Ijtimoiy soha moliyasi (Davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati va hozirgi zamon xususiyatlari)
Yuklangan vaqt
2024-12-10
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
34,8 KB
Ijtimoiy soha moliyasi (Davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati va hozirgi
zamon xususiyatlari)
Reja:
1. Davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati va hozirgi zamon xususiyatlari.
2. Ijtimoiy ta’minot va pensiyalarning asosiy turlari.
3. Nafaqa. Nafaqalarning asosiy turlari. Ijtimoiy ta’minotning boshqa shakllari.
Fikrimizcha, ijtimoiy siyosat bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo‘lib,
uning qanday amalga oshirilayotgani, mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va aholining
bandligi bilan bog‘liqdir. Endilikda mamlakatimizda ijtimoiy siyosat jamiyat
a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq huquqiy,
tashkiliy, iqtisodiy va boshqa yo‘nalishlarni o‘zida kompleks mujassamlashtirgan
davlat siyosati darajasida amal qilayotgan bo‘lsa, ijtimoiy himoya siyosati davlat
tomonidan aholini ijtimoiy himoyaga muhtojlar qatlamlarini moddiy jihatdan
qo‘llab-quvvatlash, zarur infratuzilmani shakllantirish va ular normal faoliyatini
ta’minlash, bu sohaning samarali boshqaruvini amalga oshirish, fuqarolar uchun har
tomonlama qulay yashash va mehnat sharoitlarini ta’minlab berishga qaratilgan
chora-tadbirlar majmuasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Bugungi kunda “ijtimoiy siyosat”, “ijtimoiy himoya” kabi tushunchalar
avvalgisidan farq qilib, hayotimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni tobora ko‘proq
o‘zida aks ettirmoqda. Shu sababli endilikda ijtimoiy siyosat fuqarolarning faqat
moddiy muammolarinigina hal qilishga qaratilgan faoliyat bo‘lmay, balki davlat
ichki siyosatining asosiy qismini o‘zida ifoda etadi. Ijtimoiy himoya qilish siyosati
esa muhtojlarga moddiy yoki pul shaklida yordam ko‘rsatishdangina iborat
bo‘lmasdan, mamlakat ijtimoiy infratuzilmasining normal ishini ta’minlash, bu
sohada samarali davlat va jamoat boshqaruvini amalga oshirish, fuqarolar uchun har
tomonlama qulay yashash sharoitlarini ta’minlab berish masalalarini o‘z ichiga
oladi.
Ijtimoiy siyosat – bu jamiyat ijtimoiy hayotini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy
infratuzilmalar faoliyatini tashkil qilish, boshqarish, fukarolarning ijtimoiy
huquqlarini amalga oshirilishi uchun sharoit yaratish, ushbu huquqlarning ruyobga
chiqarilishini kafolatlash, samarali himoya etilishini ta’minlash yuzasidan davlat
tadbirlari kompleksidan iboratdir.
Davlat ijtimoiy siyosati jamiyat taraqqiyoti, barqaror rivojlanish, fuqarolar
farovonligi, ularning haq-huquqlari daxlsizligiga xizmat qilmog‘i lozim.
Bugungi
kunda
ijtimoiy
siyosat
fuqarolarning
faqat
moddiy
muammolarinigina hal qilishga qaratilgan faoliyat bo‘lmay, balki davlat ichki
siyosatining asosiy qismini o‘zida ifoda etadi.
Hozirgi vaqtda davlat ta’lim, fan, madaniyat va fuqarolarning sog‘ligi
sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga katta e’tibor qaratmoqda.
Ushbu sohalarda ijtimoiy funksiya ta’lim, ilmiy muassasalar, shuningdek
madaniy muassasalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (moliyaviy, moddiy,
dasturiy) shaklda amalga oshiriladi. Ularning ishini boshqarish va tashkil etishga
kelsak, ular avtonomdir, o‘z faoliyatlarida erkin va davlat aralashuvi bu yerda qabul
qilinishi mumkin emas.
Bugungi kunda davlatning ijtimoiy himoyasini amalga oshiruvchi organlar
davlatning ijtimoiy funksiyasini amalga oshirishda o‘z vakolatlarini bajarib
kelayotgan bo‘lsalarda, ammo bu sohada yechimini kutayotgan muammolar yo‘q
emas.
Xususan, nafaqa ta’minotini isloh qilish, barcha to‘lovlar va nafaqalar tizimini
qayta ko‘rib chiqish lozim. Nafaqalar to‘lashni shunday rivojlantirmoq kerakki, ular
fuqarolarning moddiy-maishiy ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlash shart.
Hozirgi kunda ijtimoiy yordam asosli, kimlarga berilishi kerakligi to‘g‘risidagi
masala o‘zini to‘liq yechimini topgani yo‘q.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgach, bozor munosabatlariga
o‘tishning o‘ziga xos konsepsiyasi ishlab chiqildi. Kuchli ijtimoiy himoya beshta
asosiy tamoyillardan biri sifatida belgilanib, turli soha olimlari qayd etganidek,
nogironlarga, nafaqaxo‘rlarga, bolali va kam ta’minlangan oilalarga, o‘quvchi
yoshlarga, qariyalarga, ya’ni eng qiyin ahvolga tushib qolganlarga yordam
ko‘rsatish bu tizimning asosiy yo‘nalishi bo‘ldi. Oilalarni faol ijtimoiy muhofaza
qilish chora-tadbirlari ko‘rildi. Ular orasida harbiy xizmatchilar oilalari ham mavjud
edi.
Fikrimizcha, davlatlar ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda umumiy
xususiyatlarga ega bo‘lib, ijtimoiy sohada ma’lum ustuvorlikka ega va davlat o‘z
ijtimoiy funksiyasini alohida tartibda tashkil etadi.
Davlat ijtimoiy siyosatni olib borishdagi ijtimoiy davlat quyidagi ijtimoiy
funksiyalarni bajaradi:
aholi bandligi va daromadlarining o‘sishini ta’minlash;
kompaniyaning barcha a’zolarini ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlash;
ta’lim, sog‘liqni saqlash va ma’naviy-madaniy rivojlanishdan foydalanish
imkoniyatini ta’minlash;
ijtimoiy himoyaga muhtojlarni ijtimoiy himoya qilish;
jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni yumshatish, imtiyozlarni qayta taqsimlash
orqali munosib yashash sharoitalarini yaratish;
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish.
Davlat jamiyatni samarali boshqarishi uchun ikki muhim vazifani bajarishi:
birinchidan, ijtimoiy maqsad va vazifani belgilashi, ushbu maqsadga mos moddiy
hamda boshqa resurslarni ajratishi, ya’ni makroiqtisodiy darajada ishlab chiqarishni
rivojlantirishi; ikkinchidan esa, ijtimoiy siyosatning ruyobga chiqarilishini ta’minlay
oladigan darajada qonunchilik konsepsiyasini tayyorlashi kerakligini ilgari surib,
ikkinchi vazifani hal etish uchun “Ijtimoiy siyosat to‘g‘risida”gi qonunni qabul
qilish zarurligini taklif etadi. Bunday qonunning qabul qilinishi davlat ijtimoiy
siyosati maqsad va vazifalarini, uning asosiy tamoyillarini, ijtimoiy siyosatning
ro‘yobga chiqarilishi bilan bog‘lik bo‘lgan boshqa ko‘plab muhim masalalarni
qonunchilik darajasida hal etish imkonini beradi.
Shuningdek, u ijtimoiy himoyaning normal amal kilishi uchun uni ruyobga
chiqarish sohasidagi qonunchilikni ta’minlovchi konsepsiya ishlab chiqilishi kerak.
Unda bugungi ahvol hamda ertangi istiqbol yo‘llari aniq belgilab olinmog‘i,
mavjud resurslar doirasida ijtimoiy siyosatni rivojlantirish yo‘llari nazarda
tutilmog‘i lozim ekanligini ilgari suradi.
Davlatning ijtimoiy siyosat sohasidagi faoliyati (ta’lim, sog‘liqni saqlash,
ijtimoiy ta’minot) aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, uni ijtimoiy himoya
qilishdan iborat bo‘lib, bu davlat va jamiyat yaxlitligini saqlash uchun muhimdir.
Ijtimoiy siyosat davlatning ichki siyosati asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib,
uning ijtimoiy tizimi barqarorligini ta’minlash uchun yaratilgan, uning maqsadlari
quyidagilardan iborat:
mamlakat aholisining turmush darajasini oshirish;
ijtimoiy ziddiyatlarni yumshatish yoki yo‘q qilish, jamiyatda ma’lum bir
muvozanatga erishish.
Ijtimoiy funksiyani yanada samarali amalga oshirish uchun ijtimoiy
siyosatning asosiy ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratish lozim, xususan:
- davlat o‘z fuqarolarining ijtimoiy holati uchun javobgarligini tan olish;
barcha fuqarolarga bepul ta’lim va tibbiy xizmatlarni kafolatlash;
eng kam ish haqi, stipendiya va nafaqalarni yashashning haqiqiy qiymatiga
muvofiqlashtirish;
davlat sektori xodimlariga ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar o‘z vaqtida
to‘lanishini kafolatlash;
ommaviy ishsizlikning oldini olish, bo‘shatilgan ishchi kuchlarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirish;
oila, onalik va bolalik, faxriylar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash.
Davlat organlarining bir qator ijtimoiy vakolatlarini xususiy tashkilotlarga
topshirish istagi dolzarb nazariy muammo sifatida e’tiborga olinmadi. Mazkur
hodisa global tendensiyani qabul qiladi va ijobiy tomonlarga (professionallik,
rentabellik, raqobatbardoshlikning oshishi, jamoat manfaati) va salbiy tomonlarga
(xususiy monopolizatsiya, davlatni tekislash, javogarlikni xiralashtirish va
boshqalar) ega.
Fikrimizcha, jamiyat har bir fuqaro qabul qilingan standartga javob beradigan
ma’lumotga ega bo‘lishidan manfaatdor. Ta’limsiz hozirgi vaqtda fuqarolarning
ijtimoiy hayotda, ishlab chiqarishda, davlat faoliyatining barcha sohalarida faol
ishtirok etishlari mumkin emas va shuning uchun ko‘plab davlatlarda ta’lim
majburiydir.
Shunday qilib, mamlakatimizda bozor munosabatlari tarkib toptirilar ekan,
shu o‘rinda aholining muhtoj qatlamlarini kuchli ijtimoiy himoya qilish prinsipi
mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab amalga oshirib kelinayotganligini
alohida e’tirof etib o‘tish joiz. Bu hol davlatimiz tomonidan yuritilayotgan ijtimoiy
siyosatda, aholini ijtimoiy himoya qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarda
o‘z ifodasini topmoqda. Ushbu dalillar mamlakatimizda bu yo‘nalishda olib
borilayotgan ishlar ko‘lami naqadar kattaligidan dalolat beradi.
Davlat rivojlanishining hozirgi bosqichida ijtimoiy himoya, pul mablag‘lari,
tabiiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, imtiyozlar va xizmatlar, ehtiyojmand
fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, ularning o‘zini o‘zi ta’minlash
uchun sharoit yartishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui bo‘lishi kerak. Mazkur
tadbirlar mahalliy byudjetlar, shuningdek ijtimoiy ta’minot tizimi tomonidan
an’anaviy ravishda amalga oshirilmaydigan boshqa manbalar hisobidan amalga
oshirilishi kerak. Ijtimoiy himoyani yagona talqin qilish zarurati, shuningdek, ular
tegishli qonunlar asosida amalga oshirilayotganligi bilan izohlanadi.
Kuchli ijtimoiy siyosat tamoyili o‘tkazilayotgan iktisodiy islohotlarning
barcha bosqichlarida daromadni tartibga solish, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy
kafolatlar berish, aholini ish bilan ta’minlash va mehnat bozorini shakllantirish,
aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, imtiyozlar berish orqali amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi sifatli amalga
oshirilishi uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy muhit yaratildi, zarur huquqiy asoslar
barpo etildi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng
miqyosda yangi ish joylarining yaratilishi, aholini ish bilan ta’minlashga
ko‘maklashib, ishsizlik muammosini hal qilmoqda. Ish bilan ta’minlash
muammosini hal etishda ayniqsa, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish qo‘l
kelmoqda. Tovarlar sifati, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlar iste’molchilar himoyasini shakllantirib, aholi
manfaatlarini ta’minlamoqda.
Inflyatsiyaning oldini olish, so‘mning harid kuchini saqlash, biznes-tijorat
ustidan davlatning muqobil nazoratini o‘rnatish, marketing, savdo, reklama kabilarni
tartibga solish ijtimoiy himoyani rivojlantirmoqda.
Mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirib kelinayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar bozor munosabatlari va tamoyillariga asoslangan fuqarolik
jamiyati barpo etishga qaratilgandir.
2-savol bayoni. Mamlakatning Konstitutsiyasi, odatda, yosh bo‘yicha, kasal,
nogiron yoki boquvchisini yo‘qotganda, bolalarni tarbiyalash uchun va qonunda
ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda har bir kishining ijtimoiy ta’minotini kafolatlaydi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
jarayonida fuqarolarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun milliy
daromadning bir qismi hisobidan pul mablag‘larining ijtimoiy fondlarini
shakllantiradigan va ulardan foydalanadigan taqsimlash munosabatlari tizimiga
ijtimoiy ta’minot deyiladi. Mana shunday keng ma’noda, ijtimoiy ta’minot
fondlarini shakllantirish manbalari va ta’minotni tashkil etishga bog‘liq bo‘lmagan
holda jamiyat barcha a’zolarining tegishli tarzda ta’minlanishini o‘z ichiga qamrab
oladi.
Milliy qonunchiligimida davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi:
yoshga doir pensiya;
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.
Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo‘lganidan so‘ng istalgan paytda
pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etishlari mumkin.
Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga
ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar - 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar - 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda
ega bo‘ladilar.
Pensiya tayinlash uchun kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor
stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga
muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga
ega bo‘ladilar, chunonchi:
Yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar,
muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro‘yxati;
Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish
huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va
ko‘rsatkichlarning 2-sonli ro‘yxati;
Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish
huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va
ko‘rsatkichlarning 3-sonli ro‘yxati.
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan
nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.
Yoshidan qat’i nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega
bo‘ladilar:
a) kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar — basharti, ular
ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan bo‘lsalar;
b) bevosita yerosti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv
qismlarining shaxsiy tarkibi) ko‘mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni
qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan
xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan bo‘lsalar;
v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular
xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy bo‘ysunuvidan
qat’i nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25
yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) ko‘ra
uchish ishlaridan bo‘shatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini — erkaklar
kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan bo‘lsalar;
g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari:
ijodiy ish staji kamida 20 yil bo‘lganda;
ijodiy ish staji kamida 25 yil bo‘lganda;
ijodiy ish staji kamida 30 yil bo‘lganda;
d) sportchilarning ayrim toifalari — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda.
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar belgilangan yoshni 10 yilga
qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar:
a) yerosti ishlarida, mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda to‘liq
ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar (2-sonli ro‘yxat, I qism):
erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib
o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda;
ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi ko‘rsatib
o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda.
Yer osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu
6 oydan kam bo‘lgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir to‘liq yil uchun
qonunchilikda nazarda tutilgan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi.
Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda - erkaklar kamida 5 yil,
ayollar kamida 3 yil 9 oy - ishlagan xodimlarga pensiya qonunchilikda nazarda
tutilgan pensiya yoshi shunday ishda band bo‘lingan har bir to‘liq yil uchun 1 yilga
qisqartirilgan holda tayinlanadi;
b) sirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi
staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda (2-sonli ro‘yxat, II qism).
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar belgilangan yoshni 5 yilga
qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar:
a) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
b) mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band
bo‘lgan xodimlar (3-sonli ro‘yxat, I qism):
erkaklar - ish staji kamida 25 yil bo‘lib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi
ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda;
ayollar - ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib
o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda.
Mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda - erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar
kamida 5 yil - ishlagan xodimlarga pensiya qonunchilikda nazarda tutilgan pensiya
yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning bunday
ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;
z) bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari ularni sakkiz
yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa - ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda. Basharti,
ayol o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizni ular 8 yoshga to‘lguniga qadar kamida 5 yil
tarbiyalagan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda
hisobga olinadi;
k) nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari,
«Mehribonlik» uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari
- maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VII qism);
l) ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o‘rta tibbiy
xodimlari - maxsus ish staji shaharchalar, qishloqlar hamda ovullarda kamida 25 yil
va shaharlarda kamida 30 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VIII qism);
m) qariyalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz fuqarolarga xizmat
ko‘rsatishda bevosita band bo‘lgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli ro‘yxat, IX qism):
erkaklar - maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar - maxsus ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda.
Qonunchilikda nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan
ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar,
xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar
hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan
ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:
erkaklar - 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar - 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda
pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh
nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil
AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi
bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Sog‘lig‘ini yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga qarab,
nogironlikning uch guruhi aniqlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt
va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-
ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan
nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi.
Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik
boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi:
Yosh
Ish staji
23 yoshga qadar
2
23 yoshdan 26 yoshga qadar
3
26 yoshdan 31 yoshga qadar
5
31 yoshdan 36 yoshga qadar
7
36 yoshdan 41 yoshga qadar
9
41 yoshdan 46 yoshga qadar
11
46 yoshdan 51 yoshga qadar
14
51 yoshdan 56 yoshga qadar
17
56 yosh va undan oshganda
20
20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash
to‘xtatilganidan keyin nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan fuqarolarga pensiyalar
ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan
nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga
o‘tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab
aniqlanadi.
Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan umumiy
kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi
bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila
a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi.
Marhumning qaramog‘ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham,
keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag‘ manbaidan mahrum bo‘lib qolsalar,
pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar:
a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa
yoki 18 yoshdan katta bo‘lsa, agar ular 18 yoshga to‘lguniga qadar nogironligi bor
bola bo‘lib qolgan bo‘lsa. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa-singillar va
nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;
b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular qonunda nazarda
tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lsalar;
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er
(xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining
bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash
uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga
qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
g) buva va buvi - agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar
bo‘lmasa.
Ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari o‘qishning butun davri
davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini
olish huquqiga ega.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga
yetmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab
qoladilar.
O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan
bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar.
O‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga
to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va ona
singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. O‘gay ota va o‘gay onaning vafot
etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) tarbiyalaganligi yoki boqqanligini aniqlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ushbu Qonunning vafot etganlar oilalariga taalluqli hamma qoidalari
bedarak yo‘qolganlarning oilalariga ham, agar boquvchining bedarak yo‘qolganligi
belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lsa, tegishli ravishda joriy qilinadi.
Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila a’zolari, agar marhumning
yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai
hisoblangan bo‘lsa - boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tish huquqiga
egadirlar.
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot
etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionerning oilasiga pensiya
boquvchining ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Basharti, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi
tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan bo‘lsa, umumiy kasallik yoki ish
bilan bog‘liq bo‘lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.
Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan
tarkib topadi:
pensiyaning tayanch miqdoridan;
ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;
pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlardan.
Pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilanadi:
a) yoshga doir pensiya uchun - pensiyani hisoblab chiqarish uchun
olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir
eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
b) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi uchun -
pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi,
lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
g) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyasi uchun - pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish
haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 50 foizi
miqdorida;
d) ota-onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga yoki vafot etgan yolg‘iz
onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun —
pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi,
lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar bor stajga mutanosib
miqdorda tayinlanadi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar:
yoshga doir pensiyalar uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 50
foizidan;
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyalari uchun - yoshga
doir eng kam pensiyaning 100 foizidan;
II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyalari uchun -
yoshga doir eng kam pensiyaning 75 foizidan;
oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyasi uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
ham otasi, ham onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) har bir bolaga
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun – yoshga doir eng kam pensiyaning 100
foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
3-savol bayoni. Nafaqa ish stajiga ega bo‘lmagan, mehnat qobiliyatini
yo‘qotgan shaxslarga tayinlanadi. Nafaqa miqdori davlat belgilagan qat’iy miqdorda
belgilanadi.
Ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga
quyidagi nafaqalardan biri to‘lanishi mumkin:
yoshga doir nafaqa;
nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslardan tashqari);
parvarishlash nafaqasi;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi.
Bunda
turli nafaqalarni
olish
huquqiga ega
bo‘lgan
fuqarolarga
ushbu nafaqalarning faqat bittasi to‘lanadi.
Yoshga doir nafaqa
Yoshga doir nafaqa ish staji bo‘lmagan yoki pensiya tayinlash uchun yetarli
ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi.
Yoshga doir nafaqa:
erkaklarga – 65 yoshga etganlarida;
ayollarga – 60 yoshga etganlarida;
bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarga – 55 yoshga yetganlarida
tayinlanadi.
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga yoshga
doir nafaqa farzandi nogironligi bo‘lgan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risida Tibbiy
– ijtimoiy ekspert komissiyasining nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi bilan
tasdiqlangan taqdirda tayinlanadi.
Nafaqa davlat
xizmatlari
markazlari yoki YAIDXP orqali
murojaat
qilinganida Pensiya jamg‘armasining bo‘limi tomonidan tayinlanadi.
Nafaqa tayinlanmaganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Yoshga doir nafaqa tayinlashni so‘rab belgilangan yoshga to‘lgandan
so‘ng 60 kun ichida, nafaqa uni olish huquqi paydo bo‘lgan kundan e’tiboran
tayinlanadi.
Nafaqalarni to‘lash har oyda Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan
belgilangan muddatlarda, biroq joriy to‘lov oyidan kechikmay amalga oshiriladi.
Nogironlik nafaqalari
Nogironlik nafaqasi ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi
bo‘lgan shaxslarga yoshidan qat’I nazar tayinlanadi.
Nafaqa davlat
xizmatlari
markazlari yoki YAIDXP orqali
murojaat
qilinganida Pensiya jamg‘armasining bo‘limi tomonidan tayinlanadi.
Nafaqa tayinlanmaganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Nogironlik nafaqasini tayinlashni so‘rab nogironlik guruhi belgilanganidan
so‘ng 60 kun ichida, nafaqa uni olish huquqi paydo bo‘lgan kundan e’tiboran
tayinlanadi.
Nafaqalarni to‘lash har oyda Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan
belgilangan muddatlarda, biroq joriy to‘lov oyidan kechikmay amalga oshiriladi.
Parvarishlash nafaqasi
Parvarishlash nafaqasi o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18
yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga qonunchilik
hujjatlarida belgilangan miqdorlarda tayinlanadi. Bunda, parvarishlash nafaqasi
o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaga nogironlik
belgilangan muddatga tayinlanadi;
Qonuniy vakilga har bir o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18
yoshgacha bolaning parvarishi uchun alohida parvarishlash nafaqasi tayinlanadi.
Parvarishlash nafaqasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan kasalliklar
ro‘yxatiga muvofiq, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan
berilgan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning o‘zgalar parvarishiga
muhtojligi to‘g‘risidagi 16lectron ma’lumotga asosan tayinlanadi.
Parvarishlash nafaqasi qonuniy vakilga (otasi, onasi, vasiysi, homiysi, oilaga
tarbiyaga oluvchisi (patronat) va farzandlikka oluvchisi) o‘zgalar parvarishiga
muhtoj nogironligi bo‘lgan bola 18 yoshga to‘lguniga qadar tayinlanadi.
Nafaqa davlat
xizmatlari
markazlari yoki YAIDXP orqali
murojaat
qilinganida Pensiya jamg‘armasining bo‘limi tomonidan tayinlanadi.
Nafaqa tayinlanmaganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Parvarishlash nafaqasini tayinlashni so‘rab nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha
bola o‘zgalar parvarishiga muhtojligi belgilanganidan so‘ng 60 kun ichida murojaat
etilgan bo‘lsa, nafaqa uni olish huquqi paydo bo‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
Nafaqalarni to‘lash har oyda Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan
belgilangan muddatlarda, biroq joriy to‘lov oyidan kechikmay amalga oshiriladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik uchun olinadigan nafaqa
Davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning
qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari boquvchisini
yo‘qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar. Davlat pensiyasini olish tartibi bilan
tanishish uchun havolaga o‘ting.
Quyidagilar oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari hisoblanadilar:
bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa
yoki 18 yoshdan katta bo‘lsa ham 18 yoshga to‘lmasdan nogiron bo‘lib qolgan
bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-
onasi bo‘lmasa;
ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron
bo‘lsalar;
yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’I nazar, ota va onadan biri yoki er
(xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining
bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash
uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga
qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar
bo‘lmasa.
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan
miqdorda tayinlanadi.
Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot
etganning oila a’zolariga nafaqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda
tayinlanadi.
Boquvchisini
yo‘qotganlik nafaqasini
tayinlashni
so‘rab nafaqa
olish
huquqiga ega bo‘lgan shaxs vafot etgan kundan boshlab 6 oy ichida, nafaqa uni olish
huquqi paydo bo‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo‘lgan oila
a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Agar oila a’zosi talab qilsa
uning nafaqadagi
ulushi
ajratiladi
va
unga
alohida
to‘lanadi.
Bunda
tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo‘linadi.
Nafaqa davlat
xizmatlari
markazlari yoki YAIDXP orqali
murojaat
qilinganida Pensiya jamg‘armasining bo‘limi tomonidan tayinlanadi.
Nafaqa tayinlanmaganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Nafaqa to‘lash quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
davlat pensiyasi turlaridan biri tayinlanganda;
nafaqa oluvchi doimiy yashash uchun O‘zbekistondan chiqib ketganda;
nafaqa tayinlangan shaxslar to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganda;
ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan taqdirda.
Mazkur holatlar tugaganda nafaqa to‘lash davom ettiriladi.
Nafaqa tayinlangandan keyin, nafaqa oluvchi shaxsning haq to‘lanadigan
ishni bajarishi yoki daromadning boshqa manbaiga ega ekanligi nafaqani to‘xtatish
uchun asos bo‘lmaydi.