Interfaol usullarni texnologiya darslarida foydalanish usullari

Yuklangan vaqt

2025-01-26

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

22,4 KB


 
 
 
 
 
 
Interfaol usullarni texnologiya darslarida foydalanish usullari 
 
 
 
Reja: 
1.Interfaol ta’lim texnologiyalarining didaktik mohiyati 
2.Interfaol ta’lim metodlari 
3.Texnologiya darslarida interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish tartibi  
 
  Mavzuga oid tayanch tushunchalar: interfaol metodlar, SWOT tahlil metodi, 
grafik organayzer turlari.  
  Ta’lim to’g’risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ta’lim 
jarayoniga tatbiq etish bilan ta’limda sifat va samaradorlikka erishish va shu orqali 
modernizatsiya qilinga ta’lim standartlari to’lioq bajarilishini ta’minlash davri 
boshlandi. Ta’limda takomillashtirilgan dasturlar, modernizatsiya qilingan, tajriba – 
sinovdan o’tgan standartlar, darsliklarning yangi avlodi bilan ta’minlash, 
kompyuterlashtirish Davlat umummilliy dasturi asosida izchil amalga oshirilmoqda. 
Boshqacha qilib aytganda, zerikarli darslar o’rniga darslarni tashkil etishga 
mas’uliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, 
mas’uliyatli, zamonaviy pedagogik texnologiyani mukammal o’zlashtirib olgan, 
innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil etadigan o’qituvchilarga talab ortib 
bormoqda. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy 
yo‘nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. 
Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, 
xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, 
sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib 
boradi. 
Interfaol usullarni texnologiya darslarida foydalanish usullari Reja: 1.Interfaol ta’lim texnologiyalarining didaktik mohiyati 2.Interfaol ta’lim metodlari 3.Texnologiya darslarida interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish tartibi Mavzuga oid tayanch tushunchalar: interfaol metodlar, SWOT tahlil metodi, grafik organayzer turlari. Ta’lim to’g’risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ta’lim jarayoniga tatbiq etish bilan ta’limda sifat va samaradorlikka erishish va shu orqali modernizatsiya qilinga ta’lim standartlari to’lioq bajarilishini ta’minlash davri boshlandi. Ta’limda takomillashtirilgan dasturlar, modernizatsiya qilingan, tajriba – sinovdan o’tgan standartlar, darsliklarning yangi avlodi bilan ta’minlash, kompyuterlashtirish Davlat umummilliy dasturi asosida izchil amalga oshirilmoqda. Boshqacha qilib aytganda, zerikarli darslar o’rniga darslarni tashkil etishga mas’uliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, mas’uliyatli, zamonaviy pedagogik texnologiyani mukammal o’zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil etadigan o’qituvchilarga talab ortib bormoqda. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.  
 
  Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi 
faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, 
shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.  
  “Interaktiv” (interfaol)-inglizcha so‘z bo‘lib, 
   “interact”- “inter”-bu o‘zaro, 
   “act”-bu “harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi.  
  Umumlashtirganda esa “Interaktiv” (interfaol) –“o‘zaro harakat qilmoq” 
ma’nosini anglatadi.  
  Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, 
o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, 
lekin seminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar 
yaratilishi, kichiq guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar 
berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular 
ta’limtarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. 
Demak, ta’lim – tarbiya sifati va samaradorligini o’quvchining o’quv mazmunini 
o’zlashtirishga yo’naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shug’ullanishi, 
mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog’liq.  
  Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o’quvchilarda quyidagi 
xususiyatlarning rivojlanishini ko’rsatish mumkin:  
-O’quvchi o’qitilmaydi, uni mustaqil o’qish, o’rganish, ishlashga o’rgatiladi. 
Bunda mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o’zlashtirishga, ijodiy mulohaza 
yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o’rgatiladi. O’quvchilarda 
yod fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o’z pozitsiyasini himoya qila olish ko’nikmalari 
shakllantiriladi.  
- O’quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni darsliklardan, turli 
manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali uning bilim olish malakasi 
shakllantiriladi. Olgan bilimlari orqali ijodiy mushohada yuritish imkoniyati 
yaratiladi. O’quvchini darsliklar bilan ishlash, o’qish, o’rganish, qo’shimcha 
adabiyotlardan foydalanib mustaqil o’zlashtirish ko’nikmalarini egallashga 
o’rgatiladi.  
Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. “Interaktiv” (interfaol)-inglizcha so‘z bo‘lib, “interact”- “inter”-bu o‘zaro, “act”-bu “harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi. Umumlashtirganda esa “Interaktiv” (interfaol) –“o‘zaro harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichiq guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta’limtarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Demak, ta’lim – tarbiya sifati va samaradorligini o’quvchining o’quv mazmunini o’zlashtirishga yo’naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shug’ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog’liq. Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o’quvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini ko’rsatish mumkin: -O’quvchi o’qitilmaydi, uni mustaqil o’qish, o’rganish, ishlashga o’rgatiladi. Bunda mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o’zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o’rgatiladi. O’quvchilarda yod fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o’z pozitsiyasini himoya qila olish ko’nikmalari shakllantiriladi. - O’quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni darsliklardan, turli manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali uning bilim olish malakasi shakllantiriladi. Olgan bilimlari orqali ijodiy mushohada yuritish imkoniyati yaratiladi. O’quvchini darsliklar bilan ishlash, o’qish, o’rganish, qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib mustaqil o’zlashtirish ko’nikmalarini egallashga o’rgatiladi.  
 
- Maktabda barcha o’quvchilarning o’z qobiliyatlari darajasida albatta 
o’zlashtirishlari kafolatlanadi. Bunda o’quvchining o’zlashtirilgan bilimlarini 
hayotda, amaliy faoliyatda foydalana olish ko’nikma va malakalari bilan belgilanadi.  
- Barcha o’qituvchi – o’quvchilar interfaol metodlar asosida ishlashni o’rganib, 
uni o’z o’quv – biluv faoliyatlariga olib kira olsalar barcha o’quvchilar bir xil 
natijalarga erisha oladilar.  
  Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional 
sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum 
taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiyaborliqning murakkab tuzilgan 
sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). Unga ko‘ra tafakkurning 
rivojlanishi bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida 
bo‘ladi. Bular quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari 
bilan ham ifodalanadi, jumladan:  
  Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni ayta oladi, 
aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga 
muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni etkaza 
olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, 
takrorlash.  
  Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar, 
qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi 
oqibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar 
namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima 
qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish.  
  Qo‘llash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy 
emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to‘g‘ri qo‘llaydi. Bu 
tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, 
namoyish qilish, foydalanish, o‘rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, 
tatbiq qilish, hal etish.  
  Tahlil darajasidagi tafakkurda o‘quvchi yaxlitning qismlarini va ular 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko‘radi, 
faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini 
baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish, 
- Maktabda barcha o’quvchilarning o’z qobiliyatlari darajasida albatta o’zlashtirishlari kafolatlanadi. Bunda o’quvchining o’zlashtirilgan bilimlarini hayotda, amaliy faoliyatda foydalana olish ko’nikma va malakalari bilan belgilanadi. - Barcha o’qituvchi – o’quvchilar interfaol metodlar asosida ishlashni o’rganib, uni o’z o’quv – biluv faoliyatlariga olib kira olsalar barcha o’quvchilar bir xil natijalarga erisha oladilar. Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiyaborliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). Unga ko‘ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo‘ladi. Bular quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan: Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni etkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash. Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish. Qo‘llash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to‘g‘ri qo‘llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o‘rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish. Tahlil darajasidagi tafakkurda o‘quvchi yaxlitning qismlarini va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko‘radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish,  
 
ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, 
taqsimlash, tekshirish, guruhlash.  
  Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o‘quvchi ijodiy ish bajaradi, biror 
tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. 
Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga 
muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, 
rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish, yaratish, tuzish, 
loyihalash.  
  Baholash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga 
rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud 
ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni 
ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, 
o‘lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, 
qiyoslash. Interfaol ta`lim o`z xususiyatiga ko`ra didaktik o`yinlar orqali, evristik 
(fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muamoli vaziyatni 
hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion 
texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o`z ichiga oladi.  
  Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta`lim o`z navbatida 
kompyuter dasturlari yordamida o`qitish, masofadan o`qitish, internet tarmoqlari 
asosida o`qitish, media-ta`lim metodlaridan iborat.  
  Boshlang`ich ta`limda o`quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik 
darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko`ra didaktik o`yinlar orqali, evristik suhbatlar 
loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo`llanilmoqda. Agar o`qitish jarayonida 
har bir o`quvchi o`zining o`zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib 
ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta`minlagan bo`lar edi. Bunday holatni 
faqat tabaqalashtirilgan ta`lim orqaligina amalga oshirish mumkin.  
  Didaktik o`yinli metodlar o`quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga 
asoslangan. Ular o`quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarish va 
rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta 
ahamiyatga ega. Bu metod o`quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, 
o`ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda 
ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlash. Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o‘quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish, yaratish, tuzish, loyihalash. Baholash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o‘lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash. Interfaol ta`lim o`z xususiyatiga ko`ra didaktik o`yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muamoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o`z ichiga oladi. Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta`lim o`z navbatida kompyuter dasturlari yordamida o`qitish, masofadan o`qitish, internet tarmoqlari asosida o`qitish, media-ta`lim metodlaridan iborat. Boshlang`ich ta`limda o`quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko`ra didaktik o`yinlar orqali, evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo`llanilmoqda. Agar o`qitish jarayonida har bir o`quvchi o`zining o`zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta`minlagan bo`lar edi. Bunday holatni faqat tabaqalashtirilgan ta`lim orqaligina amalga oshirish mumkin. Didaktik o`yinli metodlar o`quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o`quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu metod o`quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o`ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda  
 
atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to`siqlarni, 
qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantiradi.  
  Ta`lim-tarbiya jarayonida asosan o`quvchilarda ta`lim olish motivlarini, ularni 
turli yo`nalishlardagi qobiliyat qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini 
ko`rsatadigan, didaktik o`yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.  
  Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchaniik va boshqa 
yo`nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o`quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, 
tadqiq qilish, hisoblash, o`lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa 
chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq 
o`stirish, til o`rgatish, yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi.  
  Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra, mavjud barcha o`yin turlarini tasniflashda 
ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o`yinlarga 
ajratiladi.  
  Didaktik o`yin turlarini tanlashda, quydagi mezonlarga rioya qilish yaxshi 
natijalar beradi:  
— ishtirokchilarning tarkibi bo`yicha, ya`ni o`g`il bolalar, qiz bolalar yoki 
aralash guruhlar uchun o`yinlar; — ishtirokchilarning soni bo`yicha: yakka, 
juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi 
o`yinlar;  
— o`yin jarayoni bo`yicha fikrlash, o`ylash, topag`onlik, harakatlar asoslangan, 
musobaqa va boshqalarga yo`naltirilgan;  
— vaqt me`yori bo`yicha dars, mashg`ulot vaqtining reja bo`yicha ajratilgan 
qismi, o`yin maqsadiga erishguncha, g`oliblar aniqlanguncha davom etadigan 
o`yinlar.  
  Shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda o`quvchilarni faqat tayyor bilimlarni 
egallashga o`rgatib kelingan edi. Bunday usul o`quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy 
izlanish tashabbuskorlikni so`ndirar edi.  
  Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol uslublar (innovasion pedagogik va 
axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta`limning samaradorligini ko`tarishga 
bo`lgan 
qiziqish, 
e`tibor 
kundan-kunga 
kuchayib 
bormoqda.Zamonaviy 
texnologiyalar qo`llanilgan mashg`ulotlar o`quvchilar egallayotgan bilimlarni 
o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni 
atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to`siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantiradi. Ta`lim-tarbiya jarayonida asosan o`quvchilarda ta`lim olish motivlarini, ularni turli yo`nalishlardagi qobiliyat qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan, didaktik o`yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchaniik va boshqa yo`nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o`quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o`lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o`stirish, til o`rgatish, yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi. Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra, mavjud barcha o`yin turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o`yinlarga ajratiladi. Didaktik o`yin turlarini tanlashda, quydagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi: — ishtirokchilarning tarkibi bo`yicha, ya`ni o`g`il bolalar, qiz bolalar yoki aralash guruhlar uchun o`yinlar; — ishtirokchilarning soni bo`yicha: yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o`yinlar; — o`yin jarayoni bo`yicha fikrlash, o`ylash, topag`onlik, harakatlar asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo`naltirilgan; — vaqt me`yori bo`yicha dars, mashg`ulot vaqtining reja bo`yicha ajratilgan qismi, o`yin maqsadiga erishguncha, g`oliblar aniqlanguncha davom etadigan o`yinlar. Shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda o`quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatib kelingan edi. Bunday usul o`quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish tashabbuskorlikni so`ndirar edi. Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol uslublar (innovasion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta`limning samaradorligini ko`tarishga bo`lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda.Zamonaviy texnologiyalar qo`llanilgan mashg`ulotlar o`quvchilar egallayotgan bilimlarni o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni  
 
ham o`zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O`qituvchi bu jarayonda shaxs va 
jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyanishiga sharoit yaratadi, 
shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday 
o`quv jarayonida o`quvchi asosiy figuraga aylanadi. Ko’pchilik pedagoglar interfaol 
metodlarni ta’lim metodlari bilan bir xil deb hisoblashadi, lekin bunday emas. Ta’lim 
metodlari asosan an’anaviy darsda foydalaniladi. Ular yangi bilimlarni 
o’quvchilarga yetkazishga asoslangan bo’lsa, interfaol metodlar o’quvchilarni 
mustaqil shug’ullanish, yanada faollik bilan birgalikda, o’zaro hamkorlikda faoliyat 
olib borishlariga asoslanadi. Quyidagi jadvolda interfaol metodlar turlarini 
ko’rishimiz mumkin:  
  “Muammoli vaziyat” metodi (o‘qituvchining kichiq ma’ruzasi) “Muammoli 
vaziyat” metodi ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sababini va 
oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimlarini topish bo‘yicha ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirishga qaratilgan metod.  
  “Muammoli vaziyat” metodining tarkibiy tuzilishi quyidagicha:  
 Muammoli vaziyat tavsifini keltirish 
 O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish  
 Guruhlar muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlashi  
 Guruhlarning muammoli vaziyatni oqibatlari to‘g‘risidagi fikrlarini 
jamlanish bosqichi  
 Guruhlarni muammoli vaziyatni yechimini ishlab chiqish bosqichi  
 To‘g‘ri yechimlarni tanlash bosqichi  
  “Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi 
o‘quvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. O‘quvchilar qo‘yilgan 
muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishi kerak, chunki muammoni yechimini 
topa olmasa o‘quvchilarning qiziqishlari so‘nishi va bolalar o‘ziga bo‘lgan 
ishonchini yo‘qotishi mumkin. Dars jarayonida ushbu metoddan foydalanganda 
o‘quchilar mustaqil fikr yurtishga, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishga, 
uning yechimini topishga o‘rganadilar.  
  “Muammoli vaziyat” metodini qo‘llash bosqichlari quyidagilardan iborat:  
1. O‘qituvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va 
vazifalarni aniqlaydi, muammmoni bayon qiladi.  
ham o`zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O`qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o`quv jarayonida o`quvchi asosiy figuraga aylanadi. Ko’pchilik pedagoglar interfaol metodlarni ta’lim metodlari bilan bir xil deb hisoblashadi, lekin bunday emas. Ta’lim metodlari asosan an’anaviy darsda foydalaniladi. Ular yangi bilimlarni o’quvchilarga yetkazishga asoslangan bo’lsa, interfaol metodlar o’quvchilarni mustaqil shug’ullanish, yanada faollik bilan birgalikda, o’zaro hamkorlikda faoliyat olib borishlariga asoslanadi. Quyidagi jadvolda interfaol metodlar turlarini ko’rishimiz mumkin: “Muammoli vaziyat” metodi (o‘qituvchining kichiq ma’ruzasi) “Muammoli vaziyat” metodi ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sababini va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimlarini topish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan metod. “Muammoli vaziyat” metodining tarkibiy tuzilishi quyidagicha:  Muammoli vaziyat tavsifini keltirish  O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish  Guruhlar muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlashi  Guruhlarning muammoli vaziyatni oqibatlari to‘g‘risidagi fikrlarini jamlanish bosqichi  Guruhlarni muammoli vaziyatni yechimini ishlab chiqish bosqichi  To‘g‘ri yechimlarni tanlash bosqichi “Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi o‘quvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. O‘quvchilar qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishi kerak, chunki muammoni yechimini topa olmasa o‘quvchilarning qiziqishlari so‘nishi va bolalar o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishi mumkin. Dars jarayonida ushbu metoddan foydalanganda o‘quchilar mustaqil fikr yurtishga, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishga, uning yechimini topishga o‘rganadilar. “Muammoli vaziyat” metodini qo‘llash bosqichlari quyidagilardan iborat: 1. O‘qituvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi, muammmoni bayon qiladi.  
 
2. O‘qituvchi o‘quvchilarni topshiriqning vazifalari va shartlari bilan 
tanishtiradi.  
3. O‘quvchilarni kichiq guruhlarga ajratadi.  
4. Kichiq guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar va muammoning 
kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar. Barcha guruhlar muammoni sabablarini 
o‘rganib chiqqach, taqdimot o‘tkazadilar. Barcha guruhlardagi muammoning 
sabablari to‘g‘risidagi bir xil fiklar jamlanadi.  
5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida guruhlar muammoning kelib chiqish 
mumkin bo‘lgan oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritadilar va vaqt tugagach, har bir guruh 
o‘z taqdimotini o‘tkazadi. Taqdimotdan keyin bir xil fikrlar yana jamlanadi.  
6. Endi guruhlar muammoni yechishning turli yo‘llari va imkoniyatlarini 
muhokama qiladilar, tahlillar o‘tkazadilar. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini 
ishlab chiqadilar.  
7. Kichiq guruhlar muammoni yechish bo‘yicha o‘z variantlari taklif etilgan 
taqdimot o‘tkazadilar.  
8. Barcha guruhlarning taqdimotidan keyin bir xil yechimlar yoki original 
yechimlar jamlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda muammoli vaziyatni 
yechishning eng maqbul variantini tanlab oladi.  
  Texnologiya darslari da BBB jadvalidan ham foydalanishimiz mumkin. Bunda 
avval o’quvchilarning mavzuga oid shaxsiy fikrlarini so’raymiz. Keyingi bosqichda 
yangi nazariy amaliy ma’lumotlar beriladi. So’ng dars so’ngida o’quvchilarning 
savollarini joylashtiriladi. Dars so’ngida jadval ustida muhokama olib boriladi. 
Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar beriladi. Quyidagi BBB jadvalini ko’rishimiz 
mumkin:  
  “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” metodi qo’llaniladi.  
 Bilaman  
 Bilishni xoxlayman  
 Bilib oldim  
   O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta'lim maktablarida o’qitiladigan barcha 
fanlarning DTS lari va o’quv dasturlari ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich joriy 
etib borilmoqda.  
2. O‘qituvchi o‘quvchilarni topshiriqning vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi. 3. O‘quvchilarni kichiq guruhlarga ajratadi. 4. Kichiq guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar va muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar. Barcha guruhlar muammoni sabablarini o‘rganib chiqqach, taqdimot o‘tkazadilar. Barcha guruhlardagi muammoning sabablari to‘g‘risidagi bir xil fiklar jamlanadi. 5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida guruhlar muammoning kelib chiqish mumkin bo‘lgan oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritadilar va vaqt tugagach, har bir guruh o‘z taqdimotini o‘tkazadi. Taqdimotdan keyin bir xil fikrlar yana jamlanadi. 6. Endi guruhlar muammoni yechishning turli yo‘llari va imkoniyatlarini muhokama qiladilar, tahlillar o‘tkazadilar. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar. 7. Kichiq guruhlar muammoni yechish bo‘yicha o‘z variantlari taklif etilgan taqdimot o‘tkazadilar. 8. Barcha guruhlarning taqdimotidan keyin bir xil yechimlar yoki original yechimlar jamlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechishning eng maqbul variantini tanlab oladi. Texnologiya darslari da BBB jadvalidan ham foydalanishimiz mumkin. Bunda avval o’quvchilarning mavzuga oid shaxsiy fikrlarini so’raymiz. Keyingi bosqichda yangi nazariy amaliy ma’lumotlar beriladi. So’ng dars so’ngida o’quvchilarning savollarini joylashtiriladi. Dars so’ngida jadval ustida muhokama olib boriladi. Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar beriladi. Quyidagi BBB jadvalini ko’rishimiz mumkin: “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” metodi qo’llaniladi.  Bilaman  Bilishni xoxlayman  Bilib oldim O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta'lim maktablarida o’qitiladigan barcha fanlarning DTS lari va o’quv dasturlari ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich joriy etib borilmoqda.  
 
  Umumiy o’rta ta'limning DTS (1999 yil 16 avgust) o’quvchilar umumta'lim 
tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.   
  Texnologiya fani bo’yicha DTS da umumiy o’rta ta'lim maktablarida 
texnologiya fani va kasb tanlashga yo’naltirishning tayanch mazmuni hamda 
maktabni bitirgan o’quvchilarning texnologiya fani fanidan tayyorgarlik darajasini 
me'yorlari ifodalanadi. Texnologiya fani o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar 
tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib, 
yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi 
bilimlarini hamda ma'lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur 
amaliy ko’nikma va malakalarni egallashlariga ongli ravishda kasb tanlashga hamda 
jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatida ko’nikishlariga imkon 
beruvchi shaxsiy sifatlarni va tafakkurlarni rivojlantirishga qaratilgan o’quv fanidir.  
  Umumiy o’rta ta'lim maktabida texnologiya fanini o’qitishning maqsadi:   
  O’quvchilarning aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari bilan tanishtirish.   
  Kasblar bilan tanishtirish  
  Dastlabki mehnat ko’nikmalari va malakalarini shakllantirish  
  Mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish  
  Mehnat va kasblarni qadrlash ularni ahamiyatini tushunishga o’rgatish  
  Kasb tanlashga tayyorlash orqali ularning kasbgacha tayyorgarliklarini amalga 
oshirish  
  Boshlang’ich sinflarda 1-4- sinf texnologiya darslari da interfaol metodlarning 
juda ko’p turlaridan foydalanishimiz mumkin.  
Masalan, 1- sinf “Qog’oz va uning turlari” mavzusini o’tkanimizdan so’ng, dars 
so’ngida Venn diagrammasi grafik organayzeridan foydalanib, qog’oz va uning 
turlarining bir-biridan farqini va ularning o’xshash jihatlarini kiritishimiz mumkin. 
Bunda o’quvchilarni 3 guruhga bo’lamiz. 
 1-guruh qog’ozning o’ziga xos xususiyatlarini yozadi.  
2-guruh kartonning o’ziga xos xususiyatlarini  
3-guruh ularning o’xshash jihatlarini yozadi Guruhlar ishlarini tugatgach, Venn 
diagrammasi chizilib, ma’lumotlar joylashtiriladi.  
Bunda o’quvchilar o’zaro hamkorlikda faoliyat olib borishadi.  
  SWOT- universal tahlil qilish metodi  
Umumiy o’rta ta'limning DTS (1999 yil 16 avgust) o’quvchilar umumta'lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. Texnologiya fani bo’yicha DTS da umumiy o’rta ta'lim maktablarida texnologiya fani va kasb tanlashga yo’naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o’quvchilarning texnologiya fani fanidan tayyorgarlik darajasini me'yorlari ifodalanadi. Texnologiya fani o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma'lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko’nikma va malakalarni egallashlariga ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatida ko’nikishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarni va tafakkurlarni rivojlantirishga qaratilgan o’quv fanidir. Umumiy o’rta ta'lim maktabida texnologiya fanini o’qitishning maqsadi: O’quvchilarning aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari bilan tanishtirish. Kasblar bilan tanishtirish Dastlabki mehnat ko’nikmalari va malakalarini shakllantirish Mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish Mehnat va kasblarni qadrlash ularni ahamiyatini tushunishga o’rgatish Kasb tanlashga tayyorlash orqali ularning kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish Boshlang’ich sinflarda 1-4- sinf texnologiya darslari da interfaol metodlarning juda ko’p turlaridan foydalanishimiz mumkin. Masalan, 1- sinf “Qog’oz va uning turlari” mavzusini o’tkanimizdan so’ng, dars so’ngida Venn diagrammasi grafik organayzeridan foydalanib, qog’oz va uning turlarining bir-biridan farqini va ularning o’xshash jihatlarini kiritishimiz mumkin. Bunda o’quvchilarni 3 guruhga bo’lamiz. 1-guruh qog’ozning o’ziga xos xususiyatlarini yozadi. 2-guruh kartonning o’ziga xos xususiyatlarini 3-guruh ularning o’xshash jihatlarini yozadi Guruhlar ishlarini tugatgach, Venn diagrammasi chizilib, ma’lumotlar joylashtiriladi. Bunda o’quvchilar o’zaro hamkorlikda faoliyat olib borishadi. SWOT- universal tahlil qilish metodi  
 
  Ushbu metod maqsadlarda qo‘llaniladigan metodlardan biri hisoblanadi. Uning 
nomi inglizcha so‘zlarning birinchi harfidan olingan bo‘lib,  
Strengths – kuchli tomonlar,  
Wearnesses – kuchsiz tomonlar yoki muammolar,  
Opportunetiss –tashqi imkoniyatlar,  
Threats-tashqi muhitda mavjud xavf-xatarlar. 
  
  Masalan:1-sinf “Tabiiy va turli materiallardan jonivorlar shaklini yasash” 
mavzusini SWOT -tahlil metodidan foydalangan holda o‘tkazish mumkin.  
S Tabiiy materiallardan foydalanishning kuchli tomonlari 1. 2.  
W Tabiiy materiallardan foydalanishning kuchsiz tomonlari 1. 2.  
O Tabiiy va turli materiallardan foydalanishda mavjud imkoniyatlar (ichki 
imkoniyatlar) A. V. S. D.  
T Tabiiy va turli materiallardan foydalanishga nisbatan mavjud bo‘lgan tashqi 
xavf-xatarlar A. V. S. D.  
 
  Mavzuga oid savol va topshiriqlar:  
1.Interfaol metodlar deganda nimani tushunasiz?  
2.Interfaol metodlar bilan ta’limning metodlarining farqi nimada deb o’ylaysiz?  
3.Interfaol metodlarning grafik organayzerlar turlarini sanab o’ting.  
4.Muammoli vaziyat metodini tushuntiring.  
5.Interfaol ta’limning asosiy mezonlarini ayting.  
6. Interfaol metodlarning qanday xususiyatlarini bilasiz. 
Mustaqil ta’lim doirasidagi vazifalar: 
 
1.Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o‘qitish 
metodikasi. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.; TDPU. 2007-yil. 
2.Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o‘qitish 
metodikasi». Darslik. Т.: TDPU.2015-yil. 
 
Ushbu metod maqsadlarda qo‘llaniladigan metodlardan biri hisoblanadi. Uning nomi inglizcha so‘zlarning birinchi harfidan olingan bo‘lib, Strengths – kuchli tomonlar, Wearnesses – kuchsiz tomonlar yoki muammolar, Opportunetiss –tashqi imkoniyatlar, Threats-tashqi muhitda mavjud xavf-xatarlar. Masalan:1-sinf “Tabiiy va turli materiallardan jonivorlar shaklini yasash” mavzusini SWOT -tahlil metodidan foydalangan holda o‘tkazish mumkin. S Tabiiy materiallardan foydalanishning kuchli tomonlari 1. 2. W Tabiiy materiallardan foydalanishning kuchsiz tomonlari 1. 2. O Tabiiy va turli materiallardan foydalanishda mavjud imkoniyatlar (ichki imkoniyatlar) A. V. S. D. T Tabiiy va turli materiallardan foydalanishga nisbatan mavjud bo‘lgan tashqi xavf-xatarlar A. V. S. D. Mavzuga oid savol va topshiriqlar: 1.Interfaol metodlar deganda nimani tushunasiz? 2.Interfaol metodlar bilan ta’limning metodlarining farqi nimada deb o’ylaysiz? 3.Interfaol metodlarning grafik organayzerlar turlarini sanab o’ting. 4.Muammoli vaziyat metodini tushuntiring. 5.Interfaol ta’limning asosiy mezonlarini ayting. 6. Interfaol metodlarning qanday xususiyatlarini bilasiz. Mustaqil ta’lim doirasidagi vazifalar: 1.Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o‘qitish metodikasi. 0 ‘quv qo‘llanma. Т.; TDPU. 2007-yil. 2.Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o‘qitish metodikasi». Darslik. Т.: TDPU.2015-yil.