INNOVATSION MUHIT, INNOVATSION TA`LIM.
Reja:
1. Innovatsion muhit Innovatsiya va innovatsion jarayon haqida tushuncha.
Innovatsion jarayon bosqichlari.
2. Ta’limda innovatsiyalar
3. Innovatsion pedagogika
4. Pedagogik o'yinlar
Innovatsion muhit, innovatsion ta`lim ozirgi vaqtda rivojlangan
mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotida (YaIM) innovatsion texnologiyalarning
ulushi 60 foizni tashkil etmoqda. Jahondagi kuchli raqobat muhitida innovatsion
faoliyat intensivlik holati iqtisodiy rivojlanish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Raqobat
muhitida innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoit yaratgan mamlakat yoki
hudud bugungi kunda iqtisodiy o‘sishga erishmoqda.
Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, "Innovatsiya – bu kelajak degani".
Innovatsiya kelajakda jamiyat talab qilgan iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik
yoki boshqa turdagi samaraga erishish maqsadida yangilikni joriy etishning yakuniy
natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilmiy va innovatsion siyosatining
asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: mamlakat iqtisodiyoti rivojida fan va
texnika ulushini oshirish; moddiy ishlab chiqarish sohasining progressiv
rivojlanishini ta’minlash; jahon bozorida milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini
oshirish; mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash; ekologik muhitni
yaxshilash;
mavjud
ilmiy
maktablarni
saqlab
qolish
va
rivojlantirish.
Taraqqiy etgan davlatlarning ana shu ilg‘or tajribalaridan kelib chiqib,
mamlakatimizda "Innovatsion faoliyat to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Hozirda ushbu qonun loyihasi mutaxassislar hamda keng jamoatchilik ishtirokida
muhokama qilinmoqda. Shu o‘rinda aytish lozimki, O‘zbekistonda innovatsion
faoliyatning turli jihatlariga tegishli bo‘lgan huquqiy-me’yoriy baza yaxlit
xarakterga ega emas va takomillashtirishni talab etadi. Shu bilan birga, uning
tuzilishini yakunlangan deb hisoblab bo‘lmaydi. Chunki u doimo joriy bosqich
vazifalariga moslashib boradi.
Shu jihatdan innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning
tashkiliy omillari barcha manfaatdor tuzilmalarning fikrlarini hisobga olishni
ta’minlashi va shu vaqtning o‘zida innovatsiyani rag‘batlantirish bo‘yicha choralar
qabul qilish uchun sharoit yaratishi zarur.
Xullas, O‘zbekiston Respublikasida tarkibiy o‘zgarishlarni va iqtisodiyotni
diversifikatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish, xizmat ko‘rsatish va kichik
biznes sohasini yanada rivojlantirish vazifalaridan kelib chiqqan holda "Innovatsion
faoliyat to‘g‘risida"gi qonunda quyidagi yo‘nalishlarni hisobga olish maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz.
Birinchidan, mamlakat eksport nufuzini keskin oshirishga yo‘naltirilgan
yangi texnologiyalarni an’anaviy innovatsion hayot sikli asosida rivojlantirish, yangi
g‘oyalarni saralab olishdan tortib, ulardan foydalanishgacha, sotilishi (tijoratlashuvi)
va amaliyotga joriy qilinishigacha bo‘lgan davrdagi faoliyatning barcha
bosqichlarini hisobga oluvchi "innovatsion hayot sikli" tushunchasini kiritish lozim.
Ikkinchidan, fundamental va amaliy fan natijalarini amaliyotga joriy qilish
faoliyatini o‘z ichiga olgan milliy innovatsiya tizimini (MIT) yaratish. Bunday
tizimning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun bugun nafaqat salohiyatli ilm-fan,
ta’lim tizimi va ishlab chiqarish, balki institutsional sharoitlarning butun bir
majmuasi talab etiladi.
Uchinchidan, innovatsion faoliyatning huquqiy-me’yoriy ta’minoti, uni
venchurli moliyalash va rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, intellektual
mulkni himoya qilish va uni xo‘jalik amaliyotiga joriy etish, (Intellektual mulk
tarkibiga kiruvchi patent, litsenziya, nau-xau va boshqa nomoddiy aktivlardan
foydalanish natijasida olingan foydani imtiyozli soliqqa tortish).
To‘rtinchidan, innovatsion faoliyatni kompleks qo‘llab-quvvatlash, ishlab
chiqarishni rivojlantirish, raqobatbardoshlikni va ilm hajmli mahsulotlar eksportini
oshirishda innovatsion infratuzilmaning tajriba-sinov laboratoriyalarini, texnopark,
texnopolislarni, ilmiy parklar va biznes inkubatorlarini yaratish.
Beshinchidan, axborot ta’minoti, ekspertiza, sertifikatlash va ishlanmalar
harakati tizimi, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimidan tashkil topgan
innovatsion jarayon infratuzilmasini rivojlantirish.
Oltinchidan, kichik innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay
sharoitni shakllantirish hamda ularni boshlang‘ich bosqichda davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish.
Yettinchidan, innovatsion loyiha va dasturlarni tanlov asosida tanlashni joriy
etish. Davlat tomonidan xususiy investorlarning uncha katta bo‘lmagan va tez
qoplanadigan innovatsion loyihalarni joriy etishda qatnashishini va istiqbolli ishlab
chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda xususiy investitsiyalar oqimining ortishiga
zamin yaratish.
Sakkizinchidan,
ishlab
chiqarish
samaradorligiga
va
mahsulot
raqobatbardoshligining ortishiga ta’sir ko‘rsatuvchi kichik miqdordagi bazaviy
texnologiyalarni tanlash orqali innovatsion siyosatning istiqbolli yo‘nalishlarini
amalga oshirish.
Fikrimizcha, qabul qilinajak qonunda ushbu yo‘nalishlarning aks etishi
kelgusida yurtimizda innovatsion muhit yaratilishida muhim rol o‘ynaydi.
1. Innovatsiya va innovatsion jarayon haqida tushuncha. Innovatsion
jarayon bosqichlari.
Pedagogik innovatsiyada «yangi» tushunchasi markaziy o'rin tutadi.
Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub'ektiv yangilikka
qiziqish uyg’otadi.
Xususiy
yangilik
V.A.Slasteninning
aniqlashicha,
joriy
zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni
ko'zda tutadi.
Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma'lum unsurlarning
yig’indisi shartli yangilik hisoblanadi.
Mahalliy yangilik konkret ob’ektda yangilikning foydalanishi bilan
belgilanadi.
Sub’ektiv yangilik ma'lum ob’ekt uchun ob’ektning o'zi yangi bo'lishi bilan
belgilanadi.
Ilmiy yo'nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi.
Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar.
V.I.Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta'rif berib, pedagogikadagi yangi bu
faqatgina g’oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar,
texnologiyalardir. Lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmua yoki alohida
olingan unsurlari bo'lib, o'zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta'lim va tarbiya
vazifalarini samarali hal etishning ilg’or boshlanmalarini o'zida aks ettiradi.
R.N.Yusufbekova pedagogik yangjlikka, o’qitish va tarbiya berishda avval
ma'lum bo'lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi
nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o'zgarib turishi mumkin
bo'lgan mazmuni sifatida qaraydi.
Pedagogik
innovatsiyada
R.N.Yusufbekova innovatsion
jarayon
tuzulmasining uch blokini farqlaydi:
Birinchi blok - pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga pedagogikadagi
yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning
me'yorlari, yangining uni o'zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an'ana va
novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi.
Ikkinchi blok - yangini idrok qilish, o'zlashtirish va baholash bloki:
pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o'zlashtirish jarayonlarining
rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti,
pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.
Uchinchi blok - yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya'ni yangini
tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir.
M.M.Potashnikning innovatsiya jarayonlari talqinlari kishi e'tiborini o'ziga
tortadi. U innovatsiya jarayonining quyidagi tuzilmasini beradi:
-
faoliyat tuzilmasi - motiv - maqsad - vazifa - mazmun - shakl -metodlar
- metodika komponentlari yig’indisi;
-
sub’ektiv
tuzilma-innovatsion
faoliyat
sub’ektlarining
xalqaro,
mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathjari;
-
sathiy tuzilma-innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy,
tuman, shahar va boshqa sathlari;
-
mazmun tuzilmasi - o’quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv (va b.)da
yangilikning paydo bo'lishi, ishlab chiqilishi va o'zlashtirilishi;
-
bosqichlilikka asoslangan hayot davriylik tuzilmasi - yangilikning paydo
bo'lishi - ildam o'sish - etuklik - o'zlashtirish - diffuziya (singib ketish, tarqalish) -
boyish
(to'yinish)
-
qoloqlik
-
inqiroz
—
irradiasiya(aldanish)
—
zamonaviylashtirish;
-
boshqaruv tuzilmasi - boshqaruv harakatlarining 4 ta turining o'zaro
aloqasi: rejalantirish - tashkil etish - rahbarlik qilish - nazorat qilish;
-
tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ega bilish, sof tashkiliy, amaliy,
umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi.
Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining
mohiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi.
Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini
farqilaydilar:
- Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o'tadi, ya'ni innovatsion jarayonda
unga bo'lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart-
sharoitlari tizimi, usullari va yo'llariga ongli munosabat bo'lmaydi.
- Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan
faoliyat mahsulidir.
Oliy maktabdagi innovatsion jarayonlar V.A.Slastenin, M.M.Levina,
M.Ya.Vilenskiy va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.
Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni
belgilash mumkin:
-
madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi)
yondashuv;
-
shaxsiy faoliyat jihatidan (ta 'limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv;
-
ko'psub’ektli (dialogik) yondashuv, ya'ni kasbiy tayyorgarlikni
insonparvarlashtirish;
-
individual - ijodiy (o’qituvchi va talabalarning o'zaro munosabatlari
asosida) yondashuv.
Oliy maktabda innovatsion faoliyatning sub’ekti o’qituvchi va uning shaxsiy
imkoniyati hisoblanadi. Bunda o’qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual
va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo'ladi.
S.M.Godninning ishlarida talabaning shaxsiy xislatlari pedagogik jarayonning
sub’ekti sifatida yoritiladi. Unga quyidagilarni kiritadi: o’qitishning hozirgi va
kelgusi bosqichlari uchun qabul qilingan o’quv - taibiya jarayonining maqsadi,
vazifasi va ko'rsatmalarini anglay bilish; intellektual mehnatning vangi tadbirlarini
egallash; maqsadga muvofiq kasbiy o'z-o'zini tarbiyalash va mustaqil tahsil olish,
qiyinichiliklarni a'lo darajada enga bilish, o'sish va mustahkam o'rin egallashning
kengayayotgan intellektual va kasbiy imkoniyatlari, istiqbollari bilan qoniqish,
o'zining sotsial roli funksiyasini bajarishida faol munosabatda bo'lish va hokazo.
Innovation pedagogik jarayonning muhim unsurlari shaxsning o'z-o'zini
boshqarishi va o'zini- o'zi safarbar qila olishi hisoblanadi. Uning eng muhim
yo'nalishlaridan bilan talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish.
Bunday yo'nalish talabalarning o’quv ishlarini faollashtirish, ularning kasbiy
ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o'z ichiga oladi.
Tayanch yo'nalishlar - ta'lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi,
ularning o'zaro aloqalarida yangi tamoyillarga o'tish.
Shunday qilib, innovatsion faoliyat omillari nazariyasi tahlili uning eng
muhim yo'nalishi gumanistik aktsiologiya ekan, degan xulosaga olib keladi.
Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o'zini yangilik
yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik
qadriyatlar jamul-jamini anglatadi.
Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir
maqsadi sifatida qaraydi.
O’qituvchining innovatsion faoliyatiga yaratuvchilik jarayoni va ijodiy
faoliyat natijasi sifatida qaraladi.
V.A.Slastenin
o’qituvchining
innovatsion
faoliyatini
tuzishda
unga
akmeologik jihatdan yondashadi.
Akmeologiya (akte) - yunoncha oliy nuqta, o'tkir, gullagan, etuk, eng yaxshi
davr degan ma'nolarni bildiradi.
B.G. Ananev, N.V.Kuzmina, A.A.Derkach va boshqalar kasbiy faoliyatning
samarasini oshirish bilan inson hayotining eng ijodiy davrlari, etuklik bosqichlari
to’g’risida fikr yuritadilar. Ular etuk insonlarning professionalizmi, shaxs
rivojlanishining gullagan davridagi psixik qonuniyatlari, professionalizmga
etishdagi balandliklardan ota olish masalalari bilan shug’ullanganlar.
V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassis-ning
uzoh ijodiy umr ko'rishiga olib keladigan sub’ektiv va ob’ektiv omillarini asoslab
berdi. Ob’ektiv omillarga olingan ta'limning sifatini, sub’ektiv omillarga esa
insonning iste'dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila
olishidagi ma'suliyatini, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi.
Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar
ko'rsatiladi:
iste 'dod nishonalari;
uquvlilik;
qobiliyat;
iste'dod;
oila tarbiyasi sharoiti;
o’quv yurti;
o'z hatti-harakati.
Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib
qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi:
ijodiy individuallik;
o'zining o'sish va takomillashish jarayoni;
o'z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.
O’qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:
intellektual - ijodiy tashabbus;
bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliyati;
ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan
yaratuvchilikka kurashchanlik qobiliyati;
axborotlarga tashnalik, muammolardagi g’ayri odatiylikka va yangilikka
bo'lgan his-tuyg’u, professionalizm, bilishga bo'lgan chanqoqlik (N. V.
Vishnekova).
V.A.Slastenin ijodiy individualizmni ro'yobga chiqarishning asosiy vazifalarini
quyidagicha belgilaydi:
ijtimoiy mohiyat kasb etgan madaniyatni boyitish;
pedagogik jarayon va shaxs bilimlarini yangilab turish;
samarali va ahamiyatli meyorlarni belgilaydigan yangi texnologiyalarni
topish;
shaxsning o'z taqdirini o'zi belgilash va o'zini o'zi namoyon qila olishi asosida
o'z rivojlanishini ta 'minlash.
Shu tariqa o’qituvchining ijodiy individualligini shakllantirish shaxs rivoj-
lanishi va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tushuniladi.
Ijodiy
individuallikni
xarakterlaydigan
samarali
o'z-o'zini
anglash
quyidagilarni qamrab oladi: o'zini boshqalarga qiyos qilish asosida o'z shaxsining
betakror ekanligini anglay olishi; o'zi to’g’risidagi kreativ ko'rinishlar va tasavvurlari
to'plami; individual kreativ o'ziga xosliklaming bir butunligi va uyg’unligi , ichki
birligi; shaxsning o'z rivojlanishidagi dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning
ijodkor sifatida shakllanishi; shaxs o'zini namoyon qila olishi va o'zining muayyan
ishlarni amalga oshirishga hozir turganligi; ijodkor sifatida o'zini baxshida qila olishi
va shaxsiy hamda ijtimoiy vaziyatlarda o'zining o'rnini anglay olishi (V.A.Slastenin).
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o’qituvchining
kasbiy mahorati cho'qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini
ochish imkonini beradi.
O’qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir.
Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo'ldi.
U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko'nikmalar hosil qilish qobiliyati,
xislatini bildiradi.
J.Gilford kreativlikni tavsifiaydigan qator individual qobiliyatlarni ko'rsatadi:
fikrning ravonligi;
fikrni maqsadga muvofiq yo'llay olishi;
o'ziga xoslik (originallik);
qiziquvchanlik;
farazlar yaratish qobiliyati;
xayol qila olish, fantastlik (fantaziya.)
M.N.Gnatko kreativlikni kishining ijodiy imkoniyati, sotsial — ijodiy
faollikni namoyon qila olish qobiliyati bilan shartlangan kishi individlarining
qandaydir maxsus xislati deb qaraydi.
Ijod tushunchasini belgilashda u jarayon — natija tavsifidan, kreativlikni
belgilashda esa sub’ekt — shartlilik tavsifidan foydalanadi.
Ijod mezonlari, uning psixologik mexanizmlari, ijodiy tafakkurning
rivojlanish texnikasi V.A.Kan-Kalik, Ya.A.Ponomarev, S.Yu.Stepanov, T.V.Frolov
va boshqalarning ishlarida tadqiq etilgan.
D.B. Bogoyavlenskaya ishlarida ijod tahlili birliklari belgilab berilgan.
Bunday birlik sifatida muallif intellektual faollikni ko'rsatadi hamda uning uchta
bosqichini ajratadi:
shaxsning bu bosqichiga, unga tashqaridan berilgan vazifalarni tashabbussiz
qabul qilish xarakterlidir;
intellektual faollikning evristik bosqichi. Bu bosqichda o'z faoliyati tarkibi
va tuzilmasini tahlil qilish davom etadi, yangilik ochish oqilona hal
qilishga imkoniyat beradigan ayrim vazifalar qiyoslanadi;
intellektual faollikning kreativ bosqichi. Bu bosqichda qo'lga kiritilgan
empirik qonunlar kelgusi tadqiqotlar uchun maqsad bo'lib qoladi.
rag’batlantiruvchi, samarali va evristik bosqichga qoloq (ekstensiv) aqliy
faoliyat, kreativ bosqichga intellektual faoliyat xosdir.
N.M. Gnatko kreativlik mexanizmlarini quyidagi bo'limlarga bo'lib
o'rganishni taklif etadi:
potensial kreativlik;
faoliyatdagi kreativlik.
Potentsial kreativlik N.M Gnatkoning fikricha, muayyan tashqi sharoitlarda f
aol kreativlikka aylanishga nazariy tayyor shaklda namoyon bo'ladigan individium
ning potentsial joylashishini anglatuvchi kreativ faoliyatdir. Potentsial kreativlik
ijodning zaruriy sub’ektiv shartidir.
Faoliyatdagi kreativlik - faoliyatning biror turida ijodiy faollik ko'rsatuvchini
ng bevosita tayyorgarligini ta'minlaydigan faoliyatning u yoki bu turi tavsifli potent
sial kreativ individiumning individual tavsiflari aloqalarini yuzaga keltiradi. Faol
kreativlik ijodning eng muhim sub/ektiv shartidir (N.M.Gnatko).
Tadqiqotlar ko'rsatadiki, potensial kreativlik, amalga oshirish mumkin bo'lgan
kreativlikdir. Uni faoliyatdagi kreativlikka o'tkazish muayyan faoliyat turini
tashuvchi (sub’ekt) tomonidan uning o'zlashtirilishida tub o'zgartirishlar qilish orqali
amalga oshadi.
V.A. Slastenin, N.M.Gnatkoning potensial kreativlikni muntazam faoliyatdagi
kreativlikka tahlid qilish asosida o'zgartirib borish haqidagi qarashlariga qo'shilgan
holda uni to'ldirib, kreativlik tahlid qilish, nusxa olish yo'li bilan rivojlanadi hamda
tahlid qilish asosidagi ijod, haqiqiy ijodga olib keladi, deb hisoblaydilar.
O’qituvchi
faoliyatidagi
kreativlikning
bir
necha
bosqichlarini
belgilash mumkin: birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyanomalar tuzukkina
ko'chiriladi;
ikkinchi
bosqichda
mavjud
tizimga
ayrim
moslamalar
(modifikatsiyalar), metodik usullar kiritiladi; uchinchi bosqichda g’oyani amalga
oshirish mazmuni, metodlari, shakli to'la ishlab chiqiladi; to'rtinchi bosqichda esa
o’qitish va tarbiyalashning o'z betakror konseptsiyasi va metodikasi yaratiladi.
O’qituvchining innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu
reflektsiyadir.
Refleksiya o’qituvchining o'z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish
deb qaraladi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki
an'anasi mavjudligi aytiladi:
-
ob’ektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruktsiyalashga olib
keladigan ongning reflektiv tahlili;
-
shaxslararo muloqot ma'nosini tushunish reflektsiyasi.
Bu bilan bog’liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni
farqilaydilar:
-
o'z-o'zini va boshqalarni tushunish;
-
o'z-o'ziga va boshqalarga baho berish;
-
o'z-o'zini va boshqalarni izohli tahlil qilish.
Refleksiya (lotincha Reflxio- ortga qaytish ) subektning o'z (ichki) psixik
tuyg’u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o'z ongidagi
o'zgarishlarni fikrlash jarayoni, deb yoziladi.
Psixologik lug’atda shunday izoh beriladi: «Refleksiya - faqat sub'ektning o'z-
o'zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish
tuyg’usi va bilish tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham
anglatadi.
V.A.Lefevr ta'kidlagan ediki, inson o'zining hatti-harakatlariga, fikrlariga
nisbatan kuzatuvchi, tadqiq qiluvchi bo'lib qolmasligi, balki boshqa personajlar,
ularning hatti-harakatlarini o'rganuvchi mavqeini egallashi ham kerak.
M.V.Klarin ijodiy tafakkur xususiyatlarini refleksiya bilan boqlaydi. Bunday
o'zaro aloqalarda refleksiya o'zida xulosa chiqarish, umumlashtirish, analogiya,
qiyoslash va baholash hamda muammolarni eslash, enga olish va hal qilishlarni
birlashtiradi.
V.A.Petrovskiy refleksiya faoliyati tahlilida uning ikki turini farqlaydi:
retrospektiv;
prospektiv.
V.A.Petrovskiyning aniqlashicha, retrospektiv refleksiya bu «sodir etilgan fa
oliyat tarixining retrospektiv tiklanish shaklidagi refleksiyasidir».
Prospektiv refleksiya - bu faoliyatning amalga oshishiga bo'lgan talabning
hukm surish dinamikasi.
S.Yu. Stepanov, I.N. Semenov ishlarida intellektual va shaxsiy refleksiyalar
farqlanadi. V.V.Davidov o'z tadqiqotlarida formal va mazmun refleksiyasini asoslab
berdi. I.S.Ladenko analitik va sintetik refleksiyani farqlaydi.
Demak, o’qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi motivasion, kreativ,
texnologik va reflektiv komponentlardan iboratdir.
Innovatsion faoliyat tuzilmasi haqidagi muhim tizimli tasavvurlar, ularning
vazifalarini asoslash, ularning shakllanganlik me'yorlari va sathlari ularni oliy
maktab amaliyotiga tatbiq etishning zarur omili hisoblanadi.
2. Innovatsion pedagogika.
Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo'nalish - innovatsion pedagogikani
maydonga olib chiqdi. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos bo'lgan
tadqiqotlar g’arbiy evropa va AQSHda 60-yillarda paydo bo'ldi. Innovatsion faoliyat
F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N V.Kuzmina,
V.A. Slastenin, A.I.Shcherbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda
innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg’or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai
nazardan yoritilgan, X.Bamet, Dj. Basset, D. Gamilton, N.Gross, R. Karlson, M.
Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish,
ta'limdagi o'zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti va faoliyati» uchun
zarur bo'lgan shart-sharoitlar masalalari tahlil qilingan.
Keng ma'noda qaraganda ta'lim tizimidagi har qanday o'zgarish - bu pedagogik
innovatsiyadir. Pedagogik innovatika pedagogik yangiliklarni baholash, uni
pedagogik jamoa tomonidan o'zlashtirilishiga erishish, nig’oyat pedagogik
yangiliklarni amaliyotda qo’llash haqidagi ta'limot sifatida qaraladi.
Pedagogik neologiya - yangilik haqidagi ta'limot bo'lib, bunda pedagogika
sohasidagi har qanday yangiliklar o'rganiladi va umumlashtiriladi.
Pedagogik aksiologiya - isbot talab qilmaydigan ta'limot manosini ifodalab,
bunda pedagogik yangiliklar ichidan eng samaralilari tanlab olinadi.
Pedagogik praksologiya - amaliyotda qo’llash haqidagi ta'limot bo'lib, bunda
tanlab olingan pedagogik yangiliklar amaliyotda qo’llaniladi.
Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik
E.Rodjers
tomonidan
ishlab
chiqilgan.
U
yangilik
kiritish
jarayoni
qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bo'lgan munosabatini, uni
idrok qilishga shayligini tadqiq etadi.
Oliy
maktab
o’qituvchisining
innovatsion
faoliyati,
oliy
maktab
pedagogikasining bosh muammolaridan biridir.
Shu jihatdan ushbu mavzyda oliy maktab o’qituvchisi innovatsion
faoliyatining shakllanish konsepsiyasi, innovatsiyaning ijtimoiy-madaniy va hayot-
faoliyati aspektlari haqida bahs yuritiladi.
Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik
qurilmasiga, balki o’qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga
ham taalluqlidir.
Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi.
O’qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va
o'zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko'zda tutadi.
O’qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator
shart-sharoitlarga bog’liq. Unga o’qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga
nisbatan beg’araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini
uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o’qituvchi o'z bilim va ilmiy
faoliyatini ta'minlaydigan keng hamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi.
O’qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi
va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa
o’qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Yangilik
kiritishning
muhim
sharti
muloqotning
yangi
vaziyatini
tug’dirishdir.
Muloqotning yangi vaziyati - bu o’qituvchining o'z mustaqillik mavqeini,
dunyoga, pedagogik fanga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish
qobiliyatidir. O’qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik
tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday
vaziyatlarda o’qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy
tuyg’ulari rivojlanadi.
Keyingi sharti - bu o’qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.
O’qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning
muammolari va usularini echishni aniqlashga qaratilgandir.
O’qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi, innovatsion
faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar, an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish
kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro
boshqarilishi,
o'zaro
yordam
shaklida
qurilgan
bo'lishi
darkor.
Ular
munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o’qituvchi va talabaning ijoddagi
hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
me yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish;
(o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini
kasbiy faoliyatda mujassam qilish).
Demak,
o’qituvchi
yangi
pedagogik
texnologiyalar,
nazariyalar,
konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va
targ’ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o’qituvchi
innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:
ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o’quv jarayoni
texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi.
bunday
sharoitda
o’qituvchining
innovatsiya
faoliyati
pedagogik
yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;
mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o’qitishning yangi tashkiliy
shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan
o’qituvchining munosabati xarakteri o'zgarishi.
O’qituvchining
innovatsion
faoliyati
tahlili
yangilik
kiritishning
samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi.
Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy
tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi
Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini,
yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish
mashqurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq,
shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik me'yori o’qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan
kuch va vositalarini bildiradi.
Natijalilik o’qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni
bildiradi.
Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib
qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o’qituvchilarning faoliyatiga olib
kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so'ng pedagogik
yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.
V.A.Slastenin o'tkazgan tadqiqotlar o’qituvchining innovatsion faoliyatga
kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan
iborat:
mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini
bashorat qilish;
kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq
qilishdagi kamchiliklami aniqlash;
yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini
tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;
yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;
yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho
berish.
O’qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va
unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konseptsiyasini
shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho
berish kabilarni qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
V.A.Slastenin tadqiqotlarida o’qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan
qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan.
Unga quyidagi xislatlar taalluqli:
-
shaxsning ijodiy-motivasion yo'nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy
qiziqish;
- ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o'z kamolotiga intilish va
boshqalar;
-
kreativlik. Bu — hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo'lish,
tavakkal qilish, tanqidiy flkrlash, baho bera olish qobiliyati, o'zicha mushohada
yuritish, refleksiya;
-
kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini
egallash qobiliyati;
-pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konseptsiyasi
faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish
qobiliyati;
- ijodiy faoliyatda hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;
o’qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat surati;
shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati;
-
qatiyatlilik, o'ziga ishonch; ma'suliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik,
o'zini tuta bilish va boshqalar.
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o’qituvchining innovatsion faoliyatga
hozirligi me'yorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastenin):
-
innovatsion foliyatga bo'lgan zaruriyatni anglash;
-
ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik;
-
shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
-
ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni engishga shaylik;
-
innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi;
-
innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta 'siri;
-
kasbiy reflektsiyaga bo'lgan qobiliyat.
Oliy maktabdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar
xususiyatlari,
o’qituvchilarning
kasbiy
imkoniyatlari,
yangilik
kiritish
tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan
belgilanadi.
Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri o’qituvchi shaxsidir.
O’qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo'lishi, kreativlikni, keng
hamrovli qiziqish va mashhullikni, sevuvchi ichki dunyosi boy, pedagogik
yangiliklarga o'ch bo'lishi lozim.
O’qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo'nalishda amalga
oshirilishi lozim:
-
yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;
-
yangicha harakat qila olishga o'rgatish.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o’quv-bilish faoliyati va
uni boshqarish alohida ahamiyatga ega.
Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari,
mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining
pedagogik asoslarini o'rganish oliy maktab o’quv jarayonini zamonaviy pedagogika
hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish
imkonini beradi.
3. Didaktik o'yinlarni tashkil etish tamoyillari.
Ta'lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars shaklida
qo’llaniladi. Ushbu darslarda talabalarning bilim olish jarayoni o'yin faoliyati orqali
uyg’unlashtiriladi. Shu sababli talabalarning ta'lim olish faoliyati o'yin faoliyati bilan
uyg’unlashgan darslar didaktik o'yinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida o'yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
-
o'yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo'lgan qiziqishi ortadi;
-
o'yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya'ni, kommunikativ – muloqot
madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
-
shaxsning o'z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o'zligini namoyon etishiga imkon
yaratiladi;
-
hayotda va o'yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinichiliklarni engish va
mo'ljalni to’g’ri olish ko'nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
-
o'yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga
barham berish imkoniyati yaratiladi;
-
shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
-
insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy,
ma'naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganishga e'tibor
qaratiladi;
-
o'yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko'zda
tutiladi.
Didaktik o'yinli mashg’ulotlarni talabalarning bilim olish va o'yin
faoliyatining
uyg’unligiga
qarab:
syujetli-rolli
o'yinlar,
ijodiy
o'yinlar,
ishbilarmonlar o'yini, konferentsiyalar, o'yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O’qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), so'ngra
guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi, o'yin muvaffaqiyatli chiqqandan
so'ng esa, ularni ommaviy o'yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik
o'yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va
malakalarga ega bo'lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o'rtasida hamkorlik,
o'zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O'yinli
texnologiyalardan
foydalanishning
asosini
talabalarning
faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi.
O'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra mehnat va o’qish bilan birgalikda
faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.
Psixologlarning
ta'kidlashlaricha,
o'yinli
faoliyatning
psixologik
mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda o'z o'rnini barqaror qilish,
o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning ftindamental
ehtiyojlariga tayanadi.
O'yin ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirish va qayta yaratishga yo'nalgan
vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o'z xulqini
boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
D.N. Uznadzening ta'rificha, o'yin shaxsga xos bo'lgan ichki immanent psixik
(ruhiy) xulq shaklidir.
L.S. Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni
o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.
A.N. Leontev o'yinga shaxsning xayolotdagi amalga oshirib bo'lmaydigan
qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Psixologlar ta'kidlaydilarki, o'yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga
bog’liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o'yin o'ziga xos bo'ladi.
O'yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag’ishlangan bo'ladi.
Ular quyidagilar.
maftunkorlik;
kommunikativlik;
o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
davolovchilik;
tashxis;
millatlararo muloqot;
ijtimoiylashuv.
Pedagogik o'yinlar
1. O'yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakteriga
— «ijod maydoni»ga ega bo'ladi.
O'yin uchun hissiy ko'tarinkilik xosdir. U o'zaro kurash, musobaqalashish,
raqobat shaklida namoyon bo'ladi.
O'yinning o'yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va
vaqtincha izchilligini ko'zda tutgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador
qoidalari bo'lishini ko'rsatadilar.
Tadqiqotchilar nazariy aspektda o'yinga faoliyat, jarayon va o’qitish metodi
sifatida qaraydilar.
O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga
oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subekt sifatida o'z
imkoniyatlarini to'la amalga oshiradi.
O'yinli faoliyatni motivatsiyalash o'yin xarakterining musobaqalashish
shartlari, shaxsning o'zini namoyon qila olishi, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish
ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o'yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta'biricha) quyidagilarni
qamrab oladi:
o'ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin harakatlari;
predmetlarni, ya'ni haqiqiy narsalarni shartli, o'yin narsalari o'rnida qo’llash;
o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;
(o'yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mavnun) — ijro sohasi.
O'yindan tushunchalar, mavzu va hatto o’quv predmeti bo'limini
o'zlashtirishda o’qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi. O'yin
bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil
etiladi.
O'yinlar turli maqsadlaiga yo'naltirilgan bo'ladi. Ular didaktik, taibiyaviy,
faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo’llaniladi.
O'yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatda
bilim, malaka va ko'nikmalarni qo’llash, umumta'lim malaka va ko'nikmalarini
rivojlantirish, mehnat ko'nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan
bo'ladi.
O'yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan
yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma'naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi
hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni
tarbiyalashga qaratilgan bo'ladi.
Faoliyatni rivojlantiruvchi o'yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash
malakasi, o'xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya,
optimal yechimni topa olish, o’quv faoliyatmi motivatsiyalashni rivojlantirishga
qaratilgan bo'ladi.
Ijtimoiylashuv o'yinlari jamiyatning me'yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish,
muhit sharoitlariga ko'nikish, ehtiroslarni nazorat qilish, o'z-o'zini boshqarish,
muloqotga o'rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o'yin degan tushuncha mavjud.
Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli
shakldagi pedagogik o'yinlar «o'yinli pedagogik texnologiyalar»ni tashkil etadi.
Pedagogik o'yinda ta'limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo'yiladi. Pedagogik
o'yinlar asosida talabalarni o’quv faoliyatiga yo'llovchi o'yinli usullar va vaziyatlarni
vujudga keltirish yotadi.
G.K. Selevko tomonidan pedagogik o'yinlar tasnifi va uni amalga pshirishning
asosiy yo'nalishlari ishlab chiqilgan.
Pedagogik o'yinlar quyidagi asosiy yo'nalishlarda bo'ladi:
didaktik maqsad o'yinli vazifa shaklida qo'yiladi;
o’quv faoliyati o'yin qoidalariga bo'ysunadi;
o’quv materialidan o'yin vositasi sifatida foydalaniladi;
o’quv
jarayoniga
didaktik
vazifa
o'yinga
aylantirilgan
tarzda
musobaqalashish unsurlari kiritiladi;
didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o'yin natijalari bilan boglanadi.
4.Didaktik o'yinlarni turlari (psixotexnik, rolli). Rolli va ishbilarmon o'yinlar.
Pedagogik o'yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, o'yin
metodikasi, soha xususiyati, o'yin muhiti bo'yicha tasnif qilingan.
Amaliy vazifa va muammolarni echishdagi talabalarning umumiy faoliyatini
tashkil etishning samarali shakli tadbirkorlik o'yinlaridir. Ma'lumki, tadbirkorlik
o'yinlari talabalarning kollektiv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. Bu jarayonda
uning bo'lg’usi kasbiy faoliyatining ashyoviy va ijtimoiy mazmuni yaratiladi.
Tadbirkorlik o'yinlarining pedagogik samaradorligi natijasi ko'p jihatlardan
o'yinning ssenariysini ishlab chiqish va uning tayyorlanish sifati bilan belgilanadi.
Tadbirkorlik o'yinlari talabani amaliy tayyorlashning pedagogik vazifalari tizimini
echishga qaratilgan bo'lishi lozim. Bularga birinchi navbatda: real kasbiy faoliyat
sharoitida qo'llanadigan amaliy malaka va ko'nikmalarni shakllantirish; amaliy
vaziyatlar va shunga mos harakat usullarini ishlab chiqishni tahlil qiladigan fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirish guruh (jamoa) faoliyatida faol ishtirok etishini
ta'minlaydigan qobiliyatlarni shakllantirish taalluqlidir.
O'yinning mazmuni va tuzilmasi shunday shakllanishi va shunday ruzilishi
kerakki, unda shunga mos malaka va qobiliyatlar har bir ishtirokchida butun o'yin
davomida shakllansin. O'yinning pedagogik vazifalari ssenariyda aniq aks etishi
shart.