishlar deganda uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, 
maʼnaviy-maʼrifiy gʻoyaviy asoslarini tubdan oʻzgartirish va yangicha asosga 
(negizga) oʻtkazilishini anglatadi. Natijada mustaqillik tufayli jamiyat ijtimoiy 
hayoti 
sohalari 
tubdan 
oʻzgardi. 
Uning 
huquqiy 
asosini 
Oʻzbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasida 
koʻramiz. 
Unga 
koʻra 
“Oʻzbekiston 
Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mavjud taʼlim sohasidagi ijobiy natijalarni saqlab qolish va oʻtmishdan qolgan merosning salbiy jihatlarini hamda oʻtish davri bilan bogʻliq qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun bosqichma-bosqichlik asosida jiddiy choralar koʻrish zarur edi. Shu nuqtayi nazardan muhtaram Prezidentimiz taʼlim-tarbiya masalasiga kuyunchaklik, diqqat, qatʼiyat bilan yondashib, jamiyat rivojini dastlab talim va tarbiya masalalariga bogʻliq ekanligini ham ilmiy-nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berdi. Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga qaratilgandir. Buni biz Yurtboshimizning “Islohot- islohot uchun emas, balki islohot inson uchun, mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini koʻtarishga qaratilganligida”dir-degan fikrlaridan ham koʻrishimiz mumkin. Hayot, bozor iqtisodiyotiga oʻtish, isloqotlar jarayonida yaʼni jamiyat aʼzolarining, fuqarolarning ongida qanday oʻzgarishlar roʻy bermoqda, fuqarolik jamiyati qayotini farovon barpo etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yoʻlda oʻz yoʻlini topayaptilaru, kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va qanday taʼsir oʻtkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday taʼsir koʻrsatmoqda. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy hayot sohalaridagi tub oʻzgarishlar. Oʻtish davri va taraqqiyot bosqichlari. Jamiyat rivojlanishi toʻgʻrisidagi yangicha ilmiy-nazariy gʻoyalarning oʻzgarishi ijtimoiy hayot sohalarini tubdan oʻzgartirish bilan bogʻliq. Jamiyat rivojlanishi buning uchun muayyan oʻtish davri va taraqqiyot bosqichlarini bosib oʻtish zarurligi, mohiyati asoslab beriladi. Jamiyat ijtimoiy hayoti sohalaridagi tub oʻzgarishlar deganda uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy gʻoyaviy asoslarini tubdan oʻzgartirish va yangicha asosga (negizga) oʻtkazilishini anglatadi. Natijada mustaqillik tufayli jamiyat ijtimoiy hayoti sohalari tubdan oʻzgardi. Uning huquqiy asosini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida koʻramiz. Unga koʻra “Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-  
 
xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi 
mumkin emas”.  
Siyosiy sohadagi tub oʻzgarishlar: Siyosiy institutlar xilma-xilligiga 
aoslangan demokratik siyosiy tizimga oʻtildi. Bunda davlat bosh islohotchi sifatida 
eʼtirof etildi. “Inson-jamiyat-davlat” munosabati qaror topdi. Koʻp partiyaviylik 
tizimi shakllandi.  
Maʼnaviy, gʻoyaviy-mafkuraviy sohadagi tub oʻzgarishlar: Jamiyat 
rivojlanishida milliy madaniy meros hamda umuminsoniy qadriyatlar, demokratik 
prinsiplarga amal qilina boshlandi; jamiyat rivojida maʻnaviy va moddiy hamda 
uygʻunligi oshadi;  
  Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mulkning xilma-xilligiga oʻtildi; xususiy 
mulk tan olindi; barcha mulk shakllari teng ekanligi eʼtirof etildi, uning huquqiy 
asoslari yaratildi. 
Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish: Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish 
davlat siyosati maʼno-mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni 
quyidagicha izohlash mumkin:  
Birinchidan, yangi taʼlim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi 
oʻzgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo boʻlgani 
hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bogʻliqligidir;  
Ikkinchidan, taʼlim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida 
muayyan davrdan boshlab, inson faoliyatining alohida mustaqil sohasiga aylanib, 
jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi;  
Uchinchidan, taʼlim inson shaxsining intellektual-maʼnaviy qirralarini 
shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, maʼrifiy 
hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlashga qaratilgan harakatlar 
yigʻindisi boʻlib, maʼrifat hamda bilim berishni anglatadi;  
Toʻrtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri boʻlib, tabiat va 
jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy 
kuch-quvvatni birlashtirib, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda 
qudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi. 
xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi mumkin emas”. Siyosiy sohadagi tub oʻzgarishlar: Siyosiy institutlar xilma-xilligiga aoslangan demokratik siyosiy tizimga oʻtildi. Bunda davlat bosh islohotchi sifatida eʼtirof etildi. “Inson-jamiyat-davlat” munosabati qaror topdi. Koʻp partiyaviylik tizimi shakllandi. Maʼnaviy, gʻoyaviy-mafkuraviy sohadagi tub oʻzgarishlar: Jamiyat rivojlanishida milliy madaniy meros hamda umuminsoniy qadriyatlar, demokratik prinsiplarga amal qilina boshlandi; jamiyat rivojida maʻnaviy va moddiy hamda uygʻunligi oshadi; Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mulkning xilma-xilligiga oʻtildi; xususiy mulk tan olindi; barcha mulk shakllari teng ekanligi eʼtirof etildi, uning huquqiy asoslari yaratildi. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish: Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati maʼno-mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izohlash mumkin: Birinchidan, yangi taʼlim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi oʻzgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo boʻlgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bogʻliqligidir; Ikkinchidan, taʼlim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida muayyan davrdan boshlab, inson faoliyatining alohida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi; Uchinchidan, taʼlim inson shaxsining intellektual-maʼnaviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlashga qaratilgan harakatlar yigʻindisi boʻlib, maʼrifat hamda bilim berishni anglatadi; Toʻrtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri boʻlib, tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-quvvatni birlashtirib, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi.  
 
Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi taʼlim dasturlarining izchilligi 
asosida taʼminlanadi va quyidagi taʼlim turlarini oʻz ichiga oladi: 
1. Maktabgacha taʼlim va tarbiya 
2. Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim 
3. Professional taʼlim 
4. Oliy taʼlim  
5. Oliy taʼlimdan keying taʼlim 
6. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
7. Maktabdan tashqari taʼlim. 
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda taʼlim 
samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi – moddiy-texnik bazaga, 20 foizi – axborot 
resurslariga, 64 foizi inson omiliga bogʻliq. Bu uchala omil bir-biri bilan 
chambarchas bogʻliq boʻlib, taʼlim-tarbiyaning moddiy-texnik bazasi, mavjud 
resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson manfaatiga xizmat qiladi 
va uning ratsional rivojlanishini belgilab beradi.  
1.2. Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi. Jamiyatning sotsial strukturasi dastlab 
qadimgi yunon mutafakkirlari Platon (er.av.427-347 yy.) va Aristotel (er.av. 384-
322 yy.) tomonidan tadqiq etilgan. Olimning fikricha, sotsial strukturani faqat erkin 
tugʻilgan, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan rolni bajarayotgan kishilar tashkil etadi. 
Insonning qalbi uchta asosga ega: “Idrok” (intellektuallik), “Jasurlik” (irodalilik) va 
“Istak” (sezgi, tuygʻuga ega boʻlish). Odamlar oʻz qalbidagi asoslardan qay birining 
koʻpligi yoki ozligiga qarab jamiyatda uchta ijtimoiy qatlam mavjud boʻladi: 
donishmandlar – “Faylasuflar”, harbiylar – “Qoʻriqchilar”, ishlab chiqaruvchilar – 
“Dehqonlar” va “Hunarmandlar”. Boshqaruvchilar yuksak maʼlumotli, isteʼdodli, 
xususiy mulkka ega boʻlmagan, zohidlik turmush tarzini kechirayotgan, 50 yoshga 
yetgan faylasuflar ichidan tayinlanishi lozim. Boshqaruvchi boʻladigan odamlarni 
falsafa va sanʼat vositasida tarbiyalash zarur. Boshqaruvchilar qonunlarni oʻrnatadi, 
ijtimoiy ishlarni adolatli tarzda boshqaradi. “Qoʻriqchilar” davlatni himoya qiladi va 
jamiyatda tartibni izga soladi. “Dehqonlar” va “Hunarmandlar” oʻz mehnatlari bilan 
fuqarolarni barcha hayot uchun zarur boʻlgan narsalar bilan taʼminlaydi. Koʻrinib 
Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi va quyidagi taʼlim turlarini oʻz ichiga oladi: 1. Maktabgacha taʼlim va tarbiya 2. Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim 3. Professional taʼlim 4. Oliy taʼlim 5. Oliy taʼlimdan keying taʼlim 6. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 7. Maktabdan tashqari taʼlim. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda taʼlim samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi – moddiy-texnik bazaga, 20 foizi – axborot resurslariga, 64 foizi inson omiliga bogʻliq. Bu uchala omil bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, taʼlim-tarbiyaning moddiy-texnik bazasi, mavjud resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson manfaatiga xizmat qiladi va uning ratsional rivojlanishini belgilab beradi. 1.2. Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi. Jamiyatning sotsial strukturasi dastlab qadimgi yunon mutafakkirlari Platon (er.av.427-347 yy.) va Aristotel (er.av. 384- 322 yy.) tomonidan tadqiq etilgan. Olimning fikricha, sotsial strukturani faqat erkin tugʻilgan, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan rolni bajarayotgan kishilar tashkil etadi. Insonning qalbi uchta asosga ega: “Idrok” (intellektuallik), “Jasurlik” (irodalilik) va “Istak” (sezgi, tuygʻuga ega boʻlish). Odamlar oʻz qalbidagi asoslardan qay birining koʻpligi yoki ozligiga qarab jamiyatda uchta ijtimoiy qatlam mavjud boʻladi: donishmandlar – “Faylasuflar”, harbiylar – “Qoʻriqchilar”, ishlab chiqaruvchilar – “Dehqonlar” va “Hunarmandlar”. Boshqaruvchilar yuksak maʼlumotli, isteʼdodli, xususiy mulkka ega boʻlmagan, zohidlik turmush tarzini kechirayotgan, 50 yoshga yetgan faylasuflar ichidan tayinlanishi lozim. Boshqaruvchi boʻladigan odamlarni falsafa va sanʼat vositasida tarbiyalash zarur. Boshqaruvchilar qonunlarni oʻrnatadi, ijtimoiy ishlarni adolatli tarzda boshqaradi. “Qoʻriqchilar” davlatni himoya qiladi va jamiyatda tartibni izga soladi. “Dehqonlar” va “Hunarmandlar” oʻz mehnatlari bilan fuqarolarni barcha hayot uchun zarur boʻlgan narsalar bilan taʼminlaydi. Koʻrinib  
 
turibdiki, Platon tomonidan ilgari surilgan jamiyatning sotsial strukturasi oliy 
darjada donishmand-faylasuf turgan qattiq ierarxiyani nazarda tutgan edi. 
Aristotel “Siyosat” kitobida jamiyatning tabiiy kelib chiqishi, uning sotsial 
stratifikatsiyasi va sotsial adolat kabilarga doir qarashlari tadqiq etildi. Aristotelning 
fikricha, inson tugʻilishdan boshlab instinktiv ravishda boshqalar bilan birgalikda 
hayot kechirishga intiladigan mavjudotdir. Odamning boshqa mavjudotlardan farqi, 
uning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlardagi ezgulik, adolat, “Umumiy foydani 
tushunib yetganligi”dir. Aristotel jamiyatda bir-birini izchillik bilan bir-biriga 
almashib boruvchi insoniy ijtimoiy hayot shakllarini bir-biridan ajratib koʻrsatib 
berdi: oila – yashash manzili (qishloq va boshq.) – polis (shahar-davlat). Unga 
muvofiq, fuqarolar uchta sotsial qatlamga boʻlinadi: kambagʻal, oʻrta qatlam va boy. 
Mutafakkirning fikricha, davlatda qanchalik oʻrta qatlam koʻproq boʻlsa, u 
Shunchalik qudratli boʻladi, gullab-yashaydi. 
Antik yunon falsafasini yanada rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan, Sharq 
uygʻonish davrining mutafakkiri  Abu Nasr Forobiy insoniy jamiyatni puxta 
oʻrgangan olimlar jumlasiga kiradi. Forobiy “Fozil shahar odamlari qarashlari” 
asarida jamiyat (inson jamoasi)ning kelib chiqish sabablarini ilmiy jihatdan asoslab 
beradi: “Har bir inson oʻz tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy 
darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koʻp narsalarga muhtoj boʻladi, uning bir oʻzi 
bunday narsalarni qoʻlga kirita olmaydi, ularga ega boʻlish kishilik jamoasiga 
ehtiyoj tugʻiladi. Shu sababli yashash uchun zarur boʻlgan, kishilarni bir-biriga 
yetkazib beruvchi va oʻzaro yordamlashuvchi koʻp kishilarning birlashuvi 
orqaligina odam oʻz tabiati boʻyicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday 
jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va 
yetuklikka erishmoq uchun zarur boʻlgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun 
inson koʻpaydi va yerning aholi yashaydigan qismiga oʻrnashdilar, natijada inson 
jamoasi vujudga keldi. Mutafakkir nazdidagi inson jamoasi – bu kishilik jamiyati 
hisoblanadi. 
Forobiy jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi (sotsial strukturasi) sifatida 
jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalarni chuqur tahlil etadi. Abu Nasr Forobiyning 
turibdiki, Platon tomonidan ilgari surilgan jamiyatning sotsial strukturasi oliy darjada donishmand-faylasuf turgan qattiq ierarxiyani nazarda tutgan edi. Aristotel “Siyosat” kitobida jamiyatning tabiiy kelib chiqishi, uning sotsial stratifikatsiyasi va sotsial adolat kabilarga doir qarashlari tadqiq etildi. Aristotelning fikricha, inson tugʻilishdan boshlab instinktiv ravishda boshqalar bilan birgalikda hayot kechirishga intiladigan mavjudotdir. Odamning boshqa mavjudotlardan farqi, uning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlardagi ezgulik, adolat, “Umumiy foydani tushunib yetganligi”dir. Aristotel jamiyatda bir-birini izchillik bilan bir-biriga almashib boruvchi insoniy ijtimoiy hayot shakllarini bir-biridan ajratib koʻrsatib berdi: oila – yashash manzili (qishloq va boshq.) – polis (shahar-davlat). Unga muvofiq, fuqarolar uchta sotsial qatlamga boʻlinadi: kambagʻal, oʻrta qatlam va boy. Mutafakkirning fikricha, davlatda qanchalik oʻrta qatlam koʻproq boʻlsa, u Shunchalik qudratli boʻladi, gullab-yashaydi. Antik yunon falsafasini yanada rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan, Sharq uygʻonish davrining mutafakkiri Abu Nasr Forobiy insoniy jamiyatni puxta oʻrgangan olimlar jumlasiga kiradi. Forobiy “Fozil shahar odamlari qarashlari” asarida jamiyat (inson jamoasi)ning kelib chiqish sabablarini ilmiy jihatdan asoslab beradi: “Har bir inson oʻz tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koʻp narsalarga muhtoj boʻladi, uning bir oʻzi bunday narsalarni qoʻlga kirita olmaydi, ularga ega boʻlish kishilik jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi. Shu sababli yashash uchun zarur boʻlgan, kishilarni bir-biriga yetkazib beruvchi va oʻzaro yordamlashuvchi koʻp kishilarning birlashuvi orqaligina odam oʻz tabiati boʻyicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishmoq uchun zarur boʻlgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson koʻpaydi va yerning aholi yashaydigan qismiga oʻrnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi. Mutafakkir nazdidagi inson jamoasi – bu kishilik jamiyati hisoblanadi. Forobiy jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi (sotsial strukturasi) sifatida jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalarni chuqur tahlil etadi. Abu Nasr Forobiyning  
 
fikricha, mukammal jamiyatda har bir tabaqa, yaxlit ijtimoiy organizmning ajralmas 
qismi sifatida, oʻzining muayyan funksiyalariga ega boʻlib, goʻyoki Shu vazifalarni 
bajarish uchun ixtisoslashganlar. U orzu qilgan ideal davlatda ijtimoiy tabaqalar 
oʻrtasidagi farqlanishlar saqlanadi. Tabaqa martabasining baland yoki past boʻlishi 
uning hukmdorga yaqin yoki uzoq boʻlishiga bogʻliqdir. Hukmdorga yaqin yoki 
undan uzoq boʻlishning belgisi har bir tabaqa vakillarining aqliy (intellektual) va 
maʼnaviy kamolot darajalarining yuksakligiga bogʻliqdir. Aqliy va maʼnaviy 
kamolot darajalari yuksak boʻlgan tabaqa vakillari, yaʼni hukmdorga yaqin odamlar 
yuqori lavozimlarni egallab, hurmatga sazovor boʻlgan ishlarni bajaradi, ularning 
qoʻl ostida ishlovchilar esa pastroq lavozimlardagi ishlarni bajaradi. 
Koʻrinib turibdiki, Forobiyning ideal davlat tuzumiga asoslangan jamiyatda 
(fozil shahar-davlatlarda) kishilarning ijtimoiy tabaqalarga boʻlinishi va ularning 
imtiyozlari saqlanadi. Mutafakkir biron-bir tabaqaga mansub odamlarning vazifalari 
va majburiyatlari oʻrtasida tafovutlarning saqlanishi, har bir odamning oʻz kasbini 
yaxshi bilishi va oʻz vazifalarini bajarishi jamiyatning sobitligi hamda adolatning 
yuzaga chiqishi uchun zarur boʻlgan omildir, deb qaraydi: har bir odamning oʻz 
kasbiga tegishli vazifalarini toʻgʻri bajarishi — jamiyatda adolatning saqlanishi va 
uni barqarorligini taʼminlash asosidir. 
1.3. Hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya faniga 
zaruriyat va uning ahamiyati. Ijtimoiy pedagogikaning zarurligini quyidagi 
holatlar talab etayotgan edi:  
Birinchidan, Bugungi kunda taʼlim va tarbiya maqsadi bilan uning baʼzi 
natijalari oʻrtasidagi qarama-qarshilik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish 
yoʻllarini aniqlash zarurligi talab etilmoqda. Ushbu talab pedagogika olamiga 
jamiyatdagi munosabatlar bilan shugʻullanuvchi otsiologiyani olib kirish 
zaruriyatini uygʻotdi. Chunki ongli xususiyatga ega boʻlgan inson faoliyati, 
sotsiologiya fanining oʻziga xos obyektini tashkil etadi. Har bir shaxsning 
jamiyatdagi oʻz oʻrnini, oʻzligini anglashi, hayotiy-axloqiy meʼyorlarni oʻzida 
mujassam etishi jamiyatda shu maʼnaviy-axloqiy sifatlarni namoyon etib, ijtimoiy 
hayotimiz, zamonamiz bilan hamnafas yoshlarni tarbiyalashda pedagogika va 
fikricha, mukammal jamiyatda har bir tabaqa, yaxlit ijtimoiy organizmning ajralmas qismi sifatida, oʻzining muayyan funksiyalariga ega boʻlib, goʻyoki Shu vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashganlar. U orzu qilgan ideal davlatda ijtimoiy tabaqalar oʻrtasidagi farqlanishlar saqlanadi. Tabaqa martabasining baland yoki past boʻlishi uning hukmdorga yaqin yoki uzoq boʻlishiga bogʻliqdir. Hukmdorga yaqin yoki undan uzoq boʻlishning belgisi har bir tabaqa vakillarining aqliy (intellektual) va maʼnaviy kamolot darajalarining yuksakligiga bogʻliqdir. Aqliy va maʼnaviy kamolot darajalari yuksak boʻlgan tabaqa vakillari, yaʼni hukmdorga yaqin odamlar yuqori lavozimlarni egallab, hurmatga sazovor boʻlgan ishlarni bajaradi, ularning qoʻl ostida ishlovchilar esa pastroq lavozimlardagi ishlarni bajaradi. Koʻrinib turibdiki, Forobiyning ideal davlat tuzumiga asoslangan jamiyatda (fozil shahar-davlatlarda) kishilarning ijtimoiy tabaqalarga boʻlinishi va ularning imtiyozlari saqlanadi. Mutafakkir biron-bir tabaqaga mansub odamlarning vazifalari va majburiyatlari oʻrtasida tafovutlarning saqlanishi, har bir odamning oʻz kasbini yaxshi bilishi va oʻz vazifalarini bajarishi jamiyatning sobitligi hamda adolatning yuzaga chiqishi uchun zarur boʻlgan omildir, deb qaraydi: har bir odamning oʻz kasbiga tegishli vazifalarini toʻgʻri bajarishi — jamiyatda adolatning saqlanishi va uni barqarorligini taʼminlash asosidir. 1.3. Hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya faniga zaruriyat va uning ahamiyati. Ijtimoiy pedagogikaning zarurligini quyidagi holatlar talab etayotgan edi: Birinchidan, Bugungi kunda taʼlim va tarbiya maqsadi bilan uning baʼzi natijalari oʻrtasidagi qarama-qarshilik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish yoʻllarini aniqlash zarurligi talab etilmoqda. Ushbu talab pedagogika olamiga jamiyatdagi munosabatlar bilan shugʻullanuvchi otsiologiyani olib kirish zaruriyatini uygʻotdi. Chunki ongli xususiyatga ega boʻlgan inson faoliyati, sotsiologiya fanining oʻziga xos obyektini tashkil etadi. Har bir shaxsning jamiyatdagi oʻz oʻrnini, oʻzligini anglashi, hayotiy-axloqiy meʼyorlarni oʻzida mujassam etishi jamiyatda shu maʼnaviy-axloqiy sifatlarni namoyon etib, ijtimoiy hayotimiz, zamonamiz bilan hamnafas yoshlarni tarbiyalashda pedagogika va  
 
sotsiologiya fanlarining hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Vaholanki taʼlim-
tarbiyaning oʻzi ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayondir. 
Ikkinchidan, baʼzi jamiyat aʼzolarining ongidagi  maʼnaviy boʻshliqning 
ijtimoiy kelib chiqishi sababalarini aniqlash, ularni hal qilish mexanizmini  yaratish 
kabi yangi muammolarning yechimini topish uchun pedagogik va sotsiologik 
tushunchalarning tutashligiga asoslangan yangi metodologiyani talab etmoqda. 
Inson shaxsini shakllantirishda undagi tabiiy (irsiy) va ijtimoiy xususiyatlarini, 
uning oliy nerv faoliyati imkoniyatlarini hisobga olib yondashmoq lozim. Inson 
organizmining biologik va subyektiv (shaxsiy tomonlari) asosida oʻz-oʻzini 
tarbiyaga olish, sharoitga moslashish, maʼlum obyektga yoʻnaltirish qonunlarini 
bilish asosida uning tarbiyasini tashkil etish lozim. Shaxs shakllanishi jarayonida 
ichki va tashqi taʼsir imkoniyatlari oʻzaro omuxta qilish, tarbiya jarayonini yoshlar 
faoliyatining xususiyatlari, qiziqishini anglash kabi muhim xususiyatlari asosida 
shaxsning erkinligi va gʻururini paymol qilmasdan, demokratik, insonparvarlik va 
milliy tamoyillarga tayanib, ularda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish davr 
talabidir. Jamiyatga insonlar ongini, tafakkurini ijobiy tomonga oʻzgartirish 
ijtimoiy- maʼrifiy jarayonlar bilan bogʻliq boʻlib, uni ilmiy jihatdan oʻrganish 
muhimdir. Pedagogika va sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga kelgan 
muammolar oʻzbekistonlik olimlarning diqqat eʼtiborini ham oʻziga tortmoqda. 
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy munosabatlar va bunda 
davlatning roli, axborotlar, ustoz-shogird munosabatlari, kadrlar muammolari, 
yoshlarning maʼnaviyatida roʻy berayotgan zaiflikning sabablari, ularni aniqlash, 
tekshirish, hal etish, ijtimoiy faollik kasbiy mahorat, shuningdek mustaqil 
Oʻzbekistonda kechayotgan maʼnaviy va mafkuraviy islohatlarni, umuman, 
jamiyatni “Pedagog soʻzi” bilan oʻrganish ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan 
boʻlib hisoblanadi. Eng asosiysi, ijtimoiy hayotda shunday holatlar uchraydiki, 
bunda bolalar oʻsmirlar, tarbiyachilar bunday ogʻir vaziyatda oʻzlariga ruhan 
malham boʻladigan sotsial pedagogning yordamiga muhtoj boʻladi. Demak, bugungi 
jamiyatimiz asoslariga sotsial psixolog bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogga boʻlgan 
ehtiyoji ham sezilmoqda. 
sotsiologiya fanlarining hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Vaholanki taʼlim- tarbiyaning oʻzi ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayondir. Ikkinchidan, baʼzi jamiyat aʼzolarining ongidagi maʼnaviy boʻshliqning ijtimoiy kelib chiqishi sababalarini aniqlash, ularni hal qilish mexanizmini yaratish kabi yangi muammolarning yechimini topish uchun pedagogik va sotsiologik tushunchalarning tutashligiga asoslangan yangi metodologiyani talab etmoqda. Inson shaxsini shakllantirishda undagi tabiiy (irsiy) va ijtimoiy xususiyatlarini, uning oliy nerv faoliyati imkoniyatlarini hisobga olib yondashmoq lozim. Inson organizmining biologik va subyektiv (shaxsiy tomonlari) asosida oʻz-oʻzini tarbiyaga olish, sharoitga moslashish, maʼlum obyektga yoʻnaltirish qonunlarini bilish asosida uning tarbiyasini tashkil etish lozim. Shaxs shakllanishi jarayonida ichki va tashqi taʼsir imkoniyatlari oʻzaro omuxta qilish, tarbiya jarayonini yoshlar faoliyatining xususiyatlari, qiziqishini anglash kabi muhim xususiyatlari asosida shaxsning erkinligi va gʻururini paymol qilmasdan, demokratik, insonparvarlik va milliy tamoyillarga tayanib, ularda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish davr talabidir. Jamiyatga insonlar ongini, tafakkurini ijobiy tomonga oʻzgartirish ijtimoiy- maʼrifiy jarayonlar bilan bogʻliq boʻlib, uni ilmiy jihatdan oʻrganish muhimdir. Pedagogika va sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga kelgan muammolar oʻzbekistonlik olimlarning diqqat eʼtiborini ham oʻziga tortmoqda. Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy munosabatlar va bunda davlatning roli, axborotlar, ustoz-shogird munosabatlari, kadrlar muammolari, yoshlarning maʼnaviyatida roʻy berayotgan zaiflikning sabablari, ularni aniqlash, tekshirish, hal etish, ijtimoiy faollik kasbiy mahorat, shuningdek mustaqil Oʻzbekistonda kechayotgan maʼnaviy va mafkuraviy islohatlarni, umuman, jamiyatni “Pedagog soʻzi” bilan oʻrganish ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan boʻlib hisoblanadi. Eng asosiysi, ijtimoiy hayotda shunday holatlar uchraydiki, bunda bolalar oʻsmirlar, tarbiyachilar bunday ogʻir vaziyatda oʻzlariga ruhan malham boʻladigan sotsial pedagogning yordamiga muhtoj boʻladi. Demak, bugungi jamiyatimiz asoslariga sotsial psixolog bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogga boʻlgan ehtiyoji ham sezilmoqda.  
 
 
Hayotdan umid uzgan, oʻziga ishonmaydigan, hayotiy muammolarni mustaqil 
hal eta olmaydigan shaxslar insoniy yordam, tushunish, uning qaygʻusiga sherik 
boʻlishlarini kutadilar. Oʻz soʻzi va faoliyati bilan shu kabi shaxslarda oʻziga 
ishonch uygʻotish, oʻz imkoniyatlarini anglab yetishlariga yordam berish sotsial 
pedagogning asosiy vazifasidir. Ijtimoiy hayotimizdagi voqelikning insonlarga 
boʻlgan taʼsiri ularning ongida yuz berayotgan jarayonlar haqida bahs yuritadigan 
mazkur fan yoʻnalishi bugungi kunda ijtimoiy buyurtma sifatida vujudga kelmoqda. 
 
Demak ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zarurat asosida 
namoyon boʻldi. 
“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis–umumiy, jamoatchilik) insonlarning 
birgalikdagi hayoti bilan bogʻliq boʻlib, ularning muomala va bir-biriga taʼsirining 
turli xil shakllari birlashtiradi. 
Ijtimoiy pedagogika — shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini oʻrganish, 
jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik 
faoliyatning samarali usullari texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qoʻllashga 
qaratilgan pedagogika sohasi. 
Pedagogikaning  ham, ijtimoiy pedagogikaning  ham obyekti — bu bola, biroq 
oʻrganish predmetlari turlicha.  
Pedagogikaning 
oʻrganish 
predmeti 
bolani 
tarbiyalash 
qonuniyatlari 
hisoblanadi.  
Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari 
hisoblanadi. 
Ijtimoiy pedagogika — bu bolalarning ijtimoiylashuvi va bolalarga ijtimoiy 
taʼlim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini oʻrganuvchi pedagogika fanining 
tarmogʻidir. Yaʼni tarbiya—bu nafaqat oʻquv muassasalari balki butun jamoatchilik, 
jamiyatning barcha jabhalarida oʻz koʻrinishiga ega. Ijtimoiy pedagogika. Yurtimiz 
mustaqillikka erishgach, oʻzining mustaqil taraqqiyot yoʻlini belgilab oldi. Bu yoʻl 
jamiyatimizning kelajagini oʻz qoʻllariga oluvchi — yoshlarga beriladigan taʼlim-
tarbiya asosida belgilangan sari taʼlim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi. 
Hayotdan umid uzgan, oʻziga ishonmaydigan, hayotiy muammolarni mustaqil hal eta olmaydigan shaxslar insoniy yordam, tushunish, uning qaygʻusiga sherik boʻlishlarini kutadilar. Oʻz soʻzi va faoliyati bilan shu kabi shaxslarda oʻziga ishonch uygʻotish, oʻz imkoniyatlarini anglab yetishlariga yordam berish sotsial pedagogning asosiy vazifasidir. Ijtimoiy hayotimizdagi voqelikning insonlarga boʻlgan taʼsiri ularning ongida yuz berayotgan jarayonlar haqida bahs yuritadigan mazkur fan yoʻnalishi bugungi kunda ijtimoiy buyurtma sifatida vujudga kelmoqda. Demak ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zarurat asosida namoyon boʻldi. “Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis–umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bogʻliq boʻlib, ularning muomala va bir-biriga taʼsirining turli xil shakllari birlashtiradi. Ijtimoiy pedagogika — shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini oʻrganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qoʻllashga qaratilgan pedagogika sohasi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham obyekti — bu bola, biroq oʻrganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning oʻrganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika — bu bolalarning ijtimoiylashuvi va bolalarga ijtimoiy taʼlim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini oʻrganuvchi pedagogika fanining tarmogʻidir. Yaʼni tarbiya—bu nafaqat oʻquv muassasalari balki butun jamoatchilik, jamiyatning barcha jabhalarida oʻz koʻrinishiga ega. Ijtimoiy pedagogika. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, oʻzining mustaqil taraqqiyot yoʻlini belgilab oldi. Bu yoʻl jamiyatimizning kelajagini oʻz qoʻllariga oluvchi — yoshlarga beriladigan taʼlim- tarbiya asosida belgilangan sari taʼlim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi.  
 
Taʼlim-tarbiya muassalari oʻz vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin, 
ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa 
jamiyatning barcha aʼzolari ushbu ziddiyatlarni yengib, ulardan toʻgʻri xulosa 
chiqara oladilarmi! Demak, taʼlim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy 
taʼsirlar, yaʼni kundalik ijtimoiy voqeliklarning shaxsga koʻrsatayotgan taʼsiri, 
ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy oʻrganish, pedagogikada shu 
kunga qadar yetarlicha eʼtibor berilmagan ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga 
keltirmoqda. Kursning nomidan ham koʻrinib turganidek, ijtimoiy hayotning turli 
jabhalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta oʻz taʼsirini koʻrsatadi.  
Mazkur kurs bevosita pedagogika va psixologiya fakultetlarining oʻquv 
rejalariga kiritilgan. Sotsiologiya fani pedagogika uchun qimmatli baza, yoki 
material tayyorlab bera oladi. Ammo pedagoglar uchun oʻsha jamiyatdagi hodisa, 
jarayonlar va munosabatlarning inson ongiga, insonlarning maʼnaviy hayotiga, 
odob-axloq me’yorlariga boʻlgan taʼsiri muhimroqdir. Shuning uchun ham uni 
ijtimoiy hayot pedagogikasi, jamiyat va jamoa tarbiyasi, kundalik hayot tarbiyasi 
desak mubolagʻa boʻlmaydi. 
Ijtimoiy pedagogika - odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari 
jarayoni  davomida ularda hosil boʻladigan  fikrlar, eʼtiqodlar, gʼoyalar, qarashlar, 
his-tuygʼular,  turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. 
Har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan 
holda oʻziga oʻxshash shaxslar bilan oʻrnatadigan murakkab oʻzaro munosabatlari 
va ularning taʼsirida hosil boʻladigan hodisalarning pedagogik tabiatini va 
qonuniyatlarini tushuntirib berish — ijtimoiy  pedagogikaning asosiy vazifasidir. 
“Ijtimoiy pedagogika” kursi talabalarning umumpedagogik bilim darajasini 
kengaytirish bilan birga, ularni jamiyatdagi turli munosabatlarni, maʼnaviy 
faktorlarni tekshirish shuningdek, mazkur fanning obyekti, predmeti, uning boshqa 
fanlar bilan aloqadorligi, kategoriyalari ijtimoiy pedagog kasbining spetsifik 
xususiyatlari kabi muammolar ustida bosh qotirishga undaydi. 
Taʼlim-tarbiya muassalari oʻz vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin, ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa jamiyatning barcha aʼzolari ushbu ziddiyatlarni yengib, ulardan toʻgʻri xulosa chiqara oladilarmi! Demak, taʼlim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy taʼsirlar, yaʼni kundalik ijtimoiy voqeliklarning shaxsga koʻrsatayotgan taʼsiri, ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy oʻrganish, pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha eʼtibor berilmagan ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga keltirmoqda. Kursning nomidan ham koʻrinib turganidek, ijtimoiy hayotning turli jabhalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Mazkur kurs bevosita pedagogika va psixologiya fakultetlarining oʻquv rejalariga kiritilgan. Sotsiologiya fani pedagogika uchun qimmatli baza, yoki material tayyorlab bera oladi. Ammo pedagoglar uchun oʻsha jamiyatdagi hodisa, jarayonlar va munosabatlarning inson ongiga, insonlarning maʼnaviy hayotiga, odob-axloq me’yorlariga boʻlgan taʼsiri muhimroqdir. Shuning uchun ham uni ijtimoiy hayot pedagogikasi, jamiyat va jamoa tarbiyasi, kundalik hayot tarbiyasi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ijtimoiy pedagogika - odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil boʻladigan fikrlar, eʼtiqodlar, gʼoyalar, qarashlar, his-tuygʼular, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda oʻziga oʻxshash shaxslar bilan oʻrnatadigan murakkab oʻzaro munosabatlari va ularning taʼsirida hosil boʻladigan hodisalarning pedagogik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish — ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifasidir. “Ijtimoiy pedagogika” kursi talabalarning umumpedagogik bilim darajasini kengaytirish bilan birga, ularni jamiyatdagi turli munosabatlarni, maʼnaviy faktorlarni tekshirish shuningdek, mazkur fanning obyekti, predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, kategoriyalari ijtimoiy pedagog kasbining spetsifik xususiyatlari kabi muammolar ustida bosh qotirishga undaydi.  
 
Kursning asosiy maqsadi boʻlajak pedagog kadrni hayotimizning barcha 
jabhalariga “Pedagogik koʻz” bilan qarash, oʻrganish, reabilitatsiya qilish yoʻllarini 
aniqlash va maʼlum xulosalar chiqarishga oʻrgatishdan iborat. 
Kursning asosiy vazifalari oliy oʻquv yurtlari talabalariga: 
1. Mustaqil Oʻzbekistonda shakllanayotgan Pedagogika fanining yangi qirralaridan 
biri sifatida “Ijtimoiy pedagogika” fani haqida tushunchalar berish va ularni ijtimoiy 
hayot bilan birgalikda oʻrganish; 
2. Ijtimoiy muhit va shaxsning ijtimoiylashuviga doir qonuniyatlar; 
3. Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyatining oʻziga xos spetsifik xususiyatlari, 
ilmiy-tadqiqot metodlari haqida tushunchalar berishdan iboratdir. Dastur shu 
vazifalarni hal etishga qaratilgan beshta boʻlimdan iborat: 
1. Ijtimoiy pedagogikaga kirish. 
2. Ijtimoiy pedagogika asoslari. 
3. Ijtimoiy pedagogik jarayon. 
4. Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy faoliyati.  
5. Ijtimoiy pedagogik tashhis. 
Bozor iqtisodiyotiga oʻtishning ijtimoiy munosabatlari va bunda davlat hamda 
jamiyatning roli, baʼzi jamiyat aʼzolarining maʼnaviyatida roʻy berayotgan 
zaifliklar, ularning sabablarini aniqlash, tekshirish, qayd etish, umuman jamiyatda 
kechayotgan maʼnaviy va mafkuraviy isloqotlarni, jamiyatni pedagogik nuqtayi 
nazardan oʻrganish ijtimoiy pedagogikaning asosiy muamolaridan biridir. Demak, 
ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir. 
Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqtayi nazardan oʻrganish va yanada 
takomillashtirish davr taqozasidir. 
 
Mavzu yuzasidan nazorat savollari. 
1. 
Ijtimoiy pedagogikaning predmeti va obyekti 
2. Ijtimoiy pedagogika fanlar tizimidagi oʻrni?. 
3. Ijtimoiy pedagogikaning maqsad va vazifasi 
4. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlardan farqi. 
Kursning asosiy maqsadi boʻlajak pedagog kadrni hayotimizning barcha jabhalariga “Pedagogik koʻz” bilan qarash, oʻrganish, reabilitatsiya qilish yoʻllarini aniqlash va maʼlum xulosalar chiqarishga oʻrgatishdan iborat. Kursning asosiy vazifalari oliy oʻquv yurtlari talabalariga: 1. Mustaqil Oʻzbekistonda shakllanayotgan Pedagogika fanining yangi qirralaridan biri sifatida “Ijtimoiy pedagogika” fani haqida tushunchalar berish va ularni ijtimoiy hayot bilan birgalikda oʻrganish; 2. Ijtimoiy muhit va shaxsning ijtimoiylashuviga doir qonuniyatlar; 3. Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyatining oʻziga xos spetsifik xususiyatlari, ilmiy-tadqiqot metodlari haqida tushunchalar berishdan iboratdir. Dastur shu vazifalarni hal etishga qaratilgan beshta boʻlimdan iborat: 1. Ijtimoiy pedagogikaga kirish. 2. Ijtimoiy pedagogika asoslari. 3. Ijtimoiy pedagogik jarayon. 4. Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy faoliyati. 5. Ijtimoiy pedagogik tashhis. Bozor iqtisodiyotiga oʻtishning ijtimoiy munosabatlari va bunda davlat hamda jamiyatning roli, baʼzi jamiyat aʼzolarining maʼnaviyatida roʻy berayotgan zaifliklar, ularning sabablarini aniqlash, tekshirish, qayd etish, umuman jamiyatda kechayotgan maʼnaviy va mafkuraviy isloqotlarni, jamiyatni pedagogik nuqtayi nazardan oʻrganish ijtimoiy pedagogikaning asosiy muamolaridan biridir. Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir. Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqtayi nazardan oʻrganish va yanada takomillashtirish davr taqozasidir. Mavzu yuzasidan nazorat savollari. 1. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti va obyekti 2. Ijtimoiy pedagogika fanlar tizimidagi oʻrni?. 3. Ijtimoiy pedagogikaning maqsad va vazifasi 4. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlardan farqi.  
 
5. Ijtimoiy pedagogika – bu? 
6. Respublikamizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy hayotga 
taʼsiri haqida? 
7. Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi qanday? 
8. Hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya faniga 
zaruriyat va uning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?  
 
5. Ijtimoiy pedagogika – bu? 6. Respublikamizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy hayotga taʼsiri haqida? 7. Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi qanday? 8. Hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya faniga zaruriyat va uning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?