Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari va mexanizmlari

Yuklangan vaqt

2024-10-20

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

31,2 KB


 
 
 
 
 
 
Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari va mexanizmlari 
 
 
REJA: 
1.Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari.  
2.Ijtimoiy-pedagogik faoliyat.  
3.Ijtimoiy ta’lim. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya 
4.. Ijtimoiy pedagogik mexanizmlar 
 
Tayanch tushunchalar: kategoriya, mexanizm, ijtimoiy ta’lim, ijtimoiy tarbiya, 
ijtimoiylashuv, ijtimoiy adaptatsiya, ijtimoiy reabilitatsiya, pedagogika faoliyat, 
Individual yordam. 
 
 
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari 
Har bir fanni shu fanning o`rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizkmi ajratib turadi. 
Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida o`z aksini topadi. Tushuncha 
— real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o`zgaruvchanligi va 
ko`p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan tavsifga ega. Ular tarixiy holat 
va hayot sharoitlariga bog`lik, ravishda o`zgaradi. 
Har qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar ana shu fan 
kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo`llaniladigan yanada 
kattaroq,, amaliy tushunchalardir.Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining 
asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”, “ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. 
Shu 
kategoriyalar 
asosida 
“shaxs”, 
“rivojlanish”, 
“faoliyat”, 
“jamiyat”, 
“ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan 
Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari va mexanizmlari REJA: 1.Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari. 2.Ijtimoiy-pedagogik faoliyat. 3.Ijtimoiy ta’lim. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya 4.. Ijtimoiy pedagogik mexanizmlar Tayanch tushunchalar: kategoriya, mexanizm, ijtimoiy ta’lim, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiylashuv, ijtimoiy adaptatsiya, ijtimoiy reabilitatsiya, pedagogika faoliyat, Individual yordam. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari Har bir fanni shu fanning o`rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizkmi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida o`z aksini topadi. Tushuncha — real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o`zgaruvchanligi va ko`p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan tavsifga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog`lik, ravishda o`zgaradi. Har qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar ana shu fan kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo`llaniladigan yanada kattaroq,, amaliy tushunchalardir.Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”, “ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan  
 
tushunchalar qo`llaniladi. So`nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham 
keng qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning yo`nalishlaridan biri 
sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta'lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari 
kategoriyalarga ega. Pedagogika va  ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarining bir-
biridan farqli jihati quyidagi jadvalda aks etga 
Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari: 
 
Pedagogika 
Ijtimoiy pedagogika 
· ta'lim 
 o`qitish 
 tarbiya 
 pedagogik faoliyat 
 ijtimoiy ta'lim 
 
o`qitishning 
ijtimoiy 
jihatlari 
 ijtimoiy tarbiya 
 ijtimoiy pedagogik faoliyat 
 ijtimoiylashuv 
 ijtimoiy institut 
 ijtimoiy adaptatsiya 
 ijtimoiy reabilitatsiya 
 
 
Pedagogika faoliyat - bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy 
madaniyat tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. 
 
Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy 
madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar 
yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq 
manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi 
xususiyatlarga ega. 
Ta'lim  muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat: 
 bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat, 
 bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul 
tashkilotlardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat.  
tushunchalar qo`llaniladi. So`nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham keng qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning yo`nalishlaridan biri sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta'lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarining bir- biridan farqli jihati quyidagi jadvalda aks etga Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari: Pedagogika Ijtimoiy pedagogika · ta'lim  o`qitish  tarbiya  pedagogik faoliyat  ijtimoiy ta'lim  o`qitishning ijtimoiy jihatlari  ijtimoiy tarbiya  ijtimoiy pedagogik faoliyat  ijtimoiylashuv  ijtimoiy institut  ijtimoiy adaptatsiya  ijtimoiy reabilitatsiya Pedagogika faoliyat - bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga ega. Ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat: bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat, bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul tashkilotlardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat.  
 
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar hisoblanadi. 
 dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish, 
 ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya 
qilish Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi: 
1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar. 
2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan  aloqasida vositachilik qilishi. 
 
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy ta'lim 
kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu 
bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va 
malakalarni  shakllantirish jarayonidir.  
Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy soqada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik 
ko`rish jarayonidir. 
 
Ijtimoiy tarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga 
molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari xususida 
A.V.Mudrik, V.D.Semyonova, G.N.Filova singari olimlar tadqiqotlar olib borgan. 
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy makrm, ijtimoiy 
xulk.-atvorning me’yor va koidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga ko`nikishiga yordam 
beruvchi turli ko`nikma va malakalarni uuzlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda 
jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida 
o`z aksini topuvchi nihoyatda ko`p bilimlarni oladi. Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi 
xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baxo berishi va 
nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat  o`zlashtirib boradi, shuning uchun ham 
bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan 
mutaxasislarning (psixolog, shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bo`lib, bolalarni, 
hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq; va yaxshiroq; o`zlashtirishlari, ularni hayotda 
qo`llashga intilishlari aynan ularga bog`liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog`liqligi 
shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, 
akademik bilimlarni o`zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda muayyan tizimlashgan 
ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko`nikma va malakalar 
ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus yordam kerak bo`lganda  juda zarur bo`ladi. 
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar hisoblanadi. dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish, ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi: 1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar. 2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy ta'lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir. Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy soqada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik ko`rish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari xususida A.V.Mudrik, V.D.Semyonova, G.N.Filova singari olimlar tadqiqotlar olib borgan. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy makrm, ijtimoiy xulk.-atvorning me’yor va koidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga ko`nikishiga yordam beruvchi turli ko`nikma va malakalarni uuzlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o`z aksini topuvchi nihoyatda ko`p bilimlarni oladi. Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baxo berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o`zlashtirib boradi, shuning uchun ham bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxasislarning (psixolog, shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bo`lib, bolalarni, hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq; va yaxshiroq; o`zlashtirishlari, ularni hayotda qo`llashga intilishlari aynan ularga bog`liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog`liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o`zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko`nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus yordam kerak bo`lganda juda zarur bo`ladi.  
 
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni yetkazish, ijtimoiy 
ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi. 
Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida pedagogikaning 
rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bo`lib kelgan. Shu bilan birga, 
“tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha 
pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi. 
Tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning 
ijtimoiy qamrovi uning lug`aviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib, 
ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, qadriyatlar, u yashayotgan jamiyatga 
munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus 
tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko’rib chiqish lozim. 
 
Boshqa so’zlar bilan ifodalaydigan bo’lsak ijtimoiy tarbiyaning maqsadi 
insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo’naltirishdir. 
Bu sharoitlar individual va guruxiy sub’ektlarning uchta o’zaro bog’liq va shu 
paytning o’zida mazmuni, shakli va usuli jixatidan nisbatan mustaqil bo’lgan 
jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o’smirlar, o’spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil 
qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual yordam 
ko’rsatish.   
 Ijtimoiy tajribani tashkil qilish gurux (jamoa) larning maishiy va xayotiy 
faoliyatini tashkil qilish, guruxdagi o’z-o’zini bopqarish faoliyatini rag’batlantirish 
va norasmiy mikroguruxlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba 
keng ma’noda turli ko’nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish 
me’yori va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, 
moslashish tajribasi, shuningdek o’z-o’zini anglash, o’ziga ishonch, o’z ijtimoiy 
xayot yo’lini belgilash va shu yo’ldan borish tushuniladi.  
Ta’lim o’z ichiga 
qo’yidagilarni oladi: uzliksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ’ib 
qilish va tarqatish, o’z-o’zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo’naltirish. 
 
 
 
 
 
Individual yordam insonga muammolarni hal 
qilishda, o’z- o’zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqeini, o’rnini yuksaltirishda 
namoyon bo’ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga 
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni yetkazish, ijtimoiy ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bo`lib kelgan. Shu bilan birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi. Tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug`aviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, qadriyatlar, u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko’rib chiqish lozim. Boshqa so’zlar bilan ifodalaydigan bo’lsak ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo’naltirishdir. Bu sharoitlar individual va guruxiy sub’ektlarning uchta o’zaro bog’liq va shu paytning o’zida mazmuni, shakli va usuli jixatidan nisbatan mustaqil bo’lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o’smirlar, o’spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual yordam ko’rsatish. Ijtimoiy tajribani tashkil qilish gurux (jamoa) larning maishiy va xayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruxdagi o’z-o’zini bopqarish faoliyatini rag’batlantirish va norasmiy mikroguruxlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko’nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek o’z-o’zini anglash, o’ziga ishonch, o’z ijtimoiy xayot yo’lini belgilash va shu yo’ldan borish tushuniladi. Ta’lim o’z ichiga qo’yidagilarni oladi: uzliksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ’ib qilish va tarqatish, o’z-o’zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo’naltirish. Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o’z- o’zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqeini, o’rnini yuksaltirishda namoyon bo’ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga  
 
zarur bo’lgan bilim, malakalarni o’zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning 
o’z qadrini bilishi, o’z-o’zini anglashi hamda unda oila, gurux va jamiyatga 
mansublik hissini rivojlantirishdir.  
 
Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va 
individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita 
tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi 
ijtimoiy madaniy soxaga mansubligiga bog’lik. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari 
va tashkilotlarida farqlanib, bu farq tashkilot turiga, unda faoliyat yuritadigan 
pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bosg’iq.  Ijtimoiy 
tarbiya 
jarayonidagi o’zaro munosabat shu jarayonning sub’ektlari orasidagi axborot, 
faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Bunday munosabat ijtimoiy jihatdan 
tabaqalashgan, alohida ko`rinishga ega. Chunki o’zaro munosabatning aniq 
ishtirokchilari muayyan etnik ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo’la 
turib, o’z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruxlarga tegishli 
ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. - Umuman olganda, o’zaro munosabat 
tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning 
mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular 
o’zlarini qay darajada shaxs deb xisoblashlariga bog’liq. O’zaro munosabat 
jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, 
ma’naviy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi. 
Ijtimoiylashuv mexanizmlari. 
Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir 
qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard Amerikalik 
Uri Bronfenbrener, rus olimlari V.S.Muxina va A.V.Petrovskiylarning tadqiqotlari 
ijtimoiylashuv mexanizmlariga turli yondoshuvlarni keltirib chiqaradi. Mavjud 
ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni  alohida ajratib 
ko’rsatish imkonini beradi: 
1. I.P.Podlaso’vga tasnifi bo’yicha: 
Bostirish mexanizmi, uning mazmuni muayyan g’oya, fikr, xohish, istaklarni 
ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari 
mavjud. Ichki mexanizm ham o’z o’rnida ixtiyoriy va g’ayri ixtiyoriyga bo’linadi. 
zarur bo’lgan bilim, malakalarni o’zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning o’z qadrini bilishi, o’z-o’zini anglashi hamda unda oila, gurux va jamiyatga mansublik hissini rivojlantirishdir. Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi ijtimoiy madaniy soxaga mansubligiga bog’lik. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarida farqlanib, bu farq tashkilot turiga, unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bosg’iq. Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabat shu jarayonning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Bunday munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida ko`rinishga ega. Chunki o’zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo’la turib, o’z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruxlarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. - Umuman olganda, o’zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o’zlarini qay darajada shaxs deb xisoblashlariga bog’liq. O’zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi. Ijtimoiylashuv mexanizmlari. Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard Amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlari V.S.Muxina va A.V.Petrovskiylarning tadqiqotlari ijtimoiylashuv mexanizmlariga turli yondoshuvlarni keltirib chiqaradi. Mavjud ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib ko’rsatish imkonini beradi: 1. I.P.Podlaso’vga tasnifi bo’yicha: Bostirish mexanizmi, uning mazmuni muayyan g’oya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm ham o’z o’rnida ixtiyoriy va g’ayri ixtiyoriyga bo’linadi.  
 
g`ayri ixtiyoriy mexanizm-unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi esa iroda kuchi 
bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan 
usulidir; ajratish mexanizmi, bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson 
o’zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog’liq. Ajratish mexanizmi 
odatda nizolarni hal qilishda kuzatiladi. O’z-o’zini cheklash mexanizmi,  bu 
mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o’rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga 
uning yutuqlari do’stlarinikidan ko’ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o’z-o’ziga 
hurmati pasayadi, yomon o’qiy boshlaydi. Bu o’z menini cheklab qo’yish, 
qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o’z-o’zini cheklash mexanizmini 
qo’llashni oqlasa bo’ladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir bo’lishi mumkin. 
Biroq uzoq muddatli o’z-o’zini cheklash, o’z-o’ziga baho berishning pasayishiga 
olib keladi. Buning natijasida o’z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk 
muvaffaqiyatsizlikdan so’ng boshlagan ishini tashlab qo’yadi, oqimda suza 
boshlaydi; o’z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash  loyihalash 
mexanizmining mohiyatini tashkil qiladi. O’ziga, boshqalarga qarshi qaratilga 
qaratilgan salbiy hissiyotlar bilan inson o’ziga bo’lgan  hurmatni saqlab qoladi. 
Shubhali inson hammadan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin hisoblaydi; 
ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmlaridan biri bu-identifikatsiyadir. 
Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o’zini o’rtoqlari bilan qiyoslaydi. 
Identifikatsiya ob’ekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham 
bo’lishi mumkin. Identifikatsiyaning to’liq, qisman, ongli, ongsiz  turlari mavjud. 
Identifikatsiya mexanizimi introyeksiya mexanizimi bilan juda bog’liq. Bunda 
boshqalarning xislatlari o’zgarmagan holda o’zlashtirib olinadi. Garchi bu 
mexanizm xayolan amalga oshirilsa ham uning natijalarini anglab olish qiyin emas; 
empatiya mexanizmi, ya’ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo’lish. 
Shaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hisiyotga boy 
shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega; 
qiyin holatlarda intellektuallashuv mexanizmi ishga tushadi. Katta yoshdagi 
tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo’lini o’zi 
uchun emas, go’yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm 
g`ayri ixtiyoriy mexanizm-unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi esa iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan usulidir; ajratish mexanizmi, bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson o’zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog’liq. Ajratish mexanizmi odatda nizolarni hal qilishda kuzatiladi. O’z-o’zini cheklash mexanizmi, bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o’rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do’stlarinikidan ko’ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o’z-o’ziga hurmati pasayadi, yomon o’qiy boshlaydi. Bu o’z menini cheklab qo’yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o’z-o’zini cheklash mexanizmini qo’llashni oqlasa bo’ladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir bo’lishi mumkin. Biroq uzoq muddatli o’z-o’zini cheklash, o’z-o’ziga baho berishning pasayishiga olib keladi. Buning natijasida o’z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk muvaffaqiyatsizlikdan so’ng boshlagan ishini tashlab qo’yadi, oqimda suza boshlaydi; o’z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash loyihalash mexanizmining mohiyatini tashkil qiladi. O’ziga, boshqalarga qarshi qaratilga qaratilgan salbiy hissiyotlar bilan inson o’ziga bo’lgan hurmatni saqlab qoladi. Shubhali inson hammadan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin hisoblaydi; ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmlaridan biri bu-identifikatsiyadir. Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o’zini o’rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya ob’ekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo’lishi mumkin. Identifikatsiyaning to’liq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud. Identifikatsiya mexanizimi introyeksiya mexanizimi bilan juda bog’liq. Bunda boshqalarning xislatlari o’zgarmagan holda o’zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsa ham uning natijalarini anglab olish qiyin emas; empatiya mexanizmi, ya’ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo’lish. Shaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hisiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega; qiyin holatlarda intellektuallashuv mexanizmi ishga tushadi. Katta yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo’lini o’zi uchun emas, go’yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm  
 
tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o’tish, 
institutga kirish) duchor bo’lganda namoyon bo’ladi. Ratsianallashuv mexanizmida 
tarbiyalanuvchi o’z xatti-harakatlarining mantiqiy xulosasini chiqaradi. Yosh 
ratsianalizatorlar odatda maqsadning diskreditatsiyasini qo’llashadi. fikr, xissiyot, 
harakatlarni susaytirish uchun harakatlarni bekor qilish mexanizmi qo’llaniladi. 
Tarbiyalanuvchi kechirim so’raganida, uning harakatlari kechirilishi va sof vijdon 
bilan harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko’p shaxslar shu tarzda komillikka 
erishishadi. 
2. I.V.Mudrikning fikricha psixologik va  ijtimoiy psixologik mexanizmlarga 
quyidagilarni kiritsa bo’ladi: 
imprinting (xotirada saqlab qolish)-insonga ta’sir qiladigan hayotiy muhim 
ob’ektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm odatda go’daklik davrida ko’p qo’llaniladi. 
Biroq keyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatishimiz mumkin.  
eksiztensial bosim mexanizmi-tilni o’zlashtirish va munosabatga kirishganda 
kerak bo’ladigan  ijtimoiy xulq-atvor normalariga anglamagan holda ega bo’lish.  
taqlid-biror bir namunaga o’xshashga harakat qilish. Bu holat insonning  
ijtimoiy tajriba to’plashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo’llaridan biridir.  
refleksiya mexanizmi-ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, 
oila, tengdoshlar jamoasi, obro’ e’tiborli shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, 
ularni ko’rib chiqadi yoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli “men” obrazlari 
orasidagi real va hayoliy shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida 
insonning shakllanishi ro’y beradi.  
Bundan tashqari ijtimoiylashuvning  
1) ijtimoiy pedagogik mexanizmlariga quyidagilarni ham kiritsa bo’ladi: 
ijtimoiylashuvning an’anaviy mexanizmi inson tomonidan oila, atrof-muhit, 
qo’shnilar, o’rtoqlariga xos norma, qarash steriotiplarini o’zlashtirishni ko’zda 
tutadi. Bu o’zlashtirish ongsiz holatda amalga oshib taasurotlar yordamida sodir 
bo’ladi. 
tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o’tish, institutga kirish) duchor bo’lganda namoyon bo’ladi. Ratsianallashuv mexanizmida tarbiyalanuvchi o’z xatti-harakatlarining mantiqiy xulosasini chiqaradi. Yosh ratsianalizatorlar odatda maqsadning diskreditatsiyasini qo’llashadi. fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun harakatlarni bekor qilish mexanizmi qo’llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so’raganida, uning harakatlari kechirilishi va sof vijdon bilan harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko’p shaxslar shu tarzda komillikka erishishadi. 2. I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni kiritsa bo’ladi: imprinting (xotirada saqlab qolish)-insonga ta’sir qiladigan hayotiy muhim ob’ektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm odatda go’daklik davrida ko’p qo’llaniladi. Biroq keyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatishimiz mumkin. eksiztensial bosim mexanizmi-tilni o’zlashtirish va munosabatga kirishganda kerak bo’ladigan ijtimoiy xulq-atvor normalariga anglamagan holda ega bo’lish. taqlid-biror bir namunaga o’xshashga harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba to’plashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo’llaridan biridir. refleksiya mexanizmi-ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, oila, tengdoshlar jamoasi, obro’ e’tiborli shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko’rib chiqadi yoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli “men” obrazlari orasidagi real va hayoliy shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi ro’y beradi. Bundan tashqari ijtimoiylashuvning 1) ijtimoiy pedagogik mexanizmlariga quyidagilarni ham kiritsa bo’ladi: ijtimoiylashuvning an’anaviy mexanizmi inson tomonidan oila, atrof-muhit, qo’shnilar, o’rtoqlariga xos norma, qarash steriotiplarini o’zlashtirishni ko’zda tutadi. Bu o’zlashtirish ongsiz holatda amalga oshib taasurotlar yordamida sodir bo’ladi.  
 
2)institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlari 
bilan o’zaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va 
tajribalarni to’plashi mumkin. 
                                                       Savollar: 
1.Pedagogik va Ijtimoiy pedagogik kategoriyalarning o`xshashligi va farqi 
nimada? 
2.Ijtimoiy ta’lim va tarbiyaning fanda tutgan o`rni qanday? 
3.Ijtimoiy pedagogik mexanizmlarning mazmun mohiyati haqida 
 
2)institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlari bilan o’zaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va tajribalarni to’plashi mumkin. Savollar: 1.Pedagogik va Ijtimoiy pedagogik kategoriyalarning o`xshashligi va farqi nimada? 2.Ijtimoiy ta’lim va tarbiyaning fanda tutgan o`rni qanday? 3.Ijtimoiy pedagogik mexanizmlarning mazmun mohiyati haqida