IQLIM SHAKLLANISHINING ASOSIY OMILLARI
REJA:
1. Iqlim hosil qiluvchi tabiiy omillar.
2. Iqlimni shakllantiruvchi antropogen omillar.
3. Iqlimning shakllanishiga quyosh radiatsiyasi, atmosfYera sirkulyasiyasi,
taglik sirt va joy relefining ta’siri.
4. Iqlim hosil qiluvchi jarayonlar.
Bugungi kunda Yer iqlimi va uning o‘zgarishini belgilovchi omillar tabiiy va
insonning turli ko‘rinishdagi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan antropogen omillarga
ajratiladi.
Iqlim hosil qiluvchi tabiiy omillar. Iqlim hosil qiluvchi va uning o‘zgarishiga
ta’sir etuvchi tabiiy omillarni quyidagi uchta guruhga ajratish mumkin: astronomik,
tashqi geofizik va ichki geofizik.
• quyosh yorituvchanligi va quyosh faolligining o‘zgarishi;
• Yer orbitasi parametrlari;
• Yer orbitasi parametrlarining Yer bilan Quyosh, Yer bilan Oy va boshqa
planetalar bilan o‘zaro
gravitatsion maydon ta’sirlashuvida o‘zgarishi;
• yulduzlararo muhit zichligining kirib kelayotgan Quyosh radiatsiyasiga ta’siri.
AtmosfYeraning yuqori chegaralariga kirib kelayotgan Quyosh enYergiyasi
mana shu omillarga bog‘liq bo‘lib, ular ta’sirida solyar (quyosh) iqlimi shakllanadi.
Bu miqdor quyosh doimiysi deb ataladi. Yerning Quyoshga nisbatan o‘rtacha
joylashishida quyosh doimiysining qiymati 1 yanvar 1981 yildan 1,367Q0,007
kVtG‘m2 deb qabul qilingan. BYerilgan nuqtaga ayni vaqtda kirib kelayotgan
Quyosh radiatsiyasi oqimi quyosh doimiysi qiymatiga, Quyoshgacha bo‘lgan
masofaga, Quyoshning og‘ishiga, joyning kengligiga va kundagi vaqtga bog‘liq.
Sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar turli kengliklarda atmosfYeraning yuqori chegarasiga
kirib kelayotgan issiqlik oqimining kunlik va yillik o‘zgarishlarini belgilaydi.
Quyosh sistemasidagi sayyoralarning uzoq yillar davomida o‘zaro gravitatsion
ta’sirlashuvi natijasida Yer orbitasining ekssentrisiteti (ellipssimonligi) o‘zgaradi.
Ekliptikaga nisbatan ekvatorning og‘ish burchagi ham o‘zgaradi, chunki u Quyosh
og‘ishi bilan bog‘liqdir. Bu Yerda orbita surilishini ham hisobga olish lozim. Barcha
sanab o‘tilgan omillar iqlimning sezilarli va davomiyli tebranishlarini keltirib
chiqaradi.
Tashqi geofizik omillar. Ularga quyidagilar kiradi:
• Yerning o‘lchamlari va massasi;
• Yerning burchak aylanish tezligi;
• Yerning og‘irlik maydoni va uning anomaliyalari;
• Yerning magnit maydoni;
• Yer qa’rida vulkan hodisalarini keltirib chiqaruvchi jarayonlar;
• geotYermal issiqlik oqimlari va boshqalar.
Sanab o‘tilgan omillar orasida vulkan jarayonlari iqlim o‘zgarishiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi. Vulkanlar otilishi natijasida atmosfYeraga bir yilda 15-25 mln.
tonna aYerozol qo‘shiladi. Bunday katta miqdordagi aYerozol zarrachalari bir
tomondan Quyoshdan kelayotgan qisqa to‘lqinli radiatsiyaga ta’sir ko‘rsatsa,
ikkinchi tomondan atmosfYera va Yer sirtidan uzun to‘lqinli nurlanishga ham ta’sir
etadi. Yerning aylanish burchagi tezligining o‘zgarishi atmosfYera sirkulyasiyasiga,
bu esa, o‘z navbatida, atmosfYeraning asosiy ta’sir markazlarining holatiga va
jadalligiga ta’sir etadi. GeotYermal issiqlik oqimlari esa iqlimning mahalliy
o‘zgarishlariga ta’sir etishi mumkin. Yer shaklining nosimmetrikligi va uning
gravitatsion maydonining hamda Yer mantiyasi va sub’yadrosidagi jarayonlarning
iqlimga qanday ta’sir etishi hozirgacha kam o‘rganilgan masalalardan hisoblanadi.
Ichki geofizik omillar. Bu omillar iqlimiy sistemaning alohida tarkibiy
qismlari va ularning o‘zaro ta’sirlashuv qonuniyatlari uchun xosdir. Ularga
quyidagilar kiradi:
• atmosfYeraning kimyoviy tarkibi;
• matYeriklar va okeanlarning ta’sirlanish xususiyatlari;
• quruqlik yuzasi relefi;
• okean massasi va xususiyatlari;
• atmosfYera va okeandagi sirkulyasion jarayonlar;
• atmosfYera tiniqligi va bulutlilik.
Sanab o‘tilgan omillar orasida iqlim o‘zgarishiga sezilarli ta’sirni suv bug‘lari
va karbonat angidrid ko‘rsatadi, chunki ular tabiiy issiqxona effektining
shakllanishiga imkoniyat yaratadi. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha atmosfYerada
suv bug‘lari bo‘lmaganda Yer sirtidagi havo harorati 25 0S qiymatda pasaygan bo‘lar
edi. Xuddi shu kabi atomsfYerada karbonat angidrid bo‘lmaganda harorat 6 0S ga
pasayadi. Quruqlik va okeanlarning notekis taqsimlanishi namlik va issiqlik
aylanishi jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. AtmosfYera va okeanning umumiy
sirkulyasiyasi ta’sirida asosiy iqlim mintaqalari shakllanadi. Iqlim hosil qiluvchi
tabiiy omillarni aniqlashda boshqacha yondoshuv ham mavjud bo‘lib, unda quyidagi
uchta guruh ajratiladi: radiatsion, geografik va sirkulyasion.
Radiatsion omillar. Ularga Yer sirti, atmosfYera va umuman Yer sayyorasi
radiatsion rejimini shakllantiruvchi omillar kiradi. Bular, birinchidan, quyidagi
astronomik omillardir:
• quyosh doimiysi qiymati;
• Quyoshning og‘ishi;
• kun soatlari.
Ikkinchidan, unga quyidagi meteorologik omillar kiradi:
• atmosfYera tarkibi, undagi aYerozollar va suv bug‘larining miqdori;
• atmosfYera tiniqligi, aYerozollar va suv bug‘lari konsentratsiyasiga bog‘liq;
• bulutlilik miqdori va turi;
• Yer sirti albedosi, Yer sirtining tipi va holati bilan aniqlanadi;
• Yer sirti namligi va harorati.
Sanab o‘tilgan omillar Yer sirti va atmosfYera radiatsion balansi hamda uni
tashkil etuvchilar (to‘g‘ri, sochilgan va yig‘indi radiatsiya, effektiv nurlanish)ning
kunlik va yillik o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi.
Geografik omillar. Ular quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi:
• joyning geografik kengligi;
• matYeriklar va okeanlarning geografik taqsimlanishi;
• Dune okeanining o‘lchamlari, massasi va tarkibi;
• Yer sirti va okeanlar tubi relefi;
• dengiz sathiga nisbatan balandligi;
• o‘simlik, qor yoki muzlik qoplamining mavjudligi;
• sovuq va iliq okean oqimlari;
• Yerning o‘lchami va massasi.
Geografik kenglik iqlimning muhim omillaridan hisoblanadi. Iqlim
elementlarining mintaqalar bo‘yicha taqsimlanishi, ya’ni zonalligi mana shu omil
bilan bog‘liqdir. Dengiz sathiga nisbatan balandlik ham iqlimning geografik omili
hisoblanadi. CHunki balandlik bo‘yicha atmosfYera bosimi kamaya boradi, Quyosh
radiatsiyasi va effektiv nurlanish ortadi, harorat va uning kunlik amplitudasi kamayib
boradi. Xuddi shu kabi havo namligi ham kamaya boradi, shamolning tezligi va
yo‘nalishi esa ancha murakkab tarzda o‘zgaradi. Tog‘larda bulutlik va atmosfYera
yog‘inlarining o‘zgarishi ham o‘ziga xos tarzda kuzatiladi. Natijada tog‘larda
iqlimning balandlik bo‘yicha zonalligi vujudga keladi. Iqlimiy sharoitning balandlik
bo‘yicha o‘zgarishining kenglikka bog‘liq holda gorizontal yo‘nalishda o‘zgarishiga
nisbatan ancha tez sur’atlarda kechishini alohida ta’kidlamoq zarur. MatYeriklar va
okeanlarning geografik taqsimlanishi iqlimning asosiy omillaridandir. Iqlimning
dengiz va quruqlik tiplariga bo‘linishi xuddi mana shu omillar bilan bog‘liqdir. Yer
sirti orografiyasi ham iqlimga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Tog‘lardagi iqlimiy
sharoit nafaqat joyning dengiz sathiga nisbatan balandligiga, balki relef shakllariga,
xususan tog‘ tizmalarining balandligi va yo‘nalishiga, yonbag‘rlarning Quyosh
nurlariga
nisbatan
ekspozitsiyasiga,
mahalliy
shamollarning
yo‘nalishiga,
vodiylarning kengligi va yonbag‘rlarning qiyaligi va boshqalarga ham bog‘liqdir.
Okean oqimlari dengizlar yuzalarida harorat rejimining keskin farqlanishiga sabab
bo‘ladi va shu yo‘sinda harorat va havo namligining taqsimlanishiga hamda
atmosfYera sirkulyasiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlik, qor va muzlik qoplami.
Yetarli darajada zich bo‘lgan o‘simlik qoplami tuproq harorati kunlik amplitudasini
kamaytiradi va uning o‘rtacha haroratini pasaytiradi. Aniqki, o‘simlik qoplami havo
haroratining kunlik amplitudasini ham kamaytiradi. O‘rmonlar esa iqlim sharoitiga
ancha sezilarli, o‘ziga xos va murakkab ta’sir ko‘rsatadi. Ta’kidlash lozimki,
o‘simlik qoplamining ta’siri asosan mikroiqlimiy ahamiyat kasb etadi. Qor va muzlik
qoplami tuproqdan issiqlik yo‘qotilishini va tuproq haroratining tebranish
amplitudasini kamaytiradi. Lekin qor va muzlik qoplami yuzasi kunduzi Quyosh
radiatsiyasini kuchli darajada qaytaradi, tungi soatlarda esa nurlanish natijasida
keskin soviydi. Sirkulyasion omillar o‘rta va yuqori troposfYerada yirik miqyosdagi
oqimlar tizimining shakllanishiga sabab bo‘ladi va ularni atmosfYeraning umumiy
sirkulyasiyasi (AUTS) deb atash qabul qilingan. Planetar miqyosdagi baland frontal
zonalar va iqlimiy frontlar mazkur sirkulyasiyaning asosiy komponentlaridir. Iqlimiy
frontlar asosiy havo massalarini birbiridan ajratadi. AUTSning asosiy sabablari
quyidagi omillardir:
• qutblarda va ekvatorial kengliklarda Yer sirti va havoning bir xil isimasligi;
• okean oqimlari;
• Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida vujudga keladigan markazdan
qochma kuch (Koriolis kuchi);
• yirik tog‘ massivlari ko‘rinishidagi orografik sharoit.
Sanab o‘tilgan sabablar ta’sirida troposfYerada atmosfYera harakati markazlari
shakllanadi. AtmosfYera harakati markazlari iqlimshunoslik nuqtai-nazaridan past
(siklon) yoki yuqori (antitsiklon) bosimli oblastlarni ifodalaydi. Ular mavjud bo‘lgan
rayonlarda statistik natija sifatida bir xil belgili barik sistema ustuvor bo‘ladi. Ushbu
markazlarning taqsimlanishi, bYerilgan sathda atmosfYera umumiy sirkulyasiyasi
oqimlarining o‘rtacha taqsimlanishini belgilab bYeradi.
Iqlim hosil qiluvchi alohida omillarning o‘zaro ta’sirlashuvi Yer sharida va
uning alohida qismlarida iqlimiy sharoitni yaratadi. Ana shunday holatlarni iqlim
hosil qiluvchi jarayonlar deb atash qabul qilingan. Ularga quyidagilar kiradi: issiqlik
almashinuvi, namlik almashinuvi, umumiy va mahalliy atmosfYera sirkulyasiyalari.
Issiqlik almashinuvi–bu Yer sirti va atmosfYera tizimida issiqlikni qabul qilib olish,
uzatish, ko‘chirish va yo‘qotish jarayonidir. Issiqlikning kirib kelishi va sarflanishi
radiatsiyaning yo‘qotilishi va atmosfYera hamda Yer sirtining nurlanishi
ko‘rinishlarida yoki boshqa radiatsion bo‘lmagan yo‘llar bilan ham kuzatilishi
mumkin. Ularga molekulyar va turbulent issiqlik o‘tkazuvchanlik hamda
atmosfYerada suvning boshqa holatlarga o‘tishidagi issiqlik uzatish jarayonlari
kiradi. Ancha katta miqdordagi issiqlik adveksiya (issiqlik va sovuqlikning havo
oqimlari bilan gorizontal ko‘chishi) yo‘li bilan uzatiladi. Namlik almashinuvi – bu
bug‘lanish, atmosfYerada suv bug‘larining ko‘chishi, ularning bulutlik va
tumanlarning hosil bo‘lishi bilan birgalikda kechadigan kondensiyalanishi,
yog‘inlarning yog‘ishi va, nihoyat, oqim hosil bo‘lish hodisalaridan tarkib topgan
iqlim hosil qiluvchi jarayondir. SHunday qilib, Yer sirtidan suvning atmosfYeraga
ko‘tarilishi va yana qaytib Yer sirtiga tushishi uzluksiz davom etadi.
Mahalliy sirkulyasiya nisbatan uncha katta bo‘lmagan yuzada kechadigan
atmosfYera sirkulyasiyasidir. U ba’zan quruqlik - suv chegaralaridagi harorat
farqlari tufayli (briz shamollari) yuzaga kelsa, ba’zan Yer sirtining bir xil emasligi
natijasida (tog‘ - vodiy shamollari, fyonlar va boshqalar) paydo bo‘ladi. Barcha iqlim
hosil qiluvchi omillar o‘zaro bog‘liqdir, masalan, Yer sirti atmosfYerasining issiqlik
rejimiga bulutlik ta’sir etadi, chunki u Quyoshdan kelayotgan to‘g‘ri radiatsiya
oqimini to‘sib qoladi. O‘z navbatida bulutlar namlik almashinuvi elementlaridan biri
hisoblanadi. Iqlimning har bir elementi rejimi iqlim hosil qiluvchi har uchchala
jarayonlarining
o‘zaro
ta’sirlashuvi
natijasidir.
Yer
sharida
atmosfYera
yog‘inlarining taqsimlanishi buning yorqin misolidir, chunki atmosfYera
yog‘inlarining hosil bo‘lishida namlik almashinuvi ham, issiqlik almashinuvi ham,
atmosfYera umumiy sirkulyasiyasi ham ishtirok etadi.
Iqlimni shakllantiruvchi antropogen omillar. Minglab yillar davomida
insonning xo‘jalik faoliyati uni o‘rab turgan iqlimiy sharoitga moslashgan, lekin,
ushbu faoliyatning iqlimga ijobiy yoki salbiy ta’siri e’tiborga olinmas edi. Yer
aholisi uncha ko‘p bo‘lmagan va insonning enYergetik nuqtai-nazardan qurollanish
darajasi nisbatan kichik bo‘lgan davrlarda antropogen omilning tabiatga ko‘rsatgan
ta’siri iqlim barqarorligini o‘zgartirmagan. Lekin, XX asrning o‘rtalaridan boshlab,
inson faoliyati shu miqyosda kuchayib bordiki, endi inson xo‘jalik faoliyatining
iqlimga ko‘rsatayotgan ta’sirini hisobga olmaslikning iloji yo‘q edi. Iqlimning
antropogen omillariga quyidagilar kiradi:
1. Inson xo‘jalik faoliyatining atmosfYeraning kimyoviy tarkibiga ta’siri: turli
organik yoqilg‘ilarni yoqish natijasida atmosfYeraga karbonad angidrid va boshqa
issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlarning hamda turli tuman sanoat
aYerozollarining chiqarib tashlanishi ushbu ta’sir bilan bog‘liqdir;
2. Inson xo‘jalik faoliyatining juda katta Yer massivlarini haydash, o‘rmonlarni
yo‘q qilish, yaylovlarda chorva mollari sonini ko‘paytirish va boshqa yo‘llar bilan
Yer sirti holatiga ko‘rsatadigan ta’siri. Bularning hammasi Yer sirti albedosining
o‘zgarishiga hamda issiqlik va namlik almashinuvi jarayonlarining o‘zgarishiga olib
keladi;
3. Iqlimiy sistemaning alohida komponentlariga mahalliy ta’sir ko‘rsatish.
Bularga issiqlik hosil qiluvchi qurilmalarning atrofni ifloslantirishi, yangi suv
omborlarini yaratish va ko‘llar degradatsiyasi (Orol dengizi kabi), arid mintaqalarda
o‘simlik qoplamini yaksonlash kabilar kiradi;
4. AtmosfYera–okean-quruqlik tizimida kechadigan namlik almashinuviga
ta’sir. Bularga bulutlikka ko‘rsatiladigan ta’sir, sug‘oriladigan Yerlarda bug‘lanish
miqdorining ortishi, okean suvlarining ifloslanishi va boshqalar kiradi;
5. Xo‘jalik faoliyatining turli ko‘rinishlarida inson tomonidan iste’mol
qilinadigan enYergiya atmosfYeraning qo‘shimcha isishiga olib keladi. Inson
tomonidan iste’mol qilinadigan barcha enYergiya issiqlikka aylanadi, ta’kidlash
lozimki, ana shu issiqlik atmosfYera uchun qo‘shimcha enYergiya manbai bo‘lib
xizmat qiladi va haroratning ko‘tarilishiga olib keladi. Ko‘mir, neft, tabiiy gaz, atom
enYergiyasi (hozirgi davr uchun yutilgan Quyosh enYergiyasiga nisbatan)
qo‘shimcha issiqlik manbalari hisoblanadi. Suv enYergiyasi va yog‘och hamda
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida mavjud bo‘lgan enYergiya Yerning yil davomida
yutadigan Quyosh radiatsiyasining o‘zgargan enYergiya shaklidir. Ushbu
ko‘rinishlardagi enYergiya sarflanishi Yerning issiqlik balansini o‘zgartirmaydi va
uning qo‘shimcha isishiga olib kelmaydi. Ikkinchi tomondan ular inson iste’mol
qiladigan enYergiyaning kichik qismini tashkil etadi. EnYergiya iste’molining
kelajakdagi o‘sishi natijasida inson xo‘jalik faoliyati tufayli ajralib chiqadigan
issiqlik miqdori Quyosh radiatsiyasi enYergiyasining sezilarli qismini tashkil etishi
mumkin. Bu esa global iqlimni isish tomon o‘zgarishiga olib keladi.
AtmosfYeradagi aYerozol iqlimiy sharoitga ancha murakkab ta’sir ko‘rsatadi,
chunki aYerozol zarrachalari ikki xil ko‘rinishda ta’sir etadi: ular ham qisqa to‘lqinli,
ham uzun to‘lqinli radiatsiyani sochib yuborishi yoki yo‘qotishi mumkin. Inson
xo‘jalik faoliyati ta’sirida atmosfYerada aYerozollar miqdorining ortishi atmosfYera
radiatsion rejimining o‘zgarishiga olib keladi, oqibatda havo ham sovushi, ham isishi
mumkin.
Iqlimning shakllanishiga quyosh radiatsiyasi, atmosfYera sirkulyasiyasi,
taglik sirt va joy relefining ta’siri. Iqlimni hosil qiluvchi asosiy omillarga quyosh
radiatsiyasi, atmosfYera sirkulyasiyasi, joyning geografik kengligi, Yer yuzasining
turi va uning tabiiy xossalari, joyning relefi va boshqalar kiradi. Quyosh enYergiyasi
atmosfYerada paydo bo‘ladigan jarayonlar, fizik hodisalarning rivojlanishida va
Yerdagi o‘simliklar olami, insoniyatning faoliyati va boshqalar, tirik jonivorlar
uchun enYergiyaning asosiy manbai hisoblanadi.
Quyosh radiatsiyasini qisqacha izohlaymiz. Bu elektromagnit to‘lqinlar
ko‘rinishida Yer atmosfYerasiga kirib keladigan quyosh nuri. Quyosh radiatsiyasi
fazoda elektromagnit to‘lqinlar singari 3·105 kmG‘s tezlikda tarqalib Yer
atmosfYerasiga kirib keladi. Yer sirtiga quyosh radiatsiyasi to‘g‘ri va sochilgan holda
tushadi. Quyosh radiatsiyasini odatda issiqlik ta’siri bo‘yicha o‘lchanadi va u birlik
yuzaga vaqt birligida keladigan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi. Quyosh radiatsiyasi
Yer atmosfYerasidan o‘tayotganda gaz molekulalari, muallaq qattiq va suyuq
zarrachalar tomonidan yutilishi sababli, uning enYergetik yoritilganligi va spektral
tarkibi o‘zgaradi. Natijada, Quyoshdan Yer yuzasiga kelayotgan to‘g‘ri quyosh
radiatsiyasi oqimi atmosfYeraning fizik xususiyatiga, atmosfYerada o‘tgan yo‘liga
bog‘liq holda keng oraliqda o‘zgarib turadi. Quyosh radiatsiyasining Yer yuzasida
butun osmon gumbazidan sochilib keladigan qismi sochilgan radiatsiya deb
yuritiladi. Bu oqim Quyoshning balandligiga, atmosfYeraning xiraligiga, bulutlilik
sharoitiga bog‘liq bo‘lib, uning qiymati ba’zi vaqtlarda 490-700 VtG‘m2 orasida
tebranadi. Gorizontal yuzaga ayni bir vaqtda tushayotgan to‘g‘ri va sochilgan
radiatsiyalar birgalikda yig‘indi (yalpi) radiatsiya deb yuritiladi. To‘g‘ri
radiatsiyaning bir qismi Yer yuzasidan va bulutlardan qaytib koinotga ketadi.
SHuningdek, sochilgan radiatsiyaning bir qismi ham kosmik fazoga ketadi.
Radiatsiyaning qolgan qismi Yer sirtini va havoni isitadi. Oz qismi esa kimyoviy
enYergiyaga, ya’ni atmosfYeraning yuqori qatlamlaridagi gaz molekulalarini
parchalashga, fotosintezga va shunga o‘xshash hodisalarga sarf bo‘ladi.
Quyosh doimiysi. Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan o‘rtacha masofada Yer
atmosfYerasidan yuqorida quyosh nurlariga tik birlik yuzaga vaqt birligida
keladigan quyosh radiatsiyasi oqimi. Quyosh doimiysi avval 1367 Vt/m2 ga teng deb
hisoblangan. Hozirgi vaqtda, 3-bobda aytilganidek, uning miqdori 1377 Vt/m2 ga
tengligi sun’iy yo‘ldoshlarga o‘rnatilgan aktinometrik kuzatishlar orqali aniqlik
kiritilgan. «Doimiy» so‘zining ma’nosi shundan iboratki, bu miqdor atmosfYerada
yutilgan va sochilgan radiatsiyaga bog‘liq bo‘lmay, faqat Quyoshning nur chiqarish
qobiliyatiga bog‘liq. Quyosh radiatsiyasi Yer yuzasiga etib kelguncha havo
molekulalari, atmosfYeradagi qattiq va suyuq aralashmalar tomonidan sochilishi va
yutilishi natijasida sezilarli o‘zgaradi. Natijada, Quyosh gardishidan keladigan
to‘g‘ri radiatsiya, unga tik birlik sirtda dengiz sathida 1050 VtG‘m2 dan, tog‘larda 4-
5 km balandlikda 1200 VtG‘m2 dan oshmaydi.
SHuni ta’kidlash lozimki, quyosh nuri uchun atmosfYera etarli darajada tiniqdir.
AtmosfYera havosining, ayniqsa pastki qatlamida quyosh nurining yutilishi va
qisman qaytarilishi bilan umuman havoning harorati etarli darajada isimaydi.
Quyosh radiatsiyasi tiniq bo‘lmagan Yerning yoki jismlarning yuzasiga tushib
yutiladi va issiqlikka aylanadi, ammo u Yerdan va jismlardan qisman qaytadi va Yer-
jism bag‘rida turli ko‘rinishga o‘tib ketadi. Quyosh nuri ta’sirida isigan Yerning sirti
va boshqa isigan jismlar o‘zining issiqligini chiqara boshlaydi - uni sochadi yoki
tarqatadi. Lekin quyosh radiatsiyasining Yer yuziga tushishi va radiatsion balansning
fasllar bo‘yicha o‘zgarishi Yer sharsimonligiga, orbitasining shakliga va Yer
aylanish o‘qining og‘maligiga bog‘liq.
Iqlimni shakllantiruvchi muhim omillar: quyosh radiatsiyasi, atmosfYera
sirkulyasiyasi, taglik sirtning turi va joy relefining birgalikdagi ta’siri natijasida Yer
sharidagi turlicha iqlimlar yaratiladi.
Quyosh radiatsiyasining Yer sirtida bir tekisda taqsimlan-maganligi tufayli
Yerning yuzasi ham, Yer sharining turli kengliklaridagi havo ham bir xil isimaydi.
Natijada turlicha havo bosimlarining ayirmasi shakllanadi. Demak, quyosh
radiatsiyasi iqlimni shakllanishidagi bosh omil - atmosfYera sirkulyasiyasi ta’siri
xususiyatini belgilaydi.
Iqlimni shakllantiruvchi muhim omillardan yana biri taglik sirtdir. Taglik
sirtlarning fizikaviy xususiyatlariga bog‘liq holda ularning ustida turlicha havo
massalari shakllanadi.
Yer shari o‘zining tabiiy xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiluvchi
ikki qismdan: Dunyo okeani va qirg‘oqlari ustida nam dengiz iqlimi, cho‘llar va
quruqlik ichkarisida esa quruq kontinental iqlim vujudga keladi.
Suv va quruqlik iqlimga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. SHuning-dek tuproq sathi bilan,
o‘simlik qoplagan tuproq ham iqlimga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin, o‘rmonzor
va tuproqni qop-lagan o‘simlik iqlimga boshqacha ta’sir etadi. Iqlimga ayniqsa okean
va matYeriklarning ta’siri katta. YOz vaqtida okeanga nisbatan matYeriklar kuchli
isiydi, qishda esa aksincha kuchli soviydi. Yil davomida okean Yer uchun namlikning
bosh manbai hisob-lanadi va yilning sovuq davrida - iliqlik manbaini o‘taydi.
MatYerik va okean oralig‘ida haroratning turlicha bo‘lishi havo bosimining
taqsimlanishdagi ayirmalarni keltirib chiqaradi. MatYerik ustida, yozda mo‘‘tadil
kengliklarda past bosimli havo o‘rnashadi, qishda aksincha - yuqori bo‘ladi.
Okeanlarning ustida aksincha yozda asosan havo bosimi yuqori, qishda-past bo‘ladi.
Natijada yozda quruqlikda havo oqimi okean mussoni ko‘rinishda, qishda
quruqlikdan okeanga esadigan matYerikaviy musson shaklida bo‘ladi. MatYerik va
okeanlardan tashqari atmosfYera sirkulyasiyasiga rel’ef ta’siri katta, ayniqsa tik
qoyali baland, yassi shakldagi tog‘lar havo massasining harakat-lanish sharoitini
o‘zgartiradi. Joylarning dengiz sathidan balandligi va relef shaklining turlicha
bo‘lishi Yer sirtiga tushadigan quyosh radiatsiyasining qiymatini o‘zgartiradi.
SHuning bilan birgalikda bu qiymatlar atmosfYera sirkulyasiyasi xususiyati bilan
chambarchas bog‘langan.
Quyoshning ufqdan hisoblangan burchak masofasi quyosh balandligi deb ataladi
va quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
cos
cos
cos
sin
sin
Sinh
,
bu Yerda: - joy kengligi, - Quyosh og‘ishi, - Quyoshning soatli burchagi.
Yer sirtidagi turli hududlarda tush paytida Quyosh balandligi turlicha qiymatga
ega (1-jadval).
Quyoshning ufqdan balandligi geografik kenglikka, vaqtning yil davomida
o‘zgarishiga, kecha-kunduzning davomiyligiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Muayyan joyning relefi, ayniqsa tog‘lar shu joyning iqlimiga katta ta’sir
ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish chegaralari va mahsul-dorligining shakllanishida
iqlimning balandlik bo‘yicha meteo-rologik kattaliklarning taqsimlanish qonun-
qoidalarini bilish dehqonchilikda yaxshi samara bYeradi. Balandlik ortishi bilan
ekinlar uchun samarali haroratning kamayishi, bahorda, yozda, kuzda tog‘larda esa
qor qoplamining Yerimasdan turish davomiy-ligi muddatlari ortadi.
1-jadval
Quyosh balandligining tush paytidagi qiymatlari, gradus hisobida
Hududlarning nomi
Quyoshning balandligi sanalarda
21.III
21.VI
23.IX
22.XII
SHimoliy qutb
0
23,5
0
-
SHimoliy qutb doirasi
23,5
47,0
23,5
0
SHimoliy tropik
66,5
90,0
66,5
43,0
Ekvator
90,0
66,5
90,0
66,5
Janubiy tropik
66,5
43,0
66,5
90,0
Janubiy qutb doirasi
23.5
0,0
23,5
47,0
Janubiy qutb
0,0
-
0,0
23,5
Tabiiy geografiyada hududlar (dengiz sathidan 200 m balanddagi Yerlar)
balandliklari bo‘yicha bo‘linishi 2-jadvalda bYerilgan.
2-jadval
0-200 m
umuman past tekis Yerlar
200-500 m
tepalik-baland joy (hudud) va yassi tog‘lar
500-1000 m
past tog‘lar
1000-3000 m
o‘rtacha tog‘lar
3000 m va undan yuqori
baland tog‘lar
Iqlim shakllanishida relef (Yer sirtining tuzilishi) muhim ahamiyatga ega, chunki
tog‘ tizimlari katta yoki kichikligiga qarab havo oqimlarining me’yoriy harakatini
qiyinlashtiradi va havo massalarining fizikaviy xususiyatlarini ozmi-ko‘pmi
o‘zgartiradi. Natijada, havo massasining harakatdagi fizik xususiyatlariga ko‘ra
uzoq-uzoqlarga siljish qobiliyati, ya’ni Yer yuzasida atmosfYera sirkulyasiyasi
buziladi. Demak, tog‘ tizimlari iqlimiy chegaralarni aniqlashi mumkin. Eng muhimi
tog‘ tizimlarida suv zahiralari tashkil topadi.
Iqlim bo‘yicha siklonik tizimlarga umumiy nazar bilan qaralsa, O‘rta Osiyo
hududi ustiga shimol, g‘arbdan kirib keladi-gan mo‘‘tadil kenglikdagi Atlantika
havo massasi va janubi -g‘arbdan o‘tuvchi tropik iliq havo massasi asosiy yog‘inlarni
bYeruvchi manba hisoblanadi. Bunday hollarda kirib kelgan siklonik jarayonlar
murakkablashmasdan tekislik hududlar tepasidan o‘tib ketadi, faqat tog‘larga
yaqinlashganda va majburan tog‘ qiyaliklaridan ko‘tarilishida soviydi va uning
namligi kondensatsiyalashganidan bulutlar paydo bo‘lib, yog‘inlar yog‘adi. Demak,
O‘zbekistonning tekislik hududlarida yog‘inlarning kam bo‘lishi, tog‘ oldi va ayniqsa
tog‘larda ko‘p bo‘lishini shunday deb izohlash mumkin. Iqlimshunos olimlar