IQLIM VA OB-HAVO TUSHUNCHALARI
REJA:
1. Ob-havo va iqlim.
2. Atmosferaning shakllanishi.
3. Iqlimshunoslik fanining shakllanishi.
4. Iqlimni ifodalash tushunchalari.
Biror hududning iqlimi o‘sha hududdagi ob-havo bilan uzviy bog‘langanligini
ko‘pchilik biladi. SHu sababli, eng avval ob-havo va iqlim tushunchalarining farqini
tushunib olish kerak. Ob-havo deganda, biror joy yoki hudud atmosferasidagi
meteorologik kattaliklar uzluksiz o‘zgarishlarining majmui tushuniladi. Ob-havo
yildan-yilga ma’lum chegaralarda o‘zgarib turadi.
Iqlim deganda Er sharidagi har bir joyning geografik holatiga qarab
aniqlanadigan atmosfera rejimi (ob-havo sharoitlari) ning statistik tartibi (o‘rtacha
ko‘p yillik ma’lumoti) tushuniladi. YOki biror joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik ob-havo
rejimiga iqlim deyiladi.
Geografik holat deganda faqat joyning geografik kengligi, geografik uzunligi va
dengiz sathidan balandliginigina tushunilmay, Er sirtining xususiyatlari,
orografiyasi, tuproq qatlami kabilar ham tushuniladi. Atmosfera rejimi yil davomida,
ya’ni qishdan bahorga va yozga, yozdan kuz va qishga o‘tish vaqtida mavsumiy
iqlim sharoitida ma’lum darajada o‘zgaradi. Iqlimning o‘zgarishlari tebranish
xususiyatiga ega bo‘lib, u yoki bu tomonga iqlimiy me’yordan chetlashib turadi.
Erning uzoq davom etgan evolyayusiyasi jarayonida unda quyidagi uchta asosiy
qobiq shakllangan: qattiq (litosfera), suyuq (gidrosfera) va gazsimon (atmosfera).
Ushbu qobiq-sferalardagi turli tuman va murakkab fizik hamda kimyoviy
jarayonlarni Er haqidagi fanlar o‘rganadi. Ularni geofizika fanlari deb atash qabul
qilingan.
Atmosfera–gazsimon muhit bo‘lib, u gazlar, suv bug‘lari va aerozollardan
tashkil topgan. Atmosferaning asosiy xususiyatlari uning tarkibining makon
bo‘yicha turlichaligida va zamon bo‘yicha o‘zgaruvchanligida aks etadi.
Atmosferada kechadigan fizik jarayonlarni atmosfera fizikasi fani o‘rganadi.
Atmosfera fizikasi (umumiy meteorologiya) - atmosferaning tarkibi va
tuzilishi, undagi issiqliq yutilishi va nurlanish, havoning isishi, sovushi va uning
harakati qonuniyatlari, bug‘lanish va suv bug‘larining kondensatsiyalanishi hamda
turli-tuman optik, elektrik, akustik va boshqa hodisalar bilan bilan bog‘liq bo‘lgan
fizik jarayonlarni o‘rganadigan fandir. «Meteorologiya» atamasi fanga Aristotel
tomonidan kiritilgan (yangi eradan oldingi III asr). U ikkita grek so‘zlari
qo‘shilishidan tashkil topgan: «meteor» deyilganda qadimgi Gresiyada Erdagi
barcha hodisalar (bulutlar, shamol, er silkinishi va boshqalar) tushunilgan; «logos»,
bu o‘rganish, bilish demakdir. Ob-havo ma’lum joydagi atmosfera(10-12 km
balandlikkacha) va ta’sir qatlamining aniq fursatdagi yoki vaqt oralig‘idagi fizik
holatini ifodalaydi. Ob-havo qator meteorologik kattaliklar va hodisalar bilan
harakterlanadi. Meteorologik kattaliklarga havo harorati, havo namligi, havo bosimi,
shamol tezligi va yo‘nalishi, bulutlar miqdori, balandligi va turi, atomsfera yog‘inlari
turi va jadalligi, nurli energiya va issiqlik oqimlari va boshqalar kiradi. Meteorologik
hodisalar – bu ma’lum meteorologik kattaliklar majmuasi bilan harakterlanadigan
fizik jarayondir. Ularga mamaqoldiroq, tuman, chang (qumli) bo‘ronlar, izg‘irin,
shudring, yaxmalak va boshqalar kiradi. Ob-havoning eng muhim o‘ziga xosligi -
holatining uzluksiz o‘zgarishidadir, ya’ni ob-havo vaqt bo‘yicha beqarordir. Iqlim
ko‘p yillik ob-havo rejimi bilan ifodalanib, joyning geografik kengligi, okeanga
nisbatan uzoqligi, relefi, dengiz sathiga nisbatan balandligi, Er sirti holatining tipi va
boshqa qator omillar bilan aniqlanadi. Iqlimning ko‘p yillar davomida juda kichik
qiymatlarda o‘zgarishi ma’lum joy uchun uni barqaror deb hisoblashga imkon
beradi. SHu sababli iqlim geografik landshaftni tashkil etuvchilardan biri
hisoblanadi.
«Iqlim» atamasi ham Aristotel tomonidan kiritilgan va «qiyalik» ma’nosini
anglatadi. Bunda Er sirtining Quyosh nurlariga nisbatan qiya joylashishi ko‘zda
tutiladi.
Klimatologiya – iqlim hosil bo‘lish jarayonlarini, Er iqlimining o‘tgan, hozirgi
va kelajakdagi holati hamda tasniflarini, iqlimning inson faoliyatiga ta’sirini yoki,
aksincha, insonning iqlimga ta’siri masalalarini o‘rganadigan fandir.
Global iqlimiy sistemani o‘rganish, global va lokal miqyosda mumkin bo‘lgan
iqlim o‘zgarishlarini prognozlash klimatologiyaning asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi. Global iqlimiy sistemaga quyi atmosfera (troposfera, quyi stratosfera),
gidrosfera (okean va quruqlikdagi suvlar), kriosfera (arktik rayonlardagi muzlanish
zonalari, tog‘ muzliklari, mutlaq muzloq erlar) va biosfera kiradi. Sanab o‘tilgan
barcha komponentlar o‘zaro uzluksiz va murakkab ta’sirlashuv holatida bo‘ladi.
Global iqlim bir necha o‘n yilliklarni qamrab oluvchi vaqt oralig‘ida iqlimiy