Ilk sivilizatsiyalar mafkurasi
Reja:
1.Qadimgi Sharq insoniyat sivilizatsiyasining beshigi.
2.Dastlabki davlat va siyosiy mafkuralarning sharqsa vujudga kelishining ob’ektiv
sabablari.
3."Hammurapi qonunlari"- Bobil mafkurasining manbai
1. Qadimgi Sharq insoniyat sivilizatsiyasining beshigi.
Insoniyat o‘tmishi yoki tarix fanini varaqlar ekanmiz insoniyat yashagan
dastlabki manzillar Sharq mamlakatlari hududlarida ekanligi hamda muayyan
jamiyat yoki tili, irqi, psixologik qarashlari bir xil, urfu-odatlari, anoanalari bir-biriga
yaqin, hududiy umumiylikka ega bo‘lgan kishilar guruhining, boshqacha qilib
aytganda qabilalarning umumlashgan ijtimoiy siyosiy tizimi, ya’ni dastlabki
davlatlarning paydo bo‘lishi ham Sharkda yuz bergan.
Shu bois, insoniyat taraqqiyotining beshigi Sharq deb aytiladi. Chunki,
insoniyat tarixida o‘z davrining katta-katta yutuqlari sharqda kashf etilgan va u
insoniyat hayotining keyingi taraqqiyotida muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Qq va
yoyning kashf etilishi, g‘ildirakning paydo bo‘lishi, yozuvning o‘ylab topilishi
insoniyat taraqqiyotida muhim omil bo‘lgan eng katta kashfiyotlar edi.
Xo‘sh, bunday buyuk kashfiyotlarning paydo bo‘lishiga qanday omillar sabab
bo‘ldi. Bu avvalo tabiiy-ijtimoiy muhitdir.
Insoniyatning tabiatning turli injiqliklariga qarshi kurashi, ularning sabablarini
bilishga bo‘lgan intilishi, o‘zini qurshab turgan o‘zi kabi insonlarning hatti-
harakatlari kabi ko‘plab omillar uni o‘ylashga va muayyan kashfiyotlar yaratishga
olib keldi.
Qishning qahraton kunlaridan jon saqlash, sovukdan qotib qolmaslik odamlarni
kiyim o‘ylab topishga majbur etgan bo‘lsa, turli yovvoyi hayvonlar hujumidan o‘zini
saqlash, issinish, ovqatlarni pishirib yeyishga o‘rganilishi ularni olovni kashf etishga
majbur etdi. Endi ular o‘zoq yillar olovni o‘chirmasdan olib yurish kabi juda qiyin
va murakkab ishdan voz kechishdi.
O‘q va yoyning kashf etilishi insoniyat hayotining eng muhim kashfiyotlaridan
biri bo‘ldi. Endi u o‘z hayotini saqlab holish uchun dastlabki mexanik harakatdan
foydalana boshladi. U och qolmaslik uchun anchagina chopqir hayvonlarni ovlash,
uchib ketayotgan qushlarni o‘zining taomiga aylantirish bilan birga ularni o‘z
hayotlarini boshqa jonivorlar qurboni bo‘lishdek dahshatdan saqlab holish
imkoniyatini ham berdi.
G‘ildirakning kashf etilishi, aravalarning paydo bo‘lishiga u esa o‘z o‘rnida
insoniyat taraqqiyotiga muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
Inson inson sifatida paydo bo‘lgandan boshlab o‘zidan kelajakka nimadir
holdirishga uringan. Bu esa nimanidir tarixdan, ya’ni o‘zidan oldin o‘tganlardan
o‘rganishga harakat qilishga majbur etgan. Shuningdek, o‘z fikrini o‘zgalarga
yetkazishga qandaydir yo‘llar bilan uringan. Va buni uylab ham topgan. Bunday
buyuk kashfiyot - yozuvning paydo bo‘lishidir.
Biroq, yuqorida keltirilgan kashfiyotlar insoniyat hayotida ham ezgu
maqsadlar, ham yovo‘zlik maqsadlari egalariga xizmat qilgan, ya’ni bunday
niyatlarni amalga oshirish uchun qurol vazifalarini ham bajargan.
Ma’lumki, insoniyat tarixi-inson tafakkuri taraqqiyoti tarixi. Istalgan falsafiy,
siyosiy-ijtimoiy yoxud diniy mafkurani olsak, u ma’lum bir davrda, ma’lum bir
davlat, millat, ijtimoiy guruh uchun dasturamal bo‘lib xizmat qilganini ko‘ramiz. Har
bir mafkura kelgusida yaratilajak mafkuralar uchun zamin tayyorlab borgan. Qadim
ko‘p xudolik ta’limotlaridan, so‘ngra ikki yaratuvchi haqidagi (dualistik) ta’limotlar
(zardushtiylik)dan tortib, to yakkaxudolikni targ‘ib qiluvchi islom ta’limotigacha
inson tafakkuri shu tariqa oddiydan murakkablikka intilib borgan. Bundan
anglashiladiki, ta’limotlar tarixi cheksiz davom etadigan jarayondir. Har bir davr,
har bir asr taraqqiyotining ushbu bosqichda insoniyat egallagan bilimlari darajasi,
aqliy salohiyati va maonaviy tafakkuridan kelib chiqqan holda yangi ta’limotlarni
yuzaga keltiradi.
Mafkuralar, yuqorida ta’kidlab qtganimizdek, o‘z maqsad- mudsaolariga ko‘ra
yo taraqqiyotiga yoxud tanazzo‘lga yetaklashi mumkin va shu hislatiga ko‘ra u yo
bunyodkor, yoki vayronkor bo‘ladi.
Mafkuralar inson tafakkurining qaysi jabhasini qamrab olishga ko‘ra ham
farqlanadi. Bundan asosan, axloqiy, mifologik, ilmiy, diniy, falsafiy, siyosiy
mafkuralarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Mm^&ologmk-mafkuralar qatoriga animizm, fetishizm, yunonteogoniyasi,
misrliklar, vavilonliklar, shumerlarning borliq va yaratuvchi haqidagi mifologik
qarashlarini kiritish mumkin.
Dshshy-mafkuralar qatoriga islomni, zardushtiylikni, tasavvufni, nasroniylikni,
iuduizmni, buddaviylikni, o‘z mohiyatiga ko‘ra dunyoni Yaratuvchi nuqtai-
nazaridan anglashga harakat qilgan barcha ta’limotlarni kiritish mumkin.
Falsafiy- mafkuralar qatorida stoitsizm, konfutsiylik, aristotelizm, platonizm,
neoplatonizm qrin olishi mumkin.
Ilmiy - mafkuralarga naturalizm, darvinizmni, volyuntarizm, bixeviorizm,
kognitivizmni qqshish mumkin.
Siyosiy
mafkuralar
qatoriga
kommunizmni,
fashizmni,
demokratiya
mafkurasini, shovinizmni, jadidchilik mafkurasi g‘oyalarini kiritish mumkin.
Tabiat hodisalarining sirlarini bilishga intilish va ular yashab turgan geografik
hudud sharotining xilma-xilligi turli e’tiqodlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Va bu o‘z davrida ibtidoiy e’tiqodlar ko‘rinishida yuz berib, ma’lum ma’noda u
kishilik hayotini tartibga solib turgan. Ibtidoiy e’tiqodning ko‘rinishlari bo‘lgan
totemizm, animizm, sehrgarl ik, fetishizm kabi shakllari ibtidoiy jamoa tuzumi
davrida ancha keng tarqalgan va ularning asoratlari hozirgi kunda ham turli xalqlar
yoki millatlar turmushida aks etmokda.
Totemizm hayvon yoki o‘simlik turi bilan g‘ayritabiiy qarindoshlik aloqasiga
ishonishdir. Shunga muvofiq ayrim millatlar tarixida o‘simlik yoki hayvonni
ulug‘lash, uni alohida hurmat qilish sarqitlari hozirgi kunlarda ham uchrab turibdi.
Animizm u "ruh", "jon" degan ma’nolarni bildirgan. Animizm bu dunyoda
ruhlar, jonlar shaklidagi g‘ayritabiiy kuchlarning borligiga ishonishdir. Odam, yer,
o‘rmon,suv, uy va boshqalarning ruhlari shular jumlasidandir. Urug‘chilik
jamoasining rivojlanishi munosabati bilan urug‘ aozolari, urug‘ boshliqlari,
jangchilar urug‘iga sig‘inish kabi ajdodlarga sig‘inish paydo bo‘lgan.
Rivojlangan ona urug‘i davrida ayollarning martabasi oshadi. Tabiatning
g‘ayritabiy kuchlari ayollar sifatida gavdalanadi, ruqlar ayollar nomi bilan ataladi.
Ilk dehqonchilikning rivojlanishi munosabati bilan ona yerga sig‘inishi rivoj topadi.
Ko‘p xalqlarda oy, quyosh va yuldo‘zlarga sig‘inish ham kuchayadi. Ibtidoiy
odamlarda sehrgarlik-odamning o‘zining g‘ayritabiiy kuchlarga ta’sir ko‘rsata olish
qobiliyatiga ishonishiga asoslangan amallari bo‘lgan. U ibtidoiy odam hayotining
hamma tomonlariga ta’sir o‘tqazgan. Bu ibtidoiy davrga oid tasviriy sanoatda ham
o‘z ifodasini topgan. Chunonchi, o‘sha davrga oid bo‘lgan buyoqli va qoya
toshtasvirida nayza va garpunlar sanchib yaralgan hayvon tasvirlari buning dalilidir.
Bu bilan ovchilar bo‘lusi ovning baroridan kelishini ko‘zlab, o‘zlariga u yoki bu
hayvonni sehrlaganlar. Shunday qilib, e’tiqod ibtidoiy jamoa tuzumining ancha
keyingi davrida vujudga kelgan va jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlana borgan.
3. "Hammurapi qonunlari"- Bobil mafkurasining manbai
Shumeriylar Dajla va Frot qirg‘oqlariga sharqdan tushib kelgan. Ular
so‘zlashgan tilni biror bir til oilasiga kiritish qiyin. G‘arbdan va shimoliy-g‘arbdan
semit (somiy) qabilalari ayni bir zamonda ikkidaryo oralig‘iga kirib kelishgan.
Ko‘chib keluvchi semitlarning birinchi to‘lqini akkadliklar (Akkad shahriga ko‘ra)
nomini olgan, ularning tili esa akkad tili deb atala boshlagan. Ikkidaryo oralig‘ida
istiqomat qilgan eng qadimgi odamlar hali urug‘chilik tuzumida yashaganlar,
irrigatsiya ishlari tobora rivojlanib, dehqonchilik texnikasi murakkablashgan sari
yerlarni o‘zlashtirish va daryo suvlarini jilovlab olish uchun zarur bo‘lgan murakkab
ishlarni endi uddalay olmay holishgan. Oilalar qarindoshlik aloqalarga qaramasdan
birlashadilar. Yer cheklarga taqsimlanadi va umumiy majburiy ishlar birgalikda olib
boriladi.
Eramizdan avvalgi III ming yillik boshlarida bu yerda ko‘plab shahar,
davlatlarni uchratamiz. O‘sha zamonda shahar bir qancha qishloq jamaolarni birga
qo‘shilishidan iborat bo‘lib, bundan o‘zlarini-o‘zi idora qiluvchi mahalla (kvartal)lar
vujudga keltirilgan. Har qaysi mahallaning markazida mahalliy xudo ibodatxonasi
bo‘lgan. Tevarak-atrofdagi kichik qishlokdar hokim (patesi) bosh bo‘lgan markazga
bo‘yso‘nishgan hokim ayni zamonda lashkar boshi va oliy kohin hisoblangan
Biror shahar kuchaya borib, boshqa shaharlarni o‘zga bo‘ysundirgan vaqtda
uning hokimi podsho unvonini (shumercha "lugal") olgan. Davlat hokimiyati asta-
sekin kuchaya borgan, podsholar ayonlarga va oila kohinlariga suyanib, oddiy
fuqarolarni pisand qilmay qqyishgan va ularni har turli majburiy ishlarga tinmay
torta berishgan.
Ko‘hna Bobil podsholigining tashqil topishi.
Eramizdan avvalgi 1894 yildan 1595yilgacha bu yerda endi mustaqil dinastiya
hukmronlik qiladi. Bu dinastiya aktiv tashqi siyosat yuritadi va butun Dajla bilan
Frot havzasini o‘z qql ostida birlashtirishga intiladi.
Podsho Hammurapi zamonida ( er. Av. 1792 - 1750 yillari ) Bobil eng katta
qudratga erishadi. Hammurapi O‘rta dengiz sohiliga olib boradigan savdo yo‘lini o‘z
qqlida ushlab turgan boy Mari davlati bilan mahkam ittifoq to‘zadi.
Hammurapi shu tariqa, o‘zining shimoliy
chegarasining tinchligini
taominlagach, asosiy zarbani Elam bilan boshlangan Larsaga qarshi qaratadi.
Hammurapi mana shu eng xavfli raqibni tor-mor keltirib, Mari bilan dqstona aloqani
o‘zadi, bu shaharni bosib oladi va uning saroyini vayron qiladi, shunday qilib,
Mesopotamiyaning katta qismini o‘z ichiga olgan keng Ko‘hna Bobil podsholigi
vujudga keladi.
Hammurapining qonunlar to‘plami bazalt ustunga qyib yozilgan ustun quyosh,
haqiqat va adolat xudosi Shamash taxti oldida turgan hamda uning qqlidan oliy sud
hokimligi belgisi chqqmor va chambar olayotgan podshoning o‘zini tasvirlaydigan
bqrtma shakllar bilan bezalgan. Ustuning boshqa hamma joyi 247 moddada iborat
qonunlar to‘plamining mixxatda yozilgan teksti bilan band qilingan. Hammurapi
qonunlar to‘plamiga qaraganda ancha sistemali to‘zilgan va unda qonun
chiqaruvchining mazmun jihatidan bir-biriga yaqin bo‘lgan moddalarni bir gruppa
qilib birlashtirishga intilganligi ochiq kqrinib turadi. Mazkur to‘plam uch qismga
bo‘linadi;
Kirish
Qonunlar
Xulosa
Kirish qismida kodeksni chiqarishdan maqsad mamlakatda haqqoniyat
o‘rnatishdir, deb ko‘rsatilgan. To‘plamning o‘rta, asosiy qismidan jinoiy ishlarga oid
huquqqa , sud ishlarini yuritishga, xususiy mulk huquqning bo‘zilishga (qrilik va
talash), jangchilari huquqiga oid moddalar birma-bir ko‘rsatib qtilgan.
To‘plamlarning xulosa qismida podsho xalholdida qilgan hizmatlarini birma-bir
sanab qtib, o‘zidan keyin uning qonunlarini ado etuvchi podsholarga oq fotiha
bergan va bu qonunga rioya qilmovchi yoki uni bekor qilishga jur’at etadiganlarni
qahr bilan laonatlagan.
Hammurapi katta va markazlashgan davlatda oliy hokimiyat o‘z qqlida
tqplangan g‘oyat katta yer fondiga tayanib turib, mamlakat xqjalik hayotini
rivojlanishi uchun uringan. Mamlakat aholisi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda,
jumladan qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish va uni rivojlantirish
uchun o‘rmonlarni qo‘riqlash borasida bir qancha tadbirlar belgilagan. O‘rmonlar
alohida-alohida o‘rmon uchastkalariga bo‘lingan va ularga maxsus uchastka
mudirlari tayinlangan.
Bobil podsholigining iqtisodiyotidagi sohalar ushbu qonunda aks ettirilgan
bo‘lib, chorvachilik, dehqonchilik kabi sohalarning rivojlanishida alohida eotibor
berilgan.
Ushbu qonunga ko‘ra ish hayvonini ijaraga olgan shaxs uning egasi oldida tqla
javobgar bo‘lgan. Agar hayvonga biror zarar yetsa ijaraga olgan kishi bu zararni
tqlagan. Hatto podalarni boqib yurgan chuponga ham muayyan javobgarliklar
yuklatilgan.
Serunum tuproq bo‘lgan ikki daryo oralig‘idagi bu davlatda dehqonchilik katta
ahamiyatga ega bo‘lgan. Suorish ishlariga alohida eotibor qaratilgan. Hammurapi
mamlakatni alla tqla konga aylantirib, yerlarni ishlashni osonlashtirganligi..
parokanda bo‘lib ketgan aholini Shumer va Akkad yerlariga tqplaganligi, bu aholini
don va suvga qondirganligi, uni farovonlikka va baxt-saodatga erishtirganligi bilan
faxrlanadi.
Kuchayib borayotgan sinfiy kurashni bir oz yumshatish maqsadida Hammurapi
qarzdorlik orqasidan asoratga tushib holuvchi kishining shaxsi va mol-mulkini qarz
beruvchining haddan ortiq siquvini oldini olishga harakat qilgan. Masalan,
kodeksning 117-moddasida aytilishicha, agar qarzdor o‘z qarzi badaliga xotinini,
farzandini bergan bo‘lsa qarz beruvchi shaxs ular mehnatidan 3 yil davomida
foydalangan. 4-yili esa u ota-onasiga yoki eriga qaytarilgan. 3 yil davomida qarz
beruvchi tomonidan u shaxs qiynab yoki boshqa yomon munosabatlar natijasida
qlsa, qarz beruvchining farzandi ham qatl etilgan.
Kodeksning ayrim moddalarida jangchi-kolonistlar bo‘lganligi tilga olinadi.
Ular podshodan chek yerlar olganlar va buning evaziga harbiy xizmat o‘tashga
majbur etilganlar. Agar jangchi urush davomida asrga tushib holsa u muayyan
tqlovlar bilan qaytarib olingan. Jangchining yerini boshqa kishilar tomonidan
o‘zlashtirish mumkin bo‘lmagan. Jangchi jang davomida halok bo‘lsa uning yeri
jangchining farzandlariga holdirilgan. Jangchi-kolonistga podsho tomonidan tortiq
qilingan yer, qoramol boqish va uni sotish mumkin bo‘lmagan. Umuman olganda
Hammurapi qonunlari o‘z davrida yetuk islohotlar davridan, kuchli markazlashgan
davlat tashqil etilganidan dalolat beradi. Mamlakatni markazlashgan holda
boshqarish muayyan miqdorda aholining tinch-totuv yashashiga olib kelgan va
Mesopotamiyaning keyingi davlatlari uchun mafkuraviy asos bo‘lib xizmat qilgan.