Ijtimoiy pedagogikaning tamoyillari

Yuklangan vaqt

2024-10-20

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

24,5 KB


 
 
 
 
 
 
Ijtimoiy pedagogikaning tamoyillari 
 
 
 
REJA: 
1. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida. 
2.“Tamoyil” va “qoida” tushunchasi.  
3. Ijtimoiy pedagogik tamoyillarining mazmun mohiyati. 
 
Tayanch tushunchalar: Tamoil, qoida ijtimoiy institut, totalitar, siyosiy, 
kvazidiniy jamiyat, Noosfera, strategiya, jismoniy, madaniyat bilan uyg`unlik 
tamoyili, insonparvarlik tamoyili, variativlik tamoyili, Ijtimoiy tarbiyaning 
jamoaviyligi tamoyili, Tarbiyaning shaxs rivojlanishiga markazlashuvi tamoyili, 
Tarbiyaning tugallanmasligi tamoyili. 
 
 
Tarbiya ijtimoiy institut sifatida 
Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy institutlarning butun boshli bir tizimi mavjud. 
Ijtimoiy institut jamiyat a’zolarining o’zlarining u yoki bu ehtiyojlarini (iqtisodiy, 
siyosiy, madaniy, diniy va boshqa) qondirish uchun ijtimoiy resurslardan 
foydalanishda birgalikdagi faoliyatlarining tarixan shakllangan shaklidir. Tarbiya 
ijtimoiy institut sifatida jamiyat a’zolarining ijtimoiylashuvini amalga oshirish, 
madaniy va ijtimoiy qadriyatlarini yetkazish, umuman olganda, ijtimoiy ehtiyojlarni 
qondirishni tashkil qilish uchun paydo bo’lgan. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida 
muayyan jamiyatning muayyan rivojlanish bosqichida paydo bo’ladigan fenomen 
hisoblanadi. 
Ijtimoiy pedagogikaning tamoyillari REJA: 1. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida. 2.“Tamoyil” va “qoida” tushunchasi. 3. Ijtimoiy pedagogik tamoyillarining mazmun mohiyati. Tayanch tushunchalar: Tamoil, qoida ijtimoiy institut, totalitar, siyosiy, kvazidiniy jamiyat, Noosfera, strategiya, jismoniy, madaniyat bilan uyg`unlik tamoyili, insonparvarlik tamoyili, variativlik tamoyili, Ijtimoiy tarbiyaning jamoaviyligi tamoyili, Tarbiyaning shaxs rivojlanishiga markazlashuvi tamoyili, Tarbiyaning tugallanmasligi tamoyili. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy institutlarning butun boshli bir tizimi mavjud. Ijtimoiy institut jamiyat a’zolarining o’zlarining u yoki bu ehtiyojlarini (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, diniy va boshqa) qondirish uchun ijtimoiy resurslardan foydalanishda birgalikdagi faoliyatlarining tarixan shakllangan shaklidir. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida jamiyat a’zolarining ijtimoiylashuvini amalga oshirish, madaniy va ijtimoiy qadriyatlarini yetkazish, umuman olganda, ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishni tashkil qilish uchun paydo bo’lgan. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida muayyan jamiyatning muayyan rivojlanish bosqichida paydo bo’ladigan fenomen hisoblanadi.  
 
Har bir jamiyat faoliyat va tuzilmasining murakkablashuvi uning tarixiy 
rivojlanishining muayyan bosqichlarida quyidagilarning sodir bo’lishiga olib keladi: 
1. Tarbiya oilaviy, diniy, ijtimoiy turlarga ajraladi, ularning o’rni, ahamiyati va 
o’zaro munosabati o’zgarmas hisoblanadi. 
2. Tarbiya jamiyatning katta yosh a’zolari quyiga qarab yo’naladiladi va borgan sari 
ko’proq yosh guruhlarini qamrab oladi. 
3.  Ijtimoiy tarbiya jarayonida uning tarkibiy qismlari sifatida ta’limni, keyinchalik 
ma’lumotli bo’lish ajratsak bo’ladi. 
4. Korreksion tarbiya paydo bo’ladi. 
5.Totalitar, siyosiy va kvazidiniy jamiyatlarda amalga oshiriladigan g’ayri-ijtimoiy 
tarbiya shakllanadi. 
5. Tarbiyaning vazifa, shakl, usul va vositalari o’zgaradi. 
6. Tarbiyaning ahamiyati ortadi. U jamiyat va davlatning alohida funksiyasi bo’lib 
qoladi va ijtimoiy institutga aylanadi.  
Tarbiya ijtimoiy institut sifatida o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: 
oilaviy, diniy, ijtimoiy, korreksion va g’ayri ijtimoiy tarbiyalar majmuasi; ijtimoiy 
rollar yig’indisi; tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar, oila a’zolari, ruhoniylar, 
mintaqaviy, xududiy tarbiya tashkilotlari rahbarlari, jinoiy va totalitar guruhlar 
yetakchilari; turli xildagi tarbiya muassasalari; ijobiy va salbiy sanksiyalar 
yig’indisi; tarbiyachilarning ta’lim va professional tayyorgarligi darajasi.Tarbiya 
ijtimoiy institut sifatida ijtimoiy hayotda muayyan vazifalarga ega. Tarbiyaning eng 
umumiy vazifalari quyidagilar: 
-jamiyat a’zolarining bir maqsad sari qaratilgan rivojlanishi va ular tomonidan 
tarbiya jarayonida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan bir qator ehtiyojlarning 
qondirilishi uchun sharoitlar yaratish;jamiyatda faoliyat yuritish va uni 
rivojlantirishga qodir bo’lgan kadrlarni tayyorlash;i jtimoiy hayot barqarorligini 
madaniyatning avlodlarga meros qoldirish orqali ta’minlash; jamiyat a’zolarining 
ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishi; o’zgaruvchan ijtimoiy holatlarga jamiyat 
a’zolarini ko’niktirish; jamiyat a’zolarining intilishlari, maqsadlarining birlashishini 
va ijtimoiy kasbiy, etnokonfessial gruhlar manfaatlarining uyg’unlashuvini 
Har bir jamiyat faoliyat va tuzilmasining murakkablashuvi uning tarixiy rivojlanishining muayyan bosqichlarida quyidagilarning sodir bo’lishiga olib keladi: 1. Tarbiya oilaviy, diniy, ijtimoiy turlarga ajraladi, ularning o’rni, ahamiyati va o’zaro munosabati o’zgarmas hisoblanadi. 2. Tarbiya jamiyatning katta yosh a’zolari quyiga qarab yo’naladiladi va borgan sari ko’proq yosh guruhlarini qamrab oladi. 3. Ijtimoiy tarbiya jarayonida uning tarkibiy qismlari sifatida ta’limni, keyinchalik ma’lumotli bo’lish ajratsak bo’ladi. 4. Korreksion tarbiya paydo bo’ladi. 5.Totalitar, siyosiy va kvazidiniy jamiyatlarda amalga oshiriladigan g’ayri-ijtimoiy tarbiya shakllanadi. 5. Tarbiyaning vazifa, shakl, usul va vositalari o’zgaradi. 6. Tarbiyaning ahamiyati ortadi. U jamiyat va davlatning alohida funksiyasi bo’lib qoladi va ijtimoiy institutga aylanadi. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: oilaviy, diniy, ijtimoiy, korreksion va g’ayri ijtimoiy tarbiyalar majmuasi; ijtimoiy rollar yig’indisi; tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar, oila a’zolari, ruhoniylar, mintaqaviy, xududiy tarbiya tashkilotlari rahbarlari, jinoiy va totalitar guruhlar yetakchilari; turli xildagi tarbiya muassasalari; ijobiy va salbiy sanksiyalar yig’indisi; tarbiyachilarning ta’lim va professional tayyorgarligi darajasi.Tarbiya ijtimoiy institut sifatida ijtimoiy hayotda muayyan vazifalarga ega. Tarbiyaning eng umumiy vazifalari quyidagilar: -jamiyat a’zolarining bir maqsad sari qaratilgan rivojlanishi va ular tomonidan tarbiya jarayonida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan bir qator ehtiyojlarning qondirilishi uchun sharoitlar yaratish;jamiyatda faoliyat yuritish va uni rivojlantirishga qodir bo’lgan kadrlarni tayyorlash;i jtimoiy hayot barqarorligini madaniyatning avlodlarga meros qoldirish orqali ta’minlash; jamiyat a’zolarining ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishi; o’zgaruvchan ijtimoiy holatlarga jamiyat a’zolarini ko’niktirish; jamiyat a’zolarining intilishlari, maqsadlarining birlashishini va ijtimoiy kasbiy, etnokonfessial gruhlar manfaatlarining uyg’unlashuvini  
 
ta’minlash. Ijtimoiy pedagogning bu yo’nalishlar bo’yicha faoliyati zamonaviy 
tarbiya tamoyillari asosida qaraladi. 
  Tarbiya tamoyillari-tarbiyani amalga oshirish qoidalari bo’lib, ular asosida 
nazariyalar ishlab chiqiladi va tarbiyaning metod, shakl va vositalari amalga 
oshiriladi. 
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tamoyillari (prinsiplari).  
“Tamoyil” tushunchasi lotincha “asos” degan ma'noni anglatadi. «Prinsip» 
so’zi lotincha «rinsipium» so’zidan xosil bo’lgan «asos», «boshlanish» ma’nolarini 
bildirali. Har qanday fan uchun ishlatilgan muayan koidalardan kelib chiqadigan o’z 
prinsiplari mavjud. Fanlarda prinsip va qoidalar bizga bog’liq bo`lmagan holda 
mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat 
befoyda balki ham zararli bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib 
chikdi, tabiiyki o’z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi. Biz Ijtimoiy 
pedagogikaning 3 ta prinsipni ko’rib chikamiz: tarbiyaning tabiyatga uygun bulishi 
prinsipi; tarbiyaning madaniyatga uyg`un bo`lishi prinsipi va gumanizim prinsipi. 
Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o’zining talqiniga va o’ziga xos 
xususiyatiga ega. 
 Tarbiyaning tabiatga uygun bulishi prinsipi. 
Tarbiyaning tabiyagga uyg`un bo`lishi- ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga 
kura ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojtanish 
omillariga tayanadi. Tarbiyaning tarbiyatga uygun bulish Prinsipi ilk bor slavyan 
pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) ning «Buyuk didaktika» (1632) degan 
eng asosiy ishida ta’riflangan. Kamenskiy, inson tabiyatining bir qismi va u 
tabiyatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo`ysunadi, deb 
hisoblanadi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o`simliklar va 
hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o’z ta’sirini o`tkazib 
turadi. Kamenskiy nafaqat tarbiyaning umumiy qonunlariga, bola shaxsi 
psixologiyasiga ham tayanadi. U bolalar o`spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid 
tafsifiga tayangan holda o’z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslayli 
va quradi. Komenskindan ancha ilgari  sharq  uygonish  davri  buyuk  olimi va 
ta’minlash. Ijtimoiy pedagogning bu yo’nalishlar bo’yicha faoliyati zamonaviy tarbiya tamoyillari asosida qaraladi. Tarbiya tamoyillari-tarbiyani amalga oshirish qoidalari bo’lib, ular asosida nazariyalar ishlab chiqiladi va tarbiyaning metod, shakl va vositalari amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tamoyillari (prinsiplari). “Tamoyil” tushunchasi lotincha “asos” degan ma'noni anglatadi. «Prinsip» so’zi lotincha «rinsipium» so’zidan xosil bo’lgan «asos», «boshlanish» ma’nolarini bildirali. Har qanday fan uchun ishlatilgan muayan koidalardan kelib chiqadigan o’z prinsiplari mavjud. Fanlarda prinsip va qoidalar bizga bog’liq bo`lmagan holda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat befoyda balki ham zararli bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chikdi, tabiiyki o’z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi. Biz Ijtimoiy pedagogikaning 3 ta prinsipni ko’rib chikamiz: tarbiyaning tabiyatga uygun bulishi prinsipi; tarbiyaning madaniyatga uyg`un bo`lishi prinsipi va gumanizim prinsipi. Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o’zining talqiniga va o’ziga xos xususiyatiga ega. Tarbiyaning tabiatga uygun bulishi prinsipi. Tarbiyaning tabiyagga uyg`un bo`lishi- ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga kura ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojtanish omillariga tayanadi. Tarbiyaning tarbiyatga uygun bulish Prinsipi ilk bor slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) ning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Kamenskiy, inson tabiyatining bir qismi va u tabiyatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo`ysunadi, deb hisoblanadi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o`simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o’z ta’sirini o`tkazib turadi. Kamenskiy nafaqat tarbiyaning umumiy qonunlariga, bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. U bolalar o`spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tafsifiga tayangan holda o’z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslayli va quradi. Komenskindan ancha ilgari sharq uygonish davri buyuk olimi va  
 
mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’z asarlarida tarbiyaning tabiatga uyg`un 
bo`lish haqida gapirgan edi. Masalan «uy ro’zg`or tutish» haqidagi  asarida  Ibn  Sino 
yozgan  ediki,  inson aqlli  mavjudod shuning uchun tabiatda alohida o’rin tutadi va 
uning qonunlariga ko`ra rivojlanadi. «Yolg`on xislatlarni qayta tarbiyalash» asarida 
esa Ibn Sino yozadiki, kimki axloqli insonni tarbiyalamoqchi bo`lsa unda u uni har  
tamonlama  o`rganishi,  insonning  tabiyati  qoidalarini  bilishi kerak.  Natijada  
tarbiyaning tabiat bilan  uyg`un bo`lishi  prinsipi ko’pgina  buyuk  pedagoklar  
tomonidan  o’z pedagogik  va  ijtimoiy pedagogik nazariyalari qurish asosi sifatida 
olingan edi. Masalan, Fransiya falsafachisi Jan Jak Russo bola tarbiyasi tabiat  bilan  
uyg`un ravishda amalga  oshirilishi kerak deb hisoblab, yozadi «bolalar katta 
bo`lishidan ilgari bola bo`lishi kerak». Shvetsar pedagogi Iogan Genrix Pestalotsi 
yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisobladiki, 
tarbiya maqsadi-inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda 
rivojlanish har tomonlama va uyg`un bo`lishi lozim. Nemis olimi va pedagogi Adolf 
Disterveg ham o`z ishlarida talim-tarbiya jarayonida yosh va individual 
xususiyatlarini etiborga olishi lozimligini ta’kidlaydi. Tarbiya bilan uyg`un bo`lishi 
rus klassik pedagoglari ishlarida ham o’z aksini topgan. K.D.Ushinskiy o’zining 
asosiy «inson tarbiya predmeti sifatida» degan psixalogik  pedagogik  asarida 
yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, 
tadbik qila olishi lozim. Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, 
xotira,  tasavvur, iroda) asoslarini o`rganish zaruriyatini  asoslab berdi, uning asosi 
so’zlash qobiliyatini axloqiy estetik va diniy xislari, didaktikani o`rganishga o`tish 
mumkin. Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipiga 
amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanishi lozim: bolalar yosh xususiyatlarini 
etiborga olish, bolalar jinsiy o`zgaruvchanligini etiborga olish; me’yoridan chettga 
chiqish bilan bog’liq bo’lgan bolalarning individual xususiyatlarini etiborga olish; 
bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlariga tayanish; bola tashabbuskorligini va 
mustaqilligini rivojlantrish. 
Tarbiyaning madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi 
mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’z asarlarida tarbiyaning tabiatga uyg`un bo`lish haqida gapirgan edi. Masalan «uy ro’zg`or tutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudod shuning uchun tabiatda alohida o’rin tutadi va uning qonunlariga ko`ra rivojlanadi. «Yolg`on xislatlarni qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki axloqli insonni tarbiyalamoqchi bo`lsa unda u uni har tamonlama o`rganishi, insonning tabiyati qoidalarini bilishi kerak. Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipi ko’pgina buyuk pedagoklar tomonidan o’z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransiya falsafachisi Jan Jak Russo bola tarbiyasi tabiat bilan uyg`un ravishda amalga oshirilishi kerak deb hisoblab, yozadi «bolalar katta bo`lishidan ilgari bola bo`lishi kerak». Shvetsar pedagogi Iogan Genrix Pestalotsi yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisobladiki, tarbiya maqsadi-inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg`un bo`lishi lozim. Nemis olimi va pedagogi Adolf Disterveg ham o`z ishlarida talim-tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarini etiborga olishi lozimligini ta’kidlaydi. Tarbiya bilan uyg`un bo`lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o’z aksini topgan. K.D.Ushinskiy o’zining asosiy «inson tarbiya predmeti sifatida» degan psixalogik pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, tadbik qila olishi lozim. Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o`rganish zaruriyatini asoslab berdi, uning asosi so’zlash qobiliyatini axloqiy estetik va diniy xislari, didaktikani o`rganishga o`tish mumkin. Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanishi lozim: bolalar yosh xususiyatlarini etiborga olish, bolalar jinsiy o`zgaruvchanligini etiborga olish; me’yoridan chettga chiqish bilan bog’liq bo’lgan bolalarning individual xususiyatlarini etiborga olish; bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlariga tayanish; bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantrish. Tarbiyaning madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi  
 
Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipining davomidir. 
Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudod sifatida 
tug`iladi, shaxs bo’lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va 
rivojlanishi jarayonida o’tadigan o’zini tutish ijtimoiy tajribani o’zlashtirib 
yetishadi. Antik jamiyatdagi faylasuf va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat 
o’rtasidagi chuqur bog’liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga Sharq Uyg`onish davri 
mutafakirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o’z asarlarida ham 
to`xtalganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyat orqali 
shaklanadi, har qanday madaniyat asosi, boyligi esa insondir. Madaniyat yuqori 
axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir. Madaniyat bilan 
uyg`un bo`lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (X1X asr) tomonidan ilgari 
surilgan. Uning fikricha bolani tarbiyalash jarayonida uning tug`ilgan joyi, shart-
sharoiti, bir so’z bilan aytganda, uni o`rab turgan madaniy jihatlar e’tibordan chetda 
qolmasligi lozim. Butun insoniyat har bir xalq va har bir avlod madaniyat 
rivojlanishining ma’lum bir pog`onasida turadi. 
Agar bola o’z me’yorida rivojlangan bo’lsa, u o’sha jamiyat madagniyatini 
o’zlashtiradi, ya’ni jamiyat bilan integratsiyaga kirishadi. Shu bilan uning o’zi ham 
o’sha madaniyatning yaratuvchisiga aylanadi. Bu tamoyilga ko’ra bolalarning 
madaniyatini rivojlanishidagi chekinishlarni hisobga olish hamda ularning 
ijodkorligini oshirish talab etiladi.Tarbiyaning madaniylashuvi tamoyilining amalga 
oshirilishi umuminsoniy xarakterdagi madaniy qadriyatlar turli jamiyatlarda 
farqlanishi sababli qiyinchiliklarga duchor bo’lmoqda. 
Bizning davlatda shahar va qishloq aholisi o’rtasida, shaharda turli ijtimoiy-
kasbiy guruhlar orasida farqlar mavjud. Shu bilan bir vaqtda turli madaniyat va 
submadaniyatlar qadriyatlarining darajasini topish tarbiya samaradorligining 
shartlaridan biridir. 
 Insonparvarlik tamoyili. Tarbiyani insoniylashtirish zarurati haqidagi g’oya 
dastlab chex pedagogi YAn Amos Kamenskiyning asarlarida yaqqol ifodasini 
topgan, Ma’rifatparvarlik davri (XVIII asr)dan boshlab u turli davlatlar pedagoglari 
ishlarida_keng tarqalmoqda. Bu g’oya XVIII asrda fransuz mutafakkiri Jan Jak 
Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudod sifatida tug`iladi, shaxs bo’lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o’tadigan o’zini tutish ijtimoiy tajribani o’zlashtirib yetishadi. Antik jamiyatdagi faylasuf va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o’rtasidagi chuqur bog’liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga Sharq Uyg`onish davri mutafakirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o’z asarlarida ham to`xtalganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyat orqali shaklanadi, har qanday madaniyat asosi, boyligi esa insondir. Madaniyat yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir. Madaniyat bilan uyg`un bo`lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (X1X asr) tomonidan ilgari surilgan. Uning fikricha bolani tarbiyalash jarayonida uning tug`ilgan joyi, shart- sharoiti, bir so’z bilan aytganda, uni o`rab turgan madaniy jihatlar e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Butun insoniyat har bir xalq va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog`onasida turadi. Agar bola o’z me’yorida rivojlangan bo’lsa, u o’sha jamiyat madagniyatini o’zlashtiradi, ya’ni jamiyat bilan integratsiyaga kirishadi. Shu bilan uning o’zi ham o’sha madaniyatning yaratuvchisiga aylanadi. Bu tamoyilga ko’ra bolalarning madaniyatini rivojlanishidagi chekinishlarni hisobga olish hamda ularning ijodkorligini oshirish talab etiladi.Tarbiyaning madaniylashuvi tamoyilining amalga oshirilishi umuminsoniy xarakterdagi madaniy qadriyatlar turli jamiyatlarda farqlanishi sababli qiyinchiliklarga duchor bo’lmoqda. Bizning davlatda shahar va qishloq aholisi o’rtasida, shaharda turli ijtimoiy- kasbiy guruhlar orasida farqlar mavjud. Shu bilan bir vaqtda turli madaniyat va submadaniyatlar qadriyatlarining darajasini topish tarbiya samaradorligining shartlaridan biridir. Insonparvarlik tamoyili. Tarbiyani insoniylashtirish zarurati haqidagi g’oya dastlab chex pedagogi YAn Amos Kamenskiyning asarlarida yaqqol ifodasini topgan, Ma’rifatparvarlik davri (XVIII asr)dan boshlab u turli davlatlar pedagoglari ishlarida_keng tarqalmoqda. Bu g’oya XVIII asrda fransuz mutafakkiri Jan Jak  
 
Russo va L.Tolstoyning erkin tarbiya nazariyalarida; XX asrda gumanistik 
psixologiyada va gumanistik pedagogikada o’z aksini topgan. J. Piaje, K.Rodjers, 
V.Suxomlinskiy kabi olimlarning fikricha, insonning mohiyati faqatgina biologik va 
ijtimoiy jihatlardan iborat emas. U ma’naviy munosabatlar bilan to’la. Gumanistik 
tarbiyaning ideali ham tomonlama rivojlangan shaxsdir. Ijtimoiy pedagogning 
vazifasi faqatgina bolalarni sevish emas, ularga ota-onalari, aka-ukalari, opa-
singillari, do’stlari va atrofdagi insonlarni sevishni o’rgatishdan iboratdir. 
Insonparvarlik g’oyasi ijtimoiy pedagog uchun juda muhim, ayniqsa, rivojlanishida 
cheklanishlar paydo bo’lgan bolalar uchun bu tamoyil muhim ahamiyatga ega.  
   Insonparvarlik tamoyiliga ko’ra:qanday sharoitda yashashidan qat’iy nazar 
jamiyatdagi barcha insonlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish; “Mening o’zim 
hal qilaman” pozitsiyasini tanlashga, o’z muammolarini o’zi hal etishga o’rgatish va 
yordam berish; Bolalarga yordam berishni ularga ayanch hissi bilan emas, balki 
ularning jamiyatga kirishishiga yordam berish asosida bildirish talab etiladi. Ijtimoiy 
pedagogikada insonparvarlashuv tamoyili pedagogning tarbiyalanuvchiga o’z 
rivojlanishining mas’ul va mustaqil sub’ektiga nisbatan munosabatda bo’lishni 
ko’zda tutadi. Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar, 
o’smirlar, yoshlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Tarbiyaning variativligi 
tamoyili. Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy tarbiyaning variativligi shaxs 
ehtiyojlarining xilma-xilligi bilan aniqlanadi.Tarbiya variativligi tamoyili insonning 
federal, mintaqaviy, munitsipial va lokal darajada umuminsoniy qadriyatlarga 
asoslanib, etnik xususiyatlar, shuningdek mintaqaviy munitsipial va lokal 
sharoitlarni inobatga olib, tarbiya muassasalarida insoniy, yosh, differensial va 
individual yondashuvlar asosida manaviy-qadriyat jihatidan tarbiyalashni amalga 
oshirish uchun sharoitlar yaratish uchun ishlab chiqilgan.. 
 Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilining ta’rifini milliy pedagogikada XX 
asrning 80-yillari oxiridan boshlab ro’y bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sababli 
ishlab chiqish imkoniyati yaratildi. Bu o’zgarishlarning natijada insonning 
individual maqsadlarini jamoa va guruhlar, jamiyatning yosh va ijtimoiy guruhlari 
Russo va L.Tolstoyning erkin tarbiya nazariyalarida; XX asrda gumanistik psixologiyada va gumanistik pedagogikada o’z aksini topgan. J. Piaje, K.Rodjers, V.Suxomlinskiy kabi olimlarning fikricha, insonning mohiyati faqatgina biologik va ijtimoiy jihatlardan iborat emas. U ma’naviy munosabatlar bilan to’la. Gumanistik tarbiyaning ideali ham tomonlama rivojlangan shaxsdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi faqatgina bolalarni sevish emas, ularga ota-onalari, aka-ukalari, opa- singillari, do’stlari va atrofdagi insonlarni sevishni o’rgatishdan iboratdir. Insonparvarlik g’oyasi ijtimoiy pedagog uchun juda muhim, ayniqsa, rivojlanishida cheklanishlar paydo bo’lgan bolalar uchun bu tamoyil muhim ahamiyatga ega. Insonparvarlik tamoyiliga ko’ra:qanday sharoitda yashashidan qat’iy nazar jamiyatdagi barcha insonlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish; “Mening o’zim hal qilaman” pozitsiyasini tanlashga, o’z muammolarini o’zi hal etishga o’rgatish va yordam berish; Bolalarga yordam berishni ularga ayanch hissi bilan emas, balki ularning jamiyatga kirishishiga yordam berish asosida bildirish talab etiladi. Ijtimoiy pedagogikada insonparvarlashuv tamoyili pedagogning tarbiyalanuvchiga o’z rivojlanishining mas’ul va mustaqil sub’ektiga nisbatan munosabatda bo’lishni ko’zda tutadi. Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar, o’smirlar, yoshlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Tarbiyaning variativligi tamoyili. Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy tarbiyaning variativligi shaxs ehtiyojlarining xilma-xilligi bilan aniqlanadi.Tarbiya variativligi tamoyili insonning federal, mintaqaviy, munitsipial va lokal darajada umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, etnik xususiyatlar, shuningdek mintaqaviy munitsipial va lokal sharoitlarni inobatga olib, tarbiya muassasalarida insoniy, yosh, differensial va individual yondashuvlar asosida manaviy-qadriyat jihatidan tarbiyalashni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish uchun ishlab chiqilgan.. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilining ta’rifini milliy pedagogikada XX asrning 80-yillari oxiridan boshlab ro’y bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sababli ishlab chiqish imkoniyati yaratildi. Bu o’zgarishlarning natijada insonning individual maqsadlarini jamoa va guruhlar, jamiyatning yosh va ijtimoiy guruhlari  
 
maqsadlari bilan bir qatorda tan olish, ta’limning etnik xususiyatlar va mintaqaviy 
sharoitlarga mos qilib isloh qilish uchun sharoitlar yaratish, kabilarsodir bo’ldi. 
 Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilar 
zarurdir:shaxs manfaatlarini va ehtiyojlari, turli yosh, ijtimoiy-kasbiy, etnik 
qatlamlarning talablari, xududiy va mintaqaviy tashkilotlarning ehtiyojlarini 
qondirish uchun turli xildagi tarbiya tashkilotlarini tuzish; ijtimoiy tarbiyaning 
mintaqaviy va munitsipial tizimlarni tashkil qilish; mahalliy tarbiya tizimlarini 
tashkil qilish. Ijtimoiy tarbiyaning variativlik tamoilini amalga oshirish: insonning 
turli xildagi hayotiy va shaxsiy masalalarini yechishga, qobiliyatini shakllantirishga; 
inson tomonidan o’zining rivojlanish strategiyalari, hayotiy va kasbiy yo’llarini 
tanlashga imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoitlar yaratadi. Ijtimoiy 
tarbiyaning jamoaviyligi tamoyili. Ijtimoiylashuvning mikroomillarining tavsifi 
shuni ko’rsatadiki bolalar, o’smirlarning ijtimoiylashuvi tengdoshlari va kattalar 
(oila, qo’shnilar, mikrojamiyat, tarbiya tashkilotlari) bilan o’zaro munosabatlarida 
ro’y beradi. Ijtimoiy tarbiya nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi ijtimoiylashuvning 
bo’lagi sifatida bir tomondan jamoalarda ro’y beradi, boshqa tomondan esa bolalar, 
o’smirlarni jamoa hayotiga ob’ektiv tzaruriyat sifatida olib kiradi. 
 
Jamoa tarbiyaning eng muhim vositasi ekanligi haqidagi g’oya juda qadimda 
paydo bo’lgan va XIX asrdan boshlab pedagogika tomonidan jadallik uning nazariy 
asoslari bilanishlab chiqilgan. Zamonaviy jamiyat hayotining realliklari, inson 
ijtimoiylashuvi muammolari va insonni o’zgarib turuvchi dunyoga kirishi jamoaviy 
tamoyilni ijtimoiy tarbiyaning yetakchi tashkiliy asosi deb hisoblashga zamin 
yaratadi.  
 
Jamoaviylik tamoyilining zamonaviy ta’rifiga ko’ra ijtimoiy tarbiya turli 
jamoalarda amalga oshirilib, insonga hayot tajribasi, umuman olganda esa jamiyatga 
ko’nikish tajribasini qo’lga kiritish imkonini beradi. Tarbiyaning shaxs 
rivojlanishiga markazlashuvi tamoyili Tarbiyaning vazifasi insonni rivojlantirish 
ekanligi g’oyasi qadimda paydo bo’lib, ko’pgina mutafakkirlar asarlaridan joy 
olgan.  
maqsadlari bilan bir qatorda tan olish, ta’limning etnik xususiyatlar va mintaqaviy sharoitlarga mos qilib isloh qilish uchun sharoitlar yaratish, kabilarsodir bo’ldi. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilar zarurdir:shaxs manfaatlarini va ehtiyojlari, turli yosh, ijtimoiy-kasbiy, etnik qatlamlarning talablari, xududiy va mintaqaviy tashkilotlarning ehtiyojlarini qondirish uchun turli xildagi tarbiya tashkilotlarini tuzish; ijtimoiy tarbiyaning mintaqaviy va munitsipial tizimlarni tashkil qilish; mahalliy tarbiya tizimlarini tashkil qilish. Ijtimoiy tarbiyaning variativlik tamoilini amalga oshirish: insonning turli xildagi hayotiy va shaxsiy masalalarini yechishga, qobiliyatini shakllantirishga; inson tomonidan o’zining rivojlanish strategiyalari, hayotiy va kasbiy yo’llarini tanlashga imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoitlar yaratadi. Ijtimoiy tarbiyaning jamoaviyligi tamoyili. Ijtimoiylashuvning mikroomillarining tavsifi shuni ko’rsatadiki bolalar, o’smirlarning ijtimoiylashuvi tengdoshlari va kattalar (oila, qo’shnilar, mikrojamiyat, tarbiya tashkilotlari) bilan o’zaro munosabatlarida ro’y beradi. Ijtimoiy tarbiya nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi ijtimoiylashuvning bo’lagi sifatida bir tomondan jamoalarda ro’y beradi, boshqa tomondan esa bolalar, o’smirlarni jamoa hayotiga ob’ektiv tzaruriyat sifatida olib kiradi. Jamoa tarbiyaning eng muhim vositasi ekanligi haqidagi g’oya juda qadimda paydo bo’lgan va XIX asrdan boshlab pedagogika tomonidan jadallik uning nazariy asoslari bilanishlab chiqilgan. Zamonaviy jamiyat hayotining realliklari, inson ijtimoiylashuvi muammolari va insonni o’zgarib turuvchi dunyoga kirishi jamoaviy tamoyilni ijtimoiy tarbiyaning yetakchi tashkiliy asosi deb hisoblashga zamin yaratadi. Jamoaviylik tamoyilining zamonaviy ta’rifiga ko’ra ijtimoiy tarbiya turli jamoalarda amalga oshirilib, insonga hayot tajribasi, umuman olganda esa jamiyatga ko’nikish tajribasini qo’lga kiritish imkonini beradi. Tarbiyaning shaxs rivojlanishiga markazlashuvi tamoyili Tarbiyaning vazifasi insonni rivojlantirish ekanligi g’oyasi qadimda paydo bo’lib, ko’pgina mutafakkirlar asarlaridan joy olgan.  
 
Bu tamoyilga ko’ra ijtimoiy tarbiyaning strategiya va maqsadi yosh avlod, 
o’smirlarni komil inson bo’lib yetishlariga yordam berishdir. Ijtimoiy tarbiya 
jarayoni, tarbiya muassasalari faqatgina shaxs rivojlanishining vositasi bo’lishlari 
mumkin.  
Rivojlanishni inson tomonidan uch turdagi vazifalarni (tabiiy-madaniy, 
ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-psixologik hal qilish jarayoni deb qarashimiz mumkin. 
SHu vazifalara ko’ra, tarbiya muassasalarida ijtimoiy tarbiyani markazlashtirish 
lozim bo’lgan shaxs rivojining jihatlarini aniqlashtirsa bo’ladi. Tabiiy-madaniy 
vazifalarni hal qilish zaruriyati inson rivojining , jismoniy (tabiiy); jinsiy (fiziologik) 
jihatdan rivojlantirishga yordam beradi. Ijtimoiy - madaniy vazifalarni yechish 
zaruriyati esa, insonning: intellektual (aqliy); ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga zamin 
yaratadi. 
 
 Ijtimoiy tarbiyaning bu jihatlarining imkoniyati va o’rni turlicha, biroq u bu 
jihatlarning har birida u ijtimoiylashuv omillariga nisbatan qo’shimcha o’ringa ega. 
Bundan tashqari tarbiya muassasalarining turiga qarab ham imkoniyatlari turlicha 
bo’ladi. Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi 
orasidagi suhbatning zarurligi g’oyasi qadimgi yilladada paydo bo’lib, o’rta asrlar 
ta’lim metodlarida, keyinchalik esa yangi davrning bir qator pedagoglari asarlarida 
o’ziga xos rivojlanishiga erishdi. 
 
So’nggi o’n yilliklarda tarbiyaga sub’ekt-ob’ekt jarayoni sifatida qarash, 
keyinchalik esa, bu yondashuvni pedagogik amaliyotda tarqatish bu tamoyilni 
pedagogika uchun eng muhim tamoyilga aylanishiga olib keldi. Ijtimoiy tarbiyaning 
birgalikdagi faoliyat tamoyiliga ko’ra bolalar, o’spirinlar, o’smirlarning ma’naviy-
ma’rifiy rivojlanishii tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi qadriyatlar (aqliy, 
ijtimoiy) almashuvi jarayonida amalga oshiriladi. Bular: 
-dunyo madaniyatlari va aniq bir jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlar; 
- ijtimoiy tarbiya sub’ektlariga xos bo’lgan qadriyatlar; 
-tarbiya tashkilotlarining muayyan a’zosiga xos bo’lgan qadriyatlar. 
Ijtimoiy 
tarbiyaning 
birgalikdagi 
faoliyattamoyili 
tarbiyachi 
va 
tarbiyalanuvchining tengligini taqozo etmaydi. Bu hol yoshdagi tafovutlar, hayotiy 
Bu tamoyilga ko’ra ijtimoiy tarbiyaning strategiya va maqsadi yosh avlod, o’smirlarni komil inson bo’lib yetishlariga yordam berishdir. Ijtimoiy tarbiya jarayoni, tarbiya muassasalari faqatgina shaxs rivojlanishining vositasi bo’lishlari mumkin. Rivojlanishni inson tomonidan uch turdagi vazifalarni (tabiiy-madaniy, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-psixologik hal qilish jarayoni deb qarashimiz mumkin. SHu vazifalara ko’ra, tarbiya muassasalarida ijtimoiy tarbiyani markazlashtirish lozim bo’lgan shaxs rivojining jihatlarini aniqlashtirsa bo’ladi. Tabiiy-madaniy vazifalarni hal qilish zaruriyati inson rivojining , jismoniy (tabiiy); jinsiy (fiziologik) jihatdan rivojlantirishga yordam beradi. Ijtimoiy - madaniy vazifalarni yechish zaruriyati esa, insonning: intellektual (aqliy); ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga zamin yaratadi. Ijtimoiy tarbiyaning bu jihatlarining imkoniyati va o’rni turlicha, biroq u bu jihatlarning har birida u ijtimoiylashuv omillariga nisbatan qo’shimcha o’ringa ega. Bundan tashqari tarbiya muassasalarining turiga qarab ham imkoniyatlari turlicha bo’ladi. Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi suhbatning zarurligi g’oyasi qadimgi yilladada paydo bo’lib, o’rta asrlar ta’lim metodlarida, keyinchalik esa yangi davrning bir qator pedagoglari asarlarida o’ziga xos rivojlanishiga erishdi. So’nggi o’n yilliklarda tarbiyaga sub’ekt-ob’ekt jarayoni sifatida qarash, keyinchalik esa, bu yondashuvni pedagogik amaliyotda tarqatish bu tamoyilni pedagogika uchun eng muhim tamoyilga aylanishiga olib keldi. Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyiliga ko’ra bolalar, o’spirinlar, o’smirlarning ma’naviy- ma’rifiy rivojlanishii tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi qadriyatlar (aqliy, ijtimoiy) almashuvi jarayonida amalga oshiriladi. Bular: -dunyo madaniyatlari va aniq bir jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlar; - ijtimoiy tarbiya sub’ektlariga xos bo’lgan qadriyatlar; -tarbiya tashkilotlarining muayyan a’zosiga xos bo’lgan qadriyatlar. Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyattamoyili tarbiyachi va tarbiyalanuvchining tengligini taqozo etmaydi. Bu hol yoshdagi tafovutlar, hayotiy  
 
tajribaning bir xil emasligi, ijtimoiy rollarning assimmetrialligi bilan izohlanadi. 
Birgalikdagi faoliyattamoyilida birinchi o’rinda tenglik emas, balki o’zaro hurmat 
va sofdillik turadi. 
Tarbiyaning tugallanmasligi tamoyili.Bu tamoyil ijtimoiylashuvning merosiylik 
xarakteridan 
kelib 
chiqadi. 
Tarbiyaning 
tugalnmasligi 
tamoyili 
inson 
rivojlanishining har bir bosqichini individual va ijtimoiy qadriyat deb biladi. Bu 
tamoyilga ko’ra har bir bola, o’smirda doimo tugallanmagan va aslida 
tugallanmaydigan bir narsa bo’ladi. Chunki dunyo va o’zi bilan o’zaro munosabatda 
bo’la turib, ular doimo o’zgarish potensialini saqlab qolishadi (L. Tolstoy hayoti 
davomda unda beshta inson o’zgargan deb hisoblaydi).Tarbiyaning tugalanmasligi 
tamoyiliga ko’ra tarbiyani shunday tashkil qilish kerakki, har bir yosh bosqichida 
inson “qayta shakllanish” imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. 
Sanab o’tilgan tarbiya tamoyillarini inobatga olish va ularning ta’minlanishi 
ijobiy pedagogik natijaga erishishning shartlaridan biri hisoblanadi. 
Noosfera-noosfera 
rivojlanishining 
shunday 
bosqichini 
aks 
etadigan 
tushunchaki, u bosqichda insonning ongli faoliyati global muammolarning paydo 
bo’lishi va hal etilishiga ta’sir qiladi. 
 
Savollar: 
1. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida qanday o’ziga xoslikka ega? 
2. Tarbiyaning ijtimoiy vazifalarini sanab bering. 
3. Tarbiyav tamoyillarining mohiyatini:  
4. Shaxsning ijtimoiy shakllanishida jamoaviylik va tarbiyaning tugallanmaganligi 
tamoyillarining o’rni qanday? 
 
tajribaning bir xil emasligi, ijtimoiy rollarning assimmetrialligi bilan izohlanadi. Birgalikdagi faoliyattamoyilida birinchi o’rinda tenglik emas, balki o’zaro hurmat va sofdillik turadi. Tarbiyaning tugallanmasligi tamoyili.Bu tamoyil ijtimoiylashuvning merosiylik xarakteridan kelib chiqadi. Tarbiyaning tugalnmasligi tamoyili inson rivojlanishining har bir bosqichini individual va ijtimoiy qadriyat deb biladi. Bu tamoyilga ko’ra har bir bola, o’smirda doimo tugallanmagan va aslida tugallanmaydigan bir narsa bo’ladi. Chunki dunyo va o’zi bilan o’zaro munosabatda bo’la turib, ular doimo o’zgarish potensialini saqlab qolishadi (L. Tolstoy hayoti davomda unda beshta inson o’zgargan deb hisoblaydi).Tarbiyaning tugalanmasligi tamoyiliga ko’ra tarbiyani shunday tashkil qilish kerakki, har bir yosh bosqichida inson “qayta shakllanish” imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. Sanab o’tilgan tarbiya tamoyillarini inobatga olish va ularning ta’minlanishi ijobiy pedagogik natijaga erishishning shartlaridan biri hisoblanadi. Noosfera-noosfera rivojlanishining shunday bosqichini aks etadigan tushunchaki, u bosqichda insonning ongli faoliyati global muammolarning paydo bo’lishi va hal etilishiga ta’sir qiladi. Savollar: 1. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida qanday o’ziga xoslikka ega? 2. Tarbiyaning ijtimoiy vazifalarini sanab bering. 3. Tarbiyav tamoyillarining mohiyatini: 4. Shaxsning ijtimoiy shakllanishida jamoaviylik va tarbiyaning tugallanmaganligi tamoyillarining o’rni qanday?