Ilk qadam davlat o’quv dasturi asosida MTTda faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish
Yuklangan vaqt
2024-12-12
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
39,5 KB
Ilk qadam davlat o’quv dasturi asosida MTTda faoliyat markazlarida ta’lim
jarayonlarini tashkil qilish
Reja:
1.MTTda ta’lim shakli va mashg’ulot turlari
2.Mashg’ulot jadvalini tuzish talablari.
3.Mashg’ulotga tarbiyachining innovatsion yondashuvi.
Tayanch tushunchalar:
Faoliyat – kishining madaniy ma’naviy ne’matlar yaratish borasidagi hamda shaxsiy
va ijtimoiy sohadagi ma’lum bir maqsad sari qiladigan xatti-harakatlar
majmuasi.
Tushuntirish – ilm-fan va ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi sanaladi.
Tushuncha – bu narsa va hodisalarning umumiy xususiyatlarini ifodalovchi fikr –
tafakkur shakli.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish
Bog’cha opam “Ilk qadam”dan, olar madad
Chiniqamiz sport bizga berar, quvvat.
Yuramiz, yuguramiz, sakrab har vaqt,
Sog’lom avlod bo’lajakmiz bizlar albat.
O’zbekiston Respublikasi Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning
rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari asosida ishlab chiqilgan “Ilk qadam”
tayanch dasturi asosida bolalarni jismoniy rivojlanishiga aloxida axamiyat
berilmoqda
Bolalarning jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish, mashg’ulotlarni tashkil qilishda
tozalik, gigiena talablariga va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilinmoqda.
Gigiena va o’z-o’ziga xizmat
O’z-o’zimga xizmat qilib tolmayman.
Sochiq, sovun, suvdan yiroq ketmayman.
Gigienaga doim rioya qilaman
Men albatta sog’lom bola bo’laman.
O’z-o’ziga xizmat qilish, qo’llarini sovunlab yuvish va artishga o’rgatish. Sochiqni
olish va joyiga qaytarib ilib qo’yish. Tirnoq, qalam va boshqa narsalarni tishlamaslik
Shaxsiy buyumlardan to’g’ri foydalanishga o’rgatish orqali bolalarda madaniy-
gigienik ko’nikmalarni shakllantirishga erishilmoqda..
Men har kuni tishlarimni yuvaman,
Tish cho’tkayu, poroshogim bunga shay,
Men ulardan foydala olaman,
Sog’lom tishim, xusnimga qo’shar chiroy.
Ovqatlanishdan avval qo’llarni sovunlab yuvib, og‘izlarni chayish va o’z sochig‘iga
artishga odatlantirib boriladi. Ovqatdan keyin ham albatta har bir bola shaxsiy
gigienaga rioya qilgan xolda, yuz,qo’l,oyoqlarini yuvish, tishlarini tish cho’tkasida
yuvib, tozalab ,uyquga yotishga o’rgatib boriladi. Muayyan tartibda echinib,
kiyinishga o’rgatiladi. Toza choyshab, ko’rpa- to’shakda, shamollatilgan xonada
uxlashga axamiyat qaratiladi.Tirnoq,qalam va boshqa narsalarni tishlamaslik,
qo’llarni, labni va boshqa buyumlarni so’rmaslikka o’rgatiladi.
Qomatni to’g’ri tutish.
omatimni tik tutmoqlik odatim
Yordam berar, bunda menga koptogim.
qomatimni kuzatadi, opam doim
O’tirganda, yurganda –yu, turganda ham
Kattalarning nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam bajartirish orqali
g’omatni to’g’ri shakllanti-
rish,
yassitovonlikni
oldini
olishga
imkon
beradigan
mashqlar
guruxi
shakllantiriladi.
Emaklash va tirmashish
Toza havo- tanga davo shiorim,
O’ynamoqqa maydonda bor narvonim,
Emaklayman, tirmashaman, chiqaman,
Yana pastga asta-sekin tushaman.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalarni
jismoniy
tomondan
rivojlanishlarini
ta’minlashda yurish, yugurish, sakrash, emaklash va tirmashish, irgg’itish, velosiped
xaydash, muvo-
zanat
saqlash
mashqlarini
bajartirish
orqali
amalga
oshirilmoqda.Umumrivojlanuvchi mashqlar, chiniqtiruvchi va sog‘lomlashtiruvchi
mashqlar ham o’z o’rnida qo’llanmoqda.
Sport zalim, bizlar uchun doimo shay,
Salomatlik - tuman boylik deb bilay,
Qator bo’lib, tizilishib barchamiz,
Narvonchaga tirmashamiz paydar-pay.
Bolalar nafaqat o’yin maydonlarda balki sprot zalida ham sport-
sog’lomlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar
saf tortib, navbatma-navbat narvonga chiqib tushishni mashq qilishlari orqali , ularni
chiniqtirish mo’ljalga olish faoliyatlari takomillashtiriladi.
Uxlash gigienasi.
Uxlashning ham gigienasi bor ekan,
Uyqumizga shirin alla yor ekan,
Alla aytar opajonim erkalab,
Uyqu eltar ko’zlarimni stexrlab.
MTT ning xar bir guruxida Ilk qadamlar aynan bir vaqtda uxlashga yotish, uxlash
oldidan xonani shamollatish, yuvinish, oyoqni yuvish, tishni tozalashga o’rgatish ,
joyini tartibga keltirib keyin o’ringa yotish, uxlash jarayonida alla oxangidan
zavqolib uxlashga odatlantirish, uyqudan keyin bolalar jismonan va ruxan tetik
bo’lishga erishilmoqda.
Ovqatlanish gigienasi.
Ertalabdan o’ynab-kulib, mashq qilib,
Sayrlarda kapalakdek quvlashib,
Maydonchada mehnat qilib, xo’p xorib,
Ovqatjonni qolamizku sog’inib.
Bir qiz,o’g’il navbatlashib, galma-gal
Ovqat uchun tayyorlaymiz , stol shay.
Chinni,qoshiq, tarelkayu salfetka
Bizdek kutar ovqatjonni paydar-pay.
Bolalar maktabgacha yoshdan mehnat malakalarini navbatchilik qilish
jarayonida egallab borishlari bilan birga o’zaro o’rtoqlik munosabatlari shakllantirib
boriladi, shuningdek bolalarni to’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish, ovqat stoli
atrofida o’zini to’g’ri tuta bilish, ovqatlanish jixozlaridan to’g’ri foydalanish, ovoz
chiqarmasdan tartibli ovqat eyish, stol atrofida o’tirganda qomatni to’g’ri tutish,
ovqatlanib bo’lgandan so’ng qoshiq va sanchqini taqsimcha ustiga qo’yish, stol
atrofida o’tirganda qomatni to’g’ri tutish, stol ustini yig’ishtirib qo’yish va idish-
tovoqlarni yuvishga yordam berishga o’rgatib borilmoqda.
Shikastlanishning oldini olish:
Extiyot bo’l Ilk qadam, shikastlanib qolmagin,
Yo’ldan o’tayotganda xam, qoidaga rioya qil,
Sakrashda, yugurishda, itarmagin bir-biring,
Yiqilib qolsa do’sting, darxol ko’rsat yordaming….
Ijtimoiy-xissiy rivojlanish
Opajonim o’ynatadi bizlarni
Jam qiladi barcha o’g’il-qizlarni
O’ynab turib xis qilaman o’zimni
Asta-sekin angalayapman “men”imni
Men o’zimni xafa qilib qo’ymayman
Opajonim aytganidan qolmayman
O’rtog’imga yordam berib tolmayman
“Nima yaxshi, nima yomon “ anglayman.
O’yin orqali bolalar erkin “ijodiy” jamoalarni uyushtirish. O’zining ruxiy-xissiy
xolatini boshqalarga nisbatan taqqoslashga o’rgatish: “Men o’zim o’ynayman”,
“Men o’zim eyman” kabi iboralar bilan ifodaviy boshlash. O’zi xaqida gapirganda,
uchinchi shaxsda
emas, balki birinchi shaxs “men” olmoshini qo’llay boshlash.
Bolani o’z xissiy xolatlarini boshqarishga o’rgatish:”Yig’lama,xozir birga
o’ynaymiz” deganda, yig’ini to’xtatib, kattalarning ko’rsatmalariga rioya qilish.
Bolada unga tanish bo’lgan kattalar va tengdoshlaridagi turli xissiy xolatlarni
(quvonish, xafa bo’lish) xis etish qobiliyatini shakllantirish, bu xolatlar o’zgarganida
o’z munosabatini bildirish (tengdoshlariga g’amxo’rlik qqilish, ularga yordam
berish).
Kattalar bilan muloqot
Opajonim bilan doim o’ynaymiz,
Qo’shiq kuylab, xatto raqs tushamiz,
Rasm chizib, birga ranglar tanlaymiz,
Uylar qurib, yo’liga gul teramiz.
Kattalar va bolalar bilan tashkil etiladigan
o’yin jarayoni
- o’ziga tanish kattalar tomonidan beriladigan, har qanday tanqidni to’g’ri qabul
qilishga o’rgatish. Notanish katta odamlar bilan bo’ladigan muloqotdan o’zini
chetga tortish, yaqin kishisiga intilish.Nimani qilish mumkin, nimani qilish mumkin
emasligini anglay olish. Kattalarning topshiriqlarini bajarishni istash.Kattalarning
hikoyalariga, kitoblarning suratlariga nisbatan qiziqishni tarbiyalash
Tengdoshlari bilan muloqot
Menga yoqar “xola-xola” o’yinlar
O’rtoqlarim qani tezroq kelinglar
Qo’g‘irchoqlar bilan birga o’ynaymiz
Gox o’tqazib, gox uxlatib qo’yamiz.
Tengdoshlari bilan qisqa vaqt davomida yonma-yon o’ynay olish, o’yinda
tashabbuskorlieni namoyon qilish, tengdoshlari bilan muloqotda o’z imkoniyatlariga
ishonish .