INVESTITSION QUYILMALARNI IQTISODIY BAHOLASHNING METODLARI
Yuklangan vaqt
2024-12-10
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
135,8 KB
INVESTITSION QUYILMALARNI IQTISODIY BAHOLASHNING
METODLARI
Reja:
1.
Investitsion
quyilmalarni
iqtisodiy
baholashning
metodlari.
Investitsion quyilmalarni iqtisodiy baholashning ko‘rsatkichlar tizimi.
2.
Zararsizlik nuqtasi. Mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha loyihalar
tahlili.
3.
Davomliligi har xil bo‘lgan loyihalar. Bir-birini inkor etuvchi
loyihalarni taqqoslash.
Investitsion loyiha samaradorligini asoslash mezonlari bo‘lib, maksimum
foyda yoki daromadlilik, maqsadga erishish vaqtidagi minimum mehnat sarflari,
bozor ulushi, mahsulot sifati va bahosi, zararsizlik nuqtasi va boshqalar
hisoblanadi. Umuman olganda, samaradorlikni tahlil etishning asosiy maqsadi:
aniqlash, tahlil qilib chiqish va maqbul qarorlar qabul qilish hisoblanadi.
Investitsion qarorlarni qabul qilish esa, qisman, kredit olish yoki mablag‘larni
joylashtirishdagi foiz stavkasiga bog‘liq bo‘ladi.
Iqtisodiy baholash esa, investitsiya loyihasining potensial qobiliyati, shu
loyihaga qo‘yilgan mablag‘larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o‘sishi
sur’atini yetarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi. Odatda, investitsiya
loyihalari iqtisodiy samaradorligini baholash oltita usulni o‘z ichiga qamrab oladi.
O‘z navbatida, ularni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin: diskontlash
konsepsiyasidan foydalanishni nazarda tutmaydigan usullar va pul oqimini
diskontlashtirish asosida baholash usullari(1-rasm).
Loyihalarni iqtisodiy samaradorligini baholash usullarini “Nasiba–Nodira
textile” loyihasi ko‘rsatkichlari orqali tahlil qilamiz.
1-jadval
“Nasiba – Nodira textile” investitsiya loyihasi amalga oshirish jarayonida
yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari va pul tushumlari ko‘rsatkichi
Investitsiyalarni rejalashtirishda ularning samaradorligini baholash pul
oqimlari prognozidan foydalanilgan holda hisoblanadigan sof joriy qiymat,
investitsiyalar rentabelligi (profitability investment – PI), daromadlilikning ichki
me’yori, investitsiyalarni qoplash muddati (payback period – PP), yillik foiz
stavkasi (annualized percentage rate – ARR) ko‘rsatkichlari asosida amalga
oshiriladi.
Uzoq muddatli kapital qo‘yilmalar to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun
quyidagi ikkita eng muhim (asos bo‘ladigan) asosni tasdiqlovchi axborotga ega
bo‘lish zarur:
- qo‘yiladigan kapital to‘la qoplanishi lozim;
- mazkur operatsiya natijasida olinadigan foyda miqdori yetarli darajada
yuqori bo‘lishi va yakuniy natijaning noaniqligi sharoitida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan moliyaviy risklarni qoplay olishi lozim.
Investitsion
loyihalar
iqtisodiy
samaradorligini
baholash
uchun
qo‘llaniladigan metodlar tizimini uchta guruhga bo‘lish mumkin: dinamik (vaqt
omilini hisobga oluvchi), statistik (hisob) va muqobil metodlar. Bu jarayonda
qo‘llaniladigan metodlar va ularga mos keluvchi mezonlar quyidagi rasmda
keltirilgan
1-rasm. Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash metodlari
tasniflanishi
Bugungi kunda korporativ moliyani boshqarish amaliyotida ko‘pincha
investitsiyalar samaradorligini baholashdagi zamonaviy yondashuvlarni o‘zida aks
ettiruvchi dinamik mezonlardan foydalaniladi. Ularning qo‘llanilishi qarorlar qabul
qilish jarayonida talab qilinadigan daromadlilik me’yori, vaqt bo‘yicha pul
mablag‘lari qiymati, loyiha risklilik darajasi, kapital bahosi kabi muhim omillarni
hisobga olish va muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Dinamik metodlar ba’zida diskontli metodlar deb ataladi va ular investitsion
loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq pul oqimlarining joriy miqdorini aniqlashga
xizmat qiladi. Bu jarayon quyidagilarga imkon beradi:
- loyihani amalga oshirishning har bir davri oxiridagi pul oqimini aniqlash;
- mos davrlar bo‘yicha olingan barcha ijobiy pul oqimlarini qayta
investitsiyalash imkoniyatlari;
- loyiha bo‘yicha qo‘yilmaga mos foiz stavkasi ko‘rinishida aks etgan loyiha
samaradorligini baholash.
INVESTITSION LOYIHALAR IQTISODIY
SAMARADORLIGINI BAHOLASH METODLARI
Statistik (hisob)
Dinamik (diskont)
Muqobil
Daromadlilikning
hisob me’yori
(ARR)
Qoplash davri (PP)
Sof joriy qiymat
(NPV)
Daromadlilik ichki
me’yori (IRR)
Diskontlangan
qoplash davri (DPP)
Rentabellik indeksi
(PI)
Korrektirovkalanga
n joriy qiymat
(APV)
Iqtisodiy qoʻshilgan
qiymat (EVA)
Real opsionlar
(ROV)
Bunday baholash sifatida, odatda, quyidagilardan foydalaniladi:
- korxona uchun kapitalning o‘rtacha yoki chegaraviy qiymati;
- uzoq muddatli kreditlar va moliyaviy instrumentlar bo‘yicha foiz stavkalari;
- bir xil risk darajalariga ega muqobil qo‘yilmalar daromadliligi;
- investor talab qiladigan qo‘yilmalar daromadliligi me’yori va boshqalar.
Amalda bunday baholash natijasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar inflyatsiya va
risk hisoblanadi. Quyida baholash haqida so‘z yuritganda “diskont me’yori”
atamasidan foydalangan holda uning iqtisodiy tarkibini ko‘rib chiqamiz.
Sof joriy qiymat (NPV)
Loyihaning sof joriy qiymati (Net Present Value – NPV) quyidagi formula
bo‘yicha aniqlanadi:
𝑁𝑃𝑉= ∑
𝐶𝐹
𝑡
(1 + 𝑟)𝑡= ∑
𝐶𝐼𝐹
𝑡
(1 + 𝑟)𝑡−∑
𝐶𝑂𝐹
𝑡
(1 + 𝑟)𝑡
𝑛
𝑡=0
𝑛
𝑡=0
𝑛
𝑡=0
bu yerda, r – diskont me’yori;
n – loyihani amalga oshirish davrlari soni;
CFt – t davrdagi loyiha operatsiyalaridan pul oqimlari;
CIFt – t davrdagi loyihadan jami tushumlar;
COFt – t davrdagi loyiha bo‘yicha jami to‘lovlar.
Sof joriy qiymat (NPV)ni aniqlash natijasidagi umumiy yagona qoida shuki,
NPV ˃0 holatda loyiha amalga oshirish uchun qabul qilinadi. Qolgan holatlarda
esa o‘z-o‘zidan inkor qilish lozim bo‘ladi.
Agar hisob-kitob qilinganda pul oqimlarining sof joriy qiymati ijobiy (NPV
˃0) bo‘lsa, bu loyihani amalga oshirish vaqti davomida dastlabki harajatlar (IK0)
qoplangani va daromadlilik me’yori r talabiga mos foyda olinishi ta’minlanganini
anglatadi. Boshqacha aytganda, NPV loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish
natijasida erishilgan, yangitdan yaratilgan qo‘shimcha qiymat hisoblanadi.
Salbiy miqdordagi NPV berilgan daromadlilik me’yori loyihaning zarar
keltirishini va hech qanday qo‘shimcha qiymat yaratilmasligini anglatadi. NPV = 0
da esa loyiha hech qanday daromad ham, zarar ham keltirmasligini anglatadi.
Misol ko‘rib chiqamiz.
Kompaniya yangi uskuna sotib olishga mablag‘ yo‘naltirmoqchi. Yangi
uskunaning bahosi yetkazib berish va o‘rnatish bilan 100000 birlikni tashkil etadi.
Uskunani joriy etish natijasida 6 yil mobaynida mos ravishda 25000, 30000,
35000, 40000, 45000 va 50000 birlikdagi sof daromad olinishi kutilmoqda. Qabul
qilingan diskont me’yori 10 foiz. Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlaymiz.
Quyidagi jadvalda mazkur misol uchun NPV ning to‘liq hisob-kitobi
keltirilgan (jadval).
jadval
Loyiha bo‘yicha NPV hisob-kitobi, birlikda
t
IC0
CFt
(
1+r)t
PVt
NPV
0
-
100000,00
1,
00
-
100000,00
-
100000,00
1
2500
0,00
1,
10
22727
,27
-
77272,73
2
3000
0,00
1,
21
24793
,39
-
52479,34
3
3500
0,00
1,
33
26296
,02
-
26183,32
4
4000
0,00
1,
46
27320
,54
1137,2
2
5
4500
0,00
1,
61
27941
,46
29078,
68
6
5000
0,00
1,
77
28223
,70
57302,
37
J
ami
-
100000,00
2250
00,00
15730
2,37
57302,
37
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, pul oqimlari to‘g‘ri baholangan
holatda loyiha amalga oshirilgan harajatlarni to‘liq qoplash (taxminan 4-yil
oxirida) imkonini beradi. Shuningdek, NPV (57302,37)ga teng birlikda qo‘shimcha
foyda olish imkonini beradi.
2-savol bayoni. Zararsizlik miqdori – firma foyda olishni boshlashidan oldin
sotishi lozim bo‘lgan mahsulot miqdori.
Kichik korxonalar ham, yirik korxonalar ham zararsizlik tahlilidan ikki
sababga ko‘ra foydalanishadi: u sodda tasavvurlarga asoslanadi va korxonalar
zararsizlik modelidan olingan ma’lumot qaror qabul qilish shart bo‘lgan
vaziyatlarda qo‘l keladi deb hisoblaydilar. Zararsizlik tahlili firma ishlab
chiqaradigan mahsulotning zararsizlik miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Xo‘sh,
mahsulotning zararsizlik miqdori nimani anglatadi? U mahsulotning absolyut
(mutlaq) miqdori bo‘lib, u firma daromadlarining (yoki soliqlar va foizlar
to‘langungacha daromad) nolga teng bo‘lishini ta’minlaydi. Boshqacha qilib
aytganda, zararsizlik tahlili tahlilchiga barcha harajatlarni qoplash uchun qancha
miqdorda mahsulot ishlab chiqarish kerakligini aniqlashda va turli ishlab chiqarish
hajmlari orqali ishlab topiladigan soliqlar va foizlar to‘langungacha daromadni
hisoblashda yordam beradi.
Zararsizlik modelining asosiy elementlari
Zararsizlik modelini qo‘llash uchun biz kompaniya ishlab chiqarish
harajatlarini ikki o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan kategoriyalarga ajratishimiz kerak
bo‘ladi: o‘zgarmas harajatlar va o‘zgaruvchan harajatlar. Siz bunda iqtisodiyot
nazariyasida o‘rganganingiz – uzoq muddatli davrda barcha harajatar o‘zgaruvchan
bo‘lishini xotirlaysiz. Shuning uchun ham zararsizlik tahlili qisqa muddatli davr
uchun mo‘ljallangan.
1-chizma. Umumiy, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan harajatlarning mos mahsulot
hajmiga nisbatan o‘zgarishi
O‘zgarmas harajatlar – savdo hajmi yoki ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori
o‘zgarishi bilan puldagi umumiy qiymati o‘zgarmaydigan harajatlar. Ular
shuningdek, bilvosita harajatlar deb ham ataladi.
O‘zgarmas harajatlar. Bilvosita harajatlar deb ham ataluvchi o‘zgarmas
harajatlar firmaning savdo hajmi va ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgarmaydi.
Ishlab chiqarish hami o‘sib borishi bilan mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi
o‘zgarmas harajat kamayib boradi, chunki firmaning umumiy o‘zgarmas harajatlari
ko‘paygandan ko‘payib borayotgan mahsulot miqdoriga taqsimlanaveradi. 3.1-
chizma jami o‘zgarmas harajatlarini kompaniyaning mos ishlab chiqarish va sotuv
hajmi nisbatan o‘zgarishini tasvirlaydi. Unda o‘zgarmas harajatlar miqdoriga
ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot miqdori ta’sir etmasligi ko‘rsatib berilgan.
Ayni kompaniya uchun ba’zi ishlab chiqarish hajmlarida jami o‘zgarmas
harajatlarning miqdori oshishi yoki kamayishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonidagi ayrim o‘ziga xos o‘zgarmas harajat namunalari
quyidagilar:
1. Boshqaruv xodimlari ish haqi;
2. Amortizatsiya;
3. Sug‘urta;
4. Vaqtli reklama dasturlariga sarflanadigan ulgurji harajatlar;
5. Mol-mulk soliqlari;
6. Ijara;
O‘zgaruvchan harajatlar – ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga qarab
o‘zgaradigan harajatlar. Ular bevosita harajatlar ham deb ataladi.
O‘zgaruvchan harajatlar. O‘zgaruvchan harajatlar ba’zan bevosita harajatlar
deb ham ataladi. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi o‘zgaruvchan harajat ishlab
chiqarish hajmiga qarab o‘zgaradi. Jami o‘zgaruvchan harajatlar mahsulot birligiga
to‘g‘ri keluvchi o‘zgaruvchan harajatni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot
miqdoriga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Zararsizlik modeli jami o‘zgaruvchan
harajatlar va sotuv hajmi o‘rtasida mutanosiblik bor, deb ta’kidlaydi. Shunday
ekan, sotuv hajmi 10 foizga ortadigan bo‘lsa, shunga monand ravishda
o‘zgaruvchan harajatlar ham 10 foizga ko‘payadi. Shuni yodda tutish kerakki, agar
nol birlik mahsulot ishlab chiqarilsa, o‘zgaruvchan harajatlar ham nolga teng
bo‘ladi, lekin o‘zgarmas harajatlar noldan kattaroq bo‘ladi.
Mahsulot birligining sotuv narxi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi
o‘zgaruvchan harajatdan oshguniga qadar o‘zgarmas harajatlarni moliyalashtirish
uchun ajratma ajratib qo‘yish kerakligini anglatadi. Bu nima sababdan ba’zi
firmalar savdo hajmi tushib ketgan hollarda ham ishlab chiqarishni davom
ettirishlarini tushuntirishga yordam beradi: bu orqali ular o‘zgarmas harajatlarni
qoplashga harakat qiladilar.
O‘zgaruvchan harajatlarning ba’zi ko‘rinishlari quyidagilar:
1. Ish haqi;
2. Xom-ashyo va materiallar;
3. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq energiya harajatlari (yoqilg‘i, elektr, tabiiy
gaz);
4. Zavoddan chiqib ketuvchi mahsulotlar uchun tashish harajatari;
5. Qadoqlash;
6. Sotish uchun komission to‘lovlar.
1-rasmda jami harajatlarning kompaniyaning mos ishlab chiqarish hajmiga
nisbatan o‘zgarishi tasvirlangan. Jami harajatlar firmaning o‘zgarmas va
o‘zgaruvchan harajatlari yig‘indisidir.
Harajatlarning tabiati haqida. Hech kim hamma harajatlar o‘zgarmas va
o‘zgaruvchan harajatlarning biz xuddi 1-rasmda tasvirlaganimizdek amal qilishiga
ishonmaydi. Shuningdek biror bir qonun yoki buxgalteriya tamoyilida firma jami
harajatlarinining aniq bir turi doimo o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan harajat sifatida
tasniflanishi kerak, deyilmagan. Bir firmada energiya harajatlari asosan o‘zgarmas
bo‘lsa, yana boshqa firmada ular mahsulot hajmiga qarab o‘zgarishi mumkin1.
Shuningdek, ayrim harajatlar ba’zan o‘zgarmas bo‘lishi mumkin, keyinchalik
esa ishlab chiqarish hajmi yuqori pog‘onaga ko‘tarilgach ular ham keskin
ko‘tariladi va o‘zgarmay turaveradi; ishlab chiqarish hajmi yana o‘ssa, ular ham
ko‘payadi. Bunday harajatlar yarim-o‘zgaruvchan yoki yarim-o‘zgarmas harajatlar
deb nomlanishi mumkin. Tanlash sizning ixtiyoringizda, chunki har ikki termin
ham amaliyotda qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishni nazorat qiluvchilarga to‘lanadigan
ish haqi bunga misol bo‘lishi mumkin. Qisqa muddat ishlab chiqarish hajmini 15
foizga qisqartirib turishga to‘g‘ri kelsa, korxona nazoratchilar ish haqini ham 15
foizga qisqartirishi haqiqatdan yiroq. Shunga o‘xshash, sotuvchilarga to‘lanadigan
komission haq ular ko‘proq sotganlari sayin ortib boradi. Harajatlarning bu turdagi
xususiyati 2-chizmada tasvirlangan.
2-chizma. Yarim-o‘zgaruvchan harajatlarning mahsulotning mos
hajmiga nisbatan o‘zgarishi
1Havo harorati qattiq nazorat qilinuvchi issiqxonalarda isitish harajatlari ko‘pincha issiqxona
binosi o‘simliklar bilan to‘la yoki to‘la emasligidan qat’iy nazar o‘zgarmas bo‘ladi. Tutqichlarni
ishlab chiqarishga qaratilgan metalga shakl berish jarayonida mashinalar to‘xtab turgan yoki
ishchilar ishda bo‘lmagan vaqtda korxonani yuqori darajada isitish shart emas. Bu holatda, isitish
harajatlari ko‘proq o‘zgaruvchan deb hisoblanadi.
Zararsizlik modelini qo‘llash va murakkab harajatlar strukturasi masalasini
hal qilish uchun moliyaviy menejer rejalashtirilayotgan maqsadlar uchun eng
munosib ishlab chiqarish hajmini aniqlash (1) va ushbu ishlab chiqarish hajmiga
muvofiq ravishda yarim-o‘zgaruvchan harajat moddalarining bir qismini
o‘zgarmas, qolganini esa o‘zgaruvchan harajatlarga ajratish orqali ularning
qiymatli samaradorligini aniqlashi shart. Haqiqiy biznes jarayonida bu jarayon
hazil emas. U haqiqiy zararsizlik hisob-kitoblarini qilishga nisbatan harajatlarni
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kategoriyalarga ajratishda raqamlar bilan ishlashga
ko‘proq vaqt sarflaydigan tahlilichi uchun noodatiy emas.
Jami daromad va ishlab chiqarish hajmi. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan
harajatlardan tashqari, zararsizlik modeli savdodan olingan jami daromad va ishlab
chiqarish hajmi kabi muhim elementlarni ham o‘z ichiga oladi. Jami daromad jami
savdo hajmining puldagi qiymatini anglatadi va u mahsulot birligi narxining
sotilgan mahsulot miqdoriga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish hajmi
esa firmaning faollik darajasini bildiradi va uni birlik miqdorda yoki pulda
ifodalash mumkin.
Jami daromad – pulda ifodalangan jami savdo hajmi. Ishlab chiqarish hajmi –
ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot miqdori.
Zararsizlik nuqtasini topish.
Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi nuqtayi nazaridan zararsizlik nuqtasini
topishning bir necha usullari bor. Bu usullarning barchasi hozirgina ta’kidlab
o‘tilgan zararsizlik modelining muhim elementlariga asoslanadi. Zararsizlik modeli
firmaning daromadlar to‘g‘risidagi hisobotini quyida berilgan formula ko‘rinishida
ifodalashni talab etadi:
𝑺𝒂𝒗𝒅𝒐 𝒉𝒂𝒋𝒎𝒊
−(𝒋𝒂𝒎𝒊 𝒐′𝒛𝒈𝒂𝒓𝒖𝒗𝒄𝒉𝒂𝒏 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓
+ 𝒋𝒂𝒎𝒊 𝒐′𝒛𝒈𝒂𝒓𝒎𝒂𝒔 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓) = 𝒇𝒐𝒚𝒅𝒂 (𝟏)
Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi asoslanadigan bo‘lsak, barcha mahsulot
sotilishi mumkin bo‘lgan narx va mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi o‘zgaruvchan
harajatni ko‘rsatib o‘tish zarur. Chunki zararsizlik modelida o‘rganiladigan foyda
tushunchasi FSTD ni bildiradi, biz esa foyda so‘zi o‘rniga ushbu qisqartmani
qo‘llaymiz. Mahsulot birligi jihatidan, (1) tenglikda keltirilgan daromadlar
to‘g‘risidagi hisobot FSTD ni nolga tenglash orqali zararsizlik modeliga aylanadi:
(𝑴𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈
𝒔𝒐𝒕𝒊𝒔𝒉 𝒃𝒂𝒉𝒐𝒔𝒊
) × (𝑺𝒐𝒕𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕
𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊
)
−[( 𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒈𝒂
𝒐′𝒛𝒈𝒂𝒓𝒖𝒗𝒄𝒉𝒂𝒏 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕) × (𝒔𝒐𝒕𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕
𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊
)
+ (𝒋𝒂𝒎𝒊 𝒐′𝒛𝒈𝒂𝒓𝒎𝒂𝒔
𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓
)] = 𝑺𝑭𝑻𝑫= 𝟎 (𝟐)
Endi bizning vazifamiz (2) tenglama, ya’ni FSTD=0 shartni qanoatlantiruvchi
ishlab chiqarilishi va sotilishi lozim bo‘lgan mahsulot miqdorini topishdir. Bu esa
FSTD=0 bo‘lishini ta’minlovchi sotilgan mahsulot miqdorini topish uchun (2)
tenglamani yechish orqali amalga oshiriladi.
Aniqroq qilib aytganda, sotilgan mahsulotning zararsiz miqdori quyidagicha
topiladi:
𝑺𝒐𝒕𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕𝒏𝒊𝒏𝒈
𝒛𝒂𝒓𝒂𝒓𝒔𝒊𝒛 𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊
=
𝒋𝒂𝒎𝒊 𝒐′𝒛𝒈𝒂𝒓𝒎𝒂𝒔 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓
(𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈
𝒔𝒐𝒕𝒖𝒗 𝒏𝒂𝒓𝒙𝒊
−
𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒈𝒂
𝒐′𝒛𝒈𝒂𝒓𝒖𝒗𝒄𝒉𝒂𝒏 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕)
(𝟑)
1-Misol
Zararsizlik darajasini hisoblash
“Pierce Grain” kompaniyasi bir necha turdagi mahsulotlarni ishlab
chiqarishiga qaramay, uzoq muddat kuzatuvlar natijasida uning mahsulotlari
tuzilishi ancha o‘zgarmas ekanligi aniqlandi. Bu esa menejerlarga mahsulot
birligiga to‘g‘ri keluvchi “odatiy” sotuv narxi va mahsulot birligiga to‘g‘ri kelivchi
“odatiy” o‘zgaruvchan harajatdan foydalangan holda moliyaviy rejalashtirishni
amalga oshirish imkoniyatini beradi. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi “odatiy”
sotuv narxi va o‘zgaruvchan harajat o‘zgarmas ishlab chiqarish tuzilishidan kelib
chiqib hisoblanadi. Bu xuddi mahsulot tuzilishi bu yagona katta mahsulot deb
hisoblashga o‘xshaydi. Sotish narxi $10, o‘zgaruvchan harajatlar esa $6. Firmaning
yillik jami o‘zgarmas harajatlari esa $100,000.kelgusi yil uchun ishlab
chiqariladigan va sotiladigan mahsulot miqdorining zararsizlik nuqtasi qanday?
1-ish: Tuzish. yechim strategiyasi
Biz harajatlarni qoplashdan «Pierce Grain” kompaniyasi tomonidan sotilishi
kerak bo‘lgan mahsulot tuzilmasi miqdoriga qiziqib ko‘ramiz. Bunda FSTD
(foyda) nolga teng bo‘ladi. Umumiy nazariyadan olingan (3) tenglama quyida yana
bir bor berilgan:
𝑺𝒐𝒕𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕𝒏𝒊𝒏𝒈
𝒛𝒂𝒓𝒂𝒓𝒔𝒊𝒛 𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊
=
𝒋𝒂𝒎𝒊 𝒐‘𝒛𝒈𝒂𝒓𝒎𝒂𝒔 𝒉𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓
(𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈
𝒔𝒐𝒕𝒖𝒗 𝒏𝒂𝒓𝒙𝒊
−
𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒈𝒂
𝑜‘𝑧𝑔𝑎𝑟𝑢𝑣𝑐ℎ𝑎𝑛 ℎ𝑎𝑟𝑎𝑗𝑎𝑡)
Qo‘yilgan masala va tenglamadan bilganlarimiz quyidagilar:
1. Jami o‘zgarmas harajatlar = $100,000
2. Mahsulot birligi sotuv narxi = $10
3. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi o‘zgaruvchan harajat = $6
2-ish: Raqamlarni qo‘yib chiqish
Bu ma’lumotlarni (3) tenglamaga qo‘yadigan bo‘lsak:
𝒁𝒂𝒓𝒂𝒓𝒔𝒊𝒛𝒍𝒊𝒌=
$𝟏𝟎𝟎, 𝟎𝟎𝟎
(𝟏𝟎−𝟔) $/𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊
𝒁𝒂𝒓𝒂𝒓𝒔𝒊𝒛𝒍𝒊𝒌= 𝟐𝟓, 𝟎𝟎𝟎 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒌
3-ish: Natijalarni tahlil qilish
Shu tariqa, «Pierce Grain” kompaniyasi kelgusi yilda faqatgina o‘zgarmas
harajatlarni qoplash uchun 25,000 birlik mahsulot sotishi kerak. Eng muhimi,
25,000 birlik mahsulotni sotganidan so‘ng «Pierce Grain” kompaniyasi 25,000
birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan harajatlarni ham qoplaydi va
FSTD=0 bo‘ladi.
𝒁𝒂𝒓𝒂𝒓𝒔𝒊𝒛𝒍𝒊𝒌=
𝒋𝒂𝒎𝒊 𝒐′𝒛𝒈𝒂𝒓𝒎𝒂𝒔 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓
(𝟏−𝒐′𝒛𝒈𝒂𝒓𝒖𝒗𝒄𝒉𝒂𝒏 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓
𝒅𝒂𝒓𝒐𝒎𝒂𝒅𝒍𝒂𝒓
) (4)
Zararsizlik nuqtasining puldagi ifodasi
Ko‘p turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi firma uchun zararsizlik nuqtasini
mahsulot birligi emas, balki sotilgan mahsulotning puldagi qiymati orqali ifodalash
qulayroq. Aslida esa, savdo muayyan mahsulotlar tuzilmasi uchun umumiy maxraj
bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, tashqi tahlilchi mahsulot birligi qiymati haqidagi
ichki ma’lumotlarni ola olmasligi mumkin. Shunday bo‘lsada, u firmadan yillik
hisobotlarni olish imkoniyatiga ega. Agar tahlilchi yillik hisobotda berilgan
firmaning jami harajatlarini o‘zgarmas va o‘zgaruvchan harajatlarga ajrata olsa, u
holda, umumiy puldagi ifodalangan zararsizlik nuqtasini hisoblashi mumkin
bo‘ladi.
3-savol bayoni. Ko‘p sonli tadqiqotlar ko‘rsatib beradiki, NPV ko‘rsatkichi
belgilangan davr mobaynida pul mablag‘lari kirimi va chiqib ketishi o‘rtasidagi
munosabatni o‘zida aks ettiradi, shuningdek, amalga oshirilgan harajatlarni
qoplash va qo‘yilmalarning berilgan daromadliligi me’yoriga erishishi haqida
tasavvur beradi.
NPV mutlaq ko‘rsatkich sifatida o‘zaro jamlash xususiyatiga ham ega. Ya’ni
turli loyihalar bo‘yicha NPV lar o‘zaro jamlanishi mumkin:
NPV (A,B,K)= NPV(A)+ NPV(B)+ NPV(K).
Mazkur mezonning muhim xususiyatlaridan biri sifatida kelib tushgan
mablag‘larni reinvestitsiyalash stavkasi bo‘yicha aniq taxminni keltirish mumkin.
NPV metodida loyihani amalga oshirishdan kelib tushadigan mablag‘lar korxona
uchun kapitalning o‘rtacha tortilgan qiymatini anglatuvchi berilgan diskont
me’yori (r) bo‘yicha reinvestitsiyalanishi aniq belgilab berilmaydi.
NPV metodi loyihani amalga oshirish natijasida korxona qiymati o‘zgarishi
haqida fikr yuritish imkonini beradi. Shuningdek, NPV ko‘rsatkichining
qo‘llanilishi orqali taqqoslama baholash mutlaq miqdorlarni taqqoslashning
murakkabligi kabi amaliyotda har doim ham qulay emas.
Misol ko‘rib chiqamiz.
Faraz qilaylik ikkita loyiha ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan. Qabul
qilingan diskont me’yori 10 foiz. Mos ravishda pul oqimlarini baholash va NPV
hisob-kitobi quyidagi jadvalda keltirilgan (jadval).
jadval
Loyihalarni amalga oshirish shartlari, birlikda
Loyiha
IC0
CFt
PVt
NPV
A
-10000
16500
15000
5000
B
-100000
115000
105000
5000
Ikkala loyiha bo‘yicha ham sof joriy qiymat 5000 birlikni tashkil etadi, bu o‘z
navbatida tanlash shart bo‘lgan holatda eng yaxshi variantni aniqlash imkonini
bermaydi.
Shundan kelib chiqqan holda korporativ moliyani boshqarish amaliyotida
nisbiy ko‘rsatkich hisoblangan daromadlilikning ichki me’yori va rentabellik
indeksini kabi ko‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Daromadlilikning ichki me’yori
Daromadlilikning ichki me’yori (Internal Rate of Return – IRR) investitsiyalar
samaradorligini baholashda keng foydalaniladigan mezon hisoblanadi.
Daromadlilikning ichki me’yori tushunchasi NPV nolga teng bo‘lganda
investitsion loyiha bo‘yicha pul oqimlarining sof joriy qiymatini aniqlashga xizmat
qiluvchi diskontlashning koeffitsientlari yoki foiz stavkalarini anglatadi.
Daromadlilikning ichki me’yori quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
𝑁𝑃𝑉= ∑
𝐶𝐹
𝑡
(1 + 𝐼𝑅𝑅)𝑡= ∑
𝐶𝐼𝐹
𝑡
(1 + 𝐼𝑅𝑅)𝑡−∑
𝐶𝑂𝐹
𝑡
(1 + 𝐼𝑅𝑅)𝑡= 0
𝑛
𝑡=0
𝑛
𝑡=0
𝑛
𝑡=0
Bu tenglama matematik ifodalardan foydalanish orqali IRRni aniqlash
imkonini beradi. Bunda NPV=0 ekanligini, ya’ni dastlabki harajat va pul
tushumlari o‘zaro miqdori teng ekanligini unutmaslik lozim.
Umumiy holda IRR noldan yuqori bo‘lsa investitsiyalar iqtisodiy jihatdan
samarali hisoblanadi. Qaror qabul qilish jarayonida IRR miqdori investor
tomonidan talab qilinadigan daromadlilik stavkasiga nisbatan solishtiriladi. Bunda
agar IRR˃r bo‘lsa, loyiha ijobiy NPVni va daromadlilikni ta’minlaydi. Agarda
IRR˂r bo‘lsa harajatlar daromadlardan oshib ketadi va loyiha foydali
hisoblanmaydi.
Investitsion
loyihalarni
baholashda
IRR
ko‘rsatkichi
qator
ijobiy
xususiyatlarga ega. Birinchidan, mazkur ko‘rsatkich loyihalarni moliyalashtirish
uchun jalb qilinadigan manbalarga to‘lovlarning maksimal stavkasi sifatida ko‘rib
chiqiladi.
Ikkinchidan, IRRning belgilanishi investitsion harajatlar foydaliligining
minimal stavkasi sifatida talqin qilinishi mumkin. Agarda bu ko‘rsatkich kapital
o‘rtacha qiymatidan yoki ma’lum bir tarmoqdagi daromadlilik me’yoridan yuqori
bo‘lsa, loyiha amalga oshirish uchun tavsiya qilinishi mumkin.
Uchinchidan, daromadlilikning ichki me’yori investitsiyani qoplashning
chegaraviy darajasi sifatida amal qilishini ta’kidlash lozim. Mazkur mezon
loyihaga qo‘shimcha kapital qo‘yilmalar amalga oshirishning maqsadga
muvofiqligini belgilib beradi.
IRR ni qo‘lda hisob-kitob qilish ko‘p mehnat talab qilishi mumkin. Lekin
investitsion tahlilning bugungi zamonaviy dasturiy vositalari bu ko‘rsatkichni tez
va samarali aniqlash imkonini beradi. Xususan, jadval protsessorlari hisolablangan
Mikrosoft Exkel dasturi IRRni hisoblash uchun maxsus funksiyalarga ega.
Yuqoridagi misol bo‘yicha IRR 26 foizga teng. Shunday ekan, olinayotgan
natija diskont me’yoridan yuqori va IRR mezoniga ko‘ra loyiha qabul qilinishi
tavsiya etiladi. Mazkur holatda operatsiya bo‘yicha samaradorlik 26% – 10% =
16%ni tashkil etadi.
Investitsion tahlilda foizlarda aks etadigan IRR ko‘rsatkichi NPV
ko‘rsatkichiga nisbatan foydalanish uchun juda qulay hisoblanadi. Mazkur
amaliyotda nisbiy miqdorlar natijani aniqroq ko‘rsatib beradi.
IRR mezonining axborot uchun belgilanishining asosiy sababi amaliyotda
uning ommabopligi va tushunarliligi hisoblanadi. Ko‘p sonli xorijiy tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, 75 foiz moliyaviy direktorlar deyarli har doim investitsiyalar
samaradorligini baholashda mazkur ko‘rsatkichdan foydalanadi.
Bundan tashqari IRR ko‘rsatkichi diskontlash stavkalarini belgilash borasidagi
taxminlarsiz loyihani baholash imkonini beradi.