1
Ijtimoiy sohalarning rivojlanishi
Reja.
1. Ijtimoiy sohalarning iqtisodiyot bilan bevosita va bilvosita aloqadorligi
2. Chakana savdo
3. Ta’lim va sog‘liqni saqlash.
4. Rekreatsiya va turizm.
1. Ijtimoiy sohalarning iqtisodiyot bilan bevosita va bilvosita aloqadorligi
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish o‘zaro bog‘liq, uyg‘unlashgan bo‘lib, uning
mazmun-mohiyatini alohida, ajrim holda talqin qilib bo‘lmaydi. Har qanday
iqtisodiy rivojlanish pirovard maqsadda ijtimoiy manfaatlarni ko‘zlaydi. Bizning
mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat ham, respublika Prezidenti tomonidan
ishlab chiqilgan bozor munosablariga o‘tishning asosiy tamoyillaridan biri ham
aynan shu masalalarga qaratilgan (ijtimoiy sohalarga davlat byudjetining 60 foiziga
yaqini ajratiladi). Qolaversa, 1996 yildan boshlab har bir yilga o‘zgacha nom berish,
shunga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish aksariyat
hollarda bevosita ijtimoiy sohalarga bag‘ishlangan. Jumladan, ona va bolalar
sog‘ligi, salomatlik, qariyalarni qadrlash, sog‘lom, barkamol avlod, mustahkam oila,
sog‘lom bola yillari va hokazolar fikrimizning dalilidir. O‘zbekistonda olib
borilayotgan davlat siyosatining g‘oyat muhim yo‘nalishi bo‘lgan ijtimoiy
sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich
ta’minlanmoqda.
Imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga
oshirishga kirishdik. Shahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan
2
ziyod namunaviy uylar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi
yillarga taqqoslaydigan bo‘lsak, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-
joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan
esa 2 barobar ko‘p uy-joy qurilganini ko‘ramiz.
Inson salomatligini muhofaza qilish borasida so‘nggi vaqtda olib borayotgan
ishlarimizga qaramasdan, afsuski, joylarda ko‘plab muammolar hamon saqlanib
qolmoqda. Ana shularni hisobga olib, hududlar aholisi uchun qulay bo‘lgan, sifatli
va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish, kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha
boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirilmoqda. 2018 yilda 46 ta tuman va shahar
tibbiyot birlashmasi negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkil etildi.
Yangi ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlashga alohida e’tibor
qaratildi. 12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya
qilindi, 152 ta maktab kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim
muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi
Ijtimoiy sohalarning iqtisodiyot bilan bevosita va bilvosita aloqadorligi ularni
o‘zaro muvofiqlashtirilgan tarzda, ijtimoiy masalalarga ustuvorlik bergan holda
rivojlantirishni nazarda tutadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, “iqtisodiy-ijtimoiy”
emas, odatda, “ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish” deb yuritiladi, ya’ni bu yerda iqtisodiy
taraqqiyotning strategik maqsadi ijtimoiy masalalarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shu
o‘rinda ijtimoiy tarmoqlar (savdo, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turli xil xizmatlar va b.)
bilan ijtimoiy infratuzilma o‘rtasidagi farqlarni unutmaslik kerak. Infratuzilma, ya’ni
ichki tuzilma ijtimoiy sohalar rivojlanishi va hududiy tashkil etishning negizi, asosi,
fundamenti hisoblanadi, biroq ijtimoiy sohalar bilan ma’nodosh emas. Sababi,
infratuzilma bevosita moddiy va ma’naviy boylik yaratmaydi, balki ular uchun
sharoit muhayyo qiladi. Ijtimoiy sohalar orasida savdo, pullik xizmatlar muhim o‘rin
tutadi. O‘z navbatida, mazkur yo‘nalishlarda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning ahamiyati katta va bu ko‘rsatkichlar tobora o‘sib bormoqda.
2. Chakana savdo
Chakana savdo tovar aylanmasi 2013 yilga nisbatan 114,8 foizga o‘sgan bo‘lib,
uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari 48,8 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 51,2
foizni tashkil qiladi. Jami chakana savdo aylanmasining yarmidan ko‘pi bozorlar
3
orqali amalga oshirilgan, uning 22,3 foizini buyumlar savdosi, 34,2 foizini oziq-
ovqat, ya’ni dehqon bozorlari ta’minlaydi. Sotiladigan tovarlar tarkibida oziq-ovqat
mahsulotlaridan un, non va non mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari
yetakchilik qilsa, nooziq-ovqat mahsulotlari ichida yengil mashinalarni sotish
oldinda turadi. 2005 yilda aholiga 38,7 ming dona turli rusmdagi yengil mashinalar
sotilgan bo‘lsa, 2008 yilda bu raqam 64,3 ming donaga etgan, 2010 yilda esa sotilgan
avtomobillar soni yanada oshgan. Mustaqillikning dastlabki yillarida chakana savdo
va pullik xizmatlarning tadrijiy o‘zgarishi xususan 2006 yillargacha oldingi yilga
nisbatan past bo‘lib borgan (bundan 1993 yil mustasno, shu yilda chakana savdo
aylanmasi 127,5 foizga ortgan). Demak, ushbu sohalarning ko‘rsatkichlari
mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga mos kelib, 1996 yildan
boshlab ijobiy natijalarni namoyon qilib borgan. Jumladan, O‘zbekistonda 2013
yilda pullik xizmatlar hajmi 13,7 foizga ko‘paygan va bu borada MDH da oldingi
o‘rinlarda turadi Respublikaning bu boradagi ko‘rsatkichi 1990 yilga nisbatan 1,9
martaga oshgan.
Turli xil xizmatlar yalpi ichki mahsulotning ancha katta qismini ta’minlaydi
(2013 yilda 53,0 %). Pullik xizmatlarning deyarli 2/3 qismini rasmiy sektor bajaradi,
qolgan qismi yakka tartibdagi tadbirkorlarga to‘g‘ri keladi. Xizmatlar tarkibida eng
avvalo transport xizmatlari ajralib turadi. Ularni jami xizmatlardagi ulushi 31,6 %.
Keyingi o‘rinlarda savdo va ovqatlanish (18,2 %), kommunal xizmatlar (12,0 %)
turadi. Shuningdek, moliyaviy xizmatlarning o‘rni ham biroz kattaroq. Maishiy
xizmatlarning asosiy qismini xususiy tadbirkorlar bajarishadi. Bu boradagi geografik
farqlar avvalombor mintaqalarning demografik salohiyati bilan bog‘liq. Shu bilan
birga qayd etish joizki, chakana savdo aylanmasi va pullik xizmatlar hajmida poytaxt
– Toshkent shahrining hissasi katta – mos ravishda, 24,6 va 30,1 %. Bu bejiz emas,
albatta. Sababi, Toshkent-respublikamizning yirik savdo markazi ham hisoblanadi.
Bu yerda nafaqat shahar va uning atrofini aholisi, balki boshqa viloyatlardan
kelganlar ham o‘zlarining savdo-sotiq ishlarini olib boradilar.
Toshkent shahrini hisobga olmaganda, mintaqalar orasidagi farq yoki
geografiylik koeffitsienti 5,79 ga barobar bo‘lib, u Sirdaryo viloyatining 1,9 foizidan
4
Toshkent viloyatining 11,0 foizigacha turlanadi. Mazkur ko‘rsatkichlar pullik
xizmatlarda yanada yuqoriroq, ya’ni 7,58 ga barobar (Toshkent shahrisiz).
Biroq, keltirilgan tahlillar ko‘rilayotgan sohalar geografiyasining haqiqiy
holatini, uning mohiyat va xususiyatini to‘liq izohlab bermaydi. Bu borada aholi jon
boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichlar va indekslar katta ahamiyatga ega. Jadval
ma’lumotlariga qaraganda, 2013 yil respublikamiz aholisi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan chakana savdo aylanmasidan Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 3 marta
katta; Navoiy, Buxoro va Toshkent viloyatlarida u 1,00 dan yuqori, qolganlarida esa
past. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo
viloyatlarida savdo-sotiq birmuncha sust rivojlangan. Pullik xizmatlarda ham shunga
o‘xshash tafovutlar ko‘zga tashlanadi; o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan u Toshkent
shahrida 3,76, Andijon viloyatida respublika darajasida. Boshqa mintaqalarda,
ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Qashqadaryo va Jizzax
viloyatlarida pullik xizmatlarning rivojlanganlik darajasi ancha past.
3. Ta’lim va sog‘liqni saqlash
Har qanday mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining eng muhim
ko‘rsatkichlaridan biri ta’lim tizimidir. Bu soha xususan hozirgi sharoitda,
intelektual omillar kuchli bo‘lgan davrda katta ahamiyatga ega. Shu bois, respublika
rahbariyati kelajakda barkamol avlodni, bizdan ko‘ra dono, bilimli, zukko yoshlarni
tarbiyalashni alohida ta’kidlaydi. O‘zbekiston ta’lim tizimining rivojlanishi
mamlakatimizda 1997 yilda qabul qilingan va bosqichma-bosqich amalga
oshirilayotgan Ta’lim to‘g‘risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
doirasida olib boriladi. Bu murakkab ijtimoiy soha maktabgacha ta’lim, umumta’lim
maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarini o‘z ichiga oladi.
Та’lim tizizmidagi islohotlar va amaliy chora-tadbirlar quyidagi yo’nalishlar
bo’yicha tashkil etilmoqda:
1) maktabgacha ta’lim sohasida;
2) umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim;
3) oliy ta’lim;
4) oliy ta’limdan keying ta’lim;
5
5) kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish.
Respublikamizda 2013 yilda jami 5221 ga yaqin maktabgacha muassasalar
mavjud bo‘lgan. Umumta’lim maktablari esa 9780 tani tashkil etgan. Har bir
maktabga o‘rtacha 468 nafar o‘quvchi bor. Bu ko‘rsatkich hududlarning demografik
vaziyati, aholi soni, uning o‘sishi va joylanishi, yosh tarkibi kabi omillar ta’sirida bir
xil emas. Chunonchi, yirik maktablar Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, ularning
har birida o‘rtacha 900-920 o‘quvchilar ta’lim oladi. Viloyatlar miqyosida yuqoriroq
ko‘rsatkichlar demografik sig‘imi yuqori, aholi punktlari ancha katta bo‘lgan
Farg‘ona vodiysida ko‘zga tashlanadi (560-570 kishi). Ayni paytda xo‘jaligi ko‘proq
tog‘ yoki cho‘l sharoitlariga moslashgan mintaqalarda, masalan, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi umumta’lim maktablarida
o‘quvchilar soni 400 kishiga ham etmaydi; eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda
-349 nafar o‘quvchi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Yangi O‘zbekiston
ostonasi maktabdan boshlanadi”. 2020 yilda yangi ta’lim muassasalarini qurish,
mavjudlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratildi. 12ta umumta’lim maktabi
yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital
ta’mirlandi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya
qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi. Oliy ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017-
2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Oliy
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko‘plab ishlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks
rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash
jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya
qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur
6
sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. Bugungi
kunda jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari ilm-fanning yirik o‘choqlari
hisoblanishi hech kimga sir emas. Bugungi kunda yangi-yangi oliy o‘quv yurtlari,
dunyodagi etakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun,
so‘nggi 4 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy
universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o‘quv yurtlarining soni 125 taga etdi.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari
faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Aholi fikrini o‘rgangan holda, sirtqi va kechki ta’lim
shakllarini qayta tikladik, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy
ta’limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga etdi
Mamlakatimizda 150 dan ortiq akademik litseylar mavjud. Ularning bir qismi
oliy o‘quv yurtlari-universitet va institutlar qoshida tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda
ta’lim tizimining ikki bosqichi, ya’ni o‘rta maxsus va oliy ta’lim o‘zaro
uyg‘unlashgan ko‘rinishda olib boriladi. Har bir akademik litseyida o‘rtacha 765-
770 nafar talaba ta’lim oladi. Bu borada Xorazm viloyati litseylari alohida ajralib
turadi – 1023 talaba. Shuningdek, Namangan, Navoiy, Jizzax viloyatlarida ham bu
ko‘rsatkich 945-960 kishini tashkil qiladi. Toshkent shahri litseylarining har birida
685 nafar talaba bor, eng oz raqamlar Buxoro va Toshkent viloyatlarida qayd etiladi.
Toshkent shahrida jami oliygohlarning deyarli yarmi joylashgan. Viloyatlar
darajasida Samarqand (6 ta) va Andijon (4 ta) oldinda. Surxondaryo, Xorazm va
Sirdaryoda faqat bittadan oliy o‘quv yurti mavjud. Birgina Toshkent shahrida
taxminan 103,2 ming oliy o‘quv yurtlari talabalari bor, Samarqandda 22,2 ming,
Farg‘ona viloyatida (Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida) 20,0 ming talaba va h.k. Eng
past ko‘rsatkich Guliston va Termiz universitetlariga tegishli – 3,8 va 6,4 ming
nafardan talaba o‘qiydi. Jami oliy o‘quv yurtlarining 20 dan ortiqrog‘i
universitetlardir. Ularda 140 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Eng yirik
universitetlar Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti,
Toshkent iqtisodiyot universiteti, Jahon tillari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya
universitetlari, Samarqand davlat universiteti va b. Hozirgi vaqtda deyarli barcha
viloyatlarda universitetlar tashkil qilingan. Faqat Jizzax va Navoiy viloyatlari
bundan mustasno, xolos. Pedogogika institutlari Nukus, Qo‘qon, Jizzax va Navoiy
7
shaharlarida joylashgan. Shuningdek, Tibbiyot akademiyasi, temir yo‘llar va
avtomobil yo‘llar, moliya inititutlari ham poytaxtda faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Ta’lim tizimi va sog‘liqni saqlash har qanday jamiyatning ikki asosiy
tayanchidir. Aynan shu sohalar yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlari bilan birgalikda
mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasining eng asosiy indikatorlari
hisoblanib, har yili chop ettiriladigan Inson taraqqiyoti yakunlarida qayd qilinadi.
Darhaqiqat, jamiyat holati aholining ma’lumotlilik darajasi, bandligi, uning umumiy
o‘lim ko‘rsatkichlari, bolalar va onalar o‘limi, o‘rtacha umr ko‘rish kabilar bilan
tavsiflanadi. Inson uchun, uning barkamol rivojlanishi uchun eng avvalo sog‘liq
kerak. Ko‘rinib turibdiki, salomatlik va ta’lim, ma’lumot olish o‘zaro bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq. Aynan shu sababdan ham respublikamiz rahbariyati
salomatlikka ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va yaxshilash imkonini beradigan sifatli
sog’liqni saqlash tizimini tashkil etish, sog’lom avlod tarbiyasi uchun shart-sharoit
yaratish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Mamlakatimizda
ko’rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishning
samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish ta'minlandi, BMT Mingyillik rivojlanish
maqsadlarining asosiy parametrlariga erishildi. Mustaqillik yillarida sog’liqni
saqlash sohasida mamlakatimiz erishgan yutuqlarga xalqaro hamjamiyat tomonidan
ijobiy baho berildi. Masalan, aholining umr ko’rishi 4,6 yoshga - 1995 yildagi 69,1
yoshdan 2017 yilda 73,7 yoshga oshdi. Onalar o’limi ko’rsatkichi 3,1 baravarga
kamayib, 100 ming nafar tirik tug’ilgan chaqaloqqa nisbatan 21 ta holatni tashkil
etdi, chaqaloqlar o’limi esa 3,1 baravarga kamayib, 1000 nafar tirik tug’ilgan
chaqaloqqa nisbatan 11,5 ta holatni tashkil etdi. Bolalarda eng ko’p uchraydigan
kasalliklarga qarshi emlash va profilaktika tadbirlari bilan qamrab olish darajasi 96
- 98 foizda qat'iy saqlanib turibdi.
Dunyoda
epidemiologik
xavf-xatarlar
tobora
kuchayib
borayotgani
kasalliklarga qarshi kurashish faoliyatidagi yondashuvlarni, hozirgi murakkab
sharoit va orttirilgan tajribalardan kelib chiqib takomillashtirishni talab etmoqda,
ayniqsa, ularning profilaktikasi, erta aniqlash, to‘g‘ri tashxislash hamda davolashda
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari ish uslublarini qayta ko‘rib chiqib,
8
sog‘liqni saqlashni tashkil etishning mutlaqo yangi tizimini joriy etildi. 2020 yili
aholi salomatligini saqlashga doir 200 ga yaqin me’yoriy-huquqiy hujjat, jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul
qilindi.
Ma’lumki, 2020 yil O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun mislsiz sinov,
ayni vaqtda izchil rivojlanish, yangi tajriba orttirish yili bo‘ldi. Soha rivoji uchun
davlat byudjetidan 14,8 trillion so‘m yoki 2019 yilga nisbatan 1,2 barobar ko‘p
mablag‘ ajratilgani, shuningdek, Investitsiya dasturiga muvofiq ushbu tizimga 1,15
trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilgani mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, katta
ishlarni amalga oshirish imkonini berdi. Jumladan, markazda va joylarda qisqa
muddatda davolash-profilaktika muassasalari, karantin zonalari hamda saralash-
taqsimlash markazlari barpo etildi, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 4 ming
o‘rinli ko‘p tarmoqli maxsus shifoxona ishga tushirildi. yil Markazdan olis qishloq
va ovullarda 798 ta oilaviy poliklinika tashkil etilib, ularda ijtimoiy dorixona,
kechayu
kunduz
ishlaydigan
tez
tibbiy
yordam
shoxobchasi,
ayollar
maslahatxonalari,
qizlar
salomatligi
xonalari
faoliyati
yo‘lga
qo‘yildi.
Respublikamizda ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining umumiy soni
18 taga etkazildi, hududlarimizda ularning 18 ta filiali tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda yurtimizda 5805 ta xususiy tibbiyot muassasasi faoliyat
ko‘rsatmoqda. Ular tibbiy xizmat sifatini oshirish va raqobat muhitini kuchaytirishga
xizmat qilmoqda. Ayni paytda 70 dan ortiq xususiy tibbiyot muassasasi koronavirus
infeksiyasi bo‘yicha laboratoriya xizmatlarini ko‘rsatish, 25 ta shunday klinika esa
diagnostika va davolash bilan shug‘ullanmoqda. Davlat-xususiy sheriklik tizimi
asosidagi tibbiy ob’ektlar soni ham ko‘payib bormoqda. Joriy yilda umumiy qiymati
51,4 milliard so‘mni tashkil etadigan 9 ta davlat-xususiy sheriklik hamda 187 ta
autsorsing shaklidagi loyihalar amalga oshirildi.
2020 yilda tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalari
bakalavriat bosqichi uchun 27 foiz, magistratura yo‘nalishida 28 foiz va klinik
ordinatura tizimida 22 foizga oshirilgani va yangi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar
tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi vaqtda Germaniya, Italiya, Rossiya, Koreya
Respublikasi, Turkiya, Belarus, Ukraina kabi davlatlarning oliy ta’lim muassasalari
9
bilan hamkorlikda talabalar zarur mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘shma ta’lim
dasturlari asosida o‘qitilmoqda.
2012 yilda holati bo‘yicha 6354 ta O‘zbekistonda jami ambulatoriya-
poliklinika muassasalari bo‘lgan. Ularning umumiy quvvati (bir smenada qabul
qilish imkoniyati) har 10 ming kishiga 143,4 taga teng. Bu jihatdan Toshkent
shahridan tashqari Sirdaryo viloyati keskin ajralib turadi. Ushbu ko‘rsatkich
Toshkent hamda Buxoro viloyatlarida ham yuqori, Surxondaryo viloyatida esa eng
past, ya’ni 100 ga ham etmaydi. Shuningdek, ambulatoriya-poliklinika muasssalari
bilan ta’minlanish Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ham qoniqarli darajada
emas.
Respublikada jami 1180 ta kasalxonalar mavjud; har 10 ming aholiga 47,3
bemor o‘rinlari (koykalari) to‘g‘ri keladi. Toshkent shahrini hisobga olmaganda,
mintaqalar o‘rtasidagi farq 1,58 ni tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda,
kasalxonalar bilan ta’minlanishda juda katta hududiy tafovutlar ko‘zga
tashlanmaydi; eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida (har 10 ming kishiga 36,1
ta o‘rin) va eng yuqori daraja Namanganda – 54,3. Mamlakat aholisiga 80 mingdan
ortiq vrachlar xizmat ko‘rsatishadi. Har 10 ming kishiga 28 nafar vrach to‘g‘ri keladi
yoki har bir vrach o‘rtacha 350 kishiga xizmat ko‘rsatadi. Vrachlar bilan
ta’minlanganlik Toshkent shahrida 81 kishi, Buxoro viloyatida 32, Navoiyda 30
kishi va h.k. Shu bilan birga, mazkur vaziyat Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida
yaxshi emas-har 10 ming aholiga atigi 18 tadan vrach bor.
O‘rta tibbiyot xodimlari bilan ta’minlanganlik respublika bo‘yicha, har 10 ming
aholiga, 108 kishi yoki har bir bunday xodim 94 kishiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
O‘rta tibbiy xodimlar bilan har 10 ming aholiga hisoblaganda Toshkent shahrida -
135,5, Navoiyda – 129,0, Buxoro viloyatida – 121,9 va h.k. Past ko‘rsatkichlar
Jizzax, Surxondaryo viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etiladi.
Har 10 ming aholiga hisoblaganda bir yilda birinchi marta aniqlangan kasalliklar
respublikada o‘rtacha 4550-4600 ni tashkil etadi. Qayd etilgan va kasalxonalarga
murojaat etganlar soni Toshkent shahrida eng yuqori. Bu ko‘rsatkich Navoiy,
Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida ham ancha yuqori bo‘lgan holda, Sirdaryoda u eng
past.
10
Respublika sog‘liqni saqlash tizimiga kelajakda ham katta e’tibor qaratiladi.
Xususan, bu muammo qishloq joylar uchun dalzarb bo‘lib, u yaqin istiqbolda
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, “Mustahkam oila yili” Davlat dasturlari
doirasida hal etilib boriladi. Bu borada malakali kadrlar tayyorlash, ijtimoiy
infratuzilmani yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirga vaqtda
yuqori malakali vrachlar Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Andijon va
Samarqand tibbiyot institutlarida, Urganch, Nukus shaharlaridagi Toshkent tibbiyot
akdemisining filiallarida o‘rta tibbiyot xodimlari respublikamizdagi qator tibbiyot
kollejlarida tayyorlanmoqda.
Odatda, sog‘liqni saqlash tizimining geografiyasi 3 asosiy yo‘nalishga
ajratiladi. Bu: sog‘liqni saqlash muassalari geografiyasi, aholiga tibbiy xizmat
ko‘rsatish geografiyasi va aholi kasallanishi geografiyasi yoki nozogeografiya.
Birinchi va ikkinchi yo‘nalishlarni hududiy tashkil etishda aholi joylashuv tizimi
asos qilib olinadi va tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasalari pog‘onasimon
joylashtiriladi. Bu xususda ayniqsa qishloq vrachlik punktlarining ahamiyati katta,
chunki aynan shu muassasa aholiga “yaqin” turadi. Qishloq vrachlik punktlari yirik
qishloqlarda yoki bir-biriga tutash joylashgan, nisbatan uncha katta bo‘lmagan
“qishloq aglomeratsiyalarida” yagona tarzda tashkil etiladi. Ko‘pincha, qishloq
vrachlik punktlari qishloq fuqorolar yig‘inlariga to‘g‘ri keladi. Qishloq tuman
markazlarida esa tuman kasalxonalari, viloyat markazlarida – viloyat kasalxonalari
joylashgan. Yirik shaharlar, jumladan Toshkentda ixtisoslashgan bemorxonalar va
boshqa yuqori darajali tibbiy muassasalar tashkil etilgan.
Ushbu tizimning rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ham
o‘rni sezilarli. Ayniqsa, stomatologiya, dorixonalar, shaxsiy klinika kabilar bu
borada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi
farmatsetika sanoatini rivojlanishini ham talab etadi. Binobarin, sifatli dori-
darmonlarni tayyorlash, mavjud imkoniyatlardan foydalanish zarur bo‘ladi.
Chunonchi, Surxondaryo, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyatlarida dorivor
o‘simliklar ko‘p. Birgina Surxondaryo viloyatida bunday o‘simliklarning taxminan
36-38 foizi joylashgan. Mahalliy dorivor o‘simliklardan foydalanish, shu bilan birga,
11
an’anaviy xalq tabobatining rivojlanishi ham sog‘liqni saqlashda ahamiyatli
hisoblanadi.
4. Rekreatsiya va turizm
Rekreatsiya, ya’ni salomatlikni tiklash va, umuman, dam olish, sog‘liqni
saqlash tizimi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, bu sohaning rivojlanishiga aholining
bo‘sh vaqti, moliyaviy holati kabi omillar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Respublikamizda rekreatsiya imkoniyatlari ancha keng. Ayniqsa Toshkent
viloyatining Oqtosh, Chorbog‘, Namangan viloyatining Chortoq, Farg‘ona
viloyatining Oltiariq, Chimyon, Rapqon, Buxoroning Sitorai Mohi Xossa,
Samarqand viloyatining “Nagornaya”, Jizzax viloyatining Zomin, Qashqadaryoning
Qashqadaryo va Miroqi, Surxondaryoning Xo‘jaikon, Omonxona, Toshkent
shahrining Chinobod, Semashko va boshqa qator sihatgohlari katta ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda davolanish imkoniyatlariga ega bo‘lgan 150 ga yaqin sihatgoh va
pansionatlar mavjud. Bolalar sihatgohlari (sanotoriyalari) 30 ga yaqin, sanotoriya-
profaktoriyalar 50dan ortiq, dam olish uylari va pansionatlar 20 dan ziyod, turistik
bazalar 143ta. Ushbu imkoniyatlardan keng miqyosda foydalanish, tegishli
infratuzilma va reklamaning rivojlanishi yaxshi natijalar beradi.
Rekreatsiya bilan turizm bir-biri bilan yaqindan bog‘liq; sayohat qilib dam
olish, hordiq chiqarish ham, dam olib turib qisqa muddatli sayohatlar qilish ham
kishiga ma’naviy boylik, xush kayfiyat va tani sihatlik bag‘ishlaydi. O‘zbekistonda
maxalliy va xalqaro turizmni rivojlantirish uchun imkoniyatlar katta. Samarqandning
SHohi Zinda, Registon, Go‘ri Amir, Bibixonim madrasasasi, Buxoroning Labi Havz,
Ark, Minorai Kalon, Baxovutdin Naqshbandiy, Ismoil Somoniy madrasa va
ziyoratgohlari, Surxondaryoning at-Termiziy, Childuxtaron va boshqa qadimiy
joylari, Toshkentning Ko‘kaldosh madrasasi, diniy va hozirgi zamonaviy hashamatli
binolari, Samarqand viloyatining Mahdumi A’zam, Imom Buxoriy majmuasi,
Toshkent
viloyatining
Zangi-ota
maqbarasi,
Xivaning
Ichan-qal’asi,
Qoraqalpog‘istonning Sulton Uvays-bobo majmuasi kabilar diniy turizm
rivojlanishining muhim ob’ektlari sanaladi.
Bunday sharoitlar Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, Namangan, Qarshi,
Shahrisabz, Nukus va boshqa shaharlarda ham mavjud. Shuningdek, respublikamiz
12
qishloq joylarida agroturizm va ekoturizmni keng miqyosda rivojlantirish mumkin.
Ajoyib tog‘ va cho‘l landshaftlari, voha va vodiylar, ko‘plab qadamjo va
ziyoratgohlar, baliq ko‘llar, chinorlar, g‘orlar va boshqa jonli va jonsiz tabiat
mo‘jizalari
har
qanday
sayyohni
befarq
qoldirmaydi.
Bunday
joylar
mamlakatimizning ko‘pgina qishloq tumanlarida bor. Asosiy maqsad – boy
imkoniyatlardan samarali foydalanish, respublikamizning bu boradagi immijini
ko‘tarish, milliy iqtisodiyotimizga katta daromad keltirish, uni jahon hamjamiyatida
ma’lumu – mashhur qilishdan iborat bo‘lmog‘i zarur.
O‘zbekiston turizm sohasini har tamonlama rivojlantirish uchun qator
imkoniyatlarga ega. Uning o‘ziga xos tabiiy sharoiti, arxitekturamehmorchilikning
noyob yodgorliklari, mehnatsevar va mehmondo‘st xalqimizning yaratgan
mahsulotlari chet eldan kelgan sayyohlarni nihoyatda qiziqtiradi. Respublikada
xalqaro turizmni rivojlantirish borasida eng avvalo Samarqand, Buxoro, Xiva singari
tarixiy yodgorliklar saqlanayotgan qadimgi madaniyat va me’morchilikning nodir
markazlari katta ahamiyatga ega. Mamlakatimizda to‘rt mingdan ortiq
tarixiymemorchilik yodgorliklari, boy mahnaviy meros jahon diqqatehtiborini
o‘ziga tortmoqda. Xalqaro turizm sohasini samarali rivojlantirish maqsadida 1992
yil iyulida «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu
kompaniya turizm borasida arzigulik ishlarni amalga oshirmoqda.
«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining tashkil topishi va uning 1993 yili
jahon turizm tashkilotiga a’zo bo‘lishi Respublikada xalqaro turizmning tezroq
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, 1962 yili uzoq xorijdan
mamlakatimizga kelgan turistlar soni 60 ming kishi bo‘lgan bo‘lsa, 2001 yil boshida
bu raqam 320 mingni tashkil etgan holda, 2017 yili 1 mln 800 ming sayyoh
kelganligi qayd etildi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan so‘ng o‘tgan qisqa vaqt ichida
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarimizda zamonaviy, jahon
andozalari talabiga javob beradigan mehmonxonalar majmui qurilib ishga tushirildi.
Prezidentimiz
SH.Mirziyoevning
2016
yil
2
dekabrdagi
“O‘zbekiston
Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni turizmga iqtisodiyotning strategik maqomini berish,
mintaqalarda turizm salohiyatidan samarali foydalanishda muhim omil bo‘lmoqda.
13
o‘tgan qisqa davr ichida O‘zbekistonda turizm salohiyatini kompleks rivojlantirishga
qaratilgan 16ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.