INTELLEKTUAL NUQSONLI (AQLI ZAIF ) BOLALAR
Reja:
1. Oligofrenopedagogika fanining vazifalari.
2. Aqli zaiflikning kelib chiqish sabablari.
3. Oligofreniya darajalari.
4. 4.Oligofren bolalar ta’lim-tarbiya oladigan muassasalar.
Tayanch iboralar:
Oligofren - bolaning ona qornida yoki ilk chaqaloqlik davrida bosh miyasi
zararlanishi natijasida kelib chiqadigan aqli zaiflik.
Demensiya - bolaning hayot davomida turli bosh miya kasalliklari natijasida bilish
jarayonining pasayishi.
Oligofreniya (yunoncha “oligos”-kam, “fren”-aql) so’zlaridan olingan
bo’lib,esi past, aqli past demakdir.
Oligofren bolalar markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida
bilish faoliyati pasayib ketishi va nuqsonlar umrbod saqlanib qolishi bilan boshqa
anomal bolalardan farq qiladi.
Oligofrenopedagogika
fanining
mavzu
bahsi
aqli
zaif
bolalardir.
Oligofrenopedagogika fanining vazifasi, aqli zaif bolalar ta’lim-tarbiyasi, ulardagi
nuqsonni tuzatish, korreksion yo’llarini belgilab berishdan iborat.
Oligofrenopedagogika fani quyidagi masalalarni hal etishni o’z oldiga maqsad
qilib qo’yadi:
-aqli zaiflikni pedagogik tahlil qilish;
-aqli zaiflik sabablarini o’rganish;
-aqli zaif bolalarni rivojlanishini pedagogik va psixologik o’rganish yo’llari va
vositalarini aniqlash;
-aqli zaif bolalarga bilim va mehnat tayyorgarligini berish;
-o’quv fanlarining xususiy uslubiyotlarini ishlab chiqarish.
Butun dunyo sog’likni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, dunyoda
aqli zaiflar aholining 3 % ni son jihatdan 100 milliondan ortiq kishini, jumladan
O’zbekistonda 0,5 milliondan ortiq kishini tashkil etar ekan.
Aqli zaif bolalarni rivojlanishi, uning birinchi yashash davridanoq normal
bolalar rivojlanishidan farq qiladi. Ko’pchilik aqli zaif bolalarda yurish harakatlari
kechikib rivojlanadi. Ularda beo’xshov qadam tashlash, sekin harakatlar kuzatiladi.
Ularda tevarak-atrofga bo’lgan qiziqishlarining pastligi, befarqligi bilan normal
bolalardan farqlanadi. Tevarak-atrofdagilarning nutqini darrov tushunish qobiliyati
sekin o’sib boradi. Aqli zaif bolalarning 71% da nutq kechikib rivojlanadi. Lug’at
boyligi kambag’al bo’ladi. Uchdan bir qismida ko’rish nuqsonlari mavjud bo’ladi.
Aqli zaif bolalar taraqqiyotida 3-4 sinflar asosiy rol o’ynar ekan. Bu yoshda ularning
aqli rivojlanishida sezilarli siljishlar ro’y beradi.
Aql murakkab ruhiy faoliyat bo’lgani uchun uni har xil kasalliklar natijasida
kelib chiqadigan belgi va holatlari ham turlicha bo’ladi.
Oligofren bolalar markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida
bilish faoliyati pasayib ketishi va bu nuqsonlar saqlanib qolishi bilan belgilanadi.
Aqliy qoloqlik klinik, psixologik va pedagogik mezonlar bilan aniqlanadi. Klinik
mezon-aqliy qoloqlik va bu markaziy nerv sistemasining qanday organic
kasalliklarga aloqadorligini; psixologik mezon bilish faoliyatining turg’un
buzilganligi; pedagogik mezon o’zlashtirish qobiliyati past bo’lib bolaning dastur
materilallarini o’zlashtira olmasligini ifodalaydi.
Oligofreniya bola markaziy nerv sistemasining ona qornidaligi davrida, va
tugilgandan to uch yoshgacha bo’lgan davr ichida shikastlanish, tug’ish davrida
kasallanishi natijasida kelib chiqadi. Turli sabablarga ko’ra aqli zaiflik bolaning ikki
yoshidan keyingi davrida paydo bo’lsa, demensiya deb yuritiladi. Demensiya
progressev, ya’ni tabiatan kuchayib boradigan bo’ladi.
Aqli zaiflikning asosiy belgilari.
1. Bosh miyada organik buzilishning mavjudligi.
2. Bilish faoliyatining chuqur buzilganligi.
3. Bilish faoliyatining buzilganligining turg’un xarakterdaligi.
Kelib chiqish sabablariga ko’ra oligofreniya tug’ma va orttirilgan bo’ladi:
homila davrida turli salbiy ta’sir etuvchi infeksiylar-intoksikasiya va
jarohatlar;
tug’ilish vaqtidagi jarohat va asfeksiya;
chaqaloqning ilk yoshida salbiy ta’sir etuvchi yuqumli kasalliklar;
turli irsiy yo’l bilan avloddan-avlodga o’tadigan gen xromosoma kasalliklari;
ota-onalarning ichkilikka berilishi, narkomaniya, taksikomaniya.
Oligofreniyaga ikki muhim belgi xosdir.
1.Ularning ruhiy rivojlanishi kamolotga yetmasdan to’xtab qoladi va asosan,
ularning klinik manzarasida aqliy yetishmovchilik belgilari ustunlik qiladi.
2.Ularda prosessual kasalliklarga xos bo’lgan alomatlar xastalikni yomon
tomonga qarab yo’nalishi, rivojlanishi kuzatilmaydi.
Oligofren aqli zaif bolalar voqea va hodisalarni kuzatib, chuqur tahlil etib,
umumlashtirib, to’g’ri xulosalar chiqarish qobiliyatiga ega bo’lmaydi. Bilim doirasi
tor, mulohazalari yengil, sayoz va o’ta sodda bo’ladi. Bu kamchilik ularning diqqat
e’tiboriga, aql-idrok etish qobiliyatiga, xotiralarining sifatiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Ularda faqatgina ruhiy rivojlanish to’xtab qolmasdan balki, jismoniy kamchiliklar
ham ko’zatiladi. Jismoniy kamchiliklarning ko’zga tashlanadigan belgilari bolaning
homilalik davrida zararli omillarni ta’siri bo’lganda hamda xromosoma apparatining
patalogiyasi natijasida ham kuzatiladi. Aqli zaiflikning yengil darajasini aniqlash
ancha murakkab, chunki ba’zilari boshqa bolalardan farqlab olish ancha qiyin.
Oligofreniya darajalari
Debil
Imbesil
Idiot
Aqliy nuqsonning chuqurligiga qarab oligofreniya 3 darajaga ajratiladi;
- debil
- imbesil
- idiot
Debillik -birmuncha yengil daraja bo’lib, oligofreniyaning eng ko’p tarqalgan
darajalaridan biridir. Yordamchi maktab o’quvchilarining asosiy qismini debil
bolalar tashkil etadi. Uni boshqa o’xshash anomaliyalar va sog’lom bolalardan
ajratib olish ancha qiyin. Buning asosiy sababi shundaki, aqliy nuqsoni aytarli
darajada chuqur emas. Aql idrok, xotira, tafakkur qobiliyatlarida kuzatiladigan
kamchiliklar sezilarli darajada bo’lmaydi. Ular aniq masalalarni hal qilishlari
mumkin bo’lsa ham keng va chuqur ko’lamli voqealar, hodisalar va muammolarni
mustaqil tahlil etib to’g’ri xulosa chiqarishga ojizlik qiladilar. Ammo tafakkurni
umumlashtirish qobiliyati yetishmasligiga qaramay, ular aniq fikrlash hisobiga
maxsus maktab dasturlarini o’zlashtirishlari mumkin. Hamda, amaliy, ijtimoiy
tajribalar orttirib, hayotning o’zgarib turadigan talablariga ma’lum darajada
moslashishlari mumkin. Ularning his-tuyg’u, irodalarida ishonuvchanlik, soddalik
hamda fe’l-atvorida g’o’rlik belgilari kuzatiladi. O’z-o’zini nazorat qilish va atrof-
muhitga bo’lgan tanqid va hushyorlik sezilmaydi. O’qishga qobiliyatlari sust, zehni
past bo’ladi. Bu bolalar umumlashtira oladilar. Debil bolalarda yetarli
harakatchanlik, ish qobiliyatlari saqlangan bo’ladi. Tushunchalarning shakllanishi
juda qiyin amalga oshadi. Umumlashtirish, taqqoslash jarayonlari juda zaifdir.
O’qilgan muayyan mavzuni qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar. To’g’ri yozish
malakalarini qiyinchilik bilan egalklaydilar. Ularning nutqi sodda, grammatik
tomoni buzilgan, tili chuchuk bo’lishi mumkin.
O’z vaqtidagi ta’lim-tarbiya, mehnat malakalarini berish aqliy nuqsonni
murakkablashtiruvchi asab-ruhiy ta’surotlarni yo’q qilish orqali debil bolalarni
muvaffaqiyatli holda hayotga moslashtirish mumkin. Bu bolalarda intilishlarining
borligi, kelajakda jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’lishlarini bilishlari asosida
mehnat malakalarini egallashlariga yordam beradi.
Imbesillik–oligofreniyaning o’rta darajasi bo’lib, debil darajadan bir muncha
og’irdir. Ular umumlashtira olmaydilar. Oddiy tushunchalarni hosil qila olmasligi
bilan ajralib turadi.
Imbesil bolalr ikki guruhga bo’linadi:
-o’zlashtira oladigan;
-o’zlashtira olmaydigan.
O’zlashtira oladigan imbetsil bolalar 20 gacha sanay oladilar. Oila a’zolarini
taniydilar. Sodda mazmundagi elementar bilimlarni egallashlari mumkin. Ammo bu
bilimlarni mantiqan tushunib yetmasliklari sababli mustahkam bo’lmaydi. Bu
bolalarda mexanik xotira nisbatan saqlangan, ularning diqqatlari tarqoq, nutqi
buzilgan, lug’at boyligi kambag’al bo’ladi. Ularda hissiyot nisbatan saqlanib qolgan.
Imbesil bolalar voqealarga mos ravishda xursand va xafa bo’ladilar. Ular mustaqil
yashay olmaydilar, yordamga muhtoj bo’ladilar. O’zlashtira olmaydigan imbesil
bolalar materialning mazmunini ilg’ab ololmaydilar. Ko’rish va eshitish
analizatorlari qabul qilgan axborotlarni tahlil qila olmasligi natijasida harflarni eslab
qolishga qiynaladilar, o’xshash tovushlarni aralashtirib yuboradilar. Shu sababli
ularni hayotga moslashtirishda doimiy nazoratga va yordamga muhtojlik sezadilar.
Idiot–oligofreniyaning eng og’ir darajasi. Idiotlik juda chuqur psixologik
nuqsondir. Bu asosan ilk embrion yoki kech embrion davridagi bola markaziy asab
tizimining qo’pol darajada buzilishidir.
Idiotlik ko’p hollarda jismoniy nuqsonlar bilan birga keladi. Bularga harakat
tizimining qo’pol buzilishlari, ko’rlik, karlik, falajlik kiradi, ular o’z shaxsini aniq
bilmaydi, o’zlariga qarab gapirilgan gapdan ko’ra mimika va yuz harakatlarini
nisbatan ilg’ab oladilar. Ularda nutq ba’zida umuman bo’lmaydi, ba’zan ayrim
sozlarni talaffuz qila oladilar. Tashqi olamga, atrof-muhitga umuman qiziqishlari
bo’lmaydi. Ovqatlanish tizimi ham qo’pol buzilgan. Ular ba’zan 7-8 yoshlaridagina
harakatlanishlari mumkin. Ularda teri nuqsonlari, ichki organ kamchiliklari,
endokren va modda almashinuvining buzilishi kuzatiladi. O’zlariga xizmat qilish
malakalari shakllanmagan. Hissiyotlari haddan tashqari sodda bo’lib, fiziologik
hohishlar bilan bog’liq.
Imbesil va idiot bolalar ta'lim olish qurbiga ega emas. Ular ijtimoiy ta'minot
vazirligi qoshidagi bolalar internatlariga tarbiyalanadi. Imbesil bolalar idiot