IQTISODIY INQIROZLAR, ULARNING TURLARI VA NAMOYON BO`LISH XUSUSIYATLARI
Yuklangan vaqt
2025-02-25
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
27
Faytl hajmi
338,5 KB
IQTISODIY INQIROZLAR, ULARNING TURLARI VA NAMOYON
BO`LISH XUSUSIYATLARI
MUNDARIJA
KIRISH
I bob Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati
1.1. Inqiroz haqida tushuncha
1.2. Inqiroz turlari va bosqichlari
II bob Tarkibiy inqirozlar va ularning iqtisodiyotning alohida sohalariga
ta’sir etish yo’nalishlari
2.1. Iqtisodiy va moliyaviy inqiroz sabablari
XULOSA
ADABIYOTLAR RO’YXATI
2
KIRISH
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining
ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng
asosiy va muhim jihat - milliy iqtisodiyotlarning tobora integrasiyalashuvi va
glaballashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar halqaro
maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga har bir mamlakatning halqaro
mehnat taqsimotidagi o’z mavqyeini mustahqamlash uchun kurashining
kuchayishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Biroq, o’z o’rnida ta’kidlash lozimki, jahon
iqtisodiyotiga integrasiyalashuvi va globallashuvining ijobiy tamonlari bilan bir
qatorda ma’lum ziddiyatli jihatlari ham mavjud.
Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda
bormasligi dunyo mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan
tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib borishi, turli mamlakatlarda aholi
soni o’zgarishining kuchayib borishi keskin farqlanishi kabi holatlar jahon
ho’jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Shuningdek mazkur jarayonlarning yana bir xususiyatli jihati-jahonning bir
mamlakatda ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning (inqirozlarning)
muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazishi hisoblanadi.
Jahon hamjamiyati bugungi kunda boshidan kechirayotgan moliyaviy inqiroz ham
aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon
bo’ldi.
Shunga kura, biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va
istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqiroz oqibatlarining
ta’sirini har tamonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushb a
jarayonlar ta’siri nuqtai nazaridan shakillantirishimiz va ularni izchil amalga
oshirishimiz taqozo etiladi.
3
I bob Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati
1.1. Inqiroz haqida tushuncha
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sir etgan har bir davlatning milliy
iqtisodiyotiga jiddiy talofat ko‘rmasdan qolmadi. Jumladan, inqirozning “vatani”
hisoblangan AQSH va boshqa uning iqtisodiyotiga rivojlanishi bog‘liq bo‘lgan
davlatlar(Angliya, Germaniya, Yaponiya va sh.k.) tomonidan amalga oshirilgan
chora-tadbirlar ham ko‘zlangan darajada o‘zini oqlamadi.
Shu munosabat bilan aytish mumkinki, inqiroz har bir iqtisodiy tizim va
unda amal qilayotgan tarmoqlarning faoliyatini orqaga ketishi bilan bog‘liq holatni
yuzaga keltiradi.
Sanoat korxonalarida inqirozlar boshqa tarmoq yoki iqtisodiy tizimdagi
qiyinchiliklar hisobiga va tarmoqning ichida ham vujudga kelishi mumkin. Bu
o‘rinda inqirozlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa tarmoqlarga tegishli
barcha sabablar sanoat korxonalaridagi inqirozlarni ham vujudga keltiradi.
Inqiroz deganda insonning ko‘z oldida hech qanday moddiylik gavdalanmaydi
va inqirozni hech qanday shakli-shamoyili bo‘lmaydi. Aynan shu mavhumiylikka
ega bo‘lgan hech qanday moddiy ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan tushuncha tovar va
pul munosabatlarini nomuvofiqlashtirish, makroiqtisodiyotni izdan chiqarish,
ocharchilik, taqchillik, qimmatchilik kabi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib
chiqarish hamda boshqa turli darajadagi qiyinchiliklarni shakllantirish quvvatiga
ega.
Moddiy ashyodan samarasiz foydalanilganda va (yoki) u turib qolganda
jamiyat hayotiga zarar etkazishi mumkin, lekin o‘zi ko‘rinmagan narsa qanday
zarar etkazadi degan fikr ham yo‘q emas. Bu holatda mavhum tushunchalarning
deyarli barchasi insonga u yoki bu darajada ham ijobiy ham salbiy xususiyatlari
bilan hayotini mos ravishda bir tomonga o‘zgartirishi mumkin ekanligini anglash
mumkin. Misol, ishlab chiqarish korxonasining mulkdori bo‘lgan aksiyador
korxona faoliyati orqaga ketib aksiyalarining bozor qiymati u sotib olganidan ko‘ra
pasayganida tabiiy ravishda ruhiy tushkunlika tushib qoladi. Bu holatda ham
4
mavxum tushunchalar o‘z kuchini ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inqiroz faqatgina amal qilgandagina insonlar
yodiga tushadi. Agar mavjud bo‘lmasa uni hech kim eslamaydi. Bu ham iqtisodiy
inqirozni vujudga keltiruvchi sabablardan biri ekanligini unutmaslik lozim.
Chunki, inson o‘z nomi bilan unituvchi, u bo‘lgan voqea hodisalarni yozib, qayd
etib borsada yana bir bor takrorlanmaginigacha xato qilaveradi. Bu esa obyektiv
qonuniyat. SHu sababdan ham, inqirozlarni fazalar orqali namoyish etganda, u har
bir davr odamining boshidan hech bo‘lmaganda bir marotaba o‘tganligini guvohi
bo‘lamiz. Inqirozning tabiatan takrorlanuvchanligi ham shundan iborat.
Inqirozni tushuncha sifatida kengroq tahlil qilganda, oqibati ham moddiy ham
ma’naviy zarar bilan tugaydigan va insonlar boshiga turli qiyinchiliklarni soladigan
vaqea-hodisalar to‘plamidan iborat jarayon ekanligini ko‘rish mumkin. Inqirozni
tabiati va u haqda berilgan ta’riflar mohiyatan yagona tushuncha mazmunini
beradi. Inqirozlarni xususiyati haqida gapirilganda esa, ularni kelib chiqish
mohiyati va xarakteriga qarab buzg‘unchilik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy tizimlarni
emirilishi va katta iqtisodiy-moliyaviy zararlar nazarda tutiladi. SHu bois, inqiroz
hech kimni tasavvurida yorqin ijobiy hodisa emas, salbiy taasurotlarni vujudga
keltiradi.
Inqirozni to‘liq mohiyatini ochish uchun albatta u haqda berilgan fikrlar va
mulohazar, shuningdek, ta’riflarni birma-bir ko‘rib chiqish lozim.
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasida inqiroz (crisis) so‘ziga taraqqiyotda
orqaga ketish, tanazzul deb ta’rif bildiriladi1. Mazkur ta’rif, inqirozga berilgan
ta’riflarning eng ilmiysi deb hisoblansa hato bo‘lmaydi. Chunki, olimlar tomonidan
inqirozga berilgan ta’riflar faqatgina, iqtisodiy-moliyaviy nuqtai nazardan
yoritilgan bo‘lib, bir tomonlama xarakterga ega.
Zamonaviy adabiyotlarda inqirozni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi
holati bo‘yicha hali ham bitta tan olingan xulosaga kelinmagan. Inqirozlar bozor
iqtisodiyoti sharoitida amal qiladi, lekin ma’muriy tizimda mavjud emas degan
1 O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 4-jild. Zebuniso-Konigil. Tahrir Hay’ati: M.Aminov, T.Daminov, T.Dolimov
va b. T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2002. – 704 b. (197-bet)
5
tushunchalar mavjud.
Ba’zilar iqtisodiy inqirozlar haqida so‘z yuritib, faqat davlat miqyosida amal
qilib mikrodarajada bo‘lmaydi, korxona inqirozlarini boshqaruvdagi muammo,
hato va kamchiliklardan iborat deb tushuntiradilar. Bunday tushunishlar hato fikr
hisoblanadi. Agar ularning fikrini to‘g‘ri hisoblab shu vaziyatdan turib holatga
baho beradigan bo‘lsak, firma boshqaruvida inqirozni rivojlanishini, strategiyasini
oldindan ko‘ra bilishning ilojisi yo‘q va hisobga olib ham bo‘lmaydi.
Inqiroz tushunchasi boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uslubiga ko‘p
tomonlama ta’sir qiladigan risk tushunchasi bilan o‘zaro bog‘liq2.
Rossiyalik inqirozga qarshi boshqaruv maktabi vakillari ham inqiroz haqida
o‘z
fikrlarini
bildirib
o‘tganlar.
E.A.Babushkina,
O.YU.Biryukova,
L.S.Vereshaginalarning ta’riflariga ko‘ra, inqiroz – bu korxonaning hayot
faoliyatiga maksimal darajada qarama-qarshi ta’sir qiluvchi jarayon bo‘lib,
faqatgina kapitalistik tizimga xos bo‘lgan holatdir3.
Shu kabi fikrlarni E.P.Jarkovskaya va B.E.Brodskiylar ham bildirishgan
bo‘lib: inqiroz – bu korxonaning ichki ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy
hamda tashqi muhit bilan munosabatlarini keskinlashuvidir. Inqiroz korxonaning
rivojlanish va tiklanish, ishlab chiqarishni kengayishi holatida ham pasayish
sifatida aks etishi mumkin4.
Angliyalik iqtisodchi olimlardan biri Djon Von Eykennning inqirozga bergan
ta’riflari boshqa olimlarning mulohazalaridan ajralib turadi. U inqirozni bir necha
ta’riflar yordamida tushuntirgan.
1-ta’rif: inqiroz – bu havfli nobarqaror vaziyat va ish holati bo‘lib, voqea
hodisalarni yaxshi yoki yomon tomonga qarab rivojlanishiga eng kata ta’sir
qiladigan omildir;
2-ta’rif: inqiroz – bu tashkilotning moliyaviy holati yoki obro‘-e’tiboriga
ta’sir qiluvchi barcha salbiy holatlardir;
2Antikrizisnoe upravlenie: Uchebnik. – 2-e izd., dop. i pererab./Pod red. prof.E.M.Korotkova – M.:INFRA – M,
2009. – 620 s. – (Visshee obrazovanie)
3 Babushkina Ye.A. Antikrizisnoe upravlenie : konspetk lektsiy / Ye.A.Babushkina, O.Yu.Biryukova,
L.S.Vereshagina. – M.:Eksmo, 2008. – 160s. – (Ekzamen v karmane)
4 Jarkovskaya Yelena Pavlovna Antikrizisnoe upravleniya: Uchebnik – 4-e izd., - M.: Omega – 2007.– 365 s.
6
3-ta’rif: inqiroz – bu korxonaning rahbarlari, hamkorlari uchun o‘z
oldilaridagi imkoniyatlarini ochish haqida qaror qabul qilishga majbur etuvchi
takroriy holatdir5.
Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, inqirozga berilgan ta’riflar turlicha
bo‘lgani bilan ularni mohiyati yagona fikr ostida birlashadi. Lekin aytib o‘tish
zarurki, berilgan ta’riflarni inqirozni turli nuqtadan tahlil qiladi.
Ta’riflarni tahlil qilganda quyidagilarni kuzatish mumkin. Babushkina E.A.,
Biryukova O.Y., Vereshagina L.S. larning bergan ta’riflarida inqiroz kapitalistik
tizimdagina uchraydigan va sotsialistik iqtisodiy tizimga yod tushuncha sifatida
ta’riflanadi. Bunday fikrga sabab, davlat boshqaruvida va mulkida bo‘lgan
korxonalar doimiy ravishda davlat qaromig‘ida bo‘ladi va hech qachon inqirozga
uchramaydi degan mulohazadir. Lekin sotsialistik tizimlarda ham inqiroz bo‘ladi.
Sotsialistik tizim asoschilaridan biri K.Marks ham o‘zining Iqtisodiyssiklning
nazariy egri chizig‘ida ko‘rsatib o‘tgan. Ya’ni iqtisodiyot ma’lum cho‘qqini zabt
etgandan so‘ng muqarrar ravishda inqirozlarni ham boshdan kechirishini isbotlab
bergan. Demak, sotsialistik tizimda inqirozlar mavjud bo‘lmaganda edi K.Marks
ham bu fikrni tasdiqlamagan bo‘lar edi. Faqat unda bozor iqtisodiyotidan farqli
ravishda avval davlat inqiroz yoqasiga keladi.
Yana shuni ham aytish kerakki, ular inqirozni natural xo‘jaliklarda ham
mavjud bo‘lmasligi6 haqida fikr bildirganlar. Lekin inqirozni o‘zlari tomondan
berilgan ta’rifda ham xo‘jalik faoliyatiga qarama-qarshi ta’sir qiluvchi jarayon
sifatida aytib o‘tilgan. Natural xo‘jalikda faoliyatga qarama-qarshi ta’sir qiluvchi
kuchlar, omillar yetarli. Bularga tabiiy omillarni misol qilib ko‘rsatishni o‘zi
kifoya. Xulosa qilish mumkinki, inqirozga berilgan ta’rifni birinchi qismi
maqsadga muvofiq tartibda berilgan bo‘lishiga qaramasdan uni tahlilida olimlar
inqirozga ta’sir qiluvchi omillarni e’tiborga olmaganlar.
E.P.Jarkovskaya va B.E.Brodskiylar yuqoridagi olimlardan farqli ravishda
inqirozni unga ta’sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni e’tiborga olgan holda
5Von Eyken Dj. Krizis – ostatsya v jivix! Nastolnaya kniga dlya rukovoditeley, predprinimateley i vladeltsev
biznesa / Djon Von Eyken. – M.: Alpina Biznes Buks, 2009. – 352 s.
6Babushkina Ye.A. Antikrizisnoe upravlenie : konspetk lektsiy / Ye.A.Babushkina, O.Yu.Biryukova,
L.S.Vereshagina. – M.:Eksmo, 2008. – 160s. – (Ekzamen v karmane)
7
ta’riflaganlar va korxonaning umumiy munosabatlarini keskinlashuviga olib
kelishini tushuntirganlar. Mazkur ta’rifni tahlilini o‘rganib shunday xulosa qilish
mumkinki, fikr bir tomonlamalik xarakterga ega. Chunki inqirozni ta’rifi iqtisodiy
va moliyaviy tomonga bog‘langan ravishda berilgan. Lekin inqiroz korxona
xo‘jalik faoliyatida faqatgina iqtisodiy va moliyaviy sabablar natijasida vujudga
kelmaydi faqatgina uni oqibati bunga borib taqaladi. Bundan ko‘rinadiki, ta’rif
omillarni oqibatiga yo‘naltirilgan. To‘g‘ri inqirozni oqibati iqtisodiy va moliyaviy
zarar keltirgani uchun ham xatarli hisosoblansada, ammo ruhiy oqibatlarni ham
yoddan chiqarmasalik zarur. Shuning uchun ham, inqiroz hatarlar girdobi
hisoblanadiki, uni oqibati qaysi shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar faqatgina zarar
keltiradi. Inqirozni foydali tomonlari ham mavjud bo‘lib, u haqda keyinroq fikr
yuritiladi.
Bugungi kunda korxonalarning ish faoliyatini aktivlashtirish va ishchanlik
darajasini oshirish bo‘yicha eng ko‘zga ko‘rinarli ishlarni amalga oshirayotgan
olimlardan biri – bu Djon Von Eykendir. U korxonalarni qayta tarkibiy tuzish
strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha 17 yillik7 tajribaga ega. U bir necha
ta’riflarni tahlili bilan izohlab bergan bo‘lib, xozirgi davrdagi eng to‘g‘ri fikrlar
deb hisoblash mumkin.
U inqirozga bergan barcha ta’riflarida uni kelib chiqishi, omillarni ta’sir
qilishi va oqibatlarini inobatga olib bergan. Shu bilan birgalikda e’tiborga loyiq
tomoni inqirozni yomon holat sifatidagina emas, balki rahbar va hodimlarni o‘z
imkoniyatlarini ochishlari uchun zamin deb hisoblagan. Bundan inqirozni
kelajakda
fan
texnika
taraqqiyotini
ildamlatadigan
va
hodimlarni
o‘z
imkoniyatlarini yuqori darajada ko‘rsata olishiga yordamlashadigan jarayon deb
ham atab o‘tilgan.
Shu kabi iqtisodchi olimlar va klassiklar tomonidan inqirozga ko‘plab ta’riflar
berilgan bo‘lib, har biri o‘z mohiyatiga ko‘ra korxona xo‘jalik faoliyatiga ta’sir
qiluvchi xatarni u yoki bu tomonini ifodalaydi.
7Von Eyken Dj. Krizis – ostatsya v jivix! Nastolnaya kniga dlya rukovoditeley, predprinimateley i vladeltsev
biznesa / Djon Von Eyken. – M.: Alpina Biznes Buks, 2009. – 352 s.
8
Iqtisodiy nochorlik – korxonaning moliyaviy natijalari, iqtisodiy ahvoli va to‘lov
qobiliyatini pasayishi bo‘lib, o‘z majburiyatini belgilangan muddatda bajara olmagan
sharoitlarda vujudga keladi. Aslida, to‘lovga qobiliyatsizlik iqtisodiy nochorlikni
keltirib chiqaradi. Amaliyotda ham to‘lovga qobiliyati yo‘qolgandan so‘ng iqtisodiy
nochor korxona, deb yuritiladi, lekin bir paytda bankrot atamasi ham qo‘llanib
ketaveradi. Shu sababli, bankrotlik kategoriyasiga nisbatan iqtisodiy nochorlik
kategoriyasi yuzaga kelish davri va mazmuni jihatidan farq qilishi bo‘yicha aniq
mezonlarni ishlab chiqish zarur.
Nochorlik va bankrotlik kategoriyalarini ajratib turuvchi xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
Jonlantiruvchi taomillarni qo‘llagandan so‘ng, korxonani to‘lov qobiliyatini
tiklash imkoniyati bo‘lmagan holda, bankrotlik alomatlari mavjudligi haqida
arbitraj sudning ajrimi;
Barcha to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyati yo‘qotildi deb, korxonaning
moliyaviy holati tavsiflanganda fuqarolik huquqiy me’yori bo‘yicha arbitraj
sudning ajrimi.
To‘lovga
qobiliyatsizlik
keyinchalik
iqtisodiy
nochorlik,
moliyaviy
nobarqarorlik, korxona resurslarining nomutanosibligini yuzaga keltiradi. Agar
korxona shu holga tushib, uni sog‘lomlashtirishning iloji bo‘lmasa, tugatishga doir ish
yuritish taomili qo‘llaniladi. Buni quyidagi rasm orqali ham ko‘rish mumkin (1.1-
rasm).
1.1-rasm. Sanoat korxonalarida bankrotlik holati kelib chiqishi bosqichlari
ketma-ketligi
9
Zarar ko‘rib ishlash sanoat korxonalarida hisobot davridagi resurslarning
yo‘qotilishini bildiradi. Zarar – mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar shu
mahsulotning bozorda sotilishidan kelib tushuvchi tushumdan ko‘pligini anglatadi.
Sarflangan xarajatlar esa korxona resurslarining ma’lum maqsadda chiqib ketishi
bilan aniqlanadi. Ularning qaytib kelishi esa daromad ko‘rinishida bo‘ladi. Korxona
o‘z imkoniyatlaridan foydalanib, foyda olish maqsadida tavakkalchilik sharoitida o‘z
resurslarini sarflaydi.
Zararning mohiyati xarajat qilingan resurslarning sarflangan holatiga nisbatan
kamayib qaytishi hisoblanadi. Masalaga dialektik yondashilsa, jamiyat boyligi bu
holatda kamaymaydi deb xulosa qilish mumkin. Lekin yo‘qotilgan resurs korxonaga
qaytarilmasligi sotilgan mahsulot iste’molchilar tomonidan arzon baholanganligini
e’tiborga olib, korxona zarar ko‘rganida resurlar jamiyat a’zolari o‘rtasida notekis
taqsimlanadi va bozordagi raqobatga salbiy ta’sir qiladi deb aytish mumkin.
Zararga olib keluvchi sabab, faqat arzonga sotish emas, balki tayyor mahsulot
iste’molchiga etib bormasdan omborda turishi, chirishi, tabiiy yo‘qotilishi ham
mumkin. Bu holatda korxona resursining zarar ko‘rinishida yo‘qotilishi jamiyat
boyligining kamayishiga olib keladi. SHuning uchun korxonalar nochorligi va zarar
ko‘rib ishlashini tahlil qilishda ularning sonidan ko‘ra, ko‘rilgan zarar miqdori,
yo‘qotilgan resurslar hajmini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan
birga, ko‘rilgan zarar miqdorini tahlil qilish korxona faoliyatining kelgusidagi holatini
oldindan baholashni osonlashtiradi hamda boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni
samaradorligini ham ko‘rsatib beradi.
Aytib o‘tilganidek, sanoat korxonalari zarar ko‘rishi oqibatida iqtisodiy
resurslarning muntazam kamayib borishi, korxonada moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga
kelayotganligidan dalolat beradi. Kreditorlik qarzlarining esa ko‘payishi bankrotlik
taomillarini qo‘llash ehtiyojini hosil qiladi.
Iqtisodiy nochorlik zarar ko‘rib ishlashning hosilasi hisoblanadi. CHunki
korxona tomonidan ko‘rilgan zarar hajmi ortgani sari, to‘lov qobiliyati ham pasayib
boraveradi. Bu holatni korxona kapitalining shakllanishi yordamida tahlil qilish
10
iqtisodiy inqirozning ehtimollik darajasini aniqlash imkonini beradi. Ko‘rilgan
zararning iqtisodiy nochorlikka ta’siri korxona kapitalining qaysi manbadan ko‘proq
shakllanganligiga bog‘liq.
Masalaga iqtisodiy tahlil nuqtai nazaridan yondashilsa, korxona jami iqtisodiy
resurslarining shakllanish manbaini ikki katta guruhga bo‘lish mumkin. Iqtisodiy
nochorlik belgilari shu guruhlarning o‘zaro mutanosibligiga bog‘liq holda vujudga
keladi (1.2-rasm).
1.2-rasm. Sanoat korxonasida iqtisodiy-moliyaviy zarar oqibatida inqirozli
muhitning tarkibiy tuzilishi
1.2-rasmga ko‘ra, sanoat korxonalarida iqtisodiy nochorlik zarar ko‘rib ishlash
oqibatida vujudga keladi. Lekin zararning korxona resurslariga uch xil ko‘rinishdagi
ta’siri iqtisodiy nochorlik va inqirozning ehtimollik darajasini belgilab beradi.
Birinchi holatda, sanoat korxonasi o‘z kapitalining asosiy qismi odatda uzoq
muddatli aktivlardan tashkil topgan bo‘ladi deb hisoblansa, chetdan jalb qilingan
mablag‘ ko‘proq aylanma mablag‘larning shakllanishiga asos bo‘ladi. Muntazam
IQTISODIY-MOLIYAVIY ZARAR
Majburiyatlar
Iqtisodiy resursning
zarar oqibatida
kamayishi
Xususiy kapital
IQTISODIY INQIROZ
Joriy aktivlar
Uzoq muddatli
aktivlar
IQTISODIY-MOLIYAVIY ZARAR
11
ravishda past rentabelli yoki zarar ko‘rib ishlash yuqorida ta’kidlanganidek, korxona
iqtisodiy resurslarining chiqib ketishini ta’minlaydi.
Xususiy kapital o‘zgarmagan sharoitda, chetdan jalb qilingan aylanma
mablag‘lar tabiiy kamayib boradi. Oqibatda korxonada jalb qilingan mablag‘larning
kamayib ketishiga olib keladi, to‘lov qobiliyati ham pasayib kreditor qarzdorlikning
muddatdan o‘tgan qismi paydo bo‘ladi va korxonada iqtisodiy nochorlik alomatlari
vujudga keladi.
Ikkinchi holatda agar sanoat korxonalari uzoq muddatli aktivlarini chetdan
mablag‘ jalb qilish hisobiga shakllantirib, o‘z mablag‘laridan aylanma mablag‘
sifatida foydalanayotgan bo‘lsa, zarar hisobiga kamayish o‘z mablag‘lariga ta’sir
ko‘rsatadi va uni kamaytiradi. Birinchi holatdan farqli o‘laroq bu jarayonda iqtisodiy
nochorlikka o‘z mablag‘larining chiqib ketishi sabab bo‘ladi.
Uchinchi holatda agar korxonada joylashgan aktivlar manbalarini aniqlashning
iloji bo‘lmaganda, zarar umumiy jihatdan yana aktivlarni kamaytiradi va to‘lov
qobiliyatini pasaytiradi.
Keltirilgan har bir holatda, aktivlarning chiqib ketishiga nisbatan kirib
kelishining davriy ravishda pasayishi e’tiborga olinsa, korxonada o‘z mablag‘larining
kamayishi yoki chetdan jalb qilingan mablag‘larning kamayishidan qat’iy nazar
iqtisodiy nochorlik yuz beraveradi va korxona har qanday vaziyatda ham huquqiy
jihatdan aybdor hisoblanadi. Bu esa korxonaga mablag‘ni chetdan jalb qilish uni
o‘zlashtirish ekanligi va zarar yoki foyda ko‘rib ishlashdan qat’iy nazar uni qaytarish
zarurligini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy nochorlik esa korxonaga chetdan mablag‘lar jalb qilganda vujudga
keladi. Lekin ta’kidlash zarurki, birinchi holatda korxonaning bankrot bo‘lish ehtimoli
boshqa holatlarga nisbatan yuqoriroq. Chunki aylanma mablag‘larga chetdan jalb
qilingan mablag‘ning uzoq muddatlilarga nisbatan qaytarish davri tezroq bo‘ladi.
Korxonaning zarar bilan ishlashi esa ularni qaytarish imkoniyatini kamaytiradi. Shu
sababli korxona kapitalini tashkil etish jarayonida chetdan jalb etilgan mablag‘lar
uzoq muddatli aktivlarga investitsiya qilish maqsadida yollansa va o‘z mablag‘lari
aylanma mablag‘larni shakllantirishga yo‘naltirilsa, bankrotlik ehtimolligi kamayadi.
12
1.2. Inqiroz turlari va bosqichlari
Korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni samarali ishlab chiqilishi va
natijasi bevosita uning turini, tavsifini va xususiyatini qay darajada aniqlab
olinishiga bog‘liq. Sababi inqirozning turi va xususiyatini to‘g‘ri aniqlash,
korxonaning
xo‘jalik
foaliyatiga
qo‘yilgan
tashxisni
aniqlashtiradi
va
muammoning manbaasini topishga yordam beradi. Muammoni to‘g‘ri aniqlanishi
keyinchalik uni bartarf etish ishlarini samaradorligini oshiradi. Masalan, shifokor
xuzuriga kelgan bemorni kasalligi nima ekanligini aniq topa bilish
shifokordan tajriba va bilim talab qiladi, shu bilan birgalikda uni davolash
jrayonida kasallikni tezroq davolashga zamin tayyorlaydi. Agar shifokor
tashxisni noto‘g‘ri qo‘yadigan bo‘lsa, kasallik jarayoni uzoq davom etadi va
yanada og‘irlashishi mumkin.
Zamonaviy adabiyotlarda inqirozni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi
holati bo‘yicha hali ham bitta tan olingan xulosaga kelinmagan. Iniqrozlar bozor
iqtisodiyoti sharoitida amal qiladi, lekin ma’muriy tizimda mavjud emas degan
tushunchalar mavjud
Ba’zilar inqirozlar faqat davlat miqyosida amal qilib mikrodarajada
bo‘lmaydi, uni faqatgina boshqaruvdagi muammo, hato va kamchiliklardan iborat
deb tushuntiradilar. Bunday tushunishlar hato fikr hisoblanadi. Agar ularni fikrini
to‘g‘ri hisoblab shu pozitsiyadan turib holatga baho beradigan bo‘lsak, firma
boshqaruvida inqirozni rivojlanishini, strategiyasini oldindan ko‘ra bilishning
ilojisi yo‘q va hisobga olib ham bo‘lmaydi.
Inqiroz tushunchasi boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uslubiga ko‘p
tomonlama ta’sir qiladigan risk tushunchasi bilan o‘zaro bog‘liq.
Inqiroz tushunchasida inqiroz faqatgina sabablar emas, balki oqibatlari ham
katta ahamiyatga ega. Inqiroz oqibatlari ikki ko‘rinishdagi omillar bilan bog‘liq:
sababalari va inqiroznining rivojlanish jarayonlarini boshqarish imkoniyatlari.
Inqirozning turli xil oqibatlari faqatgina uning xarakterini emas, balki
inqirozni yumshatishi yoki qattiqlab yuborishi mumkin bo‘lgan inqirozga qarshi
13
boshqaruvning tavsifini ham aniqlaydi. Bu munosabatlardagi boshqaruv
imkoniyatlari professionalizm, boshqaruv san’ati, motivatsiya tavsifi, sabablarni va
oqibatlarni tushuna olish va mas’uliyatning maqsadlariga bog‘liqdir.
1.3-rasm. Tashkilotning ijtimoiy-iqtisodiy tizimida inqiroz havfini
vujudga kelishi
Inqirozlarni ham turini to‘g‘ri ajrata bilish va xususiyatlarini turiga qarab bir-
biridan farqlay olish inqirozga qarshi boshqaruv jarayonini soddalashtiradi va
to‘lovga noqobillikni tiklanishini tezlashtiradi. Amaliyot va nazariyada inqirozni
juda ko‘p turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Inqirozning bu turlari ularni
muayyan guruhlarga ajratish imkonini beradi va xususiyatlarini aniqlashtiradi.
Lekin shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, inqirozlarni guruhlarga ajratishda bu soha
vakillari tomonidan ba’zi chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan. Ya’ni, inqiroz turlarini
bir-biridan ajratishda sabablari va oqibatlari yuzasidan vujudga kelishiga
qaramasdan aralashtirib yuborganlar.
Amaliyot inqirozlar nafaqat maqsad va oqibatlaridan kelib chiqib, balki o‘z
BOSHQARUV
Tashkilotning faoliyat
ko’rsatishini boshqarish
Korxona rivojlanishini
boshqarish
Inqiroz havfi
Jarayonlar
barqarorlashuvi
Yangi sifatni paydo
bo’lishini jonlantiruvchi
holatning sustlashuvi
TASHKILOTNING YASHOVCHANLIGI
14
mohiyatiga ko‘ra ham bir xil emasligini ko‘rsatadi. Agarda inqirozni xarakteri
to‘g‘risida aniq ma’lumot bo‘lsa, u holda uni kuchsizlantirish, havfsizligini
ta’minlash uchun sarflanadigan vaqtni va xarajatni qisqartirish imkoniyati ortadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inqirozlarni vujudga kelishiga olib
keluvchi omillarning turlariga ko‘ra inqirozlar quyidagilarga bo‘linadi:
1.
Siyosiy inqirozlar;
2.
Ijtimoiy inqirozlar;
3.
Tabiiy inqirozlar;
4.
Iqtisodiy inqirozlar.
1.4-rasm. Inqirozni vujudga keltiruvchi omillariga ko‘ra turkumlanishi
Yuqorida berib o‘tilgan guruhlar inqirozlarni vujudga kelishi jihatidan eng
katta guruhlari bo‘lib hisoblanadi. Inqirozning bu turlari boshqa faoliyatlardagi
inqirozlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bundan tushunish mumkinki, ular
ham o‘z o‘rnida inqirozning boshqa xususiy turlariga bo‘linib ketishi mumkin.
Inqirozning mazkur turlariga makro va mikro darajada yondoshish mumkin.
Umumiy jihatdan olib qaraganda, ular quyidagicha izohlanadi:
Siyosiy inqirozlar – makro darajada vujudga keladi va davlat siyosatini
sustlashuvi bilan bog‘liq tarzda boradi. Siyosiy inqirozlar katta-kichik urushlar,
Inqirozni vujudga keltiruvchi omillariga ko’ra turlari
Siyosiy
Ijtimoiy
Tabiiy
Iqtisodiy
Urushlar;
Genotsid;
Partiyalarning
parchalanishi;
Davlat
tuzimini
to’ntarilishi
Diniy
inqirozlar;
Milliy
inqirozlar;
Aholining
populyatsion
inqirozlari,
qarish
Tabiiy
boyliklarni
yo’qolib
ketishi;
Tabiiy ofatlar;
Iqlim
o’zgarishi
Moliyaviy
inqirozlar;
Narxlarni
ko’tarilib
ketishi;
Retsessiya;
Resurslarning
taqchilligi
15
millatni qirib tashlanishi, xukmron partiyalarning parchalanishi va davlat
tuzumining ag‘darilishi natijasida paydo bo‘ladi. Siyosiy inqiroz natijasida subyekt
yo‘qolib ketmasligi mumkin, lekin uni xukmronligi sustlashadi va boshqaruv
doirasi torayadi. Unga quyidagilarni kiritish mumkin:
urushlar;
genotsid – butun bir millatni qirib yuborish;
partiyalarning parchalanishi;
davlat tuzumining ag‘darilishi.
Ijtimoiy inqirozlar – ko‘proq aholi, millat va xalqlarning dunyoviy va diniy
qarashlari bilan bog‘liq ravishda kechadi. Ijtimoiy inqirozlar natijasida ma’lum
dinlardan odamlar yuz o‘giradi va boshqasiga o‘tadi, millatlar o‘z urf-odatlarini
unutadilar, tillarini o‘lik tilga aylanishiga sababchi bo‘ladilar, aholining
populyasiyasida – qarishning ko‘payishi, tug‘ilishning kamayishi va unga nisbatan
o‘lim darajasini ko‘tarilishi kabi muammolar vujudga keladi. Unga quyidagilarni
kiritish mumkin:
diniy inqirozlar;
milliy inqirozlar;
aholining populyasion inqirozlari, qarish darajasini ko‘tarilishi;
Tabiiy inqirozlar – bu insonni hohish irodasidan tashqarida shakllanadi va
paydo bo‘ladi. Faqatgina ba’zi tabiiy inqirozlarni paydo bo‘lishiga inson sababchi
bo‘lishi mumkin, lekin ularni to‘xtata olmaydi va boshqara olmaydi. Tabiiy
inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
tabiiy boyliklarning yo‘qolib ketishi;
turli tabiiy ofatlar;
iqlim o‘zgarishi va boshqalar.
Iqtisodiy
inqirozlar.
Olimlar
A.V.Vohobov,
N.H.Jumaev
va
E.A.Hoshimovlar tomonidan iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar haqida fikrlar
bildirilgan. Ularning fikricha, iqtisodiy inqiroz retsessiyaga tenglashtirilgan.
Inqirozlarni miqyosi jihatidan ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin: makro va
mikro darajadagi inqirozlar.
16
Makrodarajadagi inqirozlar moliya va iqtisod sohasidagi qarorlar real
iqtisodiy qonuniyatlardan farqli ravishda qabul qilinganda muammolar ko‘zga
ko‘rinmagan holda to‘planib borib katta “BUM” bilan boshlanadi. Bunga
dunyodagi eng yirik inqirozlarni o‘rganib guvohi bo‘lish mumkin.
Bugungi kunda, dastlabki inqirozlar qaysi davlatlarda sodir bo‘lganligi va uni
bartaraf etish mexanizmlarini izohlash bo‘yicha olimlar o‘rtasida ixtiloflar mavjud.
Ba’zi iqtisodchilar8 inqirozni bundan 2200 yil avval Qadimiy Rimda bo‘lgan
deb ta’kidlasalar, boshqalari AQSHda 19-asrda dastlabki inqirozlar paydo bo‘lgan
deb tushuntiradilar. Lekin bir narsani tan olib aytish kerakki, agar tarixiy
chuqurlashib borilsa, Odam Ato va Momo Havolarning jannatdan quvilishini eng
dastlabki insoniyatning inqirozi deb atash mumkin. Ammo masalani bunday
tushunish ishni chigallashtiradi xolos.
Shu sababdan, inqirozlarning tarixini o‘rganishda AQSHda 1857 yilda bo‘lib
o‘tgan inqirozdan boshlash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu qarashni
“Finansoviy direktor” jurnalidan olingan ma’lumotlar ham tasdiqlagan.
Demak, eng birinchi inqiroz 1857 yil kuzda AQSHda fond bozoridagi
kotirovkalarning pasayishi natijasida vujudga kelgan. Inqiroz shu yilning o‘zida
Angliyani va keyingi yili esa Germaniyagacha bo‘lgan hududni qamrab olgan. Bu
inqirozning sababi ham bank tizimini asosiga shakllangan. Qisqa muddat ichida
200 ga yaqin banklar 6 oyga yopilgan. 1857 yilning 13 oktyabr kuni banklar
ertalabdan tushgacha bo‘lgan davrda ishlagan va tushdan keyin o‘zlarini bankrot
deb e’lon qilganlar. Shuningdek inqirozdan engil sanoat korxonalari va
mashinasozlik sanoati korxonalari eng katta zarar ko‘rgan.
1858 yillar oxiriga borib AQSH iqtisodiyoti inqirozdan qutulib o‘sa
boshlagan. Angliya banklari esa dastlab inqirozdan qutulish uchun qayta
moliyalash stavkasini 2 baravarga oshirishga harakat qilganlar, bu ijobiy natija
bermagach qo‘shimcha banknotalarni emissiya qila boshlaganlar va bu 1858
yilning kuziga borib inqirozdan qutulish uchun imkon yaratgan.
Uzun inqiroz. 1873 yilning may oyida birjadagi tartibsizliklar natijasida
8 Popov A. Finansoviy krizis 2009. Kak vijit? / A.Popov. – M.: AST; SPb.: Astrel-SPb, 2009. – 218 [6]s.
17
Venada tarixdagi eng katta inqiroz boshlandi. Inqirozning sababi Avstro-Vengriya
va Germaniyada mulkchilik bozorining tezkorlik bilan o‘sishi bo‘ldi. Uy
solayotganlarga katta miqdorda kreditlar berilgan lekin ular oxir oqibatda qaytara
olmagan. Evropa birjalarida boshlangan vahima AQSH va keyinchalik Rossiya
birjalariga ham ko‘chib o‘tdi. Ya’ni 19-asrning oxirlarida Avstro-Vengriya,
Fransiya va Germaniya hukumatlari poytaxt qurilishlari uchun mablag‘ ajratishdi.
Shu davrdan boshlab qurilish ishlari uchun alohida banklar loyihaga jalb qilindi va
ipoteka qimmatli qog‘ozlari birinchi marta emissiya qilinib sotuvga qo‘yildi.
Qurilish kompaniyalarining qarzlari tezkorlik bilan ortib bordi, unga qo‘shilib
ko‘chmas mulkning bozor baholari ham ko‘tarilib bordi. 1873 yil 9 mayda
(chyornaya pyatnitsa) “qora juma” kuni fond birjasida narxlar keskin tushib ketdi.
1873 yilning kuziga borib Evropa va AQSHda ishsizlik darajasi 25-30%gacha
ortib ketdi. Aholi o‘rtasida vahima boshlandi.
Mazkur moliyaviy inqirozning bartaraf qilinishida Amerikalik taniqli
bankirlardan biri Dj. P. Morganning o‘rni katta bo‘lgan. U hukumatga 62
mln.dollarlik oltin topshirgan. Natijada bu inqirozni yumshatdi va yangi
korporatsiyalar tashkil topdi. Masalan, 1876 yilda Tomas Edison o‘z
laboratoriyasini ochdi. Bir qancha yil o‘tgandan so‘ng esa 1896 yilda tarixga
birinchi katirovka sifatida kirgan Dou Jons indeksi (Dow Jones Industrial Average)
sifatida kirgan Edison Jeneral Elektrik Kompani tashkil topdi (Edison General
Electric Company).
Buyuk inqiroz. Buyuk inqirozning sabablari haqida yagona fik mavjud emas.
Asosiy sabablar etib: pul va tovar massasi o‘rtasidagi disprporsiya; birja
“ko‘piklari” (ishlab chiqarishga keragidan ortiqcha investitsiya kiritish); import
uchun bojxona bojini oshirib yuborilishi va natijada aholining to‘lov qobiliyatini
pasayib ketishi kabilar ko‘rsatiladi. Inqirozdan eng katta talofat ko‘rgan davlatlar
AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Kanadadir.
Inqiroz shu darajada kuchayib ketganki, 1933 yilda har oltinchi odamning
bittasi ishsiz qolgan. Sanoatda ishlab chiqarish 3-4 barobarga pasayib ketgan.
Buyuk inqiroz 1929-1933 yillarini qamrab olgan.
18
Inqirozdan chiqish uchun asosiy choralar sifatida sanoat davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlangan, banklar soni qisqartirilgan va dollar kursi pasayitirilgan.
Energetika inqirozi. Energetika sohasidagi eng katta inqiroz Suriya va Misr
Isroil bilan urushganda 1973 yilning oktyabrida sodir bo‘lgan. OPEK davlatlari
neft qazib olishni kamaytirgan va AQSH, Gollandiya hamda Isroilning ittifoqdosh
davlatlariga neft narxini 70 foizga oshirib yuborganlar. AQSHda ishsizlar soni 15
mln. odamga etgan. SHu davrdan boshlab mutaxassislikni o‘zgartirish bo‘yicha
qayta o‘qitish va malaka oshirish kurslari tashkil topa boshlagan. Bu ishga birinchi
bo‘lib Universitet o‘qituvsichi Djon Sperling asos solgan. AQSHning 85 foiz
aholisining shu davrda shaxsiy avtomobilga ega edi. Shu sababli yoqilg‘i quyish
shahobchalarida avtomobillar qatori bir necha chaqirimgacha cho‘zilib ketgan.
Avstriya Germaniya Federativ Respublikasida avtomobillarni yurishini ta’qiqlab
ham qo‘yilgan.
“Qora dushanba”. 1987 yilning 19 oktyabrida Dou Jons indeksi (Dow Jones
Industrial Average) keskin tushib ketgan. Amerika fond bozorining vahimali
to‘lqini natijasida bir qancha katta transmilliy kompniyalarning kapitalizatsiyasini
umumiy darajasi pasayib ketgan va Avstraliya, Yangi Zenlyandiya, Gonkong,
Janubiy Koreya va boshqa Lotin Amerikasi davlatlarining birja kotirovkalari tushib
ketgan. To‘g‘ri keyingi kuni indeks 12 foizga ko‘tarilgan. Bundan keyingi
davrlarda ham indeks doimiy ravishda ko‘tarilib tushib turgan, lekin inqiroz yuz
bergan kuni davlatning moliya sektori izdan chiqib ketgan. Natijada 15 ming
broker va treyderlar ishsiz qolgan. SHundan so‘ng, Dou Jons indeksi 1989
yildagina o‘zining oldingi mavqeyiga qaytgan.
19
1.5 - rasm. Inqirozlarning turkumlanishi
Rasmdan ko‘rinadiki, inqirozga qarshi boshqaruvning samarali tashkil etilishi
inqirozlarning sabablari, tavsifi va oqibatlariga bog‘liqdir. Inqiroz sabab natijasida
shakllanadi. So‘ng uning xarakteri (tavsifi) ya’ni turi vujudga keladi hamda sabab
va tavsif o‘zaro inqirozning oqibatini tashkil etadi.
Rasmda inqirozning sabablari umumiy tartibda berilgan, ular: obyektiv,
subyektiv; ichki, tashqi; tasodifiy, qonuniy; notabiiy va tabiiy kabilardir. Natijada
inqirozlar xarakteriga qarab: engil, og‘ir; qisqa muddatli, uzoq mudatli; mahalliy,
umumiy; yashirin, ochiq bo‘lishi mumkin.
Inqirozlar
Sabablar
Tavsifi
Oqibati
Obyektiv
Buzilish
Yangilanish
Sog’lomlashtirish
Yengil
Og’ir
Subyektiv
Tashqi
Ichki
Tasodifiy
Qonuniy
Notabiiy
Tabiiy
Uzoq muddatli
Mahalliy
Umumiy
Yashirin
Behos pasayish
Yumshoq chiqish
Qisqa muddatli
Ochiq
Xususiy
Boshqariladigan
Boshqarilmaydigan
Tabiiy
Texnologik
Psixologik
Tashkiliy
Iqtisodiy
Ijtimoiy
Ekologik
Jamoaviy
Tizimiy
Kuchsizlanish
Kuchayish
Yangi inqiroz