IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI. O‘ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI
Yuklangan vaqt
2025-03-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
27
Faytl hajmi
69,5 KB
IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING
SHAKLLANISHI. O‘ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING
RIVOJLANISHI
Reja
1.
Taraqqiyotning “o‘zbek modeli”.
2.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning rivojlantirilishi.
3.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash va yangilashni
izchil davom ettirish.
4.
Agrar sektorni rivojlanishi.
Taraqqiyotning “o‘zbek modeli”. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga
kiritgach, taraqqiyotning eng muhim masalalardan biri, kelajakda o‘ziga xos
iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini belgilash bo‘ldi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki,
o‘z mustaqilligiga erishgan davlatlarda ilk davrlarda ushbu masalada ayrim
muammolarning
vujudga
kelishi
tabiiy
hol.
Darhaqiqat,
mamlakatimiz
mustaqilligining qo‘lga kiritilishi birinchidan, milliy taraqqiyotimiz yo‘lini erkin
tanlashda ulkan imkoniyat bergan bo‘lsa, ikkinchidan, eski sobiq ma’muriy
buyruqbozlik tuzumiga barham berilishi yangi jamiyat qurish uchun shart-sharoit
yaratilganligini uzil kesil tasdiqladi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz
mustaqilligining qo‘lga kiritilishi demokratik jamiyat qurish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratibgina qolmasdan, o‘zimizga xos rivojlanish yo‘lini ham belgilab
olishimizga
imkoniyat
yaratdi.
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
iqtisodiy
munosabatlarning keng miqyosli tizimi avvalambor xo‘jalik mexanizmlari orqali
boshqariladi. Bunday munosabatlarning sub’ekti turli xususiy mulk egalari,
jumladan turli uyushmalar, davlat va xususiy sektor egalari, yuridik va jismoniy
shaxslar hisoblanadi. XX asr oxirlariga kelib mamlakatlarning iqtisodiy
taraqqiyotini yagona andozaga solingan qoidalar bilan cheklab bo‘lmasligini,
taraqqiyot modellarining ancha keng ko‘lamga ega ekanligi, ularni tanlashda har bir
mamlakat o‘z ichki sharoitlaridan kelib chiqib ish olib borish zarurligi ma’lum
bo‘ldi. Mazkur masalaga mustaqillikka erishgan barcha mamlakatlar turli davrlarda
turlicha hal etishga erishganlar. Shu sababli bugun dunyoda ijtimoiy - iqtisodiy
taraqqiyotning «Shved modeli», «Amerika modeli», «Yapon modeli» kabilar keng
uchramoqda. Mazkur tamoyillar aslida muayyan mintaqa yoki mamlakatlar ijtimoiy
taraqqiyotida siyosiy-iqtisodiy islohotlarni qaysi yo‘l bilan va qay yo‘sinda amalga
oshirilishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Umuman, dunyoda taraqqiyot
modellarining umuminsoniy va milliy shakllariga xos bir qator tipik milliy modellari
ham mavjud. Ular quyidagilar: Osiyo taraqqiyot modeli, Yevropa modeli, Lotin
Amerikasi modeli, Osiyo – Tinch okeani modeli, Afrika iqtisodiy taraqqiyot modeli,
Postsovet iqtisodiy taraqqiyot modeli, “Amerika modeli”, “yapon modeli”, “Shved
modeli”, Erxard (nemis) modeli, Turk modeli, “Xitoy modeli”, “Janubiy Koreya
modeli” va h.k lar amal qilmoqda. 327 Mamlakatimiz bugungi kunda o‘z kuchi va
imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida
ijobiy natijalarni qo‘lga kiritayotgani barchamizga ayon. Bu borada xalqimiz o‘tgan
davrda o‘zining mustahkam irodasi, qat’iyat va matonati bilan jahon maydonida
munosib hurmat-e’tibor qozonanayotgani ahamiyatga molikdir. Bunda jamiyatning
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va ma’rifiy negizlari mustahkamlangani,
hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlar,
mamlakatni modernizatsiya qilish yo‘lidagi ishonchli qadamlar dunyo jamoatchiligi,
nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilayapti. Mustaqillikning ilk
davrlaridan boshlab ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib,
jahonda «o‘zbek modeli» deb nom olgan taraqqiyot yo‘lini tanlangani bejiz emas.
Davlat tomonidan ishlab chiqilgan va hayotga izchil tatbiq etilgan ushbu modelning
ma’no-mazmuni — davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o‘zgartirish
va yangilashda o‘z ifodasini topdi. Ular quyidagilar edi:
Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, ya’ni mafkuradan xoli bo‘lishi;
Davlatning bosh islohotchilik vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar
tashabbuskori bo‘lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi;
Qonun ustuvorligini ta’minlash;
Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish;
Islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga
asoslandi.
Ushbu tamoyilning asosiy negizi Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan 2010
yil noyabr oyida e’lon qilingan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi» da yana bir bor
e’tirof etildi. Shu o‘rinda so‘ngi yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot o‘sishi va
aholining real daromadlari qariyb 4 barobarni tashkil etgani, ayniqsa, ijtimoiy-
gumanitar sohada erishilgan ulkan natijalar, xususan, aholini jtimoiy himoya
qilishga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobardan ortiqroqqa ko‘paygani
«o‘zbek modeli» bejiz xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lmayotganini anglatadi. “O‘zbek
modeli” ning natijalari va taraqqiyotimizning munosib natijalari aholi turmush
darajasida ham o‘z aksini topmoqda. Xususan, ushbu modelning hayotimizga joriy
etilishi natijasida ijtimoiy hayotimizda tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan, aholi
turmush darajasining yaxshilangani natijasida onalar o‘limi 2 barobardan ko‘proq,
bolalar o‘limi esa 3 barobarga kamaygani, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67
yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 328 yoshga
yetgani ham O‘zbekistonning XXI asrdagi rivojlanish dinamikasini yanada
yaqqolroq namoyon etdi. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish
sur’atlari keskin tushib ketgan, ishsizlik eng katta muammoga aylangan, ishlab
chiqarish pasaygan bir vaqtda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sish
sur’atlari keyingi besh yilda 8 foizdan ortiqni tashkil etib, har yili bir million atrofida
yangi ish o‘rni tashkil etilayotgani, rivojlangan mamlakatlarda tashqi qarzlar
ko‘payib borayotgani jiddiy xavotir tug‘dirayotganda esa O‘zbekistonning tashqi
qarzi yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan oshmayotgani, davlat byudjeti yildan-
yilga profitsit bilan bajarilayotgani milliy taraqqiyot modelining naqadar
hayotbaxshligi va barqaror taraqqiyotning bu boradagi asosiy tamoyilga
aylanganidan dalolat beradi. Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida respublikamiz
iqtisodiyoti bir tomonlama va asosan paxta yetishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib,
mash’um salbiy oqibatlarga olib kelgan paxta yakkahokimligi avjga chiqqan,
xalqning qadr-qimmati toptalib, uning o‘zi va kelajagiga ishonchi so‘ngan edi.
O‘sha davrda qoloq ishlab chiqarishga ega bo‘lgan, sobiq ittifoqda aholi jon boshiga
iste’mol darajasi bo‘yicha eng past o‘rinda turgan respublikani tarixan qisqa bir
davrda mustaqillikka erishib, ulkan marralarni qo‘lga kiritadi. Buning natijasida
mamlakat qiyofasi butunlay o‘zgarib, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi
yuksaldi. Ayni paytda dunyo hamjamiyati yurtimizning o‘z yo‘lidan og‘ishmay,
sobitqadamlik bilan borayotgani, fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida ulkan
yutuqlarga erishayotgani, barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotga asoslangani,
demokratik huquqiy davlat va rivojlangan mamlakatimizda inson, uning
manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilganini e’tirof
etmoqda. Bu, shubhasiz, xalqimizning o‘z oldiga qo‘ygan yuksak marralar sari
muvaffaqiyat bilan ilgarilayotgani natijasidir. Taraqqiyotning “o‘zbek modeli”
asosida jahon tajribasidan kelib chiqib O‘zbekiston o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot
yo‘lini belgilab oldi. Ular quyidagilarda o‘z ifodasini topdi: 1. O‘z yo‘limizning
shart-sharoiti va zaminlarinining mavjudligi. 2. O‘zbekistonda demokratik va
ijtimoiy adolat jamiyat qurish. 3. Milliy manfaatlar ustuvorligi va teng huquqli
hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat olib borish. 4. Ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan
bozor iqtisodiyotini qurish – mustaqil O‘zbekiston ichki siyosatining negizlarining
muhimligi. 5. Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy
negizlarini rivojlantirish. Mutaxassislar, ekspertlar tomonidan demokratik huquqiy
davlat qurishning jahon tajribasi o‘rganilib davlatimiz tomonidan O‘zbekistonda
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslari va
tamoyillarini qabul qilish bilan birga, unda O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlari
har tomonlama asoslab berildi. Shundan so‘ng jamiyatimizda siyosiy 329 hayotning
barcha sohalari, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish jadallik bilan olib
borilmoqda. Bizningcha, O‘zbekiston fuqarolarining mustaqil taraqqiyot yo‘lidan
sobitqadamlik bilan rivojlanib borishining siyosiy va iqtisodiy yo‘nalishlari belgilab
berildi. O‘zbekistonning mustaqillik taraqqiyot yo‘li bilan «O‘zbek modeli»
mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot dasturi bo‘lib, bu dastur ijtimoiy, iqtisodiy va
siyosiy islohotlarning goyaviy, nazariy negizini tashkil etadi. Mazkur islohotlar
mustaqillik yillarida bir nechta bosqichlarni bosib o‘tadi. Jumladan, islohotlarning
dastlabki bosqichida eski ma’muriy buyruqbozlik tizimi tugatildi va milliy
davlatchilikning siyosiy-huquqiy poydevori barpo etildi. Keyingi bosqichda
ijtimoiy-iqtisodiy
islohatlarning
huquqiy
asosi
yaratildi,
iqtisodiyotning
barqarorlashuviga erishildi. «O‘zbek modeli» O‘zbekistonning o‘ziga xos bo‘lgan
taraqqiyot yo‘li bo‘lib, bu yo‘l mamlakatimizning tarixiy milliy xususiyatlarini,
geografik va demografik shart-sharoitlarini hisobga olgan, respublikaning bosh,
strategik maqsadi sari yo‘naltirilgan islohotlarning har bir bosqichida ijodiy
rivojlanib boruvchi dasturulamaldir. Fuqarolik jamiyati taraqqiyotning maqbul yo‘li
va afzalligi inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Lekin bu uni shunchaki qanday
bo‘lsa, shundayligicha O‘zbekistonga tadbiq etsa bo‘laveradi, degani emas.
Aksincha, masalani muvaffaqiyatli yechish uchun xalqning ko‘p ming yillik tarixi,
siyosiy tajribasi, milliy mentaliteti, aql zakovatiga tayanib ish yuritish muhim.
Fuqarolik jamiyatining yurtimiz ravnaqini ta’minlash uchun millatlarning o‘ziga
xosligi, madaniy va ma’naviy qadriyatlari, mamlakatning geografik joylashuvi, unga
monand holda asrlar osha ajdodlar tomonidan shakllantirilgan xo‘jalik yuritish
vositalari va ko‘nikmalari hamda insonlararo aloqalar ham hisobga olinganligi bejiz
emas. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy jihatdan puxta
belgilab olindi. Bu barcha tamoyillar demokratik va iqtisodiy qayta o‘zgartishlar
jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etib,
hayot sinovidan o‘tdi. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichining vazifalari bu,
mustaqil davlatning amal qilishini ta’minlovchi infratuzilmani yaratish, bozor
iqtisodiyotiga
o‘tishning
qonunchilik
asoslarini
shakllantirish,
narxlarni
erkinlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, inflyatsiyaga
qarshi kurashish va aholini ijtimoiy himoyalash hisoblanar edi. Ma’lumki
taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda
mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik –
jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mo‘tadillashtirishga yordam
beradigan o‘rta mulkdorlar tabaqasining paydo bo‘lishi demakdir. Bu borada qator
qonunlar qabul 330 qilindi. Darhaqiqat, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga
kiritgandan so‘ng, dastlabki kezlarda, kichik biznes faoliyatini shakllantirish va
rivojlantirish uchun quyidagi dastlabki normativ-huquqiy normalari va qonun
hujjatlari qabul qilindi. Bu borada ayniqsa 1991 yil 18 noyabrdagi O‘zbekiston
Respublikasining “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
to‘g‘risida” gi qonuni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra mulkchilik
shakllarini o‘zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga
bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlangan maxsus dastur asosida
amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Albatta, ushbu qonunning qabul qilinishi
sohani bosqichma-bosqich rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, xalq
xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun keng
imkoniyat yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Birgina 1992-1996
yillarda davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish tufayli 1 million 74 ming kishi
turar-joy egasi, 2 million kishi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida
xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, paylarining egalari, qishloq joylarida esa,
3 million kishi yordamchi xo‘jalik, 19 ming kishi ko‘chmas mulk egasi bo‘lib
qoldilar. Bu raqamlar, shubhasiz jamiyatda mulkdorlar sinfini shakllantirish
yo‘lidagi muhim qadamlar qo‘yilganligini anglatar edi. Amalga oshirilgan dastlabki
islohotlar natijasida 1991-1996 yillar mobaynida iqtisodiy islohotlarning barcha
yo‘nalishlarida salmoqli institutsional o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Xususan, turar
joylar, savdo xizmat ko‘rsatish sohalari, matlubot jamiyati ob’ektlari va turli
tarmoqlarning mayda korxonalarini xususiylashtirish amalda tugallandi, o‘rta va
yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni jadal
davom ettirildi. Bu borada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish,
ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, qishloq xo‘jaligida islohotlarni
chuqurlashtirish, agrar munosabatlarning yangi tipini yaratish jarayonlari amalga
oshirildi. Bu tadbirlarning natijasi o‘laroq iqtisodiyotda tub sifat o‘zgarishlari
vujudga keldi. Davlatga qarashli bo‘lmagan, nodavlat, ya’ni xususiy sektorning
iqtisodiyotdagi ulushi keskin oshdi. Bu sektor 1995 yilda sanoat mahsulotlarning 44
foizini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining esa 97 foizini berdi. Barcha kapital
mablag‘larning 44 foizdan ortiqrog‘i uning hissasiga to‘g‘ri keldi. 2000 yilgacha
xalq xo‘jaligida band bo‘lganlarning 64 foizi ana shu sektorda mehnat qilgan. Bu
esa o‘sha kezlarda bozor munosabatlariga o‘tish muammolarini sinchkovlik bilan
o‘rganib, ularni hal etishda ehtiyotkorlik bilan yondashishga e’tibor qaratishni
taqoza etar edi. Ayniqsa endigina bozor 331 psixologiyasi odamlar ongida
shakllanib kelayotgan bir sharoitda respublikada birinchi navbatda maishiy xizmat,
umumiy ovqatlanish, savdo-sotiq, mahsulotni qayta ishlovchi kichik korxonalarni
ochish zarur edi. Respublika o‘z mustaqilligining dastlabki yillarida, kichik biznesga
ko‘maklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi –
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab- quvvatlash fondi (Biznes fond, 1995
yil iyul), «Madad» sug‘urta agentligi (1995 yil 26 iyun), O‘zbekiston Tovar ishlab
chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (1996 yil mart) hamda ularning hududiy
bo‘limlari tashkil etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga
Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, «Hunarmand» uyushmasi, Tadbirkor
ayollar uyushmasi tashkil etildi. Ammo o‘sha kezlarda sohada qator muammolar
ham mavjud bo‘lib, ularning mvjud holati bir necha yillar taraqqiyotga to‘siq bo‘lib
keldi. Xususan, 1999 yil 1 iyunga qadar ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar tarkibida
kichik va o‘rta korxonalar salmog‘i kommunal xo‘jalikda 42,9%, maishiy xizmat
sohasida 85,0%, qurilishda 89,3%, qishloq xo‘jaligida 89,9%, sanoatda 93,5%,
savdoda 95,3%, umumiy tijoratda 96,6%ni tashkil etgan bo‘lsada, amalda esa
ro‘yxatdan o‘tib, o‘z faoliyatini davom ettirayotgan korxonalar ulushi 20% ni tashkil
etgan xolos. Qolganlari esa turli sabalar bilan yopilib ketgan bo‘lib, buni quyidagi
misollar ham tasdiqlaydi. Agar raqamlarga murojaat qilinsa, respublika bo‘yicha
1996 yilda tashkil qilingan 7400 kichik korxonadan 20%, 1998 yili esa 3700 ta
korxonadan 70% tugatilib ketgan. Shu boisdan ko‘pgina tadbirkorlar faoliyat bilan
shug‘ullanishdan sekin-sekin uzoqlashganlar yoki ish boshlab qo‘yib, uni oxirigacha
yetkazmasdan, javobgarlikni davlatga tashlab qo‘yganlar. Masalan, 2000 yilning
o‘zida faqat Toshkent shahar bo‘yicha tugatish jarayonida turgan kichik biznes
sub’ektlari 4666 ta bo‘lib, ulardan 54,7% yoki 2552 tasida ta’sischilar bo‘lmagan.
Tugatilish holida turgan jami korxonalardan tugatilganlari 25,6% ni tashkil qilgan
yoki 1194 ta bo‘lgan. Ushbu muammolarni to‘g‘ri anglagan va unga tanqidiy asosda
yondoshgan Prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga qilgan
Murojaatnomasida “Yurtimizda tadbikorlik nima uchun kutilgan darajada
rivojlanmayapti? Chunki bu soha vakillarini asossiz ravishda tekshirish holatlari
ko‘p. Ochig‘ini aytganda tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga o‘zimiz, davlat
idoralari yo‘l qo‘ymayapmiz. Hech kimga kerak bo‘lmagan tartib-tamoyillar hamon
saqlanib qolmoqda, joylarda ko‘pgina amaldorlar faqat o‘z shaxsiy manfaatini
o‘ylab ish ko‘rmoqda. Bundan buyon bu sohani qo‘llab- quvvatlash, biznes
sub’ektlarini jadal barqaror rivojlantirish 332 yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf
etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi”13, deya qayd qilganligi bejiz emas, albatta.
Agar yaqin tariximizga murojaat qilsak, 1998 yil 9 aprelda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni
yanada rag‘batlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. 2001
yil 22 avgustda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Tadbirkorlik
sub’ektlarini
davlat
ro‘yxatidan
o‘tkazib
va
hisobga
qo‘yish
tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorga binoan kichik va xususiy
tadbirkorlikni rivojtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi
kengashi tashkil etildi. Kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga Respublika tovar-
xomashyo birjasi, Agrosanoat birjasi, «O‘zulgurjisavdo» orqali moddiy-texnika
resurslari sotildi.
O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va tadbirkorlikning o‘sish dinamikasi
(2005-2017 yillar)
Ko‘rsatkichlar
2005
y.
2007
y.
2010
y.
2013
y.
2017
y.
Yalpi ichki
maxsulot
38,2
45,5
52,5
55,8
54,9
Sanoat
10,0
13,2
19,6
23,0
39,6
Qishloq
xo‘jaligi
85,7
97,5
97,9
98,2
99
Qurilish
50,9
55,4
52,3
72,7
65,1
Eksport
6,0
14,8
13,6
18,0
27
Investitsiya
24,0
23,7
30,8
35,5
32
Mustaqillik yillarida soha rivoji tahliliga ko‘ra yana raqamlarga murojaat etilsa,
2003 yili yurtimizdagi 5 ming 630 ta aholi yashash manzilgohlarida ko‘plab kichik
va o‘rta biznes korxonalari tashkil etilib, qariyb 155 mingta yangi ish o‘rinlari
yaratilgan. Dastur doirasida aholiga 2003 yilda 1 milliard 200 million so‘mlik
xayriya yordami ko‘rsatilgan. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan
shug‘ullanayotgan 400 mingdan ziyod ayolga davlat tomonidan nafaqa puli
tayinlangan. 180 ming kam ta’minlangan oilaga qariyb 4 milliard so‘m miqdorida
moddiy ko‘maklar 13 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning
Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “Xalq so‘zi” gazetasi. T., 2017 yil 23 dekabr. 333
berilgan. 2003 yilda 25 mingdan ziyod yolg‘iz pensioner va nogironlarga 630
million so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatilgan. So‘nggi yillarda joylarda kichik
korxonalar ochish va fermer xo‘jaliklarida ish bilan band aholi soni ham yil sayin
ortib, 2007 yildagi 2094,2 ming kishidan 2011 yilda 2338,4 ming kishiga yoki 11,6
foizga ko‘paygan. Respublikada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratilayotgani bois, bu sohada ish bilan band bo‘lgan aholi soni yil sayin
ortib bormoqda. 2007-2011 yillarda respublika bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga
ega bo‘lmagan, lekin litsenziyaga ega tadbirkorlikda band bo‘lganlar soni 140,8
ming kishidan 698,4 ming kishiga yoki 4,96 marta ko‘paygan. Dehqon xo‘jaliklarida
ish bilan band bo‘lgan aholi soni 1472,5 ming kishidan 1745 ming kishiga yoki 18,5
% ga ortgan. Bu esa amalga oshirilayotgan oqilona iqtisodiy tizim tufayli
bandlikning kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi aholining
tadbirkorlik qobiliyati va bunyodkorlik mehnati salohiyatini namoyon qilishga
ko‘maklashuvchi
samarali
shakllari
rivojlanayotganligini
anglatmoqda.
Tadbirkorlik sub’ektlarining faol qo‘llab quvvatlanishi natijasida uning mamlakat
yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2000 yilda
yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan
ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2008 yilda bu ko‘rsatkich 48,2 foizni,
2009 yilda 50,1 foizni, 2010 yilda 52,5 foizni, 2011 yilda esa 54 foizni tashkil etdi
yoki 2000 yilga nisbatan 23 foizga o‘sgan. 2010-2016 yillar davomida respublikada
tadbirkorlik orqali tashkil etilgan ish o‘rinlari soni 3,9 foizga ortgan. 2017 yilda esa
dasturga muvofiq sanoatni (5440 ta loyihada 131 mingta ish o‘rni bilan), qishloq
xo‘jaligini (8430 loyihada 55,8 mingta ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11
mingta loyiha 69,5 mingta ish o‘rni bilan) rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar,
tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyati kuchaytirildi. Kelajakda
mamlakatda 25 minga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga, 256,
4 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etishga erishiladi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Obod mahalla” dasturi to‘g‘risida”gi PF-
5467-sonli Farmonida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat Dasturini amalga
oshirish va unda tadbirkorlar ishtirokiga oid bo‘sh turgan er maydonlarini yoki
foydalanilmasdan turgan bino va inshootlarni tadbirkor va hunarmandlarga “nol”
qiymatda berish hamda uni amalga oshirishda tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari
va
qonunchilikda
taqiqlanmagan
boshqa
manbalari
“Obod
mahalla”
jamg‘armasining moliyalashtirish 334 manbalari qilib belgilangan14ligi ushbu tizim
qonunchiligidagi muhim voqeadir. Unga muvofiq, mahalla hududlarida bo‘sh turgan
yer maydonlarini yoki foydalanilmasdan turgan bino va inshootlarni tadbirkor va
hunarmandlarga «nol» qiymatda berish asosida mikro sanoat zonalari va
hunarmandchilik markazlari tashkil etildi. O‘z navbatida, 2018 yilning
O‘zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-
quvvatlash yili» deb e’lon qilinishi tadbirkorlar faoliyatini takomillashtirish yo‘lida
yana bir katta amaliy qadam bo‘ldi hamda iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha
sohalarida innovatsion jarayonlarni jadallashtirishga katta turtki berdi. Ya’ni, Davlat
dasturiga muvofiq, ayniqsa shu paytga qadar aholi turmush tarzini yanada
yaxshilash, davlat dasturlarini amaliyotga tadbiq etish, ularga imtiyozli kreditlar
ajratish, aholi, ayniqsa tadbirkorlarning tashabbuslarini yanada qo‘llab quvvatlash,
ularning mulk huquqi bilan bog‘liq muammolarini hal etish borasida qator
muammolar mavjud edi. Bunda ularni hal etishning huquqiy mexanizmi yo‘q edi.
Unga ko‘ra O‘zbekistonda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni boshqarish, rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash
siyosati kompleks tarzda amalga oshirildi. Bu jarayonni muvaffaqiyatli yuritish
uchun respublikada qator farmonlar, qonunlar va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik bizesning ulushi, % hisobida15 Sohalar 2000 y
2005 y 2010 y 2015 y Yalpi ichki maxsulot ishlab chiqarishda 31,0 38,2 52,5 56,5
Sanoatda 12,9 10,0 18,8 40,6 Investitsiyalarda 15,4 24,0 28,5 35,8 Qurilish sohasida
38,4 50,9 53,1 66,7 Eksportda 10,2 6,0 13,7 27,8 Aholi bandligida 49,7 64,8 74,3
77,9 14 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Obod
mahalla” dasturi to‘g‘risida”gi PF- 5467-sonli Farmoni. “Xalq so‘zi”. T., 2018 yil.
28 iyun. 15 Ma’lumotlar “Ekonomicheskoe razvitie Respubliki Uzbekistan za godы
nezavisimosti”. T., “Uzbekistan”. - T., 2016 to‘plamidan olindi 335 Prezidentning
2018 yil 1 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan
yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF- 5495-sonli Farmoni ham muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu me’yoriy hujjat mamlakatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish
maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish,
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat
berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va
xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, hududlarda zarur
infratuzilmani yaratishni ta’minlaydigan huquqiy asosni yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subektlarini tugatish tartib-
taomillarini soddalashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida 2020 yil 1
yanvardan boshlab tadbirkorlik faoliyati- yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda, bir
yoki bir nechta davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lonlar
berish talab etilmasligi, bunda tegishli ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi
organning rasmiy saytiga joylashtirilishi belgilandi. Farmonga ko‘ra, davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgandan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan
hamda soliq qarzi mavjud bo‘lmagan korxonalarning moliya xo‘jalik faoliyati
tekshirilmasligi, davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan,
tugatiladigan korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishning eng uzoq
davriyligi uch yilni tashkil etishi belgilandi. Farmonga muvofiq moliya-xo‘jalik
faoliyatini tekshirish uchun vakolatli davlat organlaridan korxona to‘g‘risidagi
mavjud ma’lumotlarni olish tadbirkorlik subektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va
hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan
o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab
olti oydan oshmasligi kerakligi ko‘rsatildi. Bu borada 2019 yilning 13 avgustida
tadbirkorlarning muammolarini qonuniy hal qilish, sohada samarali tizimi yaratish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer
uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” gi qonun va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining
kafolatlarini
kuchaytirish,
tadbirkorlik
tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash
borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora- tadbirlar”, shuningdek “Tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy
resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish to‘g‘risida” gi farmoni qabul qilindi. 336 2. O‘zbekistonda agrar
islohotlar va aholini ijtimoiy himoyalashning o‘ziga xos xususiyatlari. Qishloq
xo‘jaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xo‘jaliklari
tugatilib, jamoa, shirkat xo‘jaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat
xo‘jaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va chorvachilik
yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tashkil etila boshlandi. Agar mamlaktimizda
fermerlik harakatining shakllanish tarixi va rivojlanishiga murojaat qilinsa,
fermerlikni shakllantirish chorvachilik sohasi islohotlaridan boshlangan edi. Yaqin
tariximizda bu borada chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martdagi «Respublika
chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora – tadbirlari
to‘g‘risida»gi, 1994 yil 23 fevralda «Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni
takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar
manfaatlarini himoya qilish choralari to‘g‘risida», 1995 yil 24 martdagi
«Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab
– quvvatlash chora – tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi.
Bu qarorlarga ko‘ra, 1995 yilda jamoa xo‘jaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499
qoramolchilik
fermalari
xususiylashtirildi.
Natijada
respublikada
ishlab
chiqarilayotgan go‘sht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi. Ushbu
davrda agrar soha fermerlik yo‘nalishining shakllanishida davlat tasarrufidagi qo‘y,
echki, qoramollar, yiliqi, tuya kabi hayvonlarni fermerlarga bo‘lib berish, davlat
mulkchiligini tugatish, ularni xususiylashtirishga katta e’tibor qaratildi. Natijada
1990 yilda respulikada bironta ham fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmagan bo‘lsa,
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining xo‘jalik shakllari bo‘yicha taqsimlanishiga
e’tibor qaratilib, 2000 yilga kelib ular tasarrufidagi yerlar 632,2 ming gektarga, 2010
yilga kelib esa 3 mln 143 ming gektarga yetgan. Vaholanki 1990 yilda
O‘zbekistonda sovxozlar, kolxozlar, yordamchi xo‘jaliklar maxsus shirkatlar,
qorako‘lchilik fermalariga tegishli yer maydonlari 3 mln 974 ming gektar bo‘lgan
bo‘lsa, 2000 yilga kelib ularning yerlari fermer xo‘jaliklariga bo‘lib berilib, o‘sha
qishloq xo‘jalik korxonalarining yirklashtirilishi natijasida 2010 yilda umumiy yer
maydonlari qisqartirilib, zarar bilan ishlayotgan yoki dotatsiyaga tushgan xo‘jaliklar
yerlari 93 ming 900 gektarga kamaytirilgan edi. 2000 yilllardan boshlab agrar
sohada fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi barqaror va muntazam tus oldi. Fermer
xo‘jaligining yuzaga kelish asoslari Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi
8- sonli «Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga 337 aylantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va 2003 yil 27 oktyabrdagi «2004-2006 yillarda
fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Prezident Farmonida
batafsil yoritib berilgan. Agar 2001 yilda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan
fermer xo‘jaliklarining soni 55445 birlikdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2006 yilga kelib
189235 birlikka yetgan, yoki 3,4 baravar oshgan. Xo‘jaliklar sonining tahlil
davridagi o‘rtacha yillik o‘sishi 40,2 foizni tashkil etgan. Jami 428 ta shirkat
xo‘jaligi negizida 22 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari tashkil etiladi.
Respublikamizda fermerlikning kelgusidagi rivojlanishi va yangi imkoniyatlaridagi
o‘zgarishlar 2000 yillar oxiriga to‘g‘ri keladi. Puxta o‘ylangan dastur asosida 2008-
2010 yillar davomida o‘tkazilgan maqbullashtirish jarayoni natijalariga ko‘ra fermer
xo‘jaliklarining
yer
maydonlari
hajmi
kamaytirildi.
Amalga
oshirilgan
maqbullashtirish jarayoni natijasida, 2011 yil yakuniga ko‘ra, respublikamizdagi
fermer xo‘jaliklarining soni 215776 tadan 66134 taga yoki 69,4 foizga kamaytirildi,
bunda bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yer maydoni hajmini 27,4
gektardan 80,1 gektargacha ko‘paytirishga erishildi. O‘rtacha bir fermer xo‘jaligiga
to‘g‘ri keladigan yer maydonini tarmoqlar bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, bu
ko‘rsatkich o‘sha davrda paxtachilik va g‘allachilikda 106,3 gektarga,
sabzavotchilik va polizchilikda 23,5 gektarga, bog‘dorchilik va uzumchilikda 13,1
gektarga, chorvachilikda 205 gektarga teng bo‘lgan. Keyingi yillarda qishloq
xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirish hajmining o‘sishi o‘rtacha 6 7 foizdan kam
bo‘lmagan. Birgina 2015 yilda dalalardan 7.3 million tonnadan ortiq don, 12,8 mln
tonnadan ziyod sabzavot va kartoshka, salkam ikki million tonna poliz mahsulotlari,
qariyb 2,8 million tonna meva, 1,5 million tonnadan ziyod uzum mahsulotlari
yig‘ishtirib olindi. Go‘sht ishlab chiqarish hajmi 2014 yilga nisbatan 106,7, sut
ishlab chiqarish 107,1 tuxum ishlab chiqarish 111,1 foizni tashkil yetdi. Bu qishloq
mehnatkashlari, soha mutaxassislari va mutasaddilarining qilgan mehnatlari
samarasidir. 2017 yilgacha yurtimizda 160 mingdan ziyod fermer ho‘jaliklari
faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 36 mingdan ortig‘i ko‘p tarmoqli yirik
sub’ektlarga aylandi. Buning quvonarli jihati shundaki, ayni paytda ular faqatgina
dehqonchilik yoki chorvachilik bilan cheklanib qolmasdan, balki zamonaviy
texnalogiyalar, ixcham qayta ishlash uskunalarini jalb yetgan holda, qo‘shimcha
tarmoqlarni o‘zlashtirishga harakat qilishyapti. O‘zbekistonda yetishtirilgan meva
sabzavotlariga bo‘lgan talab dunyo miqiyosida talab ortib bormoqda. Shu bois ham,
hukumat tomonidan istiqbolda oziq ovqat yekinlari maydonlarini kengaytirishga
jiddiy ye’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Prezidentning 2015 yil 29 dekabrdagi “2016-
2020 yillar davrida qishloq xo‘jaligini qayta shakllantirish 338 va rivojlantirish
chora tidbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi muhim dasturilamaldir. Chunki, bu
hujjatda tuproq unumdorligi nisbatan past, suv ta’minoti og‘ir, kam rentabelli yekin
maydonlariga paxta va g‘alla o‘rniga meva sabzavot, kartoshka, moyli, ozuqabop
yekinlar yekish vazifasi belgilab berildi. Ularning amalga oshirilishi natijasida yaqin
besh yilda boshoqli don yetishtirish hajmini 8,5 mln tonnaga yetkazish, kartoshka
yetishtirishni 35% ga, sabzavotlarni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foizga, go‘sht
yetishtirishni 26,2 foizga, sutni 43,7 foizga, tuxum yetishtirishni 74,5 foizga
ko‘paytirish,
baliq
yetishtirishni
2,5
martaga
oshirish
mo‘ljallanmoqda.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotining 40
foizdan ortig‘ini chorvachilik mahsulotlari tashkil etadi. Ushbu sohada ham erkin
bozor mehanizmlari shakllantirilgani, ko‘plab imtiyozlar berilayotgani natijasida
chorva mollari bosh soni va chorvachilik ishlab chiqarish hajmi muttasil ortib
boryapti. Chorvachilik fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularda naslli qoramollar
podasini ko‘paytirish maqsadida keyingi 10 yil mobaynida Polsha, Avstriya,
Gollandiya, Germaniya kabi mamlakatlardan 60 mingdan ko‘proq naslli qoramollar
olib kelindi. Bugungi kunda agrar sohada salohiyatli kadrlar tayyorlash masalasi
ham muhim hisoblanadi va hali bu borada qator muammolar borligi barchaga ayon.
Agrar sohada zamonaviy fan texnikani puxta biladigan trener- o‘qituvchilarni
tayyorlovchi maxsus kurslarning muttasil ishlab turganligiga qaramay, yuqorida
ko‘rsatilgan
o‘qitish
tizimlarida
mahoratli,
bilimli
pedagog
kadrlarning
yetishmasligi ham dolzarb muammolardan biridir. Shu boisdan yoshlarning agrar
sohada biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga
chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat
bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish ko‘nikmalariga
o‘qitish, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning
bandligini ta’minlashga qaratilgan «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi qabul
qilindi. Shuningdek, «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida ularning oila
a’zolariga issiqxona tashkil etish, qoramol, parranda sotib olish va tadbirkorlik
faoliyati uchun 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 7 % stavkasi
miqdorida kreditlar ajratilishi o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini oshirishga
xizmat qiladi. O‘zbekistonning kuchli ijtimoiy siyosati. Ijtimoiy himoya tizimi. XX
asrning 90-yillari boshida Sovet Ittifoqidan ajralib chiqib, eski tuzumdan voz kechib,
o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning bozor
iqtisodiyoti yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosati ishlab chiqildi.
Chunki, o‘sha 339 paytda respublikada bunday kuchli ijtimoiy himoya siyosatini
yo‘lga qo‘yishning bir qancha sabablari mavjud bo‘lib, ular quyidagi omillar bilan
izohlanadi: Birinchidan, jahon tajribasidan ayonki, davlat boshqaruvi asoslangan
sotsialistik tuzumdan, xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish
davrida ko‘p hollarda davlat va jamiyat hayotida bir qancha ijtimoiy muammolar
yuzaga keladi. Ya’ni, bu jarayon hech qachon oson kechmagan. Bunga
taraqqiyotning bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlagan jahondagi ilg‘or davlatlarning
tarixiy tajribasi guvohlik beradi. Bunday sharoitda aholini ijtimoiy himoya qilish va
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarga yetarli e’tibor bermaslik,
aholining bir qismi turmush tarzining pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu boisdan
O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab aholining muhtoj
qatlamlarini ijtimoiy himoyaga olish tizimini joriy etdi; Ikkinchidan, o‘sha davrda
respublikadagi mavjud ijtimoiy- iqtisodiy shart sharoitlar, ya’ni o‘tish davrida
respublikaning ishlab chiqarish salohiyati, geografik o‘rni, tabiiy iqlim sharoiti
kabilar, barcha joylarda aholining birdek ish bilan band bo‘lish imkoniyatini
bermagan. Chunki, respublika aholisining katta qismi agrar soha bilan
shug‘illangan. Ushbu sohalardan kelayotgan daromadlar chekka joylarida barcha
aholi ehtiyojini to‘la ta’minlash imkoniyatini bermagan. Shu bois, ko‘p bolali
oilalarda ijtimoiy himoyaga ehtiyoj tug‘ilganligi bejiz emas edi; Uchinchidan,
demografik omilga ko‘ra, ya’ni dunyodagi davlatlar orasida O‘zbekiston aholi soni
muttasil o‘sib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Ya’ni, respublikada
demografik vaziyat muhim bo‘lib, har bir oilaga o‘rtacha 4-5 ta kishi to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistondagi demografik vaziyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, aholi,
ayniqsa, mehnatga qobiliyatli yoshlarning soni tez o‘sib bormoqda. Bugungi kunda
mamlakat aholisining 32 % ni 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakat
aholisi 2020 yilda 34 mln kishini tashkil qilgan, 2025 yilda esa 37 mln kishidan
oshishi taxmin qilinmoqda. Agar aholining o‘sish dinamikasiga e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, mamlakatda aholi soni so‘nggi 35 yil ichida 1,4 barobarga ko‘paygan.
Aholining taqsimlanishi bo‘yicha bir kvadrat kilometrga o‘rtacha 56,1 kishi to‘g‘ri
keladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda ishchi kuchlarini ish bilan ta’minlash,
ishsizlik masalasini hal etish — respublikadagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Shu bois bunday sharoitda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, mamlakat
aholisining salkam 60 % qishloq joylarida yashaydi. Bugungi kunda aynan
qishloqlarda odamlarni ish bilan ta’minlash, daromad manbalarini oshirish keskin
muammo bo‘lib turibdi. Bu muammo yer va suv resurslarining cheklanganligi bilan
bog‘liq. Tabiiyki, bu masalani qishloq xo‘jaligida o‘z holicha hal qila 340 olmaydi.
Bu esa o‘z navbatida qishloq aholisini ish bilan ta’minlash borasida bir qancha
muammolarni keltirib chiqaradi. Yuqorida qayd etilganidek, bunday sharoitda
qishloq aholisi ijtimoiy turmushini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish lozim
bo‘ladi. Demak, aholi sonining muttasil o‘sishi, mamlakatda tug‘ilishning yuqori
ko‘rsatkichi saqlanib qolayotganligi (ayniqsa qishloq joylarida ko‘p bolali oilalar
nufuzining yuqoriligi), respublikada aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tizimini
joriy etishni taqoza etadi; O‘zbekiston Sovet Ittifoqi tarkibidan ajralib chiqib o‘z
mustaqilliginip qo‘lga kiritgandan so‘ng, aynan ushbu omillarni inobatga olingan
holda, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, ijtimoiy himoya tizimiga ko‘ra, farzand tug‘ilganda beriladigan to‘lovlar
saqlab qolinishi bilan birga, nafaqalar va imtiyozlarning quyidagi turlari ham amalga
oshirildi. Masalan, bola boquvchi onalarga to‘lanayotgan nafaqaning miqdori
ko‘paytirilib, uning muddati ham uzaytirildi. 1991 yildan boshlab bunday yordam
bir yarim yilgacha to‘langan bo‘lsa, 1994 yildan e’tiboran bu muddat ikki yilga
uzaytirildi. Ishlovchi onalar ham, ishlamaydigan onalar ham, bu nafaqani oladiga
bo‘ldilar. Ma’lum muddat ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarni, ishsizlarni,
daromadi cheklangan shaxslarni, maktab o‘quvchilarini ijtimoiy himoyalash va
qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va yolg‘iz
pensionerlar uchun bepul nonushtalar, ikki yoshga yetmagan bolalar uchun,
shuningdek, kamqonlik kasaliga duchor bo‘lgan homilador ayollar uchun bepul
ovqat, barcha maktab o‘quvchilari va talabalarni imtiyozli ovqatlantirish kabi
ijtimoiy imtiyozlar ham byudjet mablag‘laridan to‘lab turildi. Kommunal xizmatlar
to‘lovi, shahar transportida bepul yurish imtiyozlari “Qahramon onalar”, Ikkinchi
jahon urushi qatnashchilari, Afg‘onistonda urushda bo‘lgan internatsional
jangchilarga nisbatan imtiyozlar ham saqlab qolindi. Shunday murakkab sharoitda
rejali yondashuv tufayli sezilarli ijtimoiy ziddiyatlarga duch kelgan O‘zbekiston
ayrim ijtimoiy muammolarni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Oldindan ko‘rilgan
chora- tadbirlar ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash imkonini berdi. Aholida
amalga oshirilayotgan islohotlarga va kelajakda ushbu inqirozlardan bemalol chiqib
keta olishga nisbatan ishonch hissi paydo bo‘ldi. Ayniqsa bu borada amalga
oshirilgan muhim islohotlardan biri, 1994 yil 28 avgustda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni
tashkil etish masalalari to‘g‘risida” gi qarorining qabul qilinganligi muhim voqea
bo‘ldi. Ushbu qaror asosida “Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga
moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi Nizom qabul qilindi.
Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi va uning hududiy tuzilmalari joylarda
ehtiyojmand va kam 341 ta’minlangan oilalar, yolg‘iz qariya va nogironlar uchun
moddiy yordamlar tashkil qilishi belgilandi Masalan, 1995 yil ijtimoiy himoyaga
ajratilgan mablag‘ning 3 % onalarga ikki yoshgacha farzandlarini parvarish qilish
uchun ajratilganligi buni yaqqol isbotlaydi. Ushbu tizim respublikada nafaqa va ish
haqining eng kam miqdori bilan bog‘liq holda shakllantiriladigan bo‘ldi. Bu, avvalo
pulning
qadrsizlanishi
oshgan
sharoitda
nafaqalarning
ushbu
turining
indeksatsiyalanishini ta’minlashga xizmat qildi. Ayniqsa bolalarga beriladigan
yigirmadan ziyod turli nafaqalar o‘rniga 1994 yilning sentyabridan boshlab barcha
bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi. Bu borada 1995 yilda ijtimoiy
himoyaga ajratilgan mablag‘larning 51 % farzandlarning ikki yoshga to‘lgunlaricha
parvarish qilish uchun ajratilgan. Albatta, aholining ijtimoiy muhofazaga eng muhtoj
qatlamlaridan biri – bu kam ta’minlangan oilalardir. Agar yaqin o‘tmishga murojaat
qilinsa, ularni davlat tomonidan moddiy ta’minlash doimiy ravishda takomillashtirib
borilgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 10
dekabrdagi “Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan voyaga yetmagan (16 yoshgacha bolalari
bo‘lgan, shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan 16
yoshdan 18 yoshgacha bolalari bo‘lgan) oilalarga nafaqa fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari tomonidan tayinlanib kelindi. 1995 yil 20 noyabrda “Bolali
oilalarga davlatning ijtimoiy yordamini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Prezident
Farmoni aholining zaif qatlamlariga moddiy yordam ko‘rsatishda muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga muvofiq, 1996 yil 1 apreldan 16 yoshgacha bo‘lgan
bolali oilalar uchun nafaqalar ota-onasining daromadlari miqdoridan qat’i nazar,
barcha oilalarga to‘lana boshladi. Ya’ni, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ridan
to‘g‘ri davlat yordami beriladigan bo‘ldi. Farmonda 1996 yilning 1 yanvaridan
boshlab 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan barcha oilalarga beriladigan har oylik
nafaqalarning quyidagi miqdori belgilandi: - bir bolali oilalarga eng kam ish
haqqining 30%; - ikki bolali oilalarga eng kam ish haqqining 60%; - uch bolali
oilalarga eng kam ish haqqining 80%; - to‘rt bolali oilalarga eng kam ish haqqining
100%; - besh va undan ko‘proq bolali oilalarga eng kam ish haqqining 120%. Davlat
tomonidan bolalarni boqish va tarbiyalashga qilinadigan sarf harjatlarning bir
qismini oilalarga kompensatsiya tarzida berib turildi, ayni vaqtda ota-onalarning