“ILM YO‘LI” VARIATIV DASTURI ASOSIDA MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING O‘ZIGA XOSLIGI”
Yuklangan vaqt
2025-01-17
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
28
Faytl hajmi
73,9 KB
“ILM YO‘LI” VARIATIV DASTURI ASOSIDA MAKTAB TA’LIMIGA
TAYYORLASHNING O‘ZIGA XOSLIGI”
MUNDARIJA
Kirish
I bob. “Ilm yo‘li” variativ dastur 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni
maktab ta’limiga tayyorlashning mazmun mohiyati
1.1. 6 yoshdan 7 yoshgacha bolalar rivojlanishida o’ziga xoslik, maktabgacha
yoshdagi bolalarning ta’limida kompetentlilik yondashuvi
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitishga yondoshuvlar
II bob. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash
bo‘yicha guruhlardagi 6-7 yoshli bolalarning o‘qitish samaradorligini va
rivojlanishi taraqqiyotining baholanishini o‘tkazish muddatlari
2.1. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha
guruhlardagi 6-7 yoshli bolalarning o‘qitish samaradorligini va rivojlanishi
taraqqiyotining baholanishini o‘tkazish muddatlari
2.2. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga to‘lovsiz majburiy bir yillik tayyorlash
bo‘yicha guruhlar ishiga oilalarni jalb qilishning foydaliligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
I bob. “Ilm yo‘li” variativ dastur 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni
maktab ta’limiga tayyorlashning mazmun mohiyati
1.1. 6 yoshdan 7 yoshgacha bolalar rivojlanishida o’ziga xoslik,
maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limida kompetentlilik yondashuvi
Mazkur davrda organizmning tayanch-harakat va yurak-qon-tomir
tizimlarining intensiv rivojlanishi hamda takomillashishi, mayda mushaklarning
rivojlanishi, markaziy asab tizimidagi ayrim bo‘linmalarning rivojlanishi va
differensirovkalanishi ro‘y beradi. bolaning vazni oyiga taxminan 200 gr
atrofida, bo‘yi o‘sishi esa 0,5 sm ga ortib boradi, tana proporsiyalari o‘zgara
boshlaydi. 7 yoshli bolalarning bo‘yi o‘rtacha 113-122 sm ga, o‘rtacha vazni esa
21-25 kg ga teng bo‘ladi. Miya sohalari deyarli katta yoshli kishilarnikidek
shakllangan. Harakat sohalari yaxshi rivojlangan. Suyaklar mustahkamlanishi
davom etadi, lekin umurtqa egilishlari hali barqaror emas. Yirik va ayniqsa,
mayda motorikanin rivojlanishi davom etadi. Qo‘l panjalari mushaklarning
koordinatsiyasi intensiv rivojlanadi. Umumiy jismoniy rivojlanish bolaning
nozik motorikasi rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Qo‘l barmoqlarining mashq
qildirilishi boladagi intellektni oshirish, nutqni rivojlantirish va yozishga
tayyorgarlik ko‘rish vositasi bo‘lib sanaladi.
Bu yosh bosqichining o‘ziga xos tomoni bo‘lib bilishga doir va fikriy psixik
jarayonlarning faol rivojlanishi hisoblanadi. Bola kuzatishga, qarab izlash kabi
ixtiyoriy harakatlarni bajaradi. Mana shu yoshda sensor etalonlar – shakl, rang,
o‘lcham to‘la o‘zlashtiriladi. Maydon-makonni anglashning rivojlanishi davom
etadi. Bola pastga, tepaga, boshqa tomonga kabi tushunchalar bilan amallarni
bajara boshlaydi. Shuningdek, endilikda o‘ng va chap tomonni tasavvur qilish
aniq shakllangan bo‘lishi lozim. Biroq, bu yoshdagi bolalarda bir vaqtning
o‘zida turli xildagi belgilarning hisobga olinishi lozim bo‘ladigan paytlarda
xatolikka yo‘l qo‘yishlari uchrashi mumkin.
Maktabgacha yosh oxiriga kelib ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Bola
diqqatini ongli ravishda ma’lum bir predmetlarga va ob’ektlarga yo‘naltirib va
jamlab tura oladi. Diqqatning barqarorligi ortishi – 20-25 daqiqa, diqqat hajmi
7-8 ta predmetni qamrab oladi. Bola ikkiyoqlama tasvirlarni ko‘ra olishi mumkin.
Maktabgacha yosh oxiriga kelib bolada psixik faollikning ixtiyoriy
shakllari paydo bo‘ladi. U endilikda predmetlarni qarab chiqa oladi, maqsadga
qaratilgan kuzatishni amalga oshira olishi mumkin, ixtiyoriy diqqat paydo
bo‘ladi va buning natijasida ixtiyoriy xotira elementlari yuzaga kela boshlaydi.
Ixtiyoriy xotira bola o‘zi mustaqil ravishda maqsadni belgilaganda – eslab qolish
va eslash holatlarda namoyon bo‘ladi. Bolaning eslab qolish istagini har
tomonlama rag‘batlantirish zarur, chunki bu nafaqat xotiraning, balki bilishga
doir boshqa qobiliyatlar – anglash, diqqat, fikrlash, tasavvur qilishning ham
muvaffaqiyatli rivojlanish garovidir. Ixtiyoriy xotiraning paydo bo‘lishi
vositalangan xotiraning – eslab qolishning eng mahsuldor shakli rivojlanishiga
yordam beradi. Bu yo‘ldagi birinchi qadamlar eslab qolinadigan materialning
o‘ziga xosliklari – yorqinligi, ommabopligi, noodatiyligi, ko‘rgazmalilik va
boshqa shu kabilar bilan shartlanadi. Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni
eslab qolish maqsadlarida tasniflash va guruhlash usullariga maqsadli ravishda
o‘rgatish mumkin.
Ilgarigidek, yetakchi bo‘lib ko‘rgazmali-qiyofaviy fikrlash hisoblanadi,
lekin maktabgacha yosh oxiriga kelib so‘zli-mantiqiy fikrlash shakllana
boshlaydi. U so‘zlarn ishlata bilish, fikr-mulohazalar mantig‘ini tushuna olish
mahoratining rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu yerda albatta katta yoshlilarning
yordami zarur bo‘lib hisoblanadi, chunki bolalarning, masalan, predmetlar
kattaligi yoki sonini taqqoslashlaridagi bolalarcha fikr-mulohazalarining
nomantiqiyligi mavjud bo‘lishi ma’lumdir. Maktabgacha bo‘lgan yoshda
tushunchalarning rivojlanishi boshlanadi. To‘la holda so‘zli-mantiqiy,
tushunchali yoki abstrakt fikrlash o‘smirlik yoshiga kelib shakllanadi. Katta
maktabgacha yoshdagi bola sabab-oqibatli aloqadorliklarni belgilay olishi,
muammoli vaziyatlar yechimini topa olishi mumkin bo‘ladi.
Bola hayotining bu davri tasavvur qilishning o‘ziga xos faolligi bilan
tavsiflanadi. Dastlab bu fakat yaratuvchilik tasavvurlari bo‘ladi, ya’ni, biron-bir
ertaknamo qiyofalarni tasavvur qilishga imkon beradigan tarzda bo‘ladi,
keyinchalik esa butunlay yangi qiyofalarni yaratishga qodir bo‘lgan ijodiy
tasavvurga aylanadi. Bu bolada fantaziyani rivojlantirish uchun o‘ta muhimdir.
Grammatika va leksikaning rivojlanishi davom etadi, nutq ravon bo‘la
boradi. So‘z boyligi ortadi, bolalar umumlashtiruvchi otlarni ishlata boshlaydilar,
sinonimlar, antonimlar va sifatlardan foydalana boshlaydilar. Agarda bola bilan
birga ko‘p o‘qilsa va muloqot qilinsa, unda bu yoshga kelib ham monologik nutq
(tushuntirishli va talqin qiluvchi, bayoniy nutq) hamda muloqotda ishtirok eta
olish mahorati yaxshi darajada shakllangan bo‘ladi. Yozma nutq shakllana
boshlaydi. So‘z boyligi taxminan 3 000 ta so‘zgacha boyib boradi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning ongidagi asosiy o‘zgarish bo‘lib
“harakatlar ichki rejasi”ning paydo bo‘lishi hisoblanib, u bolaga nafaqat
ko‘rgazmali tarzda, balki ongli ravishda ham turli xildagi tasavvurlarni hosil
qilishga yordam beradi.
Bolaning o‘z-o‘zini anglashida “Men” obrazini anglashi refleksif
qobiliyatini belgilaydi, ya’ni, tahlil qilishi, o‘z harakatlarining maqsadlari va
natijalari uchun javob bera olishi, shu jumladan, o‘z kechinmalari, hissiyotlarini
anglashi. Aynan shu yangilanish bolaning ma’nan rivojlanishining asosi bo‘lib
hisoblanadi. 6-7 yoshli bolaning psixik va shaxsiy sohalarida rivojlanishining
eng muhim yangi hosilasi sifatida motivlarning bo‘ysundirilishi hisoblanadi.
“Men qilishim kerak”, “men qila olaman” motivlarining anglanishi “men
xohlayman” motivi ustidan ustunlik qila boshlaydi.
O‘z “Men”ini anglash va mana shu asosida maktab yoshi oxiriga kelib ichki
hissiyotlarning paydo bo‘lishi yangi ehtiyojlarni tug‘diradi. Butun maktabgacha
yosh davomidagi faoliyatning yetakchi turi bo‘lib hisoblangan o‘yin mana
shuning natijasida endi bolaning ehtiyojlarini to‘la qondira olmay qoladi. Bolada
endilikda o‘z bolalarcha hayoti doirasidan tashqariga chiqishga intilish, ijtimoiy-
ahamiyatli faoliyatda o‘z o‘rnini egallash istagi yuzaga keladi, ya’ni, bola yangi
ijtimoiy hissiyotni – “maktab o‘quvchisi o‘rnini”ni egallashga intiladi, bu esa 6-
7 yoshli bolalarning shaxsiy hamda psixik rivojlanishidagi eng muhim natija va
o‘ziga xosligi bo‘lib sanaladi.
6-7 yoshda bola o‘zini nafaqat uning o‘zi hosil qilgan amaliy harakatlar
chegaralarida anglay boshlaydi, balki u o‘zining atrof-muhitga va boshqa
kishilar orasidagi o‘z o‘rniga nisbatan munosabatlarini tushuna olish hamda
tahlil qila olishga (bu yosh uchun xos bo‘lgan shaklda) qobil bo‘ladi: o‘zini
ijtimoiy munosabatlar tizimidagi sub’ekt sifatida tushunish – o‘zining ijtimoiy
“Men”ini anglash paydo bo‘ladi.
O‘z-o‘zini baholash bu yoshdagi bolada qoidaga ko‘ra, o‘zini ko‘ra olish
tendensiyasiga ega bo‘ladi. Bunda bola tashqi baholashga juda bog‘liq bo‘ladi,
chunki u o‘zi haqida ob’ektiv fikrni tuza olish imkoniga ega bo‘lmaydi, u
o‘zining qiyofasini tengdoshlari va kattalar o‘z nomiga eshitgan baholardan
kelib chiqib tuzadi. Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar yaxshi, va birinchi
bo‘lishga jon-dili bilan intiladilar, muvaffaqiyatsizlikka uchraganda juda xafa
bo‘ladilar, kattalarning munosabati, kayfiyati o‘zgarib qolishiga yorqin va
emotsional ravishda reaksiya ko‘rsatadilar. Bu davrda bolalarning guruhda
taniqli va yoqimsiz bolalarga ajralib qolishlari aniq namoyon bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi ehtiyoji bo‘lib ham o‘z
tengdoshlar, ham kattalar bilan muloqoti sanaladi. Oldingi yosh davridagidek
yetakchi faoliyat bo‘lib syujetli-rolli o‘yinlar qolaveradi. Bu yoshdagi
o‘yinlarning o‘ziga xosligi bo‘lib shu narsa hisoblanadiki, bunda bolalar
kishilarning murakkab o‘zaro harakatlarini o‘zlashtirishni va uni amalga oshirib
ko‘rishni, atrof-muhitdagi asosiy hayotiy vaziyatlarni sinab ko‘rishni
boshlaydilar.
O‘yinlar murakkablasha boradi, ba’zan kattalar har doim ham tushuna
olmaydigan alohida mazmunga ega bo‘ladi. Bunda bolalar butun o‘yin
maydonini to‘la kuzatib turishga, o‘yindagi barcha ishtirokchilarni ko‘rib
turishga va zaruriy o‘yin harakatlariga bog‘liq bo‘ladigan o‘z xulq-atvori yoki
rolini o‘zgartirib turishga qodir bo‘ladilar.
Bu yoshdagi muloqot vaziyatli-shaxsiy, ya’ni, berilgan konkret vaqtdagi
vaziyatni emas, balki “nima bo‘ldi” yoki “nima bo‘ladi” tarzidagi vaziyatni aks
ettiruvchi sifatida bo‘ladi. Muloqotning asosiy mazmuni kishilar dunyosi, xulq-
ator qoidalari, tabiiy hodisalardan iborat bo‘ladi. Kattalar dunyo tabiatini
ochuvchi ijtimoiy me’yorlar, ijtimoiy kontaktlar va odamlar orasidagi
qoidalarning tashuvchisi bo‘lib sanaladi. muloqot jarayonidagi yetakchi ehtiyoj
– o‘zaro tushunish, his-tuyg‘ularni his qilish ehtiyojidir. Bola kattalar bilan
o‘zining ham ijobiy, ham salbiy yorqin kechinmalari bilan o‘rtoqlashadi. Ota-
onalar hamda pedagoglaning asosiy vazifasi bolaning emotsiyalarini ularning
bola hayoti uchun ahamiyatliligini kamaytirmagan holda qabul qilishdan
iboratdir.
Tengdoshlari bilan muloqotda bola yoshining quyidagicha namoyon
bo‘lishi ifodalanadi:
- muloqot tashabbusini boshlash;
- birinchi yaqinlik;
- biri-biriga, tan olinishga va hurmatga ehtiyoj;
- musobaqalashuv tarzidagi taqlid qilish;
- sherikka nisbatan yuqori sezuvchanlik (ranjish, qarshilik, janjal);
- guruhda bolalarning tutgan o‘rni bo‘yicha farqlanishi paydo bo‘ladi.
7 yoshlarga kelib bolada maktabgacha bo‘lgan yosh davri tugaydi. Bu
davrdagi asosiy ko‘nikmalar bo‘ilb quyidagilar sanaladi:
bola tomonidan odam turmush madaniyati predmetlari va narsalari dunyosining
o‘zlashtirilishi;
boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qila olish qobiliyati;
“maktab o‘quvchisi ichki hissiyoti”ning shakllanishi, ya’ni, ongli ravishda,
u nima qilish kerakligi va kattalar undan nimani kutayotganliklarini to‘la tushuna
olish bilan bolaning maktabga borish istagining paydo bo‘lishi.
Maktabgacha yoshda davomida bolalar narsalar dunyosini kishilik
madaniyatining predmetlari sifatida o‘zlashtiradilar; boshqa kishilar bilan
pozitiv muloqot qilishni o‘rganadilar; ularda jinsiy identifikatsiyalanish
rivojlanadi, maktab o‘quvchisi pozitsiyasi shakllanadi.
Maktabgacha bo‘lgan yosh oxiriga kelib bola endilikda bilishga doir va
shaxsiy rivojlanishning yuqori darajasiga ega bo‘lib, bu unga maktabda
keyinchalik muvaffaqiyatli o‘qishga imkon beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limida kompetentlilik yondashuvi
bolaning o‘suvchi shaxsini hayotga, shu jumladan, maktabda o‘qishga
tayyorlashni, unda ma’naviy qadriyatlar va me’yorlarni o‘zlashtirish, boshqa
kishilar bilan muloqot qilish, o‘z menini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan
hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘ladigan faoliyat usullarini
ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich asosiy kompetensiyalar faoliyat va xulq-atvor sub’ekti
sifatida bolaning yaxlit rivojlanishini talab qiladi.
Kommunikativ kompetensiya–muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda
foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda
tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon
uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish
mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va
olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni
hal qilish uchun foydalanish.
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitishga yondoshuvlar
O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning
rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari (O‘zR IMYoBRDT – 2018 y) ning,
“Ilk Qadam” Davlat o‘quv dasturining (2018 y), O‘zbekiston Respublikasida
maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasining joriy qilinishi,
boshlang‘ich maktab ta’limi Davlat ta’lim standartlarining qabul qilinishi o‘z
ortidan nafaqat ancha vaqtlardan beri mavjud bo‘lib kelayotgan maktabgacha
va boshlang‘ich ta’lim orasidagi izchillikni ta’minlash bo‘yicha ishlar tizimining
qayta ko‘rib chiqilishini keltirib chiqardi, balki pedagoglarga maktabgacha va
maktab ta’lim tizimini yangichasiga qayta tuzib chiqishga ham imkon berdi.
Maktabgacha ta’limdagi modernizatsion o‘zgarishlar tarbiyachilarga
maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish metodlari va shakllarini tanlab olish
erkinligini beradi. Zamonaviy o‘qitishning asosiy natijasi bo‘lib shu narsa
hisoblanadiki, bunga ko‘ra bola uning rivojlanishiga va hayotiy vaziyatlarda
qo‘llay olishiga qanchalik yordam bera oladigan nimalarni o‘zlashtirgani
e’tiborga olinadi. Pedagog tomonidan tanlab olingan o‘qitish shakllari
intellektual jarayonlarning shakllanishiga yordam berishi, masalalarni ijodiy hal
qilish uchun shart-sharoitlarni yaratishi, mustaqillikni va ma’suliyatni o‘rgatishi,
bolalarni o‘z xulq-atvorini boshqarishni mashq qildirishi lozimdir. Maktabgacha
ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lib sanaladi. U sog‘lom va
rivojlangan bola shaxsining shakllanishini ta’minlashi, tizimli o‘qitishga
tayyorlash bilan unda o‘qish-o‘rganishga intilishni uyg‘otishi zarur.
Maktabgacha ta’lim jarayonida ustivor model bo‘lib maktabgacha yoshdagi
bolalarning shaxsiy-yo‘naltirilgan o‘qitilishi va tarbiyalanishi hisoblanadi.
Bu berilgan standart ostiga “qayta yasalishi” va bo‘ysundirilishi emas, balki
shaxsning rivojlanishi, “uning qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilinishi”dir.
Shaxsiy yondashuv ta’lim jarayoni sub’ektlarining shaxsiy majburiyatlari
(funksiyalari) rivojlanishining to‘laqonli namoyon bo‘lishi uchun shart-
sharoitlar yaratilishini ko‘zda tutadi.
Shaxsiy funksiyalar – bu shaxs tomonidan “uyg‘un rivojlangan shaxs
bo‘lish”dek ijtimoiy buyurtmani amalga oshiruvchi ma’lum bir sifatlarning
namoyon qilinishidir.
Ta’lim jarayonini tashkil etish asosi sifatida shaxsiy yondashuv bola
shaxsining
jamoa
oldida
tan
olinishini,
unda
gumanistik
o‘zaro
munosabatlarning hosil qilinishini asosiy deb biladi. Mana shu munosabatlarga
bog‘liq holda bola o‘zini shaxs sifatida anglaydi va boshqa kishilarda
(tengdoshlari va kattalarda) ham shaxs sifatida ko‘rishni o‘rganadi. Har bir
bolaning shaxsiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish yo‘llari pedagogning
qadriyatli yo‘nalishlariga, ya’ni, uning xulq-atvorida ifodalanadigan moddiy va
ma’naviy qadriyatlarga, yo‘l-yo‘riqlar, ishonch-e’tiqod, moyilliklarga nisbatan
tanlama munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogning mahorati uning kasbiy faoliyatini yo‘nalishini belgilab beradi.
Pedagogning shaxsiy yondashuvi bolaga o‘zini shaxs sifatida anglashda hamda
imkoniyatlarini aniqlashga yordam ko‘rsatishini ko‘zda tutadi.
Bu shunday o‘qitishki, u bolaning yosh xususiyatlarini, uning qobiliyatlarini,
qiziqishlarini, ehtiyojlarini, tajribasini, maktabgacha ta’lim tashkilotiga
kelgunigacha oiladagi madaniyatni hisobga oladi, bu bolani o‘qitishdagi
maqsadlarga erishishida yordam beradi.
O‘qitish bolalar eng optimal ravishda qanday rivojlanayotganliklari va
o‘qiyotganliklarini bilishga asoslanishi kerak;
O‘qtishdagi muvaffaqiyat pedagogning bolalarni qanday qilib o‘qitish va
rivojlantirish metodlari hamda usullarini bilishiga bog‘liq bo‘ladi;
Pedagogning asosiy vazifasi bu bolaning potensialni aniqlashi va uning
rivojlantirilishiga yordam ko‘rsatish;
Maktabgacha ta’limning o‘ziga xosligi bolalikning qadr-qimmatini tushunish va
uni muddatidan oldin katta bo‘lib qolishga turtki bermaslik. Pedagog
quyidagilarni bilishi va yodda tutishi lozim:
- Bolalarni ular qanday bo‘lsalar, shunday qabul qilish.
- Bolalarga o‘qitish maqsadlariga erishishda ko‘maklashish.
- Bolalar nimalarga qodir ekanliklarini va ular o‘z yosh guruhlarida
qanday o‘qiyotganliklarini bilish tarbiyachiga o‘qitishni rejalashtirish
va tashkil etish uchun boshlang‘ich ma’lumotni berish.
- Agar pedagog barcha bolalarga bir xilda yondashadigan bo‘lsa, bola
muvaffaqiyat qozona olmaydi.
- Pedagog bolaning turli xil predmetlar bilan faoliyatini, uning turli xil
mashg‘ulotlarga
kirishib
ketganligini
doimiy
kuzatishi
kerak,
bolalarning qobiliyat, qiziqish va ehtiyojlarini bilib olishga intilishi
lozim.
- Bu axborotlar asosida pedagog rejalashtirishni amalga oshiradi va
bolaning rivojlanishida olg‘a siljishga erishi uchun o‘qitish metodlarini
moslashtiradi.
- O‘qitish bolalar endilikda nimalarni bilishlari va uddalay olishlarigagina
emas, balki ulardan yangi ko‘nikmalarni va yangicha tushunishni hosil
qilish yo‘nalishida ma’lum bir urinishlarni ham talab qilishiga
asoslanadigan bo‘lsa, eng samarali bo‘ladi.
- O‘qitish maqsadlari berilgan yosh guruhidagi ko‘pchilik bolalar uchun
realistik va erishiladigan bo‘lishi kerak. Bolalarga yangi hosil qilingan
ko‘nikmalarni amalda qo‘llashning ko‘plab imkoniyatlari taqdim
etilishi lozim.
Bolalar odatda yangi ko‘nikmalarni o‘z tashabbuslari bilan, masalan,
zinapoyadagi pog‘onalarni sanash kabi, amalda qo‘llaydilar.
Yangi ko‘nikma o‘z takomiliga yetkazilishi bilan bolalarga o‘rganishni davom
ettirish uchun yangi vazifalar kerak bo‘ladi. Lekin bu vazifalar ham realistik
bo‘lishi
zarur.
Pedagoglar
joriy
davrdagi
olg‘a
siljish
darajasini
belgilayotganlarida va keyingi qadamlarni rejalashtirayotganlarida dastur
maqsadlarini xotirada tutadilar. Maqsadlar qanchalik realistik ekanligi darajasi
individual bolaning rivojlanish darajasiga, oldingi tajribalarga, bilim va
ko‘nikmalarga, shu jumladan, o‘qitish ro‘y berayotgan kontekstga bog‘liq
bo‘ladi.
Katta yoshdagi bolalar pedagoglari har kuni bolalar qanday kitoblarni
o‘qishlari, kichik guruhlarga qancha kishini kiritish kerakligi, qanaqa savollarni
berish, boshqalar bilan o‘yinga kirishib keta olmayotgan bolaga qanday qilib
yordam berish bo‘yicha ko‘plab qarorlarni qabul qiladilar.
Boshqa
qarorlar
–
pedagoglar
rivojlantiruvchi
muhitga,
materillarni
joylashtirishga, kichik guruhlarda ishlash uchun bolalarni qanday qilib
taqsimlashga nisbatan qabul qiladigan qarorlardir.
Barcha vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlar sinchiklab ko‘rib chiqish va
rejalashtirish natijasi bo‘lib sanalishi kerak.
Pedagoglar tomonidan axborotlashtirilgan qarorlarni qabul qilish – barcha
kichik va muhim qarorlar axborotlashtirilgan holda, ya’ni, pedagog o‘z
kuzatuvlari (bolalarni kuzatish va ularning ota-onalari bilan suhbatlashish
natijasida tarbiyachilar har bir bolaning kuchli va kuchsiz tomonlarini,
shuningdek, qiziqishlarini bilib oladilar) asosida oladigan axborotlarga tayangan
holda qabul qilinishi lozim.
Pedagog diqqat qilishi lozim bo‘lgan omillar – bolani o‘qitish bo‘yicha qaror
qabul qilishda pedagogni yetaklashi lozim bo‘lgan uchta muhim omil mavjuddir.
Pedagoglarni bolalarni yosh xususiyatlarini bilishi, bolalarning yosh
xususiyatlariga mos holda ta’lim jarayonini tashkil etish imkonini beradi,
ishlarni rejalashtirish, qanday materiallar va mashg‘ulotlar xavfsiz,qiziqarli,
yetarlicha murakkab bo‘lishi bolalarning yaxshi rivojlanishi hamda
o‘qitilishiga yordam beradi. Bu omil yoshiga moslik deb ataladi.
Har bir individual bolaning kuchli va kuchsiz tomonlari, qiziqishlari va
ehtiyojlari
haqidagi
ma’lumotlarni
to‘plash
pedagoglarga
o‘qitishda
moslashtirilgan va individual variativ yondashuvlarni amalga oshirish hamda
samarali individuallashtirish imkonini beradi.
Bolaning uyidagi va o‘z hamjamiyatidagi turmushini shakllantiradigan
qadriyatlar, kutishlar, xulq-atvor va tilga doir o‘ziga xosliklarni o‘rganish
pedagoglarga bolalar uchun ma’noga ega bo‘lgan rivojlantiruvchi muhitini va
mashg‘ulotlarni tashkil etishga imkon beradi, ularning madaniyati bilan
taqqoslanadi va bolalarga hamda ularning oilalariga hurmat namoyish etiladi.
Rivojlantiruvchi yondashuv – bolaning tabiiy ravishda ulg‘ayishining
muhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yaratadigan rivojlantirishga
yo‘naltirilgan yondashuv.
Bu yondashuvga muvofiq bolalar:
- o‘yin jarayonida atrof muhit haqidagi ma’lumotlarni o‘zlashtirib, faol
ta’lim oladi;
- rivojlanishning qonuniy bosqichlarini bosib o‘tadi;
- hissiy
va
kognitiv(aqliy)
rivojlanishi
uchun
ijtimoiy
o‘zaro
munosabatlarga ehtiyoj sezadi.
- Har biri o‘ziga xos sur’atda, betakror shaxs sifatida rivojlanadi.
Individuallashuv – o‘ta muhim masala, chunki yondashuv qay darajada
individual bo‘lsa, har bir bola shu darajada mo‘ljaldagi ta’lim natijalariga
erishishining ehtimoli ortadi va shu tufayli dasturning amalga oshirilishi oson
kechadi, muayyan fan bilan bog‘liq muammolar kamayadi, o‘zlashtirilgan bilim
va ko‘nikmalar oshadi.
Individuallashtirish ta’lim jarayonini bolaning yosh xususiyatlari,
qobiliyati va talab - ehtiyojlari bilan moslashtirish imkoniyatini beradi. Bu
jarayonda bolalarning bilim doirasi kengayib, o‘ziga nisbatan hurmati oshadi.
Ularda yanada murakkabroq masalalarni hal etishga tayyorgarlik hissi paydo
bo‘ladi.
Pedagog o‘zgaruvchan vazifalar va faoliyatning qiziqarli turlarini
rejalashtirishi, bolalarni diqqat bilan kuzatishi, zarur hollarda, material va
vazifalarni almashtirishi va moslashtirishi lozim. Bolalarni kuzatish va ota-
onalar bilan suhbat natijasida pedagoglar har bir bolaning kuchli va zaif jihatlari
hamda qiziqishlarini o‘rganadi. Pedagogik strategiya – bu bolalarning qo‘yilgan
maqsadlarga erishishiga yordam beradigan pedagog qo‘llaydigan muayyan
uslublar yig‘indisi. Uning asosini bolaning qiziqishlari, uning kuchli va zaif
jihatlari, ta’lim uslubi, yosh xususiyatlari va shaxsiy sifatlarni e’tiborga olish
tashkil etadi.
Bu faollikning har-xil turlari bilan to‘ldirilgan ta’lim jarayonini amalga oshirish
bo‘lib, u funksionallik, bolalar uchun qo‘llanmalar va materiallarning
ommabopligi, ko‘p bo‘g‘inlilik (turlicha rivojlanish darajasiga ega bolalarning
o‘z-o‘zini yuzaga chiqarishlarini ta’minlaydi) va ko‘p funksionallilik
(bolalarning har xil faoliyat turlariga jalb etilishini ta’minlaydi) bilan ajralib
turadigan rivojlantiruvchi muhitning ratsional tashkil etilishini talab qiladi. Bu
ayniqsa, katta maktabgacha yoshdagi bolalarning mazmunli mustaqil faoliyati
uchun o‘ta muhimdir.
Guruh xonasida bolalarning o‘z qiziqishlari bo‘yicha erkin mustaqil faoliyat
uchun maydoncha ajratiladi. Bu syujetli o‘yin, tajriba va sinovlarni o‘tkazish,
stol ustidagi va didaktik o‘yinlar, konstruksiyalarni yasash, qo‘l mehnati va
badiiy faoliyat uchun ajratilgan past stellajlar, shkafchalar, shuningdek, kitoblar
va albomlarni bemalol tomosha qilish, o‘qish mumkin bo‘ladigan kitoblar
burchagi bo‘lishi mumkin.
Guruh xonasining jihozlanishi o‘z ichiga bolalarning ko‘z bilan yaxshi ko‘ra
oladigan, yaqin kelib, ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladigan balandlikda osilgan
yarim sharlar xaritasini, O‘zbekiston xaritasini, globuslarni, harakatlanadigan
ikki tomonlama yozuv taxtasini olishi lozim bo‘lib, ulardan rasm chizish, yozish
uchun mashg‘ulotlarda hamda sxemalarni, illyustrativ materiallarni va shu
kabilarni namoyish qilish uchun stend sifatida foydalanish mumkin. Yozuv
taxtasidan barcha bolalar har doim foydalana oladigan bo‘lishi kerak.
Guruhlar xonalaridagi stenlarda va foyeda bolalarning ishlari ekspozitsiyalarini,
shuningdek, ular mashg‘ulotlarda katta yoshlilar bilan birgalikda tayyorlagan
jadvallar, pannolar va shu kabilarni joylashtirish imkoniyatini ko‘zda tutmoq
kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotchi hududidagi guruhlardagi holat shunday
yaratiladiki, bunga ko‘ra u bolaning tanlovni mustaqil amalga oshirishi imkonini
berishi lozim. Har bir guruhning xonasi bi nechta markazlarga ajratilishi mumkin
bo‘lib, ularning har birida o‘rganish va o‘ynash, tajriba va sinov o‘tkazish,
boshqa bolalar va kattalar bilan o‘zaro harakat qilish uchun yetarlicha
miqdordagi materiallar mavjud bo‘ladi. Har xil guruhlarda markazlardagi
to‘plamlar bolalarning yoshi, qiziqishlari, ehtiyojlariga bog‘liq holda turlicha
bo‘lishi, vaqt o‘tishi bilan ular almashtirilishi, bir markaz boshqasiga
transformatsiyalanishi mumkindir. Masalan, syujetli-rolli markazi bir vaqtning
o‘zida tasviriy faoliyat markazi bo‘lishi, boshqa vaqtda esa kitoblarni tomosha
qilish va o‘qish markazi bo‘lishi mumkin. Lekin kitoblarni toza havoda ham
o‘qish mumkin, shuning uchun maktabgacha ta’lim markazi hududini ham
rivojlantiruvchi muhitning muhim tarkibiy qismi sifatida olib qarash kerak
bo‘ladi. Maktabga tayyorlash bo‘yicha guruhlarda 5 tadan kam bo‘lmagan turli
xil faoliyat markazlarini ko‘zda tutish tavsiya qilinadi1.
Mahalliy xudud (mahalla)ning resurslarini ham yoddan chiqarmaslik lozim,
shuning uchun pedagog bolalar bilan muzey, park, fermaga, tomorqaga
sayohatlarni tashkil etishi, mehmonga chaqirishni rejalashtirishi lozim bo‘ladi.
Dastur rivojlantiruvchi muhit deganda nafaqat maktabgacha ta’lim tashkiloti
xonalarini, balki unga yondosh hududlarning, shuningdek, mahalliy xudud
(mahalla)ning resurslarining ham tushunilishini taklif qiladi.
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra (K. Groos, V Shtern, F. Bontendayk, J. Piaje,
E.Erikson, L. Vыgotskiy, D.B. Elkonin i dr.), o‘yin kichik bolalar hayotining
muhim qismi bo‘lib, o‘yin bilan rivojlanish uzviy bog‘liq jarayonlardir.
Ekspertlarning
fikricha, «O‘yin
bolalarga bilim
doirasi
va harakat
ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni qurshab odamlar dunyosi va undagi o‘zining
o‘rnini anglash uchun zarur» (Frost i Yakob, 1995g.). O‘yin jarayonida bolalar
hamkorlik qilishga o‘rganadi, qoidalar bilan tanishadi va yangilarini ishlab
chiqadi, o‘ziga va boshqalarga baho berishi ko‘nikmalarini rivojlanadi, shaxsiy,
jismoniy, intellektual va ijtimoiy muammolarni hal etadi.
«Ilm yo‘li»variativ dasturi kuzatish va izlanish, tajriba o‘tkazish va loyihaviy
faoliyat kabi muhim turlarlarning ahamiyatini inkor etmagan holda, faoliyatning
yetakchi turi – o‘yinga pedagoglarning diqqat-e’tiborini jalb etadi. Aynan o‘yin
1“Билимлар йўли” Вариатив дастурига 9-илова, “Ривожланиш марказларини самарали
ташкил этиш бўйича методик тавсиялар”.
jarayonida ma’lum darajada faoliyatning mazkur turlarining barchasida albatta
ishtirok etadi.
Inklyuziv ta’lim – ta’lim-tarbiyaning mutlaqo yangi tizimi. Bu hol pedagog
tomonidan ta’lim jarayoninini tashkil etishda har bir bolaning fiziologik va ruhiy
rivojlanishi, ayniqsa, o‘ziga xos bolalarning individual xususiyatlarini e’tiborga
olinishini anglatadi
«Ilm yo‘li» variativ dasturi mualliflarining nazarida, maktabgacha ta’lim
tashkiloti ta’lim-tarbiya vazifasini amalga oshirish bilan birgalikda, bola hayotiy
faoliyatining asosiy sohasi hamdir. Shu munosabat bilan, mazkur dasturda
aynan pedagog har bir bolaning ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish
huquqini ta’minlashi lozim degan g‘oyani ilgari suradi.
Bu jarayonda bolalarning zaif toifasiga alohida e’tibor talab etiladi. Jamoada
bolalar bir-biri bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga, jinsi, irqi, millati, madaniyati, tili,
e’tiqodi, yoshi, alohida talab-ehtiyojlari, oilaning tuzilishi va uning ijtimoiy-
iqtisodiy holatidan qat’i nazar, boshqa kishilar bilan do‘stona munosabatlar
o‘rnatishga o‘rganadi.
«Ilm yo‘li» variativ dasturi inklyuziv ta’limning quyidagi tamoyillariga
tayanadi:
- Insonning qadr-qimmati uning qobiliyati va erishgan yutuqlari bilan
belgilanmaydi;
- Har bir inson his etish va fikr yuritishga qodir;
- Har bir inson muloqot yuritishga va uning fikrlari e’tirof etilishiga
haqlidir;
- Barcha kishilar bir-biriga ehtiyoj sezadi;
- Chinakam ta’lim muayyan o‘zaro munosabatlar doirasidagina amalga
oshirilishi mumkin;
- Barcha insonlar qo‘llab-quvvatlashga va tengdoshlar bilan do‘st
bo‘lishga ehtiyoj sezadi;
- Ta’lim olayotganlar uchun ijobiy yutuqlarga erishish qo‘lidan
kelmaydigan ishdan ko‘ra, uddalay oladigan ishda ko‘proq namoyon
bo‘ladi;
- Rang-baranglik inson hayotini boyitadi;
- Bir-birimizdan farq qilishimiz va har birimiz individual shaxs
ekanimizni tan olish;
- Rivojlantiruvchi dasturlarning individuallashuvini ta’minlash, ya’ni
dasturlarni har bir bolaning birgalikdagi faoliyat doirasidagi talab-
ehtiyojlari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti va majburiy bir yillik
maktabga tayyorlov guruhlarning umumiy maqsadlarini e’tiborga olgan
holda tuzish;
- Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning o‘qishini, ularning rivojlanishi va
maktabgacha ta’lim tashkiloti hayotida faol ishtirokini qo‘llab-
quvvatlash borasida qimmatli uslubiy tajriba to‘plash;
- Barcha bolalar bir xil taqdirlanishi lozim;
- Yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan umumiy o‘quv rejasidan foydalana
olish
imkoniyatini
yaratadigan
ta’limning
differensiyallashgan
strategiyalariga tayanish;
- Maktabgacha ta’lim tashkiloti va qisqa muddatli guruhlarni bolaning
talab-ehtiyojlariga uzluksiz moslashuvini ta’minlash;
- bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlash bo‘yicha guruhlar va
maktabgacha ta’lim tashkilotining bolaning talab-ehtiyojlariga doimiy
moslashtirilishini ta’minlash.
Inklyuziv ta’lim prinsipial jihatdan yangicha tizim bo‘lib sanaladi. Bu
shuni anglatadiki, bunda pedagoglarga ta’lim jarayonini tuzib chiqishda alohida
olingan bolaning, ayniqsa, notipik rivojlanishga ega bolalarning fiziologiyasi va
psixikasi rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladigan individual o‘ziga xosliklarini
hisobga olishlari kerak bo‘ladi
O‘quv-tarbiya faoliyati “O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” asosida
amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni o‘quv yillari
bo‘yicha tashkil etadiladi2.
O‘quv yili har yilning 2 sentyabridan boshlanadi va 31 maygacha davom etadi.
To‘liq va noto‘liq tayyorlov guruhlari o‘quv-tarbiyaviy jarayonni haftasiga 15
soatdan kam bo‘lmagan hajmda tashkil etiladi.
6-7 yoshli bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruhlar
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bazasida, maktablarda, mahalliy
xududlar (mahallalar)da, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim
xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar bazasida, shu jumladan, oilaviy
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilishi mumkin.
Mazkur guruhlardagi bolalarning ro‘yxati maktabgacha ta’lim tashkiloti
joylashgan hududga biriktirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlari
hovlima-hovli,
xonadonma-xonadon
yurib,
ko‘rib
chiqishlari
orqali
shakllantiriladi.
2 “Илм йўли” Вариатив дастурига 1-илова, “Бошланғич таълимга болаларнинг
мажбурий йиллик тайёрлаш бўйича гуруҳларда ишловчи педагоглар учун тавсиялар”.
II bob. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash
bo‘yicha guruhlardagi 6-7 yoshli bolalarning o‘qitish samaradorligini va
rivojlanishi taraqqiyotining baholanishini o‘tkazish muddatlari
2.1. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha
guruhlardagi 6-7 yoshli bolalarning o‘qitish samaradorligini va rivojlanishi
taraqqiyotining baholanishini o‘tkazish muddatlari
Bola rivojlanishi xaritasini to‘ldirish uchun o‘z ichiga uchta siklni –
dastlabki (o‘quv yili boshidagi), oraliq va yakuniy kuzatishlarni oluvchi kuzatish
amalga oshiriladi.
Dastlabki kuzatish o‘quv yili boshida – taxminan sentyabr oyi davomida
o‘tkaziladi. Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi,
shu vaqtga kelib uning yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi o‘z diqqatini ta’lim
sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud muammolarga qaratadi, bolaning qaysi
sifatlarini qo‘llab-quvvatlash kerakligini, har bir bola uchun qaysi vazifalar
dolzarb ekanligini aniqlaydi. Bundan so‘ng berilgan vaqt davomida bolaning
yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanishi xaritasini to‘ldiradi.
Oraliq kuzatish yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar oylari) o‘tkaziladi. Bu
kuzatishning maqsadi bo‘lib bolaga nisbatan tanlab olingan metodikaning
to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilash sanaladi. Mazkur
kuzatish natijalari bo‘yicha tarbiyachi boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda
zarur vaziyatlarda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritishi mumkin.
O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatishni
o‘tkazadi. Yakuniy kuzatish asosida belgilangan vazifalar qanchalik
bajarilganiligi baholanadi, mazkur bolaning rivojlanishida kutilayotgan
natijalarni hisobga olish bilan pedagogik jarayonning kelgusi maqsadlari
belgilanadi/to‘liq kunlik qatnash guruhida ishtirok etishni hisobga oilsh bilan
yozgi davr uchun individual ishni olib borish belgilanadi.
- Kuzatishni o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga rioya qilish tavsiya
qilinadi:
- kuzatish bola uchun odatiy vaziyatlarda amalga oshiriladi va bolaga
yordam ko‘rstishga yo‘naltiriladi;
- kuzatish bolaning rivojlanishi haqida yanada ob’ektiv tasavvur yuzaga
kelishi uchun ikki haftadan kam bo‘lmagan (yoki bir oy davomida)
tarzda o‘tkaziladi;
- tarbiyachi bola haqidagi axborotlarni ota-onalar va tashkilotining
boshqa xodimlari bilan bo‘lgan suhbatlardan ham olishi mumkin;
- tarbiyachi bolaning moyilliklariga, qiziqishlariga, uning muloqotdagi va
bilishdagi o‘ziga xosliklariga o‘z diqqatini qaratishi lozim.
O‘quv yili yakunida tarbiyachi bolalar tomonidan o‘quv dasturini
o‘zlashtirish darajasi haqida yakuniy pedagogik kengashga hisobot yozdai va
bolalar bilan kerakli natijaga erishilmagan ko‘rsatkichlarda to‘xtalib o‘tadi,
buning bajarilmasligi sabablarini (ayrim metodikalarni egallamaganlik,
adabiyotlar va tarqatma materiallarning kamligi, guruh texnik vositalar bilan
kerakli darajada ta’minlanmagan, bolaning kasalligi va kelmasligi bo‘yicha, ota-
onalarning faol emasliklari va h.k.) ko‘rsatadi.
Bola rivojlanishining dastlabki bosqichlarida oilaning tutgan o‘rni
beqiyosdir. Bolalar oilada tarbiyalanadi va unda yuz beradigan voqealar ularga
juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
- Kichkina bolalar oilaga juda bog‘lanib qolgan bo‘ladi, chunki oila:
- Ularning jismoniy jihatdan barkamol bo‘lishini, ovqat, kiyim-kechak,
uy-joy bilan ta’minlaydi, sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qiladi;
Ularning hissiy bardamligini, jumladan, mehr ko‘rsatadi, qo‘llab-quvvatlaydi,
nimaning yaxshiligi, nimaning yomonligini doimo eslatib turadi. Ularning
rivojlanishi shart-sharoitlarini ta’minlaydi.
Pedagoglar bolaning dastlabki tabiyachisi sifatida oilaning yetakchi rolini
tan olishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich majburiy bir yillik
maktabga tayyorlov guruhga kelgunga qadar oila bolaga madaniyatni, muhim