Infuzoriyalilar tipi klassifikatsiyasi va asosiy vakillari
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
30,2 KB
Infuzoriyalilar tipi klassifikatsiyasi va asosiy vakillari
R E J A
1. Infuzoriyalar (Ciliophora) tipi, muhim vakillari.
2. Bir hujayrali hayvonlar filogeniyasi
3. Infuzoriyalar klassifikatsiyasi.
Infuzoriyalar bir hujayrali hayvonlar ichida murakkab tuzilgan guruh bo’lib
hisoblanadi. Infuzoriyalar quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi.
1. Barcha infuzoriyalar tanasi kipriklar bilan qoplanadi. Kipriklar ba’zi bir
vakillarida bir xil uzunlik va qalinlikda bo’lsa, boshqa vakillarda har xil uzunlik va
shaklda bo’ladi.
2. Hamma infuzoriyalarda tuzilishi va bajaradigan vazifalariga ko’ra bir-
biridan farqlanadigan ikkita katta va kichik yadro bo’ladi.
3. Infuzoriyalarda jinsiy ko’payish konyugatsiya deyiladi. Konyugatsiya
paytida ikkita infuzoriya yaqinlashib bir-birlari bilan yadrolarini almashtirib oladi.
4. Infuzoriyalarda juft qisqaruvchi vakuollar mavjud.
5. Infuzoriyalar kiprikli va so’ruvchi infuzoriyalar sinfiga bo’linadi.
1 sinf. Kiprikli infuzoriyalar (Ciliata) sinfi.
Bu sinfga mansub infuzoriyalar gavdasi turli shakl va kattalikdagi kipriklar
bilan qoplangan bo’ladi. Kipriklar ularning hayotining barcha davrlarida saqlanib
qoladi. Sitoplazmasi tashqi - ektoplazma, ichki endoplazmaga ajraladi. Ektoplazma
tashqi tomondan pishiq pellikula bilan o’raladi. Pellikula ikki qavatli bo’lib, har
qaysi qavati ikki qavat membranali bo’ladi. Membranalar orasi ochiq holda turadi.
Pellikula sirti turli shakllar hosil qiluvchi yo’g’on katakchalarga bo’linadi. Bu
katakchalar pellikula sirtini panjaraga o’xshab o’rab turadi. Pellikuladagi tolalar
tayanch vazifasini bajaradi va infuzoriyalarnng tashqi shaklini muayyan ko’rinishga
kiritib turadi. Pellikulada kipriklar, trixosistalar, tolalar joylashadi.
Kipriklar infuzoriyalarning suvda harakatlanishi, ozuqani endoplazmaga
haydab
berish
vazifasini
bajaradi.
Kipriklar
ektoplazmada
joylashgan
kinetosomalardan
boshlanadi.
Kipriklarning
ko’ndalang
kesimi
elektron
mikroskopda tekshirib ko’rilganda ularning markazda ikkita, chetlarda esa 9-ta
qo’shaloq bo’lib joylashgan tolalardan tuzilganligi ko’rinadi. Ba’zi hollarda bir-
birlariga yaqin joylashgan kipriklar birlashib sirrini hosil qiladi. Sirrilar go’yo tanada
mo’yqalamga o’xshab turadi. Agar bir yoki ikki qator kipriklar o’zaro birlashsa
membrana hosil qiladi.
Ko’pchilik
infuzoriyalar
ektoplazmasida
kalta
tayoqchaga
o’xshash
tanachalar-trixosistalar joylashadi. Trixosistalar himoya vazifasini bajaradi. Suvning
tarkibi o’zgarib qolishi, yirtqich hayvon hujum qilishi trixosistlarni tashqariga otilib
chiqishiga olib keladi. Yirtqich infuzoriyalar trixosistlari o’ljani falajlash
xususiyatiga ega. Infuzoriyalar turli bakteriyalar, suv o’tlari bilan oziqlanadi. Ayrim
vakillari esa yirtqich, tekinxo’rlik bilan hayot kechiradi.
Infuzoriyalar tanasida og’iz bo’lib uning atrofida ko’plab kipriklar bo’ladi.
Kipriklar og’izga suvdagi bo’lgan turli oziq mahsulotlarini haydab beradi. Og’iz
teshigi ektoplazma va endoplazma chegarasida joylashgan halqum bilan bog’lanadi.
Halqumga kelib to’planib qolgan ovqatlik hazm shirasi bilan o’ralib ovqat hazm
qilish vakuoli hosil qiladi. Tufelkaning ovqat hazm qilish vakuollari har 1,5- 2 daqiqa
ichida hosil bo’lib turadi. Bu vakuol ichida ovqatlik asta parchalanib tanaga singadi.
Yirtqich infuzoriyalar og’iz teshigi faqat o’lja yutilishidan oldin ochiladi.
Ularning halqumi pishiq elastik tayoqchalar bilan ta’minlangan bo’ladi.
Ektoplazma va endoplazma chegarasida qisqaruvchi vakuola bo’ladi.
Qisqaruvchi vakuola markaziy rezervuar va unga olib keluvchi 5-7 ta yig’uvchi
kanallar sistemasidan tuziladi. Kanallar tanadagi keraksiz suyuq mahsulotlarni
markaziy rezervuarga olib keladi. Rezervuarning qisqarishi bilan suyuqlik tanadan
chiqarib yuboriladi.
Qisqaruvchi vakuollarning ishi, ularni to’planadigan keraksiz suyuq
chiqindilar miqdori suvning sho’rlanish darajasi va haroratiga bog’liq bo’ladi. Suvda
qancha tuz ko’p erigan bo’lsa qisqaruvchi vakuol ham shunga bog’liq holda ishlaydi.
Qisqaruvchi vakuol 40-50 minut davomida infuzoriya tufelka gavdasi hajmiga teng
keladigan miqdorida keraksiz suyuqliklarni tanadan chiqarib tashlaydi.
Infuzoriyalarning
endoplazmasida
xromotinga
boy,
yumaloq
yoki
loviyasimon, tuxumsimon shakldagi katta yadro-makronukleus, bitta yoki bir necha
mikronukleus
joylashadi.
Makronukleus
tarkibidagi
DNK
miqdori
mikronukleusdagi DNK miqdoridan yuzlab, minglab darajada ko’p bo’ladi.
Makro va mikronukleuslarning farqlari faqatgina katta kichiklikdagina emas
balki bajaradigan vazifalarida ham yaqqol ko’rinadi. Makronukleus vegetativ yadro
bo’lib, mikronukleus irsiy belgilarini o’zida saqlab qolib turuvchi joy hisoblanadi.
Kiprikli infuzoriyalar jinssiz va jinsiy ko’payadi. Jinssiz ko’payishda katta
yadro xromosomalari (mitoz orqali) ikki hissa ko’payadi. Xromosomalar
ingichkilashadi. Yadro cho’zilib o’rtasi ingichkalashadi. Xromosomalar yangitdan
hosil bo’layotgan yadrolarga tarqaladi. Mikronukleus esa mitoz yo’li bilan ikkitaga
bo’linadi. Shundan so’ng infuzoriya tanasi ko’ndalangiga ikkiga bo’linib ketadi.
Konyugatsiya jinsiy ko’payishdir. Bunda ikkita infuzoriya bir-biriga yaqin
kelib, qorin tomonlarida teshik hosil bo’ladi. Bu joyda har ikkala infuzoriya orasida
sitoplazmatik ko’prik paydo bo’ladi. Bu ikki infuzoriyaning katta yadrolari tanaga
so’rilib ketib, kichik yadrosi to’rttaga bo’linadi.Natijada gaploid sonli yadrolar hosil
bo’ladi. Bulardan uchtasi sitoplazmaga singib ketib, bittasi qoladi. Qolgan yadro
yana bo’linib statsionar va ko’chib yuruvchi yadrolarga aylanadi. Sitoplazmatik
ko’prik orqali har ikkala infuzoriya ko’chib yuruvchi yadrolarini almashtirishadi.
Natijada har qaysi infuzoriyada diploid xromosomali bitta yadro shakllanadi.
Shundan so’ng birikkan infuzoriyalar ajrab ketishib, ular yana konyugatsiyadan
keyin jinssiz ko’payishga o’tadi.
Infuzoriyalar ichida ko’pchiligi chuchuk suvlarda, dengizlarda plankton va
bentos yo’l bilan yashovchi infuzoriyalar anchagina bor, erkin holda yashaydi.
Plankton yashovchi infuzoriyalar suvda osilib yashasa, bentos xolda yashovchilari
suv tubida o’rmalab hayot kechirishadi.
Infuzoriyalar ichida erkin yashovchilari bakteriyalar, chiriyotgan o’simlik
qoldiqlari va bir hujayrali suv o’tlari bilan oziqlanishadi. Infuzoriyalar ichida haqiqiy
o’txo’rlari ham bor.
Masalan, Nassula ornata faqat ipsimon ko’k-yashil suv o’tlari bilan oziqlanadi.
Erkin yashovchilar ichida yirtqichlari ham bor. Bularga didiniyni ko’rsatish mumkin.
Didiniylar o’zlaridan ancha katta bo’lgan tufelkalarga ham tashlanib ular bilan
oziqlanishadi. Infuzoriya tufelka suvda bo’lgan bakteriyalarni xush ko’rib yeydi.
Tekinxo’r infuzoriyalar turli hayvonlarning tashqi va ichki a’zolariga yopishib
hayot kechiradi. Tekinxo’rlarning gavdasida turli o’siqlar, ignalar hamda skelet
plastinkalari bo’lishi bilan xarakterlanadi. Tekinxo’r infuzoriyalari Entodinamorpha
turkumiga mansub jonivorlarni ko’rsatish mumkin. Bular ko’pincha tuyoqli
hayvonlarda tekinxo’rlik qilishadi. Ayniqsa qoramollarning oshqozonining har bir
sm 3 da 2 millionga yaqin infuzoriyalar bo’lishi harakterlidir. Bu infuzoriyalr hayvon
ovqatida bo’ladigan va hazm bo’lishi qiyin sellyulozani parchalaydi.
Baliqlar terisida teng kiprikliklar turkumiga mansub ixtiofitirius yashab,
oqibatda baliqlarga jiddiy zarar etkazadi. Bu jonivor zog’ora, do’ngpeshona, oq amur
kabi baliqlarning suzgich qanotlari, jabralarida yashaydi. Ixtioftirius keng tarqalgan
bo’lganligidan ko’plab suv havzalaridagi baliq chavoqlarini kuchli zararlab ularni
qirilib ketishiga sabab bo’ladi. Teng kipriklilarning ichida tekinxo’rlik bilan hayot
kechiruvchilar qatoriga balantidiy (Balantidium coli) kiradi. Bu jonivor odamlarning
yo’g’on ichagida yashab u kolit kasalini keltirib chiqaradi. Balantidiy tuxumsimon
shaklda bo’lib, uzunligi 30-150 mikron keladi. Tanasi qalin kipriklar bilan o’raladi.
Tanasining oldingi tomonida ancha yirik, kuchli kipriklar bo’lib, ozuqa
mahsulotlarini og’ziga haydab beradi. Balantidiy ichakning devori ichiga kirib qizil
qon hujayralari bilan oziqlanadi. Oqibatda ichak devori buzilib, odamdan qon keta
boshlaydi. Balantidiy sog’lom odamga sistalari orqali yuqadi. Sistalar esa kasal
odam axlati bilan doimo tashqariga chiqib turadi. Balantidiy bilan cho’chqalar ham
zararlanadi.
Infuzoryalar tipi klassifikatsiyasida turli adabiyotlarda har xil ma’lumotlar
beriladi. Masalan,
V. Dogel (1981) kiprikli infuzoriyalarni quyidagi
1. Kinetofragminophora
2. Oligohymenophora
3. Polyhymenopfora kabi turkumlarga ajratadi.
O. Mavlonov, Sh. Xurramov va Z, Norboyevlar (2002) esa kiprikli
infuzoriyalarni teng, spiral, doira kipriklilar kabi kenja sinflarga ajratishadi. Biz
kiprikli infuzoriyalarni ikkinchi guruh mualliflar taklif etgan tizim bo’yicha
o’rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
1. Teng kipriklilar (Holotricha) kenja sinfi.
Sodda tuzilgan, keng tarqalgan infuzoriyalarni o’z ichiga oladi. Gavdalari
ko’pincha bir xil uzunlik, kattalikdagi ko’p sonli kipriklar bilan qoplanadi.
Ko’pchilik teng kipriklilarning yaxshi rivojlangan og’iz teshiklari bo’ladi. Bu kenja
sinf vakillarining aksariyati erkin holda yashaydi. Bular suv o’tlari, bakteriyalar,
organik zarralar bilan oziqlanishadi. Infuzoriya tufelka -Paramaecium caudatum ham
shu kenja sinf vakili hisoblanadi. Undan tashqari, kavsh qaytaruvchi hayvonlar
oshqozonida simbioz yashaydigon entodinomorfa, baliqlarda tekinxo’rlik qiluvchi
ixtioftirius, odamlar ichagida yashaydigan balantidiy kabilar ham shu kenja sinf
vakillaridir.
Kam kipriklilar (Oligotricha) turkumi vakillarida kipriklar faqat og’iz
yonidagi membranellalardan iborat bo’ladi. Ularning tanasi konussimon chig’anoq
ichida joylashadi. Bu turkumning barcha vakillari dengizda plankton tarkibiga kiradi
Doira kipriklilar (Pyeritricha) kenja sinfi vakillari o’troq, koloniya uzun
poyachasi yordami bilan o’simliklar, qisqichbaqasimonlar tanalariga, mollyuskalar
chig’anoqlarga yopishib hayot kechiradi. Kipriklari uch qator bo’lib og’iz atrofini
o’rab turadi. Ko’pchiligi bakteriyalar bilan oziqlangani tufayli suvlarni tozalanishida
ahamiyatga ega bo’lishadi. Bu turkumga suvoykalar-Vorticella vakil bo’ladi.
Suvoykalar yakka yashaydi. Tanasi qo’ng’iroqsimon gulga o’xshash bo’lib u uzun
qisqaruvchi ip orqali substratga birikadi. Suvoyka erkin suzib yuruvchi stadiyasi
orqali suvlarda tarqaladi.
Doira kipriklilar ichida koloniya bo’lib yashovchilari ham uchraydi. Bunga
Zoothmanium arbuscula misol bo’ladi. Zootmaniyaning tanasida 8-9 shoxchalari
bo’lib har bir shoxchasida ko’plab mayda va yirik individlar joylashadi. Yirik
individlar kipriklar hosil qilib, umumiy poyadan ajrab chiqadi va shu yo’l orqali u
tarqab ketadi. Shunday qilib koloniyada indvidlar o’rtasida xilma-xillik paydo
bo’ladi. Doira kipriklilar ichida ba’zi vakillari daydib suzib yurishadi. Bularga
baliqlarda tekinxo’rlik qilib yashovchi trixodina misol bo’ladi.
2-kenja sinf.
So’ruvchi infuzoriyalar - Suctoria
So’ruvchi infuzoriyalarning kipriklari mutlaqo bo’lmaydi. Bular tekinxo’r va
yirtqich holda yashaydilar. Tekinxo’r holda hayot kechirish munosabati bilan bu
infuzoriyalarda kiprikli infizoriyalarda uchrovchi organlar og’iz, halqum, oziq hazm
qilish vakuollari bo’lmaydi. Bu infuzoriyalar turli hayvonlar tanasiga yopishib o’zini
so’ruvchi
paypaslagichlari
bilan
oziqlanadi.
So’ruvchi
paypaslagichlar
protoplazmatik nay va kanalchadan iborat bo’lib u infuzoriya endoplazmasi bilan
birikadi. Biror kiprikli infuzoriya yoki xivchinlilardan suzib ketayotib shu so’ruvchi
paypaslagichga tegib ketgan hamoni so’ruvchi kanalga yopishib qoladi. O’lja
infuzoriya suzuvchi kanalga tekkan yeridan erib sitoplazmasi yirtqich infuzoriya
endoplazmasiga oqib o’tadi. So’ruvchi infuzoriyaga vakil qilib chuchuk suvlarda
yashovchi Dendrocometos raradoxus ni ko’rsatish mumkin. So’ruvchi infuzoriyalar
jinssiz ko’payadi. Bu ko’payish tashqi yoki ichki kurtaklanish yo’li bilan boradi. Ona
organizmidan hosil bo’lgan kurtak suvga ajralib tushib bir qancha vaqt suzib yuradi.
Bular daydichalar deyilib, kiprikchadan iborat kamari bo’ladi. Keyin ular substratga
yopishib kipriklarni yo’qotadi va katta infuzoriyaga aylanadi.
Hаyvоnоt dunyosi evоlyutsiyasidа bir hujayrali hаyvоnlаr eng аvvаl pаydо
bo’lgаn vа tubаn tuzilgаn hаyvоnlаr hisоblаnаdi. Evоlyutsiya jаrаyonidа bu
hаyvоnlаrning tuzilishi tоbоrа murаkkаblаshа bоrgаn. Хilmа-хil yashаsh muhitigа
mоslаnishi nаtijаsidа turlаr sоni hаm оrtа bоrgаn. Bir hujаyrаlilаrning (mаsаlаn,
infuzоriyalаrning) prоgrеssiv yo’l bilаn rivоjlаnishi hоzir hаm dаvоm etmоqdа.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Infuzoriyalar tipga xos umumiy xususiyatlar nimalardan iborat?
2. Kiprikli infuzoriyalarning hujayrasidagi asosiy organoidlari va ularning
vazifalarini tushuntiring.
3. Infuzoriyalarning konyugatsiyasi qanday o’tadi?
4. Infuzoriyalarning klassifikatsiyasi haqida so’zlang.
5.Darslikdagi 20-rasmdan foydalanib infuzoriyalarni xilma-xilliklarini ko’rib
chiqing. Infuzoriyalar tanasidagi asosiy organellalarni toping.
6. Kiprikli infuzoriyalarning asosiy turkumlari va vakillari haqida nimalar bilasiz?
7. So’ruvchi infuzoriyalarnng yashash tarziga mos tuzilish xususiyatlari haqida
fikrlaringiz.
8. Darslikning 86-sahifasidagi (S-37) test topshiriqlariga javoblar bering. To’g’ri
javoblaringizni baholang.
Glossariy
1. Infuzoriya (инфузория) - yunonchadan olingan bo'lib pichan ivitmasi degan
ma'noni anglatadi.
2. Makronuleus (макронуклеус) - xromatinga boy, yumaloq yoki loviyasimon,
tuxumsimon shakldagi katta yadro.
3. Mikronukleus (микронуклеус) - kichik yadro.
4. Trixosista (трихосиста) - himoya vazifasini bajaruvchi organ.
5. Konyugatsiya (спряжение)-(lot. conjugatio — qoʻshilish) -infuzoriyalarda —
jinsiy yadrolarning almashinishi va ularning juft boʻlib qoʻshilishi.
6. Vakuolalar (вакуоль) - (Vakuole, lot. vacuus — boʻsh) — oʻsimlik va
hayvonlar hujayrasida ichi suyuqlik bilan toʻlgan, sitoplazmadan membrana bilan
ajralib turadigan boʻshliq.
Adabiyotlar
1. Мўминов Б.А., Эшова Х.С., Рахимов М.Ш. Умуртқасиз ҳайвонлар
зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент, ПАТЕНТ ПРЕСС, 2005.190 б.
2. Дадаев С., Тўйчиев С., Ҳайдарова П. Умуртқалилар зоологиясидан
лаборатория машғулотлари. Ўқув қўлланма. Т. Ўзбекистон. 2006.