ILDIZMEVALI EKINLAR
Reja.
1. Ildizmevali ekinlar to‘g‘risida ma’lumot.
2. Qand lavlagining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
3. Qand lavlagining botanikva biologik xususiyatlari.
4. Qand lavlagining ekish muddatlari usullari va meyori.
Ildizmevalilar
guruhi ildizida
oziq moddalari to‘planib boradigan
o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. Barcha ildiz mevalilar ikki yillik rivojlanish siklini
boshidan kechiradi. Birinchi yili ularda ildiz bo‘g‘zida to‘p barglar va zapas oziq
moddalariga ega bo‘lgan yo‘g‘on ildiz hosil bo‘ladi. Ildiz mevaning kallagidagi
to‘pbarglar qo‘ltig‘idan kurtaklar chiqib, ular birinchi yili odatda o‘smaydi. Ikkinchi
yili esa odatda yozilib o‘sa boshlaydi va barg, gul chiqaradigan hamda meva
tugadigan poyalar hosil qiladi. Demak, ildizmevalar urug‘dan ekilib, to hosilga
kirguncha rivojlanish siklini odatda ikki yilda o‘tadi.
Ildiz mevali o‘simliklar texnika (qand lavlagi), oziq-ovqatda (sabzi, sholg‘om,
turp, lavlagi), chorvachilikda (xashaki lavlagi, turneps), tabobatda (sachratqi)
qo‘llaniladi. Qishda ko‘kat bo‘lmaganida ildiz mevalilar asosiy shirali oziq bo‘lib
qoladi. Yem-xashak sifatida barglari ham ishlatiladi.
Bu guruhga sersuv, shirali quruq moddasi kam bo‘lgan ildiz mevalilar kiradi.
Bu guruhlardagi o‘simliklar turli botanik oila (sho‘radoshlar, soyabonguldoshlar,
karamdoshlar, murakkabguldoshlar) vakillari bo‘lib, ularning oilasida bir, ikki va
ko‘p yillik turlari uchraydi. Respublikamizda ko‘pincha ikki yillik turlari (qand
lavlagi, xashaki sabzi, xashaki lavlagi, sholg‘om) ekilmoqda. Bu o‘simliklar
tarkibida yengil hazm bo‘ladigan oqsil va uglevodlar bor. Ildiz mevalilar har xil
yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Qand lavlagi qand ishlab chiqarish sanoatida, boshqa
ildiz mevalilar oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Ildizmevalilarni ildizmevasi va
barglari chorva mollari uchun muhim ahamiyatga ega, ularni barglari to‘yimli bo‘lib,
bargida vitaminlar (vitamin A) ko‘p bo‘ladi. Ildizmevalilar ichida qand lavlagi
sanoatda shakar olish maqsadida, xashaki lavlagi esa chorva mollari uchun ozuqa
yetishtirish maqsadida ekiladi.
Ildiz mevalilar tarkibida 10-30% gacha quruq modda bo‘ladi, ko‘p miqdorda
qand, kraxmal, tuzlar, har xil vitaminlar (S, V1, V2, R, RR, K, YE va xokazo) va
karotin bo‘ladi.
Qand lavlagi
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Qand lavlagi shakar olinadigan ekinlar ichida
eng asosiy ekinlardan biri bo‘lib, ildizmevasining tarkibida 18-20% qand moddasi
ildiz meva tarkibida 15% quruq modda, shu jumladan 3% kletchatka, 0,7% kul va
0,1% moy va 1,2% oqsil bo‘ladi. Qand ishlab chiqarishda qolgan chiqindi o‘g‘it
sifatida ishlatiladi. Qand lavlagining bargi umumiy hosilni 35-45% ini tashkil qilib,
to‘yimlilik xususiyati boshqa o‘simliklar ko‘katidan kam emas. Bargi tarkibida 20%
quruq modda to‘planadi, shu jumladan, 2,5-3,5% oqsil, 0,8% moy bo‘ladi. Gektariga
100-150 s ko‘k ozuqa bargi (26-27 ts ga quruq modda) hosil qiladi.
Qand lavlagini vatani Turkiya, Eron hisoblanadi. Uning yovvoyi shakllari
hozirgi vaqtda ham O‘rta Yer dengizi, Kaspiy va Qora dengiz qirg‘oqlarida,
Zakavkaziyada uchraydi. Qand lavlagi dunyodagi 42 ta mamlakatda ekiladi. Qand
lavlagi o‘rtacha iqlim o‘simligi bo‘lib, u Kanada, Daniya, Shvetsiya, Polsha,
Germaniya, Fransiya, Angliya, Yaponiya, Afg‘oniston, Italiya, Ispaniya, Vengriya,
Belgiya, Gollandiya, Shvetsariya, Amerika, Latviya, Belorusiya, Rossiya, Ukraina
va Qirg‘izistonda tarqalgan.. Ko‘pchilik ilmiy kuzatishlarda ko‘rsatilishicha, uning
vatani O‘rta Yer dengizi hisoblanadi. Sug‘oriladigan yerlarda bu o‘simlik eramizdan
oldingi 1500-2000 yil oldin ildizmevasidan Osiyoning tog‘li viloyatlarida, taxminan
eramizdan 1000 yil oldin foydalana boshlangan. VIII-XII asrlarda Markaziy Osiyo,
Kavkazorti, Sibir va boshqa mamlakatlarga keltirilgan. XVIII-XIX asrlarga kelib,
lavlagi ildizmevasi qand olish va oziq-ovqat mahsuloti sifatida ekiladigan bo‘ldi. Yer
yuzida qand lavlagi 7,9 mln.ga maydonga ekiladi. O‘zbekistonda ham qand lavlagiga
katta e’tibor berib kelinmoqda. O‘zbekistonda qand lavlagi XX asr boshida keltirilib,
asosan qand zavodlariga mahsulot yetishtirish uchun ekilib kelgan. 1998 yilda
Xorazmda Turkiya bilan birgalikda shakar ishlab chiqadigan qo‘shma zavod ishga
tushirildi. 1999 yil Xorazm viloyatida 12 mingga, Qoraqalpog‘istonda 7 mingga
yerga qand lavlagi ekish rejalashtirilgan. Hosildorligi 200-250 sga, lekin ilg‘or
xo‘jaliklarda 500-700 sga hosil olish mumkin.
Hozirgi vaqtda lavlagining 50 dan ortiq navlari tarqalgan, chet eldan keltirib
respublikamizda ekishga tavsiya qilingan quyidagi navlari mavjud: Astro, Gina,
Klavdiya, Kresus, Lena, Mariya, Romeo, Sermo, Sonya, Flora, Serioz.
Botanik xususiyatlari. Qand lavlagi-Beta vulgaris L., V. Saccharifera- Beta L
avlodiga, sho‘radoshlar oilasiga (Chenopodiaceae) kiradi. Shu turga xashaki
(v.crassa) bargli (v.cicia va oshxona yoki qizil (Vescilenta) lavlagilar ham kiradi.
Ikki yillik o‘simlik bo‘lib, birinchi yili to‘p barg chiqaradi va yo‘g‘on ildiz
rivojlanadi. Barg bandi asosida kurtak hosil bo‘ladi, ikkinchi yili bu kurtakdan barg
va gulpoya o‘sib chiqadi.
Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, ko‘p yon ildizchalar chiqaradi. Bu ildizchalar ildiz
mevaning ikki tomoniga joylashgan bo‘lib, 2-2,5 m chuqurlikka va 40-50 sm atrofga
tarqaladi. Qand lavlagining asosiy ildizi (ildizmevasi) konussimon bo‘lib, ikki
yoniga tomon bir oz siqilgan. Ildizmevasi ko‘ndalangiga kesib ko‘rilsa, 10-12
konsentrik halqa aniq ko‘rinadi. Bu halqalar tomir-tolali tutamlar va parenxima
to‘qimalarining navbatlanishidan iborat bo‘lib, ularda shakar to‘planadi.
Lavlagi barglari oddiy, yirik, bandli, shakli dumaloq, cho‘zinchoq,
yuraksimon bo‘lib, bandli, chetlari to‘lqinsimon va sathi silliq yoki qat-qat bo‘ladi.
Barglari yosh paytida bandi katta bo‘lib, dumaloq shaklda, keyinchalik bandi
uzunlashadi va yuraksimon shaklga kiradi. Barglar pastga, yonga va yuqoriga qarab
joylashadi, rangi yashil bo‘ladi. Urug‘ pallaning orasida o‘rnashgan kurtakdan
birinchi chin barg, so‘ngra ketma-ket navbatdagi barglar rivojlanadi. O‘suv
davrining davomida doimo yangi barglar paydo bo‘laveradi. Yosh barglar barg
to‘plamining o‘rtasida shakllanadi, chetiga qarigan barglar siqib chiqariladi. Eng
ko‘p yashaydigan va fotosintez jarayonida qatnashadigan barglar 10-25 tagacha
bo‘ladi. Barglarning o‘suv davri 25-75 kunni tashkil etadi. Har 1-3 kunda yangi barg
hosil bo‘ladi. Birinchi o‘suv yili lavlagida 50-90 tagacha barglar hosil bo‘ladi. Barg
to‘plamining pastki qismida hosil kurtaklari joylashadi. Shu kurtaklardan ikkinchi
yili poyalar o‘sib chiqadi. Poyasi tik o‘sadi, shohlanadi, yuzasi qirrali bo‘ladi,
balandligi 1,0-1,5m gacha yetishi mumkin.
Guli beshtalik tipda, yashil rangda bo‘ladi, ikki jinsli. Urug‘chisi beshta,
to‘pguli siyrak boshoq hosil qiladi. Gullar barg qo‘ltiqlarida ikkitadan joylashadi.
Qand lavlagi faqat chetdan changlanadi. Gul changi birinchidan ikkinchisiga shamol
va hashoratlar yordamida o‘tadi. Gullash muddati 20 dan 40 kungacha o‘zgarib
turadi. Mevasi-yong‘oqcha, yetilganda to‘p-to‘p gullari 2-6 donadan to‘pmeva hosil
qilib qo‘shilib ketadi. To‘p meva 2-6 ta yong‘oqcha tugadi. Har qaysi meva qopqog‘i
ostida yaltiroq qo‘ng‘ir qobiqli urug‘ joylashgan bo‘ladi. Qo‘shaloq mevalar
ekilganda bittasidan 2-6 ta maysa o‘sib chiqadi. Bu yetishtirish jarayonida ancha
qiyinchiliklar tug‘diradi, chunki lavlagini yagona qilishni talab etadi. 1000 ta
urug‘ining vazni 20-50 gr ni tashkil etadi. Urug‘i mayda jigarrang, sariq rangli,
yaltiroq va silliq bo‘lib, ikkita palla va murtakdan iborat.
Hosilni yig‘ib-terib olish paytida qand lavlagi tarkibida o‘rtacha 75% suv va
25% quruq modda bo‘ladi, buning 17,5% ini saxaroza va 7,5% ini shakarsiz
moddalar tashkil qiladi.
Biologik xususiyatlari. Qand lavlagi o‘sish, rivojlanish sharoitiga juda
talabchan o‘simlik. Lavlagi urug‘i 2-50 C da unib chiqadi, maysalari 6-70 C da paydo
bo‘ladi, lekin 12-150 C da qiyg‘os unib chiqadi, maysalari bahorgi 4-50 sovuqqa
chidashi mumkin. Lavlagi 20-220 C temperaturada yaxshi o‘sadi. Kuzda
o‘simlikning o‘sishi 2-40 da to‘xtaydi. Gullash davrida harorat 1-20 C bo‘lsa,
o‘simlikni sovuq uradi. Qand lavlagi namga talabchan, qurg‘oqchilikka chidamli.
Transpiratsiya koeffitsiyenti 240-400 ni tashkil qiladi. Eng ko‘p miqdordagi suvni
tez o‘sish davrida, iyul-avgust oylarida talab qiladi.
Qand lavlagi uzun kun o‘simligi hisoblanadi. Agar yorug‘lik yetishmasa,
uning hosildorligi va shakarning miqdori pasayib ketadi. Qand lavlagining
vegetatsiya davri hayotining birinchi yili 160-170 kun, ikkinchi yili 100-130 kun
davom etadi. Urug‘ unib chiqish uchun o‘z vazniga nisbatan 150-170% miqdorda
suv talab qiladi. Maysalar paydo bo‘lgandan keyin 6-8 kun o‘tgach, birinchi juft
chinbarg chiqadi. Birinchi yili 30-60 tagacha barg chiqaradi. Birinchi juft barglar
paydo bo‘lganda asosiy ildiz yo‘g‘onlasha boshlaydi.
Qand lavlagi hayotining birinchi yili o‘sishini 50-55 kundan 3 bosqichga
bo‘lish mumkin:
1) assimilatsiya qiladigan sath va ildiz sistemasining shakllanishi.
2) ildiz va barglarning asosiy o‘sishi.
3) shakarning jadal to‘planishi.
Qand lavlagi uchun tuproq eritmasi neytral reaksiyali va mexanikaviy tarkibi
qumoq to‘plamli, organik moddalarga boy qoratuproq eng yaxshi hisoblanadi. Kam
unum qumoq va og‘ir soz tuproqli yerlarda lavlagi yaxshi o‘smaydi. Almashlab
ekishda qand lavlagi uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekin toza shudgorga ekilgan
kuzgi ekinlar yoki o‘g‘itlangan band shudgor hisoblanadi.
Nam yetarli bo‘lgan hududlar uchun quyidagi almashlab ekish sxemasi
tavsiya etiladi:
1) ko‘p yillik o‘tlar-kuzgi ekinlar-qand lavlagi
2) ko‘kat oziq va pichan uchun bir yillik o‘tlar-kuzgi ekin-qand lavlagi
3) ko‘k no‘xat-kuzgi ekinlar-qand lavlagi.
Nam bilan yetarlicha ta’minlanmaydigan hududlarda aytilgan variantlardan
tashqari, toza shudgor-kuzgi ekinlar-qand lavlagi almashlab ekish sxemasi
qo‘llaniladi. Sug‘oriladigan zonalarda ko‘p yillik o‘tlar o‘rniga birinchi yili ekilgan
kuzgi va bahorgi bug‘doy qand lavlagi uchun yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi.
Kuzgi bug‘doy va makkajo‘xori o‘rniga ekish ham yaxshi samara beradi. Almashlab
ekishni to‘g‘ri joriy etish qand lavlagi hosildorligini gektariga 60-80 s ga oshiradi.
O‘zbekiston sharoitida yer haydashdan oldin gektariga 20-40 t chirigan go‘ng,
90 kg fosfor va 60 kg kaliy solinadi. Azotli o‘g‘itlar meyori 200-250 kgga bo‘lganda
yaxshi natija beradi. Azotli o‘g‘itlar bo‘linib solinadi: ekish bilan bir vaqtda 20 kg,
o‘suv davrida birinchi va ikkinchi suvdan oldin 90 kg dan beriladi.
Qand lavlagi keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60-70 sm bo‘ladi, o‘simliklar
orasi 12-20 sm atrofida bo‘ladi. Ko‘p urug‘li navlardan gektariga 20-25 kg, bir
urug‘liklarda 12-15 kg atrofida ekiladi, ekish chuqurligi 3-4 sm bo‘ladi. Ekish
muddati-mart oyi. Ekish muddati kechiktirilsa hosil kamayadi va tarkibidagi
shakarning miqdori ham kamayadi. Lavlagi o‘suv davrida suvni ko‘p sarf qiladi. Bir
sentner ildiz va barg hosil qilish uchun 120-135 s suv sarf bo‘ladi. O‘suv davrida
tuproq namligini 70% atrofida saqlab turish kerak. O‘suv davrida lavlagi 6-12
martagacha sug‘oriladi, suv sharoitga qarab belgilanadi, har sug‘orishda gektariga
600-800 kub metr hisobida sarflanadi. Har sug‘orishdan keyin qator oralariga ishlov
beriladi. Qator orasiga ishlov berish soni tuproq holatiga, begona o‘tlar bilan
zararlanishiga bog‘liq.
Ildizmevani saqlaydigan usul: chuqurligi 50-70 sm, kengligi 150-200 sm,
uzunligi hosil miqdoriga qarab tayyorlangan handaqlarga qo‘yib saqlanadi. Lavlagi
-30 C da muzlaydi, muzlab qolgani qayta ishlashga yaramaydi.
Urug‘ olish uchun birinchi yilgi o‘suv davrida urug‘likbop lavlagi (onalik
lavlagi) yetishtiriladi yoki kech yozda yoki kuzning boshlanishida urug‘ ekib,
keyingi yil urug‘ yig‘ishtiriladi.
Sinov savollari.
1. Ildizmevali ekinlar to‘g‘risida ma’lumot bering?
2. Qand lavlagining xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ayting?
3. Qand lavlagining agrotexnikasi ayting?
4. Qand lavlagining biologik xususiyatlari ayting?
5. Qand lavlagining navlarini sanab bering?