INVESTITSION DASTURLARNI MOLIYALASHTIRISH
Reja:
1.
Investitsiyalar: manbalari, baholash va samaradorligi.
2.
Investitsiyalarni moliyalashtirish shakllari.
3.
Inflyatsiya va investitsiyalarni rejalashtirish.
Investitsiyalar bugungi kunda iqtisodiy tizimda eng keng qo‘lllanilayotgan
tushunchalardan biridir. Biroq bu kategoriyaga ham nazariya, ham amaliyot
talablariga umulashtirib javob bera oladigan universal ta’rif ishlab chiqilmaganligi
ko‘p ta’kidlanadi.
Investitsiya bu – foyda olish maqsadida mamlakatning ichkarisi va
tashqarisidagi iqtisodiyotning sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va
boshqalarga uzoq muddatga kapital kiritishdir. Investitsiyalar tushunchasi (lotincha
«investio» so‘zidan olingan bo‘lib, «kiyinaman» degan ma’noni anglatadi) amalda
har qanday lug‘atda mamlakat ichkarisida va xorijda iqtisodiyot tarmoqlariga
kapital
qo‘yish
sifatida
talqin
qilinadi.
Ushbu
tushunchaning
milliy
qonunchiligimizdagi qisqacha sharhini keltiramiz.
O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida
investitsiyalar — investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha,
tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob’ektlariga tavakkalchiliklar asosida
kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu
jumladan
intellektual
mulk
ob’ektlariga
bo‘lgan
huquqlar,
shuningdek
reinvestitsiyalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
mablag‘larni, shu jumladan pul mablag‘larini (shu jumladan chet el
valyutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni,
obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni;
ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar
va boshqa moddiy qimmatliklarni);
intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab
chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar va
ishlab
chiqarish
tajribasi
tarzida
rasmiylashtirilgan,
patentlangan
yoki
patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa
qimmatliklarni;
investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy
va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar sifatida ta’riflangan.
Demak, investitsiya deganda biz pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, boshqa
turdagi mulklar, shuningdek, pul qiymatini beruvchi mulkka egalik qilish huquqi,
tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo‘yiladigan mablag‘lar
tushuniladi.
Investitsiyalarga bo‘lgan zaruratni qo‘yidagi sabablarda deb ko‘rish mumkin:
Ishlab chiqarish hajmini oshirish zarurati;
Korxonaning moddiy-texnik bazasini yangilash zarurati;
Yangi faoliyat yoki yangi mahsulotlarni ishlab chiqish.
Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat:
yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav
kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar (ulushlar) sotib
olish yo‘li bilan ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli
qog‘ozlarni, jumladan qarz majburiyatlarini olish;
konsessiyalarni olish, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, o‘zlashtirish,
qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olish, shuningdek
mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish;
mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mulk
huquqini, mualliflik huquqlarini, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat
namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obro‘sini (gudvillni), shuningdek
savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlariga bo‘lgan mulk huquqini ular
joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda olish;
er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish
va ulardan foydalanish huquqlarini olish.
Investorlar
qonunchilikka
zid
bo‘lmagan
boshqa
shakllarda
ham
investitsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Investitsiya faoliyati investitsiyalar kiritishning turli shakllarini birlashtirish
vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiyalarning
birlamchi
yoki
takroran
kiritiladigan
shakllari
o‘zgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi darajasi o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Investitsiya samaradorligi borasidagi tadqiqotlar umumiqtisodiy muammo
sifatida mamlakatimizning qator nazariyotchi va amaliyotchi olimlari tomonidan
tadqiq
etilgan.
Jumladan,
A.Abdug‘aniyev
fikricha,
«Iqtisod
fanlarida
“samaradorlik” va “iqtisodiy samaradorlik” tushunchalari - mavjud. Ular
mamlakat, tarmoq, korxona, yo‘nalishlar hamda ayrim mahsulotlar bo‘yicha
aniqlanishi mumkin. Iqtisodchi olim I.Q.Rajabovning fikricha, “Samaradorlik
tushunchasi bu ishlab chiqarish jarayoni pirovard natijalarini o‘zida aks ettiruvchi
iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida tushunilishi lozim. Iqtisodiy samaradorlik mohiyati
nafaqat ishlab chiqarish natijalari va harajatlar o‘rtasidagi arifmetik raqamlar bilan,
balki foydali natijalarga erishish yo‘lida harajatlar miqdorini kamaytirish bilan
bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish, taqsimot va ayirboshlash munosabatlari orqali
ifodalanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi harajatlar va natijalar o‘rtasidagi
arifmetik nisbatgina bo‘lmasdan, balki ishlab chiqarish munosabatlarini aks
ettiruvchi iqtisodiy atama...” hisoblanadi.
Ushbu korxona samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili borasida,
iqtisodchi olim Ye.V.Lapin “Investitsiyaning asosiy maqsadi sifatidi aksiyadorlar
tomonidan quyilgan maqsadga intilish. Samaradorlikning umumiy mezoni sifatida
esa “kapital samaradorligi” ko‘rsatkichidan foydalanish to‘g‘ri emas. Bozorda
samarali ishlash va korxonaning yuqori raqobatbardoshligi buxgalteriya foydasi
bilan emas, balki tegishli harajatlarni o‘z vaqtida qoplash uchun zarur bo‘lgan pul
mablag‘lari bilan tavsiflanadi”. Yuqoridagi iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida
respublikamizda investitsiya samaradorligi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar va
ularning ta’sirini hisoblash yo‘llarining ilmiy-nazariy va metodologik asoslarini
takomillashtirishning ba’zi jihatlari yoritilgan. Bularning barchasi milliy
iqtisodiyotning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va usullariga
ta’sir etuvchi omillar asosida rivojlanish yo‘llarini tadqiq etish va ularni moliyaviy
ta’minlashning ilmiy-nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha
chuqur tadqiqotlarni amalga oshirishni, bularni mamlakatimiz amaliyotiga tadbiq
qilib
investitsiya
faoliyatining
moliyalashtirish
manbalari
va
usullarini
shakllantirishni rivojlantirish va takomillashtirish lozimligini talab qiladi.
Har bir iqtisodiy-ijtimoiy jarayon haqida aniq xulosa chiqarish va kelgusi
istiqblolini belgilash bo‘yicha ta’sirchan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun
ularning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish taqozo qilinadi.
Investitsiya ham ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ko‘plab omillar ta’sirida o‘zgarib
boradi.
Amaliy
nuqtai
nazardan,
investitsiya
faoliyati
va
investitsiya
samaradorligiga omillar ta’sirini hisoblash bir qadar murakkab jarayon hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ilmiy adabiyotlarda investitsiya faoliyati va investitsiya
samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar yetarlicha o‘rganilmagan. Bundan tashqari,
mualliflar orasida ushbu masalani o‘rganishda umumiy nuqtai nazar mavjud emas.
Korxona darajasida investitsiyalar samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarga
quyidagilar kiritish mumkin:
- korxona yuritayotgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat samaradorligi;
- samarali investitsiya siyosatining mavjudligi;
- mahsulot sifati va raqobatbardoshligi;
- asosiy vositalardan foydalanish darajasi va ishlab chiqarish quvvatlari;
- korxonada mavjud resurslardan foydalanishning oqilona darajasi;
- korxona menejerlarining malakasi va korxona boshqaruvining mukammallik
darajasi;
- amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining sifati va samaradorligi.
Bevosita ishlab chiqarishga qo‘yilgan investitsiyaning samaradorligi (Qc)
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini (Q) investitsiyaning umumiy qiymatiga (U)
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi: Qc = Q U ;
Ushbu ko‘rsatkichning o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
- aylanma mablag‘larga qo‘yilgan investitsiyalar samaradorligi (Z);
- aylanma mablag‘larga qo‘yilgan investitsiyalarning asosiy vositalarga
qo‘yilgan investitsiyalardagi hissasi (W);
- asosiy vositalarga qo‘yilgan investitsiyalarning barcha investitsiyalardagi
ulushi (S).
Iqtisod
fanlari
doktori,
prof.
D.G‘ozibekovning
“Investitsiyalarni
moliyalashtirish
muammolari”
nomli
ilmiy
asarida
investitsiyalarning
makrodarajadagi va ishlab chiqarish nazariyasidagi, moliya nazariyasidagi va
umuman, iqtisodiyotdagi mohiyatini ochib berishi alohida ahamiyatga ega.
Muallifning fikricha, investitsiyalarning mohiyatini ta’riflayotganda ularning turli
xil risklar va kutilayotgan daromadlar bilan bog‘liqligini hamisha yodda tutmoq
kerak. Pulning daromad keltirish layoqati pul keladigan manbalarga va uning
nimalarga
sarflanishiga,
ya’ni
pulning
qayerdan
kelishi
va
nimalarga
investitsiyalanishiga bog‘liq. Binobarin, kapital manbalarining ishonchliligi bilan
mablag‘larni investitsiyalashning to‘g‘riligi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik kuzatiladi.
Investitsiya ana shu belgilari bilan boshqa mablag‘ solishlardan farqlanib turadi.
Investitsion loyihani moliyaviy-iqtisodiy baholash mablag‘larni real aktivlar
bilan turli operatsiyalarga (ob’ektlarga) joylashning mumkin bo‘lgan variantlarni
tanlash va asoslash jarayonida markaziy o‘rinni egallaydi. Moliyaviy tahlil
loyihadan
keladigan
samaraning
uning
har
bir
ishtirokchilarining
o‘z
maqsadlaridan kelib chiqib, loyihani amalga oshirishdagi erishilishi lozim bo‘lgan
natijalarni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini ochib beradi.
Iqtisodiy tahlilda esa loyihaning milliy iqtisodiyotga beradigan samarasi
nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Xususan, Jahon banki xodimlari (mutaxassislari)
har bir loyiha uchun uning iqtisodiyotga boshqa aniq resurslarni joylashtirishdagi
o‘zaro ziddiyatli variantlarga qaraganda ko‘proq samara keltirishni aniqlashda
keng tahlil ishlarini o‘tkazadilar.
G. Birman, S. Shmidtlar investitsiya loyihalarini iqtisodiy baholashda
quyidagilarga alohida e’tibor qaratgan:
loyihaning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’siri baholanadi;
kiritilayotgan resurslar va olinayotgan mahsulotlar ularningmilliy iqtisodiyot
uchun haqiqiy qadr-qimmatini aks ettiradigan noaniq baholarda baholanadi;
tahlilga iqtisodiyot uchun bevosita ta’sir etuvchi jihatlar kiritiladi (importga,
eksportga, aholi bandliligiga, chet el valyutasiga, talab va taklifga, ekologik
ahvolga va sh.k.), shuningdek bilvosita ta’sirlar (boshqa sohalarga bo‘lgan ta’siri,
sh.k.) ham kiritiladi;
ijtimoiy shart-sharoitlar hisobga olinadi va hokazolar.
I.I. Mazur, V.D. Shapiro, N.G. Olderoggelar o‘zlarining asarlarida investitsiya
loyihalari samaradorligiga quyidagicha ta’rif berganlar: “Investitsiya loyihalarining
samaradorligi - loyihaning uning ishtirokchilarini maqsadi va qiziqishlariga
muvofiqligini ko‘rsatib beruvchi kategoriya hisoblanadi”. Shunga ko‘ra,
loyihaning
samaradorligini
butunligicha
baholash,
shuningdek
loyihada
qatnashuvchi har bir ishtirokchining samarasini aniqlash talab etiladi.
V.
Berens,
P.Xavranekslar
fikricha,
bozor
iqtisodiyoti
rivojlangan
mamlakatlarda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashga asoslangan,
ularni o‘zaro taqqoslay oladigan usullar keng qo‘llaniladi.
Investitsion loyiha samaradorligini asoslash mezonlari bo‘lib, maksimum
foyda yoki daromadlilik, maqsadga erishish vaqtidagi minimum mehnat sarflari,
bozor ulushi, mahsulot sifati va bahosi, zararsizlik nuqtasi va boshqalar
hisoblanadi.
Umuman olganda, samaradorlikni tahlil etishning asosiy maqsadi: aniqlash,
tahlil qilib chiqish va maqbul qarorlar qabul qilish hisoblanadi. Investitsion
qarorlarni qabul qilish esa, qisman, kredit olish yoki mablag‘larni joylashtirishdagi
foiz stavkasiga bog‘liq bo‘ladi.
2-savol bayoni. Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari quyidagilardan
iborat:
- yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav
kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar (ulushlar) sotib
olish yo‘li bilan ishtirok etish;
- O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli
qog‘ozlarni, jumladan qarz majburiyatlarini olish;
- konsessiyalarni olish, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, o‘zlashtirish,
qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olish, shuningdek
mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish;
- mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mulk
huquqini, mualliflik huquqlarini, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat
namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obro‘sini (gudvillni), shuningdek
savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlariga bo‘lgan mulk huquqini ular
joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda olish;
- er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish
va ulardan foydalanish huquqlarini olish.
Investorlar
qonunchilikka
zid
bo‘lmagan
boshqa
shakllarda
ham
investitsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Investitsiya faoliyati investitsiyalar kiritishning turli shakllarini birlashtirish
vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiyalarning
birlamchi
yoki
takroran
kiritiladigan
shakllari
o‘zgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi darajasi o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini tanlash nafaqat
investitsiya
faoliyatining
hayotiyligini,
balki
undan
keladigan
yakuniy
daromadning taqsimlashni, ilg‘or kapitaldan foydalanish samaradorligini va
investitsiyalarni amalga oshiradigan tashkilotning moliyaviy barqarorligini ham
belgilaydi.
Investitsiyalarni
moliyalashtirish
manbalarining
tarkibi
va
tuzilishi
jamiyatning faoliyat mexanizmiga bog‘liq. Har qanday tashkilot tomonidan
qilingan investitsiyalar bir qator mezonlarga ko‘ra tasniflanishi mumkin
1. Investitsiya faoliyati sub’ektiga nisbatan jalb qilish usuliga muvofiq ichki
va tashqi manbalardan jalb qilingan investitsiya manbalariga ajratiladi.
2. Shakllantirilishiga ko‘ra, kapital egalari ichki va xorijiy kapital hisobiga
shakllantirilgan investitsiya resurslarini taqsimlaydilar. Ichki kapital hisobidan
shakllantirilgan investitsiya resurslari xilma-xil shakllarda farqlanadi va qoida
tariqasida kichik biznes uchun qulayroqdir.
3. Mulk huquqiga ko‘ra investitsiya mablag‘lari ikkita asosiy turga bo‘linadi,
ya’ni shaxsiy va qarzga olingan:
- Investitsiyalarning o‘z manbalari tashkilotning investitsiya faoliyatini
qo‘llab-quvvatlaydigan va unga tegishli bo‘lgan mablag‘larining umumiy
qiymatini tavsiflaydi;
- Investitsiyalarning qarz manbalari tashkilot tomonidan jalb qilingan
kapitalni barcha shakllarda qaytariladigan asosda tavsiflaydi.
4. Jalb qilishning tabiiy-moddiy shakllariga ko‘ra, zamonaviy investitsiya
nazariyasi investitsiya manbalarining quyidagi turlarini ajratib turadi:
investitsiya resurslari pul shaklida; moliyaviy shaklda investitsiya manbalari;
moddiy investitsiya resurslari;
nomoddiy shaklda investitsiya resurslari. Ushbu shakllarda sarmoyalarni jalb
qilishga qonun tomonidan yangi tashkilotlar tuzishda, ularning ustav fondlari
hajmini ko‘paytirishda ruxsat beriladi.
5. Jalb qilish vaqtiga ko‘ra investitsiya manbalarining quyidagi turlari
ajratiladi:
- uzoq muddatli asosda jalb qilingan investitsiya manbalari. Ular o‘z kapitali
va bir yildan ortiq muddatli qarz kapitalidan iborat.
Tashkilot tomonidan investitsiya maqsadlari uchun shakllantirilgan o‘z va
uzoq muddatli qarz mablag‘larining yig‘indisi “doimiy kapital” atamasi bilan
tavsiflanadi;
- qisqa muddatli asosda jalb qilingan investitsiya manbalari. Ular vaqtincha
investitsiya ehtiyojlarini qondirish uchun tashkilot tomonidan bir yilgacha tuziladi.
6. Foydalanishning maqsadli yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagilar mavjud:
- real investitsiyalar jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan investitsiya
manbalari. Ularning hajmi va tuzilishi tashkilotning investitsiya dasturi doirasida
har bir real loyiha uchun alohida rejalashtirilgan;
-
moliyaviy
investitsiyalar
jarayonida
foydalanishga
mo‘ljallangan
investitsiya manbalari. Ularni jalb qilish tashkilotning moliyaviy investitsiya
vositalari portfelini shakllantirish yoki qayta qurish maqsadlariga bo‘ysunadi.
7. Investitsiya jarayonining individual bosqichlarini ta’minlash. Shu asosda
investitsion manbalarning quyidagi turlari ajratiladi:
- investitsiyalashdan oldingi bosqichni ta’minlaydigan investitsiya manbalari;
-
investitsiya
bosqichini
ta’minlaydigan
investitsiya
manbalari
-
investitsiyadan keyingi bosqichni ta’minlaydigan investitsiya manbalari.
Investitsion resurslarning ushbu taqsimoti faqat real investitsiya loyihalarini
amalga oshirishni ta’minlash jarayonida qo‘llaniladi. Investitsiya faoliyatining
samaradorligi ko‘p jihatdan uning investitsiya resurslarini maqsadli shakllantirish
bilan belgilanadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va usullarini
shakllantirishning asosiy maqsadi investitsiya faoliyatining samarali natijalarini
ta’minlash nuqtai nazaridan zarur investitsiya aktivlarini sotib olish ehtiyojlarini
qondirish va ularning tuzilishini optimallashtirishdir.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish usuli deganda loyihaning moliyaviy
maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida investitsiya resurslarini jalb qilish
tushuniladi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish yo‘li bevosita moliyaviy
dastaklarni ishga solish bilan bog‘liq bo‘lib, bu, o‘z navbatida, investorlarning
investitsiya loyihasini amalga oshirishda manfaatdorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir
ko‘rsatadi. Investitsiya faoliyatini tashkil etish doimo investorlar bilan bog‘liq
bo‘lishi ularning moliyaviy va iqtisodiy manfaatlarini amalga oshiradigan
loyihalarda yuzaga chiqarishga qaratiladi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan
investitsiya loyihalarini turli manbalar hisobidan ta’minlash asosida iqtisodiyot
tarmoqlarini moliyalashtirishning tarkibi va dinamikasini tahlil qilgan holda
tarmoqlarning rivojlanishi investitsiyalarni jalb etish holatiga qanchalik
bog‘langanligini aniqlash mumkin. Shu bilan birga, ularni jalb etishga intilish
natijasi jalb etish sur’atlari bilan bevosita bog‘liqligi ham kelib chiqadi.
3-savol bayoni. Inflyatsiyani hisobga olish va investitsiyalarni rejalashtirishda
avvalo inflyatsiya riskini hisobga olish lozim. Inflyatsiya riski iste’mol narxlarini
o‘sishi va harid qilib olish qobilyatining passayishi natijasida investitsiya
daromadliligini kamaytiradi.
Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni
hosil qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin.
To‘g‘ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o‘rnatiluvchi majburiy
zahira me’yorlari orqali cheklanadi. Ya’ni, tijorat banki o‘zining joriy harajatlarini
qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish
maqsadida ma’lum miqdordagi pul mablag‘larini zahira sifatida saqlashi lozim.
Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so‘ng
yana bankka qaytishi hamda, majburiy zahira me’yoridan ortiqcha qismi yana
muomalaga chiqarilishi mumkin. To‘xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon
pul taklifi mul’tiplikatori yoki bank mul’tiplikatori deyiladi.
Pul taklifi mul’tiplikatori– bu bankdagi pul depozitlari qushimcha ravishda
o‘sgan hajmining majburiy zahiralar qushimcha hajmiga nisbati bo‘lib, pul
mablag‘larining bir birlikka kupayishi iqtisodiyotdagi pultaklifining qanchaga
usishini kursatadi. Pulga talab ikki qismdan iborat bulishi mumkin: ayirboshlash
uchun zarur bo‘lgan pulga bo‘lgan talab hamda aktivlar sotib olish uchun zarur
bo‘lganpulga talab. Ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pulga bo‘lgan talab
aholining kundalik shaxsiy ehtiyojlari, korxonalarning ish haqi tulash, material,
yoqilg‘i va shu kabilarni sotib olish uchun kerak bo‘lgan pulmiqdorini ifodalaydi.
Inflyatsion risklar ko‘zda tutilmagan moliyaviy yuqotishlar paydo bo‘lish
ehtimoli
bilan
harakterlanganligi
uchun,
uning
darajasini
baholashda
investitsiyalashdan ko‘zda tutilayotgan daromadning o‘rtacha yoki hisob
miqdoridan chetlanishi aniqlanadi. Shuning uchun investitsion risklarni baholash
ko‘zda tutilayotgan daromadlar va ularni yuhotish ehtimolini baholash bilan
bog‘liq.
Inflyatsiya risklarini investitsiya faoliyatida moliyaviy yo‘qotishlarni
baholash jarayonida ularning absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni
hosil qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin.
To‘g‘ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o‘rnatiluvchi majburiy
zahira me’yorlari orqali cheklanadi.
Inflyatsiyaga miqdoriy baho berish uchun ikkita tushunchadan foydalaniladi:
1) inflyatsiya darajasi;
2) inflyatsiya indeksi.
Inflyatsiya darajasi - o‘rganilayotgan davr ichida narxlar qancha foizga
o‘zgarganligini bildiradi, ya’ni bahoning o‘sish sur’atini ko‘rsatadi:
bu yerda:
– R – inflyatsiya darajasi;
– S – summa (tovarning davr boshidagi bahosi);
–
S – hozirgi narx bilan oldingi narx orasidagi farq.
Inflyatsiya indeksi - o‘rganilayotgan davr ichida narxlar necha martaga
oshganligini ko‘rsatadi:
𝐼= 𝑟+ 1 𝑦𝑜𝑘𝑖 𝐼= 𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦 𝑛𝑎𝑟𝑥
𝑜𝑙𝑑𝑖𝑛𝑔𝑖 𝑛𝑎𝑟𝑥
%
100
S
S
R
Agar o‘rganilayotgan muddat bir nechta davrga (n ta davr) bo‘linsa, har bir
davrdagi inflyatsiya darajasi orqali aniqlandi:
Agar o‘rganilayotgan muddat bir hil davrga (n ta davr) bo‘lib, har bir
davrdagi inflyatsiya darajasi bir hil bo‘lsa, inflyatsiya indeksi quydagicha
aniqlandi:
Bundan kelib chiqib, inflyatsiyaning umumiy darajasi:
3-savol bayoni. Faraz qilaylik Ko miqdordagi pul n oyga bank
depozitiga j oylik murakkab foiz stavkasi bilan qo‘yilgan bo‘lsin.
12
i
j
Bu yerda i-yillik nominal foiz stavkasi. Bundan tashqari oylik inflyatsiya
sur’ati h birlikni tashkil qilsin deb faraz qilamiz. Ma’lumki, inflyatsiya sur’ati
nazarga olinmaganda n oyda ustama foiz hisobiga oshgan qo‘yilmaning miqdori.
FV=PV(l+j)n
qiymatga teng bo‘ladi. Agar inflyatsiya nazarga olinsa bu miqdorning
real qiymati
n
n
h
j
PV
h
FV
)
1
(
)
1
(
)
(
formula orqali topiladi. Bu formuladan ko‘rinadiki, agar h=j bo‘lsa, u xolda
qo‘yilmaning dastlabki PV qiymati saqlanadi, ya’ni FV=PV bo‘ladi. Arap h>j
bo‘lsa, u holda FV<PV bo‘ladi, demak qo‘yilmaning qiymati kamayadi.
Iqtisodiyotdagi bunday xolat «kapitalning erroziyalanishi» deb ataladi. Agar h<j
bo‘lsa, u holda qo‘yilmaning qiymati n oyda ma’lum bir miqdorga oshadi. Bu
miqdor rejalashtirilgan miqdorga teng bo‘lishini ta’minlash uchun dastlabki PV
)
1
(
*
...
*
)
1
(
*
)
1
(
*
)
1
(
3
2
1
n
r
r
r
r
I
n
n
r
I
)
1
(
1
I
r
qo‘yilmani yoki foiz stavkasini indeksatsiya qilinadi, ya’ni ularning qiymati
«inflyatsiya mukofoti» miqdoriga oshiriladi. Masalan, agar j - dastlabki foiz
stavkasi (netto stavka) bo‘lib, r inflyatsiya nazarga olib o‘zgartirilgan foiz stavkasi
(brutto stavka) bo‘lsa, u holda qo‘yilmaniig n oydagi real qiymati FV(h) bilan
nominal qiymati FV o‘zaro teng bo‘lishi uchun o‘sish koeffitsiyentini quyidagicha
qzgartirish kerak.
)
1
)(
1
(
1
h
j
r
Bundan
jh
h
j
r
(4.10)
Agar j va h yetarli darajada kichik miqdorlar bo‘lsa, u holda brutto foiz
stavkasi sifatida
h
j
r
(4.11)
miqdorni qabul qilish mumkin. Bu holda qo‘yilmaning real qiymati
n
r
PV
h
FV
)
1
(
)
(
(4.12)
formula orqali topiladi.
(4.10) formula Fisher formulasi deb ataladi. Bu formuladagi h+jh
yig‘indi inflyatsiya oqibatida yqqotiladigan foydaning o‘rnini qoplash uchun
foyda stavkasiga qo‘shiladigan miqdorni ko‘rsatadi. Bu miqdor «inflyatsiya
mukofoti» deb ataladi. I.Fisher formulasi amaliyotda keng tarqalgan qo‘yidagi
xatoga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini tavsiya etadi. Ko‘p hollarda
inflyatsiyani nazarga oluvchi foiz stavkasini hisoblash uchun real foydalilik
stavkasiga inflyatsiya sur’ati qo‘shiladi. Masalan, agar j=40% va h=150% bo‘lsa, u
holda inflyatsiyani nazarga oluvchi foiz stavkasi sifatida
j+h=40+150=l90%
qabul qilinadi. Lekin jh ko‘paytmani nazarga olmaslik uchun j va h
yetarli darajada kichik mikdorlar bqlishi kerak. Bizning holimizda
6
,
0
4
,
0
5
,
1
jh
ya’ni 60%.ga teng. Demak, bu holda inflyatsiyani nazarga oluvchi foiz
stavkasi 190+60=250%ni tashkil qiladi. jh ko‘paytmani nazarga olmaslik
oqibatida olinadigan foydaning chorak qismiga yaqinini yo‘qotish mumkin.
Agar PV dastlabki qo‘yilmani Hn(h)=(1+h)n baho indeksi yordamida
indeksatsiya qilinsa, u holda qo‘yilmaning n oy ichida oshgan qiymati
qo‘yidagiga teng bo‘ladi
Kn(h)=K0Hn(h)(l+j)n=K0(l+h)n(l+j)n=
=K0[(l+h)(1+j)]n= Ko(l+j+h+jh)n=Ko(l+r)n
Demak, bundan ko‘rinadiki foiz stavkasini yoki dastlabki qo‘yilmani
indeksatsiya qilish natijasida bir xil natijaga (qo‘yilmaning oshirilgan
qiymatiga) ega bo‘lish mumkin.