Ijtimoiylashuv omillari va vositalari

Yuklangan vaqt

2024-10-20

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

21,8 KB


 
 
 
 
 
 
Ijtimoiylashuv omillari va vositalari 
 
 
Reja: 
1. Ijtimoiylashuv atamasi va ijtimoiylashuv jarayoni. 
2. Ijtimoiylashuvga taʼsir etuvchi tashqi va ichki omillar. Mikro, mezo va 
makro omillar 
3. Shaxsga ta’sir etuvchi omillar. 
 
 
Tayanch tushunchalar: Ijtimoiylashuv, omil, mikro, mezo, makro, siyosiy, 
iqtisodiy, 
ekologik, 
Ijtimoiylashuv 
jarayoni, 
Ijtimoiylashuv 
vositalari, 
Ijtimoiylashuv agentlari, Megaomillar, Makroomillar Mezoomillar, Ijtimoiy 
omillar, biologik omillar. 
 
 
1. Ijtimoiylashuv atamasi va ijtimoiylashuv jarayoni. “Ijtimoiylashuv” soʻzi 
dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-iqtisodiyotda yer, ishlab 
chiqarish vositalarining umumiylashuvi maʼnosini anglatgan. 
“Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijtimoiy nazariyasi” 
(1987) kitobida hozirgiga yaqin maʼnoda qoʻllagan amerikalik sotsiolog 
F.G.Keddings hisoblanadi. Uning zamonaviy maʼnosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ 
xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir. 
XX asr oʻrtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri 
mobaynida oʻrganuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli 
Ijtimoiylashuv omillari va vositalari Reja: 1. Ijtimoiylashuv atamasi va ijtimoiylashuv jarayoni. 2. Ijtimoiylashuvga taʼsir etuvchi tashqi va ichki omillar. Mikro, mezo va makro omillar 3. Shaxsga ta’sir etuvchi omillar. Tayanch tushunchalar: Ijtimoiylashuv, omil, mikro, mezo, makro, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, Ijtimoiylashuv jarayoni, Ijtimoiylashuv vositalari, Ijtimoiylashuv agentlari, Megaomillar, Makroomillar Mezoomillar, Ijtimoiy omillar, biologik omillar. 1. Ijtimoiylashuv atamasi va ijtimoiylashuv jarayoni. “Ijtimoiylashuv” soʻzi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi maʼnosini anglatgan. “Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijtimoiy nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin maʼnoda qoʻllagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi. Uning zamonaviy maʼnosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir. XX asr oʻrtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri mobaynida oʻrganuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli  
 
konsepsiyalarining tahlili uni shartli raivshda ikki asosiy yondoshuvga ajratish 
imkonini beradi: 
-subʼektiv-obʼektiv. Unda insonga jamiyat taʼsirining passiv isteʼmolchisi sifatida 
qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons) 
-subʼektiv-subʼektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol oʻrni, uning 
hayotiy holatlarga taʼsir etish qobiliyati nazarda tutiladi. 
Jamiyat va  ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi  talablariga 
ikkinchi yondashuv koʻproq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv 
insonning madaniyatni oʻzlashtirish jarayonidagi rivojlanish va oʻzgarishi bilan 
aniqlanadi. 
Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy 
moslashuvi uning hamma narsani egallashga boʻlgan obʼektiv ehtiyoji 
jarayonidapaydo boʻladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola  boshqa bir obʼektiv 
ehtiyoj -oʻziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola  uni yuzaga 
chiqarish uchun  turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning 
individuallashuvi roʻy beradi. Bu hodisa shunda namoyon boʻladiki, shaxsning  
ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda 
namoyon boʻladi, uning  ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega boʻladi. 
Shunday qilib bolaning  ijtimoiy rivojlanishi ikki oʻzaro bogʻliq yoʻnalishda olib 
boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni oʻzlashtirish) va 
individuallashuv (mustaqillik, nisbiy oʻziga xoslikni qoʻlga kiritish). Shu tarzda 
ijtimoiylashuv 
tushunchasi 
zamonaviy 
fanda 
moslashuv 
(birlashish) 
va 
individuallashuv jarayonlari bilan bogʻliq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni 
inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv subʼekt va 
ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, 
R.Mertoj). 
 Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat 
bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy 
mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.  
konsepsiyalarining tahlili uni shartli raivshda ikki asosiy yondoshuvga ajratish imkonini beradi: -subʼektiv-obʼektiv. Unda insonga jamiyat taʼsirining passiv isteʼmolchisi sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons) -subʼektiv-subʼektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol oʻrni, uning hayotiy holatlarga taʼsir etish qobiliyati nazarda tutiladi. Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv koʻproq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni oʻzlashtirish jarayonidagi rivojlanish va oʻzgarishi bilan aniqlanadi. Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga boʻlgan obʼektiv ehtiyoji jarayonidapaydo boʻladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir obʼektiv ehtiyoj -oʻziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi roʻy beradi. Bu hodisa shunda namoyon boʻladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon boʻladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega boʻladi. Shunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki oʻzaro bogʻliq yoʻnalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni oʻzlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy oʻziga xoslikni qoʻlga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bogʻliq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv subʼekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.  
 
Indivuallashuv insonning yoshligidayoq paydo boʻladigan obʼektiv ehtiyojlari 
bilan bogʻliq jamiyatdagi oʻz-oʻzini egallashdir. Bu ehtiyoj: 
a) oʻz qarashlariga ega boʻlish; 
b) oʻziga xosliklariga ega boʻlish; 
v) unga  tegishli boʻlgan masalalarni hal qilish, uning oʻz darajasini aniqlab 
olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon 
boʻladi. 
Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalashuv 
jarayonlari oʻrtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi roʻy 
beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning oʻzaro taʼsir etish ham sodir 
boʻladi. 
Shunday 
qilib, 
muvaffaqqiyatli 
ijtimoiylashuv 
moslashuv 
va 
individuallashuv oʻrtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu 
jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi: 
 
- faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qoʻlga kiritish, 
erkin moʻljal olish. 
- muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, 
xulq-atvor meʼyorlarini oʻzlashtirish. 
- anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida 
shakllantirish, oʻz ijtimoiy mansubligi va oʻrnini anglash, oʻziga baho berishni 
shakllantirish. 
Ijtimoiylashuv vositalari. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy 
qatlamlariga xos boʻlgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: 
goʻdakni emizish va gʻamxoʻrlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish 
qoidalari, insonni oʻrab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, maʼnaviy 
madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, 
shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy 
faoliyatidagi koʻp sonli munosabatlari-muloqot, oʻyinlar, maʼnaviy-amaliy faoliyat, 
sport bilan shugʻullanish kiradi. Har bir jamiyat, davlat,  ijtimoiy guruh ijobiy va 
salbiy taʼqiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab 
Indivuallashuv insonning yoshligidayoq paydo boʻladigan obʼektiv ehtiyojlari bilan bogʻliq jamiyatdagi oʻz-oʻzini egallashdir. Bu ehtiyoj: a) oʻz qarashlariga ega boʻlish; b) oʻziga xosliklariga ega boʻlish; v) unga tegishli boʻlgan masalalarni hal qilish, uning oʻz darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon boʻladi. Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalashuv jarayonlari oʻrtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi roʻy beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning oʻzaro taʼsir etish ham sodir boʻladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv oʻrtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi: - faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qoʻlga kiritish, erkin moʻljal olish. - muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor meʼyorlarini oʻzlashtirish. - anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, oʻz ijtimoiy mansubligi va oʻrnini anglash, oʻziga baho berishni shakllantirish. Ijtimoiylashuv vositalari. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos boʻlgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: goʻdakni emizish va gʻamxoʻrlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni oʻrab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, maʼnaviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi koʻp sonli munosabatlari-muloqot, oʻyinlar, maʼnaviy-amaliy faoliyat, sport bilan shugʻullanish kiradi. Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy taʼqiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab  
 
chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan 
meʼyoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. 
Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va 
boshqalar bilan) hamda faoliyat (oʻyin, oʻqish, ijod, sport)dir. Psixologik-pedagogik 
tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi 
aniqlangan. 
Bolaning meʼyorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. 
Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari 
qoʻllaniladi: 
-goʻdaklik davri-bevosita hissiy-ruhiy; 
-goʻdaklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat; 
-maktabgacha davr-rolli oʻyinlar; 
-ilk maktab davri-oʻquv faoliyati; 
- oʻsmirlik davri-kasb taʼlimi faoliyati; 
-oʻspirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati. 
Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi 
jarayonida, u bevosita munosabatda boʻlgan kishilar muhim oʻrin tutishadi. Ularni 
ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham 
nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli boʻladi. Bolalar va 
oʻsmirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, 
qoʻshnilar agent boʻlishlari mumkin. Yoshlik davrig kelib agentlar qatoriga turmush 
oʻrtogʻi, hamkasblari ham qoʻshilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan 
oʻrinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham 
farqlanadi: faol taʼsir etuvchi va faol taʼsir koʻrsatmaydigan. 
11.2. Ijtimoiylashuvga taʼsir etuvchi tashqi va ichki omillar. Mikro, mezo va 
makro omillar. Ijtimoiylashuv bolalar, oʻsmirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga 
taʼsir qiluvchi koʻp sonli shart-sharoitlar bilan oʻzaro munosabatida yuzaga keladi. 
Insonga taʼsir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham 
aniqlanmagan. Oʻrganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning 
omillari 4 guruhga boʻlinadi; 
chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan meʼyoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (oʻyin, oʻqish, ijod, sport)dir. Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan. Bolaning meʼyorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qoʻllaniladi: -goʻdaklik davri-bevosita hissiy-ruhiy; -goʻdaklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat; -maktabgacha davr-rolli oʻyinlar; -ilk maktab davri-oʻquv faoliyati; - oʻsmirlik davri-kasb taʼlimi faoliyati; -oʻspirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati. Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi jarayonida, u bevosita munosabatda boʻlgan kishilar muhim oʻrin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli boʻladi. Bolalar va oʻsmirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qoʻshnilar agent boʻlishlari mumkin. Yoshlik davrig kelib agentlar qatoriga turmush oʻrtogʻi, hamkasblari ham qoʻshilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan oʻrinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol taʼsir etuvchi va faol taʼsir koʻrsatmaydigan. 11.2. Ijtimoiylashuvga taʼsir etuvchi tashqi va ichki omillar. Mikro, mezo va makro omillar. Ijtimoiylashuv bolalar, oʻsmirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga taʼsir qiluvchi koʻp sonli shart-sharoitlar bilan oʻzaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga taʼsir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. Oʻrganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari 4 guruhga boʻlinadi;  
 
1.Megaomillar (mega-eng katta) — kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga 
demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa boʻladi. 
Ular boshqa omil guruhlari orqali yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga taʼsir 
koʻrsatadi.  
2.Makroomillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat. Bu omillar muayyan 
hududda yashovchi aholi ijtimoiylashuviga taʼsir qiladi.  
3.Mezoomillar (mezo-oʻrta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, 
auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga  koʻra ajratilgan guruhlarning 
ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish 
jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga taʼsir qiladi.  
4. Ijtimoiylashuvga mezoomillar, mikroomillar orqali taʼsir qiladi. Mikro 
omillarga muayyan shaxslarga taʼsir qiluvchi omillar-oila, qoʻshnilar, tengdoshlar 
guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar 
kiradi. 
Shaxs tugʻilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium 
deyiladi.  
11.3. Shaxsga ta’sir etuvchi omillar. 
Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida 
biologik va ijtimoiy va maqsadli omillar ajratib koʻrsatiladi. 
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini 
aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, oʻxshashlik, 
xususiyatlarning oʻtishi tushuniladi. Irsiyatga koʻra bolaga ota-onasidan inson 
organizmi, asab tizimi, miya va xis tuygʻu organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, 
soch, teri rangi oʻtadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi 
omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat boʻyicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan 
nerv xusuiyatlari ham oʻtishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida 
biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini koʻzda tutadi. 
Psixologik maʼlumotlarga koʻra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati boʻla olmaydi. 
Bola qobiliyatlarining namoyon boʻlishi uning hayot, ta’lim-tarbiya jarayonlariga 
bogʻliq. Ota-onadan bolaga oʻtuvchi bir qator kasalliklar mavjud qon kasalligi, 
1.Megaomillar (mega-eng katta) — kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa boʻladi. Ular boshqa omil guruhlari orqali yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga taʼsir koʻrsatadi. 2.Makroomillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat. Bu omillar muayyan hududda yashovchi aholi ijtimoiylashuviga taʼsir qiladi. 3.Mezoomillar (mezo-oʻrta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga koʻra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga taʼsir qiladi. 4. Ijtimoiylashuvga mezoomillar, mikroomillar orqali taʼsir qiladi. Mikro omillarga muayyan shaxslarga taʼsir qiluvchi omillar-oila, qoʻshnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi. Shaxs tugʻilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. 11.3. Shaxsga ta’sir etuvchi omillar. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy va maqsadli omillar ajratib koʻrsatiladi. Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, oʻxshashlik, xususiyatlarning oʻtishi tushuniladi. Irsiyatga koʻra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuygʻu organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi oʻtadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat boʻyicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xusuiyatlari ham oʻtishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini koʻzda tutadi. Psixologik maʼlumotlarga koʻra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati boʻla olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon boʻlishi uning hayot, ta’lim-tarbiya jarayonlariga bogʻliq. Ota-onadan bolaga oʻtuvchi bir qator kasalliklar mavjud qon kasalligi,  
 
shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika 
oʻrganadi. 
Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi 
tashqi omillar ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli 
boʻlib tugʻilayogan bolalar soni koʻpaymoqda. Bunday bolalarning muomalaga 
kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda ogʻir kechadi. Shuning uchun ularga 
oʻqitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy 
rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus 
pedagoglar shugʻullanishadi. Bu bolalar oʻz tengqurlari bilan muomalaga 
kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga 
integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday bolalar bilan  
ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan 
aloqa qilish kanallarini ochishdir.  
 Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan  ijtimoiy subʼektga aylanishi, 
uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir boʻladi. Bu jarayon 
shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, 
ijtimoiy norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi. Ijtimoiylashuv insonning 
butun hayoti davomida kechadigan koʻp qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va 
yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki aynan bolalikda asosiy 
ijtimoiy meʼyorlar oʻzlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim 
ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan oʻzlashtiradi. Agar bola 
tugʻilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va 
yangi muhitlar-maktabgacha taʼlim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari 
tarbiya muassasalari, turli koʻngilochar maskanlarda kechadi. Yosh ulgʻaygan sari 
ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik koʻp muhitlarni 
oʻzlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo 
oʻzi uchun qulay boʻlgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda 
boʻladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga 
koʻchib yuradi. Muhit bolaning shakllantirishida, uning ijtimoiy tajriba toʻplashida 
ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega. Muhit tushunchasi turli fan 
shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika oʻrganadi. Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli boʻlib tugʻilayogan bolalar soni koʻpaymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda ogʻir kechadi. Shuning uchun ularga oʻqitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shugʻullanishadi. Bu bolalar oʻz tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir. Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy subʼektga aylanishi, uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir boʻladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi. Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan koʻp qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki aynan bolalikda asosiy ijtimoiy meʼyorlar oʻzlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan oʻzlashtiradi. Agar bola tugʻilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha taʼlim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli koʻngilochar maskanlarda kechadi. Yosh ulgʻaygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik koʻp muhitlarni oʻzlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo oʻzi uchun qulay boʻlgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda boʻladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga koʻchib yuradi. Muhit bolaning shakllantirishida, uning ijtimoiy tajriba toʻplashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega. Muhit tushunchasi turli fan  
 
vakillari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglarning oʻrganish obyekti hisoblanadi. 
Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi 
taʼsirini oʻrgandilar.  
Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning oʻrni. Ijtimoiy pedagogikada jamiyat,  
ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga integratsiyalashuvi nuqtayi 
nazaridan oʻrganiladi. Shu nuqtayi nazardan inson va unga taʼsir qiluvchi tashqi 
omillarning jamiyatdagi oʻzaro munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi 
muhimdir. Muhit-inson kirishishi, oʻzini qulay sezishi uchun  joylashuvinigina 
yetarli bilishi lozim boʻlgan koʻcha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu 
alohida oʻzaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan xarakterlanadigan inson 
jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada 
taʼsir qiladi hamda oʻzgartiradi va oʻz oʻrnida muhit ham inson oldiga oʻz talablarini 
qoʻyadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham 
mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning 
talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa boʻladi. Insonning xulq-atvori 
uning jamiyatda tutgan oʻrni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning oʻzida 
bir qancha mavqeʼlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham 
ustoz mavqeʼlarini egallashi mumkin. Har bir mavqeʼ insonga muayyan talablarni 
qoʻyadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi 
muayyan huquq va majburiyatlar bilan xarakterlanadigan mavqeʼi ijtimoiy maqom 
deyiladi. Insonda tugʻma maqomlar boʻlishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga 
millati, tugʻilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar taʼsir koʻrsatishi mumkin. 
Bunday maqomlarga odatda tugʻma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson 
jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan,  ijtimoiy 
pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi oʻquv muassasasida taʼlim 
olgan va bu soha boʻyicha diplomga ega boʻlgan shaxs erishishi mumkin. 
Yuqoridagi maqomni qoʻlga kiritilgan maqom desak adashmagan boʻlamiz. Maqom 
insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda oʻzini shu maqomdagilar 
holatiga koʻra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muximdir. 
Shuning uchun inson maqomi bilan belgilanadigan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. 
vakillari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglarning oʻrganish obyekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi taʼsirini oʻrgandilar. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning oʻrni. Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga integratsiyalashuvi nuqtayi nazaridan oʻrganiladi. Shu nuqtayi nazardan inson va unga taʼsir qiluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi oʻzaro munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi muhimdir. Muhit-inson kirishishi, oʻzini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim boʻlgan koʻcha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida oʻzaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan xarakterlanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada taʼsir qiladi hamda oʻzgartiradi va oʻz oʻrnida muhit ham inson oldiga oʻz talablarini qoʻyadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa boʻladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan oʻrni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning oʻzida bir qancha mavqeʼlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqeʼlarini egallashi mumkin. Har bir mavqeʼ insonga muayyan talablarni qoʻyadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan xarakterlanadigan mavqeʼi ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tugʻma maqomlar boʻlishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tugʻilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bunday maqomlarga odatda tugʻma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi oʻquv muassasasida taʼlim olgan va bu soha boʻyicha diplomga ega boʻlgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qoʻlga kiritilgan maqom desak adashmagan boʻlamiz. Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda oʻzini shu maqomdagilar holatiga koʻra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muximdir. Shuning uchun inson maqomi bilan belgilanadigan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi.  
 
Turli ijtimoiy rollarni oʻzlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas 
qismi hisoblanadi. Uning murakkabligi jihati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat 
tomonidan maʼqullanadigan maqomlar boʻlmasdan ijtimoiy norma va qadriyatlarga 
mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun bola shakllanishi va 
rivojlanishi jarayonida ham ijobiy ham salbiy rollarni oʻzlashtirishi mumkin.  
Bola oʻz rivojlanishi davomida oʻzlashtiradigan yana bir muhim roli bu jamoa 
aʼzosi rolidir. Bolalar bogʻchasi va maktabda sport toʻgaragida tengqurlari bilan 
muomala qilganda bola jamoa aʼzosi, oʻrtoq, doʻst, oʻquvchi, yetakchi kabi rollarni 
oʻzlashtiradi. Har bir inson isteʼmolchi rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida 
zarur boʻlgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va 
boshqalar. Jamiyat insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni 
bola yoshligidayoq oʻzlashtirishi lozim.Yana bir muhim ijtimoiy rol-oʻz vatani 
fuqarosi boʻlish, uni sevish, u bilan fahrlanish, vatanparvar boʻlish bilan bogʻliqdir. 
Shu bilan birga bola oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan boshqa rollar ham bor. Masalan, 
mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey yoki boshlangʻich kasbiy bilim yurtlarida 
oʻzlashtiradi. Salbiy rollarga daydi rolini misol qilsak boʻladi. Katta shaharlar 
koʻchalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham 
uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga koʻnikishgan. Oʻtgan-qaytganlardan 
mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida oʻgʻirlik bilan shugʻullanadiganlari 
ham uchraydi. Baʼzi hollarda boʻlsa, ularni bu ishga kattalar undashadi. Bolaning 
xulq-atvor 
mexanizmlarini 
oʻzlashtirishi 
unga 
ijtimoiy 
munosabatlarga 
muvaffaqqiyatli moslashuvini taʼminlaydi.  ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning  
ijtimoiy muhit sharoitlariga koʻnikishi tushuniladi.  
 Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi 
hisoblanadi. Bu asosan uch yoʻnalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. 
Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl 
va vositalarini qoʻlga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, 
uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor 
meʼyorlarini oʻzlashtirish sodir boʻladi. Anglash sohasida oʻz “men”i obrazini 
Turli ijtimoiy rollarni oʻzlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning murakkabligi jihati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat tomonidan maʼqullanadigan maqomlar boʻlmasdan ijtimoiy norma va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun bola shakllanishi va rivojlanishi jarayonida ham ijobiy ham salbiy rollarni oʻzlashtirishi mumkin. Bola oʻz rivojlanishi davomida oʻzlashtiradigan yana bir muhim roli bu jamoa aʼzosi rolidir. Bolalar bogʻchasi va maktabda sport toʻgaragida tengqurlari bilan muomala qilganda bola jamoa aʼzosi, oʻrtoq, doʻst, oʻquvchi, yetakchi kabi rollarni oʻzlashtiradi. Har bir inson isteʼmolchi rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur boʻlgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoq oʻzlashtirishi lozim.Yana bir muhim ijtimoiy rol-oʻz vatani fuqarosi boʻlish, uni sevish, u bilan fahrlanish, vatanparvar boʻlish bilan bogʻliqdir. Shu bilan birga bola oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey yoki boshlangʻich kasbiy bilim yurtlarida oʻzlashtiradi. Salbiy rollarga daydi rolini misol qilsak boʻladi. Katta shaharlar koʻchalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga koʻnikishgan. Oʻtgan-qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida oʻgʻirlik bilan shugʻullanadiganlari ham uchraydi. Baʼzi hollarda boʻlsa, ularni bu ishga kattalar undashadi. Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini oʻzlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini taʼminlaydi. ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga koʻnikishi tushuniladi. Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yoʻnalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qoʻlga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor meʼyorlarini oʻzlashtirish sodir boʻladi. Anglash sohasida oʻz “men”i obrazini  
 
shakllantirish, oʻzining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy oʻrnini anglash roʻy beradi. 
Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.  
 
Maqsadli tarbiya omili. Tarbiya – biror maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, 
u muayyan darajadagi dastur g‘oyalari asosida mahsus kasbiy tayyorgarlikka ega 
bo‘lgan kishilar tomonidan tashkil etiladi.Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan 
tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan bog‘liq holda ta’sir qiladi. Bunda qulay  
omillardan foydalaniladi, salbiy ta’sirlarning kuchini ma’lum darajada kamaytiradi. 
Muhitning ta’siri stihiyali, tarbiyaning ta’siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi. 
Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi:  
1. Tarbiya jarayonida kishi ongining o‘sishi sodir bo‘ladi. Masalan, bola o‘z ona 
tilini atrofini o‘rab turgan muhitning ta’sirida o‘rganib olishi mumkin. Lekin o‘qish 
va yozishni mahsus ta’lim yo‘li bilangina o‘rganadi. Ma’lum bilim ko‘nikma va 
malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi. 
2. Tarbiya yordamida hatto, kishining ba’zi tug‘ma kamchiliklarini ham kerakli 
tomonga o‘zgartirish mumkin. Chunonchi, ba’zi bir bolalar ayrim kamchiliklar bilan 
tuo‘iladi. (kar, ko‘r, soqov va h.k). Lekin mahsus tashkil etilgan tarbiya yordamida 
ularning aqliy qobiliyatlari to‘la taraqqiy qiladi, tug‘ma kamchiligi bo‘lmagan 
kishilar bilan barobar faoliyatda bo‘lishi mumkin. 
3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz bergan 
kamchiliklarni ham tugatish mumkin. (bolalarning karta qimor o‘ynashi, chekishi, 
ichish va narkotik moddalarga o‘rganish kabilar va h.k). 
4. Tarbiya istiqbol maqsadni belgilaydi. Shu bois, u Shaxs kamolotini 
ta’minlashda ilg‘or rol o‘ynaydi. 
 
 
Mavzu yuzasidan nazorat savollari 
1. Ijtimoiylashuvga salbiy taʼsir etuvchi omillar? 
2.Tashqi va ichki omillarning ijobiy va salbiy taʼsirini bugungi kunda qanday 
koʻrinishlari mavjud? 
shakllantirish, oʻzining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy oʻrnini anglash roʻy beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi. Maqsadli tarbiya omili. Tarbiya – biror maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, u muayyan darajadagi dastur g‘oyalari asosida mahsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilar tomonidan tashkil etiladi.Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan bog‘liq holda ta’sir qiladi. Bunda qulay omillardan foydalaniladi, salbiy ta’sirlarning kuchini ma’lum darajada kamaytiradi. Muhitning ta’siri stihiyali, tarbiyaning ta’siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi. Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi: 1. Tarbiya jarayonida kishi ongining o‘sishi sodir bo‘ladi. Masalan, bola o‘z ona tilini atrofini o‘rab turgan muhitning ta’sirida o‘rganib olishi mumkin. Lekin o‘qish va yozishni mahsus ta’lim yo‘li bilangina o‘rganadi. Ma’lum bilim ko‘nikma va malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi. 2. Tarbiya yordamida hatto, kishining ba’zi tug‘ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga o‘zgartirish mumkin. Chunonchi, ba’zi bir bolalar ayrim kamchiliklar bilan tuo‘iladi. (kar, ko‘r, soqov va h.k). Lekin mahsus tashkil etilgan tarbiya yordamida ularning aqliy qobiliyatlari to‘la taraqqiy qiladi, tug‘ma kamchiligi bo‘lmagan kishilar bilan barobar faoliyatda bo‘lishi mumkin. 3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz bergan kamchiliklarni ham tugatish mumkin. (bolalarning karta qimor o‘ynashi, chekishi, ichish va narkotik moddalarga o‘rganish kabilar va h.k). 4. Tarbiya istiqbol maqsadni belgilaydi. Shu bois, u Shaxs kamolotini ta’minlashda ilg‘or rol o‘ynaydi. Mavzu yuzasidan nazorat savollari 1. Ijtimoiylashuvga salbiy taʼsir etuvchi omillar? 2.Tashqi va ichki omillarning ijobiy va salbiy taʼsirini bugungi kunda qanday koʻrinishlari mavjud?  
 
3. Shaxs ijtimoiylashuvida ekologiyaning taʼsiri mavjudmi? 
4. Iqtisodiy omillarning shaxs shakllanishidagi taʼsiri? 
5. Ijtimoiylashuvga taʼsir etuvchi mega omillar haqida gapiring? 
6. Ijtimoiylashuvga taʼsir etuvchi makro omillar haqida gapiring? 
7. Ijtimoiylashuvga taʼsir etuvchi mezo omillar haqida gapiring? 
8. Shaxsga ta’sir etuvchi omillar qaysilar? 
 
3. Shaxs ijtimoiylashuvida ekologiyaning taʼsiri mavjudmi? 4. Iqtisodiy omillarning shaxs shakllanishidagi taʼsiri? 5. Ijtimoiylashuvga taʼsir etuvchi mega omillar haqida gapiring? 6. Ijtimoiylashuvga taʼsir etuvchi makro omillar haqida gapiring? 7. Ijtimoiylashuvga taʼsir etuvchi mezo omillar haqida gapiring? 8. Shaxsga ta’sir etuvchi omillar qaysilar?