IQLIM SHAKLLANISHINING TARIXIY BOSQICHLARI
REJA:
1. Iqlim shakllanishining tarixiy bosqichlari. Klimatop tushunchasi.
2. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hukumatlararo ekspYertlar guruhi (MGEIK).
3. Fanning maqsad va vazifalari.
Iqlimiy sharoitlar Yer biosfYerasi evolyusiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir
ko‘rsatadi. Iqlim har qanday ekosistemaning ikki asosiy abiotik tashkil
etuvchilaridan biri hisoblanadi va uni klimatop deb atash qabul qilingan.
Yer yuzida insonning paydo bo‘lishi va ibtidoiy odamlarning joylashgan
makonlari sayyoramizda 1-2 million yillar ilgari mavjud bo‘lgan iqlimiy sharoitlar
bilan chambarchas bog‘liqdir.
Inson o‘z evolyusiyasi jarayonida noqulay iqlimga uy-joylar qurish, olovdan
foydalanish va kiyim-kechaklar kiyish yo‘llari bilan moslashishga harakat qilganlar.
SHunga qaramasdan hozirgi kunda insoniyatning katta qismi quruqlikning nisbatan
chegaralangan joylarida o‘rnashgan bo‘lib, bu Yerlarda iqlimiy sharoitlar inson
hayoti va faoliyati uchun eng qulaydir.
Qizig‘i shundaki, insoniyatning oxirgi ikki yuz yillik davr davomida ilm va
texnikani rivojlantirish sohasida Yerishgan ulkan yutuqlariga qaramasdan, u hamon
iqlimiy sharoitlarga bog‘liqlikdan xalos bo‘la olmayapti. Ustiga-ustak iqlimning
inson xo‘jalik faoliyatining barcha qirralariga, jumladan qishloq xo‘jaligi
mahsuldorligi, gidroenYergetika, hamma turdagi transport harakati, texnika
mahsulotlarini ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va boshqa sohalarga ta’siri
yanada kuchliroq bo‘lmoqda. Iqlim sharoitining inson psixo-fiziologik holatiga va
uning sog‘ligiga ta’siri ham kuchayib bormoqda. Iqlim sharoiti tobora ijtimoiy va
hatto siyosiy axamiyat kasb etmoqda.
Iqlim o‘zgarishlari Yerning uzoq geologik o‘tmishida ham yuz bYergan, lekin
ular tabiiy omillar ta’sirida ro‘y bYergan. Hozirgi kunda esa iqlimga asosiy ta’sirni
inson faoliyati ko‘rsatayotganligi aniq isbotlab bYerildi. Ushbu ta’sirning uchta
asosiy mexanizmi aniqlangan bo‘lib, ular atmosfYerada issiqxona effekti hosil
qiluvchi gazlar konsentratsiyasining ortishi, insoniyat tomonidan foydalanilayotgan
enYergiya ishlab chiqarishning o‘sishi va atmosfYeradagi aYerozol miqdori va
tarkibining o‘zgarishidan iborat.
Iqlimning hozirgi kundagi o‘zgarishlarining belgilari dunyo miqyosida va shu
bilan birga Evropada ham sezilmoqda. Yer sharida o‘tgan 100 yil davomida o‘rtacha
havo haroratining ko‘tarilishi ushbu o‘zgarishning belgilaridan biridir. Bu o‘zgarish
Yer sharida 0,6 0S ni tashkil etgan bulsa, Evropada 1,2 °S ga teng bo‘ldi. Bundan
tashqari, o‘tgan 100 yil davomida Dunyo va Evropa dengizlarida suv sathi 10-20 sm
ko‘tarildi. AtmosfYera yog‘inlarining miqdori ham o‘zgardi, ekstremal-noqulay ob-
havo hodisalari (iliq qishlar, yozdagi o‘ta issiq kunlar, kuchli jala yomg‘irlar, katta
suv toshqinlari, sayyoramizning turli qismlarida tog‘ muzliklarining keng miqyosda
qisqarishi va boshqalar) tez-tez kuzatiladigan bqlib qoldi.
Iqlimning biosfYeraga va shu bilan birga kishilik jamiyatiga ta’sirining
yuqorida, to‘liq bo‘lmasada, qayd etilgan turlaridan ko‘rinib turibdiki, bu
muammoga ushbu kunda katta e’tibor qaratilayotganligi bejiz emas. Ushbu e’tibor,
birinchidan, sayyoramizda iqlim o‘zgarishining sabablarini o‘rganishda va,
ikkinchidan, ushbu o‘zgarishning salbiy oqibatlarini iloji boricha kamaytirish
tadbirlarini ishlab chikishga qaratilganligida aks etadi.
Bu sohada keng miqyosdagi tadqiqotlar BMT rahnomaligida xalqaro
kelishuvlarga muvofiq ravishda (YUNESKO, VMO, YUNEP, MGEIK va boshqa)
amalga oshirilmoqda. Ana shulardan biri iqlim o‘zgarishi haqida BMT Doiraviy
Konvensiyasi (RKIKOON) bo‘lib, uni dunyoning ko‘plab mamlakatlari (189
mamlakat), shu jumladan O‘zbekiston ham 1993 yil iyunda imzolagan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya
xizmati Markazi (Uzgidromet) O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi hakida BMT Doiraviy
Konvensiyasidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish bo‘yicha mas’ul tashkilot
hisoblanadi.
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hukumatlararo ekspYertlar guruhi (MGEIK) iqlimni
ilmiy tadqiq etishni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanib, quyidagi uch muammoga
e’tibor qaratgan:
1. Hozirgi zamondagi iqlim o‘zgarishini baholash, uning tabiiy va antropogen
sabablarini aniqlash hamda kelajakda Yer kurrasida uzoq muddatli iqlim
o‘zgarishlarining asoslangan ssenariyalarini ishlab chiqish;
2. Iqlim o‘zgarishining tabiat, atrof-muhit va inson xo‘jalik faoliyatiga
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy oqibatlarini baholash;
3. Salbiy oqibatlarni kamaytirish va barqaror rivojlanishga Yerishish
maqsadida davlatlar va butun jahon ommasining ushbu o‘zgarishlarga munosabati
strategiyasini ishlab chiqish.
Klimatologiya darsliklari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularda hozirgi
zamon iqlim o‘zgarishi muammolari va uning oqibatlarini batafsil yoritishning
imkoniyati yo‘q. SHu sabab, bugungi kunda mazkur muammolar bilan iqlimiy
sharoitlar o‘zgarishini o‘z faoliyatida u yoki bu darajada hisobga oluvchi keng
doiradagi mutaxassislarni tanishtirish zarur bo‘lib qoldi. Bunday harakatlar aholining
turli qatlamlarini shu yo‘nalishdagi ma’lumotlar bilan tanishtirish nuktai-nazaridan
ham lozimdir.
Iqlimning hozirgi kundagi o‘zgarishlarining belgilari dunyo miqyosida va shu
bilan birga Evropada ham sezilmoqda. Yer sharida o‘tgan 100 yil davomida o‘rtacha
havo haroratining ko‘tarilishi ushbu o‘zgarishning belgilaridan biridir. Bu o‘zgarish
Yer sharida 0,6 0S ni tashkil etgan bo‘lsa, Evropada 1,2 0S ga teng bo‘ldi. Bundan
tashqari, o‘tgan 100 yil davomida Dunyo va Evropa dengizlarida suv sathi 10-20 sm
ko‘tarildi. AtmosfYera yog‘inlarining miqdori ham o‘zgardi, ekstremal – noqulay
ob-havo hodisalari (iliq qishlar, yozdagi o‘ta issiq kunlar, kuchli jala yomg‘irlar,
katta suv toshqinlari, sayyoramizning turli qismlarida tog‘ muzliklarining keng
miqyosda qisqarishi va boshq.) tez-tez kuzatiladigan bo‘lib qoldi. Iqlimning
biosfYeraga va shu bilan birga kishilik jamiyatiga ta’sirining yuqorida, to‘liq
bo‘lmasada, qayd etilgan turlaridan ko‘rinib turibdiki, bu muammoga ushbu kunda
katta e’tibor qaratilayotganligi bejiz emas. Ushbu e’tibor, birinchidan, sayyoramizda
iqlim o‘zgarishining sabablarini o‘rganishda va, ikkinchidan, ushbu o‘zgarishning
salbiy oqibatlarini iloji boricha kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqishga
qaratilganligida aks etadi.
Bu sohada keng miqyosdagi tadqiqotlar BMT rahnomaligida xalqaro
kelishuvlarga muvofiq ravishda (YUNESKO, VMO, YUNEP, MGEIK va boshq.)
amalga oshirilmoqda. Ana shulardan biri iqlim o‘zgarishi haqida BMT Doiraviy
Konvensiyasi (RKIKOON) bo‘lib, uni dunyoning ko‘plab mamlakatlari (189
mamlakat), shu jumladan O‘zbekiston ham 1993 yil iyunda imzolagan. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati Markazi
(O‘zgidromet)
O‘zbekistonda
iqlim
o‘zgarishi
haqida
BMT
Doiraviy
Konvensiyasidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish bo‘yicha mas’ul
tashkilot hisoblanadi.
Ekologik xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim ko‘rsatgichlardan biri. XII-
chaqiriq
O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Kengashining
XI-sessiyasida
Konstitutsiyamiz bilan bir paytda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
qonunning qabul qilinganligi bejiz emas. CHunki mustaqil davlat belgilardan biri-
dahilsiz chegaralar bilan belgilangan Yer kengliklariga ega bo‘lish va undagi barcha
tabiiy boyliklarni muhofaza qilish hamda ulardan o‘z xalqining hoxish-irodasiga
muvofiq ravishda foydalanishdir.
“Iqlim o‘zgarishi va ekologik moslashuv” kursida iqlim va ob-havo
tushunchalari, ularning inson hayotida tutgan o‘rni, shakllantiruvchi omillari va
o‘zgarish sabablari, mahaliy, mintaqaviy va global miqiyosda o‘zgarishga oid
bashoratlar haqida so‘z yuritilgan. Eng asosiysi, o‘quvchilar iqlim o‘zgarishi
natijasida yuzaga kelayotgan salbiy holatlarni umumlashtirish uchun qanday hatti-
harakat qilishlari kYeragligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Fanning maqsad va vazifalari
Ushbu dastur maktab, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar,
shuningdek oliy o‘quv yurtlarida ma’lum reja va dastur asosida ekologik bilim
bYeradigan atrof muxit muxofazasi bilan bog‘lab dars o‘tadigan, darsdan va sinfdan
tashqari dars mashg‘ulotlari olib bora oladigan, turli ekologik tadbirlar o‘tkaza
oladigan pedagoglarni tayyorlashda oliy o‘quv yurtlarida professor-o‘qituvchilari
uchun maxsus qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu fanning asosiy maqsadi-iqlim va uning o‘zgarishiga oid turli ko‘rinish
va shakldagi ma’lumotlarni sodda va ravon tilda, ortiqcha shov-shuvlarsiz, keskin
siyosiy va iqtisodiy mulohazalarsiz o‘quvchiga tushintirib bYerish orqali
yoshlarning ekologik ong va madaniyatini shakllantirish zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida tanishtiriladi.
«Iqlim o‘zrgarishi va ekologik moslashuv» o‘quv fanini o‘zlashtirish
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: iqlim va ob-havo
tushunchasi, uning o‘zgarish mexanizmi, ob’ektiv va sub’ektiv sabablari va
oqibatlari hamda global, mintaqaviy va milliy hududiy muammolar doirasidagi
xalqaro hamkorlik, har bir inson, u kim bo‘lishi va qanday ijtimoiy mavqega ega
bo‘lishidan qat’iy nazar, iqlim hodisalarini to‘g‘ri anglashi, ongli ravishda to‘g‘ri
qaror chiqarishi orqali atrof muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish