IQTISODIY RIVOJLANISH TO'G'RISIDAGI ASOSIY NAZARIYALAR
Yuklangan vaqt
2025-02-25
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
37
Faytl hajmi
266,0 KB
IQTISODIY RIVOJLANISH TO'G'RISIDAGI ASOSIY NAZARIYALAR
MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB IQTISODIY RIVOJLANISH TO'G'RISIDAGI DASTLABKI
YONDASHUVLAR
1.1. Iqtisodiy rivojlanish to'g'risidagi qarashlar
1.2. Hozirgi zamon institualizm, neoliberalizm va monetarism oqimlari
namoyondalari qarashlari
II BOB O'ZBEKISTONDA MILLIY TARAQQIYOT BOSQICHLARI
MAZMUNI
2.1. Iqtisodiy rivojlanish to'g'risidagi zamonaviy yondashuvlar
2.2 O'zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlari mazmuni va vazifalari
2.3 O'zbekistondagi iqtisodiy taraqqiyot modeli
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
2
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari yuksalib
borar ekan, ana shu ehtiyojlarni qondirishning yagona yo‘li iqtisodiy o‘sishdir.
Iqtisodiy o‘sish tufayligina ijtimoiy taraqqiyotga erishiladi. Iqtisodiy o‘sish
mamlakatning kuch-qudrati o‘sayotganini ko‘rsatadi. Mikroiqtisodiy o‘sish firma,
korxona va ayrim sektor (tarmoq) miqyosidagi rivojlanishni ifoda etadi va ularda
o‘sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga
qarab aniqlanadi. Mikroiqtisodiy miqyosda tadbirkorlar o‘z oldilariga iqtisodiy
o‘sish orqali maksimal darajada foyda olishni qo‘yadilar. Makroiqtisodiy o‘sish
milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni
ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YAMM) ko‘payishini bildiradi.
Makromiqyosda iqtisodiy o‘sishga erishishning optimal maqsadi barcha
aholini hayot kechirishini yaxshilash, turmush darajasini ko‘tarishdir. Ekstensiv
iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan
holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Ekstensiv
rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi
o‘zgarmay qoladi, chunki har bir ishlovchiga to‘g’ri keladigan mahsulot miqdori,
ya’ni mehnat unumdorligi avvalgicha qoladi. Ekstensiv o‘sishning afzalligi
shundaki, u iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning eng oson yo‘li. Bunda tabiiy
resurslarni tezda o‘zlashtirish hamda nisbatan tez fursatda ishsizlikni qisqartirish
mumkin. Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi yanada progressivroq ishlab chiqarish
vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish,
shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li
bilan erishiladi. Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-
alohida mavjud bo‘lmaydi, balki bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom karimov istiqlolning ilk yillaridan odamlarning
mulkdor bo’lishini kafolatlash, o’z aqli va salohiyati bilan mahsulot yarataman
degan insonni qo’llab quvvatlash yo’lida kurashdi. Bunda, avvalo, bozor
iqtisodiyotining asosi bo’lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan
3
barqaror qonunchilik bazasi , uni jadal amalga oshirish uchun qulay ishbilarmonlik
muhiti yaratishga kirishildi . Natijada bugun tadbirkorlik sohasining mamlakatimiz
yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 56.5 %ga yetdi. Ish bilan band aholi soning 78%i
aynan shu tarmoqda mehnat qilib , ro’zg’or tebratmoqda , el-yurtimiz rivojiga
munosib hissa qo’shmoqda.
Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz g’oyalarini izchil
davom ettirish yo’lida yangi strategik vazifalarni kun tartibiga qo’ydi. Xalqimiz
bugun izchil va barqaror rivojlanayotgan , erkin va farovon , demokratik
O’zbekiston davlatini barpo etish yo’lini , avvalo, o’zi va oilasi uchun yanada
barqaror va to’kin hayotga erishishning mustahkam zaminini yaratish uchun ter
to’kib harakat qilmoqda. Bunday kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
subyektlari hajmining ortib borishi mamlakatning iqtisodiy o’sishini ta’minlaydi.
Mamlakatda
iqtisodiy
o’sishning
ta’minlanishi
orqali
biz
ishsizlikning
kamayishiga erishamiz . Ishsizlikning kamayishi esa ishlab chiqarishni
ko’payishiga olib keladi, va buning natijasida aholi turmush tarzining
farovonligining oshishiga erishamiz.
Zero, Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev aytganlaridek “Xalq boy bo’lsa ,
davlat ham boy va qudratli bo’ladi” . Shuning uchun hozirgi kunda ishsizlik
muammosi bartaraf etilishi lozim bo’lgan eng katta muammolardan biridir.
4
I BOB IQTISODIY RIVOJLANISH TO'G'RISIDAGI DASTLABKI
YONDASHUVLAR
1.1. Iqtisodiy rivojlanish to'g'risidagi qarashlar.
Iqtisodiy o’sish, avvalo, foydalanilayotgan resurslarning soni va sifatiga,
shuningdek, foydalanilayotgan texnologiyalarga bog’liq. Agarda, qaralayotgan
omillar va iqtisodiy o’sish tarkibiy qismlari yaxlitlashtirilgan bo’lsa, iqtisodiy
o’sishni ekstensiv va intensiv o’sishga bo’lish mumkin. Ya’ni, foydalanayotgan
resurslar miqdori o’zgarmay qolgan holda ishlab chiqarish o’ssa, to’liq intensiv
omillar hisobiga amalga oshgan hisoblanadi.
Umuman olganimizda iqtisodiy o’sish bir nechta omillarga bog’liq. Bular:
• tabiiy resurslar soni va sifati;
• mehnat resurslari soni va sifati;
• asosiy kapital hajmi;
• texnologiyalar.
Ushbu omillarning barchasi ishlab chiqarishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu
esa iqtisodiy o’sish istiqbollarini belgilashda ishlab chiqarish funktsiyalaridan keng
foydalanish imkonini beradi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish omillari
miqdorining qo’shimcha o’sish sur’atlari (ΔK/K va ΔL/L) va texnika taraqqiyoti
natijasida ularning umumiy unumdorligini qo’shimcha o’sish sur’atlariga (ΔA/A)
bog’liq holda mahsulot ishlab chiqarishning qo’shimcha o’sish sur’atini (ΔY/ Y)
hisoblash imkonini beradi:
ΔY/Y= ΔA/A+ α x ΔK/K+ (1- α) x ΔL/L
Bunda α koeffitsienti ishlab chiqarilgan mahsulotda kapital hissasini, (1- α) -
mehnat hissasini ko’rsatadi.
Faraz qilaylik, milliy mahsulotda kapital hissasi 0,3 ni, mehnat hissasi esa
10,3 = 0,7 ni tashkil etsa, unda kapital (ΔK/K) va mehnatning (ΔL/L) 10% ga
qo’shimcha o’sishi ishlab chiqarish hajmining ham 10 % ga qo’shimcha o’sishiga
olib keladi. (0 ,3 x 10 % + 0,7 x 1 0% = 3% + 7% = 10%). Ya’ni, iqtisodiy o’sish
ekstensiv omillar hisobiga ro’y bergan. Ammo, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi
5
intensiv omillar hamma vaqt ham qadrlangan va iloji boricha ulardan
foydalanishga harakat qilinadi. Shuning uchun ham davlat iqtisodiy o’sishni
qo’llab-quvvatlash maqsadida, fan-texnikaning istiqbolli yo’nalishlarini belgilash,
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, soliq mexanizmi va tizimini iloji
boricha ixchamlashtirish kabi ishlarni olib boradi.
Iqtisodiy o’sish tushunchasi va o’lchanishi
Iqtisodiy o’sishto’liq bandlilik sharoitigamos keluvchi potentsial ishlab
chiqarish darajasini uzoq muddatli ko’payishi tendentsiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o’sish jami taklifning o’sishini yoki boshqacha aytganimizda,
haqiqiy va potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o’sish nafaqat
mamlakat real daromadlarining o’sishi, shuningdek, jon boshiga to’g’ri keladigan
real daromadlarning o’sishini ham anglatadi. SHu sababli ham iqtisodiy o’sish ikki
xil usul bilan o’lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o’sish real YaIM ni o’tgan davrga nisbatan
o’zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari
dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o’sish aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real YaIM
ning o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o’sish nazariyasi va modellarida YaIM o’miga SIM, YaMD, SMD
ko’rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtismodiy
o’sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo’linishiga
bog’liq deb qaraladi.
Iqtisodiy o’sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o’lchanadi.
Iqtisodiy o’sishga omillari va tiplari
Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o’sishi sur’atlarini,
ko’lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar
iqtisodiy o’sish omillari deyiladi.
Iqtisodiy o’sish omillari ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh omillari ihtisodiy o’sishni fizik (ashyoviy) jihatdan
ta’minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi:
6
• tabiiy resurslar soni va sifati;
• mehnat resur slari soni va sifati;
• asosiy kapital hajmi;
• texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;
• jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi..
Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o’sish potentsialini yuzaga
chiqarish imkonini beruvchi omillar - talab va taqsimot omillari bilvosita omillar)
kiritiladi:
• bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;
• iqtisodiyotdagi soliq muhiti;
• kredit-bank tizimi samaradorligi;
• iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o’sishi;
• eksport hajmining o’sishi;
• iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;
• daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.
Agar o’sish qo’shimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta’minlansa va
jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o’rtacha samaradorligi
darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi.
YaIMning o’sishi iqtisodiyotda band bo’lganlar sonidan yuqori sur’atga ega
bo’lsa intensiv ihtisodiy o’sish ro’y beradi.
“Iqtisodiy o’sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining
oshishiga bog’liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to’g’ri keladigan mahsulot
ishlab chiqarishni ko’paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini
yaxshilashni ko’zda tutadi.
Iqtisodiy o’sishning bu ikki tipi sof holda ro’y bermaydi. Iqtisodiy o’sish uni
ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko’proq
ekstensiv, yoki ko’proq intensiv bo’lishi mumkin.
3. Iqtisodiy o’sishning keynscha modellarining umumiy tavsifi. Ye. Domar
modeli.
7
Iqtisodiy o’sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli
ko’payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
Iqtisodiy o’sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha
modellarning mohiyati quyidagicha:
1)
ularning barchasi Keynsning yalpi talb to’o’risididagi bosh g’oyasiga
tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib
rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan;
2)
iqtisodiy o’sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa
ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi;
Keynscha
iqtisodiy
o’sish
modelidan
soddarog’i
40-yillarda
Ye.
Domartomonidantaklif etilgan model hisoblanadi.
Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarn
barqaror xolatida ushlab turadi, nvestitsion lag «0» ga teng, kapital quyilmalarni ng
chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi.
Ye.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni
investitsiyalar nafaqat mulbtiplikativ ta’sir ko’rsatib yalpi talabni oshiradi, balki
ishlab chiqarish quwatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi,
tovarldar taklifmi oshiradi. SHunday ekan, yalpi talabning o’sishi yalpi taklifning
o’sishiga teng bo’lishi uchun investitsiyalar qanday o’sishi kerak degan savol
paydo bo’ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o’z ichiga
olgan tenglamalar sistemasini tuzdi:
1)
takliftenglamasi;
2)
talab tenglamasi;
3)
talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
I.
Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga
qo’shimcha о’sishini ко’rsatadi. Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I o’ssa,
yalpi ishlab chiqarish AKa miqdorga o’sadi:
AYs=AKa , AK investitsiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun tengikni:
AYs= I a deb yozish mumkin., bunda,a - kapital quyilmalar( investitsiyalar)ning
8
chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni I mlrd. so’mga
oshirish uchun 4 mlrd so’m investitsiya talab etilsa a =0,25 bo’ladi.
a=AYs /1 bir so’mlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot
miqdorini ko’rsatadi.
2.
Talab tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega
AYd=AI (I/ |j),
buyerda I/ |J — xarajatlar mulbtiplikatori,
|J—jamg’arishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad AYd, yoki yalpi talab qo’shimcha
investitsiyalaming mulbtiplikativ ko’payishiga teng miqdorda o’sishini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish to’plangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad
esa qo’shimcha investitsiyalaming multiplikativ ta’siri ostida ko’payishi sababli
taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qo’shimcha
investitsiyalargina ko’rib chiqilaadi.
3.
Daromadlar va ishlab chiqarish quwatlarining qo’shimcha o’sish
sur’atlari tengligi tenglamasi:
Al (1/|л) = Ia
Bu tenglamani yechib suyidagi natijani olamiz:
Al /I = \i a
(A I / I ) - investitsiyalaming yillik o’sish sur’ati bo’lib, ishlab chiqarish
quvvatlarini oshirish yordamida to Tiq bandlilikni ta’minlab turish uchun
(|j a) miqdorga teng bo’lishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalaming
mutanosib o’sish sur’atijamg’arishga chegaralangan moyillik va investitsiyalaming
unumdorligi ( kapital qaytimi) darajalarining hosilasi ekan.
Agar p = 0,2 a=0,4 bo’lsa A I /1 = 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 %
Demakinvestitsiyalarning o’sish sur’ati 8% bo’lishi talab etiladi.
E. Domar moddelidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shuki iqtisodiy
o’sishni ta’minlash uchun investitsiyalar hajmini oshirish, bu uchun esa jamg’arish
normasi hamda fan texnika taraqqiyoti orqali kapitalning samaradorligini oshirish
zarur.
9
1.2. Hozirgi zamon institualizm, neoliberalizm va monetarism oqimlari
namoyondalari qarashlari.
Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’ldi va XX
asrning’ 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibg’a solishning’ mustaqil
qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal
iqtisodiy
jarayonlarg’a
davlatning’
ma’lum
darajada
aralashuvi
tufayli
cheklanmag’an erkin raqobat G’oyasining’ ustuvorlig’ig’a asoslanadi. Ag’ar
keynschilik iqtisodiyotda davlatning’ faol aralashuvini boshidanoq zarur deb
qarasa, neoliberalizm davlatning’ nisbatan passiv tartibg’a solishini qo’llaydi.
Keynschilik modellarida iqtisodiyotning’ turli sohalarini investistiyalash, hukumat
buyutma va haridlari hajmini keng’aytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo’yicha
davlat chora- tadbirlari majmuasig’a ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning’ o’nta
keng’ qo’llanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma’lum bo’lg’an davlat byudjeti
kamomadi va inflyastiyag’a olib kelishida ko’rinadi.
Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish
prinstiplaridan
foydalanishni,
iqtisodiyotda
xususiy
mulk
va
nodavlat
to’zilmalarining’ etakchi bo’lishini qo’llaydilar. Davlatning’ iqtisodiyotni
boshqarishdag’i rolini esa «tung’g’i qorovul» yoki «sport sudyasi» qabilida
bo’lishi ko’zda tutiladi. Bu yo’nalishning’ yirik vakili L.Erhard fytg’anidek
«Raqobat mumkin bo’lg’an hamma erda, tartibg’a solish - zarur bo’lg’an erda»
amalg’a oshuvi kerak. Davlatning’ iqtisodiyotdag’i ishtiroki cheklang’an bo’lib,
tadbirkorlarning’ erkin va mo’’tadil faoliyati iqtisodiyotdag’i muvozanatni
saqlashning’ asosiy sharti sifatida qaraladi.
Iqtisodiy liberalizm oqimining’ XX asrdag’i asosiy namoyandasi asli
Avstriyadan chiqqan amerikalik Lyudvig’ fon Mizes (1881-1973) va uning’ eng’
sodiq shog’irdi Fridrix Xayek (1899-1992)lardir. Ularning’ maktabi Avstriya
maktabi deb ham ataladi. Mizesning’ fikricha, markazlashg’an boshqaruvg’a
asoslang’an sostialistik xo’jalik va hukumat tomonidan tartibg’a solinadig’an
bozor o’zoq vaqt yashashi mumkin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks
10
ettirmaydi. Uning’cha, sostializmning’ «tartibg’a solinadig’an iqtisodiyot»i
rejalarni o’zboshimchalik bilan to’zadig’an tashkilotchilarning’ qulig’a aylanadi,
rejalang’an tartibsizlik ro’y beradi. Yag’ona oqil siyosat - bu liberalizmdir. Mehnat
taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv stivilizastiyaning’ mutlaq asoslari
hisoblanadi. Mizesning’ asosiy asarlari quyidag’ilar: «Liberalizm», «Insoniy
harakat: iqtisodiyot to’G’’risidag’i traktat», «Iqtisodiy fan asoslari: metodolog’iya
ocherklari» va boshqalar.
Ing’liz iqtisodchisi Fridrix fon Xayek asli nemis bo’lib, asosiy faoliyatini
Ang’liyada ko’rsatg’an. U 1974 yilda iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti laureati
bo’lg’an. U o’zining’ «Qullik sari yo’l» asarida har qanday iqtisodiy erkinlikdan va
bozor baholaridan voz kechish diktaturag’a, ya’ni yakkahoqimlikka, iqtisodiy
qullikka olib borishini isbotlaydi, xo’jalikda bozor tizimining’ «aralash» va
«buyruqbozlik» iqtisodiyotidan ustunlig’ini ko’rsatib beradi, kapitalni abadiy
kateg’oriya deb e’lon qiladi, kapitalizm davrida ekspluatastiya mavjudlig’ini inkor
etadi,
davlat
iqtisodiyotining’
sostialistik
G’’oyalari
to’la
tushkunlikka
mahkumlig’i va o’z tabiatig’a ko’ra halokatli ekanlig’ini ta’kidlaydi.
Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari
Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo'ldi va asming 30-
yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil qarashlar
majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal iqtisodiy
jarayonlarga davlatning ma’lum darajada aralashuvi tufayli cheklanmagan erkin
raqobat g‘oyasining ustuvorligiga asoslanadi. Agar keynschilik iqtisodiyotda
davlatning faol aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberalizm davlatning
nisbatan
passiv
tartibga
solishini
qo‘llaydi.
Keynschilik
modellarida
iqtisodiyotning turli sohalarini investitsiyalash, hukumat buyurtma va xaridlari
hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo'yicha davlat chora- tadbirlari
majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning o‘ta keng qo‘Hanilish oqibatlari
iqtisodiy tarixdan ma’lum bo‘lgan davlat budjeti katnomadi va inflatsiyaga olib
keUsliida ko‘rinadi.
11
Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish
prinsiplaridan
foydalanishni,
iqtisodiyotda
xususiy
mulk
va
nodavlat
tuzilmalarining yetakchi bo‘lishini qo'llaydilar.
Neohberalizmning eng yirik markazlati Germaniya, AQSH va Angliyada
vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakillari - V.Oyken,
V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erxard va b.), Chikago maktabi, uni «monetar maktab»
deb ham ataydilar (yetakchi vakillari - L.Mizes, M.Fridmen, A.Shvari va b.),
London maktabi (yetakchi vakillari - F.Xayek, L.Robbins va b.).
Fransiyada neoliberal g'oyalaming taniqli vakillari sifatida iqtisod- chilar
J.Ryueff, M.Alle va boshqalami keltirish mumkin. Bu olimlar o‘sha davrdayoq
yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938-
yih Parijdagi konferensiyada neoliberalizm- ning asosiy prinsiplari xalqaro
ko‘lamda e’lon qilindi. Bu neoliberallar- ning yig‘ilishi (forumi) «Lippman
kollokviumi» deb ham ataladi. Bu- ning sababi shuki, o‘shayili amerikalik
iqtisodchi AUolter Lippman «Erkin shahar» kitobini e’lon qildi va undagi g'oyalar
neoliberal prin- siplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo‘llab-quwatlangan neoliberal
umumiy prinsiplaming mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat
qoidalarini qaytarishga g'amxo'rlik qihshlari va ulami barcha xo'jalik subyektlari
tomonidan bajarilishini ta’minlashlariga ko‘maklashuvi so'raladi. Bu hujjatda
xususiy mulk ustuvorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yo‘li
bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, falokat va b.) holatlardagina qayta
ko‘rilishi mumkin deb hisoblanadi.
Ijtimoiy bozor xo'jaligi konsepsiyasi
II Jahon urushidan so‘ng neoliberalizm prinsiplari dastlab G‘arbiy Germaniya
(GFR) da amaliy jihatdan muvaffaqiyati tatbiq etildi. Bu yerda 1948-yildan
boshlab bu g'oyalar Adenauer-Erxard davlat doktrinasi statusiga aylantirildi.
Neoliberalizmning taniqli nemis nazariyotchilari V.Rebke, A.Ryustov va
boshqalar ozodlik va insonparvarlik bahonasida monopolizm vujudga kelishining
barcha ko‘rinishlarini tanqidiga boshchilik qildilar. V.Oyken va uning safdoshlari
Frayburg universitetida 1948-yildan «Ordo» nomli yillik to‘plamni chiqara
12
boshladilar, bu jumal barcha davlatlar uchun neoliberalizning nazariy minbari
rolini o‘ynaydi. V.Oyken tomonidan tanlangan «Ordo» so‘zi yig‘ma bo‘lib. erkin
bozor xo'jaligining «tabiiy tizimi» ma’nosini beruvchi mazmunga ega edi.
Neoliberalizm G'arbiy Germaniya doktrinasi «Oyken maktabi» ta’siri ostida hatto
«Ordoliberalizm» deb atala boshlandi.
«Ijtimoiy bozor xo'jaligining» mohiyati
GFR neoliberalizm nazariyotchilari «erkin bozor» va adolatli taqsimot
prinsiplarini «ijtimoiy tenglik» prinsipi g'oyasi bilan qo'shishga muvafFaq
bo'ldilar. Birinchi marta uning konseptual g'oyasi AMyuller- Armakning «Xo'jalik
boshqaruvi va bozor xo'jaligi» (1947) kitobida izohlanadi, bunda «Ijtimoiy bozor
xo'jaligi» matni ham birinchi bor qo'llanilgan. Bu sohadagi ishlanmalar V.Rebke,
L.Erxard, V.Oyken (asli tarixchi) va boshqalar tomonidan davom ettirildi.
V.Rebkening «Nemis iqtisodiy siyosati to‘g'rimi?»(1950) degan kitobi
muqaddimasida GFR kansleri K.Adenauer «ijtimoiy bozor xo'jaligi» modeU
mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qilinganligini bayon etadi.
V. Rebke xarakteristikasi bo'yicha, «ijtimoiy bozor xo'jaligi» - «iqtisodiy
insonparvarlik» sari yo'ldir. U o'zining «Insonparvar jamiyat» asarida
kollektivizmga — personalizm, hokimiyat konsentratsiyasiga — erkinlik,
sentralizmga — detsentralizm, tashkilotchilikka — o‘zini-o‘zi boshqarishni qarshi
qo'yadi va boshqalar. 1957-yilda XDSning navbat- dagi syezdida L.Erxard,
V.Rebke g‘oyalarini qo‘llagan holda GFR da «ij'timoiy bozor xo‘jaligi»ning 2-
bosqichi boslilanganligini tasdiqladi. 60-yillarda L.Erxard o‘z maqolasida, awalo,
«erkin musobaqa ijtimoiy bozor xo‘jaligining eng asosiy elementi hisoblanadi»
deb ta’kidlangan edi. 1965 yilda partiyaning navbatdagi syezdida L.Erxard GFRda
«Ijtimoiy bozor xo‘jaligi» ni tashkil etish dasturining nihoyasiga yetganli- gini
e’lon qildi. Bu dastur mamlakatni «rasmiylashgan jamiyat»ga aylantirildi.
60-70-yillarda neoliberalizm konsepsiyasi «ijtimoiy bozor xo‘jaligi» modelini
yaratish va amalga oshirish prinsiplari institutsionalizm - ning «barcha uchun
farovonlik jamiyati» konsepsiyasi bilan hamo- hangdir. Chunki ikkala modelda
insonni inson tomonidan ekspluatatsiya qilinishi va sinfiy antegonizm inkor
13
etiladi. Bu modellardan tashqari, davlatning faol ijtimoiy vazifasi g‘oyasi bor.
Davlat barcha fuqarolarga ijtimoiy xizmatni olish va ular farovonligini oshirish
uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratishi zarurdir. Bunda jamiyatning turli
qatlamlarida aksionerlar sonining ortishi bilan birga, barcha ijtimoiy institutlar
barqarorligining o‘sishi, asosiy mehnatkash aholining ertangi kunga ishonchi va
boshqalar ko‘zda tutiladi.
Chikago monetarizm maktabi
Keynschilikka muqobil ravishda AQSHda neoliberalizmning Chikago maktabi
vujudga keldi. Uning monitar (pul bilan bog'liq) g'oyalari Chikago universitetida
20-yillarda paydo bo'ldi. Ammo neoUberal yo‘nalish harakatida Amerika
monetarizmi mustaqil keyinschilik ilg‘orlik pozitsiyalami faqat 50-yillar oxiri - 60-
yillar boshida egalladi. Bunda M.Fridmen (1912-2006) nashrlari muhim ahamiyat
kasb etdi (1976- yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati). Fridmen va
uning safdoshlari Keynsning pulsiz omillari (masalan, investitsiyalar) o‘miga
aynan pulli omillarni afzal ko‘rdilar.
1958-yilda A.U. Fillipsning empirik egri chizig‘i paydo bo‘lishi bilan pul
hisohidagi ish haqining yillik foiz o‘zgarishi va ishsizlik dara- jasi (hissasi)
o'rtasidagi bog‘lanish aniqlandi. Bunda 1861-1913-yillar Anglivadagi real
ma’lumotlardan
foydalanilgan.
1964-yil
P.Samulson
o‘zining
mashh’ir
«Ekonomiks» darsUgining 6-nashriga shu grafikni kiritdi vauni «Fillips egri
chizig'i» deb atadi. Awalgi tadqiqotlarda (masalan, Keyns) inflatsiyasiz to‘la
bandlik iqtisodiy siyosatning maqsadi sifatida qarab kelinar edi. Bu egri chiziqqa
ko‘ra, baholar mo'tadilligi va ishsizlik nomuvofiq hodisalar bo'lib chiqdi. Ular
askincha, konfliktli maqsadlar ekan: ishsizlikni kamaytirishga inflat- siyani
kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi, inflatsiyani pasaytirish esa, odatda, ishsizlar
ko‘payishini taqozo etadi. Shunday qilib, bir vaqti- ning o'zida turg‘un baholar va
to'la bandlikka bo'lgan ishonch, barqa- ror baho va to'la bandlik o‘rtasida tanlash
bilan o‘rin almashdi.
M.Fridmen va uning safdoshlari Fillips egri chizig'ini har tomon- lama
o'rganib, (egri chiziq) har doim ham turg'un emasligini aniqladi. Ayniqsa, 60-yillar
14
oxirida ko‘pgina mamlakatlarda inflatsiya o'sishi «mantiq»qa qarama-qarshi
ishsizUkning pasayishi emas, balki uning o'sishi va 70-yillar boshida esa inflatsiya
va ishsizlikning bir vaqtda o'sishi bilan ro'y berdi.
Neoliberalizmning boshqa oqimlari
E. Fon Xayek Iqtisodiy liberalizm oqimining XX asrdagi asosiy namoyandasi
asli Avstriyadan chiqqan amerikalik Ludvig fon Mizes (1881-1973) va uning eng
sodiq shogirdi Fridrix Xayek (1899- 1992)lardir. Ulaming maktabi Avstriya
maktabi deb ham ataladi. Mizesning fikricha, markazlashgan boshqaruvga
asoslangan sotsialistik xo'jalik va hukumat tomonidan tartibga solinadigan bozor
uzoq vaqt yashashi mumkin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks
ettirmaydi. Uningcha, sotsializmning «tartibga solinadigan iqtisodiyot»i rejalami
o'zboshimchalik bilan tuzadigan tashkilotchilaming quhga aylanadi, rejalangan
tartibsizlik ro'y beradi. Yagona oqil siyosat bu liberalizmdir. Mehnat taqsimoti,
xususiy mulk va erkin almashuv sivilizatsiyaning mutlaq asoslari hisoblanadi.
Mizesning asosiy asarlari quyidagilar: «Liberalizm», «Insoniy harakat: iqtisodiyot
to‘g‘risidagi traktat», «Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari» va
boshqalar.
Ingliz iqtisodchisi Fridrix Fon Xayek asli nemis bo'lib, asosan Angliyada
faoliyat ko'rsatgan. U 1974-yilda iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti laureati
bo'lgan. U o'zining «Qullik sari yo‘l» asarida har qanday iqtisodiy erkinlikdan va
bozor baholaridan voz kechish diktaturaga, ya’ni yakkahokimlikka iqtisodiy
qullikka onb nini isbotlaydi, xo'jalikda bozor tizimining «aralash» va
«buymqbozlik» iqtisodiyotidan ustunligini ko'rsatib beradi, kapitalni abadiy
kategoriya deb e’lon qiladi, kapitalizm davrida ekspluatatsiya mavjudligini inkor
etadi, davlat iqtisodiyotining sotsialistik g'oyalari to'la tushkunlikka mahkumligi
va o'z tabiatiga ko'ra halokatli ekanligini ta’kidlaydi.
15
II BOB O`ZBEKISTONDA IQTISODIY RIVOJLANISH OMILLARI
2.1. Iqtisodiy rivojlanish omillari va modellari.
Yalpi talab-yalpi taklifi modeli yordamida makroikisodiy jarayonlarni taxlil
kilar ekanmiz kiska davrda real YAIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning
vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik. To`lik
bandlilik darajasiga erishilgandan so`ng real YAIM xajmini bundan keyingi
ko`paytirish uchun yalpi taklif egri chizigini o`ngga siljishiga erishishimiz, ya`ni
foydalanilayotgan resurslar mikdorini ko`paytirishimiz zarur.
“Agar iqtisodiyotning kiska muddatli xolati ko`prok yalpi talab bilan
belgilansa , uzok davrga iqtisodiyotning rivojlanishi ko`prok ishlab chikarish
imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli iqtisodiy o`sishni modellashtirishda
dikkat markazida real sektor turadi”*
Iqtisodiy o`sish to`lik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab
chikarish darajasini uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o`sish jami taklifning o`sishini yoki boshkacha aytganimizda,
xakikiy va potentsial YAIM xajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o`sish nafakat
mamlakat real daromadlarining o`sishi, shuningdek, jon boshiga to`gri keladigan
real daromadlarning o`sishini xam anglatadi. SHu sababli xam iqtisodiy o`sish ikki
xil usul bilan o`lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o`sish real YAIM ni o`tgan davrga nisbatan
o`zgarishi sifatida aniklanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari
dinamkasini aniklash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o`sish axoli jon boshiga to`gri keladigan real YAIM
ning o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniklanadi.
Iqtisodiy o`sish nazariyasi va modellarida YAIM o`rniga SIM, YAMD, SMD
ko`rsatkichlaridan xam foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iktismodiy
* Тарасевич Л.С., Гребников П.И., Лусский А.И. Макроэкономика: Учебник.- 5-е изд. , испр. и доп. –М.:
Юрайт-Издат, 2004, 520.с.
16
o`sish daromadlarni kanday nisbatlarda iste`mol va investitsiyalarga bo`linishiga
boglik deb karaladi.
Iste`mol xajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maksadini va yashash
darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar
xajmining o`zgarishi
resurs
imkoniyatlarining o`sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi.
Iste`mol va investitsiya o`rtasida etarlicha mukobillik mavjud, chunki, joriy
iste`mol mikdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish
iqtisodiy o`sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
1-rasm 2021-yil YaIM (YaHM)ning o`sish su’ratlari
Iqtisodiy o`sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o`lchanadi.
Har bir mamlakat iqtisodiy o`sishga intiladi, chunki iqtisodiy o`sish,
birinchidan, milliy maxsulot xajmi va daromadning ko`payishiga, ikkinchidan,
resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi extiyojlar va
imkoniyatlarning paydo bo`lishiga, to`rtinchidan, xalkaro bozorlarda mamlakat
obro`sining oshishiga olib keladi.
17
Real ishlab chikarish xajmlarining uzok muddatli o`sishi sur`atlarini,
ko`lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi xodisa va jarayonlar
iqtisodiy o`sish omillari deyiladi.
Iqtisodiy o`sish omillari ikki guruxga ajratiladi.
Birinchi gurux omillari ixtisodiy o`sishni fizik (ashyoviy) jixatdan
ta`minlaydi. Bu guruxga ishlab chikarish omillari kiritiladi:
tabiiy resurslar soni va sifati;
mexnat resurslari soni va sifati;
asosiy kapital xajmi;
texnologiyalar va ishlab chikarishni tashkil etish;
jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi..
Ikkinchi guruxga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o`sish potentsialini yuzaga
chikarish imkonini beruvchi omillar – talab va taksimot omillari bilvosita omillar)
kiritiladi:
bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;
iqtisodiyotdagi solik muxiti;
kredit-bank tizimi samaradorligi;
iste`mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o`sishi;
eksport xajmining o`sishi;
iqtisodiyotda ishlab chikarish resurslarini kayta taksimlash imkoniyatlari;
daromadlarni taksimlashning shakllangan tizimi.
Agar o`sish ko`shimcha resurslarni jalb etish xisobiga ta`minlansa va
jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o`rtacha samaradorligi
darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi.
ekstensiv iqtisodiy o`sish yangii korxonalar, yo`llar, elektrostantsiyalar
kurish , yangi erlarni o`zlashtirish, mexnat va tabiiy resurslarni ko`shimcha jalb
etish kabilar xisobiga ta`minlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi
rivojlanishning ma`lum bir boskichida ekstensiv iqtisodiy o`sish imkoniyatlarini
kamaytiradi va uni ziddiyatli kilib ko`yadi.
18
YAIMning o`sishi iqtisodiyotda band bo`lganlar sonidan yukori sur`atga ega
bo`lsa intensiv ixtisodiy o`sish ro`y beradi.
“Iqtisodiy o`sishning intensiv tipi ishlab chikarish samaradorligining
oshishiga boglik. U foydalanilayotgan resurs birligiga to`gri keladigan maxsulot
ishlab chikarishni ko`paytirishni, ishlab chikarishning texnik xususiyatlarini
yaxshilashni ko`zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon bo`ladi:
fan va texnika yutuklaridan foydalanish va ishlab chikarishni yangilashda;
xodimlar malakasini oshirishda;
ishlab
chikarilayotgan
maxsulot
sifatini
oshirish,
assortimentini
yangilashda”*
Iqtisodiy o`sishning bu ikki tipi sof xolda ro`y bermaydi. Iqtisodiy o`sish uni
ta`minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga karab ko`prok
ekstensiv, yoki ko`prok intensiv bo`lishi mumkin.
YAMM ko‘rsatkichiga sof eksport (eksport va import o‘rtasidagi farq) kiradi.
Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog‘i keskin farqlanadi.
Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki
mahsulot
(YAIM)
ko‘rsatkichidan
foydalaniladi.
YAlpi
ichki
mahsulot
umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab
chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va
xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha
ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida namoyon
bo‘ladi.
YAlpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq undan
xorijiy mamlakatlar bilan hisob-kitoblar qoldig‘iga teng bo‘lgan miqdorga farq
qiladi. Ya’ni, YAIM ko‘rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab
chiqarish omillaridan keluvchi tuShumlari (omillar bo‘yicha daromadlari) hamda
mazkur mamlakatda xorijiy investorlar tomonidan olingan omillar bo‘yicha
daromadlar o‘rtasidagi farqni qo‘shilsa YAMM ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi.
* Макроэкономика. Теория и Российская практика/ Под редакцией
Грязновой А.Г. и Думной Н.Н. М., КНОРУС, 2005., 187-188 с.с.
19
YAMM va YAIM o‘rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi:
YAIM hududiy jihatdan hisoblanadi. Bu, milliy mansubligidan qat’iy nazar,
muauyan mamlakat hududida joylashgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning jami qiymatidir.
YAMM – bu o‘z mamlakati yoki xorijda joylaShuvidan qat’iy nazar, milliy
korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami
qiymati.
YAMM va YAIMning o‘zaro farqini quyidagi chizma orqali yaqqolroq
ifodalash mumkin (1-chizma).
Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish
CHet ellardagi
milliy
korxonalar
mahsuloti
Xorijiy
korxonalar
mahsuloti
Milliy
korxonalar
mahsuloti
2 trln.so‘m
10 trln.so‘m
3 trln.so‘m
1-chizma. YAMM va YAIM o‘rtasidagi tarkibiy nisbatlar.
Demak, chizmadan ko‘rinadiki, mamlakat YAMM 13 trln. so‘mni (M2 va M3
shartli raqamlar yig‘indisi), YAIM esa 12 trln. so‘mni (M2 va M1 shartli raqamlar
yig‘indisi) tashkil etadi.
YAMM va YAIM o‘rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan
mamlakatlarda YAIMning ±1%ni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy
ko‘rsatkich sifatida YAIMdan foydalanishni tavsiya etadi. YAqin vaqtlarga qadar
AQSH va YAponiyada YAMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu
mamlakatlar ham YAIM ko‘rsatkichini qo‘llay boshladilar.
М1
М3
М2
YAIM
YAM
M
20
Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi hisobga
olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot
to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Jami ijtimoiy mahsulot bilan yalpi ichki mahsulot o‘rtasidagi farqni aniq
tuShunish uchun 1-jadval ma’lumotlaridan foydalanamiz.
1-jadval.
Ishlab chiqarilgan milliy mahsulotning tuzilishi
(shartli raqamlar misolida).
Izchil
tarmoqlar
Xomashyo
,
yonilg‘i,
materiallar
Qo‘shilgan qiymat
YAlpi
ichki
mahsu
-lot
Jami
ijti-
moiy
mahsu
-lot
Amorti
-zatsiya
Ish
haqi
To‘langa
n soliqlar
va
to‘lovlar
Foyd
a
Iste’mol qilingan
ishlab chiqarish
vositalari qiymati (s)
Zaruri
y
mahsu
-lot (v)
Qo‘shimcha
mahsulot
(m)
Paxta ishlab
chiqarish
40
30
30
20
20
100
140
Paxtani qayta
ishlash
140
40
50
25
30
145
285
To‘qimachili
k
285
50
60
30
40
180
465
Tikuvchi-lik
465
45
50
35
30
160
625
Jami
930
165
190
110
120
585
1515
s=1095
v=190
m=230
585
1515
Bundan ko‘rinib turibdiki, jami ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, yalpi ichki
mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi.
21
Lekin bu erda shuni aytish lozimki, mamlakat miqyosida takror hisobga yo‘l
qo‘ymaslik uchun yalpi ichki mahsulotlarni hisoblashda sotib olingan xom ashyo,
yonilg‘i va materiallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo‘shilgan qiymat hisobga
olinadi, ularning yig‘indisi esa yalpi ichki mahsulot hajmini ko‘rsatadi. Ammo har
bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar mahsuloti yalpi ichki mahsulotdan
emas, balki jami yaratilgan ijtimoiy mahsulotdan iboratdir. Masalan, bizning
misolimizda paxtani qayta ishlash korxonasi ishlab chiqargan va sotgan mahsulot
285 birlikni, yalpi ichki mahsulot hisobiga kiradigan qo‘shilgan qiymat esa 145
birlikni tashkil etadi. Sotilgan 285 birlik mahsulotning 140 birligi xom ashyo,
yonilg‘i va materiallarni sotib olish uchun ishlatiladi. Shuning uchun biz bu
mavzuda korxonalar va tarmoqlar yaratgan yillik milliy mahsulot haqida
gapirganda ko‘proq jami ijtimoiy mahsulotni nazarda tutamiz.
Demak, YAIM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha
pirovard mahsulot (xizmat)larning bozor narxlaridagi summasi. Biz bilamizki,
joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir
qismi zahiralarni to‘ldiradi. Ya’ni YAIM hajmini hisoblab topishda zahiralarning
har qanday o‘sishi hisobga olinishi zarur, Chunki YAIM yordamida joriy yildagi
barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun, mazkur
yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur.
YAIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga
olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan
qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi.
22
2.2. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslublari.
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot ‘redmetining
shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror to’ishi bilan
ham bog’liqdir. Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun
-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob’ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va
nazariyasini o’z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga
ega, lekin har bir fan o’zining ‘redmetidan kelib chiqib, o’zining ilmiy bilish
usullariga ega bo’ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda
xususiy bo’ladi.
Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo’lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida qo’llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir:
1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog’liqlikda, ziddiyatda,
o’zaro ta’sir qilib turadigan turli bo’g’inlardan, bo’laklardan iborat yaxlit bir
jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o’zgarib
turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo’ladi.
2. Iqtisodiy jarayonning har bir bo’lagini alohida olib, uning o’ziga xos
xususiyatlarini, kelib chiqish va yo’q bo’lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy
va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog’liqlik tomonlarini zamon va
makonda o’rganish. Bu erda shu narsani hisobga olmoq lozimki, biron-bir iqtisodiy
hodisa o’zi bir jarayonning oqibati, natijasi bo’lgani holda, boshqa bir iqtisodiy
jarayonga sabab yoki omil bo’lishi mumkin. Masalan, mashina, stanok, asbob-
uskunalar bir ishlab chiqarish jarayonining oqibati, natijasi bo’lgani holda ikkinchi
ishlab chiqarish jarayonining omili, sababi bo’lib xizmat qiladi. Ishlab
chiqarishdagi o’zgarishlar taqsimot va iste’mol sohalarida o’zgarish bo’lishiga,
qishloq xo’jaligidagi o’zgarishlar esa sanoatda o’zgarish bo’lishiga turtki bo’ladi,
va h. k.
3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, ‘astdan yuqorigacha
rivojlanishida deb qarash. Bu erda son jihatidan o’zgarishlar to’’lana borib, sifat
jihatidan o’zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.
23
4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o’zaro kurashiga
rivojlanishning manbai deb yondashish.
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va
‘ul mablag’lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o’zaro
chambarchas bog’liq hamda ziddiyatda bo’ladi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi, ular
doimo sifat va miqdor jihatdan o’zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy
shaklga ega bo’ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o’rniga yangilari ‘aydo
bo’ladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo’llashning
qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo’ladi.
2-rasm YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o`sish suratlari
Dialektik dunyoqarash — bu qadimgi yunon falsafasidan boshlab to
hozirgacha butun kishilik jamiyati ma’naviy taraqqiyoti tarixida inson aql-idroki
erishgan
buyuk
yutuqdir.
Dialektik
uslubning
mohiyati
o’rganilayotgan
jarayonning
ichki
ziddiyatlar
tufayli
o’z-o’zidan
harakatda
bo’lishini
tushuntirishdan iborat va bu narsa har qanday fanga, jumladan iqtisodiyot
nazariyasi faniga ham taaluqlidir.
24
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o’ziga xos tadqiqot usullari ham
mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstrakstiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning
mohiyati o’zgarishini o’rganishda mikrosko’lardan, kimyoviy laboratoriyalardan
foydalanib bo’lmaydi, bunda abstrakstiya kuchi ishga solinadi.
Ilmiy abstrakstiya usuli - tahlil ‘aytida xalal berishi mumkin bo’lgan ikkinchi
darajali
narsalar,
voqea-hodisalarni
fikrdan
chetlashtirib,
o’rganilayotgan
jarayonning
asl
mohiyatiga
e’tiborni
qaratishdir.
Bu
usul
yordamida
o’rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko’zga ko’rinmaydigan mohiyati,
uning asl mazmuni bilib olinadi.
Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga
ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish. Sintez – bu o’rganilgan qismlardan
olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa
chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yo’l bilan o’rganiladi, iqtisodiy
tizim butunicha tasvirlab beriladi.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik
dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo
qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik
usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy
ichki zarur qonuniy bog’lanishlar bo’yicha ham tahlil qilinadi.
Foydalanilayotgan usullar ichida eks’eriment ma’lum o’rin egallaydi,
iqtisodiy o’sishning keskin o’zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning
inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eks’erimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish ‘aytida eks’eriment alohida o’ringa ega. Iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish uchun ‘uxta tayyorgarlik ko’rish, ya’ni ilmiy tajriba,
eks’eriment o’tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo’nalishlarni
ishlab chiqish talab etiladi.
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo’shib olib borish.
Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish
korxona va firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy sub’ektlarning xatti-
harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari,
25
ka’ital va boshqa resurslardan foydalanishning, narxtashkil to’ishining, ish haqi
to’lashning, talab va taklif tarkib to’ishining shakl va mexanizmlarini o’rganish
markaziy o’rin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy
iqtisodiyotning to’laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug’ullanadi. Milliy
mahsulot, bahoning umumiy darajasi, inflyastiya, ishchi kuchining ish bilan
bandligi masalalari bu tahlil ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va
makroiqtisodiyot o’zaro bog’langan va bir-biri bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi.
Indukstiya va dedukstiya biriga qarama-qarshi bo’lgan, ammo o’zaro
bog’liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga
qarab harakati indukstiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon
harakati dedukstiya deb ataladi.
Iqtisodiy jararyonlarni o’rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondoshuv
usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil
qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo’l qo’yilib,
yanglish tasavvurga va noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin.1
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik,
matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik
usulni keng o’zlashtirish va qo’llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini
ifodalashda vositachi bo’lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul
o’zgaruvchi miqdorlar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rgazmali qilib tasvirlaydi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini,
ulardagi o’zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining
shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror topishi bilan
ham bog'liqdir. Uslubiyat – bu ilmiy bilishning prinsiplar tizimi, yo'llari, qonun-
qoidalari va aniq hadislaridir. Bu obyektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va
1 Бу усулнинг назарий ва амалий аҳамияти проф.Ш.Шодмонов, доц. Г.Баубекова томонидан чиқарилган
«Инновационные методы в преподавании экономической теории» китобида батафсил баён этилган.
26
nazariyasini o'z ichiga oluvchi bir butun ta'limotdir. Uslubiyat umumilmiy
xarakterga ega, lekin har bir fan o'zining predmetidan kelib chiqib, o'zining ilmiy
bilish usullariga ega bo'ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda
xususiy bo'ladi.
Dialektik usul prinsiplari ilmiy bilishning umumiy usuli bo'lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida qo'llaniladigan bu prinsiplar quyidagilar:
- Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog'liqlikda, ziddiyatda,
o'zaro ta'sir qilib turadigan turli bo'g'inlardan, bo'laklardan iborat yaxlit bir
jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o'zgarib
turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo'ladi.
- Iqtisodiy jarayonning har bir bo'lagini alohida olib uning o'ziga xos
xususiyatlarini, kelib chiqish va yo'q bo'lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy
va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog'liqlik tomonlarini zamon va
makonda o'rganish. Bu yerda shu narsani hisobga olmoq lozimki, biron-bir
iqtisodiy hodisa o'zi bir jarayonning oqibati, natijasi bo'lgani holda, boshqa bir
iqtisodiy jarayonga sabab yoki omil bo'lishi mumkin. masalan, mashina, stanok,
asbob-uskunalar bilan ishlab chiqarish jarayonining oqibati, natijasi bo'lgani holda
ikkinchi ishlab chiqarish jarayonining omili, sababi bo'lib xizmat qiladi. Ishlab
chiqarishdagi o'zgarishlar taqsimot va iste'mol sohalarida o'zgarish bo'lishiga,
qishloq xo'jaligidagi o'zgarishlar esa sanoatda o'zgarish bo'lishiga turtki bo'ladi, va
h.k.
- Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, pastdan yuqorigacha
rivojlanishida deb qarash. Bu yerda son jihatidan o'zgarishlar to'plana borib, sifat
jihatidan o'zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.
- Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o'zaro kurashiga
rivojlanishning manbai deb yondashish.
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va
pul mablag'lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o'zaro
chambarchas bog'liq hamda ziddiyatda bo'ladi va bir-biriga ta'sir ko'rsatadi, ular
doimo sifat va miqdor jihatdan o'zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy